Анализ современных степени социально-экономического развития регионов и их инвестиционной привлекательности

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
355-358
26
5
Поделиться
Исматуллаев, Ж. (2021). Анализ современных степени социально-экономического развития регионов и их инвестиционной привлекательности. Экономика И Образование, (4), 355–358. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/economy_education/article/view/7642
Жасурбек Исматуллаев, Научно-информационный центр при Ташкентский Государственный Университет Экономики

исследователь

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье на основе опыта развитых стран анализируются темпы социально-экономического развития экономики республики, достижения, возможности и проблемы в повышении инвестиционной активности и привлекательности нашей страны, а также разрабатываются предложения по их решению.

Похожие статьи


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

355

MINTAQALAR IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY SUR’ATLARI VA

ULARNING INVESTITSION JOZIBADAORLIGINI TAHLILI

Ismatullayev Jasurbek Anvarovich -

TDIU huzuridagi ITM tadqiqotchisi


Annotatsiya:

Mazkur maqolada jaxondagi rivojlangan davlatlar tajribalaridan kelib chiqqan holda, respublika

iqtisodiyotining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlari tahlili hamda mamlakatimizning investitsion faolligini va jozibadorligini

oshirishdagi erishilgan yutuqlar hamda mavjud imkoniyatlar, muammolar tahlil qilinib, ularning yechimlari bo‘yicha takliflar
ishlab chiqilgan.

Kalitli so‘zlar

:

YaIM, investitsiya, investitsion jozibadorlik, kapital, innovatsiya, globallashuv, modernizatsiya,

infratuzilma, eksport.

АНАЛИЗ СОВРЕМЕННЫХ СТЕПЕНИ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО

РАЗВИТИЯ РЕГИОНОВ И ИХ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ПРИВЛЕКАТЕЛЬНОСТИ

Исматуллаев Жасурбек Анварович -

исследовател НИЦ при ТГЭУ

Аннотация:

В статье на основе опыта развитых стран анализируются темпы социально-экономического

развития экономики республики, достижения, возможности и проблемы в повышении инвестиционной активности и
привлекательности нашей страны, а также разрабатываются предложения по их решению..

Ключевые слова:

ВВП, инвестиции, инвестиционная привлекательность, капитал, инновации, глобализация,

модернизация, инфраструктура, экспорт.

ANALYSIS OF THE CURRENT DEGREE OF SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT

OF THE REGIONS AND THEIR INVESTMENT ATTRACTIVENESS

Ismatullayev Jasurbek Anvarovich -

Researcher at the Research Center at TSUE

Annotation:

Based on the experience of developed countries, the article analyzes the pace of socio-economic

development of the republic's economy and the achievements, opportunities and problems in increasing the investment activity
and attractiveness of our country, and develops proposals for their solutions.

Key words

:

GDP, investments, investment attractiveness, capital, innovation, globalization, modernization,

infrastructure, export.

Kirish.

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga olib bo-

rilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning asosiy vositala-

ridan biri bo‘lib, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar-

ni jalb etish hamda mamlakat mintaqalarning inves-

titsiyaviy jozibadorligini oshirish davlat siyosati hi-

soblanadi. Ushbu investitsiya siyosatini shakllanti-

rishda maqsadlar hamda ustuvor yo‘nalishlarni bel-

gilash, strategiya va dasturlarni ishlab chiqish shu

bilan bir qatorda qulay investitsiya muhitini yara-

tish chora-tadbirlarini nazarda tutadi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki xorijiy inves-

titsiyalar xalqaro globallashuv va iqtisodiy integrat-

siya jarayonining asosiy vositasi bo‘lgani sababli

erkin bozor iqtisodiyotining global raqobatida xori-

jiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish obyek-

tiv zaruriyat hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotdagi mo-

liyaviy resurslar taqchilligini qoplash maqsadida

xorijiy kapitallar oqimini jalb etish uchun qulay

investitsiya muhiti zarur. Investitsiya muhiti xorijiy

investorlarga ishlab chiqarishga sarmoya kiritish,

o‘z faoliyatlarini kengaytirish uchun imkoniyat va

rag‘batlar yaratadigan bir qator omillar majmui bi-

lan belgilanadi.

Investitsiya muhit jozibadorligi – bu xorijiy

investorlar xo‘jalik faoliyati yuritishining umumiy

iqtisodiy, meyoriy-huquqiy va tashkiliy shart-sha-

roitlarini belgilaydi.

Har qanday mamlakatdagi investitsion jozi-

badorlik, avvalambor, siyosiy barqarorlikka bog‘liq-

dir. Bu omilning mavjudligi kelajakda foyda olishga,

uzoq muddatli investitsiya loyihalarini amalga oshi-

rishga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalarni jalb

qilish imkoniyatini beradi.

2020-yilning yakunlari bo‘yicha asosiy vosita-

larga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya-

lar hajmi 2019-yilning shu davriga nisbatan 101,5

foizni yoki 6,6 mlrd. dollarni tashkil etdi. Dastlabki

hisob-kitoblarga ko‘ra, investitsiya dasturi doirasi-

da 197 loyiha amalga oshirildi va shuning hisobiga

38 ming ish o‘rni yaratildi. Bundan tashqari, hudu-

diy investitsiya dasturlari doirasida jami 59,1 trln

so‘mlik 10586 ta loyiha amalga oshirildi va bu 131,5

mingta yangi ish o‘rni tashkil etilishiga imkon berdi.

Davlat dasturida belgilangan, xorijiy investit-

siyalarni jalb etish, qulay investitsiya muhitini yara-

tishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respubli-

МИНТАҚА ИҚТИСОДИЁТИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

356

kasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Res-

publikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respub-

likasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari

mamlakat hududlariga biriktirilganligi bugungi kun-

da o‘z samarasini bermoqda.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.

“Min-

taqaviy investitsion jozibadorlik” atamasi zamona-

viy iqtisodiy adabiyotlarda juda tez qo‘llaniladi.

Shunday bo‘lsada, bu iqtisodiy kategoriyaning hech

qanday umume’tirof etilgan ta’rifi hozirgacha taklif

etilmagan. Eng keng tarqalgan ta’rifga ko‘ra, minta-

qaning investitsion jozibadorligi investitsiyalar oqi-

miga ta’sir qiluvchi mintaqaning xususiyatlari to‘p-

lami sifatida qaraladi. Bu xususiyatlar ko‘pincha

mintaqaviy investitsion jozibadorlik omillari deb

yuritiladi. Investitsion jozibadorlik investitsiya oqi-

mining intensitivligiga ta’sir etuvchi omillar kombi-

natsiyasi sifatida keng ta’riflash nafaqat mintaqaga,
balki sanoat yoki muayyan kompaniyaga ham qo‘lla-

nilishi mumkin. Mintaqaviy investitsion jozibadorlik

tushunchasining asosiy o‘ziga xos xususiyati shun-

daki, undagi ko‘rib chiqilayotgan omillar majmui

moliyaviy-iqtisodiy jihatlar bilan cheklanib qolmas-

dan, balki siyosiy, ijtimoiy, institutsional, huquqiy va

boshqa jihatlarni ham o‘z ichiga oladi. Polshalik iqti-

sodchi olim. М.Noviski o‘zining tadqiqotlarida inves-

titsion jozibadorlik nafaqat omillar majmui emas,

balki muayyan mintaqaning investitsiya oqimini

omillarning kombinatsiyasi orqali jalb qilish qobi-

liyati ekanligini ta’kidlamoqda[1]. Ushbu tushunti-

rishda mintaqada investitsion muhitni yaratib, po-

tensial investorlarni tegishli axborot bilan ta’min-

lash orqali investitsiyalarni jalb qilish uchun minta-

qaning boshqaruv organi va biznes muhitining fao-

liyatini faollashtirishni ta’kidlaydi.

Mintaqalarning investitsion jozibadorligi tu-

shunchasiga rossiyalik iqtisodchi olimlar tomonidan

bir qancha tariflar berilgan. Xususan L.S. Valinurova

va O.B.Kazakova o‘zlarining investitsiya nomli dars-

ligida investitsion jozibadorlik bu – turli xil obektiv

belgilarning kombinatsiyasi, investitsiyalarga bo‘l-

gan samarali talabni belgilovchi iqtisodiy tizimning

xususiyatlari, vositalari, salohiyatlari yig‘indisidir[2]

deb ta’rif bergan.

Iqtisodchi olim T.M. Smaglyukova investitsion

jozibadorlikni belgilovchi barcha ko‘rsatkichlardan

kompleks baholash talablariga ko‘proq muvofiq

keladigan ko‘rsatkichlar[3] sifatida ajratib olgan.

“Investitsiya muhiti” va “investitsiya iqlimi”

sinonim tushunchalar sifatida ishlatiladi. Bu xususi-

da iqtisodchi-olimlardan D.G‘ozibekov va T.Qorali-

yevlar tomonidan quyidagi fikrlar bildirilgan:

“Investitsiya iqlimi juda keng ma’noda ishlatiladigan

tushuncha bo‘lib, investor tomonidan hisobga olina-

digan barcha muammo va masalalarni mujassam-

lashtiradi. Investor tomonidan ma’lum bir mamla-

katga kapital ajratishning qulay va noqulay tomon-

lari belgilanadi, shu bilan bir qatorda, o‘z kapitalini

kiritmoqchi bo‘lgan mamlakat mafkurasi, siyosati,

iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat berila-

di”[4]. Shuningdek, iqtisodchi olimlar K. Eklund,

J. Keyns, M. Sornarajax, V.N.Sherbakov, K.V. Baldin,
V.M.Askinadzi, V.F. Maksimov, T.M.Smaglyukova,

O.P.Ovchinnikova, YE.YE.Churlova, E.S. Xazanovich,

Ali Salim, Muhammad Reza Razavi, Liu Vang va

N.G.Karimov, D.G‘.G‘ozibekov, A.V.Vaxabov, Sh.X.Xa-

jibakiyev, N.G.Muminov, M.A.Raimjonova, B.S.Mama-

tov, Sh.I.Mustafakulov, D.Y. Xo‘jamqulov, B.B.Vali-

yevlarning ilmiy ishlarida investitsion muhit joziba-

dorligi, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni

jalb qilish muammolariga bag‘ishlangan masalalar

ko‘rib chiqilgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy maqolada

ko‘tarilgan muammoni atloflicha tahlil qilish, tahlil

natijalarini tizimlashtirish asosida ilmiy asoslangan

xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishda induksiya va

deduksiya, maqsadli rivojlantirish, tizimli va qiyosiy

tahlil, grafik tasvirlash, ekspert baholash va iqtiso-

diy statistik kabi usullardan keng foydalanildi.

Tahlil va natijalar.

O‘tgan 2020-yilda res-

publikamizda yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy

narxlarda 580,2 trln so‘mni tashkil etdi va 2019-yil

bilan taqqoslaganda 70, trln so‘mga, 2015-yil taq-

qoslaganda 408,8 trln so‘mga 2010-yil bilan taqqos-

lagada esa 517,8 trln so‘mga o‘sgan. YAIM deflyator

indeksi 2019-yil narxlariga nisbatan 111,9 %ni

tashkil etdi.

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasida asosiy vositalarga kiritilgan investitsiyalar

va YAIM to‘g‘risida ma’lumot

[5]

Ko‘rsatkichlar

Yillar

O‘zgarish 2020

yil 2010 yilga
nisbatan (+,-)

2010

2015

2020

1

YAIM (hududlar bo‘yicha YAHM), mlrd.so‘m

62388,3

171369,00 580203,20

517 814,90

2

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar, mlrd so‘m

15338,7

41670,5

202000,1

186661,4

3

Jon boshiga investitsiyalar, ming so‘m

543,4

1 331,40

5840,01

5296,61

4

Jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad, ming so‘m

1668,10

3928,80

11700,0

10031,90

Respublikamizda so‘nngi yillarda asosiy kapi-

talga kiritilgan investiyiyalarni tahlil qiladigan bo‘l-

sak, 2010-yilda 15338,7 mlrd so‘m mablag‘ kiritil-

gan bo‘lsa 2020-yilga kelib 202000,1 so‘m mablag‘

kiritilgan. Ushbu kiritilgan investiyiyalarni aholi jon

boshiga taqsimlaydigan bo‘lsak 2020-yilda 2010-

МИНТАҚА ИҚТИСОДИЁТИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

357

2010-2013 yy.; Toshkent sh; 20,6

2010-2013 yy.; Qashqadaryo; 11,9

2010-2013 yy.; Buxoro; 11,1

2010-2013 yy.; Toshkent ; 10

2010-2013 yy.; Navoiy; 7,9

2010-2013 yy.; Qoraqalpog'iston

Respublikasi; 5,3

2010-2013 yy.; Samarqand; 6,3

2010-2013 yy.; Farg'ona; 6,2

2010-2013 yy.; Namangan; 3,5

2010-2013 yy.; Surxondaryo; 3,9

2010-2013 yy.; Andijon; 4,4

2010-2013 yy.; Jizzax; 2,9

2010-2013 yy.; Sirdaryo; 2,8

2010-2013 yy.; Xorazm; 3,1

2014-2016 yy.; Toshkent sh; 17,6

2014-2016 yy.; Qashqadaryo; 13,6

2014-2016 yy.; Buxoro; 10,3

2014-2016 yy.; Toshkent ; 9,5

2014-2016 yy.; Navoiy; 4,9

2014-2016 yy.; Qoraqalpog'iston Respublikasi; 11

2014-2016 yy.; Samarqand; 6,6

2014-2016 yy.; Farg'ona; 5,2

2014-2016 yy.; Namangan; 4,9

2014-2016 yy.; Surxondaryo; 3,9

2014-2016 yy.; Andijon; 4

2014-2016 yy.; Jizzax; 2,7

2014-2016 yy.; Sirdaryo; 2,5

2014-2016 yy.; Xorazm; 3,4

2017-2020 yy.; Toshkent sh; 21,0

2017-2020 yy.; Qashqadaryo; 12,8

2017-2020 yy.; Buxoro; 8,7

2017-2020 yy.; Toshkent ; 9,3

2017-2020 yy.; Navoiy; 7,7

2017-2020 yy.; Qoraqalpog'iston

Respublikasi; 4,5

2017-2020 yy.; Samarqand; 5,9

2017-2020 yy.; Farg'ona; 4,6

2017-2020 yy.; Namangan; 5,9

2017-2020 yy.; Surxondaryo; 5,4

2017-2020 yy.; Andijon; 4,0

2017-2020 yy.; Jizzax; 4,0

2017-2020 yy.; Sirdaryo; 2,7

2017-2020 yy.; Xorazm; 2,8

2010-2013 yy.

2014-2016 yy.

2017-2020 yy.

yilga nisbatan o‘sish dinamikasi 5296,1 mln so‘mni

tashkil qilgan. Albatta kiritilgan sarmoyalar aholi

daromadlari o‘sishida ham o‘zining ijobiy ta’sirini

ko‘rsatgan ya’ni 2020-yilda 11700 ming so‘mni

tashkil etib 2010-yilga nisbatan 10031,9 ming so‘m-

ga o‘sgan. Mamlakatimizga 2020-yilda asosiy kapi-

talga kiritilgan investitsiyalar hajmi 202,0 trln so‘m-

ga yetdi. 2010-2020 yillarda o‘rta hisobda mamla-

katimizga jalb qilingan asosiy kapitalga investitsiya-

larning 50,4¿ to‘rtta hudud - Toshkent shahri,

Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlari hissa-

siga to‘g‘ri kelmoqda. Biz buni quyidagi 1-chizma-

dan ko‘rishimiz mumkin.

1-chizma. 2010-2020 yillarda O‘zbekistonda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning

hududlar bo‘yicha taqsimlanishi, o‘rtacha %da[5]

Hududlar orasida poytaxt Toshkent shahri

mamlakat iqtisodiyotiga o‘zlashtirilgan investitsiya-

lar tarkibida eng katta ulushga (aytilgan davrda

o‘rtacha 21,1¿) ega bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2010-

2013 yillarda 20,6%, 2014-2016 yillarda 17,6%,

2017-2020 yillarda 21,0% ga yetgan. 2020 yilda

Toshkent shahri mamlakat aholisining o‘rtacha

7,7%ni yalpi ichki mahsulotda esa Toshkent shaxri-

ning ulushi 15,3 foizni tashkil qiladi. O‘z navbatida

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari ham respublika

iqtisodiyotining 6,0 % va 5,3 %ni, aholining esa

9,6¿ va 5,6¿ tashkil etsada, ularga o‘zlashtirilgan

investitsiyalar respublikaga o‘zlashtirilgan jami in-

vestitsiyalarning 10,4% va 9,3%ni tashkil etmoqda.

2020-yilda investitsion faollikni pasayganligini ko‘-

rishimiz mumkin, ya’ni asosiy kapitalga o‘zlashtiril-

gan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos dav-

riga nisbatan o‘sish sur’ati 91,8 ¿ni tashkil etdi.

2020-yilda 202,0 trln. so‘m asosiy kapitalga inves-

titsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 65,4¿ yoki 132,0

trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliya-

lashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining

o‘z mablag‘lari hisobidan 34,6¿ yoki 70,0 trln. so‘m

moliyalashtirilgan. Jami investitsiyalar hajmida,

markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobi-

dan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga kirtilgan

investitsiyalarning ulushi, 2020-yilning mos davri-

dagi ulushiga nibatan 8,0% punktga kamayib,

19,5¿ni yoki 39,3 trln. so‘mni tashkil etdi. Mos ra-

vishda markazlashmagan moliyalashtirish manbala-

ri hisobidan 162,7 trln so‘m yoki jami investitsiya-

larning 80,5¿ investitsiyalari o‘zlashtirilib, o‘tgan

yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,0%

ko‘paygan. O‘tgan davr mobaynida korxona va tash-

kilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashti-

rilgan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar –

51,9 trln so‘mni yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan

investitsiyalarning 25,7 %ni tashkil etdi. Aholi mab-

lag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga kiritilgan

investitsiyalar 8,9¿ yoki 180,8 mlrd.so‘mi o‘zlashti-

rildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobi-

dan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 28,7 trln

so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga

nisbatan 5,3% kamayib, 14,2% tashkil etdi.

Respublika bo’yicha asosiy kapitalga kiritil-

gan investitsiyalarni mulkchilik shakllari bo’yicha

tahlil qiladigan bo’lsak, 2020-yilda 22,5 foiz davlat

mulki asosida 77,5 foiz nodavlat mulki asosida

2013-yilga nisbatan o’sish dinamikasiga qarasak

davlat mulki ulushi 8,7 foizga oshga nodavlat mulk

shakli ulushi 2,3 foizga kamaygan.

МИНТАҚА ИҚТИСОДИЁТИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

358

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik shakllari buyicha asosiy kapitalga

kiritilgan investitsiyalar (foizda)

[5]

Ko‘rsatkichlar

Yillar

O‘zgarish 2020 yil

2013 yilga

nisbatan o‘zgarish

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

(+,-)

% da

1

Jami

100

100

100

100

100

100

100

100

-

-

Shundan

1.1.

davlat

20,7

19,1

16,3

16,1

14

18,6

21,7

22,5

1,8

108,7

1.2.

nodavlat

79,3

80,9

83,7

83,9

86

81,4

78,3

77,5

-1,8

97,7

Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va

boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 28,5 trln so‘mni

tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan

0,3¿ga kamaygan, O‘zbekiston Respublikasi kafola-

ti ostidagi xorijiy kreditlar 22,4 trln so‘m, kafolat-

lanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar

35,4 trln so‘m, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

1,8 trln so‘m, Respublika budjeti 13,1trln so‘m va

suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlanti-

rish jamg‘armasi tomonidan 1,9 trln so‘m miqdori-

da asosiy kapitalga inestitsiyalar o‘zlashtirildi.

Respublikamizda xorijiy investitsiya va kre-

ditlarning 2020-yilda yuqori o‘sishini Jizzax va

Sirdaryo viloyatlari (7,4 marta), Samarqand viloyati

(5,5 marta), Xorazm viloyati (5,9 marta) kabi vilo-

yatlarda ular hajmining salmoqli darajada oshgan-

ligi bilan izohlash mumkin.

Xulosa va takliflar

.

Xulosa shuni aytish ke-

rakki, mamlakatimiz hududlarida so‘nggi yillarda

pandemiya sharoitini hisobga olmaganda investitsi-

ya muhit jozibadorligi va faolligi ortib bormoqda.

Ammo shu bilan birga ayrim muammolar ham saq-

lanib qolmoqda. Jumladan, 2010-2020 yillarda res-

publikamizga jalb qilinayotgan investitsiyalarning

yarmini 4 ta hudud – Toshkent shahri, Qashqa-
daryo, Buxoro va Toshkent viloyatlari hissasiga

to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu hududlarga o‘zlashtirilayot-

gan investitsiyalar hududlar iqtisodiy ko‘lami va

aholisi soniga nisbatan kattaroq ulushga ega bo‘lib

qolmoqda. Ushbu holat esa investitsiya salohiyati

darajasi bo‘yicha hududlar o‘rtasida o‘zaro katta ta-

fovutni keltirib chiqarmoqda Bu muammolarni hal

etish uchun quyidagi islohotlarni faollashtirish

zarur:

- xorijiy investitsiyani jalb etuvchi korxona-

larning tashqi bozorga chiqishda yetarli bilim va taj-

ribaga ega emasligi, xalqaro bozordagi mavqeining

pastligi;

- investitsiya jarayonida ishtirokchi tomon-

larning o‘zaro bir-birlari to‘g‘risida yetarli ma’lu-

motga ega emasligi yoki bu ma’lumotlarning doimo

ham to‘liq va ishonchli bo‘lavermaydi;

- xalqaro maydonda respublika hududlarinig

investitsion muhit va hudud iqtisodiyotining yetak-

chi tarmoq, kompaniya va tashkilotlarining investit-

sion imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng

targ‘ib etish, tahlil qilish, baholash va tasdiqlash

kabi tadbirlarni kuchaytirish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub-

yektlari uchun jaxon bozorlariga chiqish uchun fao-

liyatini yanada jadallashtirish va rag‘batlantirish

mexanizmlarini takomillashmaganligi;

- hududlarda xorijiy investitsiyalarning iqti-

sodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturlar

ishlab chiqish va boshqalar.

Manba va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.

Nowicki М. The Investment Attractiveness of the Regions and the Sub-regions of Poland 2010–Poland, Gdansk: The

Gdansk Institute for Market Economics, 2010

2.

Валинурова Л.С., Казакова О.Б. Инвестирование: учебник для вузов. М.: ВолтерсКлувер, 2010. 448 с.

3.

Смаглюкова Т.М. Методика оценки инвестиционной привлекательности региона // Экономические науки. -

2018. - № 4. - С. 117-119

4.

Ғозибеков Д.Ғ., Носиров Э.И. Ўзбекистон иқтисодиётига хорижий инвестицияларни жалб қилиш. Рисола. – Т.:

«Иқтисод-молия», 2007. – 92 б

5.

www.stat.uz

МИНТАҚА ИҚТИСОДИЁТИ

Библиографические ссылки

Nowicki M. The Investment Attractiveness of the Regions and the Sub-regions of Poland 2010-Poland, Gdansk: The Gdansk Institute for Market Economics, 2010

Валинурова Л.С., Казакова О.Б. Инвестирование:учебник для вузов. М.: ВолтерсКлувер, 2010. 448 с.

Смаглюкова Т.М. Методика оценки инвестиционной привлекательности региона // Экономические науки. -2018. - № 4. - С. 117-119

Гозибеков Д.Г., Носиров Э.И. Узбекистан шуписодиётига хорижий инвестицияларни жалб цилиш. Рисола. - Т: «Иуписод-молия», 2007. -92 б

www.stat.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов