Аholi punkti yerlari hisobini yuritishning zamonaviy usullari

  • Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»
  • Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»
CC BY f
190-198
42
13
Поделиться
Алтиев, А., & Юнусов, Б. (2023). Аholi punkti yerlari hisobini yuritishning zamonaviy usullari. Основные направления стратегии земельной реформы: проблемы и решения, 1(1), 190–198. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/land-reform/article/view/16762
А Алтиев, Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»

и.ф.н., профессор

Б Юнусов, Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»

независимый исследователь

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Aholi punkti yerlari ma`lumotlarini yig’ish va uning hisobini yuritish juda murakkab jarayon bo’lib, hozirda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda uni nazorat qilish va hisobini yuritish muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Shu nuqtayi nazardan maqolada aholi punkti yerlari hamda foydalanuvchilarining hisobini olish muntazam ravishda monitoringini yuritish afzalliklaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Похожие статьи


background image

190

АHOLI PUNKTI YERLARI HISOBINI YURITISHNING ZAMONAVIY

USULLARI

A.C. Altiyev –

проф. i.f.d., prof. TIQXMMI”MTU

B.M.Yunusov – “TIQXMMI”MTU mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya

Aholi punkti yerlari ma`lumotlarini yig’ish va uning hisobini yuritish juda

murakkab jarayon bo’lib, hozirda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan
holda uni nazorat qilish va hisobini yuritish muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Shu nuqtayi nazardan maqolada aholi punkti yerlari hamda foydalanuvchilarining
hisobini olish muntazam ravishda monitoringini yuritish afzalliklaridan
foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi kadastr tizimida ma`lumotlar bankini yaratishda

“Ko‘chmas mulk ma`lumotlar bazasi” elektron dasturi qo‘llaniladi. Ushbu
dasturdan foydalanish bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lish va undan to‘g‘ri
foydalanish va qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun mazkur uslubiy
qo‘llanma yaratildi.

Oliy ta`lim muassasalarining talabalari hamda soha mutaxassislari va ilmiy

tadqiqotchilar uchun “Ko‘chmas mulk ma`lumotlar bazasi” elektron dasturida
ko‘chmas mulk kadastri axborotlarni shakllantirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma
sifatida yozildi.

Esgi davrlardan ko‘chmas mulk ob`yektlarini hisobga olish va ularni

soliqqa tortish ishlari, umuman, boshqa tashkilotlar bilan ma`lumot almashuvi
qog’oz ko‘rinishda bo‘lib kelgan, bu esa ishlash jarayonining qiyin kechishi
ma`lumotlarning aniqligi yo‘qolishiga va mulkdorlar bilan turli hil
tushunmovchiliklarga olib kelgan.

Hozirda kadastr tizimining deyarli barcha yo‘nalishlariga maxsus elektron

dasturlar joriy qilingan jumladan ko‘chmas mulk ob`yektlarini hisobga olishda
ham “Ko‘chmas mulk ma`lumotlar bazasi” elektron dasturi (keyingi o‘rinlarda
“Ko‘chmas mulk-3” dasturi deb ataladi) dan foydalanishmoqda, bu esa o‘z
o‘rnida ko‘chmas mulk ob`yektlari ma`lumotlarini shakllantirishda yuqori
aniqlikda, sifatli ish qilish imkoniyatini bermoqda hamda mulkdorlar to‘g‘risidagi
ma`lumotlarning maxfiyligi ham yuqori darajada himoyalangan.

Davlat yer kadastri hamda binolar va inshootlar davlat kadastri har bir

hudud tamoyili bo‘yicha tashkil etiladi va bu ob`ektlarning huquqiy, xo‘jalik va
arxitektura-qurilish

maqomi

to‘g‘risidagi

ma`lumotlar

tizimini

mujassamlashtiradi. Davlat yer kadastri hamda binolar va inshootlar davlat


background image

191

kadastri, binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza
qilish, mulk egalarining va bu ob`ektlardan boshqa foydalanuvchilarning
huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi yer uchastkalari
egaligi, servitutlar va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini
ta`minlash, uchun yuritiladi.

Davlat yer kadastri hamda binolar va inshootlar davlat kadastri tuman

(shahar) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va
geofondlardan, shuningdek shakllantiriladigan kompyuter ma`lumotlaridan iborat
bo‘ladi. Davlat yer kadastri hamda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish
ham an`anaviy (davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr rejasiga kiritish) va ham
avtomatlashtirilgan (ma`lumotlar kompyuter bankini yaratish) usullarda uch
bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich — yer uchastkasi, binolar va inshootlarning tuman, shahar

darajasidagi huquqiy, xo‘jalik va arxitektura-qurilish maqomi to‘g‘risida
ma`lumotlar to‘plash va ro‘yxatdan o‘tkazish;

2-bosqich — ob`ektlarni chizmada joylashtirib kadastr planini tuzish;
3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan ma`lumotlarni hisobga olgan

holda ma`lumotlar elektron bazasini yaratish.

Yer uchastkasi, binolar va inshootlar to‘g‘risidagi ma`lumotlar tumanlar,

shaharlar bo‘yicha tuziladi, ularning hududi hisobga olish uchastkalariga
bo‘linadi. Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlarining kadastr
birligiga bo‘linishi chegaralarni belgilash va hududlarni tuman doirasida yohud
shahar, qo‘rg‘on chegaralarini hisobga olish uchastkalariga bo‘lishni bildiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar, tumanlar,
shaharlar va boshqa aholi yashash punktlariga, shuningdek, hisobga olish
uchastkalariga yagona tizim bo‘yicha kadastr kodi (raqami) beriladi.

Davlar yer kadastri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

31.12.1998-yildagi 543-sonli qaroriga asosan yuritiladi. Yer uchastkasi - huquqiy
maqomidan, uning mavjud yoki yo‘qligidan qat`iy nazar hisobga olinadi va
soliqqa tortiladi.

Binolar va inshootlar davlat kadastri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 02.06.1997-yildagi 278-sonli qaroriga asosan yuritiladi, binolar
va inshootlar davlat kadastrida ma`lumotlar belgilangan tartibda ajratilgan yer
uchastkasida qurilishi tugallangandan keyin yohud qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda va shartlarda ular bo‘yicha bitimlar tuzilgandan keyin hisobga
olinadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga mo‘ljallangan elektron dasturda binolar
va inshootga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo


background image

192

bo‘lishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va to‘xtatilishi) to‘g‘risidagi,
shuningdek ob`ektni tavsiflovchi boshqa ma`lumotlar qayd etiladi.

Mahfiylik rejimiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk ob`yektlari to‘g‘risidagi

ma`lumotlar ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga mo‘ljallangan elektron dasturda
qayd etiladi, ushbu dasturni yuritish xususiyatlari va mazkur ob`ektlarni
ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ma`lumotlardan foydalanish shartlari qonun
hujjatlarida belgilanadi.

Ko‘chmas mulk ob`yektlari joylashgan joy, ularning mulkiy huquqi yoki

boshqa ashyoviy huquqlar bilan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, ushbu
huquqlarning paydo bo‘lish asoslari va muddatlari, ularning to‘xtatilish
muddatlari, mulkiy huquqlarni va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari,
ushbu ob`ektlarga uchinchi shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi ma`lumotlar
ko‘chmas mulk ob`yektlarning huquqiy holati to‘g‘risidagi ma`lumotlar
hisoblanadi.

Binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari,

ushbu ob`ektlarning ishlab chiqarishdagi maqsadlari, ulardan belgilangan
maqsadlarda foydalanilishi va boshqa ma`lumotlar binolar va inshootlar xo‘jalik
maqomining asosini tashkil etadi.

Ko‘chmas mulk ob`yektlari yer tuzish sxemalariga, shaharlarning bosh

planlariga, aholi yashash punktlarini joylashtirish loyihalariga, shuningdek
shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari
(qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari), egallab turgan yer
uchastkasi, yer uchastkasi chegarasi, binolarning qurilgan sanasi, muhandislik-
texnik kommunikatsiyalarning mavjudligi, seysmik chidamliligi to‘g‘risidagi va
boshqa texnik ma`lumotlar binolar va inshootlarning arxitektura-qurilish maqomi
hisoblanadi.

Kadastr ma`lumotlari asl hujjatlar yoki davlat organlari qarorlarining,

shartnomalarning (auksion, oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish,
renta va boshqalar), bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining, ilgari
ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi boshqa ma`lumotlarning tegishli ravishda
rasmiylashtirilgan nusxalari asosida tuziladi.

Ko‘chmas mulk bo‘yicha nazarda tutilgan ma`lumotlar to‘plangach va

ro‘yxatdan o‘tkazilgach yer uchastkasi, bino yoki inshoot kadastr planga
tushiriladi. Kadastr plan va xaritalarining masshtab qatori 1:500 dan 1:10000
gacha bo‘ladi, bu esa ro‘yxatdan o‘tkaziladigan ob`ektlarning joylashuvi va
asosiy o‘lchamlarining chizma tasvirlashni ta`minlaydi.

Ko‘chmas mulk ob`yektlari ma`lumotlari asosida tuman, shahar

geofondlari yuritiladi. Tuman, shahar geofondlari — yer uchastkasi, binolar va


background image

193

inshootlarning topografiya-geodeziya, kartografiya, muhandislik-geologiya,
gidrogeologiya,

ekologiya,

sanitariya-gigiena,

sotsiologiya,

loyihalash-

rejalashtirish, tarixiy-madaniy, stixiyali ofatlar va texnogen falokatlari, texnik
inventarizatsiyalanganligi

va

pasportlashtirilganligi,

mikroseysmik

rayonlashtirilganligi va seysmik turg‘unligiga oid zamonaviy va tarixiy
geoaxborot ma`lumotlari omboridir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahrining ko‘chmas mulk ob`yektlari to‘g‘risidagi ArcGIS dasturida
yaratilgan ma`lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ko‘chmas
mulk ob`yektlari to‘g‘risidagi kadastr ma`lumotlarining bir tizimga solingan
kompyuter bazasi “Ko‘chmas mulk-3” dasturida shakllantiriladi.

Respublikamizda 7 672 000 mln dan ziyod ko‘chmas mulk ob`ektlari

mavjud bo‘lib, bir kunda 10 mingdan ortiq ko‘chmas mulkga bo‘lgan o‘zgarishlar
hisobini olish harakatlari kuzatiladi. Bunday murakkab jarayonlarni tezkor, sifatli,
xato va kamchiliklarsiz bajarish uchun o‘z o‘rnida maxsus elektron dasturlarni
qo‘llashni taqazo etadi. Hozirgi kunda, respublikamizda kadastr ma`lumotlarini
shakllantirishda va uning natijasida yaratilgan axborotlarni tegishli joylarga
taqdim etish kabi jarayonlarni bajarishda maxsus elektron “Ko‘chmas mulk-3”
dasturidan foydalanilmoqda. Buning natijasida, ko‘chmas mulkga bo‘lgan
ma`lumotlar tezkor ravishda yer uchastkalariga hamda bino va inshootlarga
tegishli ma`lumotlarni davriy ravishda kiritish, saqlash, o‘zgartirib borish
imkoniyatlari mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.12.2017-yildagi

1043-sonli qaroriga asosan “Ko‘chmas mulk-3” dasturiga kiritilgan hamda bino-
inshootlarning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari inobatga olinib, qurulish
tugallangan yiliga ko‘ra “Ko‘chmas mulk-3” dasturida avtomatik tarzda baholash
yo‘lga qo‘yildi. Bu esa o‘z o‘rnida bino va inshootlar kadastrini yuritishda
qulayliklar va yangi imkoniyatlar yaratdi. Jumladan ko‘p qavatli uy-joylar
binolari va uning yer uchastkalari yaxlit shaklda bazaga kiritiladi hamda
xonadonlari binosiga tegishliligiga ko‘ra har bir xonadonga alohida kadastr
raqami

shakllantiriladi

(1-rasm), bozor hududlaridagi ko‘chmas mulk ob`yektlari mulkdorning yer
uchastkasi yoki binosiga bo‘lgan huquqidan kelib chiqib kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2001-yildagi

492-sonli qaroriga asosan “Ko‘chmas mulk-3” dasturida Respublikamiz hududiy
bo‘linishlari ketma-ketligi berilgan shu bo‘yicha kerakli ustunga kirib
ma`lumotlar kiritish imkoniyati ham mavjud (2-rasm).

“Ko‘chmas mulk-3” dasturi rus va o‘zbek tillarida yaratilgan bo‘lib xalqaro

ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli rus tilida foydalanilmoqda. “Ko‘chmas mulk-


background image

194

3” dasturi faqatgina internet tarmog’iga ulangan holda ishlaydi, mutaxassislarga
dastur boshqaruvchisi (administratori) tomonidan maxsus login hamda parol
beriladi, dasturga kiritilayotgan ma`lumotlarning to‘g‘riligidan va uning
maxfiyligiga mutaxassis javobgar hisoblanadi, bazaga kiritilgan har bir ma`lumot
tegishli tashkilotlar bilan online tarzda bog‘lanadi.

1-rasm

2-rasm

“Ko‘chmas mulk-3” dasturida ko‘chmas mulkka taalluqli barcha

ma`lumotlar jamlangan bo‘lib undan: Davlat soliq qo‘mitasi, Majburiy ijro
buyurosi, Ichki ishlar vazirligi va Natarius, Davlat xizmatlari agentligi, Uy-joy va
kommunal xo‘jalik vazirligi, Hisob palatasi kabi tashkilotlar foydalanish uchun
platformalar yaratilgan

“Ko‘chmas mulk-3” dasturi boshqaruvchisi ustunu faqat

dastur

administratorining o‘zida faol holatda bo‘ladi, boshqa “Ko‘chmas mulk-3”
dasturidan foydalanuvchilarga administrator “dostub” berganidan keyin faol
bo‘lishi mumkin.

“Ko‘chmas mulk-3” dasturida fuqarolarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk

ob`yektlari ularning mulk huquqi bo‘lishi yoki yo‘qligidan qat`iy nazar
shakllantiriladi.

“Ko‘chmas mulk-3” dasturi bilan ichki integratsiya tizimi ham yo’lga

qo’yilgan bo’lip: DAVREESTR PRO, ArcGIS, GEOPARTAL, DAVREESTR
PRO 2, Manzillar reestri, Davlat reestri kabi dasturlar bilan o’zoro bog’lanadi.
(3-rasm).

“Ko‘chmas mulk-3” dasturi bilan tashqi integratsiya tizimidan quyidagi

davlat tashkilotlari foydalanishadi


background image

195

1. Davlat soliq qo‘mitasi - “Ko‘chmas mulk-3” dasturiga kiritilgan

ma`lumotlarning kadastr qiymat darajasidan kelib chiqib belgilangan tartibda
soliqqa tortish uchun foydalanishadi.

2. Notarius - ko‘chmas mulkka taalluqli har qanday (uy oldi-sotdi, meros

qilib qoldirish shartnomalari, ikkiga bo‘lib olish vhk.) notarialni harakat
“Ko‘chmas mulk-3” dasturi bilan bog‘liq.

3. IIB FRB - fuqorolarni ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarishda, fuqaro

ro‘yxatga qo‘yilayotgan uy kadastr raqami orqali “Ko‘chmas mulk-3” dasturidan
aniqlanadi.

4. Majburiy ijro byurosi - fuqarolarning nomida ko‘chmas mulk uning

davlatdan qarzdorligi aniqlangan taqdirda “Ko‘chmas mulk-3” dasturida
fuqaroning ko‘chmas mulkiga ta`qiq qo‘yish yoki ta`qiqdan chiqarish kabi
ishlarni amalga oshiradi.

5. Hisob palatasi - byudjed mablag’larini shaffof tarzda shakllantrilishining

nazoratini olib boradi.

6. Uy joy va kommunal xo‘jalik vazirligi - ko‘p qavatli uylarda joylashgan

xonadonlarga tegishli ma`lumotlardan foydalanishga hizmat qiladi.

7. Davlat xizmatlari agentligi - ko‘chmas mulk ob`yektiga bo‘lgan huquqni

davlat ro‘yxatidan o‘tgazish, ko‘chmas mulkni kadastr pasportini shakllantirish
va nomida uy joy bor yoki yo‘qligi to‘g’risida ma`lumotnoma olish uchun
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilayotgan arizalarni qabul qilish
jarayonida dasturdan foydalaniladi.

8. my.gov.uz internet dasturi – fuqorolar shaxsiy kabineti orqali o’ziga

tegishli ko’chmas mulk ob`yektlari haqidagi ma`lumotlarni olish imkoniyati
mavjud.

Ichki tizim integratsiya

Tashqi integratsiya


background image

196

(3-rasm)

“Ko‘chmas mulk-

3” dasturida kiritilgan
ma`lumotlarni, ko‘chmas
mulk holati bo‘limida
turar

va

noturar

ob`yektlarning

holatini

hamda ularning yopiq
yoki ochiqligini foydala-
nishdan

chiqarish

bo‘limida

dasturga

kiritilish

jarayonida

xatoliklarga

yo‘l

qo‘yilgan

ma`lumotlar,

davlat

va

jamoat

ehtiyojlari

uchun

olib

qo‘yilgan

yer

uchastkalari

hamda bino-inshootlar (снос), pasport bo‘limida fuqarolarning jismoniy

shaxsning shaxsiy indifikatsion raqam (JSHSHIR)larini kuzatib, tekshirib borish
hamda mulkdor haqida ma`lumotlar olish imkoniyati mavjud (4-rasm).

Ko‘chmas

mulk

ob`yektlariga

nizoli

vaziyat-larda,

davlatdan

qorzdorligi

mavjud

bo‘lganda

shunga

o‘xshash

ko‘chmas

mulkka

taalluqli

vaziyatlarda MIB yoki
kadastrning

mas’ul

hodimlari tomonidan taqiq
qo‘yish hamda taqiqdan
chiqarish

funksiyalari

qo‘shimchalar

ustunida

bajariladi (6-rasm).

“Ko‘chmas

mulk-3”

dasturiga

kiritilgan

ma`lu-

5-rasm motlarning tuzilmasini ko‘rish,
ma`lumotlarni qidirish, yer fondi toifalari haqidagi va hujjatlar bo‘yicha qidirish


background image

197

imkoniyatlari mavjud, bu ma`lumotlarni, ma`lumotlar

(Справочники)

ustunida

amalga oshiriladi (6-rasm).

“Ko‘chmas mulk-3” dasturidan hisobotlar

(Отчёты)

ustuni orqali

ma`lumotlarni kerakli ko‘rinishda olish va uni tahlil qilish imkoniyati mavjud
(7-rasm). Sozlamalar

(Настройка)

ustuni orqali kerakli sozlamalarni qilib olish

mumkin 3-rasmda keltirilgan ma`lumotlar faqat dastur administratori tomonidan
“dostub” bergan foydalanuvchilarda faol holatda bo‘ladi.

6-rasm

7-rasm

Davlat kadastrlari palatasi mutaxassisi dasturga kiritilgan ma`lumotlarini

tekshirish natijasida “Ko‘chmas mulk-3” dasturiga noto‘g’ri, kamchiliklar bilan
kiritilgan ma`lumotlar, tahlillar, yakka tartibdagi turar joylar, ko’p qavatliy turar
joy, noturar ob`yektlar hamda yuridik va jismoniy shaxslar bo’yicha har biri
alohida-alohida tahlil qilinib aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli hududiy
boshqarmalarga zudlik bilan to‘g‘irlashga ko‘rsatma va ogohlantirish beradi.

Foydalanilayotgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyundagi
“O‘zbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini
yuritish to‘g’risida”gi 278- son qarori.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi
«Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat royxatidan
o‘tkazish tartibi to‘g’risida” gi 1060-son qarori.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 йил 30
dekabrdagi “Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan
ko‘chmas mulk obyektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini
hisoblash tartibi to‘g’risida” gi 1043-son qarori.


background image

198

4.

www.Lex.uz


ГАТ АСОСИДА АҲОЛИ ПУНКТИ ҲУДУДИДА МАНЗИЛЛАР

РЕЕСТРИНИ ЮРИТИШ

Юнусов Бегенч –ТИҚХММИ МТУ

мустақил тадқиқотчиси

Абдурашидова Муқаддас - ТИҚХММИ МТУ

магистранти

Аннотация

Давлат ер кадастрини юритишни рақамлаштириш, Давлат

кадастрлари ягона тизими маълумотларида манзиллар реестрини

шакллантириш,кўча номларини юритиш манфаатдор вазирлик ва

идораларга интерактив хизмат кўрсатишда аҳборотларнинг ишончлилиги

таъминлаш муҳим аҳамият касб этади. Шу нуқтаи назардан мақолада аҳоли

пункти ҳудудида манзиллар реестри маълумотларини ArcGIS дастурий

таъминоти асосида базалаштириш, янгилаш, хато ва камчиликларни

бартараф қилиш юзасидан маълумотлар берилган.

Калит сўзлар: ArcGIS, кадастр, геодезия, давлат кадастрлари,

атрибутлар, автоматлаштириш, ер ҳисоби, айрим давлат кадастрилари,

қатламлар, маълумотлар базаси, интегратсия, геоахборот тизими,

дастурий таъминот, харита, электрон база, ахборот, маълумотлар

базаси.

Annotation

It is important to ensure the reliability of information in the digitization of

the state land registry, the formation of data of the unified system of State

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish to‘g’risida”gi 278- son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi «Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat royxatidan o‘tkazish tartibi to‘g’risida” gi 1060-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 йил 30 dekabrdagi “Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g’risida” gi 1043-son qarori.

www.Lex.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов