РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ КОМПЕТЕНЦИЙ В ПОДГОТОВКЕ К ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

CC BY f
171-176
0
14
Поделиться
Чориев, Р., & Баратов, М. (2023). РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ КОМПЕТЕНЦИЙ В ПОДГОТОВКЕ К ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. Предпринимательства и педагогика, 5(1), 171–176. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/22101
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В то время реформы в системе образования, в частности, роль, значение и актуальность компетенций в профессиональном образовании и подготовке к профессиональной деятельности, приносят свои плоды. В статье приведены анализ и рекомендации относительно трудностей усвоения квалификационных требований будущими инженерами-педагогами и их устранения. Кроме того, авторы попытались уточнить содержание показателей готовности педагога профессионального образования к инновационной деятельности

Похожие статьи


background image

171

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

PEDAGOGIKA FANLARI

Choriyev Roʻzimurot

Pedagogika fanlari doktori, professor,

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti prorektori

Baratov Maʼrufjon

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti tayanch doktoranti

УДК: 371:2.145

KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA

KOMPETENSIYALARNING ROLI VA AHAMIYATI

Kalit soʻzlar:

kompetensiya,
kasbiy faoliyat,
professional taʼlim,

ijtimoiy
kompetentlik,
pedagogning kasbiy
kompetentligi,
kasbga yoʻnaltirilgan
refleksiya.

Annotasiya.

Hozirgi kunda taʼlim tizimida boʻlayotgan islohotlar, xususan

professional

taʼlim

hamda

kasbiy

faoliyatga

tayyorlashda

kompetensiyalarning roli va ahamiyati, dolzarbligi amalga oshirilayotgan
ishlar oʻz samarasini bermoqda. Maqolada boʻlajak muhandis
pedagoglarning malaka talablarini oʻzlashtirishdagi qiyinchiliklar hamda
ularni bartaraf etishga oid tahlil va tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga,
mualliflar kasb taʼlimi oʻqituvchisining innovatsion faoliyatga
tayyorgarligi koʻrsatgichlari mazmuni yoritishga harakat qilgan.

ROLE AND SIGNIFICANCE OF COMPETENCES IN PREPARATION

FOR PROFESSIONAL ACTIVITY

Choriev Ruzimurat

Doctor of Pedagogical Sciences, Professor,

Vice-Rector of the National Research University TIIAME

Baratov Ma'rufjan

Doctoral student of the National Research University TIIAME

Keywords

: competence,

professional activity,
professional education,
social competence,
professional competence
of a pedagogue,
professional reflection.

Annotation.

At the time, the reforms in the education system, in

particular, the role, importance and relevance of competences in
professional education and preparation for professional activities are
bearing results. The article shows the analysis and recommendations
regarding the difficulties in mastering the qualification requirements
of the future engineer pedagogues and their elimination. In addition,
the authors tried to clarify the content of the vocational education
teacher's readiness for innovative activities, indicators.


background image

172

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ КОМПЕТЕНЦИЙ В ПОДГОТОВКЕ К

ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Чориев Рузимурат

Доктор педагогических наук, профессор, проректор Национального

исследовательского университета «ТИИИМСЭ»

Баратов Маруфжан

Докторант Национального исследовательского университета

«ТИИИМСЭ»

Ключевые слова:

компетентность,
профессиональная
деятельность,
профессиональное
образование, социальная
компетентность,
профессиональная
компетентность педагога,
профессиональная рефлексия.

Аннотация.

В то время реформы в системе образования, в

частности, роль, значение и актуальность компетенций в
профессиональном

образовании

и

подготовке

к

профессиональной деятельности, приносят свои плоды. В
статье приведены анализ и рекомендации относительно
трудностей усвоения квалификационных требований
будущими инженерами-педагогами и их устранения.
Кроме того, авторы попытались уточнить содержание
показателей готовности педагога профессионального
образования к инновационной деятельности.

Kirish

Mavzuning dolzarbligi

. Mamlakatimizda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishlar bilan

bir qatorda bugungi kun taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, uni tarkibiy jihatdan
qayta qurish, taʼlim, ilm fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning
jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan xolda taʼlim dasturlar tubdan
oʻzgartirildi va yangilab borilmoqda.

Muhandis-pedagogik kasbiy taʼlimni tadqiq etgan bir qator olimlarning

taʼkidlashicha, uning mustaqil taʼlim sohasi sifatida vujudga kelishi va rivojlanishi
oʻtgan yillar davomida aynan empirik xususiyatga ega boʻlgan, yaʼni talab qilingan
darajada ilmiy-nazariy va metodologik dalil-isbotga ega boʻlmagan. Shu bois,
muhandis-pedagogik kasbiy taʼlimning yangi sifat koʻrsatkichi oʻzining rivojlanishi va
amal qilishida ilmiy yondashuvga tayanmoqda. Muhandis-pedagogik kasbiy taʼlim
sohasidagi tadqiqotlar tobora chuqur va har taraflama xususiyatga ega boʻlib, bu oʻz
navbatida kasbiy taʼlim pedagoglarini tayyorlashda toʻlaqonli ilmiy asoslangan
mazmun berishi, unga mustahkam metodologik asosni taʼminlashi mumkin. Shu
boisdan biz ushbu maqolada boʻlajak muhandis-pedagoglarni kasbiy faoliyatga
tayyorlashda kompetensiyalarning roli va ahamiyatini tadqiq etishga eʼtibor qaratdik.

Asosiy qism

Bugungi kunda muhandis-pedagogik kasbiy taʼlim rivojlanishiga bevosita va

tavsifiy jihatdan taʼsir qiluvchi shartlar va omillarni aniqlash nuqtayi nazaridan
zamonaviy ijtimoiy-pedagogik vaziyatni tahlil qilishning dalolat berishicha, uni


background image

173

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

yangilash va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari va maqsadlari tadrijiy
rivojlanishning quyidagi yetakchi yoʻnalishlari bilan aniqlanadi:

-zamonaviy sharoitda taʼlimning ahamiyati va gumanistik yoʻnaltirilganligining

ortib borayotganligi, oʻz navbatida uning mazmuni va sifati, taʼlimning optimal
shakllari va texnologiyalarini joriy qilishni talab qilishi;

-insoniyat taraqqiyotida texnika va texnologiyalar roli va oʻrnining oʻzgarishi,

ularning texnogen tamaddunning inqirozli holatlarini yengib oʻtishdagi ahamiyati va
pirovardida, texnik, xususan muhandislik taʼlimining mafkurasini oʻzgartirish
zaruratining kelib chiqishi;

-tadrijiy

jarayonlarni barqarorlashtirishni taʼminlovchi va zamonaviy

mutaxassisga boʻlgan ijtimoiy talablarni oʻzgartirishga olib keladigan
ijtimoiylashuvning muayyan turini shakllantirishga ehtiyoj xaqida.

Oliy taʼlim muassasalarida muhandis-pedagogik kasbiy taʼlimining dual tizimi

didaktik shart-sharoitlarni aniqlashda konseptual modelni amaliy jihatdan ishlab
chiqishni talab qiladi, bu esa oliy taʼlimda muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlashning
dual tizimining konseptual-nazariy asoslarini qurishni hamda taʼlim jarayonining
tizimli-komponent xususiyatlarini va oʻzaro bogʻliqligini va aloqadorligini aks ettiradi.

Zamonaviy tizimli-pedagogik gʻoyalarga koʻra, taʼlim jarayoni tizimli ravishda

bir-biriga bogʻliq boʻlgan va quyidagi tarkibiy qismlar bilan oʻzaro taʼsir oʻtkazish
maqsadga muvofiq: 1) faoliyat maqsadlari, 2) oʻqituvchi, 3) talaba, 4) faoliyat
mazmuni, 5) faoliyat shakllari, 6) faoliyat vositalari va usullari, 7) faoliyat natijasi.

Pedagogik jarayonning tizimli xususiyati uning yaxlitligi boʻlib, uning barcha

elementlari tarkibiy qismlarining ichki aloqalarini anglatadi. Pedagogik jarayonning
yaxlitligi uning elementlari orasidagi tashqi va ichki (toʻgʻridan-toʻgʻri va teskari)
aloqalar (tarkibiy birliklar). Pedagogik jarayonning tuzilishi tizimdagi elementlarning
qatʼiy va mantiqiy joylashuvi bilan tavsiflanadi.

Oliy taʼlim muassasasi kasb taʼlimi oʻqituvchisi ilmiy bilimlar, texnologiyalar,

axborotlar shiddat bilan rivojlanayotgan sharoitda faoliyat koʻrsatishi kerak. Shu
munosabat bilan talabalarga nafaqat ilmiy bilim berish, balki ularda bilimlar bilan bir
qatorda koʻnikma va malakalarni ham rivojlantirish juda muxim xisoblanib, ushbu
mushkul jarayonda albatta pedagogik maxorat va kompetentlik asosiy rol oʻynaydi va
ushbu jarayon oʻqituvchilarning malaka oshirish jarayonida (oʻzining pedagogik,
psixologik va shaxsiy sifat kompetensiyalarini rivojlatirish) takomillashib boradi.

Belgilangan maqsadga erishish uchun malaka oshirishda maqsadli ilmiy- metodik

koʻmakni tashkillashtirish muhim. Hozirda faoliyat koʻrsatayotgan oʻqitishning
anʼanaviy koʻrinishlari koʻp xollarda maxsus fan oʻqituvchilarining pedagogik
kompetensiyalarining sustlashib ketayotgani malaka oshirish va innovatsion faoliyatda
koʻzga koʻrinib qolmoqda.


background image

174

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Kasb taʼlimi oʻqituvchilarining duch keladigan tipik qiyinchiliklarini aniqlash

quyida keltirilgan xolatlarda maʼlum boʻladi:

-

oʻzining shaxsiy pedagogik faoliyatidagi malakaning tahlilida;

-

oʻzining shaxsiy va kasbiy pozitsiyasining koʻrinishida;

-

oʻzining kasbiy faoliyatidagi metod va metodologiyalarning oʻzlashtirishida;

-

yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarni tezlik bilan oʻzlashtirishida.

Kasb taʼlimi oʻqituvchisining innovatsion faoliyatga tayyorgarligi kasbga

yoʻnaltirilgan refleksiya

orqali namoyon boʻladi. Bunda refleksiya subyektning oʻzini

oʻzi bilish faolligiga qaratilgan.

Kuyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning moxiyati

kiskacha yoritiladi.

1.

Ijtimoiy kompetentlik

- ijtimoiy munosabatlarda faollik kursatish

kunikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan mulokotga kirisha
olish.

2.

Maxsus kompetentlik

- kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga

tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni okilona xal kilish, faoliyati natijalarini real
baxolash, bilim, koʻnikma va malaka (BKM)larining izchil rivojlantirib borish bulib,
ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion
va kommunikativ kompetentlik kuzga tashlanadi. Ular uzida kuyidagi mazmunni
ifodalaydi:

3.

Pedagogning kasbiy kompetentligi.

Uzbekistonda pedagogning kasbiy

kompetentligi, uning uziga xos jixatlari uranilgan bulib, ular orasida B.Nazarova
tomonidan olib borilgan tadkikot uziga xos axamiyat kasb etadi. Tadkikotchining
fikriga kura pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida kuyidagi tarkibiy asoslar
tashkil etadi.

Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bulishda

oʻz ustida ishlash, uz-uzini

rivojlantirish

muxim axamiyatga ega. Oʻz-uzini rivojlantirish vazifalari

oʻzini uzi

taxlil kilish

va

oʻzini uzi baxolash

orkali aniklanadi.

Uz ustida ishlash

quyidagilarda koʻrinadi:

-

kasbiy bilim, kunikma va malakalarni takomillashtirib borish; faoliyatga

tankidiy va ijodiy yondashish; kasbiy va ijodiy xamkorlikka erishish; ishchanlik
kobiliyatini rivojlantirish; salbiy odatlarni bartaraf etib borish; ijobiy sifatlarni
uzlashtirish; salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash
yulida olib boradigan amaliy xarakati uning uz ustida ishlashini ifodalaydi.

Pedagogning mutaxassis sifatida:

-

anik maksad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;

-

pedagogik jarayon samaradorligini, uzining ishchanlik faolligini oshirish;

-

izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni uzlashtirish; ilgor


background image

175

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

texnologiya, metod xamda vositalardan xabardor bulish;

-

faoliyatiga fan-texnikaning sunggi yangiliklarini samarali tadbik etish; kasbiy

kunikma va malakalarini takomillashtirish xarakterga ega.

Oʻrganilgan materialni mustahkamlashning eng samarali usuli bu albatta olingan

bilimlardan amaliyotda foydalanish.

Maʼruza mashgʻulotini oʻtkazishda ushbu bosqichni oʻz ichiga olishi mumkin:
1.

Oʻqituvchining oʻzi va tinglovchilarning iltimosiga binoan (va vaqt

mavjud boʻlganda) amalga oshirilishi mumkin boʻlgan koʻrsatilgan materialni jamlash.

2.

Mavzu boʻyicha savollar, shuningdek, oʻqituvchi va tinglovchilarning

oʻzlari tomonidan ham soʻralishi mumkin. Birinchi holda, oʻqituvchi intiladi taqdim
etilgan materialni tushunish uchun, ikkinchidan, tinglovchilar alohida masalalarni
aniqlashtirish yoki manfaatdor masalalar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot olish
imkoniyatiga ega.

Tinglovchilarni faollashtirishda, ayniksa maʼruza mashgʻulotlarini oʻtkazishda

tinglovchilarni faollashtirish uchun diqqatni jalb qilish (qiziqishni ragʻbatlantirish),
fikr-mulohaza tashkil etish (fikr almashish, axborot vadam olish imkoniyatini berish.

Xulosa

Kasbiy faoliyatga tayyorlashni amalga oshirishda hisobga olinishi kerak boʻlgan

asosiy omillar bu oʻqituvchi tinglovchilarni faollashtirish uchun turli metodlarni
foydalanish maqsadga muvofiq deb oʻylaymiz:

-

monologdan muloqotga oʻtish, fikr almashishni ragʻbatlantiradigan har qanday

masalaning qisqacha muhokamasini tashkil etish (masalan: soʻrash), yaʼni,
tinglovchilar har qanday savolni eng muhim deb hisoblashadi;

-

dars mavzusi bilan bogʻliq va vaqt talab qilmaydigan mashqlarni bajarish;

-

mustaqil ravishda yechim izlashga qaratilgan munozaralarni tashkil etish;

-

qiziqarli namoyish mavzularni maʼruzaga kiritish; asosiy mavzudan chetga

chiqish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali pedagog

kadrlarni tayyorlash hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday
kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirga oid chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi Qarori.
2.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-

sonli “Oliy taʼlim muassasalarining raxbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish kurslari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va
qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qarori.


background image

176

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

3.

Choriyev R.K. Nazariya va amaliyotning mazmuniy birligi: modulli oʻqitish

texnologiyasi // Kasb-hunar taʼlimi ilmiy-uslubiy jurnali, 2009-y. № 3 2-5 b.
4.

Choriyev R.K. Oʻqituvchilar kasbiy kompetentliligini rivojlantirishda innovatsion

faoliyat // Pedagogik mahorat nazariy va ilmiy-metodik jurnali 2013-y. № 3. - 17-20
b.
5.

Allayarova, S. N. (2021). The formation of research skills in students as an

important indicator of higher education.

ACADEMICIA: An International

Multidisciplinary Research Journal

,

11

(5), 1177-1187.

6.

Choriyev R.K. Taʼlim jarayonida oʻqituvchining kasbiy tayyorgarligi // Taʼlim

tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar ilmiy-metodologik va ilmiy-uslubiy jurnali 2013-y.
№ 4. - 41-43 b.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali pedagog kadrlarni tayyorlash hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-sonli “Oliy taʼlim muassasalarining raxbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qarori.

Choriyev R.K. Nazariya va amaliyotning mazmuniy birligi: modulli oʻqitish texnologiyasi // Kasb-hunar taʼlimi ilmiy-uslubiy jurnali, 2009-y. № 3 2-5 b.

Choriyev R.K. Oʻqituvchilar kasbiy kompetentliligini rivojlantirishda innovatsion faoliyat // Pedagogik mahorat nazariy va ilmiy-metodik jurnali 2013-y. № 3. - 17-20 b.

Allayarova, S. N. (2021). The formation of research skills in students as an important indicator of higher education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 1177-1187.

Choriyev R.K. Taʼlim jarayonida oʻqituvchining kasbiy tayyorgarligi // Taʼlim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar ilmiy-metodologik va ilmiy-uslubiy jurnali 2013-y. № 4. - 41-43 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов