МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ ГЕОГРАФИЧЕСКОГО ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО КОМПЕТЕНТНОСТЬ СТУДЕНТОВ

CC BY f
162-166
3
1
Поделиться
Уринова, Н. (2023). МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ ГЕОГРАФИЧЕСКОГО ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО КОМПЕТЕНТНОСТЬ СТУДЕНТОВ . Предпринимательства и педагогика, 1(2), 162–166. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/27336
Нилуфар Уринова, Чирчикский государственный педагогический университет
Чирчикский государственный педагогический университет Преподаватель кафедры географии
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье используются цели и задачи самостоятельного обучения в высших учебных заведениях, профессиональная компетентность будущих учителей географии, формирование профессиональной компетентности, организация профессиональной компетентности. Мы также видим необходимость более глубокого мышления, знаний и навыков, а также более высокого уровня подготовки. Раскрыты способности принимать самостоятельные решения, планировать решение географических вопросов, их роль, значение профессиональной компетентности в обучении и развитии студентов, организации обучения по учебным предметам


background image

162

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

PEDAGOGIKA FANLARI

Urinova Nilufar Saydirasilovna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Geografiya kafedrasi o‘qituvchisi

n.urinova@cspi.uz

UO‘K: 372.8 372.862

TALABALARNING GEOGRAFIK KASBIY KOMPETENTLIGINI

SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Kalit so‘zlar

:

individual
ta’lim, kasbiy
kompetentlik,
pedagogik
texnologiya,
kompetensiya,
kompetentlik,
axborot izlash,
o‘qituvchi,
talaba.

Annotatsiya:

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida mustaqil

ta’limning maqsadi va vazifalari, bo‘lajak geografiya
o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirish, kasbiy
kompetentligini shakllantirish, kasbiy kompetentligini tashkil
qilish shakllari o‘tgatishga xizmat qiladi. Shuningdek,
o‘rganilgan masalani chuqurroq o‘ylashga, bilim va
ko‘nikmalarni va yuqori darajadagi tayyorgarlikni talab
qilinishini ko‘rishimiz mumkin. Mustaqil ravishda qarorlar qabul
qila olish, geografik masalalarni yechishni rejalashtirish, ularning
o‘rni, talabalarga ta’lim-tarbiya berishda va ularni rivojlanishida
kasbiy kompetentlikning ahamiyati, o‘quv fanlari bo‘yicha
mashg‘ulotlarni tashkil qilish ochib berilgan.

МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ ГЕОГРАФИЧЕСКОГО

ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО КОМПЕТЕНТНОСТЬ СТУДЕНТОВ

Уринова Нилуфар Сайдирасиловна

Чирчикский государственный педагогический университет

Преподаватель кафедры географии

Ключевые слова:

индивидуальное
образование,
профессиональная
компетентность,
педагогическая
технология,
компетенция,
компетенция,
поиск
информации,
учитель, ученик.

Аннотация.

В статье используются цели и задачи

самостоятельного

обучения

в

высших

учебных

заведениях, профессиональная компетентность будущих
учителей географии, формирование профессиональной
компетентности,

организация

профессиональной

компетентности. Мы также видим необходимость более
глубокого мышления, знаний и навыков, а также более
высокого уровня подготовки. Раскрыты способности
принимать самостоятельные решения, планировать
решение географических вопросов, их роль, значение
профессиональной компетентности в обучении и развитии
студентов, организации обучения по учебным предметам.


background image

163

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

METHODOLOGY FOR FORMING GEOGRAPHICAL PROFESSIONAL

COMPETENCE OF STUDENTS

Urinova Nilufar Saidirasilovna

Chirchik State Pedagogical University

Lecturer at the Department of Geography

Key words:

Individual
education,
professional
competence,
pedagogical
technology,
competence,
competence,
information search,
teacher, student.

Annotation.

In the article, the purpose and tasks of

independent education in higher educational institutions, the
professional competence of future geography teachers, the
formation of professional competence, and the organization
of professional competence are used. We can also see the need
for deeper thinking, knowledge and skills, and a higher level
of preparation. The ability to make decisions independently,
planning to solve geographical issues, their role, the
importance of professional competence in the education of
students and their development, and the organization of
training in academic subjects are revealed.

KIRISH

Har qanday ta’lim jarayoni o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi o‘qitish-o‘qish

faoliyatini ko‘zda tutadi. Bunda, o‘quv fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil
qilishda talaba faoliyati ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni nazariy bilimlarini
o‘zlashtirish xamda ularni qo‘llashning amaliy ko‘nikma hamda malakalarini
o‘zlashtirish. Ular ta’lim jarayonida birlashadi va bir butun pedogogik jarayonni tashkil
etadi. Ushbu xususiyat ta’lim berish jarayoni va metodlariga xam taaluqlidir.

Pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun dala

amaliyotini, jumladan geografik masalalarni yechishni rejalashtirish muhim axamiyat
kasb etishi tabiiy. Bo‘lajak o‘qituvchilarning bu yo‘nalishda kasbga erishishlari,
ularning o‘z sohalariga kompetentliklari, ularda texnik qurilmalar va ishlash
prinsiplari kabi amaliy o‘quv va ko‘nikmalarning shakllantirilganliklari bilan
belgilanadi[1].

ASOSIY QISM

Hozirgi davrda ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish, talabalarning

mustaqil ta’lim jarayonida o‘quv materiallarini o‘zlashtirish, ularning amaliy
kompetensiyalarini hamda kasbiy kompetentligini rivojlantirtish, aqliy qobiliyatlarini
rag‘batlantirish va ijodiy faolligini tarbiyalashda pedagoglarning mas’uliyatini
oshirishi zarur. Sababi, o‘qituvchi o‘z faning nazariy asoslaridan kelib chiqib, kasbiy
kompetentlikni tashkil etishda uning qaysi turi yoki qaysi shaklidan foydalanishni
aniqlab, kreativ fikrlashga va ijodiy yondashishga undovchi topshiriqlarni tuzishi katta
ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’limda kasbiy kompetentlikni faollashtirmasdan talabalarni


background image

164

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

samarali o‘qitishni ko‘z oldimizga keltirish qiyin. Shu boisdan ham bo‘lajak geografiya
o‘qituvchisidan yuqori darajadagi tayyorgarlik, mustaqil ravishda qarorlar qabul qila
olish, belgilangan vazifalarni bajarish uchun ko‘p ma’lumotlar orasidan kerakligini
tanlab olish, bu ma’lumotlarni qayta ishlay olish va geografik tahlil qilash talab qilinadi
[2].

Bo‘lajak geografiya o‘qituvchilari uchun masalalarni tanlash, shubxasiz,

o‘qituvchidan katta mahorat ijodiy yondashuv, tajriba va metodik bilim talab qiladi.
Gap shundaki, texnik qurilmalar, ularning ishlash prinsiplari geografiyaning turli
sohalariga tegishli qonunlarga daxldor bo‘lib, ular haqidagi bilim, malaka va
ko‘nikmalar, turli qiyinchilikdagi masalalar yechish bilan kechadi. Bunday masalalar
ko‘proq geografiya, tabiiy fan, katrografiya yoxud metodikaga tegishli masalalardir.
Ularni yechish bilan shug‘ullanish talabalarga faol mushohada qilish, tafakkurni
rivojlantirishni taqozo qiladi. Fikrlashning bunday yo‘nalishiga erishish, aksariyat
talabaning masalalar yechish madaniyatining yetarlicha yuksak bo‘lishi, bu soha
bo‘yicha tayyorgarliklarining yuqori bo‘lishini talab qiladi.

Talabalarga ta’lim-tarbiya berishda va ularni rivojlanishida geografiyani tashkil

etadigan auditoriyadan tashqari ishlarning ahamiyati kattadir.

Geografiyadan auditoriyadan tashqari ishlar deganda, darsdan tashqari

sharoitda, bevosita geografiya o‘qituvchisining rahbarligida, reja asosida ma’lum
maqsadni ko‘zlab, talabalarning hohishlarini hisobga olgan holda, uyushtiriladigan
mashg‘ulot nazarda tutiladi.

Auditoriyadan tashqari ishlarni tashkil etishda talabalarning ta’lim olishi,

tarbiyalanishi va rivojlanishi dielektrik birlikda hal etilishiga alohida e’tibor beriladi.
Bu ishlar bir necha tashkiliy elementlar (maqsadi, vazifasi, mazmuni, shakli, xili,
tashkil etish metodi) dan tashkil topadi.

Geografiyadan auditoriyadan tashqari ishlarning maqsadini belgilashda

quyidagilar hisobga olinadi:

-

talabalarning bilim darajasi;

-

talabalarning bilishga qiziqishi;

-

uning o‘quv faoliyatidagi o‘ziga xos xususiyatlari;

-

aqliy taraqqiyot darajasi;

-

shaxs sifatida shakllanish darajasi;

-

kasbga yo‘naltirish.

Auditoriyadan tashqari ishlarning maqsadlaridan kelib chiqqan holda vazifalar

belgilanadi. Ular mustaqil ta’limning mazmuniga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

-

talabalarning geografik dunyoqarashini rivojlantirish;

-

talabalarni umumiy ta’lim olish yo‘nalishini rivojlantirish;

-

talabalarning umumiqtisodiy rivojlanishini ta’minlash;


background image

165

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

-

talabalarning shaxsiy qobiliyatini rivojlantirish;

-

talabalarda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

-

kasbga yo‘naltirish vazifasi.

Bu didaktik vazifalarga mos holda, auditoriyadan tashqari ishlar tashkil etiladi.

Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarining mazmunini tanlash muhim
ahamiyatga ega.

Oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari geografiyadan hali

chuqur va mustahkam bilimga ega emasligini, mustaqil ishlash qobiliyati ham yetarli
shakllanmaganligi hamda ularning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil
ishlarning mavzusi va mazmunini tanlashda uning ilmiyligiga emas, balki uning
amaliyligiga asosiy e’tibor qaratish kerak.

Geografiya ta’limi jarayonida dars tizimi bilan bir qatorda darsdan tashqari

ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Bunda talabalarning darsda
olgan bilimlarini mustaxkamlash, chuqurlashtirish, mustaqil ishlash, ijodiy tafakkur
qilish, qobiliyatlarini hamda amaliy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish umumiy
holda geografiya faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish nazarda tutiladi.

Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilishda quyidagi prinsiplarga amal qilish

kerak:

-ixtiyoriylik;
-talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish;
-talabalarning garmonik ijodiy rivojlanishini ta’minlash;
-ishlarning ijtimoiy foydali yo‘naltirilishi;
-uning keng ommaviylashganligi;
-har qanday topshiriqlarni bajarishning majburiyligi;
-darsdan tashqari ishlarning o‘quv ishlari bilan aloqasi va h.k.
Geografiya bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish bo‘yicha bir necha

xil izohlar mavjud. Geografiyadan darsdan tashqari ishlarning individual shakliga
talaba bilan o‘tkaziladigan ma’ruzalar, amaliy ishlarni tashkil etish, ekskursiya,
geografiya maydonchasidagi ishlar, uy ishlari, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar,
geografiya dala amaliyotlarida olib boriladigan ishlanmalar kiradi.

Darsdan tashqari ishlarning guruhli shakliga geografiyaga doir to‘garaklar,

geografik maydonchalar, darsdan tashqari o‘qishlar, virtual stenndlar tayyorlash,
“O‘tkir zehnlilar tanlovi” kabilarni kiritish mumkin.

Geografiyadan darsdan tashqari ommaviy tadbirlarga olimpiadalar, tanlovlar,

kechalar, uchrashuvlar, haftaliklar kabilarni kiritish mumkin.

Geografiyadan o‘quv predmeti sifatida talabalarda juda katta qiziqish uyg‘otish

kerak. Shuning uchun, har o‘quv yilida har guruhda o‘tilgan mavzular bo‘yicha
matematika, fizika, adabiyot, tarix kabi har xil gegrafik kechalar uyushtirish juda


background image

166

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

samaralidir, chunki talaba o‘tilgan darsda har xil tushunchalar, geografik lug‘atlar va
geografik masalalarni yechish uchun turli formulalar bilan tanishadi.

XULOSA

O‘qitish jarayonida talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik

texnologiyalar xamda zamonaviy metodlarni qo‘llanilishi ularni mustaqil, erkin
fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashishi, mas’uliyatini sezish, ilmiy
tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga,
eng asosiysi, o‘qishga, fanga va o‘zi tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini
kuchaytiradi.

Kasbiy kompitentlik talabalarning aqliy faoliyatini rivojlantiradi, o‘rganilgan

masalani chuqurroq o‘ylashga, bilim va ko‘nikmalarni tekshirishda, yangi
materiallarni

o‘rganishda, uni mustahkamlashda, takrorlashda, shuningdek

ekskursiyada tadbiq etilishi, uning eng muhim qismini izlashga, yakun yasab xulosalar
chiqarishga imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Vaxobov X., Mirzamuratov O.T. “Geografiya o‘qitish metodikasi” uslubiy
qo‘llanma. - Namangan, 2016

2.

Vaxobov X., F.Saydamatov, N.Eshpo‘latov geografiya ta’limida qo‘llaniladigan
pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish. Xalq ta’limi. –Toshkent. 2007;

3.

Vaxobov X., N.R.Alimqulov, N.B.Sultonova. Geografiya o‘qitish metodikasi. –
Toshkent, 2020.

4.

Muslimov N. va boshqalar. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini

shakllantirish texnologiyasi. 2013 y. Toshkent, ―Fan va texnologiyalar‖.

5.

Soliyev A.S. O‘zbekiston geografiyasi (O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy

geografiyasi) Universitet. Toshkent-2014.

6.

Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003.

7.

Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari – T.:

2006.

Библиографические ссылки

Vaxobov X., Mirzamuratov O.T. “Geografiya o‘qitish metodikasi” uslubiy qo‘llanma. - Namangan, 2016

Vaxobov X., F.Saydamatov, N.Eshpo‘latov geografiya ta’limida qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish. Xalq ta’limi. –Toshkent. 2007;

Vaxobov X., N.R.Alimqulov, N.B.Sultonova. Geografiya o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2020.

Muslimov N. va boshqalar. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. 2013 y. Toshkent, ―Fan va texnologiyalar‖.

Soliyev A.S. O‘zbekiston geografiyasi (O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) Universitet. Toshkent-2014.

Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003.

Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari – T.: 2006.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов