Tibbiyot oliygohi o‘qituvchisi faoliyatida pedagogik mahorat asosiy o‘rin tutadi. Ushbu maqolada mualliflar pedagogik mahoratning ta’rifini, uning tarkibiy qismlarini, shuningdek, tibbiyot oliygohlarida o‘quv jarayonini rivojlantirishda pedagogik mahoratning rolini ko‘rib chiqadilar. Shuningdek, ular tibbiyot oliygohi o‘qituvchilariga o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirishga va talabalarni o‘qitish sifatini oshirishga yordam beradigan usullarni tavsiflaydi. Maqolada mualliflar pedagogik mahorat tibbiyot oliygohi o‘qituvchisining muvaffaqiyatli faoliyatining zaruriy sharti bo‘lib, kasbiy faoliyat jarayonida rivojlanishi va qo‘llab quvvatlanishi kerak degan xulosaga kelishgan.