МЕХАНИЗМ ОРГАНИЗАЦИИ ИННОВАЦИОННОГО ФИНАНСОВОГО УПРАВЛЕНИЯ В АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВАХ

Аннотация

В настоящее время во всем мире широко исследуются вопросы совершенствования системы финансового планирования, которая является основным функциональным элементом финансового менеджмента. В частности, в условиях глобальной пандемии проводятся целевые исследования по формированию системы финансового планирования, способной быстро адаптироваться к меняющейся конъюнктуре на внешних рынках и ее совершенной модели в сочетании со стратегическими планами. Также один из основных функциональных элементов финансового менеджмента ориентирован на совершенствование организационной архитектуры финансовой диагностики, которая воплощает в себе широкий арсенал показателей комплексной оценки финансово-хозяйственной деятельности компаний.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
148-155
23

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Шамансурова Z. (2025). МЕХАНИЗМ ОРГАНИЗАЦИИ ИННОВАЦИОННОГО ФИНАНСОВОГО УПРАВЛЕНИЯ В АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВАХ. Экономическое развитие и анализ, 3(2), 148–155. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/80099
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В настоящее время во всем мире широко исследуются вопросы совершенствования системы финансового планирования, которая является основным функциональным элементом финансового менеджмента. В частности, в условиях глобальной пандемии проводятся целевые исследования по формированию системы финансового планирования, способной быстро адаптироваться к меняющейся конъюнктуре на внешних рынках и ее совершенной модели в сочетании со стратегическими планами. Также один из основных функциональных элементов финансового менеджмента ориентирован на совершенствование организационной архитектуры финансовой диагностики, которая воплощает в себе широкий арсенал показателей комплексной оценки финансово-хозяйственной деятельности компаний.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

148



AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA INNOVATSION MOLIYAVIY MENEJMENTNI TASHKIL

ETISH MEXANIZMI

PhD, prof.

Shamansurova Zilola Abduvahitovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID:

0009-0009-5152-3518

z.shamansurova@tsue.uz

Annotatsiya.

Hozirda jahon miqyosida moliyaviy menejmentning asosiy funksional

elementi hisoblangan moliyaviy rejalashtirish tizimini takomillashtirish masalalari keng tadqiq

etilmoqda. Xususan, global pandemiya sharoitida tashqi bozorlardagi oʻzgaruvchan muhitga tez
moslashuvchan moliyaviy rejalashtirish tizimi va uning strategik rejalar bilan uygʻunlashtirilgan

mukammal modelini shakllantirish yuzasidan maqsadli izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek,
moliyaviy menejmentning asosiy funksional elementlaridan biri kompaniyalar moliyaviy-xoʻjalik
faoliyatini kompleks baholashning keng koʻrsatkichlar arsenalini mujassamlashtiruvchi

moliyaviy diagnostikaning tashkiliy arxitekturasini takomillashtirishga eʼtibor qaratilmoqda.

Kalit soʻzlar:

innovatsiyalar, innovatsion faoliyat, moliya, korporativ moliya, aksiyadorlik

jamiyati, moliyalashtirish, moliyaviy menejment, korporativ boshqaruv, qimmatli qog‘oz, kapital,
risk, depozit, kompleks baholash.

МЕХАНИЗМ ОРГАНИЗАЦИИ ИННОВАЦИОННОГО ФИНАНСОВОГО УПРАВЛЕНИЯ В

АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВАХ

PhD, проф.

Шамансурова Зилола Абдувахитовна

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотaция.

В настоящее время во всем мире широко исследуются вопросы

совершенствования системы финансового планирования, которая является основным

функциональным элементом финансового менеджмента. В частности, в условиях
глобальной пандемии проводятся целевые исследования по формированию системы
финансового планирования, способной быстро адаптироваться к меняющейся

конъюнктуре на внешних рынках и ее совершенной модели в сочетании со
стратегическими планами. Также один из основных функциональных элементов

финансового менеджмента ориентирован на совершенствование организационной
архитектуры финансовой диагностики, которая воплощает в себе широкий арсенал
показателей комплексной оценки финансово-хозяйственной деятельности компаний.

Ключевые

слова:

инновации,

инновационная

деятельность,

финансы,

корпоративные финансы, акционерное общество, финансирование, финансовый

менеджмент, корпоративное управление, ценные бумаги, капитал, риск, депозит,
комплексная оценка.

UOʻK: 303.725.36

II SON - FEVRAL, 2025

148-155


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

149

THE MECHANISM OF ORGANIZATION OF INNOVATIVE FINANCIAL MANAGEMENT IN

JOINT-STOCK COMPANIES

PhD, prof.

Shamansurova Zilola Abduvahitovna

Tashkent State University of Economics

Abstract.

Currently, the issues of improving the financial planning system, which is the main

functional element of financial management, are widely studied all over the world. In particular,

in the context of a global pandemic, targeted research is being conducted on the formation of a
financial planning system capable of quickly adapting to changing conditions in foreign markets

and its perfect model in combination with strategic plans. Also, one of the main functional
elements of financial management is focused on improving the organizational architecture of
financial diagnostics, which embodies a wide range of indicators for a comprehensive assessment

of financial and economic activities of companies.

Keywords:

innovation, innovation activity, finance, corporate finance, joint-stock company,

financing, financial management, corporate governance, securities, capital, risk, deposit,

comprehensive assessment.

Kirish.

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab korxonalar moliyasini

samarali boshqarishga qaratilgan moliya-soliq siyosati olib borilmoqda. Chuqur institutsional

oʻzgarishlar amalga oshirildi, korporativ boshqaruv tizimini kompleks rivojlantirish boʻyicha
chora-tadbirlar qabul qilindi, maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilmoqda. Bunda

«korxonalarda korporativ moliyaviy menejment tizimini takomillashtirish foydalanilmayotgan
resurslar va moliyaviy imkoniyatlardan yuqori darajada va samarali foydalanish, korxonalar
moliyaviy siyosati sohasida shakllanib qolgan tizimli muammolarni bartaraf etish hamda

hozirgi kundagi eng muhim masalalardan biri – korxonalar miqyosida moliyaviy menejment
samaradorligini oshirish imkonini beradi». SHuning uchun ham har bir mamlakatda
shakllantirilgan milliy iqtisodiyot va uning taraqqiyotini oʻziga xos jihatlari moliya tizimida

yaqqol namoyon boʻladi.

Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy qarorlarni qabul qilish jarayonlari va mexanizmi,

jahon iqtisodiyoti rivojlanish siklining turli bosqichlarida, siyosiy, ijtimoiy va institutsional
omillar taʼsiri ostida oʻzgarib turuvchi makroiqtisodiy vaziyatlar tufayli amaliyotga joriy etilishi
boʻyicha turli risklarga duch keladi. Jahon iqtisodiyotidagi inqiroz hodisalari, jumladan, bugungi

kunda aksariyat davlatlar iqtisodiyotida kutilayotgan retsessiya holatlari Oʻzbekistonda
faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning risklilik darajasiga taʼsir etmay qolmaydi. Biroq,
taʼkidlash lozimki, inqiroz nafaqat bankrotlik holatlari yoki koʻplab moliyaviy yoʻqotishlarga

olib keladi, balki iqtisodiy oʻsishni qayta tiklash va biznesni keng koʻlamli modernizatsiya qilish
zaruriyatini anglagan holda yangicha yondashuv va innovatsion gʻoyalarni ishlab chiqish

imkoniyatlarini ham taqdim etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlar
korporativ boshqaruv mexanizmini rivojlantirish borasida koʻplab ijobiy oʻzgarishlarga ega
boʻlgan boʻlsada, biroq xalqaro amaliyotda kompaniyalar istiqbolini prognoz qilishda keng

foydalaniladigan korporativ baholash instrumentlarini joriy etishning amaldagi holati boʻyicha
salbiy jihatlarini bartaraf etish kabi dolzarb masalalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Moliyaviy menejment aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy holatini hamda moliyaviy

resurslar harakatini boshqaradi va moliyaviy resurslar xavfsizligini ta’minlaydi. Shu bilan
birgalikda moliyaviy menejment korxonalarda inqirozga qapshi boshqaruvni ham amlaga
oshiradi. Inqirozga qarshi boshqaruv moliyaviy menejmentning asosiy funksiyalaridan biri

hisoblanadi. Shunday ekan iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida inqirozlar yuz berishi mumkin


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

150

bo‘lgan holatlarni moliyaviy menejment o‘z funksiyalari bilan bartaraf etadi va korxonalar
moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi. Shundan kelib chiqan holda quyida moliyaviy menejment

mohiyati, korxonalar moliyasi va unda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar to‘g‘risida
to‘xtalib o‘tamiz.

Xususan, aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentini samarali tashkil etishning

usul va vositalarini takomillashtirish yuzasidan bir qator mahalliy va xorijiy iqtisodchi olimlar
o‘z fikrlarini hamda ilmiy qarashlarini bayon qilib o‘tishgan.

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarda menejmentning maxsus

sohasi sifatida o‘ziga xos boshqaruv tamoyillari va prinsiplariga asoslangan moliyaviy
menejment XIX-XX asrlarda maxsus bilimlar sohasi sifatida shakllandi. Bu borada amerikalik

mutaxassis Brikxem moliyaviy menejmentni maxsus fan sifatida XIX asrning 90- yillarida
shakllanganligi to‘g‘risida fikr bildirib o‘tgan.

Professor Blank ta’kidlaydiki, moliyaviy menejment sohasida o‘rganilishi lozim bo‘lgan

muammolarning doimiy ravishda kengayib borganligi va natijada tadqiqotning metodologik
apparatini tobora chuqurlashib borishi natijasida uni bir necha bosqichlarda rivojlanib
borganligini ta’kidlaydi .

Lyalin va Vorobevlar ta’kidlashlaricha, “moliyaviy menejment — korxona o‘z va qarz

mablag‘laridan samaraliroq foydalanishi hamda eng kam tavakkalchilik sharoitida yuqori foyda

olishni ta’minlashining uslublari, yo‘nalishlari haqidagi fandir ”. Albatta, bunday yondoshuvda
izlanish predmeti nisbatan keng olinmokda. Biroq, har ikkala qarashlarda ham tizimlilik
etishmaydi va bu holatda moliyaviy menejmentning u yoki bu maxsus fanlar (moliyaviy tahlil,

moliyaviy hisob va hisobot, moliyaviy matematika va h.k.) o‘rganish ob’ekti bilan
chalkashtirilishiga yo‘l qo‘yilayotir.

Xususan, chet ellik iqtisodchi olim Porter (2010) iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va

iqtisodiy o‘sish uchun real sharoitlarni ta’minlash umuman davlatda ham, mintaqalarda ham
investitsiya faoliyatini faollashtirishni talab etishni ta’kidlaydi .

Madsenning (2020) fikriga ko‘ra, hukumatning pul-kredit va soliq-byudjet siyosatini

ma’lum turdagi aktivlarni xususiy sektorga taklifi sifatida qarash lozim. Xususiy sektorning
ushbu taklifga munosabatini esa, aktivlarga bo‘lgan talabning tarkibini, ularning

daromadliligiga ko‘ra, o‘zgarishi sifatida qarash zarur.

Druker (2019) va boshqa olimlar kabi iqtisodchi olimlar tomonidan amalga oshirilgan

tadqiqotlar moliya sektorining rivojlanish darajasi bilan real sektorning rivojlanish darajasi
o‘rtasida ijobiy korrelyasion bog‘liqning mavjudligini ko‘rsatdi. Ya’ni, mamlakatda moliya
sektorining rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, real sektor korxonalari faoliyatining

rivojlanish darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

Ba’zi iqtisodchilar moliyaviy menejment tushunchasini maqsadli boshqaruv tizimi

sifatida talqin etmokdalar. Jumladan, Saidov (2008) fikricha, “moliyaviy menejment —

moliyaviy resurslar harakati va bu jarayonda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida vujudga
keluvchi moliyaviy munosabatlarni boshqarish maqsadini ishlab chiqish va ularga moliya

dastaklari yordamida ta’sir etish jarayonini xususiyatlaydi” .

Menejment va bozor akademiyasi muxbir a’zosi, mazkur akademiya qoshidagi moliyaviy

menejment instituti direktori Stoyanova (2021) tahriri ostida chiqqan “Moliyaviy menejment:

nazariya va amaliyot” darsligida ta’kidlanishicha, “moliyaviy menejment korxona o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadiga erishish uchun foydalanadigan usullarning zaruriy majmuasidir”. Bu erda

asosiy narsa — bosh maqsadga zid kelmaydigan, unga erishishni ta’minlaydigan usullarni
tanlay bilish va qo‘llay olishdadir . Moliyaviy menejment mohiyatini bunday tushunish
yuqoridagi qarashlardagi kabi aniq izlanish predmetini ifodalasada, unda moliyaviy menejment

jarayonining tashkiliy-iqtisodiy asoslari etarlicha yoritila olinmagan.

Bir guruh taniqli iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlari natijalari ko‘rsatadiki, taraqqiy

etgan mamlakatlarda kichik biznes sub’ektlari aylanma mablag‘larining 60 foizdan ortiq qismi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

151

taqsimlanmagan foyda hisobidan moliyalashtirilayotganligi sababli, ularning investitsion
harajatlarni moliyalashtirish imkoniyati juda cheklangan .


Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada ilmiy abstraktsiyalash, tasviriy statistika, ekspert baholash, guruhlashtirish,

dinamik tahlil usullaridan foydalanilgan.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy moliyaviy

menejment uslubiyatini tashkil etish va takomillashtirishga doir bir qancha meʼyoriy-huquqiy

hujjatlar qabul qilinib, korxonalar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish, ularning
infratuzilma va boshqa jihatlarini qamrab oluvchi mustahkam huquqiy asos yaratildi. Biroq
barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashga xizmat qiluvchi aksiyadorlik jamiyatlarida

moliyaviy menejment tizimini tashkil etish jarayonlarini ijobiy baholash qiyin. Moliyaviy
menejent tizimini takomillashtirish orqali korxonalar moliyaviy resurslarini boshqarish
boʻyicha optimal qarorlar qabul qilish, moliyaviy taʼminotini mustahkamlashda zamonaviy

instrumentlardan keng foydalanish, investitsion qarorlar qabul qilish, moliyaviy risklarni
xalqaro talablar darajasida toʻgʻri baholash orqali moliyaviy menejment strategiyalarini joriy

etish kabi dolzarb vazifalar ijrosini taʼminlash mumkin .

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining turli jabhalari uning moliyaviy natijalariga

tegishlicha taʼsir qiladi. Shunga koʻra korxona u yoki bu faoliyat turidan foyda, boshqasidan

zarar koʻrishi mumkin. Biroq, shuni alohida taʼkidlash lozimki, korxonada moliyaviy
menejmentning tub maqsadi korxona kapitali bozor qiymatining oʻsib borishini taʼminlashdan

iborat. Shunday ekan, aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy menejment tizimini takomillashtirish
oʻzaro bogʻliq ikki muammoni hal etishni talab qiladi: birinchidan, korxona faoliyati turli
sohalari va boʻlimlarining operativ – moliyaviy mustaqilligi hamda maʼsuliyatini oshirish;

ikkinchidan, har qanday oʻzgaruvchan sharoit va omillar taʼsiri natijasida ham umumiy tarzda
korxona moliyaviy natijalarining yaxshilanishiga erishish.

Moliyaviy menejmentning ilgʻor, hozirgi kunda ham dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan

konsepsiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin (1-jadval).

1-jadval

Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejment konsepsiyalari,

ularning maqsadlari va tavsifi

T/r Konsepsiyaning nomi

Moliyani boshqarishning asosiy maqsadi

1.

Moliyaviy aktivlar

daromadliligini baholash

modelini shakllanishi

Investitsion portfel samaradorligini maksimallashtirish (bunga

daromadni imkon qadar koʻpaytirish va riskni kamaytirish orqali

erishiladi)

2. Kapital optimal tarkibi

konsepsiyasi

Moliyalashtirish manbalari samaradorliklari va ulardan foydalanish

yoʻnalishlarining oʻzaro

nisbatini mukammalashtirish

Moliyaviy holat tahlili

konsepsiyasi

Xoʻjalik yurituvchi subʼekt moliyaviy holatini

xususiyatlovchi asosiy nisbatlarni tegishli da rajada ushlab turish

4.

Xarajatlarni mukammal

boshqarish

konsepsiyasi

Xarajatlar asoslanganligi va samaradorligini

oshirish

Manba:

Kovalev (2016)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

152

1-jadvalda keltirilgan konsepsiyalarning har qaysisi korxona moliyasini boshqarishning

alohida yoʻnalishlarini xususiyatlaydi, shuning uchun ham korxonada bir vaqtning oʻzida

moliyaviy faoliyatning har qaysi yoʻnalishiga oid bir qancha konsepsiyalar qoʻyilishi lozim.

Aksiyadorik jamiyatlarida har qaysi boʻlim va sohalar uygʻunligini taʼminlovchi moliyaviy

menejment asoslarini takomillashtirishning muhim vositalaridan biri korxona moliyasini

moliyaviy smetalar yordamida boshqarishdir. Moliyaviy smetalar gʻarb davlatlarida
korxonaning barcha faoliyat turlarini moliyaviy rejalashtirish va nazorat qilishning keng
tarqalgan vositalaridandir. Moliyaviy smeta korxonaning maʼlum kelgusi davrdagi resurs

imkoniyatlari va bajarilishi lozim boʻlgan operatsiyalarini qiyoslovchi moliyaviy tushunchalar
orqali yoritilgan toʻliq rejasidir.

Moliyani boshqarish nazariyotchilari taʼkidlashlaricha, yuqorida keltirilgan konsepsiyalar

taraqqiyoti va sintezi moliyaviy menedjmentning mustaqil ilmiy yoʻnalish sifatida ajralib
chiqishiga imkon beradi. Kichik biznes korxonalari iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi zamon

holati moliyani boshqarishning turli yoʻnalishlarini qamrab oluvchi integratsion
konsepsiyalarni koʻrsatmokda.

Moliviy menejmentning mana shunday integratsion konsepsiyasiga misol tariqasida

“Firma qadriyatini maksimallashtirish nazariyasi (Wealth Maximization Teogu)”ni keltirish
mumkin. Mazkur nazariya asoschilari shundan kelib chiqadilarki, moliyaviy xususiyatdagi

qabul qilinayotgan qarorlar samaradorligining umumlashgan mezoni sifatida quyidagi
shartlarga javob bera oladigan koʻrsatkichdan foydalanish lozim: korxona egalari
daromadlarini prognozlashtirishga asoslanishi; har tomonlama asoslanib berilgan, aniq va

tushunarli boʻlishi; boshqaruv qarorlarini qabul qilishning barcha jabhalari uchun qoʻllay
olinishi.

Mazkur konsepsiya doirasida korxona oʻz kapitali, aniqrogʻi — korxona aksiyalari bozor

bahosini oshirish mezonlariga koʻproq mos keluvchi qarorlar qabul qilinadi. Moliyani
boshqarishning ushbu maqsadiga erishishi uchun u quyidagi asosiy yoʻnalishlari boʻyicha olib

borilishi kerak: investitsion siyosat; moliyalash manbalarini boshqarish; dividend siyosati.

Shuni taʼkidlash joizki, korxona qiymati (qadriyati)ni maksimallashtirish nazariyasi

asosan korporativ boshqaruvda qoʻllanilmoqda. Ushbu konsepsiyani kichik korxonalar

tomonidan qoʻllashda asosiy maqsadni saqlagan holda moliyani boshqarishning yoʻnalishlarini
koʻproq quyidagilarga qaratish lozim: moliyalashtirishning manbalarini boshqarish;

xarajatlarni mukammallashtirish; korxona moliyaviy holatining optimal darajasi monitoringi
va uni ushlab turish.

Korxonalarda moliyaviy menejment asoslari amaldagi moliya mexanizmining mantiqiga

va oʻziga xos xususiyatlariga bevosita bogʻliq boʻladi. Shu nuqtai-nazardan kichik biznes moliya
mexanizmi taraqqiyotining hozirgi holatini tahlil etish va uni takomillashtirish istiqbollarini
koʻrsatib berish oʻta dolzarb ahamiyatga ega.

Moliyaviy smeta shu maʼnoda toʻliqdirki, u kichik jamiyat faoliyatining barcha sohalarini

qamrab oladi. Shuning uchun moliyaviy smeta korxona boʻlinmalari yoki ayrim sohalarining

emas, balki butun korxonaning rejasidir. Biroq, shuni alohida taʼkidlash lozimki, amaliyotda
boʻlim moliyaviy smetasi, reklama uchun moliyaviy smeta kabi tushunchalar ham uchrab
turadi. Moliyaviy menejment korxona moliyaviy resurslarini shakllantirish, taqsimlash va

foydalanishi bilan bogʻliq tamoyil va metodlar tayyorlashda va boshqaruv qarorlarini amalga
oshirishda hamda uning pul mablagʻlari aylanmasini tashkillashtirishda oʻzini namoyon etadi.

Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy faoliyatini samarali boshqarish moliyaviy menejmentning
asosiy tamoyillarini amalga oshirishni taʼminlaydi.

Bugungi kunda mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmenti tashkil

etish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, boʻlajak investorlar uchun ularning ochiqligi va
jozibadorligini taʼminlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

153

korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar
yaratish asosiy maqsadlardan biri sanaladi.

Xususan, xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ

boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va
mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, chet el kapitali ishtirokida

aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng
jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, eski boʻlinmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy
xalqaro standartlar va bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi boʻlinma va lavozimlarni joriy

etishni inobatga olgan holda, aksiyadorlik jamiyatlarinini moliyaviy menejmenti tuzilmasini
tubdan qayta tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2022 yil yakuni boʻyicha eʼlon

qilingan rasmiy statistik maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilda tayyor mahsulot turlarini
kengaytirish va ishlab chiqarilishini qoʻllab — quvvatlash boʻyicha amalga oshirib kelinayotgan

chora-tadbirlar natijasida, isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 119,2 trln.soʻmni tashkil
etdi va 2021 yilning mos davriga nisbatan 3,6 % ga oʻsgan holda, uning jami sanoatdagi ulushi
32,5 % ni tashkil etgan.

2-jadval

“Toshkent yogʻ-moy kombinati” AJ joriy aktivlarini moliyalashtirish manbalarining

tarkibi va dinamikasi (foizda)

Moliyalashtirish

manbalari:

Yillar

2022 yilda 2018 yilga

nisbatan oʻzgarishi, f.p.

2018 2019 2020 2021 2022

Oʻz mablagʻlari

60,3

68,1

71,7

77,1

85,3

25,0

Tijorat banklarining qisqa

muddatli kreditlari

39,7

28,6

26,6

19,3

13,4

- 26,3

Qimmatli qogʻozlarni sotishdan

olingan pul mablagʻlari

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

-

Boshqa manbalar

0,0

3,3

1,7

3,6

1,3

1,3

Joriy aktivlarni moliyalashtirish

manbalari – jami

100,0 100,0 100,0 100,0 100,0

X

Manba:

muallif tomonidan “Toshkent yogʻ-moy kominati ” AJning 2018-2022 yillar yakuni boʻyicha

eʼlon qilingan hisobotlari asosida ishlab chiqilgan.

Yuqoridagi 2-jadval maʼlumotlaridan koʻrinadiki, “TYOMK” AJ joriy aktivlarni

moliyalashtirish manbalarining umumiy hajmida eng yuqori salmoqni Kombinatning oʻz
mablagʻlari egallaydi. Bu esa, Kombinatning tijorat banklari kreditlaridan foydalanish

darajasining past ekanligi va qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish yoʻli bilan pul
mablagʻlarini jalb qilish amaliyotining mavjud emasligi bilan izohlanadi.

Shuningdek, 2-jadval maʼlumotlari koʻrsatadiki, Kombinatning oʻz mablagʻlarini joriy

aktivlarni moliyalashtirish manbalarining umumiy hajmidagi salmogʻi 2022 yilda 2018 yilga
nisbatan 25,0 foizli punktga oshgan. Bu esa, mazkur davrda tijorat banklari kreditlarining

aylanma mablagʻlarni moliyalashtirish manbalarining umumiy hajmidagi salmogʻini yuqori
darajada pasayishiga olib kelgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

154

3-jadval

“Toshkent yogʻ-moy kombinati” AJ ning 2015-2019 yillarda asosiy mahsulot ishlab

chiqarish va moliyaviy koʻrsatkichlari

Ishlab chiqarish

koʻrsatkichlari:

Yillar

2022 yilda 2018

yilga nisbatan

oʻsishi, %

2018

2019

2020

2021

2022

Jami ishlab chiqarish

hajmi: (mln.soʻm)

87315,0 95315,0 91678,9 92104,4 146952,8

168,3

Tozalangan oʻsimlik

yogʻi: (tn)

9,5

9,8

9,0

8,8

6,4

67,3

Shu jumladan tovar:

(mln.soʻm)

3370,2

443,0

443,0

-

6,4

0,18

Margarin mahsulotlari

(mln.soʻm)

40007,3 56069,6 44876,7 42695,0 50679,4

126,7

Barcha turdagi

salomaslar (mln.soʻm) 20093,4 13576,0 10222,9 13756,9

5,0

0,02

Qadoqlangan yogʻ

(mln.soʻm)

10664,5 7426,9

9120,2

9907,4

19169,9

179,8

Shrot (mln.soʻm)

10092,2 11989,1 19550,7 18591,7 17806,6

176,4

Sheluxa (mln.soʻm)

2706,1

1589,9

7100,6

6544,2

5198,8

192,1

Ishlab chiqarish

tannarxi

74609,8 6847,0 63654,8

-

104953,6

140,7

Sof foyda

735,1

6291,2

6605,8

-

3067,0

417,2

Ishchilarning oʻrtacha

oylik ish haqi

660,0

950,0

934,0

1233,9

-

2018 yilda 2015

yilga nisbat 186,9

Manba:

muallif tomonidan “Toshkent yogʻ-moy kominati ” AJning 2018-2022 yillar yakuni boʻyicha

eʼlon qilingan hisobotlari asosida ishlab chiqilgan.


3-jadval maʼlumotlaridan koʻrish mumkinki, “TYOMK” AJ da asosiy mahsulot jami ishlab

chiqarish hajmi 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 168,3 foizga oshgan, tozalangan oʻsimlik yogʻi
32,7 foizga qisqargan, ishlab chiqarish tannarxi esa, 40,6 foizga oshgan, sof foyda esa 4,2
barobarga oshgan hamda, ishchilarning oʻrtacha oylik ish haqi 86,9 foizga koʻpayganligini

koʻrishimiz mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlarini umum qabul qilingan xalqaro amaliyot
standartlari va talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qilish maqsadag

muvofiq.

Xulosa va takliflar.

Aksiyadorlik jamiyatlarining joriy likvidlilik darajasini oshirish uchun, birinchidan, joriy

aktivlarning oʻsish surʼati bilan joriy majburiyatlarning oʻsish surʼati oʻrtasidagi mutanosiblikni
taʼminlash lozim; ikkinchidan, yuqori likvidli qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarga qilinadigan

investitsiyalar hajmini oshirish yoʻli bilan joriy aktivlar hajmini oshirish kerak; uchinchidan,
kreditor qarzdorlikning aylanish tezligini oshirish yoʻli bilan kreditor qarzlarning joriy

majburiyatlar hajmidagi salmogʻini pasaytirish lozim.

Xalqaro amaliyotda moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmining tahlili shuni

koʻrsatadiki, moliyaviy barqarorlikni taʼminlashning muhim omillaridan biri moliyaviy

barqarorlik monitoringini samarali tashkil etish hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik
monitoringi moliyaviy menejmentning yangi shakllanayotgan funksiyalaridan desak ham
boʻladi. Tadqiqot jarayonida korxona moliyaviy barqarorlik monitoringini amalga oshirish

ketma-ketligi ishlab chiqildi. Moliyaviy barqarorlik monitoringining samarali tashkil etilishi
korxona moliyaviy koʻrsatkichlarining oʻzgarish tendensiyasini kuzatish imkoniyatini yaratish

bilan birga, strategik qarorlarni qabul qilishda maʼlumotlar ishonchliligi, tizimliligi va oʻz
vaqtida taqdim etilishini taʼminlash; boshqaruv qarorlarini oʻz vaqtida asoslash uchun tezkor
tahlilni amalga oshirish; moliyaviy rejalashtirishga doir sifatli maʼlumotlarni olish; bankrotlik


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

155

holatlarini oldindan aniqlash hamda korxona moliyaviy holatini mustahkamlashga qaratilgan
moliyaviy sogʻlomlashtirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.

Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy taʼminotini mustahkamlash maqsadida korporativ

obligatsiyalarni muomalaga kiritish tartibini xorijiy ilgʻor tajribalardan kelib chiqqan holda
takomillashtirish lozim. Xususan, mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan oʻz kapitali

miqdorida korporativ obligatsiyalarni emissiya qilish tartibini quyidagicha oʻzgartirish
maqsadga muvofiq: xalqaro reyting agentliklari tomonidan yuqori darajada baholangan
aksiyadorlik jamiyatlarining oʻz kapitali miqdoriga nisbatan cheklovni bekor qilish;

aksiyadorlik jamiyatlari sof aktivlari hajmining 50 foizidan oshmagan holda emissiya qilish
huquqini kiritish. Bu holat aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan qoʻshimcha moliyaviy taʼminot

manbalarini oshirish hisobidan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish hajmini kengaytirishga
imkon beradi.

Adabiyotlar /Литература/Reference:

Druker P. (2019) Biznes i innovatsii.-M.:Academia,-221 c.
Emerson G. (2019) Dvenadsat prinsipov proizvoditelnosti.-M.:URSS, 224s.

Madsen J.B. (2020) “Semi-Endogenous versus Schumpeterian Growth Models: Testing the

Knowledge Production Function using International Data”.Journal of Economic Growth,

forthcoming.

Porter M. (2010) Mejdunarodnaya konkurensiya.-M.:Vilyams, 592 s.
Saidov D.A. (2008) Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlash amaliyoti va uni

takomillashtirish yoʻllari. Iq. f.n. ilm. darajasini olish uchun diss. – Toshkent: BMA,– 133 b.

Библиографические ссылки

Druker P. (2019) Biznes i innovatsii.-M.:Academia,-221 c.

Emerson G. (2019) Dvenadsat prinsipov proizvoditelnosti.-M.:URSS, 224s.

Madsen J.B. (2020) “Semi-Endogenous versus Schumpeterian Growth Models: Testing the Knowledge Production Function using International Data”.Journal of Economic Growth, forthcoming.

Porter M. (2010) Mejdunarodnaya konkurensiya.-M.:Vilyams, 592 s.

Saidov D.A. (2008) Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlash amaliyoti va uni takomillashtirish yoʻllari. Iq. f.n. ilm. darajasini olish uchun diss. – Toshkent: BMA,– 133 b.