В статье рассмотрены меры, предпринимаемые государством по повышению инвестиционной привлекательности страны как для зарубежных, так и для локальных инвесторов. Приведены результаты разгосударствления акционерных обществ путем проведения публичных размещений акций. Проанализирована востребованность облигаций за последние годы и влияние нового законодательства на рынок долговых ценных бумаг.
Мазкур мақолада Ўзбекистонда қимматли қоғозлар бозори савдо тизимларининг ривожланиш тенденциялари таҳлил қилинган ва бу борадаги асосий муаммолар кўриб чиқилган. Таҳлил натижалари юзасидан Ўзбекистонда қимматли қоғозлар бозори савдо тизимларини ривожлантириш борасида таклифлар ишлаб чиқилган.
Мазкур мақолада республикамизда фаолият кўрсатаётган акциядорлик жамиятлари ва уларга молиявий ресурслар жалб қилишнинг ҳолати таҳлил қилинган ва соҳани ривожлантириш юзасидан хулоса ва таклифлар ишлаб чиқилган.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda juda katta potensial talabga ega bo‘lgan soha – Islom moliyasi xizmat turlaridan biri hisoblangan SUKUKNI keng joriy qilishning iqtisodiy ahamiyati va ta’lim dasturlarida o‘rganishning muhim kadrlar yetishtirishda zarurligi ochib berilgan.
Maqolada sukukning keng joriy etilishi O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozori (fond bozori), davlat va xususiy kompaniyalar uchun tashqi va ichki investorlarni jalb qilishda yangi moliyaviy vositalarni taqdim etishi bilan birga O‘zbekistondagi aholi va ko‘pgina biznes vakillari o‘z bo‘sh mablag‘larini qadriyatlariga mos ravishda ko‘paytirishiga imkon yaratilishi bo‘yicha dolzarb muammolarni hal etishga xizmat qilishi va Islom moliyasining barcha xizmat turlaridan keng qo‘llashga zaruriyat borligi asoslangan. Shuningdek,O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorida an’anaviy aksiyalar va obligatsiyalar bilan birgalikda Islom moliyasi mahsulotlaridan biri hisoblangan SUKUKNI ham qo‘llash mumkinligi, buni dunyodagi yetakchi davlatlar ham amalda muvaffaqiyatli qo‘llayotganlari va O‘zbekistondagi sukuk bo‘yicha qonun hujjatlari ishlab chiqishga birinchi qadam qo‘yilgani, shuningdek, SUKUKNI ta’limga kiritish dolzarbligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda SUKUKNI keng joriy qilish bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflar taqdim etilgan.