Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The importance of teaching strategies and techniques in
preparing students for professional pedagogical activities
Aropat NEGMATOVA
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2023
Received in revised form
10 September 2023
Accepted 25 October 2023
Available online
15 December 2023
The article describes educational strategies and techniques
for preparing students for professional pedagogical activities,
the conditions in the educational system for the use of
strategies and techniques, working with educational regulations
for students, the role of teachers and strategies in the formation
of these skills.
2181-3663
/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss6-pp51-57
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
personalized learning,
identifying needs,
presenting strategies,
feedback and reflective
attitude.
Talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda
o
‘
rganish strategiyasi va texnikasining ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
individual o
‘
rganish,
ehtiyojini aniqlash,
strategiyalarni taqdim etish,
q
’
ayta aloqa (Feedback) va
refleksiv munosabat.
Maqolada Oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy
-
pedagogik faoliyatga tayyorlash, bu jarayonda bo‘lg‘usi pedagog
o‘rganish strategiyasi va
texnikalari orqali kasbiy-pedagogik
kompetensiyalarini shakllantirish, strategiya va texnikalarni
qollashda ta’lim tizimidagi shart
-
sharoitlar, talabada o‘quv
me’yoriy hujjatlar bilan faoliyat yuritish, bu ko‘nikmalarni
shakllantirishda pedagog va o‘rganish strategiyalarini roli
haqida fikr-mulohaza yuritiladi.
1
Associate Professor, Candidate of Pedagogical Sciences, Pedagogy and Psychology Department, Andijan State
Pedagogical Institute.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
52
Значение стратегий и приемов обучения в подготовке
студентов
к
профессионально
-
педагогической
деятельности
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
индивидуальное обучение,
выявление потребностей,
представление стратегий,
обратная связь и
рефлексивная установка.
В статье описываются учебные стратегии и приемы,
предназначенные
для
подготовки
студентов
к
профессионально
-
педагогической деятельности, условия
применения этих стратегий и приемов в образовательной
системе, работа с учебными регламентами у учащихся, а
также роль педагогов в формировании этих умений.
Jahon tajribasida talabalarda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha zaruriy kompetensiyalarni
rivojlantirish uchun ko‘plab innovatsion tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Bu esa nafaqat ta’lim
tizimi uchun, balki jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy hayoti uchun muhim bo‘lgan
mutaxassislarni tayyorlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ta’limning xalqarolashuvi
sharoitida o‘rganish strategiyalari va texnikalari doimiy dolzarbligini yo‘qotmaydigan
masala hisoblanadi. Boshqa tomondan intellektual jamiyatda yosh mutaxassis kadrlarga
bo‘lgan malaka talablari tobora ortib bormoqda. Bu esa ulardan yangi innovatsion
o‘rganish strategiyalarini va texnikalarini o‘rganishni taqozo etadi.
Oliy ta’limni modernizatsiya qilish, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini
bosqichma-bosqich kredit-
modul tizimiga o‘tkazish, xalqaro tajribalardan kelib chiqib,
oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim
olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim
tizimiga o‘tish kabi vazifalarni amaliy ijrosi talabalarda innovatsion o‘rganish strategiya
va texnikalarini rivojlanganligi bilan uzviy bog‘liq.
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030
-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi”[1]da
Oliy ta’lim muassasalari talabalarining “mustaqil ta’lim soatlari
ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli
tahlil
qilish,
tadbirkorlik
ko‘nikmalarini
shakllantirish,
o‘quv
jarayonida
kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish,
o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv
jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv
dasturlari va o‘quv
-
uslubiy materiallarni keng joriy etish” haqida batafsil to‘xtalib
o‘tilgan.
Kasbiy kompetentlikni rivojlantirish masalalari doimiy dolzarblik kasb etish bilan
mazkur masala yuzasidan respublikamiz etakchi olimlaridan Q.M. Abdullaeva,
A. Abdurahmonov, Z.Sh. Alimardonov, N.N. Karimova, N.A. Muslimov, A.A. Normatovlar
tomonidan tadqiq etilgan. Hususan N.N.Karimovaning “Bo’lajak kasb ta’limi
o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish, N.A.
Muslimovning “Kasb ta’limi
o’qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy
-
metodik asoslari”ni takomillashtirishga
yo’naltirilgan tadqiqotlarida mazkur masala atroflicha yoritilgan.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning bilim olishi jarayonida, ta’limning
takomillashuvida ular o‘zlarida turli o‘rganish strategiyalari va texnikalarini rivojlantirib
boradilar. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida buning ahamiyati yanada dolzarblik kasb
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
53
etib, kattalashib bormoqda. Talabaning o‘z mutaxassisligini mukammal o‘rganishi, davlat
ta’lim standartlarida belgilangan malaka talablarini bajara olishi ko‘p jihatdan o‘rganish
strategiyalari va texnikalariga bog‘liq. Shuningdek, oliy ta’lim tizimiga kredit
-modul
tizimini tatbiq etilishi talabaning mustaqilligini ta’minlasa, boshqa tomondan o‘quv
jarayonini rejalashtirishda tashkilotchilik qobiliyati bo‘lishini taqozo etadi.
Oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning pirovard maqsadi ham talabalarning
innovatsion ta’lim texnologiyalari, o‘quv materiallari hamda metodlar yordamida yetuk
mutaxassis qilib tayyorlashdan iborat.
Talabaning o‘rganish uchun sarflagan vaqti va
o‘rganish samaradorligi hamisha ham qoniqarli darajada bo‘lmaydi. Bu esa talabalarning
o‘rganish strategiyalari va texnikalarini to‘g‘ri tanlay olmagani, boshqa tomondan
professor-
o‘qituvchilarning yetarli ma’lumot bermagani bilan izohlanadi. Talabalarda
o‘quv jarayonida metodik kompetensiya rivojlanib boradi. O‘rganish strategiyalari va
texnikasi mazkur kompetensiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Talabalarning o
‘
rganish strategiyasi va texnikasini rivojlantirish ularning bo
‘
lajak
kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarligida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Quyida ularning
o
‘rganish strategiyasi va texnikasini rivojlantirishning muhim tomonlariga e’tibor
qaratgan holda quyidagi jihatlarni keltirib o
‘
tish maqsadga muvofiq, xususan:
Talabaning individual o‘rganish ehtiyojini
aniqlash:
har bir fan yoki modul
boshlanishidan oldin har bir talabaning o
‘
rganish strategiyasini turli test, savolnoma yoki
suhbat orqali aniqlashtirib olish lozim. Bu orqali har bir talabaning o
‘
rganish tipi, kuchli va
kuchsiz tomonlari aniqlanadi. Professor-o
‘
qituvchi uchun esa ehtiyojlarni aniqlash o
‘
quv
mashg
‘ulotlarini loyihalash uchun muhim ma’lumotlarni egallash uchun pedagogik shart
-
sharoit yaratib beradi. O
‘
quv materiallari, metodlar, vositalar tanlashda o
‘
rganish ehtiyojlari
inobatga olinishi talabalar tomonidan fanni keng va chuqur o
‘rganishini ta’minlaydi.
O
‘
qitishning mos usullarini tanlash:
talabalarning o
‘
rganish ehtiyojlari asosida
nafaqat ta’lim metodlari, balki o‘
qitish uslublari va afzalliklariga moslashtirish mumkin.
O
‘
qitish uslublari sifatida vizual, auditiv yoki kinestetik uslublarni keltirib o
‘
tish mumkin.
Ta’lim maqsadini belgilash:
ta’lim maqsadi an’anaviy tarzda –
ta’lim, tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi funksiyalarini amalga oshiradi. Bu bir tomondan davlat va jamiyat
buyurtmasini bajarishni o
‘
z ichiga olsa, ikkinchi tomondan o
‘
rganilayotgan fan negizlarini
mustahkam o
‘
zlashtirishga qaratiladi. O
‘rganish strategiyasi va texnikasi ta’lim
maqsadlari mazmuniga singdiriladi va bu maqsadlarning aniq va real shart-sharoitda
amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bu esa talabalarning o‘
rganishda dinamik rivojlanishini
hamda o
‘
rganishga bo
‘lgan motivatsiyasining muntazamligini ta’minlaydi.
O
‘
rganish strategiyalarini taqdim etish:
professor-o
‘
qituvchi tomonidan turli
o
‘
rganish strategiyalari va texnikalari aniq va ajratilgan holda o
‘
rgatilishi lozim. O
‘
rganish
strategiyasi va texnikasi ko
‘
p hollarda mazmunan bir birini takrorlash xususiyatiga ega
bo
‘
lganligi sababli, ularni tushuntirishda aniq chegaralash tavsiya etiladi. Keng tarqalgan
o
‘
rganish strategiyalari hisoblangan Mindmapping, vaqt menejmenti, faol tinglash, takrorlash,
umumlashtirish kabi strategiyalar talabalarga o
‘
rgatilishi orqali ular o
‘
zlariga mos keluvchi va
samarali deb hisoblagan o
‘
rganish strategiyasini tanlash imkoniyatiga ega bo
‘
ladi.
Metakognitiv faoliyatni qo‘llab
-quvvatlash
: professor-o
‘
qituvchilar tomonidan
talabalarda o
‘
z o
‘
rganish jarayonini refleksiv baholash va nazorat qilish imkonini
beruvchi metakognitiv ko
‘
nikmalarini rivojlantirishni qo
‘
llab-quvvatlash lozim bo
‘
ladi.
Talabalarning metakognitiv faoliyatini qo
‘
llab-quvvatlash ularning fikrlash jarayonlarini
tahlil qilish va mos o
‘
rganish strategiyasi va texnikasini tanlashga turtki beradi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
54
Peer Learning
(tengdoshlar bilan o‘rganish)
:
talabalarda o
‘
rganish strategiyasi va
texnikasini rivojlantirishda tengdoshlar bilan o
‘
rganish ularda kognitiv mustaqillikni
ta’minlagan holda bir
-biridan o
‘
rganish, o
‘
z o
‘
rganish jarayoniga munosabatni
shakllantiradi, bu bilan bog
‘
liq qiyinchiliklar va tushunmovchiliklarni birgalikda hal
qilishida muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki “O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030
-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi”da
“barcha oliy ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlari bo‘yicha talabalar
fikrini o‘rganish (feedback) hamda o‘zaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish
asosida talabalarga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilab boorish”
ga alohida
e’tibor qaratilgan.
Qayta aloqa (Feedback) va refleksiv munosabat:
O’qituvchi tomonidan
talabaning o’rganish strategiyasi va texnikasini rivojlantirish jarayoniga doir munosabati
ularni shu jihatdan takomillashtirish va kamchiliklarini bartaraf qilishi uchun ahamiyatli.
Shuningdek, talabaning o’zini
-
o’zi baholashga yo’naltirilgan suhbat ularda refleksiv
munosabatlarni shakllantiradi. Muntazam ravishda qayta aloqa(feedback) va refleksiv
munosabatlarni rivojlantirib borish natijasida talabalarda mustaqil ravishda o’rganish
strategiyasi va texnikasini tanlash, moslashish va shu orqali natijaga erishishi
osonlashadi. Jumladan refleksiv munosabatni shakllantirishga qaratilgan suhbat
qo’llanilayotgan o’rganish strategiyalari
va texnikalarini ta’sirchanligini oshirish bilan,
mazmun mohiyati va ahamiyatini anglashga yordam beradi. Bu jarayon suhbat, savol
–
javob tariqasida amalga oshirilib, savollarni qo’yilishi ham tizimli va yo’naltiruvchi
xarakterga ega bo’lishi lozim.
O‘quv dasturlariga integratsiyalashuvi:
o
‘
rganish strategiyalari va texnikalari
o
‘quv dasturlari mazmuniga singdiriladi. Bu esa pedagogika oliy ta’lim muassasalari
uchun parallel o
‘
quv dasturi vazifasini o
‘
taydi. Parallel o
‘
quv dasturi bir vaqtning o
‘
zida
fan o
‘
quv dasturida keltirilgan mavzuni o
‘
qitish va parallel ravishda ularning kasbiy,
metodik hamda didaktik kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida o
‘
rganish
strategiyalari va texnikalari o
‘
rgatilib boriladi.
Quyida o
‘
rganish strategiyalari misolida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga
tayyorlashdagi ahamiyati keltirib o
‘
tilgan. O
‘rganish strategiyasi talabaning ta‘limda
muvaffaqiyatga erishish uchun juda muhim bo‘lib, uning yuqori natijalarga erishishini
ta’minlaydi va bu orqali bo‘
lajak kasbiy-pedagogik faoliyatga didaktik hamda metodik
jihatdan tayyorgarlik samaradorligini ta’minlaydi.
O
‘rganish strategiyasi faqat ta’lim
muassasasidagi o
‘
quv jarayonida emas, balki shaxsning butun umr davomida o
‘
rganishi,
shaxsiy, kasbiy jihatdan rivojlanishi uchun ham zarur hisoblanadi [2]“.
SQRRR
yoki
SQ3R
o
‘
qib o
‘
rganish strategiyasi bo
‘
lib,
u besh bosqichdan iborat:
tadqiqot, savol, oʻqish, bayon etish va koʻrib chiqish
. Usul amerikalik faylasuf Francis
F. Robinson tomonidan
Effective study
[3] (Samarali ta’lim) kitobida birinchi bor taklif
qilingan [4].
O
‘
qib-o
‘
rganish strategiyasi o
‘
qish va bu orqali o
‘
rganishni talaba oldindan bilgan
narsalar bilan bog
‘lab, anglash va tushunish qobiliyatidir. Soʻzlarning lugʻaviy va
kontekstual maʼnosini bilish [5], matn mazmuniga asoslangan
qismlarining oʻzaro
bogʻlanishini tushunish, matn tarkibidagi parchalar asosida xulosa chiqarish, matndagi
asosiy fikrni aniqlash, berilgan savollarga matn asosida javob bera olish, matnda
ishlatilgan ilmiy atamalarni tushunish, ilmiy gipotezalarni tasdiqlanishi, to
‘
la yoki qisman
inkor qilinishi, muallifning maqsadi, nuqtai nazarini anglashi va tushunishi, talabalarning
diskurs-semantik qobiliyatini anglatadi [6].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
55
SQ3R
o
‘
rganish strategiyasi ilmiy maqola va adabiyotlarni o
‘
qib, o
‘
rganishda
samarali natija beradi. Bu strategiya dunyoning ko
‘
plab davlatlarida keng qo
‘
llaniladi.
SQ3R
o
‘
rganish strategiyasi quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega (1-jadvalga qarang):
1-jadval.
SQ3R o
‘
rganish strategiyasining tarkibiy tuzilmasi.
Tadqiqot
(Survey
–
S)
Birinchi tadqiqot bosqichida maqola yoki kitob koʻzdan
kechiriladi.
Bunda maqola yoki kitob bir chekkadan o
‘
qib chiqilmasdan, har bir
bobdagi sarlavhalar, raqamlar, jadvallar, xulosaviy fikrlar kabi muhim
jihatlarga e’tibor qaratiladi. Odatda tadqiqot bosqichi 3
-5 daqiqa davom
etadi. Tadqiqot bosqichida maqola yoki kitob bo
‘yicha asosiy ma’lumotlar
beriladi. Talaba maqola yoki kitobdagi g
‘
oyalarni aniqlashi va boblar
bo
‘
yicha savollarni shakllantirishi lozim bo
‘
ladi.
Savol
(Question
–
Q)
Talaba bu bosqichda tadqiqot bosqichida ega bo
‘
lgan asosiy
ma’lumotlarga, har bir bobdagi sarlavhalarga savollar tuzadi.
Shuningdek, boshqa savollar ham shakllantiriladi.
•
Bu bob nima haqida?
•
Ushbu bobda asosan umumiy mazmunning qaysi jihati yoritilgan?
•
Bu maʼlumot menga qanday yordam beradi?
Oʻqish
(Read
–
R
1
)
Talaba
faol oʻqishni boshlash uchun
S
va
Q
bosqichlarida shakllangan
ma’lumotlardan foydalanadi. Q bosqichidagi savollarga javob izlaydi. Faol
o
‘qish deb aynan oldindan qat’iy qayd etilgan savollarga javob izlash
uchun bo
‘
lgan faoliyatga aytiladi. Passiv o
‘
qishda esa maqola yoki kitobni
biror savolga javob izlash uchun emas, balki shunchaki o
‘
qiladi.
Bayon etish
(Recite
–
R
2
)
Bu bosqichda talaba maqola yoki kitobni faol o
‘
qish natijasida
egallagan ma’lumotlarini boshqa birovga so‘
zlab bergandek, xotiradan
o
‘
ziga aytib berishga harakat qilishi lozim. Talaba bayon etish bosqichida
o
‘
z so
‘
zlaridan foydalanishi zarur bo
‘
ladi.
Q
bosqichida shakllantirilgan
savollarga javoblar aniqlashtiriladi. Bayon etish bosqichi og
‘
zaki yoki
yozma tarzda amalga oshirilishi mumkin. Yozma holatda amalga
oshirilganda uzoq muddatli xotirani kuchaytiradi.
Qayta ko‘rib
chiqish
(Review
–
R
3
)
Qayta koʻrib chiqish bosqichida talaba Tadqiqot“bosqichida
egallangan asosiy ma’lumotlar bilan solishtiriladi.
Zarur holatda
qo
‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘
ldiriladi.
Keyinchalik ishlab chiqilgan shunga oʻxshash o‘
rganish strategiyalari qatoriga
PQRST va KWL diagrammasini keltirib o
‘
tish mumkin.
PQRST o
‘
rganish strategiyasi o
‘quv adabiyotlaridagi ma’lumotlarni o‘
qish va qayta
ishlash uchun qo
‘
llaniladi. Bu texnika 5 ta bosqichni qamrab oladi: oldindan ko
‘
rish
(Preview), savollar (Question), o
‘
qish (Read), takrorlash (Self recitation) va tekshirish
(Test) [7].
KWL diagrammasi ham o
‘
rganish strategiyasi bo
‘
lib, deyarli har qanday o
‘
quv
mavzusi uchun ishlab chiqilishi mumkin. Bu diagramma aqliy hujum va ovoz chiqarib
o
‘
qishda keng qo
‘
llaniladi. KWL diagrammasi bu bilimlarni, savollarni va oxir-oqibat
yangi olingan bilimlarni qayd qiluvchi grafik organayzer hisoblanadi. Mazkur KWL
diagrammasidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘
quv jarayonida ham qo
‘
llash
maqsadga muvofiq bo
‘
lib va bu ovoz chiqarib o
‘
qishda diqqat-
e’tiborni jamlash,
yo
‘naltirish hamda ma’lumotlarni jamlash uchun samarali xizmat qiladi. Pedagogik
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
56
amaliyot shuni ko
‘
rsatadiki, bu o
‘
rganish texnikasidan boshlang
‘ich ta’lim davrida ham
qo
‘llash samarali natija beradi. KWL diagrammasi avvaldan ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar
haqida fikr yuritish, yangi mavzuga qiziqish olib kelish va yangi ma’lumotlarni
identifikatsiya qilishga yordam beradi. KWL diagrammasidan kichik guruhda ishlashda
foydalanish tavsiya etiladi. Quyida KWL diagrammasi namunasi keltirilgan (1-jadval).
1-jadval. KWL diagrammasi
K
now
W
onder
L
earned
KWL diagrammasi uchta ustundan iborat bo
‘
ladi.
K
–
Men nimani bilaman
W
–
Men nimani bilishni xohlayman
L
–
Men nimani o‘rgandim
KWL diagrammasi quyidagi tartibda to
‘ldiriladi. Kichik guruhning bir a’zosi ilmiy
maqola, matn yoki o
‘
quv adabiyotida keltirilgan bir mavzuni ovoz chiqarib o
‘
qiydi.
Guruhdagi qolgan talabalar KWL diagrammasidagi ustunlarni mos ravishda to
‘
ldirib
chiqadi. K ustuniga o
‘qilayotgan ma’lumot tanish bo‘lsa, mazkur ma’lumotlar qayd etiladi.
W ustuniga qiziqish uyg
‘otgan ma’lumotlar, L ustuniga esa notanish bo‘lgan ma’lumotlar
qayd etiladi. Barcha talabalar KWL diagrammasini to
‘
ldirib bo
‘
lgach, shu diagrammalar
bo
‘
yicha suhbat tashkil etiladi. Bu o
‘
rganish strategiyasi o
‘rganilgan ma’lumotlarni
tizimlashni va bu orqali ilmiy tafakkurning tizimlashishiga erishiladi.
Keyingi davrda mazkur diagrammaning KW (H) L shakli ham amaliyotda keng
qo
‘
llanilmoqda. Shuningdek KWHL diagrammasi ham mavjud bo
‘
lib, bunda H ustuni
qo
‘shilib, men qanday o‘rganaman degan ma’noni bildiradi.
Talabaning ilmiy matnni oʻqib, tushunish qobiliyatini rivojlanishi maʼlumotni qayta
ishlash, tizimlash, ustuvorlik belgilay olish qobiliyatiga taʼsir koʻrsatadi [8]. Agar talaba
biror ilmiy atama maʼnosini bilmasa, u matnni qayta ishlash uchun juda koʻp vaqt
sarflaydi. Talaba ilmiy matndagi tushunilmagan soʻzlarni individual tarzda anglashga
harakat qiladi. Oʻqib tushunish malakasini rivojlantirishga qaratilgan o‘
rganish
strategiyalari talabalarda kollaborativ kompetensiyalarni ham rivojlanishi uchun
pedagogik shart-sharoit yaratib berishi bilan muhim ahamiyatga ega.
KWHL yoki KWL diagrammasi talabalarda kollaborativ kompetentsiyalarni
shakllantirish bilan bir qatorda talabalarda jamoaviy hamfikr bo
‘
lish, qabul qilingan
qarorga nisbatan jamoaviy javobgarlik tuyg
‘
ularini ham shakllantirishga yordam beradi.
Talabalarda kollaborativ kompetensiyalarni shakllantirish bo
‘
lg
‘
usi soha mutaxassisi
sifatida yangi jamoaga moslashish, jamoaviy qarorlar qabul qilishda mustaqillik,
tashabbuskorlik sifatlarini namoyon qilishlarida ham muhim ustuvorlikka ega.
Talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda o
‘
rganish strategiyasi va
texnikasi qayd etilgan kompetensiyalardan tashqari o
‘
quv
–
me’yoriy hujjatlar bilan
parallel faoliyat yuritish kompetensiyalarini ham shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
57
jarayonda DTS,malaka talablariga mos holatda o
‘
quv va ishchi rejalar, o
‘
quv va ishchi
dasturlar, darsliklar, o
‘
quv va o
‘
quv uslubiy qo
‘
llanmalar bilan ishlash ko
‘
nikmalarini
kompetensiyaviy holatda bo
‘
lg
‘
usi mutaxassisda shakllantiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1. Prezidentning 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-
son “О‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi tizimini 2030
-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash t
о‘g‘risida”gi
PF-5712-son Farmoni.
–
Elektron resurs https://lex.uz/docs/4312785.
2. 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-
son “О‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida
ta’lim
-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari t
о‘g‘risida”
3. 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-
son “2022
-2026 yillarga m
о‘ljallangan yangi
О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida”
4. Bremer, Rod. The Manual: A Guide to the Ultimate Study Method, Second, Fons
Sapientiae Publishing, 20 January 2016.-p. 24-35
5. Robinson F. Effective study/ Harper; Revised Edition, 1991.- p. 278
6. Davis,F.B.
Psychometrika
(1944)
9:
185.
https://doi.org/10.1007/BF02288722.Committee on Learning Sciences: Foundations
and Applications to Adolescent and Adult Literacy. Improving Adult Literacy Instruction:
Options for Practice and Research. National Academies Press, 2012
—
p. 41.
7. William Grabe. Reading in a Second Language: Moving from Theory to Practice.
Cambridge University Press, 2009.
8. Maryanne Wolf. Tales of Literacy for the 21st Century: The Literary Agenda. OUP
Oxford, 2016. ISBN 978-0-19-103613-2.
9.
Karimova N.N.
Bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini
rivojlantirish. Avtoreferat ped.fan.fal.dok.-T. 2018.
10. Muslimov N.A
Kasb ta’limi o’qituvchisini kasbiy shakllantirishning
nazariy-
metodik asoslari.: ped. fan.dok.diss.avtoref.
–
T.: TDPU. 2007.
