Logistika sohasida terminologiyaning evolyutsiyasi va zamonaviy tendentsiyalar

Annotasiya

Ushbu maqola logistika terminlarining rivojlanish tarixi, ularning oʻrganilish darajasi va zamonaviy dunyodagi ahamiyatini yoritadi. Maqolada qadimgi davrlardan boshlab zamonaviy texnologiyalarga qadar logistika sohasidagi oʻzgarishlar va yangiliklar haqida maʼlumotlar keltirilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:
CC BY f
94-98
24

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
To‘xtasinova, Z. (2025). Logistika sohasida terminologiyaning evolyutsiyasi va zamonaviy tendentsiyalar. Xorijiy Lingvistika Va Lingvodidaktika, 3(2), 94–98. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/76192
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola logistika terminlarining rivojlanish tarixi, ularning oʻrganilish darajasi va zamonaviy dunyodagi ahamiyatini yoritadi. Maqolada qadimgi davrlardan boshlab zamonaviy texnologiyalarga qadar logistika sohasidagi oʻzgarishlar va yangiliklar haqida maʼlumotlar keltirilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Evolution of terminology in logistics and contemporary
trends

Zarina TUKHTASINOVA

1


Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form
10 January 2024
Accepted 25 January 2024
Available online

25 February 2025

This article explores the historical development of logistics

terminology, the extent of research conducted in this field, and
its significance in the contemporary world. The article provides

information on the changes and innovations in logistics,

spanning from ancient times to modern technologies.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss2

/S

-pp94-98

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

logistics,

supply chain,

term,

trade,

commerce,

goods,

company,

military,

industry.

Logistika sohasida terminologiyaning evolyutsiyasi va

zamonaviy tendentsiyalar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

logistika,

taʼminot,

zanjir,

termin,

savdo,

tijorat,

tovar,

kompaniya,

harbiy,

sanoat.

Ushbu maqola logistika terminlarining rivojlanish tarixi,

ularning oʻrganilish darajasi va zamonaviy dunyodagi

ahamiyatini yoritadi. Maqolada qadimgi davrlardan boshlab

zamonaviy texnologiyalarga qadar logistika sohasidagi
oʻzgarishlar va yangiliklar haqida maʼlumotlar keltirilgan.

1

PhD Student, Karshi State University. E-mail: zarinatuhtasinova7@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701

95

Эволюция терминологии и современные тенденции
в логистике

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

логистика,

снабжение,

цепочка,

срок,

торговля,

коммерция,

товар,

предприятие,

военные,
промышленность.

В данной статье рассматривается история развития

логистических терминов, уровень их изученности и

значение в современном мире. В статье представлена

информация об изменениях и нововведениях в сфере

логистики от древнейших времен до современных
технологий.

KIRISH

Logistika so‘zi qadimgi yunoncha “logistikos” so‘zidan olingan bo‘lib, “hisoblash

san’ati” yoki “raqamlar bilan ishlash” degan ma’noni anglatadi. Tarixan logistika harbiy
sohada qo‘llanilgan bo‘lib, armiyalarning ta’minoti, qurollarining tarqatilishi va
harakatlanishini rejalashtirish bilan shug‘ullangan. Zamonaviy logistika esa nafaqat
harbiy, balki tijorat, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida ham keng qo‘llanilmoqda.
Ushbu maqolada logistika terminlarining rivojlanish tarixi, ularning o‘rganilish darajasi
va zamonaviy dunyodagi ahamiyati haqida to‘xtalanamiz.

Logistika terminining dastlabki shakllari qadimgi davrlarda paydo bo‘lgan. Misr,

Rim va Yunon imperiyalarida harbiy yurishlar vaqtida oziq-ovqat, qurol-yarog‘ va boshqa
resurslarni taqsimlash va tashish uchun logistika tamoyillari qo‘llanilgan. Bu davrda
logistika asosan harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan va uning asosiy vazifasi armiyalarni
samarali boshqarish edi.

O‘rta asrlarda logistika tushunchasi kengayib, savdo va tijorat sohalariga ham kirib

keldi. Savdogarlar tovarlarni uzoq masofalarga tashish, saqlash va tarqatishni
rejalashtirishda logistika tamoyillaridan foydalana boshladilar. Bu davrda logistika
asosan qo‘lda boshqarilgan va uning samaradorligi cheklangan edi.

Logistika terminlarining amaliy tadqiqotlari asosan kompaniyalar va tashkilotlar

tomonidan olib boriladi. Global kompaniyalar oʻzlarining logistika jarayonlarini
yaxshilash va xarajatlarni kamaytirish maqsadida yangi metodlar va texnologiyalarni
qoʻllashadi. Masalan, katta maʼlumotlar (big data) va sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari
logistika sohasida katta oʻzgarishlarni keltirib chiqarmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Tilshunoslik nuqtayi nazaridan olib qaralganda, terminologiya sohasidagi

tadqiqotlarda turli soha terminlarining leksik-semantik jihatlarini A. Kononov,
O. O‘rinova, N. Pazlitdinovalar, pragmatik jihatlarini R. Karimov, M. Nizomova,
M. Hakimovlar, sotsiolingvistik va kognitiv xususiyatlarini esa J. Fishman, M. Volodina,
D. Elova, G. Safarova hamda N. Tashlanovalar tadqiq etishgan. Terminlarning
o‘zlashtirilishi, ularning milliy tilga moslashuvi va ekvivalentlar bilan ta’minlanishi
jarayonida tilning ichki qonuniyatlari, shu bilan birga, madaniy kontekst va an’anaviy til
normalari muhim rol o‘ynaydi [10.39].


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701

96

Logistika terminlarining oʻrganilish darajasini yanada oshirish uchun xalqaro

standartlar ishlab chiqilgan. Masalan, ISO (International Organization for

Standardization) logistika sohasida qoʻllaniladigan turli standartlarni belgilaydi [3.2003].

Bu standartlar logistika jarayonlarini boshqarishda yagona yondashuvni taʼminlaydi va

xalqaro hamkorlikni osonlashtiradi.

Ingliz va o‘zbek tillarida logistika sohasi bilan bog‘liq onlayn savdo terminlarini

tadqiq etishdan avval, ushbu sohaning nazariy asoslarini o‘rganib, keyinchalik ularga

tayangan holda o‘z tahlil va mulohazalarni namoyon qilsak mubolag‘a bo‘lmaydi deb

hisobladik. Shu nuqtai nazardan, dastlab terminologiya va termin tushunchalariga doir

mavjud ilmiy yondashuvlarni tahlil qilish hamda ularning konseptual asoslarini

aniqlashga e’tibor qaratdik. Bu esa keyingi tadqiqot bosqichlarida terminlarning

shakllanishi, rivojlanishi va qo‘llanilish xususiyatlarini chuqurroq anglash uchun ilmiy-

metodologik asos yaratishga xizmat qiladi.

Bizningcha, logistika sohasidagi onlayn savdo terminlarining shakllanishi

mamlakatlararo savdo aloqalari natijasida yuzaga keluvchi tillararo muloqot, ya’ni turli

tillar va madaniyatlarning o‘zaro ta’siriga bog‘liq. Nolisoniy omillarning ta’siri, ayniqsa,

elektron tijorat va global ta’minot zanjiri terminologik tizimida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Ushbu terminologik sohaga e’tibor uning ilmiy-nazariy asoslari hamda amaliy tijorat

operatsiyalaridagi ahamiyati va qo‘llanilish darajasi bilan belgilanadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Zamonaviy dunyoda logistika terminlari kundalik hayotning koʻplab sohalarida

muhim rol oʻynaydi. Global savdo, elektron tijorat (e-commerce) va tez yetkazib berish

xizmatlari logistika sohasining rivojlanishiga katta hissa qoʻshmoqda [2.2016]. Ma’lumki,

ushbu davrda Amazon va E-Bay elektron savdo sohasida eng muvaffaqiyatli va

rivojlangan platformalar sifatida tanila boshlagan. Ularning rivojlanishi global miqyosda

onlayn savdoning o‘sishi va logistika tizimlarining takomillashuvi bilan chambarchas

bog‘liq bo‘lgan. Bu shuni anglatadiki, avval harbiy ta’minot va yuk tashish jarayonlari

bilan bog‘liq bo‘lgan logistika bugungi kunda xalqaro elektron tijoratning muhim tarkibiy

qismiga aylandi. Xususan, onlayn savdo jarayonlarining samarali boshqarilishi, huquqiy-

me’yoriy hujjatlarda aniq tushunchalarning belgilanishi hamda biznes va iste’molchilar

o‘rtasidagi kommunikatsiyani optimallashtirish ushbu terminlarning o‘zaro uyg‘unligini

talab etadi. Bundan tashqari, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish

maqsadlariga erishish uchun yashil logistika (green logistics) kabi yangi tushunchalar

paydo boʻldi [1.2016]. Logistika va elektron tijorat terminologiyasi faqat milliy til

doirasida emas, balki global muloqot va standartlashtirish jarayonlari doirasida ham

shakllanib boradi. Logistika O‘zbekistonda nisbatan yangi soha bo‘lib, uning ilmiy-nazariy

asoslari endigina rivojlanmoqda. Shu sababli ushbu sohaga oid terminlarning tilshunoslik

nuqtayi nazaridan o‘rganilishi ham kechikib kelmoqda. Shunga qaramasdan o‘zbek

tilshunoslari ichida aynan logistika terminologiyasi ustida ish olib borgan bir nechta

olimlar topiladi. Logistika terminologiyasining leksik-semantik xususiyatlari, shuningdek,

tegishli qisqartmalarning ingliz va o‘zbek tillarida qiyosiy tahlili bilan bog‘liq turli ilmiy

izlanishlar amalga oshirilgan. Xususan, A. Bozorbekov, O. Axmedov, J. Masharipov,

J. Djumabayeva, K. Alautdinova kabi olimlarning tadqiqotlari ushbu masalalarni ilmiy-

nazariy jihatdan chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan. A. Bozorbekov o‘zbek va ingliz

tillaridagi logistika terminlarining lingvistik va leksikografik xususiyatlarini qiyosiy tahlil

qilgan [9.2002]. Uning tahlillariga ko‘ra terminlar tuzilishiga ko‘ra, bir bo‘g‘inli (masalan,

layout – “omborni qayta tiklash”, production – “ishlab chiqarish”) va murakkab

terminlarga ajratiladi. Murakkab terminlar esa o‘z navbatida:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701

97

– Ikki komponentli (activity planning – “faoliyatni rejalashtirish”, buffer fund –

“rezerv fond”).

– Uch komponentli (manufacturing control system – “ishlab chiqarishni nazorat

tizimi”, procurement order registration – “yetkazib berishni nazorat qilish tizimi”).

Ko‘p komponentli (automated guided vehicle system – “avtomatik o‘ziyurar

aravachalar ombori tizimi”, goods flow control system – “tovar harakatini boshqarish
tizimi”) kabi terminologik konstruktsiyalarga bo‘linadi. Bu esa ularning izoh orqali
tushuntirilishini zarur qiladi, chunki terminlarning ma’nosi ularning tarkibiga kiruvchi
tushunchalar tizimi bilan bevosita bog‘liq.

Supply Chain Management (SCM) – Zanjir boʻylab barcha jarayonlarni

boshqarish (yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, mijozlar).

Inventory (Inventarizatsiya) – Kompaniyaning zaxirasidagi mahsulotlar,

materiallar yoki tovar miqdori.

Warehousing (Omborxona boshqaruvi) – Mahsulotlarni saqlash, saralash va

tarqatishni boshqarish.

Transportation (Transport) – Mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga

tashish jarayoni.

Distribution (Tarqatish) – Mahsulotlarni yakuniy isteʼmolchiga yetkazib

berish.

Fulfillment (Buyurtmani bajarish)- Buyurtmani qabul qilish, qadoqlash va

yetkazib berish jarayoni.

Last-Mile Delivery (Oxirgi mil yetkazib berish) – Mahsulotni yakuniy

manzilga (mijoz uyiga yoki doʻkonga) yetkazib berish.

Cross-Docking – Mahsulotlarni omborga saqlamasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri

yetkazib berish.

Lead Time – Buyurtma berishdan mahsulotni yetkazib berishgacha boʻlgan

vaqt.

Third-Party Logistics – Logistika xizmatlarini uchinchi tomon provayderiga

topshirish.

Reverse Logistics – Mahsulotlarni iste'molchidan ishlab chiqaruvchiga

qaytarish jarayoni.

Logistika terminlari mahsulotlarni ishlab chiqarishdan yakuniy isteʼmolchiga

yetkazib berishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni qamrab oladi. Bu atamalarni toʻgʻri
tushunish va qoʻllash logistika jarayonlarini samarali boshqarishga yordam beradi.
Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar logistika sohasini yanada rivojlantirib, uni
tezroq, arzonroq yetkazib berishga yoʻl ochib bermoqda [2.2004].

XULOSA

Logistika terminlarining rivojlanish tarixi qadimgi davrlardan boshlanib,

zamonaviy dunyoda ham davom etmoqda. Ushbu terminlar harbiy, tijorat va sanoat
sohalarida keng qoʻllaniladi va ularning oʻrganilish darajasi akademik va amaliy
tadqiqotlar orqali doimiy ravishda oshib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar logistika
sohasida yangi imkoniyatlar yaratmoqda va bu sohani yanada rivojlantirishga yordam
beradi. Kelajakda logistika terminlari va ularning qoʻllanilishi yanada kengayib, global
iqtisodiyotda muhim rol oʻynashda davom etadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701

98

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YAXATI:

1.

Chopra, S., & Meindl, P. (2016). Supply Chain Management: Strategy, Planning,

and Operation. Pearson.

2.

Christopher, M. (2016). Logistics & Supply Chain Management. Pearson UK.

3.

ISO Standards. (2023). International Organization for Standardization.

https://www.iso.org

4.

Ballou, R. H. (2004). Business Logistics/Supply Chain Management. Pearson

Education.

5.

Peterson, H. The Rise of Dropshipping and How It’s Changing E-commerce//

Business Insider.–2018.

6.

Trojar M. Wüster’s View of Terminology // Slovene Linguistic Studies. – 2017. –

DOI: 10.17161/1808.25036.

7.

Vilkaité J. Comparative analysis of logistics terminology in English and

Lithuanian.// Master of Arts Thesis.–Kaunas.– 2009.

8.

Kostyuchenko L., Solomon D. The basic terminology of the modern military

logistics//Intellectualization of logistics and supply chain management.– Volume 1.–
2020.–P.91-98.

9.

Bozorbekov A. Logistika terminologiya tizimining xususiyatlari.// International

Journal of Word art.–2022.-DOI.10.5281

10.

Джумабаева Ж.Ш., Алаутдинова К.Ш. Логистика соҳасига оид терминлар

семантик таҳлили // Ўзбекистонда хорижий тиллар. – 2021. – № 4 (39). – Б. 34-47.
https://doi.org/10.36078/1633670749

Bibliografik manbalar

Chopra, S., & Meindl, P. (2016). Supply Chain Management: Strategy, Planning, and Operation. Pearson.

Christopher, M. (2016). Logistics & Supply Chain Management. Pearson UK.

ISO Standards. (2023). International Organization for Standardization. https://www.iso.org

Ballou, R. H. (2004). Business Logistics/Supply Chain Management. Pearson Education.

Peterson, H. The Rise of Dropshipping and How It’s Changing E-commerce// Business Insider.—2018.

Trojar M. Wüster’s View of Terminology // Slovene Linguistic Studies. — 2017. — DOI: 10.17161/1808.25036.

Vilkaité J. Comparative analysis of logistics terminology in English and Lithuanian.// Master of Arts Thesis.—Kaunas.— 2009.

Kostyuchenko L., Solomon D. The basic terminology of the modern military logistics//Intellectualization of logistics and supply chain management.— Volume 1.—2020.—P.91-98.

Bozorbekov A. Logistika terminologiya tizimining xususiyatlari.// International Journal of Word art.—2022.-DOI.10.5281

Джумабаева Ж.Ш., Алаутдинова К.Ш. Логистика соҳасига оид терминлар семантик таҳлили // Ўзбекистонда хорижий тиллар. — 2021. — № 4 (39). — Б. 34-47. https://doi.org/10.36078/1633670749