Сравнение материального фольклора Китая и Узбекистана

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
43-51
46
12
Поделиться
Айжун, У., & Кун, Л. (2020). Сравнение материального фольклора Китая и Узбекистана. Иностранная филология: язык, литература, образование, (3 (76), 43–51. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1497
У Айжун, Шанхайский университет иностранных языков

Преподаватель

Лю Кун, Шанхайский университет иностранных языков

Преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Китай и Узбекистан находятся в различных географических и климатических условиях, каждый из которых имеет свой образ жизни, традиции и религиозные убеждения. В связи с этим в каждом из народов Китая и Узбекистана сложился своеобразный материальный фольклор. Статья посвящена сопоставлению и исследованию материального фольклора Китая и Узбекистана, в частности, сопоставлению различий в народной архитектуре, народной одежде и народной еде между китайскими и узбекскими народами, чтобы помочь китайским и узбекским народам понять друг друга и способствовать взаимодействию двух народов в контексте инициативы ―Один пояс, один путь‖

Похожие статьи


background image

Хорижий филология  

№3, 2020 йил 

 

 

43 

 

XITOY VA O„ZBEKISTON MODDIY FOLKLORINI TAQQOSLASH 

 

U Ayjun (

爱荣

), Liu Kun (

刘堃

Shanhay xorijiy tillar universiteti o‗qituvchilari 

 

Kalit  so„zlar:

  folklor,  moddiy  folklor,  milliy  me‘morchilik,    milliy  liboslar,  milliy  taomlar, 

Xitoy O‗zbekiston taqqoslash. 

 

Xitoy va O‗zbekiston turli geografik va 

iqlim  sharoitlarida  joylashgan  bo‗lib,  har 
birining  o‗z  hayot  tarzi,  urf-odatlari  va  diniy 
e‘tiqodlari  bor.  Shu  tufayli  Xitoy  va 
O‗zbekiston xalqlarining har birida o‗ziga xos 
moddiy folklor shakllangan. Quyida Xitoy va 
O‗zbekistonning moddiy folklorini taqqoslash 
va  tadqiqot  obyekti  qilib  olib,  Xitoyning  xan 
va  O‗zbekistonning  o‗zbek  millatiga  xos 
milliy me‘morchilik,  milliy liboslar va milliy 
taomlar  kabilardagi  tafovutlar  taqqoslanadi. 
Bu 

ikki 

mamlakat 

xalqlari 

o‗zaro 

tanishishlariga ko‗maklashishi va ―Bir makon 
–  bir  yo‗l‖  tashabbusi  fonidagi  aloqalarni 
mustahkamlashiga umid qilamiz. 

Moddiy 

folklor 

tushunchasining 

ta‟rifi va tasnifi. 

1.

 

Folklor  tushunchasining  ta‟rifi  va 

tasnifi. 

Folklor  turli  olimlar  tomonidan  turlicha 

tasnif qilingan. Folklor deb bir mamlakat yoki 
millatning 

katta 

jamoasi 

tomonidan 

yaratilgan,  amal  qilinadigan  va  avloddan 
avlodga  o‗tib  kelayotgan  hayot  madaniyatiga 
aytiladi. Ayni vaqtda ilm-fan dunyosida ancha 
ommabop  tasniflash  usuliga  ko‗ra  folklor 
tushunchasi uch katta guruhga bo‗linadi: 

(1)

 

Og‗zaki 

folklor:  og‗zaki  nutq 

ko‗rinishida tarqalgan folklor na‘munalari.  

Og‗zaki  folklor  ham  o‗z  navbatida  uch 

turga  bo‗linadi:  bayon  qilish,  qofiyaga  solish 
va maqol-u matal folklorlari. 

(2)

 

Urf-odatlar  folklori:  an‘anaviy  urf-

odatlar 

ko‗rinishida 

tarqalgan 

folklor 

namunalari.  U  milliy  bayramlar,  milliy 
e‘tiqod,  o‗yinlar,  ma‘lum  ahamiyatga  ega 
bo‗lgan  imo-ishora  yoki  gavda  holati,  xalq 
tabobati,  marosimlar,  milliy  raqs,  milliy 
drama  na‘munalari,  irim-sirim  kabilarni  o‗z 
ichiga oladi. 

(3)

 

Moddiy 

folklor: 

borliqda 

bor 

bo‗lgan, 

ko‗zga 

ko‗rinadigan 

moddiy 

ko‗rinishda  

tarqalgan 

folklor. 

Asosan 

milliy 

me‘morchilik,  san‘at,  liboslar,  taomlar 
kabilarni o‗z ichiga oladi. 

2.

 

Moddiy  folklor  tushunchasining 

ta‟rifi va tasnifi.

 

Tabiiy  resurslarni  insoniyat  madaniyati 

mahsuliga aylantirishni biz moddiy madaniyat 
deb  nomlashga  odatlanganmiz.  Insoniyat 
tabiatdagi narsalarni madaniyat na‘munalariga 
aylantirish  jarayonida,  muqarrar  ravishda 
o‗zining  ehtiyojlari,  qadriyatlari  hamda 
e‘tiqodini  yaratgan  narsasiga  singdiradi. 
An‘anaviy  moddiy  madaniyatni  o‗zining 
o‗rganish  obyekti  qilib  olgan  fanni  biz 
moddiy folklorshunoslik deb ataymiz. 

Moddiy 

folklorshunoslik 

asosan 

insoniyat  yaratgan  san‘at  asarlari,  uni 
yaratilish  jarayoni,  asarni  yaratuvchisi  kabi 
uch yo‗nalishga o‗z e‘tiborini qaratadi. San‘at 
asari 

deganda 

odamlar 

tomonidan 

yaratiladigan  konkret  narsalar  tushuniladi, 
masalan:  uy,  taom,  libos,  taqinchoq,  uy 
jihozlari  kabilar.  Yaratilish  jarayoni  bu  inson 
bir  narsani  yaratishidagi  to‗liq  jarayon.  Uy 
qurishni misol qilib olsak, avval biz insonlarni 
uy 

qurishiga 

undovchi 

motivatsiyani 

o‗rganishimiz  kerak,  shundan  so‗ng  uyni 
qurish  joyi,  qurilish  materiali,  uyning  katta-
kichikligi, tuzilish shakli, uy qurish marosimi, 
turli  taqiqlar  kabi  insonlar  uyga  kirib 
joylashguncha  bo‗lgan  jarayon  o‗rganiladi. 
Asarni 

yaratuvchisi 

deganda 

asarning 

yaratilishi  va  unga  baho  berishda  ishtirok 
etgan  barcha  insonlar,  shu  insonlarning  kelib 
chiqishi,  ularning  ma‘lum  bir  hunar  va 
tushunchalarni  qay  tarzda  saqlab  qolib 
tarqatishgani kabilar tushuniladi. 

Moddiy 

folklor 

asosan 

milliy 

me‘morchilik,  milliy  libos  va  taqinchoqlar, 
milliy taomlar kabi uch turga bo‗linadi. 


background image

Хорижий филология  

№3, 2020 йил 

 

 

44 

1. 

Milliy 

me‟morchilik

G‗arb 

folklorshunosligiga 

ko‗ra 

me‘morchilik 

klassik 

me‘morchilik, 

ommabop 

me‘morchilik  va  milliy  me‘morchilikka 
ajratiladi. Milliy me‘morchilik, ya‘ni mahalliy 
me‘morchilik,  bu  inson  o‗zi  va  boshqalar 
uchun  quruvchi  boshpana  demakdir.  Milliy 
me‘morchilik  barcha  an‘anaviy  me‘morchilik 
ko‗rinishlarini o‗z ichiga olgan holda, maxsus 
dizaynerlari  yo‗qligi  bilan  klassik  yoki 
ommabop me‘morchilikdan farqlanadi. Bunda 
ajdodlardan  meros  bo‗lib  kelayotgan  uslubga 
tayanib  qurish  ishlari  olib  boriladi.  Milliy 
me‘morchilik  aholi  turarjoylaridan  tashqari 
turli  xil  chayla,  omborxona,  qabrlar,  chorva 
uchun  qurilgan  boshpana,  hayotiy  zarur 
mahsulotlarni 

ishlab 

chiqarish 

uchun 

quriladigan qurilmalar(g‗isht, tamaki pishirish 
pechlari  kabi)  ni  o‗z  ichiga  oladi.  Milliy 
me‘morchilikda  bino  va  bino,  bino  va  atrof-
muhit  o‗rtasidagi  aloqalarni  amalga  oshirish, 
binoning  balandligi,  hajmi,  yorug‗lik  va 
ko‗rinish,  qurilish  materiallar  tanlovi  va 
xonalar ta‘miri, xonaning xususiyatlari singari 
ko‗plab 

omillarning 

barchasi 

insonlar 

belgilagan qadriyatlarni o‗zida aks ettiradi va 
bir  vaqtning  o‗zida  shu  qadriyatlarni 
saqlovchi kuch bo‗lib xizmat qiladi. 

2.Milliy  libos  va  taqinchoqlar

.  Bu 

odamlarning 

an‘anaviy 

kiyim 

va 

taqinchoqlaridir.  Milliy  liboslar  zamonaviy 
liboslar  bilan  tafovutga  ega  bo‗lib,  milliy 
liboslar ommaviylikka urg‗u beradi va odatda 
ko‗pchilik  tomonidan  maqullangan,  meros 
bo‗lib  kelayotgan  tarixiy  va  madaniy 
ahamiyatga  ega  kiyim  va  taqinchoqlar 
hisoblanadi.  Zamonaviy  liboslar  esa  o‗ziga 
xoslikka urg‗u beradi va o‗ziga xos individual 
g‗oyalarni  yuzaga  chiqarib,  yakka  bir 
shaxsning  madaniyat  va  axloqqa  nisbatan 
tushuncha va qarashlarini o‗zida aks ettiradi. 

3.  Milly  taomlar. 

Bu  odamlar  iste‘mol 

qilishga  odatlangan  an‘anaviy  yegulik  va 
ichimliklar bo‗lib, asosan oziq-ovqatlar, oziq-
ovqatlarning  xususiyatlari,  oziq-ovqat  turlari, 
tayyorlash  jarayoni  va  taomili,  ovqatlanish 
odobi,  bayram  va  marosimlardagi  yeguliklar, 
shuningdek  oziq-ovqat  nomlari,  saqlanishi  va 
taqiqlar kabilarni o‗z ichiga jamlaydi. 

Xitoy 

va 

O„zbekiston 

moddiy 

folklorini taqqoslash. 

Xitoy va O‗zbekiston turli geografik va 

iqlim  sharoitlarida  joylashgan  bo‗lib,  har 
birining  o‗z  hayot  tarzi,  urf-odatlari  va  diniy 
e‘tiqodlari  bor.  Shu  tufayli  Xitoy  va 
O‗zbekiston xalqlarining har birida o‗ziga xos 
moddiy  folklor  shakllangan.  Quyida  asosan 
moddiy  folklorga  kiruvchi  milliy  libos  va 
taqinchoqlar,  milliy  taomlar  va  milliy 
me‘morchilik  jihatlari  taqqoslanadi.  Shuni 
takidlash  joizki,  Xitoyda  56  ta  millat  mavjud 
bo‗lib, ushbu maqolada xan millatiga mansub 
milliy folklorning jihatlari va o‗ziga xosliklari 
tanishtirib  o‗tiladi,  130  dan  ortiq  millat 
yashovchi  O‗zbekistonda  o‗zbek  millati 
aholining  80%  ini  tashkil  etadi,  shu  sababli 
maqolada  asosan  o‗zbek  millati  haqida  so‗z 
boradi. 

1.

 

Milliy taomlar. 

Xitoy  xan  millati  taomlaridagi  o„ziga 

xosliklar. 

Xitoy  folklorida  ―Xalq  uchun  eng 

muhimi 

ovqat‖ 

tushunchasi 

muhim 

ahamiyatga  ega,  shu  sababli  oziq-ovqatlar 
folklori  folklor  madaniyatidagi  muhimdan 
muhim  mazmunga  aylandi  va  shuning  uchun 
Xitoy oziq-ovqatlar mamlakatiga aylandi. 

Birinchi  o‗ziga  xoslik:  Xitoy  xan 

millatining  an‘anaviy  iste‘moldagi  oziq-
ovqatlarining 

asosini 

o‗simliklardan 

olinadigan  mahsulotlar  tashkil  qiladi.  Asosiy 
taomi 

besh 

turdagi 

don 

mahsulotlari, 

sabzavotlar qo‗shimcha taom sifatida qaraladi 
va  bulardan  tashqari  kam  miqdorda  go‗shtli 
taomlar  iste‘mol  qilinadi.  Bunday  odatning 
yuzaga kelishiga asosiy sabab Xitoy markaziy 
tekislik 

hududlarida 

qishloq 

xo‗jaligi 

mahsulotlarini  yetishtirishga  ixtisoslashgan 
iqtisodiyot 

yo‗nalishining 

asosiy 

o‗rin 

tutishidadir.  Guruchli  va  xamirli  taomlar  xan 
millati  asosiy  yeguligining  ikki  katta  turini 
tashkil  etadi.  Janub  va  shimoldagi  sholi 
yetishtiruvchi  hududlarda  guruch  iste‘mol 
qilinsa,  g‗alla  yetishtiruvchi  hududlarda 
undan  tayyorlangan  taomlar  asosiy  yegulik 
o‗rnida 

turadi. 

Asosiy 

taomlarning 

tayyorlanish  uslubi  turlicha  bo‗lib,  guruchli 
taomlar:  bug‗da  pishirilgan  guruch,  guruchli 
pirog, 

guruchli 

bo‗tqa, 

guruchli 

bo‗g‗irsoqchalar,  guruchli  ugra,  guruchli 
yumaloqchalardan  sho‗rva,  zongzi  kabilar. 
Bug‗doy  unidan  tayyorlanadigan  taomlar: 


background image

Хорижий филология  

№3, 2020 йил 

 

 

45 

bug‗da  pishirilgan  non,  manti,  ugra,  yupqa 
non, 

bo‗g‗irsoq, 

chuchvara 

kabilar. 

Xomashyo  yetishtirish  joylarining  o‗ziga 
xosligi,  mahalliy  hayot  muhiti  va  insonlar 
ta‘bi,  turli  joylardagi  tayyorlash  usullari, 
shuningdek 

ziravorlar, 

pichoq 

ishlatish, 

olovni  boshqarish,  mahsulotlar  meyorini 
bilish,  pishirish  san‘atidagi  turli  talab  va 
o‗ziga xosliklar kabi omillarning ta‘siri tufayli 
xan  millatining  oziq-ovqat  urf-odatlarida 
ko‗plab 

turdagi 

taom 

yo‗nalishlari 

shakllangan.  Shular  ichida  eng  ko‗zga 
ko‗ringan  va  jamiyatda  tan  olingan  Lu, 
Chuan,  Su,  Yue,  Min,  Dje,  Siang,  Hui  kabi 
taom  yo‗nalishlari  odamlar  tomonidan 
―Sakkizta  katta  taom  yo‗nalishi‖  deb  ham 
yuritiladi. 

Ikkinchi  o‗ziga  xoslik:  sharob  va  choy 

xan  millati  vakillarining  ikki  katta  ichimligi. 
Xitoy  sharob  va  choyning  vatani,  xitoy 
xalqining  5000  yillik  tarixi  davomida  sharob 
va  choy  muhim  o‗rin  egallab  kelmoqda. 
Xitoyda sharobning turi ko‗p: oq sharob, sariq 
sharob,  pivo,  vino,  dorivor  sharob  kabi. 
Xitoyda  oq  sharobning  mashhurlik  darajasi 
eng  yuqori,  uning  asosiy  xomashyolari 
gaolyan, jo‗xori, sholi, bug‗doy kabilar bo‗lib, 
shulardan  gaoling  eng  yaxshi  xomashyo 
hisoblanadi. 

Oq 

sharoblar 

ichida 

eng 

mashhuri  ―Yurt  sharobi‖  deb  nom  olgan 
Maotay  sharobidir.  U  tabiiy  toza  sharob 
iforiga ega bo‗lib, ―Sharoblar marvaridi‖ deb 
e‘  tirof  etiladi.  Xitoy  dunyodagi  choyni  eng 
erta 

kashf 

etib 

yetishtirgan 

mamlakat 

hisoblanadi.  Xitoyda  juda  ko‗p  mashhur 
choylar  bo‗lib,  ularni  oltita  katta  guruhga 
ajratish  mumkin:  ko‗k  choy,  qizil  choy,  oq 
choy,  Ulong  choyi,  sariq  choy  va  qora  choy. 
Turli  hududlarda  yashovchi  xanlarning  choy 
ichish  odatlarida  ham  tafovut  mavjud  bo‗lib, 
eng  ko‗p  uchraydigani  to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
damlab ichishdir. 

Uchinchi  o‗ziga  xoslik:  taomlanish 

usuliga  ko‗ra  xanlarning  o‗ziga  xosligi 
jamlanishda.  Bu  esa  xanlar  qarindosh-
urug‗chilik  aloqalarini  qadrlash  qadriyatlari 
taomlanishda o‗z aksini topganidan dalolat. 

To‗rtinchi  o‗ziga  xoslik:  taomlanish 

anjomlariga ko‗ra xanlarning eng katta o‗ziga 
xosligi 

tayoqchalardan 

foydalanishidir. 

―Ahloq haqidagi bitiklar‖dayoq ―ovqat yeyish 

tayoqchasiz imkonsiz‖ deya yozib qoldirilgan. 
Bundan ko‗rinadiki, kamida In Shan sulolalari 
davrida 

xanlar 

tayoqcha 

yordamida 

ovqatlanishga o‗tishgan. 

O„zbekistonning 

o„zbek 

millati 

taomlaridagi o„ziga xosliklar. 

Markaziy  Osiyodagi  iqtisodiyotining 

asosiy  tayanchi  dehqonchilik  bo‗lgan  turkiy 
xalqlarning  oziq-ovqat  madaniyati  juda  boy 
va  rang-barang.  O‗zbek  millati  uzoq  asrlar 
davomida o‗troq hayot tarzida yashab kelgan. 
Shu  sababdan  haligacha  mol,  qo‗y  go‗shti 
kabi  go‗shtli  taomlarni  yaxshi  ko‗rishiga 
qaramasdan,  kundalik  uch  mahal  ovqatining 
asosini  xamir  ovqatlar,  guruch,  sut  va  choy 
tashkil etadi. Non va choy kundalik hayotning 
ajralmas  qismi  bo‗lib,  poliz  mevalari  va 
mevalar  ovqatdan  oldin  va  keyin  yengil 
tamaddi  sifatida  iste‘mol  qilinadi.  Palov 
o‗zbek  xalqi  eng  sevib  iste‘mol  qiladigan 
taom hisoblanib, uni deyarli hamma o‗zbeklar 
tayyorlay  oladi.  Suyuq  ovqatlar  ham  o‗zbek 
oziq-ovqat  madaniyatida  muhim  o‗rin  tutadi 
va  suyuq  ovqatlar  ichida  eng  mashhuri 
mastavadir. 

O‗zbek 

xalqi 

shirinliklar 

tayyorlashga juda usta. Ayniqsa, bug‗doy uni, 
qand 

va 

yong‗oqdan 

tayyorlanadigan 

holvaning 50 dan ortiq turi mavjud. 

Xan  va  o„zbek  millati  milliy  oziq-

ovqatlarini taqqoslash. 

O‗xshash jihatlari: 
1)

 

Har  ikki  joy  aholisi  choy,  sharob 

ichishni yaxshi ko‗radi. Xanlar odatda choyga 
boshqa  narsa  aralashtirmay  o‗zini  ichishadi. 
Birgina  choyning  o‗zidan  kelib  chiqib 
aytganda,  pekinliklar  gul  choy,  Jiang,  Je, 
Shanxay  kabi  hududda  yashovchilar  ko‗k 
choy, fujianliklar qora choy va ulong choyini 
ichishni  xush  ko‗rishadi.  O‗zbekistondagi 
o‗zbek kabi millatlar asosan preslangan choy, 
qora  choy  ichishadi.  Choy  ichish  vaqtida 
quruq  meva,  shirinlik  va  pishiriqlar  iste‘mol 
qilishadi. 

Sharob  ichish  xanlarda  odamlar  orasida 

iliq  aloqalar  o‗rnatishning  muhim  usulidir. 
Xitoyda  oq  sharob  va  pivo  ko‗p  iste‘mol 
qilinadi.  

2)

 

Xanlar  ham  o‗zbeklar  ham  guruch 

iste‘mol qilishni yoqtirishadi. Xanlar guruch,  

tariq, 

yopishqoq 

guruch 

kabilarni 

yeyishni  yoqtirsa,  o‗zbeklar  guruchdan 


background image

Хорижий филология  

№3, 2020 йил 

 

 

46 

tayyorlanadigan  palov  yeyishni  yoqtiradi, 
lekin  bug‗da  pishgan  oq  guruch  yeyishni 
yoqtirishmaydi. 

3)

 

Xanlar  ham,  o‗zbeklar  ham  xamir 

ovqatlarni yaxshi ko‗rishadi. Xitoydagi eng  

ommabop 

xamir 

ovqatlar 

bug‗da 

pishgan  non,  manti,  ugra,  yupqa  kabilar 
bo‗lsa,  O‗zbekistonda  eng  ommabop  undan 
tayyorlangan  yegulik  hech  shubhasiz  nondir. 
Non  shakli  tayyor  holga  keltirilgach  uni 
maxsus  non  pishirish  uchun  ishlatiladigan 
qurilma, 

ya‘ni 

tandirga 

yopishtirilib 

pishiriladi.  Tandir  odatda  qo‗y  yungi  va 
loydan  yasaladi,  balandligi  bir  metr  atrofida, 
qorni  katta  og‗zi  kichik,  shakli  yotqizib 
qo‗yilgan  katta  xumni  eslatadi.  Tub  qismi 
olov  yoqishga  moslashtiriladi,  to‗rt  tomoni 
g‗isht  terib  qotirilib,  novvoy  non  yopishi 
uchun  qulay  qilib  quriladi,  pastki  qismida 
havo aylanishi uchun tuynukcha qoldiriladi. 

  Farqlar: 
1)

 

Ovqatlanish  anjomlari  farq  qiladi. 

Xanlar 

ovqat 

yeyish 

uchun 

tayoqcha 

ishlatishadi. O‗zbekistonda to‗y-marosimlarda 
pichoq, 

sanchqi 

ishlatilishidan 

boshqa 

hollarda ovqatlanish vaqtida qoshiq ishlatiladi 
yoki  o‗ng  qo‗l  yordamida  hech  qanday 
anjomlarsiz  tanovvul  qilinadi.  Islom  dini 
ta‘limotiga  ko‗ra  taomni  faqat  o‗ng  qo‗l 
yordamida  og‗izga  solinadi  va  ovqatlanib 
bo‗lingach  ikki  qo‗lni  ochib  duo  qilinadi. 
Xanlarda bunday qoidalar mavjud emas. 

2)

 

Asosiy  oziq-ovqat  mahsulotlari  va 

taomlar farq qiladi. Xanlarning iste‘mol qila-  

digan  asosiy  mahsulotlar  bug‗doy, 

sholiga  asoslangan  uglevodli  birikmalar 
bo‗lsa, 

o‗zbeklarning 

asosiy 

iste‘mol 

mahsuloti  go‗shtli  mahsulotlar  hisoblanadi. 
Xanlarning  taomnomalarida  sabzavotlar  ko‗p 
o‗rin  egallagan,  chunki  Xitoyda  sabzavot 
turlari  juda  ko‗p.  Markaziy  Osiyo  hududi 
landshaft  va  iqlim  jihatidan  imkoniyatlari 
chegaralanganligi  tufayli  sabzavot  turlari 
nisbatan  kamroq,  shu  sababdan  sabzavotlar 
o‗zbekistonliklar 

dasturxonining 

asosini 

tashkil  qilmaydi.  O‗zbekiston  aholisining 
asosiy  qismi  islom  diniga  e‘tiqod  qilgani 
sababli  go‗sht  mahsulotlari  ichida  cho‗chqa 
go‗shti,  eshak  go‗shti,  it  go‗shti,  o‗zi  o‗lgan 
hayvonlar  go‗shti,  qon  va  yirtqich  hayvonlar 
go‗shtini 

iste‘mol 

qilishmaydi, 

ammo 

xanlarda  deyarli  hamma  turdagi  go‗sht  va 
go‗sht  mahsulotlarini  iste‘mol  qilishda  ta‘qiq 
yo‗q. 

3)

 

Taom  tayyorlash  usullari  farq  qiladi. 

Xan millati ovqat pishirishda juda keng va  

ko‗p  qirrali  madaniyatga  ega  bo‗lib, 

taom  tayyorlashda  asosan  qovurish,  yog‗da 
qovurish,  qayla  bilan  qovurish,  qovurib 
dimlash,  qaynatish, 

bug‗lash,  dudlash, 

dimlash,  yog‗da  qaynatish,  katta  olovda  tez 
qovurib 

olish, 

kichik 

olovda 

dimlash, 

cho‗g‗da pishirish, pechda pishirish, qiyomda 
pishirish  kabi  20  ga  yaqin  usullardan 
foydalanadi,  O‗zbekistondagi  turli  millatlar 
taom  tayyorlash  usullari  nisbatan  sodda, 
asosan qovurish, qaynatish, dimlash kabi. 

2.

 

Milliy liboslar. 

Xan  millati  liboslaridagi  o„ziga 

xosliklar. 

Qadimgi  Xitoy  an‘anaviy  libosi  to‗rt 

qismdan  iborat:  bosh  kiyimi,  ust  kiyim,  oyoq 
kiyimi  va  taqinchoqlar.  Bosh  kiyim,  ya‘ni 
boshga  taqiladigan  aksesuarlar.  Qadimda  xan 
millatining  voyaga  yetganlik  taomiliga  ko‗ra 
yigitlarga  bosh  kiyimi  kiydirilgan,  qizlarning 
boshiga  taqinchoq  taqilgan.  Bundan  ko‗rish 
mumkinki, 

bosh 

kiyim 

xan 

millati 

madaniyatida  muhim  ahamiyatga  ega.  Xitoy 
ust  va  bosh  kiyim  kiyuvchilar  mamlakati 
o‗laroq  har  doim  bosh  va  ust  kiyimga  katta 
e‘tibor  berilgan,  ust  va  bosh  kiyimlar 
odamlarning ijtimoiy darajasiga mos ravishda 
bo‗lgan. Qadimda erkak kishi yigirma yoshga 
kirgach,  voyaga  yetganlik  belgisi  sifatida 
o‗qimishlilar  bosh  kiyim  kiysa,  avom  xalq 
vakillari 

ro‗mol 

o‗ragan. 

Qadimgi 

odamlarning fikriga ko‗ra, bosh va ustki libos 
kiyish  kiyinish  odobining  to‗liq  ko‗rinishi 
bo‗lib,  ust  kiyim  kiyib  bosh  kiyim  kiymaslik 
ahloqsizlikning 

eng 

yuqori 

darajasi 

hisoblangan. Faqat gunohidan o‗tishni so‗rash 
vaqtida  bosh  kiyimni  yechib,  yalang  oyoqda 
borishgan.  Ust  kiyimi(tana  kiyimi)  nomidan 
ham  ko‗rinib  turganidek,  tanani  to‗liq 
berkitadigan  libos  bo‗lib,  tikilish  usuliga 
ko‗ra  ikki  turga  ajratish  mumkin:  beldan 
yuqori  va  beldan  past  qismga  kiyiladigan 
hamda  beldan  yuqori  va  beldan  past  qismi 
ulanib tikiladigan. Oyoq kiyim,  ya‘ni oyoqqa 
kiyiladigan  kiyim.  Qadimgi  odamlar  yalang 
oyoqda  yurishni  ham  ahloqsizlik  ko‗rinishi 


background image

Хорижий филология  

№3, 2020 йил 

 

 

47 

deb bilishgan. Taqinchoqlar deb tanaga bezak 
sifatida 

taqiladigan 

narsalarga 

aytiladi. 

Qadimda  keng  tarqalgan  taqinchoqlarga 
nefrit,  dur,  qilich,  xushbo‗y  moddalar 
solingan 

xaltacha, 

boshga 

taqiladigan 

taqinchoqlar,  sirg‗a,  bilakuzuk  kabilar  misol 
bo‗la oladi.  

1912-yilda 

Xitoy 

Respublikasi 

hukumati  ―Kiyinish  normalari‖  haqidagi 
qonunni  qabul  qildi,  unga  ko‗ra  yevropacha 
frak  va  silindrsimon  shlyapa  Xitoyning 
bayramona  kiyimi,  g‗arbcha  kostyum  esa 
rasmiy  kiyim  etib  belgilandi.  Bu  Xitoyning 
birinchi  marta  g‗arb  uslubidagi  liboslarning 
jamiyatdagi  o‗rnini  qonun  orqali  belgilashi 
bo‗ldi.  Shundan  so‗ng  Xitoy  boshdan  oyoq 
g‗arbcha  kiyinish  an‘analarini  o‗zlashtira 
boshladi.  1919-yili  Sun  Yatsen  harbiy 
formadan  andaza  olgan  holda  kundalik 
kiyiladigan kiyim yaratishni iltomos qildi. Bu 
libos  Xitoy  milliy  libosi  va  g‗arb  kostyum-
shimining  qulayliklarini  o‗zida  mujassam 
etgan  ―sunyatsencha  libosdir‖.  1949-yilda 
Yangi 

Xitoy 

davlati 

tashkil 

topgach, 

sunyatsencha  libos  bilan  bir  qatorda  old 
etagida  ikkita  tugmasi  bor  libos  ham  urf 
bo‗lib,  ayol-u  erkak  birday  kiyadigan  bo‗ldi. 
20-asrning  80-yillariga  kelib  Xitoy  islohotlar 
va  ochilish  siyosatini  yuritishi  natijasida 
iqtisodiyot  rivojlana  boshladi,  odamlarning 
ongi  ochila  boshladi  va  turli  joylarda  g‗arb 
liboslari,  kurtkalar,  plashlar,  sport  kiyimlari, 
jinsi  kiyimlar  urf  bo‗la  boshladi.  Ayniqsa 
yosh  qizlar  kiyimlarining  yangicha  xilma-xil 
turlari  paydo  bo‗ldi.  Bir  so‗z  bilan  aytganda, 
ming 

yillar 

davomida 

xan 

millatining 

kiyimlarining  umumiy  uslubi  yengillik  va 
soddalikka asoslangan. Xan millatiga mansub 
qadimgi  uzun  chopon  bu  uslubni  o‗zida  eng 
yaxshi  aks  ettirgan  kiyim  hisoblanadi. 
Chopon, 

uning 

beli 

va 

uning 

yengi 

kengligi,bunday  kiyimning  asosiy  o‗ziga 
xosligi  bo‗lib,  xan  millatining  yumshoq, 
xotirjam  milliy  xarakterini  hamda  tabiatidagi 
oddiylik,  bosiqlik,  xushmuomalalikni  o‗zida 
to‗liq mujassam etgan. 

O„zbekistonning  o„zbek  millati  milliy 

liboslaridagi o„ziga xosliklar. 

Markaziy  Osiyoning  o‗troq  aholisi 

liboslari ham boy madaniy  an‘analarni o‗zida 
aks  ettiradi.  O‗zbekistonning  shaharlarida 

ko‗pchilik  odamlar  zamon  bilan  hamnafas 
holda  yevropacha  kiyim  kiyishadi,  ammo, 
qishloq  joylarida  hali  ham  o‗zbek  milliy 
kiyimlari  kiyish  an‘anasi  saqlab  qolingan. 
O‗zbek 

erkaklarining 

kundalik 

kiyimi 

―ko‗ylak‖, Toshkent va Farg‗ona hududlarida 
yashovchi  aholi  orasida  uzun,  oldi  ochiq 
―yaktak‖  kiyish  urf  bo‗lgan.  Erkaklar  milliy 
kiyimlaridan  yana  biri  ―chopon‖,  chopon 
naqshlar  bilan  bezatiladi,  unda  tugmalar 
bo‗lmaydi,  ko‗krak  qismiga  yaqin  joyda 
bog‗ichlari bo‗ladi, yil fasllaridan kelib chiqib 
choponnning  yupqa,  yengil,  astarsiz  turlarini 
ham  uchratish  mumkin.  Erkaklar  uylanish 
vaqtida tillarang iplar bilan bezatilgan chopon 
va  tillarang  yoki  kumushrang  iplar  bilan 
beztilgan  salla  kiyishadi.  Erkaklar  bellariga 
belbog‗ bog‗lab boshlariga do‗ppi kiyishi ham 
o‗zbek 

millatining 

kundalik 

kiyinish 

uslublaridan  hisoblanadi.  O‗zbekiston  xotin-
qizlarining  an‘anaviy  libosi  uzun  ko‗ylak  va 
lozim  bo‗lib,  ko‗ylak  toza  ipak  va  atlasdan 
tikiladi. Lozim ayollar kiyimlarining ajralmas 
qismi  hisoblanadi,  lozimning  yuqori  qismi 
keng, past qismi tor bo‗lib, ko‗ylak bilan mos 
ravishda  tikiladi.Ayollar  ust  kiyimi  ham 
erkaklarniki  kabi  uzun  chopon  bo‗lib 
―mursak‖  deb  nomlanadi.  An‘analarga  ko‗ra, 
barcha  o‗zbek  ayollari  tilla  va  kumush 
taqinchoqlar,  tabiiy  toshlar  bilan  bezatilgan 
uzuk  va  halqalar  taqishadi.  Bundan  tashqari, 
o‗zbeklar tilla tish qo‗yishni yoqtirishadi, tilla 
tishlar soni badavlatlik belgisi hisoblanadi. 

Xan  va  o„zbek  millati 

milliy 

liboslarini taqqoslash. 

  O‗xshash tomonlari: 
1)

 

Har  ikki  millatda  bosh  kiyim  kiyish 

odati bor. 

Xan  va  o‗zbek  millati  milliy  liboslarini 

solishtirganda, har ikki millat bosh kiyimlarga 
katta ahamiyat berishi va uzun kiyim kiyishni 
yaxshi  ko‗rishini  ko‗rish  mumkin.Misol 
uchun,  qadimgi  xan  erkaklari  balog‗atga 
yetganda  bosh  kiyim  kiydirish  marosimi 
o‗tkazilsa,  ayollar  balog‗atga  yetganda 
boshiga  taqinchoq  taqilgan.  O‗zbek  millati 
islom  diniga  e‘tiqod  qiladi,  an‘anaviy  dinlar 
soch  oldirib  yalang  bosh  yurishni  taqiqlaydi 
va shu tufayli deyarli barcha o‗zbeklarda bosh 
kiyim kiyish odati bor. 

2)

 

Har 

ikkisida 

ijtimoiy 

mavqe 


background image

Хорижий филология  

№3, 2020 йил 

 

 

48 

ko‗rsatkichi mavjud. 

  Har  ikki  millatning  milliy  liboslari 

orqali  libos  egasining  ijtimoiy  mavqeyini 
bilish mumkin. Masalan, xan millatining bosh 
kiyimini  olsak,  toj  yoki  bosh  kiyim  kiyish 
azaldan  ziyolilarning  imtiyozi  hisoblanib, 
faqatgina  zodagonlar  yoki  yuqori  tabaqa 
vakillari  doirasiga  kirgan.  Quyi  tabaqa 
vakillari  esa  faqat  ro‗molga  o‗xshash  mato 
bilan  boshini  o‗rab  yurishi  mumkin  bo‗lgan, 
xolos.  Xitoy  tilidagi  ―baland  toj  va  keng 
kamar‖  iborasi  hokimiyat  boshqaruvida 
bo‗lgan  amaldorlar  sinfiga  ishora  qiladi.  Xan 
sulolasi  oxirida  ziyoli  va  harbiylar  ro‗mol 
o‗rashi  urf  bo‗lgan,  Tang  sulolasi  davrida 
salla  o‗ylab  topilgan,  Ming  sulolasi  davrida 
boshga  yuqa  qora  ipak  mato  o‗rash  xizmat 
kiyimining  bir  qismi  hisoblangan  va  odatda 
bu  qora  matodan  bo‗lgan  mato  bosh  kiyim 
deb  yuritilgan,  hozirgi  kungacha  odamlar 
amaldorlarni  shu  atama  bilan  chaqirishga 
odatlanib  qolishgan.  Bu  bosh  kiyimni  oddiy 
odam  kiyishi  mumkin  bo‗lmagan.  Xan 
millatining  qadimgi  liboslarining  rangi  ham 
tabaqalarga ajratilgan: sariq rang imperatorga, 
tillarang,  qizil  va  binafsha  rang  amaldor  va 
yuqori  tabaqa  vakillariga,  havorang,  qora  va 
oq  oddiy  xalq  vakillariga  tegishli  bo‗lib, 
oddiy  odamlar  rangli  kiyim  kiyishi  mumkin 
bo‗lmagan. 

Boy  o‗zbek  oyilalarida  to‗n  va  sallalar 

tillarang  iplar  bilan  bezatilgan,  hatto  oyoq 
kiyimlarda  ham  tillarang  naqshlar  bo‗lgan. 
Shuning uchun kiyim matosining sifati, kiyim 
bezaklaridan kiyim  egasining ijtimoiy o‗rnini 
aniqlash mumkin bo‗lgan. 

3)

 

Kiyim matolari o‗xshash.  

Xan  va  o‗zbek  millati  vakillari  o‗troq 

hayot kechiruvchi bo‗lganligi sababli, odatda, 
oddiy  gazlama  va  ipak  gazlamalardan  kiyim 
tikishgan. 

Farqlar: 
1)

 

Libosdagi  taqiqlardagi  farq.  Xan 

millati liboslarining rang, kiyish uslubi, turi  

kabilardagi  taqiqlar:  oq  va  qora  ranglar 

―noxush rang‖ hisoblangan, boshdan oyoq oq 
kiyish,  erkaklar  yashil  ro‗mol  o‗rashi  yoki 
yashil bosh kiyim kiyish, o‗g‗il va qizlar qizil, 
sariq,  yashil  kabi  yorqin  ranglar  kiyishi 
taqiqlangan.  Xitoyning  aksar  joylarida  ayol-u 
erkak,  yosh-u  qari  kiyimining  tag  qismi 

so‗kilmagan  bo‗lishi  kerak  bo‗lgan,  chunki 
odamlar so‗kilgan kiyim motam kiyimi, kulfat 
olib  keladi  deb  ishonishgan.  Ba‘zi  joylarda 
erkak kishi quritish uchun ilib qo‗yilgan ayol 
kiyimi tagidan o‗tishi mumkin bo‗lmagan, bu 
erkak  kishiga  omadsizlik  keltiradi  deb 
hisoblashgan. 

Markaziy  Osiyo  islom  ta‘limoti  ta‘siri 

kuchli  bo‗lgan  hudud,  o‗zbek  ayollari  kalta 
yengli  kalta  kiyim  kiyishi  mumkin  emas. 
Liboslarga 

inson 

va 

hayvon 

suratlari 

tushirilishi  taqiqlangan  va  odatda  gul  yoki 
arab  harflari  tushirilgan,  bu  islomda  shaxs 
yoki  narsaga  sig‗inish  taqiqlanganligi  bilan 
bog‗liq natija hisoblanadi. 

2)

 

Dekorativ  naqshlardagi  farq.  Bu 

turli millatlarning madaniy o‗tmishi bilan  

belgilanadi.  Masalan,  ajdar  va  qaqnus 

surati  tushirilgan  kiyim  qadimgi  xitoyda 
imperatorga 

tegishli 

bo‗lgan. 

Harbiy 

amaldorlar  kiyimlariga  ham  sher,  karkidon 
kabi turli hayvonlar surati tushirilgan. Ammo, 
o‗zbek  millatiga  kelsak,  kiyimga  hayvon 
suratini  tushirish  taqiqlangan  va  bu  islom 
ta‘limotining ta‘siri bilan bog‗liq. 

3.

 

Milliy me‟morchilik. 

Xan  millati  milliy  me‟morchiligining 

o„ziga xosligi. 

Xitoy  chegarasi  keng,  uzoq  tarixga  ega 

davlat bo‗lib, 7000 yildan ortiq me‘morchilik 
tarixiga  ega.  Xitoyning  turli  joylaridagi  xan 
millatiga  mansub  me‘moriy  obidalar  qurilish 
uslubi  va  tuzilishiga  ko‗ra  bir-biriga  yaqin 
bo‗lib,  katta  qismi  yog‗ochdan  ishlangan  bir 
qavatli binolar, ko‗p qavatlilari nisbatan kam. 
Bu xan millatining umumiy milliy madaniyati 
va  me‘morchilik  odati  bilan  belgilanadi. 
Ammo, joylashgan o‗rnining tabiiy muhiti va 
iqlimidagi  farqga  ko‗ra,  turli  joylardagi  xan 
millati binolari bino qurishdagi xom-ashyolar, 
bezak  ranglari,  tuzilishi  kabi  jihatlarda  bir-
biridan farq qilgan. Shu tariqa har biri o‗ziga 
xos bo‗lgan hayot tarzi shakllangan, bulardan 
Pekinning  ―Sihiyuan‖i  (to‗rt  tomoni  bino  va 
o‗rtasi  hovlili  uy)  va  shimoli-g‗arbiy 
hududlardagi  ―Yaodong‖  (g‗or  uylar)  kabilar 
o‗ziga xosligi bilan ajralib turadi. 

Sihiyuan  deb  to‗rt  tomoni  uy  bilan 

o‗ralgan  hovli  uy,  Pekin  sihiyuani  odatda 
o‗zaro  mutanosiblikka  ega  shimoliy,  janubiy, 
sharqiy  va  g‗arbiy  tomon  xonalaridan  iborat 


background image

Хорижий филология  

№3, 2020 йил 

 

 

49 

bo‗ladi.  An‘anaviy  sihiyuan  odatda  ichki  va 
tashqi  hovliga  bo‗linadi,  ikkinchi  darvoza 
ya‘ni  ―ichki darvoza‖ bilan tutashadi.  Ichkari 
hovlida  odatda  uy  egalari  hayot  kechirib, 
begonalar 

kirishi 

mumkin 

bo‗lmaydi. 

Sihiyuanning asosiy binosi va g‗arbiy, sharqiy 
binolar  orasida  odamlar  harakatlanishi,  dam 
olib  o‗tirish,  hovli  ichidagi  manzaralardan 
bahramand  bo‗lish  uchun  yo‗lak  va  o‗rindiq 
kabilar  bo‗ladi.  Ba‘zi  sihiyuanlarning  eng 
ichkari  qismida  hali  turmushga  chiqmagan 
qizlar  hayot  kechirishi  uchun  ham  maxsus 
xonalar ajratilgan. 

Yaodong  –  Sariq  tuproq  platosidagi 

inshoot 

bo‗lib, 

Shimoliy 

Shansi 

provinsiyasidagi 

dehqonlar 

ramzidir. 

Yaodong  ya‘ni,  g‗or  uy  loyli  g‗or,  g‗ishtli 
g‗or  va  toshli  g‗orga  bo‗linadi.  Yaodong 
odatda  janubga  qaragan  qiyalikda,  quyoshga 
va  keng  daraxtsiz  mintaqaga  qaragan  holda, 
hayot  kechirishga  mos  tarzda  quriladi. 
Yaodong ichkarisining bir tomonida qozon va 
o‗choq  joylashadi,  kanning  (yotoq  pech)  bir 
tomoni o‗choqqa ulangan bo‗ladi. O‗choqning 
mo‗risi  yotoq  pechning  tagidan  o‗tganligi 
sababli  qishda  yotoq  pechning  usti  juda  issiq 
bo‗ladi. Yotoq pechning uch devoriga odatda 
surat  tushirilgan  qog‗ozlar  yoki  devoriy 
suratlar  yopishtirilgan  bo‗ladi  va  Shimoliy 
Shanxiliklar  uni  ―kan  devori‖  deb  atashadi. 
Bunday  kan  devorlari  foydali  bezak  bo‗lib, 
kanning  dag‗al  devori  va  to‗shak  bir  biriga 
tegishidan  himoya  va  tozalikni  saqlab 
turuvchi vosita bo‗lib xizmat qiladi. Uy ichki 
ko‗rinishini  ko‗rkamlashtirish  maqsadida 
ko‗pchilik  kan  devoriga  surat  tushiradi. 
Yaodongning  uch  katta  afzalligi  mavjud: 
birinchidan  juda  baquvvat,  bir  necha  yuz, 
ming  yillar  davomida  buzilmay  saqlanishi 
mumkin; 

ikkinchidan 

g‗orda 

yashash 

odamning umrini uzaytiradi, bunga sabab g‗or 
ichidagi  harorat  va  namlik  nisbatan  barqaror; 
uchinchidan  g‗or  tomining  qalinligi  ikki 
metrdan  ziyod  va  bu  g‗or  ichi  qishda  issiq, 
yozda salqin bo‗lishini ta‘minlaydi. 

O‗zbekistonning 

o‗zbek 

millati 

me‘morchiligining o‗ziga xosligi. 

Markaziy 

Osiyo 

millatlari 

milliy 

me‘morchiligini,  ko‗chmanchi  yoki  o‗troq 
millatligiga  ko‗ra  ikki  katta  guruhga  ajratish 
mukin.  Qozoq,  qirg‗iz  kabi  ko‗chmanchi 

millatlar  o‗tovda,  o‗zbek,  tojik  kabi  o‗troq 
millatlar  esa  g‗ishtli  yoki  loyli  uylarda 
yashashadi. 

O‗zbeklar  yashovchi  Markaziy  Osiyo 

daryolari  orasidagi  hududda  tosh  nisbatan 
kam, shu tufayli qurilish materiallarining ko‗p 
qismi  yerdan  olinadi.  Uyning  asosiy  qismi 
mahalliy  hududlardan  olingan  tuproqdan 
yasalib,  quritilgan  g‗isht  yoki  to‗g‗ridan-
to‗g‗ri 

pishitilgan 

loydan 

tiklanadi.Uy 

xonalari odatda poydevorsiz to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
yerdan  ko‗tarilgan.  Xonaning  ichkarisidagi 
yer  qismiga  loy  g‗isht  terilgan  yoki  somon 
to‗shalgan  va  ustidan  gilam  to‗shalgan.  Ichki 
devorlariga  naqshinkor  qilib  o‗yma  tokchalar 
qilingan,  bu  tokchalar  ichida  har  xil  kundalik 
turmushda ishlatiladigan narsalar yoki idishlar 
saqlangan.  Hozirda  xonani  isitish  uchun 
deyarli  hamma  xonadonlarda  devoriy  pechlar 
mavjud,  o‗tmishda  esa  ko‗pincha  xonani 
isitish  uchun  sandallar  qilingan.  O‗zbeklar 
uylari  odatda  sharqqa  qaragan  bo‗ladi. 
Hovlining  oshxonaga  tutash  joyida  non 
yopish  uchun  tandir,  hovli  oxirida  hojatxona, 
hovli  devorining  bir  burchagida  og‗ilxona 
joylashadi.  Bunday  uylar  mahalliy  iqlimga 
juda  mos,  qishda  iliq  va  yozda  salqin,  shu 
bilan  birga  kamchiqim  hisoblanadi.  Odamlar 
yoz  faslida  vaqtlarini  ko‗proq  hovlida 
o‗tkazishsa,  qish  faslida  uy  ichidagi  pech 
hayotning  markaziy  qismiga  aylanadi,  pech 
yonida 

odamlar 

ovqatlanishadi, 

suhbat 

qurishadi,  mehmon  kutishadi  va  hatto  o‗sha 
yerda uxlashadi. 

Bir  so‗z  bilan  aytganda,  O‗zbekiston 

singari  Markaziy  Osiyo  hududidagi  binolar 
uslubi  turli  xil,  turli  hududlarda  turli 
zamonlarga  mansub  turli  uslubdagi  binolar 
mavjud.  Makedoniyalik  Aleksandr  Markaziy 
Osiyo  yerlarini  bosib  olgandan  so‗ng 
Markaziy 

Osiyo 

me‘morchiligi 

yunon 

madaniyatining  ba‘zi  unsurlarini  qabul  qila 
boshlagan, masalan, qurilishda sopol plitkalar, 
gumbazsimon 

eshik, 

tosh 

ustun, 

tosh 

haykallar, 

poydevorlardan 

foydalanish 

boshlangan.  Chor  Rossiyasi  O‗rta  Osiyoni 
zabt  etishidan  avval  O‗rta  Osiyo  shahar  va 
binolarida  islom  me‘moriy  uslubi  yaqqol 
namoyon bo‗lgan. Ko‗plab qadimiy shaharlar 
qurilishida  diniy  binolar  markaziy  o‗rin 
egallagan.  Chor  Rossiyasi  Markaziy  Osiyoni 


background image

Хорижий филология  

№3, 2020 йил 

 

 

50 

bosib  olgach  ko‗plab  yangi  shahar  va 
infrastrukturalar  qurdirgan,  hamda  mavjud 
qadimiy shaharlarga o‗zgartirishlar kiritgan va 
shu  bilan  bir  vaqtda  ko‗plab  rus  uslubiga 
mansub  va  turli  uslublar  uyg‗unligidagi 
binolar  qurdirgan.  Markaziy  Osiyo  davlatlari 
o‗z  mustaqilligini  qo‗lga  kiritgach,  har  bir 
millat  birin-ketin  o‗z  milliy  an‘analariga  xos 
madaniyatni 

qayta 

tiriltirishni 

boshladi. 

O‗zbeklar  ham  mustaqillik  yillarida  ko‗plab 
masjid, maqbara va madrasalarni ta‘mirlashdi 
va yangidan bunyod etishdi. 

Xan  va  o„zbek  millati 

milliy 

me‟morchiligini taqqoslash. 

O‗xshash tomonlari: 
1)

 

Xan 

va 

o‗zbek 

millati 

memorchiligining  har  ikkisi  o‗zida  feodal-
patriarxal  

tuzimini 

o‗zida 

mujassamlantiradi. 

Me‘morchilik  ko‗lami,  uslubi,  ishlatish 
materiallari, 

ichki 

bezaklari 

kabilarning 

barchasida  qat‘iy  feodal  iyerarxiya  mavjud, 
ma‘lum chegaralardan chiqish mumkin emas. 

2)

 

Me‘morchilik  materiallari  o‗xshash. 

Xan va o‗zbek o‗troq millatlari  

me‘morchilikda  odatda  g‗isht,  sement 

va yog‗ochdan foydalanishadi. 

Farqlar: 
Binoning  joylashuv  o‗rnini  belgilashda 

farq  bor.  Xan  millati  uy  qurish  uchun  joy 
tanlovida  ―Fenshuy‖ga  tayanadi.  Fenshuy  – 
xitoy  xalqining  uzoq  tarixga  ega  ta‘limoti 
bo‗lib, u tabiatning kuchi va koinotning katta 
magnit 

energiyasidir. 

Inson 

va 

tabiat 

uyg‗unligi  fenshuyning  asosiy 

g‗oyasi 

hisoblanadi.  Avval  boshda  fenshuy  asosan 
saroy,  turar-joy,  qishloq,  qabriston  kabilarga 
joy  tanlash,  qurilish  usullari  va  tamoyillari 
bilan  bog‗liq  bo‗lgan,  mos  joy  tanlash  uchun 
o‗ylab topilgan ta‘limot hisoblangan. Fenshuy 
nazariyasi  aslida  geofizika,  gidrogeologiya, 
munajjimlik, 

meteorologiya, 

atrof-muhit 

landshaftshunosligi,  arxitektura,  ekologiya 
hamda  inson  tanasi  hayoti  informatikasi  kabi 
ko‗p turdagi fanlarni o‗zida jamlagan aniq fan 
hisoblanadi.Uning  maqsadi  tabiiy  muhitni 
diqqat  bilan  o‗rganish,  tushunish,  tabiatdan 
foydalanish  va  o‗zgartirish,  yaxshi  yashash 
muhitini 

yaratishdan 

iborat.Fenshuy 

madaniyati  ta‘sirida  xan  millati  milliy 

me‘morchiligi  o‗ziga  xoslik  kasb  etdi. 
Masalan,  eshik  ostonasiga  yovuz  ruhlarga 
qarshi  deb  ishoniladigan  turli 

belgilar 

o‗rnatish,  darvozadan  hovliga  kirish  joyida 
bezak  devor  ko‗tarish,  eshikka  tumor 
yopishtirish kabi. 

O‗zbeklar  xonadoniga  faqat  bir  kirish 

orqali 

kirish 

mumkin. 

Ko‗chadan 

o‗tayotganlarning  nazari  to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
hovli  ichkarisiga  tushishining  oldini  olish 
maqsadida  darvoza  ichkarisiga  kichikroq 
to‗siq  devor  quriladi.  Bunday  to‗siq 
devorchalar  xan  millati  madaniyatida  ham 
uchraydi,  ammo,  o‗zbeklar  bu  devorni 
qurishdan ko‗zlagan maqsadi xanlardan ancha 
farq  qiladi.  O‗zbeklar  quradigan  bunday 
to‗siq 

devorchalarni 

xanlarniki 

bilan 

taqqoslaganimizda,  xanlar  bu  devorchani 
qurishda tashqaridagi odam hovli ichini ko‗ra 
olmasligidan  tashqari  boshqa  maqsadlarni 
ko‗zlaganini  ko‗rishimiz  mumkin.  Xanlarda 
bunday  devorchalar  ―Ingbi‖  yoki  ―Yovuz 
ruhdan  saqlovchi‖deb  nomlanadi.  Odamlar 
yovuz  ruhlar  darvozadan  kirgach  bu  to‗siq 
devorlardan  o‗ta  olmaydi  deb  ishonishgan  va 
shuning  uchun  shunday  devorlar  qurib 
o‗zlarini  har  xil  yovuzliklardan  saqlashga 
urinishgan.  Bu  himoya  devorlari  darvoza 
tashqarisidan  kiruvchi  kuchli  havo  oqimini 
to‗sishga  ham  xizmat  qiladi.  Fenshuy 
ta‘limotiga  ko‗ra,  tashqaridan  kiruvchi  havo 
oqimi to‗g‗ridan to‗g‗ri xonalar ichiga kirishi 
mumkin  emas,  baxtsizlik  keltirishi  mumkin, 
shu sababli darvoza va hovli o‗rtasida albatta 
to‗siq devori qurish kerak. 

Xullas,  Xitoy  va  O‗zbekiston  turli 

geografik 

va 

iqlim 

sharoitlarida 

joylashganligi,  har  biri  o‗z  hayot  tarzi,  urf-
odatlari  va  diniy  e‘tiqodlariga  egaligi 
tufayli,bu  ikki  davlat  xalqlarining  milliy 
taomlari, 

liboslari 

va 

me‘morchiligida 

o‗xshash  tomonlari  ham,  noo‗xshashliklar 
ham mavjud. Bunday o‗xshashlik va farqlarni 
chuqur  o‗rganish  orqali  ikki  davlat  xalqlari 
bir-birini  yaxshi  tanib  olishiga  sharoit 
yaratish,  shuningdek,  ikki  xalqning  ―Bir 
makon - bir yo‗l‖ tashabbusidagi hamkorligini 
yanada rivojlantirish mumkin bo‗ladi. 

 

 


background image

Хорижий филология  

№3, 2020 йил 

 

 

51 

 

Аdabiyotlar 

 

1

Robert E. Walls Folklife and Material Culture, in The Emergence of Folklore in Everyday 

Life:  A  Fieldguide  and  Sourcebook,  ed.  George  H.  Schoemaker,  Bloomington:  Treckster  Press, 
1989 г. 

2

. 王娟

编著

, 《 民俗学概

论》

, 北京大学出版社,

2002

 

3

. 王衍

军编著

, 《 中国民俗文化》 ,

暨南大学出版社

2011

 

4

. 吴宏

伟主编

, 《 新

丝路与中亚

——

亚民族传统社会结构与传统文化》

, 社会科学文献出版社,

2015

 

5

杨超著

, 《 中国民俗》 ,

时代文艺出版社

2009

 

6

钟敬文主编

, 《 民俗学概

论》

, 上海文

艺出版社

1998

 

 

У  Айжун.,  Лиу  Кун.  Сравнение  материального  фольклора  Китая  и  Узбекистана. 

Китай  и  Узбекистан  находятся  в  различных  географических  и  климатических  условиях, 
каждый из которых имеет свой образ жизни, традиции и религиозные убеждения. В связи с 
этим  в  каждом  из  народов  Китая  и  Узбекистана  сложился  своеобразный  материальный 
фольклор.  Статья  посвящена  сопоставлению  и  исследованию  материального  фольклора 
Китая  и  Узбекистана,  в  частности,  сопоставлению  различий  в  народной  архитектуре, 
народной одежде и народной еде между китайскими и узбекскими народами, чтобы помочь 
китайским и узбекским народам понять друг друга и способствовать взаимодействию двух 
народов в контексте инициативы ―Один пояс, один путь‖. 

 

U  Ayjun

., 

Liu  Kun.  Comparison  of  the material  folklore  of  China  and Uzbekistan. 

China 

and Uzbekistan are located in  different  geographic and climatic conditions,  each of  which has  its 
own  way  of  life,  traditions  and  religious  beliefs.  In  this  regard,  a  kind  of  material  folklore  has 
developed in each of the people of China and Uzbekistan. The article is devoted to the comparison 
and  study  of  the  material  folklore  of  China  and  Uzbekistan,  in  particular,  the  comparison  of 
differences  in  national  architecture,  national  clothes  and  national  food  between  the  Chinese  and 
Uzbek peoples, in order to help Chinese and Uzbek people to understand each other and promote 
interaction between two nations in the context of the initiative ―One line, one way‖.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Библиографические ссылки

Robert E. Walls Folklife and Material Culture, in The Emergence of Folklore in Everyday Life: A Fieldguide and Sourcebook, ed. George H. Schoemaker, Bloomington: Treckster Press, 1989 r.

ВЙЖ < И9Ж ..... 2002^

2011^

(«тадг-----2015^

ш . НТО2ЖЖ 2009^

« ЖЭДГ ; . ЖЖ 1998^

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов