FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRASIYASINI TA’MINLASHDA KASBGA YO‘NALTIRISH MASALALARINING O‘RNI

HAC
Google Scholar
To share
Bazarova, S., & Baychaуev F. (2024). FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRASIYASINI TA’MINLASHDA KASBGA YO‘NALTIRISH MASALALARINING O‘RNI . Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28086
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida buyurtmachi korxonalar talab va ehtiyojlari asosida fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar olib borishda kasbiy yo’naltirilgan masalalardan foydalanish samaradorligi aniq misollar orqali ko‘rsatilgan. Shuningdek, bevosita kon-metallurgiya sanoati tizimiga oid kasbiy yo‘naltirilgan masalalarni ishlab chiqish va amalda foydalanishda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini oshirishdagi ahamiyati o‘rganilgan.


background image

FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRASIYASINI

TA’MINLASHDA KASBGA YO‘NALTIRISH MASALALARINING

O

RNI

Bazarova Saodat Jamolovna, Baychaуev Fazliddin Xusenovich

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Ta’lim ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, pedagogika

fanlari doktori, prof.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, pedagogika fanlari bo‘yicha falasafa doktori (PhD), “Umumiy

fizika” kafedrasi (v.b) dotsenti

bozorova@mail.ru, +99891 334 07 71, bfazliddin1983@gmail.com, +99890 665 67 83

https://doi.org/10.5281/zenodo.10462570

Annotatsiya.

Mazkur maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida buyurtmachi korxonalar talab va ehtiyojlari asosida
fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar olib borishda kasbiy yo’naltirilgan masalalardan foydalanish
samaradorligi aniq misollar orqali ko‘rsatilgan. Shuningdek, bevosita kon-metallurgiya sanoati tizimiga oid
kasbiy yo‘naltirilgan masalalarni ishlab chiqish va amalda foydalanishda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy
kompetentligini oshirishdagi ahamiyati o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, ishlab chiqarish, kon-metallurgiya sanoati, fizika, kasbiy yo‘naltirilgan masala, amaliy

mashg’ulot,

bo’lajak

mutaxassis.

KIRISH.

Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun

uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan
samarali foydalanishga alohida urg‘u berilib,
mutaxassislarga bo‘lgan umumdavlat va mintaqaviy
talablar istiqbolini aniqlash masalalariga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Malakali kadrlar tayyorlash
tizimini shakllantirish talablariga asosan, avvallari
faqat fundamental fan sifatida qaralib kelingan tabiiy
fanlar, bugungi kunda, mutaxassislik fanlarini
chuqur o‘rganish uchun asosiy fan sifatida tan
olinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning

Oliy

Majlisga

murojaatnomasida: “Agar tarixga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va
texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental
asos bo‘lganini ko‘ramiz. Haqiqatan ham fizika
qonuniyatlarini

chuqur

egallamasdan

turib,

mashinasozlik,

energetika,

“IT” (Information

Technology),

suv

va

energiyani

tejaydigan

texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan
sohalarda natijalarga erishib bo‘lmaydi.” [1]. Buning
natijasida uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida

fizika fanini o‘qitishning sifatini tubdan oshirish
kabi tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizning

iqtisodiy

qudratini

yuksaltirishda kon-metallurgiya sanoati alohida
o‘ringa ega. Kelajakda yer osti boyliklaridan yanada
samarali

foydalanish,

sifatli

mahsulot

ishlab

chiqarish eng avvalo bo‘lajak mutaxassislarning
kasbiy salohiyatiga uzviy bog‘liq. Yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlash, ko‘p jihatdan ta’lim va
ishlab chiqarish orasidagi bog‘lanishni olib
boradigan oliy ta’lim muassasalari zimmasidagi
asosiy vazifadir. Bu borada respublikamizda olib
borilayotgan

oliy

ta’limni

rivojlantirishdagi

islohotlar, oliy ta’lim muassasasida o‘tiladigan har
bir fanning ishlab chiqarishdagi ahamiyati bilan
bog‘liq holda olib borish talabini quymoqda.
Shuning uchun ham bugungi kunda mustaqil
fikrlovchi erkin shaxs konsepsiyasini amalga
oshirish uzluksiz ta’lim tizimining bosh vazifasi
bo‘lib, bunda kompetentli yondashuv asosida
bo‘lajak

mutaxassislarning

kasbiy-pedagogik

ijodkorligini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi [2].

METODOLOGIYA.


background image

Kon-metallurgiya

mutaxassislarini

tayyorlaydigan texnika oliy ta’lim muassasalarida
fizika fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil
etishda, ishlab chiqarishga oid kasbiy masalalardan
foydalanish,

bunda

ish

beruvchilar,

ya’ni

“bitiruvchi”ning talab va takliflaridan kelib chiqqan
holda maslalarni tanlash kerak bo’ladi. Pedagogik
tasqiqotlar natijasida, fizikaning “Mexanika” bo‘limi
mavzularining

kon-metallurgiya

sanoatida

qo‘llanilishi asosida mutaxassislikka yo‘naltirilgan
masalalarni ishlab chiqish hamda ular asosoda
amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish quyidagi
jadvalda keltirilgan [3,4]:

“Mexanika”

bo‘limiga oid

mavzular

Kon-metallurgiya

sanoatida qo‘llanilishi

1

Ilgarilanma harakat
kinematikasi.

Karyerda va portlatish
ishlarida tog‘
jinslarining harakati.

2

Aylanma harakat
kinematikasi.

Karyerlarda aylanma
harakat qiluvchi
vositalar
kinematikasini
o’rganish.

3

Ilgarilanma harakat
dinamikasi.
Jism impulsining
saqlanish qonuni.

Tegirmondagi
sharlarning
to‘qnashishi natijasida
rudalarni maydalash.

4

Tabiatda kuchlar.
Og’irlik kuchi.
ishqalanish kuchi.
elastiklik kuchi.

Tog‘ jinslarini
mustahkamligi, mo‘rt
va qattiqliklari tahlili.
Ishqalanish kuchlari
ta’sirida rudalarining
konveyerdagi harakati.

5

Ish va energiya.
Mexanik energiyaning
saqlanish qonuni.

Portlatish ishlarida
energiyaning saqlanish
qonuni.


Jadvalda

keltirilgan

mavzulardan

kon-

metallurgiya sanoatida qo’llanilishiga oid kasbiy
yo’naltirilgan masalalar ko’rib chiqaylik [5].

NATIJA.

Berilgan: Rudalarni yanchilishda ishlatiladigan

diametri 4500 mm bo‘lgan sharli tegirmon(MShS
45-60) ning kritik tezligini va aylanishlar sonini
aniqlang.

Dastlab, talabalarga sharli tegirmon(MShS 45-

60) ning ishlash tamoyili tushuntiriladi

(1-rasm).

Rudalarni

tegirmonda

yanchish

jarayonida, tegirmon barabanining ichki yuzasidagi
“m” massali shar harakati ko‘rib chiqiladi va unga
ta’sir qiluvchi kuchlar haqida fikr yuritilib,
tegirmonning aylanishlar tezligi haqida ma’lumot
beriladi.

1-rasm

Tegirmonda

rudalarni

yanchish

jarayoni

maydalangan

rudalarni

maydalovchi

po‘lat

sharlarning o‘zaro to‘qnashish natijasida hosil
bo‘lgan kinetik energiya hisobiga amalga oshiriladi.

2

2

mv

E

к

=

(1)

bu erda m va v - po‘lat sharning tezligi va masssasi.

Shuningdek, biror tezlik bilan aylanayotgan

tegirmon barabani markazdan qochma kuchlar
ta’sirida sharlarni ichki yuzaga tirab, rudalar bilan
birga aylantira boshlaydi.

R

т

F

м к

2

=

(2)


bu yerda m - po‘lat sharning masssasi –

tegirmon barabanining tezligi

Bu jarayonda birinchi qatlamdagi sharlar, rudalar

yanchilishida qatnashmaydilar, bunday aylanishga
mos tezlik kritik tezlik deb ataladi.

Birinchi qatlamdagi sharlar yanchishda ishtirok

etishi uchun barabanning aylanish tezligi kritik
tezlikdan kichik bo‘lishi kerak. Buning natijasida bu
qatlamdagi sharlar ma’lum bir balandlikka ko‘tarilib
tushishdagi zarb ta’sirida rudalarni yanchishga
ishtirok etadi. Bu holda sharlar barabanning ichki
yuzasi bo‘ylab aylanma traektoriya bo‘yicha ma’lum
A nuqtagacha ko‘tarilib, og‘irlik kuchi ta’sirida
uziladi va shu nuqtadan parabolalik traektoriya
bo‘yicha B nuqtaga tusha boshlaydi.

Sharlarning ko‘tarilish balandligi qancha katta

bo‘lsa, ularning tushish tezligi shuncha katta bo‘ladi.
Bunda sharlarning tushish tezligi

gh

2

=

(3)


Natijada, B nuqtadagi rudalarga sharlar katta

zarba kuchi bilan ta’sir etadi.


background image

t

F

m

P

=

=

(4)


Agar barabanning aylanish tezligi sharlarning

tezligidan kichik bo‘lsa, ular yuqoriga ko‘tarilmay,
dumalab tushadi. Demak, sharlar o‘rtasida (shar-
shar) va tegirmon (shar-tegirmon) ichki yuzasi
orasida rudalarning ezilishi ishqalanish kuchi
ta’sirida yuz beradi.

Endi esa, tegirmon barabanining ichki yuzasidagi

m massali shar harakatini ko‘rib chiqaylik. tezlik
bilan aylanma harakatlanayotgan sharga A nuqtada
markazdan qochma kuchdan tashqari og‘irlik kuchi
ham ta’sir etadi:

P=mg

(5)

bu yerda g – erkin tushish tezlanishi.

Sharlarning yuqoriga ko‘tarilishida ishtirok

etayotgan og‘irlik kuchini ikkita tashkil etuvchiga,
ya’ni radius bo‘yicha yo‘nalgan

F1=Psin

va

urinma bo‘yicha yo‘nalgan

F2=Pcos

kuchlarga

ajratamiz. Shar baraban devoridan tushmasligi
uchun,

sin

2

P

gR

p

yoki

sin

2

gR

shart bajarilishi kerak.

Agar

=90

0

desak, sin

=1 demak, tegirmon

barabanining kritik tezligi

gR

2

=

(6)


bo‘ladi.
Tegirmonning

aylanish

chastotasini

aylana/minutlarda olsak, tegirmonning aylanish
tezligi

t

Dn

T

R

=

=

2

(7)

Bunda D- tegirmon barabani diametri.
bo‘lsa, u holda (6) va (7) ifodalarni tenglashtirib,
tegirmon barabanining kritik aylanishlar soni n

kr

topamiz:

2

60

2

2

D

g

Dn

=

=

(7)

gD

n

D

2

2

2

2

60

2

=

U holda barabanining kritik aylanishlar soni:

D

g

n

кр

2

2

2

60

=

(8)


kelib chiqadi.

Bu kabi kasbiy yo‘naltirilgan masalalar

talabalarnig ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan
tegirmonlarning parametrlarini o’rganishga, undagi
fizik hodisalarni tushunish, fizik qonuniyatlarni
texnikada qo‘llashga yordam beradi.

Xulosa

qilib aytganda, fizika fanidan amaliy

mashg‘ulotlar olib borishda kasbiy yo’naltirilgan
masalalardan foydalanishda quyidagi natijalarga
erishiladi:

ta’lim va ishlab chiqarish orasidagi

integrasiyasini ta’minlash;

ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar

bilan yaqindan tanishish;

tanlagan

kasbiga

oid

malaka

va

ko’nikmalarni hosil qilish;

fizik qonuniyatlarni amaliyotga qo‘llay

bilish;

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

[1]

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 30 dekabr.

[2]

Базарова С.Дж., Байчаев Ф.Х., Манглиева Ж.Х.
Организация учебного процесса на основе
интеграции обучения с производством // Вопросы
науки и образования. – Москва, 2018. № 11 (23). –
С.38-39.

[3]

Bazarova S.Dj., Baychayev F.X. Mutaxassislikka
yo‘naltirilgan masalalar yechish yordamida fizika
fanidan amaliy mashg‘ulotlar samaradorligi oshirish
// Journal of Advances in Engineering Technology, –
Navoi, Vol.3(7), July – Sept, 2022, 68-72-betlar.

[4]

Baychaev F.Kh. Сreation and selection of
professionally problems for future mining and
metallurgical industry system specialists.// Spanish
Journal of Innovation and Integrity (SJII) ISSN 2792-
8268, Spain, Vol. 05. April, 2022, – P 289-296.

[5]

Bazarova S.Dj “Rudalarni yanchilishda ishlatiladigan
katta diametrli sharli tegirmonlarning kritik tezligini
va ailanishlar sonini aniqlash.” dasturiy DGU
№17066 raqamli guvohnoma.

References

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 30 dekabr.

Базарова С.Дж., Байчаев Ф.Х., Манглиева Ж.Х. Организация учебного процесса на основе интеграции обучения с производством // Вопросы науки и образования. – Москва, 2018. № 11 (23). – С.38-39.

Bazarova S.Dj., Baychayev F.X. Mutaxassislikka yo‘naltirilgan masalalar yechish yordamida fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar samaradorligi oshirish // Journal of Advances in Engineering Technology, – Navoi, Vol.3(7), July – Sept, 2022, 68-72-betlar.

Baychaev F.Kh. Сreation and selection of professionally problems for future mining and metallurgical industry system specialists.// Spanish Journal of Innovation and Integrity (SJII) ISSN 2792-8268, Spain, Vol. 05. April, 2022, – P 289-296.

Bazarova S.Dj “Rudalarni yanchilishda ishlatiladigan katta diametrli sharli tegirmonlarning kritik tezligini va ailanishlar sonini aniqlash.” dasturiy DGU №17066 raqamli guvohnoma.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов