Sanoat korxonalari raqobatbardoshligini ta’minlashda strategik boshqaruv

CC BY f
379-385
32
51
Поделиться
Ишманова, Д., & Кучкарова, Г. (2022). Sanoat korxonalari raqobatbardoshligini ta’minlashda strategik boshqaruv. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 379–385. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp379-385
Динора Ишманова, Ташкентский государственный экономический университет, Кембриджский международный университет

кандидат наук, и.ф. ф.д.

Гулрух Кучкарова, Ташкентский государственный экономический университет

аспирант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada strategik boshqarish tushunchasi, mazmuni tushuntiriladi. Korxona va tashkilotlardagi samarali strategik boshqarish usullari, sanoat korxonlari ning raqobatbardoshliligini ta’minlash va rejalashtirish samaradorligini oshirish yo‘llari tadqiq qilinadi.

Похожие статьи


background image

STARS International University

379

Annotatsiya

:

Ushbu maqolada strategik boshqarish tushunchasi, mazmuni tushuntirila-

di. Korxona va tashkilotlardagi samarali strategik boshqarish usullari, sanoat korxonlari-
ning raqobatbardoshliligini ta’minlash va rejalashtirish samaradorligini oshirish yo‘llari tad-
qiq qilinadi.

Kalit so‘zlar:

sanoat korxonalari, strategik boshqaruv, raqobat, innovatsion g‘oya, me-

nejment, rejalashtirish.

Kirish

Jahon iqtisodiyotida monopol tuzilmalarda raqobat muhitini shakllantirish va

rivojlantirish, ular faoliyatiga innovatsion jarayonlarni tatbiq etish, iqtisodiyot-
ning monopol tarmoqlari va korxonalarni modernizatsiya qilish, boshqaruvning
zamonaviy va samarali usullarini qo‘llash iqtisodiy taraqqiyotning asosiy vositalar-
idan biriga aylanmoqda[1].

O‘zbekistonda jahon standarti talablariga javob beruvchi va eksportbop mahsu-

lotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqa-
rishni tashkil etish, yengil sanoat korxonalarining infratuzilmasini rivojlantirish va
innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga jahon bozorida raqobatbardosh
mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishning asosiy strategiyasi sifatida
ishlab chiqarishning klaster usulidan foydalanishga qaratilgan yangi yo‘nalish joriy
etilmoqda[2].

Ma’lumki, “strategik menejment” atamasi o‘tgan asrning 60-70-yillarida yuqori

pog‘onada amalga oshiriladigan ishlab chiqarish darajasidagi boshqarishdan farqi-
ni ifodalash uchun kundalik hayotga kirib keldi. Har qanday tashkilot muvaffaqiya-
tini unda faoliyat ko‘rsatayotgan kishilarning tayyorgarligi, xohishi, ishbilarmonligi
va tadbirkorligi ta’minlaydi[3]. Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash
va malakasini oshirish o‘quv dasturlariga ilg‘or davlat menejmenti, shu jumladan,

strategik menejment

, risk menejmenti hamda “aqlli” boshqaruv prinsiplarining

zamonaviy usullarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish choralari ko‘ril-
ishi lozim[4]. Bu borada strategik boshqarishning oqilona qo‘llanilishi, raqobat
ustunliklaridan foydalanish hamda aniq maqsadlar ishlab chiqish, loihalarni amalga
oshirish maqsadga muvofiq.

SANOAT KORXONALARI
RAQOBATBARDOSHLIGINI
TA’MINLASHDA
STRATEGIK BOSHQARUV

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
s i t y - 5 - p p 3 7 7 - 3 8 3

ISHMANOVA DINORA NURMAMAD QIZI

PhD, i.f. f.d. Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti, Kembrij xalqaro universiteti

QO‘CHQAROVA GULRUH MUXTARBEKOVNA

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
magistranti
q.g.muxtarbekovnaz@gmail.com


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

380

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi

Sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini ta’minlash hamda ular faoli-

yatida strategik boshqaruvni oqilona qo‘llash hamda takomillashtirish borasi-
da qator mahalliy hamda xorijiy olimlar tamonidan tadqiqotlar olib borilgan.
Strategik boshqaruvning nazariy va metodologik asoslari A.M.Aronov, O.S.Vix-
anskiy, V.A.Goryemiykin, O.A.Bogomolov, I.N.Ivanov, V.S.Yefremov, A.T.Zub,
N.O.Kruglova, M.I.Kruglov, N.N.Trenyov, R.A.Fatxutdinov asarlarida strategik
boshqaruvning nazariy va uslubiy masalalari tadqiq etilgan. Xususan, I.An-
soff, G.Mintsberg, J.B.Kuinn, S.Goshal, R.Rumelt, V.Kvint, K.Anspaux singari
xorijiy olimlar asarlarida tadqiq etilgan hamda strategik boshqaruv konsep-
siyasi rivojlantirilgan[5]. Alfred Chandler shunday deb yozgan edi: “Strate-
giya - bu korxonaning asosiy uzoq muddatli maqsadlarini belgilash, harakat
yo‘nalishlarini qabul qilish va ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan resurslarni taqsimlash”[6]. Maykl Porter u shunday deb yozgan edi:
“Raqobat ustunligining ikkita asosiy turi [differentsiatsiya va arzon narx], fir-
ma ularga erishishga intilayotgan faoliyat doirasi bilan birgalikda uchta natija-
ga olib keladi, umumiy strategiyalar sohada o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori
ko‘rsatkichlarga erishish uchun: xarajatlar bo‘yicha etakchilik, farqlash va
e’tibor. Fokus strategiyasi ikkita variantga ega: xarajatlarga yo‘naltirilganlik
va farqlash fokusi”[7]. Igor Ansoff “Strategik menejment uch qismdan iborat
deb yozgan: strategik rejalashtirish; o‘z rejalarini haqiqatga aylantirishda fir-
maning mahorati; va firmaning o‘zgarishlarga nisbatan o‘z ichki qarshiligini
boshqarish”[8]. Bryus Xendersonning fikricha “Imkoniyatlar va raqobat xat-
ti-harakatlarini hisobga olgan holda bir vaqtning o‘zida resurslarni joylashtir-
ishning ketma-ketligi va vaqtini rejalashtirish orqali afzalliklarga erishilganda
strategiya qo‘llaniladi[9]. Akademik V.L.Kvint fikricha, strategik liderlarning
samarali faoliyati uchun menejment tizimining asosiy elementlari mohiyati,
usul va foydalanish shakllari, boshqaruv funksiyalari-rejalashtirish, rag‘batlan-
tirish va nazorat, strategik qarorlar qabul qilish va amalga oshirish jarayonlari
samaradorliginiтп indikatorlarini bilish zarur[10].

Tahlil va natijalar

Sanoat korxonalarining o‘rni jahon davlatlari miqyosida muhim hisoblanadi, shu

jumladan, davlatimiz uchun ham. O‘zbekistonda 2022-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 92
064 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mi-
tasi ma’lumotlariga ko‘ra 2018-yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korx-
onalari sonining o‘sish sur’ati 182,7 foizni tashkil etdi. Sanoat sohasida faoliyat
ko‘rsatayotgan korxonalar sonini yillar kesimida ko‘rishingiz mumkin: 2018-yilda –
50 396 ta; 2019-yilda – 62 381 ta; 2020-yilda – 73 655 ta; 2021-yilda – 85 525 ta[11].
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari va tashkilotlarining tahlili
shuni ko‘rsatdiki, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish va tarmoqlarni qayta tuzishga
qaratilgan islohotlar natijasida, 2020- yil 1- oktabr holatiga ularning sanoatda soni
80 023 tani tashkil etdi, bu 16,6% o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘proq. Sa-
noat korxonalari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:


background image

STARS International University

381

Toshkent shahrida – 15 440 ta;

Farg‘ona viloyatida – 8 475 ta;

Toshkent viloyati-

da – 8 370 ta

;

Andijon viloyatida – 8 111 ta; Samarqand viloyatida – 6 739 ta. Dav-

lat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda 2020-yilning yan-
var-sentabr oylarida metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 55,2 trln. so‘m
qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. O‘tgan yilning shu davriga
nisbatan mazkur tarmoqning fizik hajm indeksi 103,7 foizni tashkil etdi. Metallurgi-
ya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsu-
lotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati (56,7 %), Toshkent viloyati
(36,2 %) hamda Toshkent shahri (5,6 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Joriy yilning yan-
var-sentabr oylarida 859,4 mln. AQSH dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari
eksporti amalga oshirildi. Bu respublika umumiy eksport hajmining 6,9 foizini tash-
kil etdi[12]. Mamlakatimiz sanoatida faoliyat ko‘rsatayotgan, turli yuridik maqom-
ga ega bo‘lgan ko‘plab korxonalarda boshqaruvning yangi, innovatsion shakllar-
ini qo‘llash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Jumladan, o‘tgan asrning 80-yillarida
AQSHning “McKinsey” konsalting kompaniyasi maslahatchilari guruhi tomonidan
ishlab chiqilgan “McKinsey 7S” modelini qo‘llash iqtisodiyotimizning rivojlanishiga
yaqindan yordam beradi[13].


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

382

1-rasm. ”McKinsey 7S” modelining yettita tamoyili [14].

Modelning asosiy mualliflari Tom Peters va Robert Vatermanlar hisoblanib,

ular tomonidan modelning asosiy tamoyillari ko‘rsatib o‘tilgan va mazkur tam-
oyil asosida korxona boshqaruv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari mav-
jud bo‘ladi. Bugungi kunga kelib, model butun dunyoda amaliyotda qabul qilin-
gan hamda korxona tasarrufida omilkor biznes jarayonlarini yaratishga va opti-
mallashtirish uchun foydalanadigan strategik boshqaruv va marketing bo‘yicha
ko‘plab korxona rahbarlari va mutaxassislarining ishonchini qozongan. “McK-
insey 7S” modeli kompaniyaning ichki tashkiliy tuzilmasini va faoliyat ko‘rsatish
tamoyillarini tahlil qilishning qulay vositasi hisoblanadi. Ushbu model asosida
korxona mikro iqtisodiyotining 7 ta asosiy elementi tahlil qilinadi va quyidagi
xulosani berishga imkon beradi, ya’ni, korxona tasarrufidagi biznes jarayonlar
qanday darajada yaxshi tashkil etilgan va mavjud resurslar qanchalik samarali
tarzda yo‘naltirilgan[15].

O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, o‘z ishlarida strategik boshqaruvni ishlata-

digan sanoat korxonalari muvaffaqiyatli va foydali hisoblanadi. Korxonangizda
muayyan maqsadlar mavjud bo‘lmasdan raqobatli kurashda omon qoladigan
biznesni topa olmaysiz. Sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish-
da strategik boshqaruvdan foydalanish qanchalik muhimligini 2-rasm orqali
ko‘rishimiz mumkin.


background image

STARS International University

383

Taqqoslash belgilari

Strategik boshqaruv

Operatsion boshqaruv

Misyon bayonoti

Tashkilot faoliyati bilan qiziqadigan

muammolarni hal qilishga imkon beradigan

atrof-muhit bilan dinamik muvozanatni

o‘rnatish orqali tashkilotni uzoq muddatda

saqlab qolish.

Sotishdan tushadigan daromad olish

uchun tovarlar va xizmatlar ishlab

chiqarish

Muammolarni hal

qilish

Tashqi muhit muammolari, raqobatda yangi

imkoniyatlar izlash

Korxonada resurslardan yanada

samarali foydalanish bilan bog‘liq

muammolar

Yo‘nalish

Uzoq muddatda

Qisqa va o‘rta muddatda

Boshqaruv tizimini

yaratishning asosiy

omillari

Odamlar, axborot tizimi va bozor

Tashkiliy tuzilmalar, texnika

va texnologiyalar

Samaradorlik

Bozor ulushi, savdo barqarorligi, rentabellik

dinamikasi, raqobatbardosh ustunliklar,

o‘zgarishlarga moslashish

Qor, hozirgi moliyaviy ko‘rsatkichlar,

ichki ratsionallik va ish iqtisodi

2-

rasm. Strategik boshqaruv va boshqaruv o

rtasidagi farq[16].

Quyida keltirilgan 3-rasmda strategik ahamiyatga ega tarmoqlarni boshqarish-

da taklif etilayotgan modelni kuzatish mumkin. Bunda innovatsion g‘oya-fikrga
ega salohiyatli menejer korxonaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash maqsadida
uzoqni ko‘ra bilishi hamda qisqa va uzoq muddatli strategiyaga tayangan holda
ichki va tashqi rejalashtirishni to‘g ‘ri amalga oshirishi va risklarning oldini olgan
holda korxona istiqboli uchun o‘ta muhim qarorlarni qabul qila olishida quyidagi
nazariy ketma-ketlikka amal qilishni taklif etmoqdamiz.

3-rasm. Strategik boshqaruv modeli[17].


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

384

O‘zbekistonda ko‘payib borayotgan sanoat korxonalari faoliyatida strategik

boshqaruv modelini to‘liq qo‘llash hamda strategik boshqaruv modelidagi “ Umum
maqsadlar bo‘yicha” boshqarishdan samarali foydalanishni yo‘lga qoyish lozim.
Bunda korxonaning har bir bo‘limi umumiy korxona maqsadidan kelib chiqib, old-
iga kichik hamda tez vaqt birligida amalga oshiriladigan maqsadlar qo‘yadi va shu
kichik maqsadlarning ketma-ketlikdagi amalga oshirilishi korxona umumiy maqsa-
dini amalga oshishiga olib keladi. Har bir tizimning rivojlanish tendensiyasi ushbu
tizim strukturasining faoliyat rivojlanishiga zamin yaratishiga bog‘liq hisoblanadi.

Xulosa va takliflar

Yangi g‘oyaga asoslangan strategik boshqaruvda raqobat ham muhim o‘rin

tutadi. Raqobatbardoshlik korxonaning darajasini belgilovchi omil bo‘lib xizmat
qiladi. Raqobatda doim kuchlilar g‘olib bo‘ladi. Kuchlilar esa o‘zining puxta ishlan-
gan strategiyasiga ya’ni zamonga mos strategik boshqaruviga, malakali kadrlari-
ga, katta xomashyo bazasiga, sodiq iste’molchilariga, zamonaviy texnika va tex-
nologiyasiga, to‘g ‘ri qaror qabul qila oladigan rahbar hodimlarga ega bo‘lishi
lozim. Boshqacha aytganda korxonalar faoliyatida, jumladan, sanoat korxonalarida
ham strategik boshqaruvning zamonga mos tamoyillaridan foydalanib boshqaruv
tizimini joriy etish va jadal rivojlantirish uning raqobatbardoshligini va investitsion
jozibadorligini oshirish tizimini keng tatbiq etish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro

yxati:

1.http://www.meti.go.jp/english/policy/energy_environment/electricity_sys-

tem_reform/index.ht ml

2.VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor

(SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFac-
tor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-98-103 Google Scholar Scientif-
ic Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 98 www.ares.uz Yengil
Sanoat Korxonalari Raqobatbardoshligini Ta’minlashda Marketing Strategiyalari
Shohista Davronovna Haydarova

3. В. Kattakishiyev, I.Mamayusupov. Strategik menejment fanidan praktikum. -

Т., «Fan va texnologiya», 2008, 232 bet.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.11.2019 yildagi

959-son.

5. Ishmanova D.N.O‘zbekiston neft-gaz korxonalari infratuzilmalarini bosh-

qarish mexanizmini takomillashtirish (“O‘ztransgaz”AK misolida) 08.00.13 Mene-
jment. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)dissertatsiyasi avtoreferati.

6.Chandler, Alfred Strategiyasi va tuzilishi: sanoat korxonalari tarixining boblari,

Dubleday, Nyu-York, 1962 yil.

7.Porter, Maykl E. (1985). Raqobat afzalligi. Bepul matbuot. ISBN 978-0-684-

84146-5.

8. Iqtisodchi-strategik rejalashtirish-2009 yil mart.
9.Genri Mintzberg-Strategik rejalashtirishning qulashi va ko‘tarilishi-Garvard bi-

znes sharhi-1994 yil yanvar.


background image

STARS International University

385

10. Kvint.V.L Стрaтeгичeскoe упрaвлeниe и экoнoмикa нa глoбaльнoм

фoрмирующeмся рынкe: Мoнoгрaфия / V.L.Kvint – М.: Biznes Atlas, 2012. - 630s

11. xabardor.uz
12. 2020 “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati» DUK
13.Дафт Р. Менеджмент. 6-е издание/ Пер. с англ. – Спб.: Питер, 2007. – 864
14.Питерсма П., ван Ассен М., ван дер Берг Г. Ключевые модели менеджмента.

60 моделей, которые должен знать каждый менеджер: Пер. с англ. В.Н.
Егорова – М.: БИНОМ. Лаборатория знаний, 2011. – 319 с.

15.Лобзов А.В. Без чего не работает корпоративная система управления

проектами // Российское предпринимательство. - 2015. - Том 16. - № 13. - С.
2045- 2052.

16. uz.tierient.com/strategik-boshqaruv-mohiyat-vazifalar-va-asosiy-vazifalar
17.Ishmanova D.N.O‘zbekiston neft-gaz korxonalari infratuzilmalarini boshqar-

ish mexanizmini takomillashtirish(“O‘ztransgaz”AK misolida)08.00.13-Menejment.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi avtoreferati asosi-
da muallif ishlanmasi.

Библиографические ссылки

http://www.meti.go.jp/english/policy/energy_environment/electricity_system_reform/index.ht ml

VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-98-103 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 98 www.ares.uz Yengil Sanoat Korxonalari Raqobatbardoshligini Ta’minlashda Marketing Strategiyalari Shohista Davronovna Haydarova

В. Kattakishiyev, I.Mamayusupov. Strategik menejment fanidan praktikum. - Т., «Fan va texnologiya», 2008, 232 bet.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.11.2019 yildagi 959-son.

Ishmanova D.N.O‘zbekiston neft-gaz korxonalari infratuzilmalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish (“O‘ztransgaz”AK misolida) 08.00.13 Menejment. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)dissertatsiyasi avtoreferati.

Chandler, Alfred Strategiyasi va tuzilishi: sanoat korxonalari tarixining boblari, Dubleday, Nyu-York, 1962 yil.

Porter, Maykl E. (1985). Raqobat afzalligi. Bepul matbuot. ISBN 978-0-684-84146-5.

Iqtisodchi-strategik rejalashtirish-2009 yil mart.

Genri Mintzberg-Strategik rejalashtirishning qulashi va ko‘tarilishi-Garvard biznes sharhi-1994 yil yanvar.

Kvint.V.L Стрaтeгичeскoe упрaвлeниe и экoнoмикa нa глoбaльнoм фoрмирующeмся рынкe: Мoнoгрaфия / V.L.Kvint – М.: Biznes Atlas, 2012. - 630s

xabardor.uz

2020 “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati» DUK

Дафт Р. Менеджмент. 6-е издание/ Пер. с англ. – Спб.: Питер, 2007. – 864

Питерсма П., ван Ассен М., ван дер Берг Г. Ключевые модели менеджмента. 60 моделей, которые должен знать каждый менеджер: Пер. с англ. В.Н. Егорова – М.: БИНОМ. Лаборатория знаний, 2011. – 319 с.

Лобзов А.В. Без чего не работает корпоративная система управления проектами // Российское предпринимательство. 2015. - Том 16. - № 13. - С. 2045- 2052. DOI: https://doi.org/10.18334/rp.16.13.492

uz.tierient.com/strategik-boshqaruv-mohiyat-vazifalar-va-asosiy-vazifalar

Ishmanova D.N.O‘zbekiston neft-gaz korxonalari infratuzilmalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish(“O‘ztransgaz”AK misolida)08.00.13-Menejment. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi avtoreferati asosida muallif ishlanmasi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов