Authors

  • Yodgor Kenjayev
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti katta o‘qituvchisi
  • Gulsevar Erkayeva
    Termiz iqtisodiyot va servi universiteti Davolash ishi yo’nalishi 24 /03 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.71877

Keywords:

Bachadon yo’ldosh platsentan Krede usuli bachadon bo’yni qon .

Abstract

Yo’ldosh , bola o’rni –bola tug’ilgach , ketidan tushadigan homila pardalari , platsentasi va kindigidan iborat a’zo :homolani ona tanasi bilan bog’langan turadi . Tug’ruqning yo’ldosh tushish davrida platsenta va pardalar bachadon devoridan to’la ko’chadi va tug’ruq yo’llari orqali chiqadi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

13




Yo’ldosh tushish davri va ilk chilla davrida qon ketishi terminal holati .

Kenjayev Yodgor Mamatqulovich

Erkayeva Gulsevar Ravshan qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti katta o‘qituvchisi

Termiz iqtisodiyot va servi universiteti Davolash ishi yo’nalishi 24 /03 guruh

talabasi

Annatatsiya:

Yo’ldosh , bola o’rni –bola tug’ilgach , ketidan tushadigan

homila pardalari , platsentasi va kindigidan iborat a’zo :homolani ona tanasi bilan
bog’langan turadi . Tug’ruqning yo’ldosh tushish davrida platsenta va pardalar
bachadon devoridan to’la ko’chadi va tug’ruq yo’llari orqali chiqadi.

Kalit so’zlari :

Bachadon , yo’ldosh , platsentan , Krede usuli , bachadon

bo’yni , qon .

Muammoning dorzarbligi :

Plasenta ajralishi (Yo’ldosh ko’chishi ) – 0,4 –

1,4 % homoladorlikda yuzaga keladigan va shoshilinch tibbiy aralashuvni talab
qiladigan xavfli holatidir .

Bachadon bo’yni ochiladigan va homila tug’iladigan davrlarga nisbatan

yo’ldosh tushish davrida ko’ngilsiz hodisalarko’proq uchraydi . Yo’ldosh tushish
davrida ko’proq kuzatiladigan va xavfli hodisa – qon ketishidir .Yo’ldosh tushish
davrida hamisha qon ketadi , lekin yo’ldosh normal ko’chib tushganda ayol, ko’p
deganda ,250 ml qon yo’qotadi . Yo’ldosh ko’chgandan keyin bachadon qisqaradi .
Natijada :

1.

Ko’chgan yo’ldosh bachadondan tushadi ; 2. Bachadonning

qonayotgan tomirlari qisilib , qon oqishi to’xtaydi . Bachadonning
qisqaruvchanligi yetarli bo’lmasa, platsentaning ko’chish jarayoni buzadi :
platsenta batamom ko’chmay , qisman ko’chadi . Platsenta batamom
ko’chmaguncha bachadon qisqarmaydi , platsenta ko’chgan joydagi tomirllar
ochiq turaverib , ulardan qon oqadi .

Platsenta bachadon devoridan ko’chsa-yu , bachadon bo’shlig’ida

qolaversa ham qon ketadi . Yo’ldosh bachadon bo’shlig’ida turganda muskullar
yaxshi qisqarmaydi , bachadon tomirlari yetarlicha qisilmaydi , natijada qon
ketishi davom etaveradi .Tug’ruq yo’llaridagi yumshoq to’qimalar : bachadon


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

14




bo’yni , qin va oraliq to’qimalarning yirtilishi yo’ldosh tushadigan davrda qon
ketishi mobaynida bo’lib hisoblanadi . Ammo yo’ldosh tushadigan davrda qon
ketishi ko’pincha yo’ldoshning bachadon devoridan ko’chish va bachadondan
chiqish jarayonining buzilishiga aloqador bo’ladi .

Yo’ldoshning ko’chishi va bachadondan chiqish jarayoni buzilib qon

ketishi bir qancha sabablarga bog’liq , ularga quydagilar kiradi .

1.

Bachadon tonusi va qisqaruvchanligining pasayishi .

2.

Yo’ldosh tushadigan davrning noto’g’ri boshqarilishi .

3.

Platsentaning bachadonda noto’g’ri joylashuvi .

4.

Platsentaning bachadonga soxta va chin yopishishi .

Davosi :

Qon ketishini darhol to’xtatish va kamqonlikka qarshi kurash

choralarini ko’rish kerak . Bachadon bo’shagandan keyingina qisqarib , qon
ketishi to’xtashi mumkin . Shu sababli yo’ldoshni bachadon bo’shlig’idan
ustalik bilan tez chiqarish zarur . Platsenta ko’chgan bo’lsa , tashqi amallar
bilan chiqariladi . Platsenta ko’chmagan bo’lsa tashqi amallar bilan
chiqariladi . Platsenta ko’chmagan bo’lsa , tashqi amallar natija bermasligi
mumkin , shu sababli bachadon bo’shlig’iga qo’l suqib yo’ldoshni
ko’chirishga to’gri keladi . Qon keta boshlaganda yo’ldoshning ko’chish
belgilarini darhol tekshirib ko’rish kerak .Platsenta ko’chgan (ko’chish
belgilari musbat) bo’lsa , darhol Abuladze yoki Krede usulida chiqariladi .
Platsentaning ko’chishi belgilari bo’lmasa , narkoz berib , yo’ldoshni Krede
usulida siqib chiqarishga urinib ko’riladi . Krede usulining natida bermasligi ,
ba’zan bachadon bo’yni ichki teshigining spazmiga bog’liq bo’ladi ,(spazm
ko’chgan yo’ldoshning chiqishiga to’sqinlik qiladi ). Bunday hollarda narkoz
spazmi bartaraf qiladi va yo’ldoshni siqib chiqarsa bo’ladi . Narkoz berib
Krede

usulini

qo’lash

natijasida

bermasa

,yo’ldosh

qo’lda

ko’chiriladi .Mustaqil ishlayotgan akusher narkoz berish usulini qo’llamaydi;
u narkoz bermasdan , Krede usulida urinib natijada olmagach, yo’ldoshni
qo’lda ko’chirishga darhol kirishadi .

Ilk

chilla davrida (tug’ruqdan keying dastlabki

soatlarda )qon ketishi .

Yo’ldosh tushish davrida qon ketishi kabi , yo’ldosh tushgandan keyin

qon ketishi ham akusherlik patologiyasining ko’p uchraydigan turiga kiradi .


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

15




Tug’ruqdan keyingi dastlabki soatlarda (ilk chilla davrida ) qon ketishi

quydagi sabablarga bog’liq

1.

Platsenta qismlarining bachadonda ushlanib qolishi .

2.

Bachadon gipotoniyasi va atoniyasi .

3.

Tug’ruq yo’llaridagi yumshoq to’qimalarining yirtilishi .

4.

Qon ivish tizimining buzilishi .

Yo’ldosh tushish davrini to’g’ri boshqarish tushgan yo’ldoshni

sinchiklab ko’zdan kechirish va tug’ruq yo’llarining yumshoq to’qimalarni
shikastlanishdan saqlash kerak. Akusher gipotonik qon oqish ehtimolini
oldindan ko’rishi va oqayotgan qonni to’xtatishda hamda kamqonlikda qarshi
kurash zarur narsalarni hammasini oldindan tayyorlab qo’yish kerak.

Davosi :

Qon ketishga qarshi kurashning muvaffaqiyati shu dahshatli

hodisasining sababini bartaraf etishga bog’liq. Modomiki shunday ekan,
avvalo qon ketish sababini aniqlash va shunga qarab ish ko’rish kerak.
Bachadon bo’yni, qin yoki tashqi jinsiy organlarining yirtilganligi qon ketish
manbayi bo’lsa, yirtiqni choklash kerak. Platsentaning bir qismi bachadonda
ushlanib qolgani sababli qon ketayotgan bo’lsa bachadondan darxon qo’lga
tekshirilib platsentaning ushlanib qolgan qismi olib tashlanadi. Gipotonik qon
ketishda bachadon tonusini qisqaruvchanligini oshirish choralari ko’riladi.

Platsenta qismlari bachadonda usshlanib qolganda shuningdek,

platsentaning butunligiga shubxa tug’ulganda bachadon qo’lda tekshiriladi.
Platsentani qo’lda ko’chirishda qanday qoidalarga rioya qilinsa, bachadonni qo’lda
tekshirishda ham o’sha qoidalarga rioya etiladi. Bachadonga suqilgan qo’l bilan
bachadon devorlari tubi va bachadon naylarining boshlangan burchaklari sinchiklab
paypaslanadi. Tajribali vrach bachadonni tekshirish va platsenta qismlarini olib
tashlashda (bachadon tonusi yaxshi bo’lsa) katta kyuretkadan foydalashi mumkin.
Platsentaning bachadonda ushlanib qolgan qismlari olib tashlangach bachadonda
ushlanib qoygan qismlari olib tashlangach bachadon aksari qisqarib, qon ketishi
to’xtaydi. Bachadon ko’rsatmalarga muvofiq(tug’ruqda endometrit belgilari paydo
bo’lganda va infeksiyaga moyil boshqa ko’ngilsiz hodisalar ro’y berganda) qo’da
tekshirilgan sulfanilamide preparatlar yoki antibiotiklar buyuriladi.

Gipotonik va atonik qon ketishiga qarshi qo’yidagicha kurash olib

boradi:


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

16




1.

Qovuq bo’shtiladi, bachadon qorin devoir orqali uqalanadi; qo’l

bachadon tubiga qo’yilib, uqalangansimon yingil doiraviy harakatlar
qiladi( qo’pol harakat qilish natija bermaydi). Uqalash ta’siri bachadon
qisqaradi va konsistensiyasi zich bo’lib qoladi.

Bachadondan qon laxtalari surib chiqariladi. Uqalas bilan barobar 0,05 % li

ergotal eritmasidan 1 ml yoki 0,02% li metilergometrindan 0,5-1 ml, bu ham
bo’lmasa oksitotsin ( 5-8 birligi 500 ml 5% li glukoza bilan) venaga yuboriladi.

Qorinning pastiga muzli xalta qo’yiladi.
Bachadon gipotoniyasi unchalik rivojlangan bo’lmasa, qon ketishini

to’xtatish uchun ko’rilgan choralar kifoya qiladi.

2.

Qon ketishi to’xtamasa bachadonga qon kelishini kamaytirish

yoki vaqtincha to’xtatish usullari qo’llaniladi. Bachadon qonsizlarnishi tufayli
qisqaradi.

Piskachek usuli:

bachadonning pastki segmenti chap qo’lda ushlanib qisiladi,

shu payt bachadon arteriyalari va venalari qisilib, puchayadi. Ayni vaqtda
bachachadon tubi o’ng q’lda uqalanadi. Krovatning bosh tomoni pastga tushiriladi;
bachadonning pastki segmenti Piskachek usulidagi kabi siqiladi, bachadon yuqoriga
qattiq tortiladi va shu bilan bir vaqtda, bachadonning siqilgan pastki segmenti
umurtqa pog’onasiga taqav bosiladi. Tasirni kuchaytirish uchun bachadon bo’sh qo’l
bilan uqalanadi. Bacchadon shu holatda 10-15 minut ushlab turiladi. Shu payt
bachadon tomirlari siqiladi, aorta bachadonning pastki segmenti bilan umurtqa
pog’onasiga taqab bosiladi. Natijada bachadon qonsizlanib qisqaradi.

3.

Qon ketishi davom etgan taqdirda bachadon qo’lda tekshiriladi

va qon laxtalari parda va platsenta bo’laklari olib tashlanadi, so’ngra qo’lni
bachadondan tubini qorin devoir orqali uqalanadi.

4.

Qorin aortasini bosib turish. Ro’y rost gipotoniyada bachadonni

qonsizlantirish maqsadi bilan aortani bosib turish tavsiya etiladi. Tuqqan
ayolning yon tomonida turib, musht qilingan o’ng qo’l asosiy falangalarining
dorsal yuzasi bilan qorin aortasi qopin devoir orqali umurtqa pog’onasiga
bosiladi.

5.

Bachadonni tamponlash. Yuqorida ko’rsatilgan choralar

vaqtincha natija bermasa, bachadon bo’shlig’I keng doka bint tamponade
qilinadi. Tampon tomirlarda tromblar hosil bo’lishiga va bachadon


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

17




muskullarining qisqarishiga yordam berdi. Bachadon bo’shlig’i qayrilgan
uzun kornsang yordamida serbar uzun doka bintlar bilan zinch tamponlanadi.
Bachadon bo’shlig’ining hammasini tubidan tortib bo’ynigacha ketma-ket
tamponlash zarur. So’ngra pulevoy qisqich olinib, qin tamponlanadi. Tampon
bachadonda 8-10 soat turishi mumkin.

6.

Atanik qon ketishi yuqorida ko’rsatilgan choralar bilan

to’xtamasa qorin devorini yorib bachadon olib tashlanadi yoki bachadon
tomirlari bog’lab qo’yiladi.

7.

Qon ketishi gipo-afibrinogenemiya bilan bog’liq bo’lganda

yangi sitratlangan qon quyiladi, venaga fibrinogen protamin, sulfat, epsilon-
aminokapronat kislota va qon ivishini tezlashtiruvchi boshqa vositalar
yuboriladi.