Ushbu maqolada jamiyat hayoti va taraqqiyotida, shuningdek, shaxs kamolotida muhim rolga ega bo‘lgan, millatning milliy xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan milliy mentalitetni shakllantiruvchi ijtimoiy madaniy omillar, ushbu omillarning milliy mentalitetga ta’sir etish mexanizmi, o‘zbek milliy mentalitetining o‘ziga xos tomonlari falsafiy tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada mentalitetni shakllantiruvchi omillardan geografik shart-sharoitlarga ham alohida urg‘u beriladi
Zamonaviy texnologiyalar asosida boʻlajak muhandislarning grafik kompetentsiyasini 3D modellashtrishlar asosida rivojlantirishning asosiy pedagogik shartlari muhokama qilinadi. Zamonaviy ishlab chiqarishda uch o‘lchovli modellashtirish asosida kasbiy faoliyat ob’ektlarini loyihalash texnologiyalari alohida o‘rin tutadi. Shunday qilib, grafik kompetentlik kasbiy kompetentlikning muhim tarkibiy qismiga aylanadi, uning shakllanish darajasi maxsus fanlarga tayyorgarlik jarayonida bilimlarni o‘zlashtirishning muvaffaqiyatini va muhandislik sohasidagi mutaxassislarning grafik kompetentligini rivojlantirish va texnik universitetlarida grafik kompetensiyalar boʻlajak mutaxassislarning fundamental va kasbiy ahamiyatga ega fazilatlarini maqsadli shakllantirishning uslubiy tizimi taklif qilindi.
Mazkur maqolada mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida turizm sektoriningo‘rni va ahamiyati, ziyorat turizmi sohasi taraqqiyotida joylashtirish vositalari va infratuzilmaning aloqadorligi, bugungi kunda mamlakatimizda ushbu sohani strategik tarmoq sifatida rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan amaliy ishlar tahlil etilgan. Ushbu yo‘nalishda boy tajriba ega rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi tadqiq qilindi hamda shu asosda yurtimizda ziyorat turizm sohasini va uning xizmatlari diversifikatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar keltirilgan.