“Qisasi Rabgʻuziy " asarining til xususiyatlari (Qissasi vafoti Ibrohim va Sora salavotullohi alayhim qissasi misolida)

Annotasiya

Ushbu maqolada „Qisasi Rabgʻuziy” asaridagi Qissasi vafoti Ibrohim va Sora salavotullohi alayhim qissasi soʻz va qoʻshimchalarga alohida eʼtibor bergan holda fonetik, leksik, morfologik jihatdan chuqur va atroflicha tahlil etiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:
447-452
25

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Махмуджонова , Н. . (2024). “Qisasi Rabgʻuziy " asarining til xususiyatlari (Qissasi vafoti Ibrohim va Sora salavotullohi alayhim qissasi misolida). Xorijiy Lingvistika Va Lingvodidaktika, 2(1/S), 447–452. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/67664
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada „Qisasi Rabgʻuziy” asaridagi Qissasi vafoti Ibrohim va Sora salavotullohi alayhim qissasi soʻz va qoʻshimchalarga alohida eʼtibor bergan holda fonetik, leksik, morfologik jihatdan chuqur va atroflicha tahlil etiladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Linguistic features of the work "Kisasi Rabguzi" (on the
example of Abraham and Sarah salawatullah)

Nargizakhan MAKHMUDJONOVA

1


Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2024

Received in revised form

10 May 2024

Accepted 25 May 2024

Available online

25 June 2024

This article analyzes the story of Abraham and Sora

salavotullohi in detail, phonetically, lexically, morphologically
in-depth and atrophically, with special attention to words and
suffixes.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1

/S

-pp447-452

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

agreement,

plural,

possessive category,

lexical units,

phonetic phenomena,

intertextuality,

symbol,

diagnosis.

“Qisasi Rabgʻuziy”

asarining til xususiyatlari (Qissasi

vafoti Ibrohim va Sora salavotullohi alayhim qissasi
misolida)

ANNOTATSIYA

Kalit

so‘zlar

:

kelishik,

koʻplik,

egalik kategoriyasi,

leksik birliklar,

fonetik hodisalar,

intertekstuallik,

ramz,

tashxis.

Ushbu maqolada „Qisasi Rabgʻuziy” asaridagi Qissasi vafoti

Ibrohim va Sora salavotullohi alayhim qissasi soʻz va

qoʻshimchalarga alohida eʼtibor bergan holda fonetik, leksik,

morfologik jihatdan chuqur va atroflicha tahlil etiladi.

1

Student, Philology Direction, Andijan State University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

448

Языковые особенности произведения «Кисаси Рабгузи»
(на примере рассказа о смерти Ибрагима и Сары
салауатуллахи алайхим)

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

согласие,

множественное число,

притяжательная

категория,

лексические единицы,

фонетические явления,

интертекстуальность,

символ,

диагноз.

В этой статье подробно и подробно анализируются

фонетически, лексически, морфологически рассказы
Ибрагима и Сары салаватуллахи алайхим, с особым

вниманием к словам и суффиксам.

Kelishik kategoriyasi

KELISHIKLAR

QOʻSHIMCHALAR

MISOLLAR

Bosh

Sora, Ibrohim, kimi

Qaratqich

- ning

Yufturoning, Ibrohimning, kim ersaning

Tushum

- ni,

n

Ani, qizin, jonin, yarogʻin

Joʻnalish

-

gʻa,

- ga, -ka

saqolinggʻa, saqolingga, doʻstgʻa, koʻkka,

Oʻrin

- payt

- da

oʻlmishda, yilda, tugʻmishda, yerinda (n tovushi orttirilgan)

Chiqish

- din

oʻgʻuldin, jalladin, Ibrohimdin

Vosita

Koʻplik qoʻshimchasining ifodalanishi

-

lar: Ulugʻlari Ismoil va Ishoq alayhimas

-

salom azin onaligʻlar erdilar.

Asarda qoʻllangan egalik qoʻshimchalari

-

im (Maning ajalimdin bir yil burun manga xabar bergil. Andogʻ ersa jonim olgʻil),

-

ing (Ibrohim, saqolinggʻa urung qachon kirdi. Ibrohimdin burun kim ersaning saqolingga

urung kirmish yoʻq erdi),

-

i (Ibrohim ani Kanʼon haddinda Falastin yerinda dafn qildilar.

Jon bermak qattigʻliqi netak turur?)

Leksik birliklar va ularning xususiyatlari

Azin

boshqa, oʻzga. Azin soʻzi aslida ravish soʻz turkumiga mansub boʻlib, u ravish –

koʻmakchi tarzida qoʻllanadi. Azin koʻmakchisi qadimgi turkiy yodgorliklarda (adin tarixiy

taraqqiyot natijasida d/z hodisasiga uchragan) keng isteʼmolda boʻlib, 13–

14-asrlarga oid

ayrim manbalarda ham qoʻllangan: Tamâshadın azın hech ishläri yoq.

Asarda qoʻllanishi: Azin kishi olmadi. Maʼnosi: Boshqa ayolga uylanmadi.

Kezin

keyin, soʻng. Bu soʻz ham ravish

koʻmakchi sanalib, 15

- asrga qadar kezin

(qadimgi turkiy yodgorliklarda kedin) shaklida qoʻllangan: Yoq erdi qazgʻusi andin kezin

hech.

Asarda qoʻllanishi: Sorada kezin Ibrohimning ikki yarim yilda vafot qildi. Maʼnosi:

Sora vafotidan soʻng ikki yarim yil oʻtib Ibrohim ham

vafot qildi.

Urung

oq rang.

“Ey Ibrohim, saqolinggʻa urung qachon kirdi. Yaʼni Soqoling

qachon oqardi. oqarishni boshladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

449

Ogʻdurmoq

yetkazmoq, chiqarmoq: Jonin oldi koʻkka ogʻdurdi. Jonini olib koʻkka

yetkazdi. Orttirma nisbat maʼnosida. Asos ogʻmoq

di

oʻtgan zamon qoʻshimchasi,

-r- orttirma nisbat shakli.

Unamaz

xohlamas. Doʻst doʻstgʻa ulanmoqni unamazmu boʻlur? Bu soʻz s// z

fonetik hodisasiga uchragan: unamas

unamas kabi.

Qamugʻ

barcha, hamma. Olmosh. Qamugʻ yalavochlar joni oʻtru yurudilar.

Yalavoch

xudoning elchisi, paygʻambar. Ot soʻz turkumi.

Oʻtru

qarshisida, yuzma-

yuz. Ot koʻmakchi.

Endi yuqoridagi gapning mazmuni

oydinlashadi. Jonini olib koʻkka yetkazdi. Endi uning ruhi barcha paygʻambarlar joni, ruhi

oldida yurar edilar.

Unoq

chopqi. Ot soʻz turkumi.

Tebasiga

tepasiga, ustiga. Ot koʻmakchi. B//p fonetik hodisasiga uchragan soʻz.

Taqi

yana. Miqdor bildiruvchi ravish soʻz turkumiga mansub soʻz.Taqi ming yoʻli

qilich birla chopsalar... Yana ming marta qilich bilan chopsalar maʼnosida.

Koʻzmoq

qoʻymoq. Feʼl soʻz turkumiga oid soʻz. y//z fonetik hodisasiga uchragan.

Ismoilni Xijoz yerinda xalifa kezdi. Ismoilni Xijozga xalifa qilib qoʻydi, tayinladi.

Haddinda

chegarasida maʼnosida qoʻllangan boʻlishi mumkin: Ibrohim ani Kanʼon

haddinda Falastin yerinda dafn qildilar.

Qoʻl

iltimos qilmoq, soʻramoq ... qoʻlmish erdi

soʻrar edi, iltimos qilar edi.

Fonetik hodisalar

Oʻtuz

son soʻz turkumi arab tilida ikkalantirish uchun tashdid belgisi qoʻyiladi.

Bu soʻzda ham boʻlishi kerak boʻlgan ammo koʻchirilishda tushirilgan boʻlishi mumkin.
Sekiz soʻzida ham shu holat kuzatilgan. Gʻ.

Abdurahmonov, Sh. Shukurov, Q. Mahmudov

muallifligidagi Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi kitobida “

Tarkibli sanoq sonlarning

katta son oldin, kichik son keyin keladi”

(127b) degan qoidaga muvofiq tarzda qoʻllangan:

yuz oʻtuz kabi.

Anda

olmosh soʻz turkumi. U olmosh hisoblanadi. U tarzida ham a tarzida ham

qoʻllanilgan.

Yerinda

yer+ i + (n) +da. Bu yerda n tovushi orttirilgan. Quyidagi soʻzlarda ham

shu holat kuzatilgan: haddinda, oʻyinda, vaqtinda, tebasinga, viloyatinda,

Tirik erkincha

to tirik paytigacha. Bu soʻzda ham n tovushi orttirilgan:erk+ i (n)

+ cha ( ravish yasovchi qoʻshimcha).

Otligʻ

ligʻ ham ot yasovchi, ham sifat yasovchi qoʻshimcha. ... Futur otligʻ qizin oldi.

Bu yerda -

ligʻ qoʻshimchasi sifat yasovchi qoʻshimcha. Futur otli qizini oldi.

Panjshanba

bu soʻz tarixiy taraqqiyot natijasida payshanba tarzida qoʻllanadi.

Aslida panjshanba tarzida qoʻllanishi maqsadga muvofiqdir: panj

- besh, shanba

shanba,

yaʼni shanbadan keyin keluvchi beshinchi kun. Hafta hisobi shanbadan boshlangan desak,

notoʻgʻri boʻlmas, chunki Navoiyning “Sabʼayi sayyor”

dostonidagi hikoyat ham shanba

kunidan boshlanadi.

Yuz yigirmi

20 soni XIII

XIV asrlarga oid yodgorliklarda asosan oxirgi unlisi [i]

bilan kelgan yigirmi shaklida yozilgan. XV asr va undan keyingi davrlarga oid manbalarda

yigirmi shaklida ham, yigirmä shaklida ham yozilavergan.

Yoshab

yashab o//a hodisasiga uchragan.

Aymishlar

t tovushining tushish hodisasi kuzatiladi bu soʻzda. Ammo

U. Tursunov, B.

Oʻrinboyev, A.

Aliyevlarning Oʻzbek adabiy tili tarixi kitobida Ahmad

Yassaviyning

“Devoni hikmat” asari tahlili bayonida hikmatlar tilida arxaik soʻzlar uncha


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

450

koʻp emasligi taʼkidlanib, misol sifatida keltirilgan soʻzlar qatorida ay soʻzi ham mavjud

boʻlib, maʼnosi aytmoq shaklida berilgan. Demak, aytmoq soʻzining asl varianti aymoq

tarzida boʻlgan ekan. T tovushi esa tilning keyingi taraqqiyot bosqichlarida qoʻllangan

boʻlib chiqadi.

Istisno holat: saqolinggʻa va saqolingga soʻzlari tarkibi bir xil boʻlsa

- da, ikki xil

qoʻshimcha qoʻshilgan.

Urungligi

oqligi. Asos

urung+ lik (ot yasovchi qoʻshimcha)

+ i (egalik affiksi)

=Natijada k tovushi g tovushiga oʻzgargan: tovush almashishi fonetik hodisasi.

Istisno holat: Oʻngʻayliqi

-

oʻngʻay (qulay)+ lik+ i= oʻngʻayliqi. Qattigʻliqi soʻzi ham

shunday.

Qoʻllangan leksik birliklarning alohida maʼno xususiyatlari.

Ulugʻlari Ismoil va Ishoq alayhimas

salom azin onaligʻlar erdilar.

Ulugʻlari

otlashgan sifat turkumiga mansub soʻz boʻlib, matnda son maʼnosini ifodalash uchun

qoʻllanigan. Yaʼni bu yerda ulugʻ soʻzining maʼnosi biror bir ishga nisbatan yoki

martabaga nisbatan qoʻllanilgan deya tushunmaslik kerak. Oʻz maʼnosidan tashqari bu

soʻzga toʻngʻich farzand degan sema yuklatilgan. Ammo toʻngʻich farzand bitta boʻladi

(u zamonga nisbatan boshqa farzandlardan oldin dunyoga kelgan) degan savol kuzatilishi

mumkin. Qissada Ibrohim alayhissalomning sakkizta farzandi bor ekanligi aytiladi.

Shuning uchun ham yuqoridani ikki farzandga nisbatan toʻngʻichlari deya ishlatilgan.

(toʻngʻichi, toʻngʻichdan keyingisi deyish biroz gʻalizroq) Bi bilan ular orasidagi farq uncha

katta emasligi kabi holatni ham ifodalash mumkin.

... kimi musulmon, kimi kofir (boʻldi maʼnosida). Bunda kimi soʻroq olmoshi qaysi

soʻroq olmoshi oʻrnida qoʻllangan. Kim soʻrogʻi faqat insonlarga nisbatan ishlatiladi. Qaysi

olmoshi ham bundan mustasno emas. Chunki u ham shaxsga ( Qaysi biri mehnatsevar:

albatta otlashgan holatda) , ham narsaga, ham voqea

hodisaga nisbatan qoʻllaniladi.

Kimi oʻrniga qaysidir birini qoʻllash maqsadga muvofiq boʻlar edi. U holdagi maʼno

Qaysidir biri musulmon boʻldi, qaysidiri kofir. Ammo bu holatda ham tahlil tugal

boʻlmaydi. Chunki matda gumon olmoshiga yaqqol ishora mavjud. Demak, kimi olmoshi

kimdiri olmoshining qisqargan varianti tarzida qoʻllangan.

... doʻst doʻstgʻa ulanmoqni unamazmu boʻlur? Bu gapdagi yuklamaning

qoʻllanilishiga eʼtibor qaratmoq darkor. Yuklamalar,

odatda, gap oxirida qoʻllanishi

ehtimoli katta (aynan soʻroq yuklamalari haqida gap ketmoqda): Seni ot küydürmäsmu?

tarzida. Lekin unamazmu boʻlur (unamaz boʻlurmi tarzida emas) tarzida qoʻllanishi

soʻroq yuklamasi yordamida taʼkidning kuchayishiga ortishiga sabab boʻlmoqda.

... Sora birla qoʻsha qoʻydilar gapida qoʻsha soʻzi ikki yoki umuman juft degan

maʼnoni bildiradi. Undan tashqari qoʻshmoq feʼliga

a ravishdosh affiksi qoʻshilishi

natijasida koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmasi hosil boʻlgan deyish mumkin. Ikki holatda ham

juft, birga qoʻymoq maʼnosi mavjud. Yaʼni Sora bilan qabrga birga qoʻydilar kabi.

Qoʻshimchalarning oʻrin almashishi va ularning maʼnoga taʼsiri

Sora yuz oʻtuz yashadi anda kezin vafoti boʻldi: Sora oʻttiz yil yashadi, undan soʻng,

keyin vafot etdi. Bunda oʻrin

payt qoʻshimchasi chiqish kelishigi qoʻshimchasi oʻrnida

qoʻllangan

(Bashini üch yerdä yardilar –

oʻrin payt kelishigi shakli boshqa kelishiklar

oʻrnida ham qoʻllanadi)

va bundan biz ikki qoʻshimchaning sinonimligini anglagan holda

oʻqish jarayonida qoʻshimchalardan munosibini qoʻllab, tushunishga harakat qilamiz.

Sorada kezin Ibrohimning ikki yarim yilda vafot qildi: Soradan soʻng, Sora foniy

dunyodan rihlat qilgandan ikki yarim yil oʻtib Ibrohim ham vafot etdi tarzida ifodalanishi

kerak boʻlgan fikr qoʻshimchalar vositasida sintaktik butunlikni biroz oʻzgartirgan. Bu


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

451

gapda ham oʻrin

payt kelishigi chiqish kelishigi qoʻshimchasi oʻrnida qoʻllangan hamda

qaratqich kelishigi bosh kelishigi oʻrnida qoʻllangan (qaratqich va bosh kelishigi

qoʻshimchalari oʻzaro sinonim).

Isʼhoq ismining esa hech qanday tutuq belgisisiz qoʻllanishi tarixga va soʻz

maʼnosiga eʼtibor qaratgan oʻquvchi uchun tushunishdagi noaniqlikka sabab boʻlmasa

kerak.

Ibrohim ani bildi ersa aydi: Ibrohim buni bilgan holda aytdi maʼnosida.

Sinonim soʻzlar

1. Vafoti boʻldi

oʻlim holati kuzatildi.

1.1 vafot qildi

oʻldi maʼnosida.

1.2 jon bermak

oʻlmoq.

Yuqoridagi barcha sinonim soʻzlar oʻlmoq, yaʼniki ajali yetib oʻlmoq maʼnosini

beradi. Ularning safiga jon olmoqni ham kiritish mumkin boʻladi. Faqat kimdir vositasida
amalga oshiriladi. Shu jihatdan maʼnosi biroz oʻzgaradi.

2. Dafn qilmoq

koʻmmoq. Sinonim soʻzlar orasida faol qoʻllanadi.

2.1 qoʻsha qoʻymoq

dafn qilmoqqa mazmuniy tarzdagi sinonim boʻladi hamda

maʼnoviy sinonim deya nomlanadi. Faqat juft holda maʼnosi qoʻshimcha tarzda bu soʻzga

yuklanadi.

Antonim soʻzlar

Qattigʻliqi va oʻngʻayliqi. Qattigʻliqi

qiyinchiligi, oʻngʻayliqi

osonligi maʼnosida.

Ushbu soʻzlar maʼnoviy antonimiyani hosil qilgan.

Intertekstuallik holati

Intertekstuallik (lot. inter

aro, textum

toʻqima, mato, matn)

fanga Kristeva

tomonidan kiritilgan boʻlib, unga koʻra, har qanday matn avval mavjud boʻlgan matnlarni

transformatsiya qilgan holda oʻziga singdirgan suratlar majmuidir.

Umuman olganda

"Qissasi Rabgʻuziy" asarida koʻplab oyat, hadis va soʻz arabcha sheʼrlardan foydalanilgan

va shuning natijasida taʼsir doirasi juda keng qamrovlidir.

Quyida hadis va ularning

maʼnolarini keltirib oʻtamiz.

Va barakna alayhi va ala Ishaqa va min zurriyyatixima muhsinun va zolimun

linafsihi mubinun.

Maʼnosi:

Va barakot berdik biz unga va Ishoqga va har ikkalasining zurriyotlaridan

baʼzilari yaxshi ishlar qilguvchi boʻlurlar va oʻz nafsiga ochigʻdan ochiq zulm qiluvchilar

ham boʻlur.

Xal ra ʼayta xalilan yaqbazu ruha xalilixi

Maʼnosi:

Doʻst doʻstning jonin olurmu boʻlur.

Ramzning qoʻllanishi

... Saqol urungligi oʻlum elchisi turur. Yaʼni soqolning oqligi

oʻlimning belgisi.

Soqol oqargani baʼzi istisno holatni olmaganda qarilik belgisi hisoblanadi. Inson qariligi

esa uning soch

soqolining oqarishi va tashqi koʻrinishi orqali anglanadi. Qarilik davri

esa foniy olamga safarning yaqinligini anglatadi.

Tashxis
Tashxis

jonsiz narsalarga jon ato etish. Jonning gapirishi, boqiy dunyoga rihlat

qilgan jonning soʻzlashi bu tashxisdir. Ibrohim joni aydi: Kim ersani ming yoʻli unoq birla
oʻrtara yorsalar, taqi ming yoʻli qaynar suvni tebasinga qoʻysalar, taqi ming yoʻli qilich

birla chopsalar, necha tenglik emgansa, manga andogʻ erdi.

Biz asardagi bir qissani tahlil

qilish orqali XIII

–XIV asrga oid til xususiyatlarni koʻrib oʻtdik. Va asarga xos boʻlgan,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

452

shuningdek boshqa yodgorliklarda ham uchraydigan mushtarak holatlardan koʻra farqli

xususiyatlarga eʼtibor qaratdik va Rabgʻuziy mahoratiga yana bir bor amin boʻldik.
Rabgʻuziy tilining soddaligi va bir soʻzda turli xil maʼnolarni ifodalash mahorati diqqatga

sazovordir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Nosiruddin Rabgʻuziy. Qisasi Rabgʻuziy. T.: "Yozuvchi " nashriyoti. 1990.

2.

Gʻ, Abdurahmonov,Sh. Shukurov, Q. Mahmudov.Oʻzbek tilining tarixiy

grammatikasi.

T.: Oʻzbekiston Faylasuflari Milliy Jamiyati Nashriyoti.2008.

3.

У. Турсунов, Б. Уринбобоев, А, Алиев. Узбек адабии́тили тарихи. Т.:

Укитувчи . 1995.

4.

Д. Куронов, З. Мамажонов, М. Шералиева. Адабиётшунослик луґати. Т.:

Академнашр, 2010.

Bibliografik manbalar

Nosiruddin Rabgʻuziy. Qisasi Rabgʻuziy. T.: "Yozuvchi " nashriyoti. 1990.

Gʻ, Abdurahmonov,Sh. Shukurov, Q. Mahmudov.Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi. T.: Oʻzbekiston Faylasuflari Milliy Jamiyati Nashriyoti.2008.

У. Турсунов, Б. Уринбобоев, А, Алиев. Узбек адабии́тили тарихи. Т.: Укитувчи . 1995.

Д. Куронов, З. Мамажонов, М. Шералиева. Адабиётшунослик луґати. Т.: Академнашр, 2010.