Dunyoning barcha mamlakatlarisingari mamlakatimizda ham tadbirkorlikning barcha turlarini rivojlantirish, jumladan, transport xizmati ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini yaʼni logistika xizmatini uni rivojlantirish muhim vazifalardan biriga aylandi. So‘nggi yillarda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bo‘lgani kabi logistika xizmatlari ko‘rsatish sohasida ham keng qamrovli tub islohotlar amalga oshirildi. Jumladan: dunyoni rivojlangan mamlakatlarining yirik logistika kompaniyalari vakolatxonalari tashkil etildi, minglab kelometr avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar to‘liq rekonstruksiya qilindi va bu ishlar davom ettirilmoqda, respublikamizdagi transport korxonalarining transport parklari yangilanda va hokazo. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan Respublikamizda yo‘l-transport infratuzilmalarini tubdan isloh qilish, ularni jahon standartlari darajasiga chiqarish provard natijada respublikamizning tashqi savdo tovar aylanmasini rivojlantirishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi aytib o‘tildi.