Стратегии интенсивного развития малого бизнеса в условиях рыночной экономики и эффективные пути увеличения объема валового внутреннего продукта

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
108-112
16
18
Поделиться
Турсунова, М. (2021). Стратегии интенсивного развития малого бизнеса в условиях рыночной экономики и эффективные пути увеличения объема валового внутреннего продукта. Экономика И Образование, (1), 108–112. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/economy_education/article/view/7145
Муниса Турсунова, Ташкентский химико-технологический институт

Ташкентский химико-технологический институт

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматривается сущность малого бизнеса, его роли и место в увеличении валового внутреннего продукта страны. Дано обоснование стратегии интенсивного развития малого бизнеса в рыночных условиях, повышения уровня и экономической эффективности интенсификации, усилении роли государства в экономическом регулировании и поддержке этого процесса

Похожие статьи


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 №

1

108

Юқоридагилардан келиб чиқиб, респуб-

ликамиз ва унинг ҳудудларида кичик бизнес

ва хусусий тадбиркорлик соҳасини янада рив-
ожлантириш учун қуйидаги таклифларни баё-

н этамиз. Яъни:

1. Кичик бизнес субъектларининг ри-

вожланишини самарали ташкил этиш бўйи-

ча аниқ мақсад ва стратегияни ишлаб чиқиш
лозим. Бунда кичик бизнес субъектининг

иқтисодий-инновацион

ривожланишининг

интеграл кўрсаткичларини аниқлаш ва истиқ-

бол кўрсаткичларини белгилаб олиш мақсад-
га мувофиқ ҳисобланади.

2. Иқтисодиётни модернизациялаш ва

тузилмавий силжишлар асосида экспортни

рағбатлантириш ва экспортга йўналтирилган
ишлаб чиқаришни ривожлантиришга кенг

имкониятлар яратилиши лозим. Бунинг учун
кичик тадбиркорликнинг товар ва хизматла-

рини ташқи бозорда муваффақиятли сота
оладиган махсус ташқи савдо ташкилотлари-

ни ривожлантириш; сифатни бошқаришнинг

халқаро тизимини амалиётга татбиқ этиш
йўли билан товарлар рақобатбардошлигини

ошириш; экспортга чиқарилаётган юкларга
транспорт хизмати кўрсатиш самарадорлиги-

ни ошириш чора-тадбирларини ишлаб чиқиш
зарур.

3.Ҳудудларда кичик тадбиркорлик субъ-

ектларининг барқарор ривожланишини таъ-
минлашда қуйидагиларни амалга ошириш за-

рур: ҳудудий тадбиркорлик субъектларида
ишлаб чиқариш самарадорлигини интенсив

омиллар, ишлаб чиқаришнинг илғор шаклла-
ри ҳисобига ошириш; тадбиркорлик фаолия-

тини ривожлантириш мақсадида йирик мил-
лий ва хорижий компанияларнинг бўлимла-

ри, филиалларини жойлаштириш; туман ва
шаҳарларда ҳудудий тадбиркорлик фаолия-

тини истеъмол товарлари ишлаб чиқаришга
йўналтириш; туман ва шаҳарлар ўртасида ҳу-

дудий тадбиркорлик субъектлари ривожла-
нишидаги фарқларни камайтириш ва ҳ.к.

Манба ва адабиётлар рўйхати:

1.

Ғуломов С.С – Кичик бизнес ва тадбиркорлик асослари. Т.: 1996, - 130 б.

2.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш

бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги ПФ-4947-сонли Фармони. Ўзбекистон Республикасининг Қонун ҳужжатлари

тўплами, 2017 йил, 6-сон, 70-модда.

3.

Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари

4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 6 октябрдаги “Тадбиркорлик фаолиятининг жадал ривожланишини

таъминлашга, хусусий мулкни ҳар томонлама ҳимоя қилишга ва ишбилармонлик муҳитини сифат жиҳатидан яхшилашга доир

қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПФ–4848-сонли фармони.lex.uz

5. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 20 ноябрдаги “Мамлакатда бизнес муҳитини янада яхшилаш ва

тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ- 4525-сонли Қарори.lex.uz

6. Ўзбекистоннинг ижтимоий-иқтисодий ҳолати. Статистик тўплам. – Тошкент, Давлат Статистика қўмитаси, 2020 йил

-143 бет.

BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA KICHIK BIZNESNI INTENSIV RIVOJLANISH

STRATEGIYASI VA YALPI ICHKI MAHSULOT HAJMINI OSHIRISHNING

SAMARALI YO'LLARI

Tursunova Munisa Rahimjanovna –

"Sanoat iqtisodiyoti va menejment" kafedrasi

katta o'qituvchisi Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Annotatsiya:

Maqolada kichik biznesning mohiyati, uning mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmini rivojlantirishdagi roli

va o’rni ko’rilgan. Bozor shаroitida kichik biznesni intensiv rivojlanish strategiyasi, intensivlashtirish darajasining va iqtisodiy
samaradorligini o’sishini asoslari keltirilgan, bu jarayonni iqtisodiy tartiblashtirish va qo’llab-quvvatlashda davlatning ro’li
ko’rib chiqilgan.

Kalit so’zlar:

kichik biznes, tadbirkorlik, yalpi ichki mahsulot, xom-ashyo, ehtiyoj, investitsiya, innovatsiya, daromad,

tovar, ishlab chiqarish, valuta fondi, soliq.

Аннотация:

В статье рассматривается сущность малого бизнеса, его роли и место в увеличении валового

внутреннего продукта страны. Дано обоснование стратегии интенсивного развития малого бизнеса в рыночных
условиях, повышения уровня и экономической эффективности интенсификации, усилении роли государства в

экономическом регулировании и поддержке этого процесса.

Ключевые слова:

малый бизнес, предпринимательство, валовой внутренний продукт, сырье, спрос,

инвестиции, инновации, выручка, товар, производство, валютный фонд, налог.

Abstract:

The article examines the essence of small business, its role and place in increasing the country's gross domestic

product. The rationale for the strategy of intensive development of small business in market conditions, increasing the level and
economic efficiency of intensification, strengthening the role of the state in economic regulation and supporting this process is
given.

Keywords:

small business, entrepreneurship, gross domestic product, raw materials, demand, investment, innovation,

revenue, goods, production, monetary fund, tax.

КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИК


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 №

1

109

Har qanday jamiyat taraqqiyotida kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiy, siyosiy

va ijtimoiy o’zgarishlarning eng muhim omili bo’-
lib xizmat qiladi. Ayniqsa o’tish davrida bozor

islohotlari turlicha namoyon bo’layotgan mamla-
katlar, xususan, MDH davlatlarida bu tendentsiya

yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Bunday sharoitda

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ijtimoiy
hayotda qator funksiyalarni bajaradi. Kichik biz-

nes va tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish
uchun zarur bo’lgan qulay shart-sharoitlar yara-

tish – jamiyatda samarali amal qiladigan bozor
munosabatlarini shakllantirish, mulkdorlar sinfi-

ni qo’llab-quvvatlash hamda fuqarolik jamiyati-
ning yangi, demokratik institutlarini qaror topti-

rishning muhim shartidir. Bu muhim vazifa ham-
da uni hal qilishning butun murakkabligi har bir

mamlakatning o’ziga xosligidan kelib chiqib, ki-
chik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash

va uni rivojlantirishga noan’anaviy, nostandart
yondoshishni taqozo qiladi. Shubhasiz, bunda,

ushbu masalaning g’oyat muhim ahamiyat kasb

etishini jamiyatning barcha a’zolari anglab yetish-
lari, uning davlat tomonidan har tomonlama qo’l-

lab-quvvatlanishi, iqtisodiyotning davlat va xusu-
siy sektorlari o’rtasida barqaror sheriklik muno-

sabatlarini qaror toptirish zarur. Har qanday ja-
miyat taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tad-

birkorlik iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o’zgarish-
larning eng muhim omili bo’lib xizmat qiladi.

Ayniqsa o’tish davrida bozor islohotlari turlicha
namoyon bo’layotgan mamlakatlar, xususan,

MDH davlatlarida bu tendentsiya yaqqol ko’zga
tashlanmoqda. Bunday sharoitda kichik biznes va

xususiy tadbirkorlik ijtimoiy hayotda qator funk-
siyalarni bajaradi. Kichik biznes va tadbirkorlikni

barqaror rivojlantirish uchun zarur bo’lgan qulay

shart-sharoitlar yaratish – jamiyatda samarali
amal qiladigan bozor munosabatlarini shakllanti-

rish, mulkdorlar sinfini qo’llab-quvvatlash hamda
fuqarolik jamiyatining yangi, demokratik institut-

larini qaror toptirishning muhim shartidir. Bu
muhim vazifa hamda uni hal qilishning butun

murakkabligi har bir mamlakatning o’ziga xosligi-
dan kelib chiqib, kichik biznes va tadbirkorlikni

qo’llab-quvvatlash va uni rivojlantirishga no-
an’anaviy, nostandart yondoshishni taqozo qiladi.

Shubhasiz, bunda, ushbu masalaning g’oyat mu-
him ahamiyat kasb etishini jamiyatning barcha

a’zolari anglab yetishlari, uning davlat tomonidan
har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi, iqtisodiyot-

ning davlat va xususiy sektorlari o’rtasida barqa-

ror sheriklik munosabatlarini qaror toptirish
zarur.

Yalpi ichki mahsulot (YAIM) - mamlakat-

ning iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi asosiy

makroiqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. U muay-
yan davrda rezident va norezidentlar tomonidan

mamlakat hududida yaratilgan pirovard tovar va
xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatini aks

ettiradi.

Yalpi ichki mahsulot mamlakat iqtisodiy

faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davo-

midagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻr-
satkich ham hisoblanadi. Mamlakat hududida joy-

lashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma
korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan

jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqa-
rilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatla-

ridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar
tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqti-

sodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsif-
lash va tahlil etishda foydalaniladi. Oʻzbekiston-

ning yalpi ichki mahsuloti Xalqaro valyuta fondi-
ning 2019-yildagi maʼlumotlariga koʻra, $60.490

milliardni tashkil etadi. Milliy statistikada asosiy
makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida YIM yoki yalpi

milliy mahsulot (YMM), hatto yalpi milliy daro-

mad (YMD) ham qabul qilinishi mumkin. Masa-
lan, AQSH va Yaponiyada YIM emas, balki YMM

asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi.
Ammo BMTning milliy hisoblar tizimida YIM bir-

lamchi iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi.
Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi ta-

fovut unchalik katta emas: rivojlangan mamlakat-
larda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellar-

da ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar
salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu tafovut katta-

roq boʻlishi mumkin.

YAIM hajmining ortishi aholi turmush dara-

jasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

• Birinchidan, YAIMning ortishi aholi daro-

madlarining ortishiga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘t-

gan yili 1 tonna pomidor yetishtirilib, kilosi 1500
so‘mdan sotilgan bo‘lsa, jami daromad 1,5 million

so‘mni tashkil etadi. Bu yil esa xuddi shu yer may-
donidan pomidor yetishtirishning zamonaviy tex-

nologiyalaridan foydalangan holda 1,5 tonna po-
midor yetishtirilib sotilsa, jami daromad 2,25 mil-

lion so‘mni (pomidor narxi o‘zgarmagan deb olin-
sa) tashkil etadi.

• Ikkinchidan, yalpi ichki mahsulot hajmi-

ning ortishi natijasida byudjetga kelib tushuvchi

soliq tushumlari hajmi ortadi. Bu esa davlat to-
monidan aholini ijtimoiy himoya qilish imko-

niyatlarini yanada kengaytiradi.

• Uchinchidan, YAIM hajmining ortishi nati-

jasida yangi ish o‘rinlari yaratiladi va aholining

ish bilan bandligi ortadi.

• To‘rtinchidan, YAIM hajmining ortishi na-

tijasida ichki bozorlar to‘ladi va mahsulotlarning
narxi barqarorlashadi.

КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИК


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 №

1

110

Ma'lumki, oziq-ovqat sanoati milliy iqtiso-

diyotning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqara-

digan keng tarmoqli sohasi hisoblanib, uning tar-
kibida go‘sht-sut, sut-yog‘, yog‘-moy, baliq mah-

sulotlari, un-yorma, makaron, meva-sabzavot
konservalari, sharbatlar, turli-tuman ichimliklar,

shakar, qandolatchilik mahsulotlari, non va bosh-

qa noz-ne'matlar ishlab chiqaradigan korxonalar
mujassamlashgan. Hech kimga sir emas, bugun

dunyoda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish
va uning ta'minlash masalasi global muammolar-

dan hisoblanadi. Mazkur muammo rivojlangan
davlatlar bilan endi rivojlanayotgan mamlakatlar

uchun bir xil ahamiyatga ega. Shu ma'noda, res-
publikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga

bo‘lgan talabini sifatli mahsulotlar bilan qondi-
rish dolzarb masala hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kid-

laganidek, Yer yuzi aholisining tez ko‘payib bora-

yotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chi-
qarish hajmining o‘sish imkoniyatlari cheklangani

o‘rtasidagi tafovut oziq-ovqat dasturini hal etish

masalasi yildan-yilga keskinlashib borayotgani-
ning asosiy sababi ekani haqida bugun ortiqcha

gapirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman. Sodda
qilib aytganda, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab

chiqarish hajmining o‘sishi aholi soni va ehtiyoj-
larining o‘sishidan ortda qolmoqda. Bu tafovut,

avvalo, oziq-ovqat mahsulotlarini jadal ishlab chi-
qarish uchun tegishli sharoitlar mavjud bo‘lma-

gan mamlakat va hududlarda chuqurlashib bor-
moqda. Bu o‘rinda gap, birinchi gal, atrof-muhit-

ning ekologik jihatdan buzilishi hamon davom
etayotgani, iqlim o‘zgarishlarining oldindan aytib

bo‘lmaydigan oqibatlari, tez-tez takrorlanayotgan
qurg‘oqchilik va suv resurslari taqchilligi, jumla-

dan, sug‘orish uchun yerosti suvlarining tugab

borayotgani, irrigatsiya, melioratsiya va yerlar-
ning unumdorligini qayta tiklashga yo‘naltiriladi-

gan investitsiyalarning yetarli emasligi haqida
bormoqda. Yerlarning ekologik jihatdan buzilishi

kimyoviy moddalar, mineral o‘g‘it va pestitsidlar-
ni tinimsiz ishlatish oqibatida yanada kuchay-

moqda. Bularning qatoriga urbanizatsiya, ya'ni
shaharlashuv jarayonlari, aholining qishloqlardan

shaharlarga ko‘chishi bilan bog‘liq muammolar
ham qo‘shilmoqda.

Natijada, oziq-ovqat mahsulotlari yetishti-

rish uchun ekin maydonlari sezilarli darajada qis-

qarib ketmoqda, aholining ehtiyoji to‘laqonli qon-
dirilmayapti. Shuningdek, Xitoy, Hindiston kabi

Osiyoning bir qator mamlakatlarida aholi daro-

madlarining jadal sur'atlar bilan o‘sib, shunga
mos ravishda oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol

qilish hajmi ortib borayotganini ham e'tibordan
soqit qilib bo‘lmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini

«daladan dasturxonga» sxemasi bo‘yicha iste'-
molchiga yetkazib berishda ulkan yo‘qotishlarga

yo‘l qo‘yilayotgani ham salbiy omillardan biridir.

Respublikamiz mustaqillikka erishganining

ilk davrlaridanoq, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab
chiqarishni ko‘paytirishga asosiy e'tibor qaratildi,

ya'ni oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholiga

uzluksiz va yetarli hajmda oziq-ovqat mahsulot-
larini yetkazib berish hayotmamot vazifalardan

biri etib belgilandi. Jumladan, bu Qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ikki barobar-

dan ziyodga oshdi. Bu mamlakatimiz aholisining
qariyb 10 million kishiga yoki 30 foizdan ortiq

ko‘payishiga qaramasdan, jon boshiga to‘g‘ri kela-
digan go‘sht iste'molini 1,3 barobar, sut va sut

mahsulotlarini 1,6 karra, kartoshkani 1,7 baro-
bar, sabzavotlarni 2 martadan ziyod, mevalarni

qariyb 4 barobar oshirish imkonini berdi, yurti-
mizda har yili 16 million tonnaga yaqin meva va

sabzavot yetishtirilmoqda. Aholi jon boshiga
qariyb 300 kilogramm sabzavot, 75 kilogramm

kartoshka va 44 kilogramm uzum to‘g‘ri kelmoq-

da. Bu optimal, ya'ni maqbul deb hisoblanadigan
iste'mol me'yoridan uch barobar ko‘pdir.

Ayni paytda oziq-ovqat uyushmasi meva-

sabzavotni qayta ishlash, go‘sht-sut, yog‘-moy va

oziq-ovqat sanoatining boshqa tarmoqlariga
tegishli 200 ga yaqin korxonalarni birlashtirgan

va ular bilan ham gorizantal ham vertikal sifatda
o‘zaro munosabatlar tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Agar

uch yil oldin oziq-ovqat sanoatida yog‘-moy va
tamaki tarmoqlari salmoqli ulushni tashkil etgan

bo‘lsa, hozirda tarkibiy o‘zgarishlar hisobiga
mahsulotlarning 60 foizdan ko‘prog‘ini meva-sab-

zavotni qayta ishlash, go‘sht-sut, qandolatchilik
va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi.

Kichik beznes korxonalarida ishlovchilar-

ning o‘rtacha yillik sonini 2 barobarga oshirilgan-
ligi ham korxonalar faoliyatini yanada rivojlanti-

rishga imkon berdi. Oziq-ovqat uyushmasi tashkil
etilgandan buyon o‘tgan 3 yil davomida uyushma

korxonalari tomonidan 121 ta loyiha amalga
oshirilib, 198,4 mln. dollar investitsiya o‘zlashti-

rildi. Shundan kelib chiqib, 2019 yilda aholining
oziq-ovqat mahsulotlari bilan mahalliy ishlab

chiqaruvchilar tomonidan ta'minlanish darajasini
tahlil etadigan bo‘lsak, go‘sht va go‘sht mahsu-

lotlari 98,6 foiz, sut va sut mahsulotlari 99,8 foiz,
foizi, makaron mahsulotlari 95,4 foiz, margarin

77,7 foiz, shakar 92,9 foiz, qandolat mahsulotlari
68,5 foizni tashkil etdi. Bugungi kunda respubli-

kada oziq-ovqat xavfsizligi to‘liq ta'minlangan va

aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehti-
yojining 90 foizidan ortig‘i mahalliy ishlab chiqa-

rish korxonalari hisobiga ta'minlanmoqda.

Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'-

КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИК


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 №

1

111

minlashda importning ulushini kamaytirish yoki
import qilmasdan mamlakatda sifatli va jahon

standartlariga javob beradigan oziq-ovqat mah-
sulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar sonini

ko‘paytirish yoki mavjud korxonalarda innovat-
siya loyihalarini amalga oshirishni talab qilinadi.

Bunda, nazarimizda O‘zbekiston Fanlar akade-

miyasi, ilmiy-tadqiqot muasassalari bilan ham-
korlikdagi ishlarni takomillashtirish zarur.

Innovatsiya loyihalarini amalga oshirish

natijasida sifatli mahsulot ishlab chiqarishni tash-

kil etgan korxonalarga soliq imtiyozlari qo‘llanib,
undan iqtisod qilingan mablag‘lar korxonani ri-

vojlantirishga yo‘naltirish ham yaxshi samara
beradi.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsu-

lotlarini qayta ishlaydigan korxonalar quvvatlari-

dan to‘laqonli foydalanish darajasini yanada oshi-
rish zarur. Buning uchun xomashyo bazasini

shakllantirish, ya'ni korxonalarni xomashyo mah-
sulotlari bilan ta'minlash lozim bo‘ladi.

Qisqasi, oziq ovqat sanoati aholining asosiy

ehtiyojini qondiruvchi tarmoq hisoblanadi. Bu-
gunki kunda mamlakat iqtisodiy barqaror o‘si-

shini, aholi farovonligini ta'minlash, aholini ijti-
moiy himoya qilish, zaruriy birlamchi mahsulot-

lar bilan ta'minlash dolzarb masala hisoblanadi.
Bu muammoni hal etishda mavjud resurslardan

samarali foydalanish, oziq-ovqat sanoati korxona-
larini takomillashtirish, modernizatsiya va diver-

sifikatsiya qilish maqsadida chet el investitsiyala-
rini jalb etishni yanada kuchaytirish zarur. Bu-

ning natijasida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab

chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish va
ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirish, yangi

ishlab chiqarish liniyalarini joriy etish, mahsulot-
lar turini va sifatini oshirish, aholining iste'mol

tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish im-
koniyati yuzaga keladi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2019-yil-

ning yanvar–sentabrida O`zbekiston Respublikasi

YaIM hajmi joriy narxlarda 361 858,4 mlrd. so`m-
ni tashkil etdi va 2018-yilning yanvar–sentabri

bilan taqqoslaganda 5,7 % ga o`sdi. YaIM deflya-
tori indeksi 2018-yilning yanvar–sentabridagi

narxlarga nisbatan 118,0 foizni tashkil etdi. Aholi
jon boshiga hisoblangan YaIM 10 805,0 ming

so`mni tashkil etdi va bu ko`rsatkich o`tgan yil-

ning mos davriga nisbatan 3,7 % ga yuqoridir.
Yanvar–sentabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari

bo`yicha YaIMni ishlab chiqarish quyidagi ma`lu-
motlar bilan ifodalanadi:

1-jadval

Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha YaIMni ishlab chiqarish

YaIM

Mlrd. so`m

Fizik hajm indeksi, %

YaIM o`sishidagi 2018 yil

2019 yil hissasi, %

2018 yil

2019 yil

YaIM – jami

290 161,9

361 858,4

105,7

5.7

shu jumladan: Tarmoqlarning yalpi qo`shilgan qiymati

256 716,4

329 091,0

105,7

5.0

qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi

80 331,3

92 186,7

102,4

0,6

sanoat

65 351,2

96 227,9

107,0

1,6

qurilish

16 677,7

22 561,0

119.3

1.1

savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar

19 496,9

23 094,3

104,1

0,3

tashish va saqlash, axborot va aloqa

22 185,4

25 834,5

105,7

0,4

boshqa xizmat tarmoqlari

52 673,9

69 186,6

105,3

1,0

Mahsulotlarga sof soliqlar

33 445,5

32 767,4

105,6

0.7

2019 yil yanvar–sentabr oylarida kichik

tadbirkorlik (biznes) sub`yektlari tomonidan 188

182,7 mlrd. so`m miqdoridagi qo`shilgan qiymat

yoki iqtisodiyotda yaratilgan jami qo`shilgan qiy-
matning 57,2 foizi yaratildi. Iqtisodiyotning aso-

siy tarmoqlari bo`yicha yalpi qo`shilgan qiymatda
kichik tadbirkorlik (biznes) ning ulushi, qurilish-

da 77,9 foiz, xizmat ko`rsatish sohasida 40,9 foiz
va sanoatda 32,2 foizni tashkil etdi.

Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotida mamla-

katlar oʻrtasida kapital harakatchanligi darajasi

gʻoyat yuqori. Natijada bir mamlakat kapitalining
qandaydir bir qismidan chet elda foydalaniladi.

Ayni paytda esa mamlakatning baʼzi aktivlari
korxonalar, koʻchmas mulklar, qimmatli qogʻozlar

xorijiy fuqarolar va firmalar (norezidentlar)ning
egaligida boʻladi. Norezidentlar oʻz mulklaridan

olgan daromadlarining bir qismini vatanlariga

oʻtkazib turishlari natijasida yalpi ichki mahsulot
miqsori bilan tegishli mamlakat ixtiyoridagi

amaldagi yalpi daromad (YAMM) miqdori bir-
biriga teng kelmay qoladi. Shu bois YAMM hajmi-

ni toʻgʻri aniqlash uchun yalpi ichki mahsulotga
mamlakatga uning chet ellardagi oʻz fuqarolari

mulkidan tushgan daromadlar bilan mamlakat-
dan chiqib ketgan chet elliklar daromadlari oʻrta-

sidagi farqni qoʻshish kerak. Chet eldagi mulklar-
dan tushgan daromadlar saldosi ijobiy boʻlsa

YAMM hajmi yalpi ichki mahsulotdan koʻp, aksin-
cha holatda kam boʻladi.

КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИК


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 №

1

112

Manba va adabiyotlar ro'yxati:

1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. –Т.: Ўзбекистон, 2017.

– 488 б.

2. Исаев Р.А. ва бошқалар. Ишлаб чиқаришни ташкил этиш ва бизнес-режа. –Т.: Тафаккур, 2011.
3. БагиевГ.Л., Тарасевич В.М., Анн Х. Маркетинг. - СПб.: Питер, 2008. – 348 с.
4. Болтабоев М., Қосимова М., Эргашходжаева Ш. ва бошқалар. “Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик” Дарслик.

–Т.: “Иқтисодчи” - 2011 й.- 333 б.

5. Ғайбуллаев Р.М. “Тадбиркорликни ривожлантириш муаммолари” Монография. –Т.: “ФАН” – 2004 й. 50 б
6.

ttps: // stat.uz.

7.

https://xs.uz.

8.

https://e-journal.uz.

ДАВЛАТ-ХУСУСИЙ ШЕРИКЛИГИНИНГ МАЗМУНИ

ВА ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ

Мамаюсупова Диловархон Бегматовна -

Қўқон университети

Таълим кафедраси ўқитувчиси

Аннотация:

Илмий мақолада давлат-хусусий шериклиги (ДХШ)нинг мазмуни ва унинг ўзига хос хусусиятлари

баён этилган. Хусусан, ДХШ моделлари ва механизмларни жорий этиш ва кенг қўллаш, шунингдек замонавий ДХШ
шаклларини ривожлантириш асосида давлат ва хусусий сектор ўртасидаги ҳамкорликни такомиллаштириш
масалалари бўйича таклиф ва тавсияларлар берилган.

Таянч тушунчалар:

давлат-хусусий шериклик, бизнес-инкубатор, концессия, лизинг, котрактинг, стратегик

бошқарув, иқтисодий ва коммуникатив мақсадлар.

Аннотация:

в научной статье раскрыто содержание государственно-частного партнерства (ГЧП) и его

особенности. В частности, были внесены предложения и рекомендации по внедрению и широкому использованию
моделей и механизмов ГЧП, а также по развитию современных форм ГЧП для улучшения сотрудничества между

государственным и частным секторами.

Ключевые понятия:

государственно-частное партнерство, бизнес-инкубатор, концессия, лизинг, заключение

договоров, стратегическое управление, экономические и коммуникативные цели.

Abstract:

The scientific article describes the content of public-private partnership (PPP) and its specific features. In

particular, suggestions and recommendations were made on the introduction and widespread use of PPP models and
mechanisms, as well as the development of modern PPP forms to improve cooperation between the public and private sectors.

Keywords:

public-private partnership, business incubator, concession, leasing, contracting, strategic management,

economic and communicative purposes.

Кириш.

Давлат-хусусий шериклиги

(ДХШ) минтақавий ижтимоий-иқтисодий сиё-

сатнинг энг муҳим элементи ҳисобланади.
ДХШ лойиҳаларини деталлаштириш талаб қи-

линадиган даражаси ва ўзига хослиги фақат-
гина шериклар ўртасида яқин алоқалар ва

бир-бирларининг хусусиятлари тўғрисида тў-
лиқ маълумот мавжуд бўлгандагина таъмин-

ланади. Бунга, биринчи навбатда, минтақавий

бошқарув органлари ва ДХШга кириш учун
мурожаат қилган корхона ва ташкилотлар

ўртасидаги алоқалар доирасида эришилади.
Шу сабабли, давлат ва бизнес ўртасидаги ўза-

ро муносабатларнинг самарали институтла-
рини ривожлантириш минтақаларда самара-

ли ижтимоий-иқтисодий сиёсатни шакллан-
тириш, уларнинг иқтисодий инфратузилмаси-

ни ривожлантириш, шунингдек, минтақавий
иқтисодий тизимларнинг турли соҳаларида

инновацион фаолиятни рағбатлантиришнинг
муҳим шартидир. Шу муносабат билан қуйи-

даги тезисни илгари суриш муболаға бўлмай-

ди – айнан ДХШ Ўзбекистон Республикаси
минтақаларининг муҳим давлат устуворлик-

ларидан бири бўлган ривожланишнинг инно-
вацион йўлига ўтиш стратегиясини амалга

оширишда фойдаланиш мумкин бўлган ҳақи-
қий механизмдир.

Мавзуга оид адабиётлар таҳлили.

ДХШнинг турли шаклларини ривожланти-

ришнинг назарий жиҳатлари Берслс В.,

Хаврапек П.М. [1], Друкер П. [2], Енджейчик И.
[3], Леннон Дж. Джон, Смит Хью, Кокерелл

Ненси, Трю Джил. [4], А.Ю.Александрова [5],
Д.М.Амунц [6], Л.С.Барютин [7], М.Б.Биржаков

[8], B.C.Боголюбов [9], Т.И.Бондарь [10],
В.В.Бочаров [11], В.Г.Варнавский [12], В.А.Вет-

кин[13] ва бошқа хорижий олимларнинг иш-
ларида тадқиқ қилинган.

Замонавий шароитда ДХШни ривожлан-

тириш муаммоларига Қ.Х.Абдураҳманов [14],

М.Р.Болтабаев [15], М.Э.Пўлатов [16], Н.Т.Тух-
лиев [17], И.С.Тухлиев [18], И.Иватов [19],

М.К.Пардаев [20], З.Д.Адилова [21], Н.Юсупов,

КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИК

Библиографические ссылки

Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халцимиз билан бирга кураяиз. -Т.: Узбекистан, 2017. 488 6.

Исаев Р.А. ва боищалар. Ишлаб чицаришни ташкил этиш ва бизнес-режа. -Т: Тафаккур, 2011.

БагиевГЛ., Тарасевич В.М., Анн X. Маркетинг. - СПб.: Питер, 2008. - 348 с.

Болтабоев М., Касимова М., Эргашходжаева Ш. ва боищалар. "Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик"Дарслик. Т.: "Ифписодчи" - 2011 и.- 333 б.

Гайбуллаев Р.М. “Тадбиркорликни ривожлантириш муаммолари" Монография. -Т.: "ФАН" - 2004 и. 50 б

ttps: // stat.uz.

https://xs.uz.

h ttps://e-journal. uz.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов