Lalmi yer resurlaridan foydalanishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish

  • Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»
  • Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»
  • Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»
CC BY f
89-96
70
12
Поделиться
Алтиев, А., Джасанов, Ж., & Авазов, Х. (2023). Lalmi yer resurlaridan foydalanishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish. Основные направления стратегии земельной реформы: проблемы и решения, 1(1), 89–96. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/land-reform/article/view/16744
А Алтиев, Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»

профессор

Ж Джасанов, Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»

аспирант

Х Авазов, Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»

аспирант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada lalmi ekin maydonlaridan foydalanishning an’anaviy usullarini o’zgartirgan holda zamonaviy tarzda yondashish, samarali bo’lgan ekinlarni ekish va parvarishlash, lalmi yerlardan qanday qilib sug’oriladigan yerlardanda ko’proq daromad olish mumkin, lalmi hududlarda istiqomat qiluvchi aholining iqtisodiy jihatdan o’sishini ta’minlash haqida yoritib berilgan

Похожие статьи


background image

89

LALMI YER RESURLARIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY

ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Prof. Altiyev A.S, TIQXMMI’ MTU

Jasanov J.M. “TIQXMMI’ MTU magistranti

Avazov X. “TIQXMMI’ MTU magistranti

Annotatsiya

Ushbu maqolada lalmi ekin maydonlaridan foydalanishning an’anaviy

usullarini o’zgartirgan holda zamonaviy tarzda yondashish, samarali bo’lgan

ekinlarni ekish va parvarishlash, lalmi yerlardan qanday qilib sug’oriladigan

yerlardanda ko’proq daromad olish mumkin, lalmi hududlarda istiqomat qiluvchi

aholining iqtisodiy jihatdan o’sishini ta’minlash haqida yoritib berilgan.

Kalit so’zlar:

lalmi yerlar, iqtisodiy asoslar, kovul, kavar.

Kirish.

Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning umumiy maydoni

20236,3 ming ga shundan lalmi ekin yerlari 756.7 ming ga tashkil etadi. Lalmikor

yerlar, bahorikor yerlar — adir zonasidagi sugʻorilmay dehqonchilik qilinadigan

yerlar. Lalmi dehqonchilik oʻrtacha yillik yogʻingarchilik 200 mm dan yuqori

boʻlgan hududlarda tarqalgan. Lalmikor dehqonchilik sugʻorish uchun noqulay

boʻlgan yerlardan foydalanish imkonini berganligi uchun ham katta iqtisodiy

ahamiyatga ega. U, asosan, Afgʻoniston, Eron, Turkiya, Oʻrta Osiyo, Janubiy

Qozogʻiston va Zakavkazyening togʻ oldi va vohalari atroflarida tarqalgan.

Sugʻorish imkonining yaratilishi bilan Lalmikor yerlar sugʻoriladigan

dehqonchilik

maydonlarini

kengaytirishda

katta

rezerv

hisoblanadi.

Oʻzbekistonda lalmi ekin maydoni 734 ming ga, shu jumladan, uning asosiy qismi

(ming ga) Jizzax (220,9), Qashqadaryo (252,0), Samarqand (175,5) viloyatlarida

joylashgan. Bu yerlarning 99,8 ming ga maydoni yogʻingarchilik bilan yetarli,

553,7 ming ga maydoni yarim va 89,5 ming ga maydoni kam taʼminlangan

(2003). Respublikamiz lalmikor dehqonchiligi ob-havo, tuproq unumdorligi va

o’simliklar dunyosi vertikal zonallik qonuniyatiga asosan o’zgarib boradi hamda


background image

90

tuproq va iqlim sharoitlariga ko’ra quyidagi mintaqalarga bo’linadi. Lalmi yerlar

Respublika tog’ oldi va past tog’larda mavjud bo’lib, ularning jami maydoni

qariyb 500 ming ga. yaqin. Olinadigan g’alla hosili o’rtacha (atmosfera

yog’inlarining miqdoriga qarab) 8-12 ts. gacha boradi. Respublikada lalmi ekin

yerlaridan foydalanish xolati yaxshi emas shuning uchun bizningcha tog’ oldi va

tog’li hududlardagi lalmi ekin yerlarga kovul dorivor o’simligini ekish zarur.

Mavzuning dolzarbligi.

Bugungi kunga kelib global iqlim o’zgarishi

natijasida lalmi yerlardagi tabiiy namlik ko’rsatkichi tushib ketmoqda shunga

ko’ra bunday hududlarda kovul dorivor o’simligini ekish iqtisodiy samara beradi.

Jizzax viloyati G’allaorol tumani misolida lalmi yerlarda kovul dorivor

o’simligini ekib lalmi yerlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini

oshirish mumkin

Tumanning markaziy va gʻarbiy qismi tekislik, shimoliy va shimoli-gʻarbiy

qismi qir, baland adir va togʻlardan iborat. Shimoldan Nurota tizmalari, sharqdan

Molguzar togʻi bilan oʻralgan. Tuman hududining katta qismi uning markaziy

qismidan shimoliga 350400 m dan 1600–1900 m gacha koʻtarilib boruvchi

tekislik. Tekislik Nurota togʻi etaklarigacha davom etadi. Iqlimi keskin

kontinental, yozi quruq, qishi sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –2°,

iyulniki 32°. Yillik yogʻin 326 mm. Vegetatsiya davri 240 kun. Tuproqlari sariq

tuproq, lyosslardan iborat. Markaziy va shimolily qismidagi adirlarning tuprogʻi

lyoss ustida hosil boʻlgan boʻz, och boʻz, tipik boʻz tuproq. Soylik, jar

koʻp.Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, chorvachilik (shu

jumladan, qorakoʻlchilik) rivojlangan. Ekin maydonlariga don, sabzavot, kartosh-

ka, poliz va ozuqa ekinlari ekiladi. Shirkat, fermer xoʻjaliklari, oʻrmon xoʻjaligi

ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, urugʻchilik firmasi va boshqalar bor.

Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda qoramol, qoʻy va echki, parran-da,

yilqi boqiladi. Qishloq xo’jaligi ekin yerlari 89933.0 gektar shundan

sug’orilagdigan yerlar 6303.0 gektar, lalmi ekin yerlari 83630.0 gektar. Tuman

qishloq xo’jaligi ekin yerlarining deyarli butun qismi lalmi ekin yerlaridir. [1]


background image

91

Kovul, kovar (Capparis spinosa L.) — kovuldoshlar oilasiga mansub yarim buta.

Poya va shoxchalari yotiq, bargi tuxumsimon, guli yirik, oq yoki och pushti.

Mevasi qizil etli, koʻp urugʻli. Qrim, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Shim. Afrika va Oʻrta

dengizning toshloq yerlarida koʻp tarqalgan. Janubiy Yevropada ekiladi.

Kovulning gʻunchasi, mevasi sirkalab yoki toʻzlab ovkatga solinadi. Mevasida

18% oqsil moddalar, 36% cha moy bor. Choʻl va adirlarda, yoʻl boʻylarida,

devorlar ustida, ekinlar orasida oʻsadigan kovul koʻp urugʻli rezavor boʻlib,

mevalari etdor, uzunligi 2 smga boradi. Iyul-avgust oylarida urugʻlari pishadi. Bu

dorivor oʻsimlikning mevalari tarkibida saponinlar, alkaloidlar, 32,9 foiz

uglevodlar, 150 mg askorbin kislota, 3,75 foiz moy, ildiz poʻstlogʻida staxidrin

alkaloidi mavjud. Kovul yoki kavar oʻsimligi tabiiy holda Oʻrtayer dengizi,

Yevropa janubida, Kavkazda, Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekistonda,

Pokiston va Hindistonda tarqalgan. Bu oʻsimlik Fransiya, Ispaniya, Italiya, Aljir

hamda Kiprda, Gretsiya va Shimoliy Amerikada madaniylashtirilgan boʻlib,

landshaftlarning bezagi hisoblanadi. Oʻsimlikning nomi Erondagi Dashti-Kavir

choʻli bilan bogʻliq holda atalgan. Chunki kovul bu hududlarda eng koʻp

uchraydigan oʻsimlik sifatida ajralib turadi. Kovul dorivor oʻsimlik boʻlishi bilan

bir qatorda oziq-ovqatda ham ishlatiladi. Kovulning gʻunchali novdalari,

gʻunchalari, rivojlanayotgan mevalari sirka kislotasida marinovat qilinadi hamda

oziq-ovqatda «kaperslar» nomi bilan mashhur dori-darmon koʻrinishida

foydalaniladi. Hindular kovulni kobra, kabra yoki kabarra nomlari bilan atashadi

hamda oʻsimlik organlari qoʻshib tayyorlangan oziq-ovqatlarni yoqtirib iste’mol

qilishadi. Tabobatda pishgan mevasi, barglari, novda va ildiz poʻstlogʻi ishlatiladi.

May-avgust oylarida ochilmagan gʻunchalari, barglari terib olinadi. Shu bilan

birga yosh, yogʻochlasha boshlagan novdalari va ildizining poʻstlogʻi shilib

olinadi,

maydalanadi

hamda

quyoshda

yoki

50-60ºS

haroratda

quritiladi.Poʻstlogʻidan tayyorlangan damlama ishtaha ochuvchi ta’sirga ega.

Xalq tabobatida yiringli yaralarni davolash uchun ishlatiladi. Yangi shilingan

poʻstlogʻi ogʻrigan tishga bosilganda ijobiy natija beradi. Ba’zan ochiq yiringli

yaralarga qoʻyilganda antiseptik ta’sir qiladi. Bundan tashqari oʻsimlikdan


background image

92

stenokardiyada, tireotoksikoz, gemorroyda, qandli diabet kasalligini davolashda

ham foydalaniladi. Ildiz poʻstlogʻidan nastoyka tayyorlash uchun 20 g shilib

olingan poʻstlogʻi ustiga 0,5 l qaynagan suv quyiladi, 1-2 soat davomida

tindiriladi. Kuniga uch mahal ovqatdan oldin 1/2 stakandan ichiladi. [2]

Bu o’simlik yovvoyi holda uchraydi, suvsizlikka yuqori darajada chidamli,

har qanday sharoitda ham o’sib hosil bera oladi, chorva mollari ist’mol qilmaydi

shuning uchun bu o’simlikni ortiqcha himoya qilish kerak emas. Yuqorida sanab

o’tilganidek mevasi dori darmon olishda, oziq – ovqat sanoatida keng qo’llaniladi.

Hozirgi kunda mamlakatimizning Namangan viloyatida ushbu o’simlikni

madaniylashtirish ishlari ketmoqda. Mevasining narxi jahon bozorida juda

qimmat. Ichki bozorda bu mevaning bugungi kundagi narxi 2 AQSH dollari

atrofida bu o’simlik mevasiga jahon bozorida xaridorlar juda ko’p.

Jumladan Prezidentimiz 2017 yil Namangan viloyatiga tashrifi davomida

kovul yetishtirishni yo’lga qo’yish, uning uning ilmiy asoslarini ishlab chiqish,

eksportga chiqarish mexanizmini yaratish yuzasidan vazifalar bergan. Shu asosda

ilk bor Namanganda chust tajribasi sifatida kovul yetishtirishga kirishildi.

Tadbirkorlarga 5 ming gektar yer ajratib berildi.

Chust tumanidagi “Baraka meva sanoat servis” MCHJ rahbari Sodiqjon

Hasanov kovul eksportini 2009 yilda yo’lga qo’ygan. “2014 yil 187ming, 2015

yil 317 ming , 2016 yil 581 ming, 2017 yil 759 ming AQSH dollarilik kovulni

eksport qildik 2017 yilda dasht hududidan kovulzorlar yaratish uchun 3000 gektar

yer ajratib berilgach, ishimiz yurishib ketdi” deydi tadbirkor. (1-rasm)Tadbirkor

tashabbusi bilan Namangan davlat universiteti olimi Sherzod Toshpo’latov kovul

o’simligi ustida 20 dan ortiq tajribalar o’kazgan. Natijada kovul urug’I ustidagi

plyonkaga o’xshash himoya qobig’ini xlorid kislota bilan eritish orqali uning

donador va unuvchanligini ta’minlash mumkinligini isbot qildi. Labaratoriya

sharoitida bunga erishdi hamda 6 kilogram kovul urug’i sepib, undirib oldi.

Biologiya fanlari nomzodi dots. Sherzod Toshpo’latov hamda tadbirkor Sodiqjon

Hasanov “Kovulchilik-istiqbolli tarmoq. Boisi, uni yo’lga qo’yish ortiqcha

mablag’ va resurs talab etmaydi. Daromad esa yildan yilga ortib boraveradi.


background image

93

Kovulchilikning rivojlantirilishi yana bir necha tarmoqlar istiqboliga, ko’plab

yangi ish o’rinlari ochilishi, qo’shimcha daromad manbai yaratilishiga keng yo’l

beradi” deya takidlaydi. [3]

1-rasm

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2020 yildagi “Yovvoyi

holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhozfaza qilish, madaniy holda

yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-

tadbirlari to’g’risida” gi 4670-sonli prezident qaroriga asosan 50 turdagi dorivor

o’simliklarni yetishtirish bilan shug’ullanuvchilar uchun juda ko’plab imtiyozlar

berilgan jumladan yerdan foydalanganlik uchun yer solig’idan ozod etilgan.

Kovul o’simligi ham yuqoridagi 50 ta dorivor o’simlikning biridir. [4]

Lalmi yer resurlaridan foydalanishda muqobil tanlov qilish muhim

ahamiyatga ega sababi har qanday ekin hamda o’simlik qurgo’qchil mintaqada

biz kutgan natijani beravermaydi.

Tadqiqotlar obekti va uslublari.

Tadqiqotlar 2009-2017 yillar oralig’ida

Namangan viloyati Chust tumanidagi “Baraka meva sanoat servis” MCHJ ga

tegishli kovulzorlarda olib borildi.

Tadqiqotlar umummaqbul qilingan uslublar asosida dala va labaratoriya

sharoitida bajarildi.

Tadqiqot natijalari va ularning muxokamasi.

Tajribalar davomida

o’rganilgan kovul o’simligining qurg’oqchil mintaqalarda boshqa ekin turlariga

nisbatan samaradorliligi aniqlandi. Bir gektar yerdan kovul o’simligini ekish


background image

94

orqali qancha daromad olish mumkinligini quyidagi jadavallar orqali ko’rib

chiqamiz ko’rib chiqamiz.

1-jadval. Kovul ekishdan olinadigan xosildorlik

Maydon,

ga

Ko’chatlar

soni,

o’rtacha

1

ko’chatdan

1

martada yig’iladigan

o’rtacha xosil, kg

1

yig’im

davomida

yig’iladigan

xosil, kg

Mavsum

davomida

olinadigan

umumiy xosil,

kg

1

2500

3

7500

25000

10

25000

3

75000

250000

2-jadval. 1 mavsum davomida olinadigan foyda

1

ga

maydondan

Xosil, kg

1 kg kovulning eng past

qiymati

Kovul xosilining umumiy

qiymati

USD

UZS

USD

UZS

1 yig’imda

7500

2

22000

15000

165000000

1 mavsumda 25000

2

22000

50000

550000000

3-jadval. Xarjatlar va foyda

Mavsum davomida 1 ga maydondan olinadigan

jami foyda

USD

50000

UZS

550000000

Kovul ko’chati sotib olish bilan bog’liq xarajatlar,

1 ga maydonga ekiladigan ko’chatlar qiymati

USD

2500

UZS

27500000

DNQ tarifi bo’yicha umumiy foydaning 12%

miqdorida daromad solig’i

USD

6000

UZS

66000000

Mavsum davomida ishchilarning ish xaqi, o’rtacha USD

6000

UZS

66000000

Ko’zda tutilmagan xarajatlar, ko’pi bilan jami

foydaning 1% miqdorida

USD

500

UZS

5500000


background image

95

JAMI: sof foyda

USD

35000

UZS

385000000

Albatta, mutaxassislar bizning xisob-kitoblarimiz o’rtacha ma’lumotlarga

asoslangan, deyishlari mumkin. Faraz qilaylik sharoit teskari bo’lib xosildorlik

juda past bo’ldi. Masalan, ishchilarning ish xaqi va ko’zda tutilmagan xarajatlar

o’zgarmay qolgan xolda 1 kovul ko’chatidan 10 kg emas 5 kg xosil yig’ildi. Xatto

shunday bo’lgan taqdirda ham jadvallarimizdagi xisob-kitoblar foyda

ko’rishimizni ko’rsatmoqda.

Jizzax viloyati G’allaorol tumanida ushbu kovul o’simligi yovvoyi holda

o’sadi va bundan aholi kovul xosili yetilgan mavsumda anchagina daromad

ko’radi. Demak yovvoyi holda o’sayotgan o’simlikni urug’idan olib ko’chat qilib

ushbu tumanda madaniylashtirish va kovulzorlarni tashkil qilish mumkin. Ushbu

tumanda kovulzorlarni tashkil etish tumandagi aholining daromadi o’sishiga,

ijtimoiy ahvoli yaxshilanishiga hamda barqaror rivojlanishiga kata hissa qo’shadi.

Xulosa, taklif va tavsiyalar.

Birgina sug’orilmaydigan deyarli e’tibordan

chetda qolgan ekin yerlaridan yuqorida keltirib o’tilgan o’simlikni ekishdan

foydalangan holda hozirgidan bir necha o’n barobar ko’proq foyda olsa bo’ladi.

Bu o’simlikning ichki bozordagi mevasining narxi 2 AQSH dollari biz uni xorijiy

davlatlarga eksport qilishimiz, undan boshqa mahsulotlar tayyorlashimiz

mumkin. Umuman olganda bu o’simlikni parvarishlash orqali biz lalmi yer

resurslaridan

foydalanishning

iqtisodiy

asoslarini

bir

muncha

takomillashtirishimiz mumkin. Biz bu orqali lalmi hududlarda istiqomat qiluvchi

aholining turmush tarzini yaxshilashimiz, mamlakatimiz iqtisodiyotiga hissa

qo’shishimiz va lalmi yerlardan oqilona foydalanishimiz mumkin Biz faqatgina

arpa, bug’doy va shunga o’xshash o’simliklarni ekib o’rganib qolganmiz

vaholanki zamon o’zgarmoqda nima ko’proq foyda bersa shuni qilishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/G%CA%BBallaorol_tumani

– internet

materiali


background image

96

2.

https://avitsenna.uz/kovul/

- internet materiali

3.

https://agro-olam.uz/kovul-oyoq-ostidagi-daromad/

- internet materiali

4.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2020 yil 4670-sonli PQ

Библиографические ссылки

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/G%CA%BBallaorol_tumani – internet materiali

https://avitsenna.uz/kovul/ - internet materiali

https://agro-olam.uz/kovul-oyoq-ostidagi-daromad/ - internet materiali

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2020 yil 4670-sonli PQ

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов