Об устной и письменной речи

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
15-16
47
11
Поделиться
Туробов, А. (2020). Об устной и письменной речи. Иностранная филология: язык, литература, образование, (3 (76), 15–16. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1482
Абдурайим Туробов, Самаркандский государственный институт иностранных языков

доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются речевая деятельность, функциональный процесс устной и письменной речи в системе языка и отношения между их взаимным влиянием. Упоминаются мнения о теоретических взглядах, касающихся их взаимосвязи и взаимоотношений

Похожие статьи


background image

Хорижий филология  

№3, 2020 йил 

 

 

15 

 

OG„ZAKI VA YOZMA NUTQ XUSUSIDA 

 

Turobov Abdurayim Malikovich, 

SamDCHTI dotsenti 

 

Kalit so‟zlar: 

til, nutq, og‘zaki nutq, yozma nutq, nutq faoliyati, so‘zlovchi.

  

 

Til  sintagmatik  qatorga  o‗tish  orqali 

nutqiy 

faoliyatda 

tafakkur 

munosabatini 

namoyon  qiladi.  Nutqiy  faoliyat  bir  qarashda 
individual  hodisadek  tuyulgani  bilan  ma‘lum 
jihatlari  bilan  ijtimoiy  hodisa  hamdir.  Umuman 
til  va  nutq  ham  ijtimoiy,  ham  individual 
hodisalardir.  Bular  bir  -  biri  bilan  bog‗liq 
bo‗lgan  faoliyat  turlari  sanaladi.  O‗z  navbatida 
til va tafakkur ham o‗zaro bir-biri bilan bog‗liq 
bo‗lgan,  birini  ikkinchisiz  tasavvur  etish  qiyin 
bo‗lgan  hodisalar  hisoblanadi.  Til  ijtimoiy 
hodisa  sifatida  tafakkurning  harakatga  kelishi, 
ya‘ni  nutq  orqali  voqealanishidir.  Tafakkur 
bilish  jarayoni  bilan  bevosita  bog‗lanadi. 
Tafakkur  aqliy  bilishning  hosilasi  sifatida 
izohlanishi  lozim.  Ongli  bilishning  eng  yuqori 
bosqichi bo‗lgan tafakkur yuritish faqat insonga 
berilganligi  bilan  ajralib  turadi.  Tafakkur  til 
bilan  birga  paydo  bo‗lgan  va  birga  rivojlanadi. 
Til  va  tafakkur  borasida  gap  borganda,  nutq 
munosabati  ham  tushuniladi.  Chunki  til  nutq 
orqali  oydinlashadi.  Bu  uch  hodisa  ham  o‗z-
o‗zidan  ijtimoiy  hodisalar  sanaladi.  Biz 
o‗rganilayotgan narsa hodisa va voqealar haqida 
fikr  yuritishimiz  jarayonida  til  –  tafakkur  va 
nutqiy  faoliyat  baravar  ishtirok  etadi.  Bu 
ijtimoiy  hodisalar  bir-biri  bilan  shunchalik 
bog‗liqki  go‗yoki  bir  hodisadek  tushuniladi. 
Tafakkur erishgan yutuqlar tilda aks etib nutqiy 
faoliyatda  yuzaga  chiqadi.  Til  sistemasining 
ishlash  jarayonida  qatnashadi.  Bilish  hissiy  va 
ongli bilishga bo‗linadi.  

Til va nutq dialektik munosabati o‗zining 

dastlabki  haqiqiy,  mukammal  ilmiy  -  nazariy 
yechimini  tilshunoslik  fanida  keskin  burilish 
yasagan  buyuk  tilshunos  olim  Ferdinand  de 
Sossyur asarlarida topdi [R.Rasulov, 2017: 165]. 

Til  va  nutq  dialektikasida  til  o‗ziga  xos 

murakkab  tuzilishga  (strukturaga)  ega  bo‗lgan 
bir  butun  sistema  sifatida  faoliyat  ko‗rsatadi 
[F.de  Sossyur,  2004:  120].  A.Rahimov  to‗g‗ri 
ta‘kidlaganidek: ―So‗zlovchi nutq jarayonida til 
kodlarining  turli  kombinatsiyasi  asosida  o‗z 

istaklarini ifoda etadi. Bunday kombinatsiyaning 
obyektiv  voqelanishida  esa  ruhiy  mexanizmlar 
muhim ahamiyat kasb etadi [A.Rahimov, 2015: 
66]. 

Bu 

fikrlarga 

qo‗shilgan 

holda 

quyidagilarni bayon qilamiz. Til murakkab ideal 
sistema  sifatida  nutq  faoliyatida  tafakkur  orqali 
moddiylashadi.  Bayon  qilmoqchi  bo‗lgan 
fikrlarimizni 

nutqiy 

faoliyat 

orqaligina 

tinglovchiga etkazamiz. Nutqiy faoliyat, til, nutq 
va  tafakkurni  bir-biridan  ajratib  bo‗lmaydigan 
hodisalar sifatida qarashimiz lozim.  

Nutq  o‗z  navbatida  ichki  va  tashqi, 

og‗zaki  va  yozma  shakllarga  bo‗linadi.  Har 
qanday  nutq  ma‘lum  bir  so‗zlovchi  yoki 
yozuvchi tomonidan tinglovchi yoki o‗quvchiga 
qaratilgan  matnning  shakllantirilgan  tashqi 
ko‗rinishidir.  Tildagi  birliklar  sanoqli,  ammo 
nutqiy  faoliyat  mahsuli  cheksiz  va  o‗rni  kelsa 
takrorlanmasdir.  Boshqacha  qilib  aytganimizda, 
bir  marta  ishlatgan  jumla  (gapimiz)ni  ikkinchi 
marta  nafaqat  o‗zimiz  balki,  boshqa  hech  kim 
ishlatmasligi  ham  mumkin.  Nutqning  to‗g‗ri 
tuzilganligi  uning  adabiy  til  me‘yorlariga 
mosligidir. To‗g‗ri nutq tuzish uchun so‗zlovchi 
adabiy  til  me‘yorlarini  egallab  olgan  bo‗lishi 
kerak.  Makon  va  zamonda  chegaralanganlik, 
past va baland ohangda aytilish, xato, g‗alizlik, 
sohta  va  boshqa  xususiyatlar  mutlaqo  nutqqa 
xos. Bu xususiyatlarning birortasi ham tilga xos 
tushunchalar emas. Nutq to‗g‗ri bo‗lishi uchun, 
asosan,  ikki  me‘yorga  –  urg‗u  va  grammatik 
me‘yorga qat‘iy amal qilishni talab qiladi.  

Birinchidan,  nutqni  to‗g‗ri  tuzishda 

grammatik  vositalarning  qo‗llash  me‘yorlari 
ham muhim o‗rin egallaydi.  

Ikkinchidan,  aniqlik  nutqning  muhim 

fazilatlaridan  biri  sifatida  qadimdan  ma‘lum. 
G‗arb  mutafakkirlari  ham  sharq  mutafakkirlari 
ham  aniqlikni  nutq  sifatlarining  birinchi  sharti 
hisoblaganlar. 

Uchinchidan, 

nutqning 

mantiqiyligi 

grammatik  to‗g‗ri  tuzilmagan  nutq  ham,  fikrni 


background image

Хорижий филология  

№3, 2020 йил 

 

 

16 

ifodalash  uchun  muvaffaqiyatsiz  tanlangan 
lug‗aviy birlik ham mantiqning buzilishiga olib 
kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi 
tinglovchiga  ifodalanayotgan  fikrning  to‗liq 
borib 

yetmasligiga, 

ba‘zan, 

umuman 

anglashilmasligiga olib keladi. 

To‗rtinchidan,  nutqning  tozaligi  deganda, 

eng  avvalo,  uning  adabiy  tilning  lisoniy 
me‘yoriga 

muvofiq 

kelish-kelmasligi 

tushuniladi. 

Nutq 

mana 

shu 

sanab 

o‗tilgan 

xususiyatlari  bilan  tildan  ajralib  turadi.  Albatta, 
tafakkur  sanab  o‗tilgan  nutqqa  xos  to‗rtta 
xususiyatda  bevosita  ishtirok  etadi.  Nutq  va 
tafakkur  munosabatlari  shu  belgilarda  yaqqol 
kesishadi, aniqroq qilib aytsak, birlashadi. 

Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqib,  til 

bilan  tafakkurni  bir-biriga  teng  deyish  to‗g‗ri 
bo‗lmaydi.  Bu  haqda  M.Irisqulov  quyidagilarni 
yozadi: ―1) kishi o‗ylab yurgan fikrini til orqali 
ifodalaydi  deyish  haqiqatga  to‗g‗ri  kelmaydi. 
Kishi  fikrining  boshqalarga  aytish  mumkin 
bo‗lgan 

qisminigina 

til 

yordamida 

suhbatdoshiga  (o‗quvchisiga  yetkazadi).  2)  til 
moddiy,  tafakkur  esa  g‗oyaviy  hodisalardir;  3) 
ikki narsani teng deyish uchun ularning tarkibini 
ham  bir-biri  bilan  qiyoslash  va  ular  bir-biriga 
mos  kelsa,  ularni  teng  deyishga  asos  tug‗iladi. 
Ma‘lumki,  tafakkurni  mantiq  fani,  tilni  esa 

tilshunoslik  o‗rganadi.  Mantiq  fani  tafakkurni 
tarkibiy  qismlarga  ajratganda,  u  uch  birlikdan: 
tushuncha,  muhokama  va  xulosadan  tarkib 
topganini  qayd  etadi.  Tilshunoslik  fani  nutqni 
tarkibiy qismlarga bo‗lganda nutq tovushi (fon), 
morf,  so‗z,  gap,  matnlarga  ajratadi.  Demak,  til 
va  tafakkur  birliklari  bir-biriga  miqdor  jihatdan 
ham  to‗g‗ri  kelmaydi;  4)  ba‘zi  olimlar 
tafakkurdagi 

tushuncha 

tildagi 

so‗zga, 

muhokama esa gapga to‗g‗ri keladi, degan fikrni 
ham ilgari surishadi. Ma‘lum bo‗lishicha bu fikr 
ham  asossiz  ekan‖  [M.Irisqulov,  1992:  238-
239]. Mana bu fikrlardan ham ko‗rinib turibdiki, 
til  va  tafakkur  boshqa-boshqa  bo‗lgan,  ammo 
bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan hodisalardir. 
Shunday ekan til va tafakkurni bir-biridan ajratib 
qo‗yish  ham  mumkin  emas.  Til  sistemasining 
ishlashi  uchun  tafakkur  zaruriy  omildir.  Til, 
nutqiy 

faoliyat, 

nutq 

jarayoni 

iyerarxik 

munosabatlarida 

tafakkur 

bab-baravar 

qatnashadi.  Avvalombor,  tafakkur  birlamchi, 
qolganlari  esa  ikkilamchi  hodisa  sifatida 
o‗rganilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Yoki 
boshqacha qilib aytsak, tilni tafakkur yaratdi. Til 
va  nutq  nutqiy  faoliyatning  tarkibiy  qismi 
hisoblanadi. 

Shuningdek, 

bevosita 

til 

sistemasining  ishlashi,  yani  nutqiy  faoliyat 
tafakkur orqali voqelanadi. 

 

Adabiyotlar 

 

1.Соссюр  Фердинанд  де.  Курс  общей  лингвистики  /  Пер.  с  французского 

А.М.Сухотина

, под редакцией и с примечаниями 

Р.И.Шор

.-М.:

Едиториал УРСС

, 2004.-256 с. 

2.Rahimov A. Umumiy tilshunoslik kursi. -Samarqand,  2015. -123 b. 
3.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.- 312 b. 
4.M.T.Irisqulov. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: ―O‗qituvchi‖, 1992. 256 b. 
 

Turobov A. About oral and written speech. 

In this article speech activeness, the functional 

process of oral and written speech in the language system, the relationships between their mutual 
influence  are  analyzed.  There  are  mentioned  ideas  about  theoretical  viewpoints  concerning  their 
interconnections.  

 

Туробов  А.  Об  устной  и  письменной  речи. 

В

 

данной  статье  рассматриваются 

речевая деятельность, функциональный процесс устной и письменной речи в системе языка 
и  отношения  между  их  взаимным  влиянием.  Упоминаются  мнения  о  теоретических 
взглядах, касающихся их взаимосвязи и взаимоотношений.   

 
 
 
 

Библиографические ссылки

Соссюр Фердинанд де. Курс общей лингвистики / Пер. с французского А.М.Сухотина. под редакцией и с примечаниями Р.И.Шор.-М.:Едиториал УРСС, 2004.-256 с.

Rahimov A. Umumiy tilshunoslik kursi. -Samarqand, 2015.-123 b.

Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.-312 b.

M.T.Irisqulov. Tilshunoslikka kirish. - Toshkent: “0‘qituvchi”, 1992. 256 b.

Tl t 1*Z» Azklt A Akfitlj Zl»«Zf/ Z« z/ Cnzlzlzz/z T t't Z-nz>Z>Z>r> zi/i/nizinzicc /7zlZ> /» Z MZ»f f Z1M Zf 7

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов