Ўзбекистон иқтисодиётининг муҳим тармоқларидан бири бўлмиш транспорт тизимини ривожлантириш, соҳадаги хизматлар сифатини яхшилаш устувор йўналишлар қаторида эътироф этилмоқда. Республика ЯИМда хизматлар, хусусан, транспорт хизматларига бўлган талабнинг ортиб бораётганлиги, ушбу соҳани янада ривожлантириш, тармоққа миллий ва чет эл инвестицияларини кўпроқ жалб этиш, маҳаллий ташувчи фирмаларнинг молиявий барқарорлигини таъминлаш асосида мамлакатда янги ишчи ўринларини яратиш имконини беради.
Ushbu maqolada strategik boshqarish tushunchasi, mazmuni tushuntiriladi. Korxona va tashkilotlardagi samarali strategik boshqarish usullari, sanoat korxonlari ning raqobatbardoshliligini ta’minlash va rejalashtirish samaradorligini oshirish yo‘llari tadqiq qilinadi.
Mazkur maqoladada natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishning nazariy asoslari va sog‘liqni saqlash sohasi xarajatlarining mohiyati va uning davlat byudjetida tutgan o‘rni hamda hozirgi holati tahlili tadqiq etilgan. Maqolada NYBning iqtisodiy mohiyati va uning davlat byudjetini boshqarishdagi o‘rni, Davlat byudjeti xarajatlarini rejalashtirishning amaldagi holati, sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy sug‘urtaning o‘rni va mohiyati tahlil etilgan.