AHOLINING FAROVONLIGINI OSHIRISHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING AHAMIYATI
Maqolada respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni liberallashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o‘sishga erishish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berilgan. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotda – bozor iqtisodiyotida erishilayotgan yutuqlarning asosi bo‘lib, mulkchilik shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tarkibiy o‘zgarishlar, shaxsiy ishlar va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi ham aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.