Состояние правового регулирования правовой защиты военнослужащих нaциональной гвардии

CC BY f
46-54
0
0
Поделиться
Миразов, Д., & Олимжонов, Х. (2023). Состояние правового регулирования правовой защиты военнослужащих нaциональной гвардии. Реформы в сфере подготовки юридических кадров в Узбекистане: анализ результатов и перспективные задачи, 1(1), 46–54. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/legal-personnel/article/view/22363
Даврон Миразов, Университет общественной безопасности Республики Узбекистан

д.ю.н., профессор

Хушнудбек Олимжонов, Университет общественной безопасности Республики

д.ю.н., профессор

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются такие вопросы, как роль Нaциональной гвардии в системе Вооруженных Сил, ее назначение и основные задачи, правовое положение военнослужащих Нaциональной гвардии, права и обязанности военнослужащих, льготы, предоставляемые военнослужащим.

Похожие статьи


background image

46

MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING HUQUQIY

HIMOYASINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI HOLATI

Davron Mirazov

1

,

yu.f.d., professor, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

Xushnudbek Olimjonov

2

,

yu.f.b.f.d. (PhD), O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

СОСТОЯНИЕ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ПРАВОВОЙ ЗАЩИТЫ

ВОЕННОСЛУЖАЩИХ НAЦИОНАЛЬНОЙ ГВАРДИИ

Даврон Миразов

1

,

д.ю.н

.,

профессор

,

Университет общественной безопасности Республики

Узбекистан

Хушнудбек Олимжонов

2

,

д.ф.ю.н

. (PhD),

Университет общественной безопасности Республики

Узбекистан

THE STATE OF LEGAL REGULATION OF THE LEGAL PROTECTION

OF MILITARY SERVICEMEN OF THE NATIONAL GUARD

Davron Mirazov,

Doctor of Law, Professor, University of Public Safety of the Republic of Uzbekistan

Khushnudbek Olimjonov,

Doctor of Philosopy (PhD), University of Public Safety of the Republic of Uzbekistan

Аннотaция

:

Мазкур мақолада Миллий гвардиянинг Қуролли Кучлар

тизимидаги ўрни

,

унинг мақсади ва асосий вазифалари

,

Миллий гвардия ҳарбий

хизматчиларининг ҳуқуқий ҳолати

,

уларнинг вазифалари

,

ҳуқуқ ва

мажбуриятлари

,

ҳарбий хизматчиларга берилаётган имтиёзлар каби масалаларга

тўхталиб ўтилган

.

Аннотaция

:

В данной статье рассматриваются такие вопросы

,

как роль

Нaциональной гвардии в системе Вооруженных Сил

,

ее назначение и основные


background image

47

задачи

,

правовое положение военнослужащих Нaциональной гвардии

,

права и

обязанности военнослужащих

,

льготы

,

предоставляемые военнослужащим

.

Abstract

: This article discusses such issues as the role of the National Guard in the

system of the Armed Forces, its purpose and main tasks, the legal status of the National

Guard, the rights and obligations of the military, the benefits provided to the military.

Калит сўзлар

:

конституция

,

инсон ҳуқуқлари

,

Миллий гвардия

,

ҳарбий

хизматчи

,

ҳуқуқ ва мажбуриятлар

,

ижтимоий кафолат

.

Ключевые слова

:

конституция

,

права человека

,

Нaциональная гвардия

,

военнослужащий

,

права и обязанности

,

социальное обеспечение

.

Key words:

constitution, human rights, National Guard, soldier, rights and

obligations, social security.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash

hamda xavfsizlikni mustahkamlash borasida davlatimiz tashqi siyosiy prinsiplarining

to‘g‘ri belgilanganligi, ularni amalga oshiradigan davlat faoliyat mexanizmlarining

konstitutsiyaviy tartibi belgilab berilganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan,

Konstitutsiyaning 152-moddasiga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari

O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining

tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi...” va 126-moddasiga asosan

esa, “O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun y

е

tarli darajada Qurolli

Kuchlariga ega”ligi belgilangan[1].

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi[6]. Mazkur

farmonda, jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan

taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun”

tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini

transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va

manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga

qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida mamlakatimiz xavfsizligi


background image

48

va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish

belgilandi.

Bizning fikrimizcha, har bir harbiy xizmatchi, avvalo O‘zbekiston Respublikasining

fuqarosidir. Faqat xizmat shart-sharoiti belgilaydigan tartiblar ularning fuqarolardan farqli

ravishda huquq va erkinliklarini amalga oshirishni cheklaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bobi “Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy

va ekologik huquqlar” deb nomlanadi. Mazkur bobda ko‘rsatilgan ijtimoiy huquqlar

harbiy xizmatchilarning huquqlarini ijtimoiy kafolati deb aytishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida “Har kim munosib mehnat

qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob

beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash qonunda ko‘rsatilgan tartibda himoyalanish

huquqiga ega” va 44-moddasida esa, “Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish

tartibidan yohud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat

taqiqlanadi” [1] degan norma mustahkamlangan.

O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli

qonunining 4-moddasida “Bandlik fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, o‘z

shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi

(mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir” deb, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa

vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat

xavfsizlik xizmati tizimida, bojxona organlarida va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan

idoralarda xizmatni o‘tayotgan fuqarolar band deb hisoblanashi ko‘rsatib o‘tilgan[2].

“Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi Jeneva Konvensiyasining 2-moddasida ushbu

Konvensiya maqsadlari uchun “zo‘raki yoki majburiy mehnat” atamasi ixtiyoriy ravishda

o‘z xizmatlarini taklif etmagan har qanday shaxsdan har qanday jazolash tahdidi ostida

talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmatni anglatadi. Lekin, “zo‘raki yoki majburiy

mehnat{“ atamasi ushbu Konvensiyaning “a” kichik bandida majburiy harbiy xizmat

to‘g‘risidagi qonunlar kuchiga ko‘ra talab qilinadigan va haqiqiy harbiy tusdagi ishlarga

qo‘llaniladigan har qanday ishni yoki xizmatni o‘z ichiga olmasligi nazarda tutilgan[3].


background image

49

Bizningcha, harbiy xizmatchilarning mehnat faoliyati majburiy xizmatga

asoslanmagan. Ularning mehnatini yuksak darajadagi harbiy-vatanparvarlik

tuyg‘ularining amaldagi ifodasi deb ta’kidlashimiz mumkin.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarning jinoiy javobgarlikka tortilishlari ular

tomonidan sodir etilgan harakat va harakatsizlikning qonunga zidligi bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga asosan “Har kim qariganda,

mehnat layoqatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va

qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.

Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning

miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin

emas”[1] deb ko‘rsatilgan. Konstitutsiyaning ushbu moddasi Inson huquqlari umumjahon

deklaratsiyasining “Har bir inson o‘zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini

ta’minlash uchun zarur bo‘lgan turmush darajasiga ega bo‘lish, jumladan kiyim-kechak,

oziq-ovqat, tibbiy xizmat va zarur ijtimoiy xizmatga ega bo‘lishga hamda ishsizlik,

kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra

tirikchilik uchun mablag‘ bo‘lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega”

deb ko‘rsatilgan 25-moddasiga mos keladi[4].

Fikrimizcha, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy ta’minoti Konstitutsiyamizda va

mamlakatimizning boshqa qonunlarida ham o‘z ifodasini topgan. Misol uchun,

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi

Nizomning 184-moddasida harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasining davlat

budjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat, pul, kiyim-kechak, uy-joy ta’minoti bilan

ta’minlanadilar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan pensiya va tibbiy

ta’minot hamda boshqa ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan foydalanishi belgilab qo‘yilgan.

Shu bilan birga, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risi”dagi O‘zbekiston

Respublikasi qonunining 5-moddasi “Harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining,

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan

bo‘lgan shaxslarining, sudyalarning va prokuratura organlari darajali unvonlarga (harbiy

unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarining pensiya ta’minoti” deb nomlanib, unda xodimlar


background image

50

va ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartibi

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi. Ularga ushbu Qonunda nazarda

tutilgan asoslarda pensiya olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, ichki

ishlar organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy

xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslari, sudyalar va prokuratura organlarining darajali

unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlari pul ta’minotining barcha turlari

fuqarolarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi” deb yozilgan[5].

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining y

е

ttinchi ustuvor yo‘nalishining

90-maqsadida davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli

Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish, barcha

bo‘g‘indagi hokimiyat organlari rahbarlarining qo‘shinlar kundalik hayotida, harbiy

shaharchalar barpo etish, ularning infratuzilmasini yaxshilash, yoshlarni harbiy-

vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faol ishtirok etishini ta’minlash, harbiy xizmatni o‘tab

qaytgan yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal etish, ularni ish bilan ta’minlashga

alohida e’tibor qaratish, Qurolli Kuchlarning barcha davlat idoralari, muassasa va

korxonalar uchun y

е

tuk kadrlar tayyorlaydigan maktabiga aylanishiga erishish, mamlakat

harbiy xavfsizligini ta’minlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi

qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, Qurolli Kuchlar yagona avtomatlashtirilgan

boshqaruv tizimini yaratish va raqamlashtirishni yanada takomillashtirish, Qurolli

Kuchlarda yagona axborot-kommunikatsiya tizimini yaratish va axborot xavfsizligini

ta’minlash kabi vazifalar belgilangan.

Shuningdek, 91-maqsadda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolarining ijtimoiy

himoyasini har tomonlama kuchaytirish, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarini ijtimoiy

qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy ta’minot sifatini yanada oshirish

Qurolli Kuchlarda axloqiy-ruhiy ta’minotni va harbiy psixologlar institutini yanada

takomillashtirish hamda harbiy xizmatchilarning jangovar ruhiyatini oshirish bo‘yicha

chora-tadbirlarni belgilash, Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlarini

yanada kuchaytirish vazifalari belgilangan[6].


background image

51

Fikrimizcha, agar harbiy xizmatchilarga xizmat vazifalarini bajarish bo‘yicha

yuklatilayotgan majburiyatlar ularning qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan huquqlari

bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lsa xizmat vazifalarni bajarilishida samaradorlikka erishish

mumkin.

Bosh Qomusimizda, “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga

ega” ekanligi qayd etilgan. Barcha harbiy xizmatchilar ham tibbiy xizmatdan jangovar

shaylikni saqlash va jismoniy tayyorgarligini doimiy ravishda takomillashtirib borish

uchun tibbiy xizmatdan foydalanadilar, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi

qonunda harbiy xizmatchilar, harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan hamda harbiy

xizmatga kontrakt bo‘yicha kiradigan fuqarolarning huquqlari va harbiy xizmatchilar

harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanliklarini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan

o‘tish hamda harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida harbiy xizmatdan muddatidan

ilgari bo‘shatilish huquqlari haqida yozilgan. Harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan

yoki harbiy xizmatga kontrakt bo‘yicha kiradigan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan o‘tadi

hamda sog‘lig‘iga ko‘ra harbiy xizmatga chaqiruvni kechiktirish yoki chaqiruvdan ozod

etilish huquqini beradigan tibbiy ma’lumotlar to‘g‘risida to‘liq axborot olish huquqi

mustahkamlangan[7].

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq,

chaqiriluvchilar, harbiy xizmatga majburlar va harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan

o‘tkazish sifatini yanada yaxshilash va samaradorligini oshirish, O‘zbekiston

Respublikasi Qurolli Kuchlarini sog‘lom va jismonan baquvvat harbiy xizmatchilar bilan

to‘ldirish maqsadida 2018-yil 25-dekabrda PQ–4076-sonli “O‘zbekiston Respublikasi

Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi

nizomni tasdiqlash haqidagi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul

qilingan[8]. Ushbu qarorda harbiy xizmatchilarning xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida

sog‘ligi bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan muammolari va ularning bartaraf etish etilishi

bo‘yicha chora-tadbirlar yoritib o‘tilgan.


background image

52

Shu o‘rinda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila

a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

2018-yil 14-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3726-Qarorida

“Murakkab, keskin o‘zgaruvchan, avvalambor bir-biriga bog‘lik xalqaro terrorizm, diniy

ekstremizm va radikalizmning kuchayishi, mamlakatimiz chegaralari yaqinida

to‘xtamayotgan qurolli mojarolar, yoshlar o‘rtasida xalqimizga yod bo‘lgan g‘oyalarning

tarqatilishi sharoitlarida, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari

har kuni xizmat vazifalarini bajarib kelmoqdalar. Harbiy xizmatchilarning yangi xizmatni

o‘tash joylariga, shu jumladan, iqlim sharoitlari og‘ir bo‘lgan uzoq garnizonlarga ko‘chib

o‘tishi natijasida, ularning farzandlari ta’lim muassasalarini doimiy ravishda o‘zgartirib

turishadi, mazkur holat esa ular tomonidan olinayotgan bilimlar sifatiga ta’sir

ko‘rsatmoqda.

Vujudga kelgan vaziyatni e’tiborga olgan holda, harbiy xizmatchilar doimiy harbiy

tayyorgarlik holatida bo‘layotganligini hisobga olib, harbiy xizmatchilarning ma’naviy-

ruhiy holatini saqlab qolish va qo‘llab-quvvatlash, ularning oila a’zolariga bo‘lgan

g‘amxo‘rlikka alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila

a’zolarini yanada ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-ruhiy holatini mustahkamlash

maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va

idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va

oddiy askarlar tarkibining farzandlari uchun, respublika oliy ta’lim muassasalari davlat

granti asosida oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari

kvotasidan tashqari, harbiy oliy ta’lim muassasalariga kursantlarning umumiy qabul

sonidan bakalavriatga qabul qilishning besh foizli kvotasi ajratildi[9].

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat

qilayotgan harbiy xizmatchilarimizning xizmat faoliyatini belgilangan vaqtlarda turli

joylarda olib borilishi va ular uchun har qanday holatda ham vatanimiz tinchligi,

chegaralarimiz daxlsizligi eng oliy burchligini inobatga olgan holda mazkur yo‘nalish

o‘zining dolzarb ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib kelmoqda.


background image

53

Адабиётлар рўйхати/Библиографические ссылки

/References:

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., “O‘zbekiston” nashriyot-

matbaa ijodiy uyi. 2023.

2. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi

to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli qonunining 4-moddasi.

3. “Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi Jeneva Konvensiyasining 2-moddasi 1930-yil 28-

iyun.

4. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 25-moddasi 1948-yil 10-dekabr.

5. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi “Fuqarolarning davlat

pensiya ta’minoti to‘g‘risi”dagi 938-XII-son Qonunining 5-moddasi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 – 2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-

60-son Farmoni.

7. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi “Fuqarolar sog‘lig‘ini

saqlash to‘g‘risida”gi 265-I–son Qonuni.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrda “O‘zbekiston

Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish

to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ–4076-sonli Qarori.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi "O‘zbekiston

Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-

quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-3726-son Qarori.

10.

Murakayeva S. K., Murakayev I. I. The Constitution is the basis of our

free and prosperous life, further development and prosperity of the country

//International journal of conference series on education and social sciences (Online).

– 2022. –

Т

. 2. –

. 5.

11.

Рустамбаев

,

М

.

Х

. "

Жиноят ҳуқуқи

:

Махсус қисм

."

Тошкент

,

Ўқитувчи

(2003).


background image

54

12.

Рустамбаев

,

М

.

Х

.,

Н

.

Е

.

Мухаммадиев

, and

С

.

Абдухаликов

. "

Миллий

гвардия хизматчилари

(

ходимлари

)

нинг касб этикаси

."

Тошкент

,

Миллий гвардия

Ҳарбий-техник институти

(2019).

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2023.

O‘zbckiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli qonunining 4-moddasi.

“Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi Jeneva Konvensiyasining 2-moddasi 1930-yil 28-iyun.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 25-moddasi 1948-yil 10-dekabr.

O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi “Fuqarolaming davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risi”dagi 938-XH-son Qonunining 5-moddasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O‘zbckistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-son Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ-4076-sonli Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ulaming oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-3726-son Qarori.

Murakayeva S. К., Murakayev I. I. The Constitution is the basis of our free and prosperous life, further development and prosperity of the country //International journal of conference series on education and social sciences (Online). -2022.-T. 2.-№. 5.

Рустамбаев, M. X. "Жиноят хукуки: Maxeye кием." Тошкент, Укитувчи (2003).

Рустамбаев, М. Х., Н. Е. Мухаммадиев, and С. Абдухаликов. "Миллий гвардия хизматчилари (ходимлари) нинг касб этикаси." Тошкент, Миллий гвардия Ҳарбий-техник институти (2019).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов