92
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].
TEXNIKA FANLARI
Mamajanov Rahmatilla
Тexnika fanlari nomzodi, dotsent
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti prorektori
E-mail: raxmatilla.mamajanov@dtpi.uz
УДК 004.93.12.
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANLARINING
ANIQ VA TABIIY FANLAR BILAN O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Kalitli so‘zlar:
informatika, axborot
texnologiyalari,
ta’lim sifati,
integratsiya,
texnologik
taraqqiyot, mantiqiy
fikrlash.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada oliy ta’limda informatika va axborot
texnologiyalari fanlarining aniq va tabiiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
yoritilgan. Shuningdek, sifatli ta’limni amalga oshirishda fanlararo
bog‘liqlikning asosiy prinsiplari, fan va mavzularning integratsiyasi va
oʻzaro o‘xshashlik jarayoni, turli fanlarni o‘rganish ketma-ketligi va
izchilligini vaqt bo‘yicha o‘rganish, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishga bir xil yondashuvni ta’minlash, bilimlarni o‘zlashtirishga
bo‘lgan talablar birligini ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil
qilingan.
ИНФОРМАЦИОННЫЕ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИЕ СВЯЗИ С ТОЧНЫМИ
И ЕСТЕСТВЕННЫМИ НАУКАМИ
Мамажанов Рахматилла
Кандидат технических наук, доцент,
проректор Денауского института предпринимательства и педагогики
Ключевые слова:
информатика,
информационные
технологии, качество
образования,
интеграция,
технологическое
развитие, логическое
мышление.
Аннотация.
В данной статье выделена взаимосвязь информатики
и информационных технологий с точными и естественными
науками в высшей школе. Также в реализации качественного
образования
учитываются
основные
принципы
междисциплинарности, процесса интеграции и взаимного сходства
предметов и предметов, последовательности и последовательности
изучения разных предметов во времени, формирования умений и
компетенций. анализируются особенности обеспечения единого
подхода, обеспечивающего единство требований к получению
знаний.
THE CONNECTION WITH EXACT AND NATURAL SUBJECTS IN
INFORMATIC AND INFORMATION TECHNOLOGY SCIENCES
Mamajanov Rahmatilla
Candidate of Technical Sciences, Associate Professor,
vice-Rector of the Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
Keywords:
informatics,
Annotation.
In this article, the interrelationship of computer science and
information technologies with exact and natural sciences in higher
93
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].
information
technologies, quality of
education, integration,
technological
development, logical
thinking.
education is highlighted. Also, in the implementation of quality
education, the main principles of interdisciplinarity, the process of
integration and mutual similarity of subjects and subjects, the sequence
and consistency of learning different subjects over time, and the
formation of skills and competencies. specific features of providing the
same approach, ensuring the unity of requirements for knowledge
acquisition are analyzed.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
O’zbekiston Respublikasining kelajagi, ravnaqi
yoshlarning yuqori ma’naviyatli, ijodiy fikrlash qobiliyatiga va mustaqil o‘rganish
ko‘nikmalariga ega shaxs sifatida shakllanib borishiga bog‘liq. Shu bois, istiqlol
yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, xalqimizning buyuk ma’naviyatini tiklash va
yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uni zamon
talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarish
maqsadiga juda katta ahamiyat berib kelmoqda.
Respublikamizning hududlarida yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil
etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari
hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul
kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi.
Jumladan, oliy ta’limda fanlarni o‘qitishda mustaqil bilim olishni individuallashtirish,
masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish va
o‘zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul
tizimidan foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb
vazifalar sirasiga kiradi.
Maqolaning ilmiy yangiligi.
Ushbu mavzuni tadqiq etish yuzasidan xorijiy va
mamlakatimiz olimlarining ta’lim tizimini takomillashtirish masalalari, informatika va
axborot texnologiyalari fanlarini aniq va tabiiy fanlararo o‘qitishda qo‘llash usullariga
va oliy ta’limda o‘qitish sifatini oshirishga bag‘ishlangan.
Asosiy qism
Hozirgi vaqtda, respublikamizda faoliyat yuritayotgan zamonaviy ta’lim
muassasalarida ta’limning eng muhim quyidagi uch turidan foydalanilmoqda – (1-
rasm):
1-rasm. Ta’limning eng muhim uch turi.
tushuntiruvchi
- namoyish
etuvchi ta'lim
muammoli
o'qitish
komyuterli
o'qitish
94
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].
Fanlararo o‘qitish nima? Bu turli xil fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda
o‘rganiladigan tushunchalar, qonunlar orasidagi aloqani o‘rnatib berishdir. Biroq,
bilimlarni taqsimlashning mavjud fan tamoyili asosida o‘qitishda vujudga kelgan
o‘quv fanlarining chegaralarini buzmasdan tizimli yondashuvni to‘liq joriy qilish
imkonini bermaydi. Ayniqsa, o‘qib o‘rganishning ko‘p jihatli ob’ektlarni va
zamonaviylikning kompleks muammolarini har tomonlama ochib berish imkonini
beruvchi fanlararo aloqalar tizimini o‘rnatish muhimdir.
Aniq fanlarni o‘qitishda nafaqat ularning o‘zaro ichki, balki tashqi, ya’ni turdosh
blok-modullar tarkibiga kiruvchi fanlar bilan integratsiyasi ham katta ahamiyatga ega.
Jumladan, quyidagi fan yo‘nalishlari bilan o‘zaro chambarchas aloqalari muhim
hisoblanadi.
Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmetini o‘qitish ilmiy-texnik
jihatdan yanada rivojlanish uchun raqamli iqtisodning ustuvorligini e’tiborga oladi,
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining raqamli texnologiyalar borasidagi
kompetensiyasi va madaniyatini hamda tanqidiy fikrlash qobiliyati va kreativ axborot-
kommunikatsion kompetensiyalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Tabiat
hodisalarini va asosiy fizik jarayonlarni anglash bilan birga, texnika va
texnologiyalarni rivojlantirishda Informatika va axborot texnologiyalari qonunlarini
amalda qo‘llashni o‘rganadilar. Fanni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy
fikrlash qobiliyati, aqliy rivojlanishi va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish,
olamning yagona manzarasiga oid tafakkur, informatika va axborot texnologiyalari
fanida olgan amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda egallagan bilimlardan kundalik
hayot faoliyatlarida foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishni nazarda tutadi.
Jadal rivojlanayotgan raqamli asrda innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun
yangi bilimlarni o‘zlashtirish va amalda qo‘llashning tobora ortib borayotgan
ahamiyati milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini va milliy xavfsizlik
strategiyalarining samaradorligini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Globallashuv davrida mehnat bozori talablariga mos, nostandart masalalarni
ijodkorlik yondoshuvi asosida yecha oladigan yoshlarni tarbiyalash masalasini amalga
oshirish uchun muayyan fikrlash modellari zarur, bolalarda bunday fikrlash modellari
maktab yoshida shakllanadi.
Raqamli texnologiyalarning mavjud yangiliklari o‘quv dasturlari va darsliklari
mazmuniga jadal kiritishni talab etadi va bu orqali o‘quvchilarning zamonaviy
bilimlarini shakllantirishga zamin yaratadi. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalarining
joriy etilishi va turli metodik yondashuvlar esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarda ko‘plab
aniq bilimlarni mustahkam shakllanishiga qulay sharoit yaratadi.
Jahon ta’lim tizimida fan va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng
foydalanish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror
rivojlantirish mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omilidir.
Yuqori kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’limda
innovatsiyalar, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy etish
o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash
95
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].
kabi indikatorlar asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshira oladigan qobiliyatlarini
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmeti - umumiy o‘rta ta’lim
o‘quv fanlarining tarkibiy qismi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari to‘g‘risidagi bilimlarni
amaliyotga joriy qilish, inson faoliyati, umumiy, raqamli va moddiy madaniyatning
turlarini shakllantirishning umumiy tamoyillari, o‘ziga xos ko‘nikmalarini
o‘zlashtirish, shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida amaliy muammolarning
innovatsion yechimlarini topish va hayotga tadbiq etish imkonini beradi [4].
Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmetining maqsadi:
- o‘quvchilarning iqtidorini, kreativ fikrlashga yo‘naltirish, fan-texnika
taraqqiyoti, muhandislik, matematika va fizik bilimlarni kundalik hayotga tatbiq eta
olish salohiyatini, ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga erishish;
- o‘quvchilarning amaliy faoliyatlarini bog‘lagan holda loyihalashtirishga
yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo‘lgan ko‘nikmalari,
muhandislik masalalarini yechish borasida nostandart va samarali yechimlarni topish
ko‘nikmalarini namoyon qilish va rivojlantirishdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmetining vazifalari:
-
umumiy o‘rta ta’limning barcha bosqichlarida informatika va axborot
texnologiyalari fanini uzviy va izchilligini ta’minlash;
-
o‘quvchilar uchun innovatsion («bulutli») texnologiyalar, internet
buyumlari, elektron kutubxona, virtual-intellektual borliq, robototexnika, arduino,
ijtimoiy tarmoqlar, internet biznes, raqamli axborotlar bilan ishlash va ularni qayta
ishlash texnologiyalarni o‘zlashtirish va shu sohadagi axborot madaniyatini
shakllantirish;
-
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
asosida
o‘quvchilarda ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish hamda hizmat ko‘rsatish kabi
muammolarni yechish, loyihalashtirish, modellashtirish va boshqarish kabi kasbiy
sifatlarni rivojlantirish;
-
samarador texnologiyalarni tanlash va joriy etish;
-
innovatsion faoliyat yuritish va kreativ fikrlash ko‘nikmasini
shakllantirish orqali maqsadli axborot tizimlari va faoliyatning innovatsion uslublarini
rivojlantirish;
-
ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarni
egallashi, qiziqishi, moyilligi va qobiliyati asosida to‘g‘ri va perspektiv kasb tanlashga
yo‘naltirish;
-
muttasil ravishda raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilim olishga harakat
qilish, o‘z ustida tinimsiz ishlash va amaliy faoliyat yuritishni rag‘batlantirish;
-
iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlarga tez moslashuvchan, noqulay vaziyatlarda
mustaqil ta’lim olishga qobiliyatli yoshlarni tarbiyalash;
96
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].
-
ta’limdagi ilg‘or tajribalarni umumlashtirish, keng ommalashtirish va
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o‘qitishning shakllari xilma-xilligini
rag‘batlantirish;
-
ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish,
elektron ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, «blended learning»,
«flipped classroom» texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish hamda ta’lim
jarayonlarida smart texnologiyalardan foydalanish;
-
SMART texnologiyalarni joriy etish orqali maktab o‘quvchilarining
fanlar integratsiyasiga qurilgan savodxonlik darajasini oshirish;
-
informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish–maktab
bitiruvchilarining raqamli savodxonlikni va madaniyatni, tanqidiy fikrlash va kreativ
axborot-kommunikatsion kompetensiyalarini shakllantirish, shu bilan birga zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan kreativ darajada foydalanish, hayotiy
muammolarni zamonaviy AKT asosida loyihalashtirish, modellashtirish, algoritmlash,
dasturlash va boshqarishni o‘zlashtirish imkonini beradi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning konseptual asoslari
sifatida shuni qayd etish joizki, aniq va tabiiy fanlar bilan bog‘liqligini zamonaviy
talablar asosida o‘rganish:
-
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida hayotiy
muammolarni yechish, loyihalashtirish, modellashtirish, algoritmlash va boshqarish
kabi universal faoliyatlarni o‘zlashtirish;
-
raqamli jamiyatdagi masalalarini yechish mahoratini namoyon qilish
orqali samarador texnologiyalarni tanlash;
-
kreativ fikrlash va innovatsion faoliyat yuritish ko‘nikmasini
shakllantirish orqali maqsadli axborot tizimlarini va mehnatga ta’sir o‘tkazishning
innovatsion uslublarini yaratish;
-
ta’lim jarayonida har xil kasbiy ko‘nikmalarni egallash orqali mustaqil
hayotda zarur bo‘ladigan bo‘lajak kasbni to‘g‘ri tanlash;
-
mehnat qilish, yangi bilimlarni egallash, mukamallikka erishish uchun
raqamli texnologiyalar asosida o‘z ustida mustaqil ishlash va amaliy faoliyat yuritish;
-
tez o‘zgaradigan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sharoitlarga moslashuvchan,
noaniq vaziyatlarda mustaqil ta’lim olishga tayyor va umri davomida tahsil oladigan
yoshlarni tarbiyalashdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda fanlararo bog‘liqlikni
tashkil etuvchi o‘quv modullari [6]. Bular:
-
axborot jarayonlar va tizimlar;
-
amaliy masalalar va ularning yechimini zamonaviy AKT yordamida topishga
o‘rganish;
97
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].
-
axborot xavfsizligini ta’minlash;
-
modellashtirish va loyihalash ishlari;
-
algoritmlash, dasturlash va testlash;
-
yuqori texnologiyalar;
-
axborot texnologiyalarni boshqarish;
-
innovatsion loyihalarni amalga oshirish.
Fanlararo aloqalar asosida o'qitish samaradorligi quyidagilar asosida aniqlanadi
[7]:
- o‘quvchilarning bilim va kasbiy muammolarni hal qilishda bilimlarni fanlararo
uzatishni amalga oshirish, katta fanlararo muammolarni mustaqil ravishda hal qilish;
- fanlararo aloqalar asosida o‘quvchining o'quv va kognitiv faoliyatini
rag'batlantirish;
- turli kurs o‘quvchilari uchun fanlararo topshiriqlarning qiyinchilik darajasi va
aloqalarni o'rnatish uchun turli xil tayyorgarlik;
- turli fanlarni o'qitishda fanlararo aloqalarning xabardorlik darajasi.
Ta'lim mavzularining etakchi qoidalarini ochib berish uchun zarur va muhim
bo'lgan fanlararo aloqalarni aniqlash va keyinchalik amalga oshirish quyidagilarga
imkon beradi:
a)
olingan bilimlarni amaliy timsolga etkazish.
b)
o'qituvchilar va talabalarning e'tiborini fanlarning etakchi g'oyalarini
ochishda muhim rol o'ynaydigan o'quv fanlarining asosiy jihatlariga qaratish.
c) fanlararo aloqalarni o'rnatish bo'yicha ishlarni bosqichma - bosqich tashkil
etish,
kognitiv
vazifalarni
doimiy
ravishda
murakkablashtirish,
maktab
o'quvchilarining ijodiy tashabbusi va kognitiv havaskorlik faoliyati doirasini
kengaytirish, ko'p tomonlama fanlararo aloqalarni samarali amalga oshirish uchun turli
xil didaktik vositalardan foydalanish [9].
d) o'qituvchilar va talabalar o'rtasida ijodiy hamkorlikni amalga oshirish.
e) hayot bilan bog'liq turli fanlar va fanlar orqali zamonamizning eng muhim
dunyoqarash muammolari va masalalarini o'rganish.
f) tegishli fanlar darslarida bir xil masalalarni o'rganishda takrorlanishni bartaraf
etish.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda variativ o‘quv modullari
uchta yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi:
-
yangi bilimlarni olish va axborot loyihalarini bajarish;
-
yangi bilimlardan foydalanish va tadqiqot loyihalarini bajarish;
-
yangi bilimlarni qo‘llash va innovatsion loyihalarini amalga oshirish.
Kadrlarni tayyorlash va inson potensialidan samarali foydalanish umumta’lim
muassasalaridagi informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish – informatika
va axborot texnologiyalari, texnologiya, aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari kadr
zahiralariga hamda o‘quvchi istiqomat qilayotgan hudud iqtisodiyotining ehtiyojlariga
98
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].
tayanadi. Informatika va axborot texnologiyalarining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
(2-rasm).
Informatika inson faoliyatining turli sohalarida ma’lumotlarni qidirish, to‘plash,
saqlash, o‘zgartirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi [10].
Informatika o‘rganilayotgan ob’ektlarni hissiy idrok yetish sohasini kengaytiradi,
ularni displey yekranida diagrammalar, grafikalar, jadvallar, vizual tasvirlar shaklida
tasvirlaydi, bu yesa idrok yetish uchun qulay psixologik muhitni yaratadi.
2-rasm. Informatika va axborot texnologiyalarining boshqa fanlar bilan
bog‘liqligi.
Informatika va tabiiy Fanlar [1]. A. P. Yershovning ta’rifiga ko‘ra, kompyuter
fanlari "fundamental tabiiy fan"dir. Akademik B. N. Naumov informatika fanini
"axborotning umumiy xususiyatlarini, uni qayta ishlash jarayonlari, usullari va
vositalarini (yig‘ish, saqlash, o‘zgartirish, uzatish, berish) o‘rganadigan tabiiy fan
sifatida ta’riflagan."
Keling, fundamental fan nima va tabiatshunoslik nima ekanligini aniqlab
olaylik. Asosiy tushunchalari umumiy ilmiy xarakterga ega bo‘lgan, boshqa ko‘plab
fan va faoliyatlarda qo‘llaniladigan fundamental fanlarga murojaat qilish odatiy holdir.
Masalan, matematika va falsafa kabi turli fanlarning tub mohiyatiga shubha yo‘q.
Informatika ham bir qatorda, chunki "axborot" va "axborotni qayta ishlash jarayonlari"
tushunchalari, shubhasiz, umumiy ilmiy ahamiyatga yega.
Tabiiy fanlar-fizika, kimyo, biologiya va boshqalar-bizning ongimizdan
mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan dunyoning ob’ektiv sub’ektlari bilan shug‘ullanadi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanining ularga tegishli bo‘lishi juda xilma-xil
tabiatdagi-sun’iy, biologik, ijtimoiy tizimlarda axborotni qayta ishlash qonunlarining
birligini aks ettiradi.
Bioinformatika yoki hisoblash biologiyasi biologik muammolarni hal qilish
uchun kompyuterlardan foydalanishni rivojlantiradigan biologiya fanlaridan biridir.
Bioinformatika biologik ma’lumotlarni qayta ishlash uchun kompyuterlardan har
qanday foydalanishni anglatadi. Amalda, ba’zida bu ta’rif torroq bo‘ladi, bu biologik
muhim ma’lumotlarni olish uchun biologik makromolekulalar (oqsillar va nuklein
Elektronika
Radiotexnika
Informatika va axborot
texnologiyalari
Filasofiya
Fizika
Ximiya
Psixologiya
Lingvistika
Matematika
Kibernetika
99
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].
kislotalar) tuzilishi bo‘yicha eksperimental ma’lumotlarni qayta ishlash uchun
kompyuterlardan foydalanishni anglatadi.
Sifatli ta’limni amalga oshirishda fanlararo aloqadorlik asosiy prinsplardan
hisoblanadi. Shuning uchun buni o‘z navbatida quyidagicha keltirish mumkin:
- tizim yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik
holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha;
- fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni, differensiatsiya bilan birga
kechadi;
- turli xil fanlarni o‘rganish ketma-ketligi va izchilligini vaqt bo‘yicha shunday
tanlash lozimki, ulardan birini o‘rganish ikkinchisini o‘rganishga ko‘maklashsin;
- umumiy tushuncha, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga bir xil
yondashuvni ta’minlash;
- bilimlarni o‘zlashtirish hamda ko‘nikma va malakalarni egallashga bo‘lgan
talablar birligini ta’minlash;
- bir o‘quv faniga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rganishda boshqa
fanlarga oid bilim, ko‘nikma va malakalardan keng foydalanish.
Ta’limda integratsiyalash o‘quvchi dunyoni bilishi va tasavvur qilishda bir
tomonlama emas, balki har tomonlama rivojlanishga erishiladi. O‘quvchi dunyoga
matematik, biolog, sportchi, rassom, so‘z ustasi, kashfiyotchi, usta, chevar, shifokor,
o‘qituvchi va boshqa kasblarga ko‘zi bilan qarashni o‘rganadi.
Misol tariqasida fanlararo bog‘lanishning ichki va tashqi integratsiyasini amalga
oshirish strukturasini keltirish mumkin (3-rasm).
Hozirgi kunda boshlang'ich maktab ta'limini integratsiya qilish haqida ko'p
gapirilayapti. Bu tushunarli - kichik maktab o'quvchisi atrofidagi olamni bir
butunligicha qabul qiladi. Uning uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa
o'quv fanlari nomi emas, balki atrofidagi olam obektlarining tovushlar, ranglar,
hajmlarning turli-tumanligi qiziqarlidir.
Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog'liqligini
ko'rishga o'rgatish kerakligini o'qituvchi sezadi, biladi.
3-rasm. Fanlararo bog‘lanishning ichki va tashqi integratsiyasi.
Mavzulararo aloqalarning uchta modelini ajratish mumkin:
1. umumiy ta'lim fanlari-maxsus fanlar;
Tashqi
integratsiya
Ichki
integratsiya
Matematika, fizika, biologiya,
kimyo, geografiya, ……
Mavzularning bir-biriga
bog‘lanishi va uzviyligi
Inte
gra
tsi
y
a
Fanlararo bog‘lanish
Mavzulararo bog‘lanish
100
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].
2. umumiy kasbiy fanlar-maxsus fanlar;
3. maxsus fanlar – maxsus fanlar.
Umumta'lim, umumiy kasbiy va maxsus fanlarning fanlararo aloqalarini tizimli
ravishda qo'llash fikrlash chuqurligini rivojlantiradi, o'rganilayotgan materialning sodir
bo'layotgan hodisalarini tezda idrok etishga yordam beradi va amaliy fanlarda
potentsial bilimlardan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Muayyan darajada fanlararo aloqalarni o'rnatish va amalga oshirishda
quyidagilar zarur:
1. Mavzuga asoslanib, o'rganilayotgan mavzuning etakchi qoidalari va asosiy
bilimlarini o'zlashtirishga qaratilgan o'quv va kognitiv maqsad va ta'lim, rivojlanish va
tarbiyaviy vazifalarni aniq shakllantirish;
2. Talabalarning boshqa fanlardan bilimlarni qo'llash bo'yicha faolligini
ta'minlash;
3. O'rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning mohiyatini tushuntirish;
4. Turli fanlardan olingan bilimlarning o'zaro bog'liqligiga asoslangan
dunyoqarash, umumlashtirilgan xarakterdagi xulosalarni o'z ichiga oladi;
5. Turli fanlarda o'rganilgan o'quv materialining muayyan bo'limlarini
umumlashtirishga qaratilgan.
Fanlararo aloqalar funktsiyalarini ta'minlaydigan ta'limni tashkil etishning turli
shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi: murakkab uy vazifasi, dars-ma'ruza, dars-
sayohat, dars-ekspeditsiya, dars-tadqiqot, dars-dramatizatsiya, o'quv konferentsiyasi,
dars-ekskursiya, multimedia - dars, muammoli dars.
Xulosa va takliflar
Xulosa tarzida shuni ta’kidlash lozimki, Informatika va axborot texnologiyalari
nafaqat yangi ilmiy yo‘nalishlar va yangi fanlarni bog‘laydi, balki aniq va tabiiy
fanlarning tarkibi va tuzilishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Informatika va axborot
texnologiyalari fanining muhim xususiyati, fanlararo bog‘liqlikni va yaqin
ma’ruzalarni bog‘lab o‘qitishni ta’minlaydi.
Informatika-bu axborot texnologiyalarini yaratish va jamiyatga o‘tkazish orqali
texnologiya, ishlab chiqarish va inson faoliyatining boshqa turlariga xizmat qiluvchi
amaliy fan, ya’ni axborotni samarali qayta ishlashning texnik vositalari va usullari,
aloqani tashkil yetish va ilmiy ma’lumotlarni tarqatish vositalarini yaratish, axborot
tizimlarini ishlab chiqish. turli maqsadlar uchun axborot tizimlaridan foydalanish
asosida. kompyuterlar va boshqa texnik vositalar.
Hozirgi ish jarayonida o'zini-o'zi o'rganishga qodir bo'lgan mashinalar va
dasturlar mavjud, ya'ni, tashqi omillarga moslashish va tabiiy fanlarni o'rganish
samaradorligini oshirish. Kelajakda, ehtimol, moslashuvchanlik va ishonchlilik
darajasiga ega bo'lgan mashinalar paydo bo'lishi mumkin, shunda odamning jarayonga
aralashishi kerak bo'lmaydi. Bunday holda, odamning o'zi yechimlarni topish uchun
mas'ul bo'lgan fazilatlarini yo'qotishi mumkin.
Tadqiqot natijalari asosida quyidagi
takliflarn
i ilgari surish mumkin:
-
har qanday qo‘llaniladigan fanlararo bog‘lanish ta’lim mazmuniga,
sifatiga mos va uni o‘zlashtirishga qo‘shadigan samarasi yuqori bo‘ladi;
101
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].
-
o‘qitiladigan fanlararo ichki va tashqi integratsiya mos bo‘lishi va uning
o‘zlashtirishiga qo‘shadigan samarasi yuqori bo‘ladi;
-
Ta’lim sifatini ta’minlashda informatika va axborot texnologiyalarining
imkoniyatlarini aniqlashtirish lozim;
-
Ta’lim bosqichlari uchun aniq va tabiiy fanlardan turkum elektron
darsliklar yaratilishi va ular mavjud elektron platformaga joylashtirilishi zarur;
-
fanlarning fanlararo aloqalarini tizimli ravishda qo'llash fikrlash
chuqurligini rivojlantiradi;
-
fanni o‘qitishda foydalaniladigan har qanday pedagogik texnologiyalar
ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga yordam beradigan imkoniyatlarga ega bo‘lishi va
talabada yaxshi taassurot qoldiradigan bo‘lishi kerak.
-
fanlararo ichki va tashqi bog‘liqlik integratsiyasini ko‘rib chiqish;
-
o‘qitiladigan fanlardagi mavzularning bog‘liqligini aniqlash.
Foydalanilgan adabiyotlar
:
1.
Демкин В.П., Можаева Г.В. Гуманитарная информатика или информатика
для гуманитариев: постановка проблемы // Информационный бюллетень
Ассоциации "История и компьютер". – 2002. - № 29.
2.
Джереми Кирк. Естественным наукам нужна информатика //
Computerworld. – 2006. - № 26.
3.
Зверев И.Д. Взаимная связь учебных предметов. -М.: Знание,1977.
4.
Корзунов А.Ю. Межпредметные связи на уроках спец дисциплин. -
Моздок, 2017.
5.
Кулагин П. Г. Межпредметные связи в обучении. – М.: Просвещение, 1983.
6.
Максимова В.Н. Межпредметные связи и совершенствование процесса
обучения. -М.: Просвещение, 1984.
7.
Максимова В.Н. Международные связи в учебно-воспитательном
процессе современной школы. -М.: Просвещение, 1987.
8.
Селевко Г.К. Современные образовательные технологии. -М: Народное
образование, 1998.
9.
Федорец Г. Ф. Межпредметные связи в процессе обучения. -М.: Нар.
образование, 1985.
10.
Федорец Г.Ф. Межпредметные связи и связь с жизнью в основу обучения.
-М.: Нар. образование, 1979, №5.
11.
Федорова В. Н., Кирюшкин Д. М. Межпредметные связи – М.: Педагогика,
1989.