Теоретические основы правовой защиты военнослужащих нaциональной гвардии

CC BY f
171-179
0
0
Поделиться
Олимжонов, Х. (2023). Теоретические основы правовой защиты военнослужащих нaциональной гвардии. Реформы в сфере подготовки юридических кадров в Узбекистане: анализ результатов и перспективные задачи, 1(1), 171–179. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/legal-personnel/article/view/22380
Хушнудбек Олимжонов, Университет общественной безопасности Республики Узбекистан

д.ф.ю.н. (PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье подрооно проанализированы теоретические основы правовой защиты военнослужащих Национальной гвардии, в частности тенденции ее развития, нормативные правовые акты, регулирующие ее, исходя из того, что Вооруженные Силы Республики Узбекистан являются важной частью жизни общества.

Похожие статьи


background image

171

MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING HUQUQIY

HIMOYASINI NAZARIY ASOSLARI

Xushnudbek OLIMJONOV

yu.f.b.f.d. (PhD), O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПРАВОВОЙ ЗАЩИТЫ

ВОЕННОСЛУЖАЩИХ НAЦИОНАЛЬНОЙ ГВАРДИИ

Хушнудбек ОЛИМЖОНОВ

д.ф.ю.н

. (PhD),

Университет общественной безопасности Республики

Узбекистан

THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE LEGAL PROTECTION OF

MILITARY SERVICE MEN OF THE NATIONAL GUARD

Khushnudbek OLIMZHONOV

Doctor of Philosophy (PhD), Public Safety University of the Republic of Uzbekistan

Annotatsiya:

Maqolada O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari jamiyat

hayotining muhim bo‘lagi ekanligidan kelib chiqib, Milliy gvardiya harbiy

xizmatchilarining huquqiy himoyasining nazariy asoslari, xususan, rivojlanish

tendensiyalari, uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar batafsil tahlil etilgan.

Аннотация

:

В статье подробно проанализированы теоретические основы

правовой защиты военнослужащих Национальной гвардии

,

в частности

тенденции ее развития

,

нормативные правовые акты

,

регулирующие ее

,

исходя

из того

,

что Вооруженные Силы Республики Узбекистан являются важной

частью жизни общества

.

Abstract:

The article analyzes in detail the theoretical foundations of the legal

protection of the military personnel of the National Guard, in particular the trends in

its development, the regulatory legal acts that regulate it, based on the fact that the

Armed Forces of the Republic of Uzbekistan are an important part of society.


background image

172

Kalit so‘zlar:

Qurolli Kuchlar, Milliy gvardiya, huquqiy himoya, Qurolli Kuchlar

Harbiy nizomlari, harbiy xizmatchi.

Ключевые слова

:

вооруженные силы

,

Национальная гвардия

,

правовая

защита

,

воинские уставы Вооруженных сил

,

военнослужащий

.

Key words:

armed forces, National Guard, legal protection, military regulations

of the Armed Forces, serviceman.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini

himoya qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi hisoblanadi. Ushbu burchni

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan harbiy

xizmatchilar o‘ziga sharaf deb bilib, ado etadilar. Chunonchi, O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining 152-moddasida | “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli

Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini,

aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi…”[1] deb

belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari jamiyat hayotining muhim

bo‘lagi bo‘lib, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy bo‘g‘indir.

Mazkur faoliyatni amalga oshirish jarayoni huquq normalari bilan tartibga solinadi

hamda Konstitutsiya, harbiy qonunchilik va harbiy nizomlarning talablariga

asoslanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi

nutqida “Ayni paytda butun dunyoda, jumladan, yon-atrofimizda xalqaro terrorizm,

ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib bormoqda, ayrim hududlarda qurolli

to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda. Ana shunday keskin vaziyatdan kelib chiqqan

holda, mavjud tahdidlarga qarshi munosib zarba berishga tayyor bo‘lishimiz,

O‘zbekistonning tinch va barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida Qurolli

Kuchlarimizni yanada isloh qilish, uning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini

yuksaltirish bo‘yicha kelgusida amalga oshiradigan ishlarimizni izchil davom

ettirishimiz zarur... Uchinchidan, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash va tashkiliy-


background image

173

shtat tuzilmalarini takomillashtirish bo‘yicha konseptual hujjatlar yangilangani

munosabati bilan Qurolli Kuchlarni rejalashtirish va ularni qo‘llashning me’yoriy-

huquqiy asoslarini qayta ko‘rib chiqish lozim”[2] deb ta’kidlab o‘tgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining

yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida bugun jahon

miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda “Yangi O‘zbekiston” iborasi tilga

olinayotgani, bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam

qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e’tirofi ekanini alohida ta’kidladi.

Fikrimizcha, bugungi kunda harbiy xizmatchilarning vatanparvarligi, jangovar

tayyorgarligi, bilim salohiyati va huquqiy himoyasi “Yangi O‘zbekiston”ga mos

bo‘lishi lozim.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining huquqiy himoyasini nazariy asoslari

deyilganda harbiy huquq tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tish lozim.

Harbiy huquq – huquq sohasi sifatida milliy qurolli kuchlarni tashkil etish,

qo‘shinlarning hayoti, hayoti va faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga

soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidir. Qoida tariqasida, u murakkab huquq

sohasidir, chunki u ko‘pgina davlatlar va mamlakatlar milliy huquqining an’anaviy

tarmoqlari (ma’muriy, fuqarolik, mehnat, jinoiy va boshqalar) va maxsus harbiy-

huquqiy hujjatlar normalarini o‘z ichiga oladi[3].

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi

organlaridagi xizmat davlatning maxsus xizmati hisoblanadi va alohida qonun

hujjatlari bilan tartibga solinadi. Darhaqiqat, yuqorida keltirib o‘tilgan sohalardagi

davlat xizmatini tartibga soluvchi alohida qonunlar mavjud. O‘zbekistonda harbiy

xizmatchilarning huquqiy himoyasining nazariy huquqiy asoslarini mustaqillik

davridagi tarixiy rivojlanishdan kelib chiqib, to‘rt bosqichga ajratish mumkin bo‘lib,

bu bosqichlarning har biri mamlakatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega.

Birinchi bosqich, 1991–2000-yillarni o‘z ichiga olib, mazkur bosqich mustaqil

O‘zbekiston siyosiy tizimi poydevorini barpo etish sohasida puxta va jiddiy ish olib

borilgan davr bo‘ldi. Bu bosqichda amalga oshirilgan islohotlarning huquqiy negizini


background image

174

tashkil etuvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar sifatida O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi[1], “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari

to‘g‘risida”gi[4], O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi[5], “Vatan

himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi[6], “O‘zbekiston Respublikasining

Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi[7], “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi[8] qonunlari

qabul qilingan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Harbiy xizmatchilar

va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi

shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi[9], “O‘zbekiston

Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy Nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi

Farmon[10]lari shular jumlasidan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi

hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi

Qarori[11] tasdiqlangan. Mazkur Qarorda, O‘zbekiston hududida joylashgan Sobiq

ittifoqqa qarashli Ichki ishlar va Mudofaa vazirligining qismlari, birlashma,

qo‘shilmalari, oliy o‘quv yurtlari, harbiy tuzilmalari mamlakatning qonuniy tasarrufiga

olinishi belgilangan.

Bizning fikrimizcha, ushbu davrda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini

boshqarishning huquqiy asoslari, mudofaa tushunchasi, mudofaa sohasidagi davlat

siyosatining asosiy prinsiplari, mudofaani tashkil etish hamda Qurolli Kuchlarga

rahbarlik qilish, davlat organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari, fuqarolarning

o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning

mudofaani ta’minlashdagi ishtiroki haqida to‘xtalib o‘tilgan.

Ikkinchi bosqich, 2001–2010-yillarni tashkil qilib, bu bosqichda harbiy huquq

sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar qamrab olingan. Bu bosqichda mustaqil rivojlanish

yillarida to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish, rivojlangan davlatlarning

harbiy huquq va harbiy boshqaruv bo‘yicha bosib o‘tgan yo‘lini chuqur tadqiq etish

asosida ijobiy tajribani o‘tgan yillar mobaynida to‘plangan milliy tajribamiz bilan

uyg‘unlashtirish asosida Qurolli Kuchlarimizni yanada takomillashtirish belgilab


background image

175

olindi. Ushbu bosqichda avvalgi bosqichdan farqli ravishda harbiy xizmatchilarning

huquqlarining huquqiy-ijtimoiy himoyasini, harbiy intizomni mustahkamlashga

ta’sirini tubdan kuchaytirish masalalariga katta ahamiyat qaratildi. Bu davrda amalga

oshirilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari quyidagilardan iborat

bo‘lgan:

– qurolli kuchlar harbiy xizmatchilariga munosib turmush sharoitini yaratish;

– huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

– muddatli harbiy xizmatchilarga qo‘shimcha imtiyozlar yaratish.

Shu bilan bir qatorda, ushbu davrda O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa

to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar

kiritish haqida”gi va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi[12],

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi[13]

qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi

Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada

turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risida” Qarori[14],

“Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni

o‘tash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni[15]

hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi

Qurolli Kuchlarining oddiy askarlar va serjantlar tarkibida muddatli harbiy xizmatni

o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga qo‘shimcha imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi

Qarori[16] qabul qilindi.

Bizning fikrimizcha, ushbu davr mobaynida birinchi bosqichda qabul qilingan

qonunlarni takomillashtirish, xorijiy tajriba, amalda bo‘lgan qonun hujjatlari va

xalqaro huquq normalarini tahliliy o‘rganib chiqildi va mamlakatimiz mudofaa

salohiyatini mustahkamlash, Vatanimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini

ta’minlashdek ustuvor vazifalar nuqtayi nazaridan qayta yondashildi.

Uchinchi bosqich, 2011-yildan hozirgi davrlarni o‘z ichiga olib, ushbu davrda

harbiy huquq sohasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Harbiy

xizmatchilarning huquqiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali milliy armiyamiz


background image

176

nufuzini yanada yuksaltirishga, uning faoliyatini zamon ruhiga monand yo‘lga

qo‘yishga, e’tibor qaratildi. “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni[17]ning y

е

ttinchi

ustuvor yo‘nalishi sifatida “mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini

kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” belgilandi. Ushbu

yo‘nalish doirasida ham harbiy xizmatchilarning ijtimoiy huquqiy himoyasi yanada

mustahkamlandi.

Shuningdek, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi[18], “O‘zbekiston

Respublikasining Mudofaa Doktrinasi to‘g‘risida”gi[19], “O‘zbekiston Respublikasi

Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi[20], “O‘zbekiston Respublikasi Milliy

gvardiyasi to‘g‘risida”gi[21], O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik

xizmati to‘g‘risida”gi[22] qonunlari hamda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining

harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi[23] qarori

qabul qilindi.

Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari

saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning faoliyatini huquqiy tartibga solish

bilan bir qatorda ularning huquqiy-ijtimoiy, ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va

huquqiy himoya qilishning tartibga solish uchun xizmat qildi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari

tizimida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida ko‘plab ijobiy fikrlarni misol keltirish

mumkin, lekin dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar va harbiy-geostrategik

vaziyatlar harbiy xizmatchilarning huquqiy himoyasini muntazam ravishda

takomillashtirib borishni hamda bu sohadagi muammolarni y

е

chimini topishni taqozo

etmoqda.

Адабиётлар рўйхати

;

Библиографические ссылки

; References:

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – T., “O‘zbekiston” 2023-y.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi

nutqi


background image

177

3. “Harbiy qonun” TSB. 2010-yil 10-mayda olingan. Asl nusxadan arxivlangan,

2012-yil 11-yanvar.

4. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 30-avgustda qabul qilgan “O‘zbekiston

Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni.

5. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mudofaa

to‘g‘risida”gi, qonuni (Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan).

6. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-dekabrdagi “Vatan himoyachilari

kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni.

7. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

8. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi “Fuqaro muhofazasi

to‘g‘risida”gi Qonuni.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 26-yanvardagi “Harbiy

xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar

tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi

Farmoni.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi “O‘zbekiston

Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy Nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi

Farmoni.

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 14-yanvarda “O‘zbekiston

Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari

to‘g‘risida”gi Qarori.

12. O‘zbekiston Respublikasi 2002-yil 12-dekabrda “Umumiy harbiy majburiyat

va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni.

13. O‘zbekiston Respublikasi 2003-yil 25-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi

Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni.

14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi “O‘zbekiston

Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik

(ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risida”


background image

178

Qarori.

15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-noyabrdagi

“Fuqorolarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni

o‘tash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining oddiy askarlar va serjantlar tarkibida

muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga qo‘shimcha imtiyozlar

berish to‘g‘risida”gi Qarori.

17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 –

2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.

18. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi “Ichki ishlar organlari

to‘g‘risida”gi Qonuni.

19. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston

Respublikasining Mudofaa Doktrinasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

20. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilning 5-aprelidagi “O‘zbekiston

Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni.

21. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrdagi “O‘zbekiston

Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

22. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 6-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni.

23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi

nizomni tasdiqlash xaqida”gi Qarori.

24.

Murakayeva S. K., Murakayev I. I. The Constitution is the basis of our free and

prosperous life, further development and prosperity of the country //International journal

of conference series on education and social sciences (Online). – 2022. –

Т

. 2. –

. 5.

25.

М.Х.Рустамбаев

Узбекистан Республикаси Жиноят хукуки курси

” //

Узбекистан Республикаси Миллий гвардияси Харбий-техник института

-


background image

179

Тошкент

-2018.

26.

Рустамбаев

,

М

.

Х

.,

Н

.

Е

.

Мухаммадиев

, and

С

.

Абдухаликов

. "

Миллий

гвардия хизматчилари

(

ходимлари

)

нинг касб этикаси

."

Тошкент

,

Миллий гвардия

Ҳарбий-техник институти

(2019).

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -T., “O‘zbekiston” 2023-y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qohnondoni Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqi

“Harbiy qonun” TSB. 2010-yil 10-mayda olingan. Asl nusxadan arxivlangan, 2012-yil 11-yanvar.

O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 30-avgustda qabul qilgan “0‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni.

0‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mudofaa to‘g‘risida”gi, qonuni (Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan).

O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-dekabrdagi “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

0‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 26-yanvardagi “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvehi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Fannon i.

0‘zbckiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi “0‘zbckiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy Nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni.

0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 14-yanvarda “0‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi Qarori.

0‘zbekiston Respublikasi 2002-yil 12-dekabrda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni.

0‘zbckiston Respublikasi 2003-yil 25-aprcldagi “0‘zbckiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni.

0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi “0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risida”Qarori.

0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-noyabrdagi “Fuqorolarning 0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi “0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining oddiy askarlar va serjantlar tarkibida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga qo'shimcha imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi Qarori.

0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 -2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.

0‘zbckiston Respublikasining 2016-yil 16-scntabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni.

0‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi “0‘zbekiston Respublikasining Mudofaa Doktrinasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

0‘zbekiston Respublikasining 2018-yilning 5-aprelidagi “0‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni.

0‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrdagi “0‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

0‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 6-iyuldagi “0‘zbckiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni.

0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi “0‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi Qarori.

Murakaycva S. K., Murakaycv 1.1. The Constitution is the basis of our free and prosperous life, further development and prosperity of the country //International journal of conference series on education and social sciences (Online). - 2022. - T. 2. - №. 5.

М.Х.Рустамбаев “Узбекистан Республикаси Жиноят хукуки курси” // Узбекистан Республикаси Миллий гвардияси Харбий техник института Тошкент-2018.

Рустамбаев, М. X., Н. Е. Мухаммадиев, and С. Абдухаликов. "Миллий гвардия хизматчилари (ходимлари) иингкасб этикаси." Тошкент, Миллий гвардия Ҳарбий-тсхник института (2019).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов