Процессуальные проблемы досудебного производства в военном уголовном процессе

CC BY f
119-127
3
2
Поделиться
Алимов, М. (2023). Процессуальные проблемы досудебного производства в военном уголовном процессе. Реформы в сфере подготовки юридических кадров в Узбекистане: анализ результатов и перспективные задачи, 1(1), 119–127. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/legal-personnel/article/view/22375
Мухаммаджон Алимов, Университет общественной безопасности Республики Узбекистан

д.ф.ю.н. (PhD), доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

 Анализируются как теоретически, так и практически вопросы специфики досудебного производства по преступлениям, совершенным с участием военнослужащих, его правовые основы, преступления, совершенные с участием военнослужащих, и их криминалистическая характеристика, порядок проведения дознания по военным преступлениям или преступлениям, совершенным с участием военнослужащих.

Похожие статьи


background image

119

HARBIY JINOYAT PROTSESSIDA SUDGA QADAR ISH YURITUVINING

PROTSESSUAL MUAMMOLARI

Muhammadjon ALIMOV,

yu.f.f.d. (PhD), dotsent, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

ПРОЦЕССУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ДОСУДЕБНОГО ПРОИЗВОДСТВА

В ВОЕННОМ УГОЛОВНОМ ПРОЦЕССЕ

Мухаммаджон АЛИМОВ

д.ф.ю.н

. (PhD),

доцент

,

Университет общественной безопасности

Республики Узбекистан

PROCEDURAL PROBLEMS OF PRE-TRIAL PROCEEDINGS IN

MILITARY CRIMINAL PROCEEDINGS

Muhammadjon ALIMOV

Doctor of Philosophy, Associate Professor, University of Public Safety

of the Republic of Uzbekistan

Annotatsiya:

Harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan

sudga qadar ish yurituvning o‘ziga xos xususiyatlari, uning huquqiy asoslari, harbiy

xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar va ularning kriminalistik tavsifi, harbiy

jinoyatlar yoki harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan

tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish tartibi kabi masalalar ham nazariy, ham

amaliy jihatdan tahlil etilgan.

Аннотaция

:

анализируются как теоретически

,

так и практически вопросы

специфики досудебного производства по преступлениям

,

совершенным с

участием военнослужащих

,

его правовые основы

,

преступления

,

совершенные с

участием военнослужащих

,

и их криминалистическая характеристика

,

порядок

проведения дознания по военным преступлениям или преступлениям

,

совершенным с участием военнослужащих

.

Abstract:

both theoretically and practically, the issues of the specifics of pre-

trial proceedings for crimes committed with the participation of military personnel, its

legal foundations, crimes committed with the participation of military personnel and


background image

120

their forensic characteristics, the procedure for conducting an inquiry for war crimes

or crimes committed with the participation of military personnel are analyzed.

Kalit so‘zlar:

harbiy xizmatchi, jinoyat, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual

kodeksi sudga qadar ish yurituv, surishtiruv, dastlabki tergov, tergovga qadar

tekshiruv.

Ключевые слова

:

военнослужащий

,

преступление

,

УК

,

УПК досудебное

производство

,

дознание

,

предварительное следствие

,

досудебное расследование

.

Key words:

serviceman, crime, Criminal Code, Code of Criminal Procedure

pre-trial proceedings, inquiry, preliminary investigation, pre-trial investigation.

Mamlakat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, sud-huquq sohasida

bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar harbiy xizmatchilarning odil

sudlovdagi huquq va manfaatlarini erkin himoya qilishga qaratilgan. Bu boradagi

islohotlarning maqsadi harbiy xizmatchilarning jinoyat protsessida alohida subyekt

sifatidagi ishtirokida sodir etiladigan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning

muqarrarligi, ular sudda jinoyat huquqining qanday subekti bo‘lib ishtirok etishidan

qat’iy nazar ularning huquqlari aybsizlik prezumpsiyasiga asosan himoya qilinishiga

qaratilganligini alohida ta’kidlash lozim. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2022-

yil 28-yanvardagi PF-60-sonli farmoni asosida “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan

yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” imzolangan bo‘lib mazkur

strategiyaning ikkinchi yo‘nalishida “Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi

tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish” vazifasini

qo‘yilishi mazkur mavzuning naqadar dolzarbligini ko‘rsatib turibdi.

Harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan sudga qadar

ish yurituvning huquqiy asosi sifatida JPKning to‘qqizinchi bo‘limida, shuningdek,

harbiy xizmatchining jamiyatdagi ijtimoiy maqomi va uning huquqlarini ijtimoiy

himoyasi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabr kunidagi “Umumharbiy

majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2019-yil 12-sentabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari


background image

121

tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi

PP-4447-sonli qaror bilan tartibga solingan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarida inson huquqlari va

erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga

qaratilgan qoidalar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, uning 44-moddasida “Har bir shaxsga

o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor

shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga

shikoyat qilish huquqining kafolatlanganligi” alohida huquqiy me’yor sifatida

belgilangan.

Mazkur normativ huquqiy hujjatlar harbiy xizmatchilarning huquqlari,

erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning eng muhim kafolati

sifatida tergov organlari va sud hokimiyatining ochiq va shaffofligini ta’minlash,

ularning insonparvar demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo

etishdagi rolini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Harbiy jinoyatlarni tergov qilish va amaldagi JPKning 34, 36, 381, 392 –

moddasiga asosan harbiy xizmatchilar tomonidan jinoyat sodir etilganida sudga qadar

ish yurituvchi organlarning vazifalari, hamda ularning protsessual harakatlarni amalga

oshirish huquqlari tartibga solingan. Yuqoridagi normativ huquqiy hujjatlar va

Respublika Prezidenti tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat hozirgi kunda

harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan tergovga qadar

tekshiruv, dastlabki tergovni olib boruvchi organlar, shuningdek, biz kabi ilmiy

izlanuvchilar oldiga harbiy jinoyatlarni har tomonlama puxta tergov qilish shakli va

usullarini ishlab chiqish, shuningdek, amaldagi protsessual tartiblarni optimallashtirish

kabi talablarni qo‘ymoqda.

Umuman jinoyat protsessida (shu jumladan harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir

etilgan jinoyatlarda ham) jinoyat subyektlarining ayblilik masalasini uzil-kesil hal etish

asosan dastlabki tergov bosqichida boshlanib, unda shaxsni gumon qilinuvchi yoki

ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb etish, dalillarni qidirish, aniqlash, qayd etish,


background image

122

tadqiq qilish, tekshirish va baholashga qaratilgan protsessual tizim tergovchiga

shaxsning huquqlarini qonun doirasida cheklash vakolatini beradi [1].

Harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyat ishlarini yuritishda tergovga

qadar tekshiruv va dastlabki tergov jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarni

ta’minlash, protsessual harakatlarni amalga oshirish jarayonlari odillik va adolatlilik

mezonlari asosida olib borilayotganligini tekshirish jarayonlari tahlili shuni

ko‘rsatdiki, hozirgi kunda ushbu faoliyatni samarali tarzda va optimal ravishda

tashkillashtirishga imkon beradigan, hamda tergovga qadar tekshiruv va dastlabki

tergovni sifatli va maqsadli olib borilishini ta’minlaydigan nazariya kerakligini taqozo

etadi.

Harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar va ularning kriminalistik

tavsifi qator xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilgan, bulardan, Lavrukov M.M., Jesterov

P.V.Volchok V.G. [2,3,4] va boshqa olimlarning ilmiy ishlarini tadqiq etish orqali

harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan harbiy xizmat o‘tash tartibiga qarshi

jinoyatlarning kriminologik tavsifi, sodir etish mexanizmi, profilaktikasi haqidagi

taklif va tavsiyalarni o‘rgangan holda, mazkur jinoyatlarning sodir etilishida aksariyat

hollarda harbiy xizmatchilar ko‘p yillar davomida moddiy javobgarlik lavozimlarida

xizmat qilib kelganligi va harbiy mulkka nisbatan beparvolarcha munosabatda

bo‘lganligi sabab bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan boshqa turdagi

jinoyatlarning kriminalistik tavsiflari o‘rganilganda[5,6,7], mazkur turdagi

jinoyatlarning sodir etilishida harbiy xizmatchilarning jamoat joylarida o‘zining

jismoniy qobiliyatlarini ko‘z-ko‘z qilishga urinishi, oilaviy kelishmovchiliklar

natijasida olingan stressni y

е

ngish maqsadida alkogolizmga ruju qo‘yish va oldin sodir

etgan jinoyatlarini oshkor bo‘lishini oldini olish maqsadida shaxsning hayotiga qarshi

jinoyatlarni sodir etganligini ko‘rishimiz mumkin.

Harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan mamlakatimiz

qonunchiligini o‘rganganimizda, amaldagi JPKning 36-moddasi asosida harbiy

prokuratura tergovchilarining vazifa va vakolatlari alohida tartibda (harbiy xizmatchi


background image

123

jinoyat huquqining alohida subyekti ekanligi inobatga olingan holda) berilmagan.

Mazkur holat shuni ko‘rsatadiki, harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar

yuzasidan dastlabki tergovni odilona olib borishda amaldagi JPK talablari asosida

barcha turdagi tergov harakatlarini amalga oshirishda harbiy prokuratura

tergovchilarining alohida vazifa va vakolatlari tartibga solinmaganligini ko‘rishimiz

mumkin.

Shu sababli amaldagi JPKning 36-moddasi (Tergovchining vakolatlari)da harbiy

prokuratura tergovchilariga harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlarni

tergov qilishda harbiy xizmatchilarning ayrim huquqlarini cheklashda harbiy

xizmatchilarning harbiy va davlat sirlaridan xabardorligi, ularning jinoyat huquqining

alohida sub’ekti ekanligini, shuningdek, harbiy xizmatchining xizmat o‘tash joyining

alohida yoki toifalangan obyektlar sirasiga kirishini hisobga olgan holda alohida

vakolatlar belgilash maqsadga muvofiq.

Shu bilan birga, JPKning 36-moddasi asosida tergovchining dastlabki

tergovdagi harakatlari umumiy asosda tartibga solingan. Lekin, hozirgi kunda Qurolli

Kuchlarimizning barcha harbiy bo‘linmalarida harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir

etilgan jinoyatlar yuzasidan, dastlabki tergovga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan

protsessual harakatlar harbiy bo‘linmalarda kimlar tomonidan bajarilishi va qaysi

turdagi protsessual isbotlash tergov harakatlarini o‘tkazish vakolatlari JPKning 392-

moddasi (Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘ining va uning

mansabdor shaxsining vakolatlari)da tartibga solinmagan. Aksariyat hollarda JPKning

329-moddasida tartibida harbiy qism va bo‘linmalarda jinoyatlar sodir etilganda

jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror tuzishgacha bo‘lgan davrda bir qator

isbotlash tergov harakatlari (qo‘shimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish,

shaxsni ushlab turish, shaxsiy tintuv va olib qo‘yish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan

kechirish, ekspertiza o‘tkazish, taftish tayinlash va h.k) o‘tkaziladi.

Shuningdek, JPKning 38112-moddasida surishtiruv organlari ijtimoiy xavfi

katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha ayblov dalolatnomasi

tuzishi belgilangan. Bir qarashda mazkur holat umumiylik asosida tartibga solib


background image

124

qo‘yilgandek. Lekin, hozirgi kunda amaliyotda joylardagi harbiy tuzilmalarda

tergovga qadar tekshiruv olib boruvchi mansabdor shaxslar tomonidan harbiy

xizmatchilar o‘rtasida sodir etilgan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir

bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha ayblov dalolatnomasi JPKning 381-moddasi tartibida

qaysi surishtiruv organlari surishtiruvchilari tomonidan chiqarilishi qonunchilikda

ochiq qolmoqda va ushbu masala amaliyotdagi tergovga qadar tekshiruv olib boruvchi

mansabdor shaxslarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Shu sababli amaldagi JPKning 38-moddasi (Surishtiruv)ga organi sifatida harbiy

xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir

bo‘lmagan jinoyatlar yuzasidan surishtiruvni olib boradigan “Harbiy surishtiruvchi”

nomli yangi surishtiruv organini kiritish maqsadga muvofiq.

Harbiy jinoyatlar yoki harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar

yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni harbiy qismlar, qo‘shilmalarning komandirlari,

harbiy muassasalar va harbiy o‘quv yurtlarining boshliqlari — ularga bo‘ysunuvchi

harbiy xizmatchilar, shuningdek o‘quv mashqlari o‘tkazilayotgan vaqtda harbiy

xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini

bajarish bilan bog‘liq jinoyatlari yoki qism, qo‘shilma, muassasa yoxud o‘quv yurti

joylashgan y

е

rda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha, olis safarda bo‘lgan

dengiz kemalarining kapitanlari kema bortida harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir

etilgan holatlar yuzasidan amalga oshiriladi.[8]

Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir

bo‘ladigan jinoyatlarni tergov qilishda umumiylik asosida yondashish maqsadga

muvofiq emas. Chunki, mazkur protsess harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq holda

sodir etilganligi, shuningdek harbiy xizmatchilarning huquqiy maqomi qonun bilan

himoya qilinganligi tergov va surishtiruv organi xodimidan maxsus amaliy va nazariy

bilimlarni talab etadi, shuningdek, aynan Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmatni

o‘tash tartibi davlat sirlarini saqlash to‘g‘risidagi qonun bilan himoyalangan davlat va


background image

125

harbiy sirlar bilan bog‘liqligi sababli ulardan maxsus maxfiy hujjatlar bilan ishlash

uchun ruxsatnomani ham talab etadi.

Shuningdek, Qurolli Kuchlar tizimidagi harbiy qism va bo‘linmalarning qariyb

90%da [9] tergovga qadar tekshiruvni komandirning ma’naviy axloqiy tarbiya va

yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlariga yuklatilgan. Mazkur mansabdor

shaxslarning aksariyati oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar

tashkil etadi. Mazkur holat o‘z-o‘zidan amaldagi qonunlar ijrosini nazorat qiluvchi

organ hisoblangan prokuratura organiga o‘z-o‘zidan bog‘lanib qolishiga sabab bo‘ladi

va tergovga qadar tekshiruvning mustaqilligi prinsipiga, shuningdek sudga qadar ish

yurituvda odillik va qonuniylikka qat’iy amal qilish prinsipiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi

mumkin.

Harbiy bo‘linmalarda sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha sudga qadar ish

yurituvning ijtimoiy asoslari, bo‘linmalarda xizmat olib borayotgan shaxsiy tarkibning

yoshi, ish staji, ijtimoiy kelib chiqishi, ma’lumoti va ularning jinoyat sodir

etayotgandagi ruhiy holatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shundan kelib chiqib fikr yuritadigan

bo‘lsak, jinoyat sodir etayotgan 20-25 yoshdagi harbiy xizmatchilar ko‘pincha sodir

etayotgan xatti-harakatlarining huquqiy oqibatini ongli ravishda bilmagan holda sodir

etadilar. Shu sababli sudga qadar ish yurituvda bilib-bilmay jinoyat sodir etilganligi

sababli o‘zlarining harakatlarining jinoiy oqibatlarini ongli ravishda anglab

tmaganliklari sabab o‘zlarini aybsiz-aybdor deb hisoblaydilar va tergov jarayonida

tergovchida bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, lekin, ularning sodir etgan

jinoyatlarining huqiqiy oqibatlari tushuntirilganidan so‘ng aksariyat hollarda

ayblanuvchilar tomonidan o‘z aybiga iqror bo‘lganlik to‘g‘risidagi arizalar yozilishi va

surishtiruv, tergov jarayoniga jinoyatni tez va oson ochilishida o‘z hissasini

qo‘shadilar.

Yoshi va ish staji katta bo‘lgan harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan

jinoyatlar yuzasidan sudga qadar ish yurituvda ko‘pincha shaxslarni sodir etayotgan

jinoyatlarining huquqiy oqibatini bilgan holda sodir etayotganliklari sababli ular bilan

surishtiruvchi va tergovchilar tomonidan ko‘proq isbotlashga qaratilgan tergov


background image

126

harakatlarini amalga oshirish lozim bo‘ladi, shu sababli jinoyat ishini yuritishda

tergovchi va surishtiruvchiga bir muncha qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin.

Harbiy xizmatchilar tomonidan kuchli alkogol mastlik va kuchli ruhiy

hayajonlanish (stress) holatida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilinganda

ayblanuvchilar yoki gumonlanuvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarini ularning

jinoyat sodir etish vaqtidagi mastligi yoki ruhiy hayajonlanganligi y

е

ngillashtiruvchi

holat deb baholanishini kuzatishimiz mumkin. Shu sababli, tergovchi va

surishtiruvchilar tomonidan ularga sodir etgan jinoyatlarining huquqiy oqibatlari va

ularning jinoyat sodir etish paytidagi ruhiy holati, sodir etgan jinoyatini

ngillashtirmasligini, aksincha, og‘irlashtiruvchi holat ekanligi tushuntirilganida ular

tomonidan tergov va surishtiruv organlaridan norozi bo‘lgan holda shikoyat arizalarini

yozishlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Yuqorida misol sifatida keltirilgan holatlarning tahlili aksariyat holatlarda

ayblanuvchilar va gumon qilinuvchilarning huquqiy ongi va madaniyatining y

е

tarli

darajada bo‘lmaganligini ko‘ramiz. Shu sababli, harbiy qism va bo‘linmalarda harbiy

xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qat’iy chora

tadbirlar belgilanishi va ular asosida huquqshunoslik mashg‘ulotlarini

tashkillashtirishimiz maqsadga muvofiq.

Ikkinchidan, shaxsiy tarkib orasida bezorilik, talonchilik, haqorat, shaxsning

sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlar va o‘zganing mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘lik

jinoyatlarning mazmun mohiyati va ularning huquqiy oqibatlari amaliy misollar bilan

tushuntirish ishlari olib borilishi;

Uchinchidan, harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlarni tergov

qilish jarayonida, harbiy qismning ichki tartibi, shaxsiy tarkibning soni va maxfiy ish

hujjatlari bilan bog‘liq holatlar mavjud bo‘lganligi sababli tergovchi va

surishtiruvchilarning maxfiy hujjatlar bilan ishlash ruxsatnomasini borligi va maxfiylik

tartibotiga rioya qilgan holda tergov va surishtiruv ishlarini olib borilishiga ahamiyat

qaratish lozim.


background image

127

Адабиётлар рўйхати

;

Библиографические ссылки

; References:

1.

Рыжаков А.П

.

Возмещение вреда

,

причиненного преступлением

. –

М

.,

1999. –

С

. 25.

2.

Лавруков М.М

.

Квалификaция воинских насильственных преступлений

//

Автореф.дис

канд.юрид.наук

. –

М

., 1999. – 23

с

.

3.

Жестеров П.В

.

Криминологическая характеристика и предупреждение

дезертирства среди военнослужащих срочной службы внутренних войск

//

Автореф.дис…канд.юрид.наук

. –

М

., 2006. – 14

с

.

4.

Волчок В.Г

.

Криминологическая характеристика и профилактика

хищений огнестрельного оружия

,

боеприпасов

,

взрывчатых веществ и взрывных

устройств

,

совершаемых военнослужащими

//

Автореф.дис…канд

.

юрид.наук

. –

М

., 2007. – 34

с

.

5.

Лопатин М.Ю

.

Неосторожная преступность военнослужащих

//

Автореф.дис…канд.юрид.наук

. –

М

., 2012. – 26

с

.

6.

Панчежко С.Л

.

неформальные отношения в армейской среде как фактор

преступности военнослужащих

//

Автореф.дис…канд.юрид.наук

. –

Ростов-на

-

Дону

., 2007.

7.

Рывкин С.Ю

.

Особенности расследования и предупреждения убийств

,

совершенных военнослужащими

//

Автореф.дис

канд.юрид.наук

. –

Волгоград

.,

2005. – 27

с

.

8. Muallifning amaliyotdagi kuzatishlar natijasida aniqlangan ma’lumotlar

jamlanmasi.

9.

Рустамбаев

,

М

.

Х

. "

Ўзбекистон Республикаси жиноят ҳуқуқи

курси

."

Ўзбекистон

Республикаси

Миллий

гвардияси

Ҳарбий-техник

институти

.–

Тошкент

-2018 (2010).

10.

Рустамбаев

,

М

.

Х

.,

Н

.

Е

.

Мухаммадиев

, and

С

.

Абдухаликов

. "

Миллий

гвардия хизматчилари

(

ходимлари

)

нинг касб этикаси

."

Тошкент

,

Миллий

гвардия Ҳарбий-техник институти

(2019).

Библиографические ссылки

Рыжаков А.П. Возмещение вреда, причиненного преступлением. - М., 1999.-С. 25.

Лавруков М.М. Квалификация воинских насильственных преступлений //Автореф.дис... канд.юрид.наук. - М., 1999. -23 с.

Жестеров П.В. Криминологическая характеристика и предупреждение дезертирства среди военнослужащих срочной службы внутренних войск // Автореф.дис...канд.юрид.наук. - М., 2006. - 14 с.

Волчок В.Г. Криминологическая характеристика и профилактика хищений огнестрельного оружия, боеприпасов, взрывчатых веществ и взрывных устройств, совершаемых военнослужащими // Автореф.дис...канд. юрид.иаук. -М„ 2007.-34 с.

Лопатин М.Ю. Неосторожная преступность военнослужащих // Автореф.дис...канд.юрид.наук. - М., 2012. -26 с.

Панчежко С.Л. неформальные отношения в армейской среде как фактор преступности военнослужащих Автореф.дис...канд.юрид.наук. - Ростов-на-Дону., 2007.

Рывкин С.Ю. Особенности расследования и предупреждения убийств, совершенных военнослужащими // Автореф.дис... канд.юрид.наук. - Волгоград., 2005.-27 с.

Muallifning amaliyotdagi kuzatishlar natijasida aniqlangan ma’lumotlar jamlanmasi.

Рустамбаев, M. X. "Узбекистан Республикаси жиноят yytytpi курси." Узбекистан Республикаси Миллий гвардияси Х,арбий техник институти-Тошкент-2018 (2010).

Рустамбаев, М. X., Н. Е. Мухаммадиев, and С. Абдухаликов. "Миллий гвардия хизматчилари (ходимлари) нинг касб этикаси." Тошкент, Миллий гвардия Харбий-техник института (2019).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов