Ранняя диагностика и лечение детей с гипертонической болезнью-гидроцефалией на фоне многолетних родов

CC BY f
92-95
44
6
Поделиться
Djurabekova , A., Utaganova , G., & Muhammadiev , R. (2022). Ранняя диагностика и лечение детей с гипертонической болезнью-гидроцефалией на фоне многолетних родов. Журнал гепато-гастроэнтерологических исследований, 2(3.2), 92–95. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/hepato-gastroenterological/article/view/2449
Aziza Djurabekova , Самарқанд давлат тиббиёт институти

Nevrologiya kafedrasi professori 

Guljahon Utaganova , Самарқанд давлат тиббиёт институти

Ph.D. Nevrologiya kafedrasi dotsenti 

Ravshanxon Muhammadiev , Самарқанд давлат тиббиёт институти

Nevrologiya kafedrasi magistri 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

По данным литературы, все травмы перинатального периода условно делят на гипоксически-ишемические (при которых недостатком кислорода в организме являются преимущественно структуры головного мозга), травматические и смешанного происхождения. В результате наиболее частым синдромом энцефалопатии является гипертензионно-гидроцефальный синдром, который проявляется увеличением спинномозговой жидкости и нарушением работы ликворных протоков. Гипертензионно-гидроцефальный синдром проявляется разрывом и отеком гортани, в ряде случаев - расхождением швов черепа, ригидностью мышц шеи.

Похожие статьи


background image

JOURNAL OF HEPATO-GASTROENTEROLOGY RESEARCH | ЖУРНАЛ ГЕПАТО-ГАСТРОЭНТЕРОЛОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ

№3,2 (том II) 2021

92

Djurabekova Aziza Tohirovna,

Nevrologiya kafedrasi professori

Samarqand davlat tibbiyot instituti

Utaganova Guljahon Xolmo‘minovna,

Ph.D. Nevrologiya kafedrasi dotsenti

Samarqand davlat tibbiyot instituti

Muhammadiev Ravshanxon To‘lqinxon,

Nevrologiya kafedrasi magistri

Samarqand davlat tibbiyot instituti

ORCID identifikatori https://orcid.org

/

UZOQ MUDATLI TUGRUQ FONIDA GIPERTANSİYON-GİDROSEFAL SINDROMLI BOLALARNI ERTA

DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH

ANNOTATSIYA

Adabiyotlarga ko'ra, perinatal davrning barcha shikastlanishlari shartli ravishda gipoksiko-ishemik (bu

organizmda kislorod yetishmasligi asosan miya strukturalariga), shikastlanish va aralash kelib chiqishga bo’linadi.

Natijada, ensefalopatiyaning eng ko’p uchraydigan sindromi gipertenzion-gidrosefal sindrom bo'lib, bu orqa miya

suyuqligi ko'payishi va liquor o’tkazuvchi yo'llarining buzilishi bilan namoyon bo’ladi. Gipertenzion-gidrosefal
sindromi liqildoqlarning buzilishi va shishishi, ayrim hollarda bosh suyagi choklarining ajralishi, ensa mushaklarining
rigidligi orqali namoyon bo'ladi.

Kalit so’zlar:

gipertansiyon, gidrosefal sindrom, bolalar

.Ko'p hollarda ota -onalarni titroq (iyak), yomon

uyqu, sababsiz yig’lash, qusish xavotirga soladi. Shu
bilan birga, bola psixomotor rivojlanishida orqada qoladi
(3, 4, 6). Bundan tashqari, yuqorida sanab o'tilgan barcha
klinik belgilar hayotning uchinchi yoki to'rtinchi oylarida
yuzaga chiqishi mumkin, bu esa tashxislashni va uning
sababini aniqlashni murakkablashtiradi. Chet ellik
mualliflar, ilmiy nashrlarda orqa miya suyuqligining
ishlab chiqarilishi va so'rilishi o'rtasidagi tafovut tufayli,
qorinchalar kengayishini "gidroksefaliya" deb atashni
afzal ko'rishadi. Muammoning terapevtik yondashuvi
bugungi kunda ham ochiq, chunki u patofiziologiyaning

barcha mexanizmlarini to’la ochib bera olmaydi.
Ko'pgina adabiy manbalarda minimal miya disfunktsiyasi
va jiddiy kortikal o'zgarishlar ko'rinishidagi uzoq
muddatli asoratlar tasvirlangan (5). Shunga ko'ra,
gipertenziv-gidrosefalik

sindromning

dastlabki

bosqichlarida diagnostika taktikasini ishlab chiqish va o'z
vaqtida davolash kasallikning rivojlanishini baholash
hamda oldini olishda ustuvor ahamiyatga ega. Ilk yoshli
bolalarda gipertenziv-gidrosefal sindromning dastlabki
davridagi klinik va diagnostik ma'lumotlarni solishtirish.

Tekshiruvga

2020-2021

yillar

mobaynida

SamMI

1-klinikasi

neonatologiya

va

bolalar

nevrologiyasi bo’limidagi perinatal ensefalopatiya
(postgipoksik va gipoksiko-travmatik etiologiyali) fonida
rivojlangan gipertenzion-gidrosefal sindrom(GGS)li 35ta

bola va nazorat guruhi uchun 20ta sog’lom bola olindi.
Bolalarning yoshi tug'ilganidan (0) 1 yoshgacha.
Tug'ilganda 1 -guruhning barcha bolalari og'ir akusherlik
anamneziga ega edi (katta homila, onaning funktsional

tor chanog’i, tug’ruq kuchlarining zaifligi, kindik o’ralib
qolishi, chanoq oldinda kelishi, homilaning ko'ndalang
joylashuvi va boshqalar). Odatda bolalar nevrolog

tomonidan

tekshiriladi. Asosiy

tekshirish

usullari

neyrosonografiya, ba'zi hollarda neyrovizualizatsiya (KT

/ MRT) edi. Bir qancha bolalarda bo’yin umurtqalari
rentgenografiyasi olindi. Subkranial va transkranial
darajadagi gemodinamikaning holatini baholash uchun
biz boshning magistral tomirlarini dupleks skanerdan
o'tkazdik. Qon tomir o'tkazuvchanligi, anomaliya

(qo’shimcha maxsus tomir yo'lining mavjudligi) va venoz
qon oqimi o'rganildi. Olingan ma'lumotlar individual
kompyuterda qayta ishlandi va Styudent standartlari
statistik mezonlar sifatida ishlatildi.

Tekshiruv natijalari.

Bolalarni tekshirish bosh

va bo'yinning tuzilish xususiyatlarini aniqlashdan

boshlandi. Normativga ko’ra bir yoshgacha bolalarning
boshining hajmi 45-46 sm dan oshmasligi kerak. Asosiy
guruh bolalarining bosh o'sishi me'yorga nisbatan o'rtacha
47% ga oshganligi bilan ajralib turardi. 4 ta bolada
choklarni ajralishi, 7 bolada liqildoqning pulsatsiyasi
aniqlandi. 10 ta holatda, bosh terisida qon tomir
rasmining kuchayishi (ba'zan doimiy emas) kuzatilgan,
bu esa venoz disfunktsiyani tasdiqlaydi. Psixomotor
rivojlanish Shurba-Mastyukova shkalasi yordamida
baholandi. Psixomotor rivojlanishning kechikishi asosiy
guruhda 18 ta holatda 23 ballga, qolgan bolalarda motor-
harakat tizimida ham sog'lom guruhga qaraganda 20-21
ballga sezilarli o'zgarishlar ro'y bergan.

Asosiy guruh bolalaridagi rentgenografiyada

bo’yin umurtqalarining siljishi 52%, 12 bolada bel-

dumg’aza sohasida S1-S2 darajasida kompressiya
aniqlangan, 3 bolada S3 ga nisbatan S2 siljiganligi qayd
etilgan.


background image

JOURNAL OF HEPATO-GASTROENTEROLOGY RESEARCH | ЖУРНАЛ ГЕПАТО-ГАСТРОЭНТЕРОЛОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ

№3,2 (том II) 2021

93

Rasm 1. Bemor A., 4 oylik.

Rasm. 2. Bemor V., 4,5 oylik.

Rasm. 3. Bemor B., 6 oylik.


background image

JOURNAL OF HEPATO-GASTROENTEROLOGY RESEARCH | ЖУРНАЛ ГЕПАТО-ГАСТРОЭНТЕРОЛОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ

№3,2 (том II) 2021

94

Rasm. 4. Bemor G., 6 oylik.

Neyrosonografiya

ma'lumotlari

quyidagicha

bo’lib chiqdi (1, 2, 3, 4 -rasm). Shunday qilib, asosiy
guruhning deyarli barcha bolalarda yon qorinchalarning
kengayishini ko'rsatdi va yon qorincha tana indeksi mos
ravishda normadan yuqori (25dan baland) ekanligi
aniqlandi.

Kuzatishlarning

yarmida

uchinchi

qorinchaning 2-3 mm ga kengayishi, asosiy guruh
bolalarining

70%ida

yarimsharlararo

bo'shliqning

oshganligini ko'rsatdi. Tekshiruvda venoz qon oqimi
ko'rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga,
bo'yinturuq venasida venoz disgemiya borligi, asosiy

guruh bolalarining ko'pchiligida (83%) me'yorga nisbatan
ancha ko’pligi qayd etildi. Vertebral venalar bo'yicha farq
qiladigan venoz disgemiya, asosiy guruhdagi 33%
hollarda qayd etiladi, ulardan faqat 5 ta holatda jiddiy
buzilishlar kuzatildi. Arterial qon oqimini vertebrobazilar
havzasi darajasida o'rganish umurtqa arteriyalarida
chiziqli qon oqimi tezligining yengil assimetriyasini
aniqlandi. Ikkinchi, sog'lom guruhning barcha bolalari
hech qanday patologik holatlar topilmagan, ota -onasidan
shikoyatlar bo'lmagan, bolalar yosh me'yorlariga mos
kelishgan (1 -jadval).

1 -jadval

Cho‘zilgan tug’ruq fonida rivojlangan gipertenzion-gidrosefal sindromli bolalarda gemodinamik ko‘rsatkichlar

Ko’rsatkichlar

Asosiy guruh (n=35)

Nazorat guruhi (n=20)

ЗМА

Vm

39,50

41,00

ПА (V4)

Vm

28,00

35,00

PI

0,66

0,64

ПА (V2)

Vm

35,50

42,00

RI

0,61

0,58

Ishning keyingi bosqichi terapevtik yordam

ko'rsatish. Shu munosabat bilan, asosiy guruh bolalari (35
bola) ikkita kichik guruhga bo'lingan, 1 (18 bola)
nootroplar, digidrotatsiya, vitaminoterapiya, fizioterapiya
(dorilarning dozasi va tanlovi individual asosda olib
borilgan holda) lar orqali an'anaviy usulda davo
o'tkazilgan. 2-kichik guruhda (17 bola) nootroplar
(xususan, korteksin), L-lizin escinati (o'rtacha 1 yoshli
bolalar, 2 ml dan 50 ml fiziologik eritmada eritilib 5
inyeksiya kuniga 1maxal vena ichiga yuborildi),
fizioterapiya o’rnida boshni to’g’ri yotqizish uchun

maxsus yostiq, Shans yoqachasi, bel-dumg’aza sohasini
mustahkamlash uchun qattiq yotoqdan foydalanildi. Bir
oydan so'ng, dastlabki kuzatuv ko'rsatkichlari bo'yicha
takroriy diagnostika tekshiruvi o'tkazildi. Ota -onalarning
so'zlariga ko'ra, birinchi hafta mobaynida bolalar
bezovtalikni, sababsiz yig'lashni, ayniqsa gorizontal
holatda, ovqatdan keyin qusish to'xtagan, uyqu va
uyg’oqlik davri normallashgan. Nevrologik tekshiruv
paytida bolalar boshlarini yaxshiroq ushlab turadilar
(boshini orqaga tashlash kuzatilmadi), qo'llarning kuchi
oshdi, bolalar oyoqlariga qadam qo'ydilar (to'liq oyoq).


background image

JOURNAL OF HEPATO-GASTROENTEROLOGY RESEARCH | ЖУРНАЛ ГЕПАТО-ГАСТРОЭНТЕРОЛОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ

№3,2 (том II) 2021

95

Bu ijobiy belgilar 2 -kichik guruhda barcha bolalarda
100%, 1 kichik guruhda esa 66% da kuzatilgan.
Neyrosonografiya ma’lumotlariga ko'ra, liquor saqlovchi
tizimlarning tuzilishi 2-kichik guruhda 90% ga, 1-kichik
guruhda esa atigi 31%ga normallashgan. Har ikkala
kichik

guruhda

ham

ahvolning

yomonlashuvi

kuzatilmadi,

jarayonning

barqarorlashuvi

asosiy

guruhning 42% holatlarida qayd etildi. Dinamikada
dupleks skanerlash 2 -kichik guruhda venoz qon oqimi
jarayonining aksariyat hollarda 81%, normallashishini
ko'rsatdi, arterial qon oqimining ko’rsatkichlarini yuqori
ko’rsatkichlarda yaxshilanganligi aniqlandi. 1 -kichik
guruhda, ijobiy klinik o’zgarishlarga qaramay, venoz
gemodinamik ko'rsatkichlar faqat 33% da ijobiy tomonga
o'zgargan. Ammo gemodinamik buzilishlar faqat 1 -
kichik guruhning 2 bolasida qayd etilgan. Boshning o'sish
tezligi me'yordan oshib ketdi, choklarning ajralishi
kamaymadi, bu esa kuzatish va davolashni neyroxirurgiya
bo’limida olib borishga to’gri keldi.

Shunday qilib, olingan natijalar bizga asab

tizimining perinatal shikastlanishi fonida gipertenzion-
gidrosefal sindromli bolalarni tekshirishda nafaqat klinik
va nevrologik tekshiruvlar, balki neyrofiziologik (NSG),
ultratovush ma'lumotlari yetarli bo'lmaganda yoki
jarayonni yomonlashi kuzatilganda neyrovizualizatsion
(KT / MRT) diagnostik tekshiruvga muhtoj degan
xulosaga kelishimizga imkon berdi. Dupleksli skanerlash
gipertenzion-gidrosefal

sindrom

giperdiagnostikasi

vaqtida magistral tomirlar gemodinamikasini o’rganish,
yoki, tomirlar anomaliyasiga shubha bo’lganda yoki uni
istisno qilish uchun eng informativ tekshirish usulidir.

XULOSA

1.

Tug'ilgandan keyingi birinchi oylardagi

bolalarda

likorodinamik

buzilishlar

odatda

og'ir,

cho'zilgan tug’ruq, bo'yin va dumg’aza umurtqalarining
siljishi (tug’ruq davrida boshning noto'g'ri aylantirilishi)
bilan bog'liq. Bunday bolalarga erta tashxis qo'yish va
gipertenzion-gidrosefal sindromning sabablarini aniqlash
kerak.

2.

Tekshirish algoritmiga muvofiq standart

tekshirish usullari (klinik va nevrologik tekshiruv),
neyrosonografiya,

magistral

tomirlarni

dupleks

skanerlash, bel-dumg’aza va bo’yin umurtqalarining
rentgenografiyasi va kerak bo'lganda bosh va bo'yinning
neyrovizualizatsiya(KT/MRT)si tavsiya etiladi.

3.

Birinchi navbatda, venoz disfunktsiyani

yaxshilash uchun, davolanishni optimallashtirish uchun,
L-lizin escinat preparatini qo'llash (yoshga qarab),
bo'yinni Shans yoqasi bilan mahkamlash va bel-
dumg’aza sohasiga to’liq dam berish kerak

4.

Kuzatuvda bosh o’lchamlari kattalashib

borsa,

choklar

ajralishi

davom

etsa,

jarayon

barqarorlashmasa,

gipertenzion-gidrosefal

sindrom

progressivlanib borsa neyroxirurgik davoga yo’naltirish
kerak bo’ladi.

Список литературы/Iqtiboslar/References

1.Игамова С.С., Джурабекова А.Т., Шомуродова Д.С., Ниезов Ш.Т. Основы эффективности

оздоровительной методологии детей, перенесших перинатальные поражения ЦНС // ЖУРНАЛ «Вопросы науки
и образования», 2019, с. 123-134

2.Клинический пример №5. Диагноз: Сирингобульбия, сирингомиелия шейного и грудного отдела

позвоночника, внутренняя окклюзионная гидроцефалия, гидроцефально-гипертензионный синдром,
субкомпенсация //

https://neuronsk.ru/for-doctor/clinical-examples/?ELEMENT_ID=1523

3.Игнатенкова Т.В., Авдеева Т.Г., Юдельсон Я.Б. О

собенности реабилитации детей при перинатальных

поражениях ЦНС с гипертензионно-гидроцефальным синдромом // Ж. Поликлиника, № 1 2006 (стр. 44)

4.Егорова И.А. Гипертензионно-гидроцефальный синдром у детей первых трех месяцев жизни

(диагностика и реабилитация). // Дис…к.м.н., Санкт-Петербург – 2003, 139 с.

5Громова

Л.Л.

Гипертензионно-гидроцефальный

синдром

и

синдром

доброкачественной

внутричерепной гипертензии у детей раннего возраста // Педиатрический Вестник Южного Урала, № 2, 2013, с.
65-67

6.Клиточенко Г.В., Малюжинская Н.В. Лечение последствий перинатального поражения ЦНС у детей //

Лекарственный вестник № 1 (73). 2019. Том 13, с. 42-46

Библиографические ссылки

Игамова С.С., Джурабекова А.Т., Шомуродова Д.С., Ниезов Ш.Т. Основы эффективности оздоровительной методологии детей, перенесших перинатальные поражения ЦНС // ЖУРНАЛ «Вопросы науки и образования». 2019. с. 123-134

Клинический пример №5. Диагноз: Сирннгобульбия. сирингомиелия шейного и грудного отдела позвоночника, внутренняя окклюзионная гидроцефалия, гндроцефально-гипертензнонный синдром, субкомпенсация // https://neuroiisk.ni/for-doctor/clinical-exainples/?ELEMENT ID=1523

Игнатенкова ТВ.. Авдеева Т.П. Юдельсон Я.Б. Особенности реабилитации детей при перинатальных поражениях ЦНС с гипертензнонно-гндроцефальным синдромом // Ж. Поликлиника. № 1 2006 (стр. 44)

Егорова И.А. Гипертензионно-гидроцефальный синдром у детей первых трех месяцев жизни (диагностика и реабилитация). // Дис.. .к.м.н.. Санкт-Петербург - 2003. 139 с.

Громова Л.Л. Гипертензионно-гидроцефальный синдром и синдром доброкачественной внутричерепной гипертензин у детей раннего возраста // Педиатрический Вестник Южного Урала. № 2, 2013. с. 65-67

б.Клнточенко Г.В.. Малюжинская Н.В. Лечение последствий перинатального поражения ЦНС у детей // Лекарственный вестник № 1 (73). 2019. Том 13. с. 42-46

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов