ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
208
2181-3187
KO'P FOYDALANUVCHILI BBBT ARXITEKTURALARI
Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich
Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi
Ismoilov Javohir Ulug‘bek o‘g‘li
Fargʻona davlat universiteti 2-bosqich talabasi
Anotatsiya:
Hozirgi kunda axborot tizimlari foydalanuvchilar sonining ortishi va
murakkab ish faoliyati talablariga moslashish zarurati sababli ko‘p foydalanuvchili
arxitekturaga asoslanmoqda. Bu maqolada ko‘p foydalanuvchili boshqariladigan
bazaga tayanuvchi tizimlar (BBBT) arxitekturasi konsepsiyasi, uning afzalliklari,
turlari va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, tizim xavfsizligi,
resurslardan samarali foydalanish, foydalanuvchilararo rollarni taqsimlash va
ma'lumotlarga bir vaqtda ishlov berish muammolari yoritilgan.
Kalit so'zlar:
Ko‘p foydalanuvchili tizim, BBBT, arxitektura, mijoz-server
modeli, ma’lumotlar bazasi, xavfsizlik, rolli boshqaruv, tarmoq, zaxira nusxa,
tranzaksiya.
Annotation:
Nowadays, information systems are increasingly based on multi-
user architectures due to the growing number of users and the need to adapt to complex
operational requirements. This article analyzes the concept of multi-user database-
based systems (MDBS) architecture, its advantages, types, and practical applications.
The study also discusses issues such as system security, efficient resource utilization,
role-based user management, and concurrent data access.
Keywords:
Multi-user system, MDBS, architecture, client-server model,
database, security, role-based access control, network, backup, transaction
Аннотация
: В настоящее время информационные системы всё чаще
строятся на основе многопользовательской архитектуры в связи с ростом
количества пользователей и необходимостью адаптации к сложным
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
209
2181-3187
операционным требованиям. В данной статье рассматривается концепция
архитектуры систем, основанных на многопользовательской базе данных
(МПБД), её преимущества, виды и практическое применение. Также освещаются
вопросы безопасности системы, эффективного использования ресурсов,
распределения ролей между пользователями и одновременной обработки
данных.
Ключевые слова:
Mногопользовательская система, МПБД, архитектура,
модель клиент-сервер, база данных, безопасность, управление доступом по
ролям, сеть, резервное копирование, транзакция
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari sohasining jadal rivojlanishi natijasida
tashkilotlar, korxonalar va ta'lim muassasalari o‘z faoliyatlarini raqamlashtirishga
intilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda boshqarish,
ularni ishonchli saqlash va bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchining
ma'lumotlar bazasiga murojaat qilishi zaruratini yuzaga keltirmoqda. Bunday
ehtiyojlarni qondirish uchun ko‘p foydalanuvchili boshqariladigan baza bazasi
tizimlari (BBBT) keng qo‘llanilmoqda. Bu turdagi tizimlar yordamida
foydalanuvchilar soni ko‘p bo‘lgan sharoitda ham ma’lumotlarga tez, aniq va xavfsiz
ishlov berish imkoni yaratiladi. Ayniqsa, tarmoq orqali bir nechta foydalanuvchining
yagona ma’lumotlar omboriga bir vaqtda ulanib ishlashi talab qilinadigan vaziyatlarda
BBBT arxitekturasi muhim o‘rin egallaydi. Ushbu maqolada ko‘p foydalanuvchili
tizimlarning texnologik asoslari, ularning arxitektura modeli, afzalliklari va real
hayotdagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Maqolaning maqsadi — BBBT arxitekturasi
haqida chuqur tushuncha berish hamda uni loyihalash va amalga oshirishda e’tibor
qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarni aniqlab berishdan iborat. Shu orqali zamonaviy
talab va texnik imkoniyatlarga mos, ishonchli va samarali ko‘p foydalanuvchili axborot
tizimlarini yaratishning ilmiy va amaliy asoslarini yoritishga harakat qilinadi. Ko‘p
foydalanuvchili BBBT (Boshqariladigan Baza Bazasi Tizimi) arxitekturasi — bu bir
vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchining yagona ma’lumotlar bazasiga ulanib,
undan foydalanish imkonini beruvchi dasturiy va texnik yechimlar majmuasidir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
210
2181-3187
Bunday arxitektura, asosan, mijoz-server modeliga asoslanadi, ya’ni foydalanuvchilar
(mijozlar) maxsus interfeyslar yoki ilovalar orqali markaziy serverga ulanadi, bu server
esa ma’lumotlar bazasini boshqaradi va so‘rovlar asosida kerakli ma’lumotlarni
yetkazib beradi. Ko‘p foydalanuvchili tizimlarda bir vaqtning o‘zida yuzlab, ba’zan
minglab foydalanuvchilar ishlashi mumkin, shuning uchun bu arxitektura kuchli
sinxronlashtirish, resurslarni boshqarish, foydalanuvchi rollarini aniqlash va
ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash kabi muhim funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Arxitekturaning asosiy elementi — bu ma’lumotlar bazasi serveri bo‘lib, u barcha
foydalanuvchilarning murojaatlarini qabul qiladi, ularni qayta ishlaydi va zarur
javoblarni taqdim etadi. Foydalanuvchi bilan tizim o‘rtasidagi muloqotni ta’minlash
uchun turli foydalanuvchi interfeyslari (desktop ilovalar, veb-ilovalar yoki mobil
ilovalar) qo‘llaniladi. Ko‘p foydalanuvchilikni qo‘llab-quvvatlovchi tizimlar odatda
foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash (aniqlash) va avtorizatsiyalash (ruxsat berish)
mexanizmlarini o‘z ichiga oladi, bu esa har bir foydalanuvchining tizimdagi rolini
aniqlab, unga mos darajadagi kirish huquqlarini beradi. Misol uchun, tizimda oddiy
foydalanuvchi faqat o‘qish huquqiga ega bo‘lishi mumkin bo‘lsa, administrator
ma’lumotlarni o‘zgartirish, qo‘shish yoki o‘chirish huquqiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, ko‘p foydalanuvchili BBBT arxitekturasi transaksiyalarni
boshqarish tizimini ham o‘z ichiga oladi. Bu komponent foydalanuvchilarning bir
vaqtning o‘zida ma’lumotlar bilan ishlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
ziddiyatli holatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Transaksiyalar yordamida tizim
atomiklik, izolyatsiya, izchillik va tiklanish kabi muhim tamoyillarga asoslanadi, bu
esa ma’lumotlarning yaxlitligi va ishonchliligini ta’minlaydi. Ko‘p foydalanuvchili
arxitektura shuningdek, zaxira nusxa olish va tiklash mexanizmlariga ega bo‘lishi
kerak, chunki har qanday texnik nosozlik yoki muammoda ma’lumotlar yo‘qolishining
oldini olish zarur. Umuman olganda, ko‘p foydalanuvchili BBBT arxitekturasi
zamonaviy axborot tizimlarining asosiy ustunlaridan biri bo‘lib, u foydalanuvchilar
orasida resurslarni samarali taqsimlash, tizimda xavfsizlikni ta’minlash va real vaqt
rejimida ishlash imkoniyatini beradi. Bu arxitektura ayniqsa korporativ tizimlar,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
211
2181-3187
elektron hukumat platformalari, onlayn xizmatlar, ta’lim tizimlari va moliyaviy
muassasalar uchun nihoyatda muhim hisoblanadi.
Afzalliklari:Ma'lumotlar markazlashtirilgan holda saqlanadi,foydalanuvchilar
soni ortishi bilan tizim kengaytirish imkoniga ega, har bir foydalanuvchiga mos ruxsat
va rollar taqsimlanadi,
tranzaksiyalar yordamida ma'lumotlar yaxlitligi saqlanadi.
Ko‘p foydalanuvchili BBBT arxitekturasi axborot tizimlarida samaradorlikni
oshirish, ma’lumotlar almashinuvini tezlashtirish va resurslardan oqilona
foydalanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu arxitekturaning eng katta
afzalliklaridan biri — bu bir vaqtning o‘zida ko‘plab foydalanuvchilarning yagona
ma’lumotlar bazasiga ulanib ishlashi imkonini berishidir. Bunday imkoniyat, ayniqsa,
yirik tashkilotlar va onlayn xizmatlarda samarali faoliyat yuritish uchun zarurdir.
Arxitektura foydalanuvchilar o‘rtasida rollarni aniqlab, har biri uchun mos huquq va
imtiyozlarni belgilash imkonini yaratadi, bu esa xavfsizlikni oshiradi va
foydalanuvchilarning vakolat doirasini tartibga soladi.
Shuningdek, ma’lumotlarni markazlashgan holda saqlash natijasida ularning
yaxlitligi, dolzarbligi va yangilanishi bir joydan boshqariladi, bu esa ma’lumotlar
ziddiyatini kamaytiradi. Bundan tashqari, zamonaviy BBBT tizimlari ko‘p holatlarda
avtomatlashtirilgan zaxira nusxa olish, tiklash, monitoring qilish va audit qilish kabi
funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa tizim barqarorligini ta’minlaydi. Biroq, bu
arxitekturaning kamchiliklari ham mavjud bo‘lib, ularni hisobga olmaslik tizim
samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Eng muhim kamchiliklardan biri —
bu tizimning murakkabligi va uni joriy qilish uchun zarur bo‘lgan dasturiy hamda
texnik resurslarning yuqoriligi hisoblanadi. Ko‘p foydalanuvchili rejimda ishlaydigan
tizimlar kuchli apparat vositalariga, yuqori darajadagi xavfsizlik choralariga, doimiy
texnik xizmat ko‘rsatishga ehtiyoj sezadi. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida ko‘plab
foydalanuvchilarning tizimga murojaat qilishi yuklama darajasini oshirib, ishlash
tezligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Sinxronlashtirish va tranzaksiyalarni boshqarish
kabi jarayonlar tizimda murakkab algoritmlarni talab qiladi, bu esa nosozliklar yuzaga
kelganda ularni bartaraf etishni qiyinlashtiradi. Agar tizimda xavfsizlik yetarli darajada
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
212
2181-3187
ta’minlanmasa yoki foydalanuvchi rollari noto‘g‘ri belgilansa, bu axborotlarga
noqonuniy kirish, noto‘g‘ri o‘zgartirishlar yoki ma’lumotlar yo‘qotilishiga olib kelishi
mumkin.
Umuman olganda, ko‘p foydalanuvchili BBBT arxitekturasi axborot tizimlarining
zamonaviy talablarga javob beruvchi kuchli mexanizmi bo‘lishiga qaramay, uni
samarali loyihalash va boshqarish uchun chuqur texnik bilim, tajriba va xavfsizlikka
doir yondashuvlar zarur. Afzalliklari ko‘pligi tufayli ushbu arxitektura keng
qo‘llanilsa-da, kamchiliklarini to‘g‘ri baholash va bartaraf etish har qanday tizimning
barqaror ishlashida hal qiluvchi omil sanaladi.
Ko‘p foydalanuvchili BBBT arxitekturasi bugungi kunda turli sohalarda keng
amaliy qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, yirik tashkilotlar, moliyaviy muassasalar, ta’lim
tizimlari, sog‘liqni saqlash muassasalari, davlat idoralari va elektron tijorat
platformalari ushbu arxitekturaga asoslangan tizimlardan faol foydalanadi. Masalan,
banklarda mijozlar ma’lumotlarini yagona markazlashtirilgan bazada saqlash va ularni
bir nechta filiallar orqali boshqarish ko‘p foydalanuvchili tizimlarsiz deyarli
imkonsizdir. Xuddi shuningdek, universitetlar o‘zining o‘quv jarayonlarini, talabalar
ma’lumotlarini, baholash tizimlarini yagona platforma orqali boshqaradi va bunda bir
vaqtning o‘zida o‘qituvchilar, talabalar va ma’muriy xodimlar turli rollarda tizimdan
foydalanadi. Bu kabi real misollar ushbu arxitekturaning samaradorligini va hayotiy
ehtiyojlarga mos kelishini yaqqol ko‘rsatadi.
Texnologik jihatdan qaralganda, ko‘p foydalanuvchili BBBT tizimlarini
yaratishda turli dasturiy platformalar va vositalardan foydalaniladi. Ma’lumotlar bazasi
sifatida keng tarqalgan texnologiyalar qatoriga Oracle Database, Microsoft SQL
Server, PostgreSQL, MySQL kabi tizimlar kiradi. Ushbu bazalar katta hajmdagi
ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida ko‘p foydalanuvchi bilan ishlovchi muhitda samarali
boshqarish imkonini beradi. Ilova qatlami esa odatda ASP.NET, Java EE, Node.js yoki
Python Django kabi web dasturlash platformalari yordamida ishlab chiqiladi. Tizimlar
odatda RESTful API yoki SOAP kabi veb-servislar orqali foydalanuvchilar bilan aloqa
qiladi. Foydalanuvchi interfeyslari esa web-brauzerlar uchun HTML, CSS va
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
213
2181-3187
JavaScript texnologiyalari orqali, mobil qurilmalar uchun esa Android yoki iOS
platformalarida ishlab chiqiladi. Zamonaviy tizimlarda ma’lumotlarni real vaqtda
ko‘rish va tahlil qilish imkonini beruvchi texnologiyalar, jumladan, WebSocket yoki
SignalR kabi vositalar ham keng qo‘llanilmoqda.
Shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida autentifikatsiya va avtorizatsiya
uchun OAuth, JWT (JSON Web Token), Active Directory kabi mexanizmlar
ishlatiladi. Tarmoq orqali uzatilayotgan ma’lumotlarni himoya qilish uchun esa
SSL/TLS protokollaridan foydalaniladi. Resurslarni muvozanatlash va yuklama
balansi uchun Load Balancer va Kubernetes kabi yechimlar joriy etiladi. Bulutli
xizmatlar (masalan, AWS, Azure yoki Google Cloud) orqali tizimni global miqyosda
tarqatish va avtomatik masshtablash imkoniyatlari ham mavjud. Shunday qilib,
zamonaviy texnologiyalar va platformalar yordamida ko‘p foydalanuvchili BBBT
arxitekturasi nafaqat tashkilot ichida, balki keng internet muhitida ham xavfsiz,
barqaror va samarali ishlaydigan axborot tizimlarini yaratishga xizmat qiladi.
Ko‘p foydalanuvchili BBBT arxitekturasi zamonaviy axborot tizimlari uchun
ajralmas va muhim texnologik yechim hisoblanadi. Bu arxitektura bir vaqtning o‘zida
ko‘plab foydalanuvchilar bilan samarali ishlash, ularning huquqlarini boshqarish,
ma’lumotlarni markazlashtirib saqlash va ularni xavfsiz tarzda uzatish imkonini
yaratadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bu tizimlarning amaliy qo‘llanilishi deyarli
barcha sohalarda — ta’limdan tortib moliya, sog‘liqni saqlash va davlat boshqaruvi
tizimlarigacha bo‘lgan keng doirada o‘z o‘rnini topgan. Arxitektura foydalanuvchilar
o‘rtasida rollarni aniqlash, transaksiyalarni muvofiqlashtirish, resurslardan optimal
foydalanish va xavfsizlikni ta’minlash imkonini beruvchi vositalar to‘plamidan iborat
bo‘lib, samarali boshqaruv tizimi barpo etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, zamonaviy dasturlash platformalari, ma’lumotlar bazalari va xavfsizlik
protokollarining rivojlanishi bu arxitekturaning yanada takomillashuviga sabab
bo‘lmoqda.
Shu asosda bir nechta takliflarni ilgari surish mumkin. Avvalo, ko‘p
foydalanuvchili tizimlarni loyihalashda texnik va dasturiy infratuzilmaning
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
214
2181-3187
imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash zarur. Har bir foydalanuvchining tizimdagi roli, u
bajaradigan funksiyalar va unga beriladigan huquqlar oldindan puxta belgilanishi,
xavfsizlik siyosati qat’iy shakllantirilishi kerak. Tizimning ishlash barqarorligini
ta’minlash uchun zaxira nusxa olish, tranzaksiya monitoringi va uzluksiz ishlash
imkonini beruvchi texnologiyalar joriy etilishi lozim. Shuningdek, tizimning oson
kengaytiriladigan, yangilanishga tayyor va boshqa xizmatlar bilan integratsiyalasha
oladigan arxitektura asosida qurilishi uning uzoq muddatli ishlashini kafolatlaydi.
Amaliyotda ko‘p foydalanuvchili tizimlarni yaratishda ochiq kodli (open-source)
texnologiyalardan foydalanish ham xarajatlarni kamaytirish va mustaqillikni
ta’minlash nuqtayi nazaridan dolzarb yechimdir. Yana bir muhim jihat shundaki, ushbu
tizimlarni ishlab chiqish va boshqarishda mutaxassislar muntazam ravishda zamonaviy
texnologiyalarni o‘rganib borishi, yangi tahdid va xavflarga nisbatan tizimni
moslashtirish choralarini ko‘rib borishi zarur.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ko‘p foydalanuvchili BBBT arxitekturasi
zamonaviy axborot tizimlarini tashkil etishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Uni to‘g‘ri
loyihalash va samarali boshqarish orqali nafaqat ma’lumotlarning xavfsizligini
ta’minlash, balki foydalanuvchilarning qulay va ishonchli ishlash muhitini yaratish
ham mumkin bo‘ladi. Shu bois, bu yo‘nalishda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish,
ilg‘or tajribalarni o‘rganish va milliy tajribaga mos texnologik yechimlarni joriy etish
dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Date C.J.
An Introduction to Database Systems
. — Pearson Education, 2019.
2.
Elmasri R., Navathe S.B.
Fundamentals of Database Systems
. — Pearson, 2020.
3.
Garcia-Molina H., Ullman J.D., Widom J.
Database Systems: The Complete
Book
. — Pearson, 2019.
4.
Tojimamatov, I., & Mirsiddiqova, M. (2025). BERILGANLAR BAZASIDA
HAYOTIY SIKL.
Модели и методы в современной науке
,
4
(6), 66-70.
5.
Tojimamatov, I., & Abduvaliyev, X. (2025). KO ‘P FOYDALANUVCHILI
BBBT ARXITEKTURASI.
Инновационные исследования в науке
,
4
(5), 16-22.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
215
2181-3187
6.
Tojimamatov, I., & Siddiqova, G. (2025). TRANZAKSIYALARNI
TAQSIMLANGAN TARZDA QAYTA ISHLASH MODELLARI.
Современные
подходы и новые исследования в современной науке
,
4
(6), 30-35.
7.
Нурмаматович, Т. И.,
&
Рахила, А. (2025). НА
ОСНОВЕ
МАТЕМАТИЧЕСКИХ МОДЕЛЕЙ ПОВЫШЕНИЕ УСТОЙЧИВОСТИ К
ПОЛОМКАМ И АВАРИЯМ.
YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR
JURNALI
,
2
(8), 197-204.
8.
Тоджиматов И., Холмуродов А. О. Х. (2025, май). SQL-СЕРВЕРДА
ЧЕКЛАШЛАР. В
КОНФЕРЕНЦИИ
ПО
СОВРЕМЕННОЙ
НАУКЕ
И
ПЕДАГОГИКЕ
(Том 1, № 1, стр. 409-413).
9.
Tojimamatov,
I.,
&
Ahmataliyeva,
S.
(2025).
BERILGANLARNI
MARKAZLASHGAN TARZDA BOSHQARISH TAMOYILLARI.
Академические
исследования в современной науке
,
4
(21), 59-64.
10.
Tojimamatov,
I.,
&
Marifjonova,
M.
(2025).
BERILGANLARNI
MARKAZLASHGAN TARZDA BOSHQARISH PRINSIPLARI.
Академические
исследования в современной науке
,
4
(21), 65-70.
11.
Tojimamatov, I., & Adxamova, C. (2025). AMALIY TIZIMLARDA
BERILGANLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI O ‘RNI.
Академические
исследования в современной науке
,
4
(21), 77-82.
12.
Tojimamatov, I., & Fazliddinov, X. (2025). BERILGANLAR BAZASI
ADMINISTRATORI VA UNING XUSUSYATLAR.
Академические исследования
в современной науке
,
4
(21), 90-95.
13.
Tojimamatov,
I.
(2025).
BERILGANLAR
BAZASIDA
AXBOROT
ALMASHINISH SXEMASI HAMDA TURLARI.
Академические исследования в
современной науке
,
4
(21), 71-76.
14.
Tojimamatov, I., & Zaylobiddinova, M. (2025). AUDIO MA'LUMOTLAR
TAQDIMOT.
TRANSFORMING
EDUCATION
THROUGH
SCIENTIFIC
DISCOVERY
,
1
(1), 38-44.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
216
2181-3187
15.
Tojimamatov, I., & Ismoilov, J. (2025). KRIPTOGRAFIK KALITLARNING
KELAJAGI:
XAVFSIZLIKNI
TA’MINLASHDA
YANGI
YO
‘NALISHLAR.
BRIDGING THE GAP: EDUCATION AND SCIENCE FOR A
SUSTAINABLE FUTURE
,
1
(1), 56-63.
16.
Tojimamamtov, I. (2025). РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТНИНГ ИЖТИМОИЙ-
ИҚТИСОДИЙ ЖАРАЁНЛАРНИ БОШҚАРИШ ВА РЕЖАЛАШДАГИ
МОҲИЯТИ.
DIGITAL
TRANSFORMATION
AND
ARTIFICIAL
INTELLIGENCE
,
3
(1), 229-233.
17.
Tojmamatov, I., Sharofutdinov, I., & Saydolimova, G. (2025). BILIMLAR
OMBORI. BILIMLAR OMBORINING TUZILISHI.
EDUCATION AND RESEARCH
IN THE ERA OF DIGITAL TRANSFORMATION
,
1
(1), 431-437.
18.
Tojimamatov, I., & Metinboyeva, F. (2025). TESKARI MUNOSABATDA
MUNOSABATLAR USTIDAGI AMALLAR.
BRIDGING THE GAP: EDUCATION
AND SCIENCE FOR A SUSTAINABLE FUTURE
,
1
(1), 202-214.
19.
Tojimamatov, I., & Abdulhafizov, I. (2025). OBYEKTLAR VA
ATRIBUTLAR.
BRIDGING THE GAP: EDUCATION AND SCIENCE FOR A
SUSTAINABLE FUTURE
,
1
(1), 107-112.
20.
Tojimamatov, I., & Qirg’izboyev, D. (2025). SQL SO ‘ROVLAR TILI
STRUKTURASI. SQL-STRUKTURALANGAN SOROVLAR TILI.
BRIDGING
THE GAP: EDUCATION AND SCIENCE FOR A SUSTAINABLE FUTURE
,
1
(1), 64-
71.
21.
Tojimamatov, I., & Sahobiddinov, A. (2025). BERILGANLAR BAZISI
USTIDA
HISOBOTLARNI
SHAKILLANTIRISH.
BRIDGING
THE
GAP:
EDUCATION AND SCIENCE FOR A SUSTAINABLE FUTURE
,
1
(1), 83-90.
22.
Tojimamatov, I., & Islomova, T. (2025). MA’LUMOTLARNI IKKILIK
SANOQ SISTEMASIDA KODLASH VA DEKODLASH.
BRIDGING THE GAP:
EDUCATION AND SCIENCE FOR A SUSTAINABLE FUTURE
,
1
(1), 136-143.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
217
2181-3187
23.
Тоджимаматов И. Н. и Иминова Г. И. (2025). SEMANTIK OBEKT MODELI
VA KATTA MA'LUMOTLAR (BIG DATA).
ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI
ВЕКЕ
, (58-3).
24.
Isroil, T. (2025). T-SQL Operatorlari: Ma'lumotlar Bazasi Operatsiyalarini
Tezlashtirishning Asosiy Vositalari.
Modern education and development
,
18
(6), 31-
44.