Soliq qarzini undirish mexanizmini takomillashtirish yo‘llari

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
354-360
43
4
Поделиться
Хакимов, У. (2021). Soliq qarzini undirish mexanizmini takomillashtirish yo‘llari. Экономика и инновационные технологии, (3), 354–360. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/economics_and_innovative/article/view/11913
Улугбек Хакимов, Ташкентский Государственный Университет Экономики

независимый исследователь

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning, shu jumladan jismoniy shaxslarning soliq qarzlari tahlil qilingan. Soliq qarzi bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlarning fikr va mulohazalari o‘rganilgan. Shuningdek, davlatimizda soliq qarzlarini kamaytirish va samarali undirish mexanizmini takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.

Похожие статьи


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021 yil

348

3/2021

(№

00053)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

SOLIQ QARZINI UNDIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

YO‘LLARI

Hakimov Ulug‘bek Furqat o‘g‘li

TDIU mustaqil izlanuvchisi

E-mail:

Security777@inbox.uz

Annotatsiya:

Mazkur maqolada yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning,

shu jumladan jismoniy shaxslarning soliq qarzlari tahlil qilingan. Soliq qarzi

bo‘yicha

xorijiy

va mahalliy olimlarning fikr va mulohazalari

o‘rganilgan

. Shuningdek, davlatimizda soliq

qarzlarini kamaytirish va samarali undirish mexanizmini takomillashtirish borasida taklif va
tavsiyalar shakllantirilgan.

Kalit

so‘zlar

:

Soliq

to‘lovchilar

, soliqlar va

yig‘imlar

, soliq qarzi, soliq qarzi mavjud

bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari

.

Abstract:

In this article tax debts of legal entities and individual entrepreneurs,

including individuals where analyzed. Opinions of foreign and domestic scholars about tax
debts were studied. In addition, suggestions and recommendations are given about reducing
tax arrears and improving the mechanism of effective collection in our country.

Key words:

Tax payers, taxes and fees, tax debt, a business entity with a tax debt.

Kirish

Bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tadbirkorlikni

jadal

qo‘llab

-quvvatlash bilan birgalikda soliq tizimini ham keng rivojlantirishga qaratilgan.

Soliq tizimi, soliqlar - davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishda eng samarali

vositalaridan biri hisoblanadi. Shunga

ko‘ra

, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki

yillaridanoq barcha sohalar singari soliq sohasida ham

ko‘plab

islohotlar amalga oshirildi.

Ushbu masala yuzasidan olib borilgan ishlar nafaqat soliqlar va

yig‘imlarni

undirish orqali,

balki soliq qarzdorligini kamaytirgan holda davlat budjetini

to‘ldirishga

qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi

davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi aynan soliqlar

hisobidan shakllanishi bizga

ma’lum. Soliqlar belgilangan muddatda va to‘liq hajmda tushishi

davlat miqyosida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlarning

ya’ni budjet va maqsadli

jamg‘armalarning xarajat qismini o‘z vaqtida moliyalashtirishga xizmat qiladi.

Shunday bo

lsada, hukumat tomonidan pandemiya davri inobatga olinib soliqlardan

tadbirkorlik subyektlariga bir qator imtiyoz va yengilliklar berildi. Xususan,

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-mayda

“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va

tadbirkorlik su

byektlarini qo‘llab

-

quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora

-tadbirlar

to‘g‘risida”gi PF

-5996-sonli farmonlariga asosan kichik tadbirkorlik subyektlari yer va mol-

mulk soliqlaridan, shu jumladan mazkur soliq turlari bo

yicha penya va jarimalardan ozod

qilindi [1].

Bu borada davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev

“Davlat korxonalariga va 500

mingdan

ziyod tadbirkorlik subyekti hamda qariyb 8 million fuqaroga jami 66

trillion so‘mlik soliq

imtiyozlari, kredit muddatlarini uzaytirish va moliyaviy

qo‘llab

-

quvvatlash bo‘yicha amaliy

yordamlar berildi.


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021 yil

349

3/2021

(№

00053)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

Bundan tashqari, o‘zini o‘zi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda

ko‘pgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli 500

ming nafar fuqaro mehnat faoliyatini

qonuniy tarzda yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, kelgusi yilda “Soliqchi

ko‘makchi” tamoyili

asosida tadbirkorlar uchun ularning biznes hamkorining soliq qarzdorligi haqidagi

ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi”

deya ta’kidladi

[2].

Shuningdek,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini

yanada

rivojlantirish

bo‘yicha

harakatlar

strategiyasi

to‘g‘risida”gi

PF-4947-sonli farmonining III

yo‘nalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning

ustuvor yo‘nalishlari”da soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish
yo‘lini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va rag‘batlantirishning
tegishli choralarini kengaytirish keltirib o‘tilgan

[3].

Binobarin, soliq to‘lovchilarga ni

sbatan soliq yukining pasaytirilishi, orqada

qolayotgan sohalarga soliq imtiyozlari berilishi o‘z

-

o‘zidan ularning soliq qarzlarini

kamayishiga ham olib keladi.

Shu munosabat bilan soliqlar va

yig‘imlarni

belgilangan muddatda hamda

to‘liq

kelib

tushishini

ta’minlash

vazifasi muhim ahamiyatga egadir. Soliqlarni muddatida

to‘lanishini

ta’minlash

esa soliq qarzini imkon qadar paydo

bo‘lishini

oldini olish va paydo

bo‘lgandan

so‘ng

uni samarali undirish bilan amalga oshiriladi.

Demak, soliq

to‘lovchilarning

soliq qarzlarini qisqartirish va yangi qarzlarni paydo

bo‘lishini

oldini olish hamda soliqlar va

yig‘imlarni

belgilangan muddatda budjetga kelib

tushishini nazorat qilish soliq organlarining

e’tibor

beriladigan eng muhim masalalardan biri

hisoblanadi hamda bu borasida alohida ilmiy ish olib borilishini taqazo etadi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

Mamlakatda moliya va soliq tizimini takomillashtirishning ustuvor

yo‘nalishlari

, shu

jumladan, soliqlar va

yig‘imlarni

undirishning ayrim masalalari qator xorijiy va mahalliy

olimlar tomonidan

o‘rganilgan

.

Mazkur masala

bo‘yicha

ilmiy tadqiqot olib borgan xorijlik olim Margherita Ebraico

(2015) mamlakatda soliqlar va

yig‘imlarni

undirilishini rivojlantirish va

rag‘batlantirish

bilan

bir qatorda soliq qarzi mavjud

bo‘lgan

soliq

to‘lovchilarga

qat’iy

choralar

qo‘llanilishini

,

soliqlar va

yig‘imlar

undirilishi

bo‘yicha

soliq qarzlarining kamayishi va kelgusida ularning

vujudga kelishini oldini olishda ijobiy samara berishini

ta’kidlab

o‘tadi

[4].

Xorijlik olim Michael Brostek (2009) esa

o‘z

tadqiqotida soliq qarzini undirilishining

samaradorligini oshirish

bo‘yicha

quyidagi omillarini

ko‘rsatib

o‘tadi

, xususan:

- mamlakatda soliq qarzi summalarining paydo

bo‘lishiga

yo‘l

qo‘yishni

oldini olishda

soliq yukini pasaytirish kelajakda soliq qarzdorliklari kamayishiga olib keladi;

- muddatida

to‘lanmagan

soliqlar va

yig‘imlarni

undirish strategiyasi faqat belgilangan

davr mobaynida

o‘z

ijobiy natijasini beradi [5].

Bu borada rus tadqiqotchilari, S.N. Alixin va D.A. Levachevalar (2018)

o‘zlarining

ilmiy

tadqiqotlarida soliq qarzini undirish mexanizmining nazariy asoslarini keltirib

o‘tishgan

. Unga

ko‘ra

, ular soliq qarzini undirish soliq bazasini kengaytirish bilan birgalikda uni soliq

to‘lovchidan

undirish murakkabligini

ta’kidlab

, bu jarayonga alohida yondashuvni inobatga

olgan holda soliq qarzi mavjud

bo‘lgan

tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy holatidan kelib

chiqib undirish mexanizmni ishlab chiqish kerakligini

ta’kidlashgan

[6].


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021 yil

350

3/2021

(№

00053)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

Bundan tashqari, I.G. Vinoxodova ham

o‘zining

ilmiy ishida soliq qarzlarini undirishda

soliq qarzi mavjud

xo‘jalik

yurituvchi subyektlardan mol-mulklarini xatlash jarayonini

ko‘paytirish

samarali natija berishini aytib

o‘tadi

[7].

Mahalliy olimlarimizdan Sh. Toshmatov (2008) soliq qarzini yuzaga kelish sabablari va

uni bartaraf etish yuzasidan

, “

Soliq yukini yuqoriligi korxonalar uchun qator salbiy

oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bunday oqibatlarga soliq qarzlarining oshishi, xufyona
iqtisodiyot qamrovlarining kengayishi, kreditorlik qarzdorliklarining oshishi kabilarni keltirish
mumkin. Soliqqa tortish tizimi soliq

to‘lashdan

qonuniy va noqonuniy qochish

imkoniyatlarini minimallashtirishi lozim

- deb

ta’kidlagan

[8].

Shuningdek, I. Niyazmetovning (2008)

ta’kidlashicha

soliq qarzi yuzaga kelishini

QQS

va mulkiy soliqlar yukining asosan sanoat korxonalari zimmasiga yuklatilganligi soliq yukining
notekis joylashuviga, sanoat korxonalari soliq yukining nisbatan

og‘ir

bo‘lishiga

sabab

bo‘lmoqda

. Bu esa korxonalarda soliq qarzi muammosini tugatishga

yo‘l

bermaydi. Soliq

qarzlarining katta qismi umumbelgilangan soliqlar kesimiga

to‘g‘ri

keladi. Bu esa, soliq

yukining umumbelgilangan tartibda soliq

to‘lovchi

korxonalar moliyaviy faoliyatiga salbiy

ta’sir

ko‘rsatadigan

darajada

og‘irligidan

dalolat beradi [9].

A.

Jo‘rayevning

(2006)

“Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning dolzarb

muammolari” mavzusidagi doktorlik tadqiqot ishi davlat budjeti daromadlarini shakllantirish
borasidagi muammolarni tahlil qilishga bag‘ishlagan. Aynan ushbu tadqiqotda

mamlakatimizda ilk bor davlat

budjeti soliqli daromadlari ijrosida to‘lov intizomi, soliqlarni

undirishda budjetga qarz (boqimanda) vujudga kelish holatlari tadqiq qilingan [10].

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotni amalga oshirishda ilmiy mushohada, statistik kuzatish, statistik

grafiklardan, qiyosiy tahlil,

ma’lumotlarni

guruhlash, abstrakt - mantiqiy fikrlash, induksiya

va deduksiya usullaridan foydalanildi. Ushbu tadqiqot usullari davlat budjeti daromadlarini
oshirishda soliq qarzlarini undirish mexanizmini ijobiy yanada rivojlantirish

bo‘yicha

xulosa

va takliflarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Tahlil va natijalar

Davlatimiz tomonidan mustaqillik yillaridan boshlab tadbirkorlik sohasini rivojlantirish

maqsadida soliqlardan imtiyoz va preferensiyalar berib kelinmoqda. Buning natijasida,
bugungi kunga kelib tadbirkorlik sohasi jadal rivojlandi.

Shu bilan birgalikda amaliyotda shunday holatlar ham mavjudki

, soliq to‘lovchilar

obyektiv yoki subyektiv sabablarga ko‘ra, belgilangan muddatlarda to‘lanishi lozim bo‘lgan
soliqlar va yig‘imlar summasini to‘lab bera olmaydi. Ushbu to‘lanmagan summa soliq

qonunchiligiga binoan, soliq qarzi hisoblanib, soliq organlari tomonidan majburiy undirishga
qaratiladi. 2015-2019-yillar mobaynida respublikada faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar va

yakka tartibdagi tadbirkorlar soni hamda ular ichida soliq qarziga ega bo‘lgan soliq
to‘lovchilarning ulushini quyidagi 1

-

rasm orqali ko‘rishimiz mumkin.

1-

rasmdan ko‘rinib turibdiki, yurdik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni

yil sayin o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib turibdi. Respublika bo‘yicha 2015

-yilda subyektlar

soni 838,5 mingtani, 2016-yilda 892 mingtani, 2017-yilda 901 mingtani, 2018-yilda
1 007 mingtani va 2019-yilda 1 056 mingtani tashkil etgan. Bu 2019-yilda 2015-yilga nisbatan
217,5 mingtaga yoki 20,6

foizga ko‘payganligini anglatadi.


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021 yil

351

3/2021

(№

00053)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

1-rasm.

Respublika bo‘yicha soliq qarziga ega bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka

tartibdagi tadbirkorlar soni tahlili

(ming dona)

[11]

Shuningdek, bugungi kunda bunday o‘sish sur’atlari yaxshi natijadir, chunki buning

natijasida

ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholining ishsiz qatlami yangi ish o‘rinlariga ega

bo‘ladi.

Ammo tashkil etilgan korxonalarning hammasi ham

samarali ishlayapti

deb ayta

olmaymiz. Budjet oldidagi majburiyatini bajara olmayotgan soliq to

lovchilar ham bor. 1-

rasm ma’lumotlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, soliq qarzi

mavjud

bo‘lgan tadbirkorlik

subyektlari soni yildan yilga ko

payib kelmoqda. 2015-yilda soliq qarzi mavjud

bo‘lgan

tadbirkorlik subyektlari soni jami subyektlar sonining 33,3

foizini tashkil etgan bo‘lsa, 20

19-

yilga kelib soliq qarzi mavjud

bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari soni 37,7

foizgacha ko‘paygan.

Shuningdek, respublikada soliq qarzi mavjud

bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari

ning jami

soliq qarzlarini soliqlar va yig‘im

lar kesimidagi tahlilini quyidagi 2-

rasm orqali ko‘rishimiz

mumkin.

2-

rasm ma’lumotlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ushbu rasmda asosiy soliq turlari

tahlil qilingan. Xususan, 2015-yilda QQSdan qarz summasi jami soliq qarzining 35,4 foizini

tashkil qilgan bo‘lsa, 2019

-

yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 31,5

foizgacha tushgan. 2019-yildagi

pasayish omillaridan biri bu PF-5837-sonli farmonga asosan, QQSning stavkasi 20 foizdan
15

foizga tushirilganligi bo‘lib hisoblanadi

[13]. Shunday

bo‘lsa

da, QQS solig

i jami soliq

qarzidagi ulushi yuqori va bu salbiy holatdir.

Foyda solig‘i bo‘yicha soliq qarzi 2015

-yil jami soliq qarzining 4,7 foizini tashkil etgan

bo‘lsa, 2019

-

yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 7,2

foizgacha oshgan. Buning sabablaridan biri bu

yuridik shaxslarning foyda solig‘i stavkasi 12

foizdan 15

foizga ko‘tarilganligi bo‘lsa, yana bir

sababi yakka tartibdagi tadbirkorlarda belgilangan 1 mlrd.

so‘m chegaraviy miqdordan oshib

ketgan hollarda foyda va QQS solig‘i to‘lashga o‘tganligini ko‘rsatsak bo‘ladi. Soliq
to‘lovchilar, shu jumladan soliq stavkalarining oshishi bevosita soliq qarzlari ko‘payishiga
ta’sir qiladi va aksincha.

2015-yil

2016-yil

2017-yil

2018-yil

2019-yil

Soliq qarzi bo'lmagan subyektlar soni

559

576,7

582,5

630,9

657,1

Soliq qarziga ega YTTlar soni

181

182,8

221,5

287,1

316,9

Soliq qarziga ega yuridik shaxslar soni

98,5

132,5

97

89

82

838,5

892

901

1 007

1 056


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021 yil

352

3/2021

(№

00053)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

2-rasm.

Respublika bo‘yicha jami soliq qarzlarining soliqlar va yig‘imlar kesimidagi ulushi

tahlili

(foizda)

[12]


Bundan tashqari, 2015-2019-

yillar mobaynida aksiz solig‘i bo‘yicha soliq qarzlari jami

soliq qarzlarining o‘rtacha 9,1

foizini tashkil qilgan. Shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq

[14]

(2020-

yilga qadar yagona soliq to‘lovi deb yuritilgan)

pasayish tendensiyasiga ega.

2015-yil 5,4

foizni tashkil etgan bo‘lsa 2019

-yilga kelib 4,3 foizgacha tushgan. Buning

sababini yuqorida aytib o‘tganimizdek

yakka tartibdagi tadbirkorlarning foyda

solig‘i

va

QQSga to‘lashga o‘tishi deb ko‘rsatishimiz mumkin.

Shuningdek, yer solig‘i bo‘yicha qarz summasi jami soliq qarzlarining o‘rtacha

8,4

foizini, mulk solig‘i o‘rtacha 5,9

foizini va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

esa

o‘rtach

a 8,4 foiziga to

g

ri keladi.

Respublika bo‘yicha 2015

-2019-yillar davrida mol-mulk va yer soliqlaridan soliq qarzi

mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) to‘g‘risida
ma’lumotni quyidagi

3-rasmdan

ko‘rishimiz mumkin.

3-

rasm ma’lumotlaridan shuni ko‘rishimiz mumkinki,

soliq to‘lovchi jismoniy

shaxslarning (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) soni o‘sish tendensiyasiga ega.

2015-yil jami mol-

mulk va yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lgan jismoniy shaxslar soni

4 968,9

mingtani tashkil etgan bo‘lsa

, 2016-yil 5 269,1 ming, 2017-yil 5 935,2 ming, 2018-yil

6 406,9 ming va 2019-yil esa 7 350,1 mingtaga yetgan. 2019-yilda 2015-yilga qaraganda
2 381,2 mingtaga yoki 67,6

foizga oshgan. O‘zbekiston Respublikasida aholi soni yildan yilga

oshayotganligi

o‘z

-o

‘zidan

mol-

mulk va yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lgan jismoniy shaxslar sonining oshishiga olib kelishi

tabiiy holdir.

Shuningdek, mol-

mulk va yer soliqlaridan soliq qarzi mavjud bo‘lgan jismoniy

shaxslarning (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) soni 2015-yilda 987,2 mingtani,
2016-yilda 1 024,1 mingtani, 2017-yilda 1 201,8 mingtani, 2018-yilda 1 250,1 mingtani va

2015-yil

2016-yil

2017-yil

2018-yil

2019-yil

QQS

35,4

33,2

36,8

37,1

31,5

Aksiz solig'i

8,2

9,4

10,3

8,6

9,1

Foyda solig'i

4,7

6,1

5,8

5,5

7,2

Aylanmadan olinadigan soliq

5,4

5,7

5,1

5

4,3

Yer solig'i

8,1

7,9

8,2

8,8

9,1

Mulk solig'i

5,4

6,1

6,3

5,9

6,2

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq

7

8,3

7,9

10,2

8,5

Boshqa soliqlar va yig'imlar

25,8

23,3

19,6

18,9

24,1

0%

10%

20%

30%

40%

50%

60%

70%

80%

90%

100%


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021 yil

353

3/2021

(№

00053)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

2019-yil 1 389,6 mingtani tashkil etgan. Bu 2019-yilda 2015-yilga nisbatan 402,4 mingtaga
yoki 29 foizga ko

payganligini bildiradi.

3-rasm.

Respublika bo‘yicha mol

-

mulk va yer soliqlaridan soliq qarzi mavjud bo‘lgan

jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) to‘g‘risida ma’lumot

[15]


Bundan tashqari, ularning soliq qarzlari summalari 2015-yilda 557,5 mlrd.

so‘mni,

2016-yilda 578,9 mlrd.

so‘mni, 2017

-yilda 601,3 mlrd.

so‘mni, 2018

-yilda 642,6 mlrd.

so‘mni

va 2019-yilda ushbu summa 861,5 mlrd.

so‘mga yetgan.

Bu ko‘rsatgich 2015

-yilga nisbatan

304,0 mlrd.

so‘mga yoki 35,3

foizga oshganini ko

rsatadi.

Xulosa va takliflar

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, so

nggi yillarda soliq stavkalarining

pasaytirilishi, tadbirkorlik subyektlariga

o‘zlarining

faoliyatlarini olib borishda yengillik va

keng imkoniyat yaratmoqda. Shunga qaramay soliq qarzi mavjud

bo‘lgan

soliq

to‘lovchilarimiz

talaygina.

Fikrimizcha soliqlar va

yig‘imlar

bo

yicha qarzdorlikni kamaytirish ularni muddatida va

to‘liq

undirish samaradorligini oshirishda quyidagi takliflar

o‘z

samarasini beradi deb

hisoblaymiz:

1. Germaniya davlatida soliq qarzlaridan voz kechish holatlari ko

p uchraydi. Bu

ayniqsa kichik tadbirkorlik subyektlariga to

g

ri keladi. O

zbekistonda ham ushbu

konsepsiyani qo

llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda soliq qarzi kechilayotgan kichik

tadbirkorlik subyektlari kelajakda ishlab ketilishiga

ishonch hosil qilinishini e’tiborga olish

lozim.

2. Amaliyotda jinoiy ish doirasida o

tkazilgan soliq auditi natijasida qo

shimcha

hisoblangan soliqlar, shu jumladan moliyaviy sanksiyalar soliq to

lovchi tomonidan jinoiy ish

o

tkazgan vakolatli organning deposit hisobraqamiga to

lanadi, lekin ushbu summa soliq

organining bazasida ko

rinmaydi va soliq to

lovchining shaxsiy kartochkasida aks etmaydi.

Buning oqibatida soliq to

lovchining hisobraqamiga avtomat inkasso topshiriqnomasi

qo

yiladi hamda soliq to

lovchi ikki yoqlama soliq tortilishiga olib keladi. Mazkur masala

4 968,9

5 269,1

5 935,2

6 406,9

7 350,1

987,2

1 024,1

1 201,8

1 250,1

1 389,6

557,5

578,9

601,3

642,6

861,5

0

100

200

300

400

500

600

700

800

900

1000

0,0

1 000,0

2 000,0

3 000,0

4 000,0

5 000,0

6 000,0

7 000,0

8 000,0

2015-yil

2016-yil

2017-yil

2018-yil

2019-yil

Jismoniy shaxslar soni (ming dona)

Soliq qarziga ega jismoniy shaxslar soni (ming dona)

Soliq qarzi summasi (mlrd. so'mda)


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021 yil

354

3/2021

(№

00053)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

yuzasidan Soliq kodeksiga tegishli o

zgartirish va qo

shimchalar kiritilishi maqsadga muvofiq

hisoblanadi.

3. Xorij tajribasida soliq qarzini majburiy undirish bilan shug

ullanadigan alohida

xususiy firmalar mavjud. Soliq qarzi uzilmaganda soliq organi mazkur firmalar bilan
hamkorlikda undirish tizimi yo

lga qo

yilgan. O

zbekistonda ham ushbu tizimni joriy etish

maqsadga muvofiq hisoblanadi.

4. Jismoniy shaxslar tomonidan yer va mol-mulk soliqlari o

z vaqtida to

lanishi va

ularda to

lov

mas’uliyatini

oshirsh maqsadida, soliqlarni kechiktirib to

lagan har bir kun

uchun penya hisoblash bilan birgalikda to

lov intizomini buzganligi uchun ma

muriy jarima

qo

llanilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekist

on Respublikasi Prezidentining

Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va

tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab

-

quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora

-tadbirlar

to‘g‘risida”

gi PF-5996-sonli farmoni. 2020-yil 18-may.

2.

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF

-4947-sonli farmoni. 2017-yil 7-

fevral.

4. Margherita Ebraico. An Assessment of the Performance of the Italian Tax Debt

Collection System // Taxation papers.

2015. P-53.

5. Michael Brostek. Tax debt collection IRS needs to better manage the collection

notices sent to individuals. // United States government Accountability office. -2009. P-27.

6.

Алихин

С.Н., Левачева

Д.А. Эволюция механизма принудительного взыскания

задолженности перед бюджетом. // Налоги. –

2018

г. –С.28.

7.

Виноходова

И.Г. Совершенствование практики взыскания задолженности

организаций

по

налогам

и

сборам.

//

Научное

статья.,

2019

г.–С.22.

8. Sh. Toshmatov. Korxonalar iqtisodiy faolligini oshirishda soliqlar rolini kuchaytirish

muammolari. Doktorlik ishi. Avtoreferat. T.: 2008-yil.

9. I. Niyazmetov. Soliq yukining tadbirkorlik subyektlari moliyaviy faoliyatiga va budjet

daromadlariga

ta’siri

tahlili. Nomzodlik ishi. Avtoreferat -2008-yil.

10. A.

Jo‘rayev. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning dolzarb muammolari.

Doktorlik ishi. Avtoreferat. T.: 2006-yil.

11.

O‘zbekiston

Respublikasi Davlat soliq

qo‘mitasi

ma’lumotlari

asosida tayyorlandi.

12.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb sayti:

http://www.soliq.uz

ma’lumotlari.

13.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston

Respublikasining soliq

siyosatini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-5837-sonli Farmoni.

2019-yil 26-sentabr.

14.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

, 461-modda.

Toshkent: G‘afur

G‘ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020-yil.

640 bet.

15.

O‘zbekiston

Respublikasi Davlat soliq

qo‘mitasining

rasmiy veb sayti:

http://www.soliq.uz

ma’lumotlari

.

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5996-sonli farmoni. 2020-yil 18-may.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli farmoni. 2017-yil 7-fevral.

Margherita Ebraico. An Assessment of the Performance of the Italian Tax Debt Collection System // Taxation papers. - 2015. P-53.

Michael Brostek. Tax debt collection IRS needs to better manage the collection notices sent to individuals. // United States government Accountability office. -2009. P-27.

Алихин C.H., Левачева Д.А. Эволюция механизма принудительного взыскания задолженности перед бюджетом. // Налоги. - 2018 г. -С.28.

Виноходова И.Г. Совершенствование практики взыскания задолженности организаций по налогам и сборам. // Научное статья., 2019 Г.-С.22.

Sh. Toshmatov. Korxonalar iqtisodiy faolligini oshirishda soliqlar rolini kuchaytirish muammolari. Doktorlik ishi. Avtoreferat. T.: 2008-yil.

1. Niyazmetov. Soliq yukining tadbirkorlik subyektlari moliyaviy faoliyatiga va budjet daromadlariga ta'siri tahlili. Nomzodlik ishi. Avtoreferat -2008-yil.

A. Jo'rayev. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning dolzarb muammolari. Doktorlik ishi. Avtoreferat. T.: 2006-yil.

O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining rasmiy veb sayti: http://www.soliq.uz ma'lumotlari.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5837-sonli Farmoni. 2019-yil 26-sentabr.

O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 461-modda. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020-yil. - 640 bet.

O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining rasmiy veb sayti: http://www.soliq.uz ma'lumotlari.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов