Paxta moyinining sifat kо‘rsatkichlariga turli xil regantlarning ta’siri tadqiq qilingan va maqbul reagentlar tanlangan. Paxta moylarini ishqoriy rafinasiyalashda an’anaviy kaustik sodaning bir qismining о‘rniga natriy silikatning suvli eritmasidan foydalanish moyning sifat kо‘rsatkichlarini yaxshilashi aniqlangan. Paxta moyini an’anaviy kaustik soda va natriy silikatning suvli eritmalari bilan bosqichli rafinasiyalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Carthamus tinctorius l gullari an'anaviy ravishda yurak-qon tomir, serebrovaskulyar va ginekologik asoratlar uchun qo'llaniladi. Shu bilan birgalikda yurak-qon tomir kasalliklari uchun Carthamus tinctorius l suvli ekstraktining fitoterapevtik hamda, antikoagulyant, qon tomirlarini kengaytiruvchi, antihipertenziv, antioksidant, neyroprotektiv, immunosupressiv, melanin sinteziga inhibitiv ta'sir ko'rsatadigan saratonga qarshi vosita sifatida dunyo olimlari ilimiy tadqiqotlar olib borishmoqda. Bundan tashqari, Carthamus tinctorius l neyrotrop, kardiotrop, gemopoetik va diaforetik tizimlar bilan bog'liq boshqa kasalliklar uchun ham samarali ekanligi aniqlangan. Ushbu o'simlikning fitokimyosiga kelsak, tegishli tadqiqotlar o'simlikning turli qismlaridan aniqlangan flavonoidlar, feniletanoid glikozidlar, kumarinlar, yog' kislotalari va steroidlar kabi bir qator faol tarkibiy qismlarni aniqladi. Hozirgi vaqtda bir qator farmatsevtika tadqiqotlari uning antioksidlanish, yallig'lanishga qarshi va antiepilepsiya nuqtai nazaridan etnofarmatsevtik qo'llanilishiga e’tibor qaratilgan. Biz olib borgan tadqiqot Carthamus tinctorius l ning antioksidantlik xususiyatlarini ko‘rib chiqish.