Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodining o‘rganilishi

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
27-39
40
19
Поделиться
Шаймардонов, Т. . (2023). Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodining o‘rganilishi. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 27–39. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2022-pp27-39
Тиловмурод Шаймардонов, Государственный литературный музей имени Алишера Навои

базовый докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada Turkiston xalqlari uchun nihoyatda og‘ir va ziddiyatli bo‘lgan XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning birinchi choragida yashab, faoliyat olib borgan ma’rifatparvar adib, jonkuyar pedagog Siddiqiy-Ajziyning hayoti va ijod yo‘li haqida fikr yuritiladi. Ushbu adibning xalqimiz ma’rifatini o‘stirish, ijtimoiy ongini rivojlantirish yo‘lida ko‘rsatgan fidokorona shijoati, sabr-matonati, zahmatli mehnati haqidagi mulohazalar bayon qilingan. Shuningdek maqolada Siddiqiy-Ajziy vafot etganidan buyon o‘tgan salkam yuz yil ichida adibning hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan deyarli barcha ishlarga munosabat bildirib o‘til- gan. Ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilingan.
Siddiqiy-Ajziy XIX asr ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida Turkis-tondagi ijtimoiy, madaniy, fikriy va milliy uyg‘onish harakatining jonkuyar vakillaridan biri bo‘laganligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.


background image

27

Uzbekistan: Language and Culture 2022/1(2)
ISSN 2181-922X 27

39

Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodining

o‘rganilishi

Tilovmurod Shaymardonov

1

Abstrakt

Maqolada Turkiston xalqlari uchun nihoyatda og‘ir va ziddiyatli

bo‘lgan XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning birinchi choragida yash-

ab, faoliyat olib borgan ma’rifatparvar adib, jonkuyar pedagog Siddiqiy-

Ajziyning hayoti va ijod yo‘li haqida fikr yuritiladi. Ushbu adibning xalqimiz

ma’rifatini o‘stirish, ijtimoiy ongini rivojlantirish yo‘lida ko‘rsatgan fidoko

-

rona shijoati, sabr-matonati, zahmatli mehnati haqidagi mulohazalar bay-

on qilingan. Shuningdek maqolada Siddiqiy-Ajziy vafot etganidan buyon

o‘tgan salkam yuz yil ichida adibning hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish

bo‘yicha amalga oshirilgan deyarli barcha ishlarga munosabat bildirib o‘til-

gan. Ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilingan.

Siddiqiy-Ajziy XIX asr ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida Turkis-

tondagi ijtimoiy, madaniy, fikriy va milliy uyg‘onish harakatining jonkuyar

vakillaridan biri bo‘laganligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.

Kalit so’zlar:

Siddiqiy-Ajziy, milliy uyg‘onish, mar’ifatparvar, peda-

gog, adib, jonkuyar, Turkiston, Halvoyi qishlog‘i.

Kirish

Siddiqiy-Ajziy o‘zbek xalqining o‘z davridagi atoqli ma’rifat-

parvar shoiri, publitsisti va tarjimonidir. U nihoyatda sarguzashtlar-

ga boy hayot kechirgan. Bunday ijodkorlar hayoti va ijodini aniqlash

tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, bu zamonning qandayligini va uning

turli taraflarini ko‘rsatib berishga yordam beradi. Biroq, uning hayo

-

ti va ijodi biror tadqiqiotchi tomonidan to‘laligicha o‘rganilib jamlan-

magan. “Tuhfat-ul-ahbob” va “Tazkirayi Muhtaram” kabi tazkiralar-

da Siddiqiy-Ajziyning ayrim hunarlarni yaxshi egallaganligi va ikkita

forscha ishqiy she’ridan boshqa ma’lumot berilmagan. Shoirning

kichik zamondoshi Rahim Hoshim (“Tursunqul”) “Siddiqiy to‘g‘risi-

da mulohazalar” maqolasida yozadi: “Ismi Saidahmad, unvoni Sid-

1

Shaymardonov Tilovmurod Abilayevich –

Alisher Navoiy nomidagi Davlat

adabiyot muzeyi tayanch doktoranti.

E-pochta:

tshaymardonov@mail.ru

Iqtibos uchun:

Shaymardonov, T.A. 2022. “Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodi hamda

uning o‘rganilishi”.

O‘zbekiston: til va madaniyat

1 (2): 27-39.


background image

28

diqiy, laqabi Ajziydir” [Rahim 1928, 3, 39-42].

Asosiy qism

Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, shoir yoshligida

kasal-

lanib, ojizlanib

,

jussasi kichkina bo‘lib qoladi. “Ajziy” taxallusi ana

shu “ajiz”, “ojiz” so‘zidan olingan. Bizning fikrimizcha, shoir “Ajziy”

taxallusini faqat jussasining kichkinaligi, ojizligi tufayligina ishlat-

magan, balki jamiyatdagi nohaqliklarga, adolatsizliklarga qarshi

kurashishda ojiz qolayotganidan, odamlarning ojizligidan ana shu

taxallusni qo‘llagan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u XX asr boshidagi

turli gazeta va jurnallarda “Mayna”, “Gina-Gina”, “Shashpar”, “Nayza”,

“Tir”, “Gumnom”, “Olmos”, kabi imzolar bilan ham satirik va yumor-

istik asarlar yozib turgan.

XX asrning 20-yillarida o‘zbek adabiyoti va vaqtli matbuoti-

da taxallus juda keng qo‘llangan. Bu taxalluslarni aniqlash ustida ish

olib borgan adabiyotshunos Bois Qoriyev (Oltoy) Siddiqiy-Ajziyning

“Muqallid” taxallusi bilan ham vaqtli matbuot sahifalarida chiqish-

lar qilganini aytadi [Qoriyev 1967, 1, 53].

Professor Begali Qosimov Saidahmadxo‘ja Siddiqiy-Ajziy

haqida dastlab 1962-yilda eshitganligini aytadi: “O‘zimizda (XX

sezddan keyin – T.Sh.) ham ayrim maqolalar paydo bo‘la boshladi.

Nomi goho Hamza atrofidagi qalamkashlar ro‘yxatiga qo‘shiladigan

bo‘ldi. 1973-yilda G‘afur G‘ulom nashriyotida ixchamgina to‘pla-

mi ham chiqdi. Matbuotda ikki xil baho o‘rtaga tushdi. Birinchisi,

jadid – millatchi. Ikkinchisi, taraqqiyparvar – ma’rifatchi. Jamiyat-

imiz iqtisodiy-ma’naviy turg‘unlik botqog‘iga cho‘kkan sayin Sid-

diqiy haqidagi gap-so‘zlar ham so‘nib bordi va so‘ng deyarli esdan

chiqdi” [Qosimov 1999, 110-111].

Saidahmadxo‘ja Siddiqiy-Ajziy 1864-yili Samarqandning Hal-

voyi qishlog‘ida to‘quvchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Hasanxo‘ja

kambag‘al to‘quvchi edi. Oilasi katta bo‘lmagan: bir o‘g‘il va bir qiz.

Lekin o‘sha kezlari hunarmandchilik orqasidan oilani ta’minlash

oson bo‘lmagan. Ana shunday qiyin sharoitda o‘sib ulg‘ayayotgan

Saidahmadxo‘ja 1868-yili 5 yoshligida otasidan ayrildi. Uni ota to-

mondan bobosi Alixo‘ja o‘z tarbiyasiga olgan. Dastlab tog‘asining xo-

tini – yangasi qo‘lida savod chiqaradi.

Onasi Saidahmadxo‘jani Mirzo Abdulqayum ismli soatsozga

shogird qilib beradi. Iste’dodli bola bu hunarni egallashga astoydil

kirishadi. Ammo ziqna va shafqatsiz usta unga o‘z hunarini o‘rgatish-

ni istamay, asosan uy-yumushlari bilan band qiladi.

Shoirning o‘g‘li A’zamxonning aytishicha, Saidahmadxo‘ja

Tilovmurod SHAYMARDONOV


background image

29

Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodining o‘rganilishi

qishni oyoqyalang, yupun holda o‘tkazgan. Xo‘jayinining uyi tomida-

gi qorni kurab tozalar ekan, uning oyoqlari sovuqdan muzlab, xuddi

kuyib og‘riyotgandek azob berar edi. Bu kabi zahmat-u mashaqqat-

larga qaramay, u soatsozlikni puxta egallab, 11-12 yoshidayoq mus-

taqil hayot kechira boshlaydi. Ammo bir muncha vaqt o‘tgach, faqat

soat yasash bilan kun o‘tkazish qiyinligi ma’lum bo‘ldi. Keyin u ota

kasbi to‘quvchilikni o‘rgandi, lekin nochorlikda yashadi. Bozorlar-

da rus sanoat matolarining ko‘payib borishi natijasida hunarmand-

chilik kasodga uchradi. Natijada Siddiqiy boshqa kasb bilan shug‘ul-

lanishga majbur bo‘ldi. Og‘ir turmush sharoitiga qaramay, umrining

7-8 yilini hunar egallashga sarfladi va muttasil ravishda ta’lim olish

-

ga intildi. Siddiqiy-Ajziy haqida uning zamondoshi Vadud Mahmud

shunday ma’lumot beradi: “Buyuk bir iste’dodga ega bo‘lg‘onidan

ko‘b san’atlarning ustosidir. Boshlab Siddiqiy yaxshi texnikdir. Soat

va turli moshinalarni tuzatmoq ishiga mohirdir. Yaxshi to‘quvchi va

tikuvchidir, ko‘b yillar bu san’at bilan yashag‘ondir. Yaxshi ovchidir.

Musiqa bilan ham ancha shug‘ullangandir. O‘z tilidan boshqa arab,

fors, rus tillarini biladir. Forscha she’rlari fors adabiyoti bilan yaxshi

tanish ekaniga shohiddir. Arab va rus adabiyotlari bilan ham ancha

oshnodir”[Vadud 1926, 11-12].

Saidahmadxo‘ja ilm-fan va texnikani puxta egallash, uni xalq

xizmatiga qo‘yish uchun rus tilini o‘rganishni zarur deb hisoblaydi

va XIX asrning 80-yillari oxiridan boshlab bu tilni o‘rganishni bosh-

laydi hamda kattalar uchun ochilgan maktabda o‘qiydi. U rus tilini

Samarqandda ishlaydigan ikki rus o‘qituvchisidan va Qipchoqboy

ismli qozoq do‘stidan o‘rganadi. Shoir rus tilini uch-to‘rt yil ichida

o‘zlashtirib oladi. Keyinchalik u asta-sekin geometriya, astronomi-

ya, geografiya, fizika, tabiiy fanlar, Rossiya va G‘arb tarixini o‘rganadi.

Saidahmadxo‘ja XIX asrning 90-yillari ikkinchi yarmidan rus adabi-

yoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. U rus yozuvchi-

larining eng yaxshi asarlarini ko‘proq o‘qiydi.

Yo‘qchilikda yashagan bo‘lsa ham, u madrasada o‘qishni orzu

qilgan. Taxminan 17-18 yoshlarida (1881-1882-yillarda) madrasa-

ga o‘qishga kirgan. Biroq turmush tarzining og‘irligidan o‘qishni

tashlab ketishga majbur bo‘ladi. U madrasada ikki-uch yilda “Sharhi

mullo"gacha o‘qiydi, arab va fors tillarini mukammal o‘rganadi. So‘ng

o‘qishni mustaqil ravishda davom ettiradi. Tirikchilik vajidan Xatir-

chida qozi huzurida mirzolik qiladi. Lekin bu uzoq davom etmaydi.

Negadir tezda Samarqandga qaytib keladi va shundan amaldorlarga

yaqinlashmaydi, bunday lavozimlarda ishlamaydi.

Ajziy 1887 – 1889-yillarda Buxoroga borib, u yerda asosan


background image

30

Tilovmurod SHAYMARDONOV

zargarlik bilan shug‘ullangan. U yerda shoirlar va ziyolilar bilan

tanishib, ularning maslahati bilan ishqiy she’rlar yoza boshlaydi va

keyinchalik fikrida o‘zgarish bo‘lgach, bunday she’rlarini kuydiradi

[Rahim 1928, 3, 39-42]. Siddiqiy-Ajziy davrning millat ziyolilari

oldiga qo‘ygan vazifani teran anglaydi. Taraqqiyotdan ortda qolgan

Turkistonning, jaholat girdobida qolgan, olam ahvolidan bexabar

millatning ayanchli qismati uni iztirobga soladi. Adabiyotning,

she’riyatning maqsadi Vatan va millat dardiga darmon bo‘lmoq,

uni ilm-u ma’rifatga, taraqqiyotga da’vat etmoq ekanini qalbdan

his etadi. Ishqiy mavzudagi she’rlaridan voz kechib, ularni o‘tda

yondirgani sababi ayni shunda. Jadidshunos Begali Qosimov fikricha:

“Bunday hol faqat bizning adabiyotimizda emas, balki boshqa xalqlar

adabiyotida ham uchraydi”[Qosimov 2002, 270]. Olim bunga misol

sifatida Panamada mustaqillik uchun kurash avj olgan 60-yillarda

(XIX asrning 60-yillari – T.Sh.) Modesto Moxikoning mana bu

satrlarini tarjima qilib keltiradi:

Ortiq kuylamasman ishq-muhabbatni,

Ilohiy she’rlarga bormaydi qo‘lim.

Vatanda erk va baxt bo‘lmagunicha,

Ashulamiz bitta: Ozodlik yo o‘lim!

Saidahmadxo‘ja Buxoroda bor-yo‘g‘i ikki yil yashaydi. Shu vaqt

ichida turmush sharoiti bu yerda ham yaxshi emasligiga amin bo‘la-

di va Samarqandga qaytadi. Hamqishlog‘i Muazzamxonga uylanadi.

Hokimxon va Qosimxon ismli o‘g‘illari tug‘iladi. Hokimxon urushga

ketib qaytib kelmagan. Kichik o‘g‘li Qosimxon esa 11–12 yoshlarida

suvchechakdan vafot etgan. Siddiqiy-Ajziy keyinchalik shahardan –

Samarqanddan uylanadi. Biz Samarqandga ilmiy safar qilib Bahodir

Bahronov bilan qilgan suhbatimizda u kishi shunday deydi: “Men

Saidahmadxo‘ja Siddiqiy-Ajziyning evarasiman. Katta bobomiz Sid-

diqiyning xotini vafot etgach, shaharga (Samarqandga – ta’kid bizni-

ki) kelib bizning momomizga uylangan va momomizdan A’zamxon

ismli farzandlari dunyoga kelgan. U Tojikiston Fanlar akademiyasida

ishlagan, surat chizishda usta bo‘lgan. U kishini ko‘pchilik rassom

sifatida tanigan. A’zamxon bobomizning Anvar, Mahbuba, Manzura

va Feruza ismli farzandlari bo‘lgan. Men Manzura opaning o‘g‘liman.

Bugungi kunda katta bobomiz Siddiqiy-Ajziyning qiz nevaralaridan

avlodlari davom etib kelmoqda. Menda katta bobomizning muhr-

langan shajaralari bor. Asl kelib chiqishlari turkistonlik xo‘jalardan

bo‘lgan”. Samarqandlik Sultonxon Burxonov suhbatga qo‘shilib, “Men

samarqandlik Is’hoqxon to‘raning evarasiman. Katta bobom Is’hoq-


background image

31

Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodining o‘rganilishi

xon to‘ra, Siddiqiy-Ajziy, Sadriddin Ayniy, Nabijon qori to‘rt opa-sin-

gilga uylangan – boja bo‘lishgan. Menda Siddiqiy-Ajziyning qozi

muhrlagan shajarasi bor edi, bu shajarani Bahodirga berganman”,

deydi. Bu to‘rt boja – Is’hoqxon to‘ra, Siddiqiy-Ajziy, Sadriddin Ayniy,

Nabijon qori o‘z davrining ilg‘or fikrli ma’rifatparvarlari bo‘lishgan.

Xalq manfaati, yurt obodligi uchun astoydil harakat qilishgan.

Siddiqiy-Ajziy “Orzu yoki xayol” maqolasida (1914), “Agar

man boy bo‘lsa edim, …muallim etishduraturgon bir rushdiy maktab

solur edim, lekin afsuski, pulim yo‘q”[Gumnom 1914, 34, 819], deya

orzu qilgan edi. Oradan yuz yildan ko‘proq vaqt o‘tib shoir avlodlari-

dan bu orzuni ro‘yobga chiqaradigan munosib vorislar etishib chiq-

di. Bugungi kunda Ulug‘bek Ahmadjonov (shoirning evarasi – Mah-

buba opaning o‘g‘li) ilm ahliga muntazam homiylik qilib kelmoqda.

Xususan, 1903-yili bobosi Siddiqiy-Ajziy tashabbusi bilan ochilgan

maktabni 2018-yili o‘z hisobidan qayta ta’mirlab foydalanishga top-

shirdi.

25-26 yoshlarigacha hayotning barcha mashaqqat va izti-

roblarini boshdan kechirgan Saidahmadxo‘ja Samarqand va Buxoro

atrofidagi ahvolni kuzatadi, turli mamlakatlardan keladigan ko‘plab

forscha va turkcha gazeta va jurnallar bilan tanishadi. Asta-sekin

uning ijtimoiy qarashlari shakllana boshlaydi. Xalq va mamlakat ah-

voli, uni yaxshilash yo‘llari haqida fikr yurita boshlaydi. Ajziy dun

-

yoviy bilim va texnikani egallash, uni hayotga tadbiq etish orqali

qashshoqlikdan qutulish, hayotni yaxshilash mumkin, degan xulo-

saga keladi. U jaholat va xurofotni xalqning bosh dushmani, baxt-

sizliklarning asosiy sababi deb biladi. Ajziy o‘sha davrning barcha

ilg‘orlari singari tafakkur taraqqiyotida ma’rifat yo‘liga kirgan.

Saidahmadxo‘ja 1901-yilda To‘pqayrag‘och qishlog‘idagi ota-

meros bog‘ni sotib, haj ziyoratini ado etadi – muqaddas musulmon

shaharlari Makka va Madinaga boradi. Avval Iroqqa, keyin Misrning

ba’zi joylariga sayohat qilgan va Jiddada Rossiya konsulligida tarji-

mon bo‘lib ishlaydi. Bu yerda rus tilidan arab tiliga va arab tilidan

rus tiliga tarjima qilgan va asosiy sayohat uchun bir oz pul ishlag-

an. Qaytishda Tiflis va Bokuda to‘xtab, Ozarboyjon ma’rifatparvarlik

adabiyoti bilan yaqindan tanishadi. Ajziy ijodiga satirik shoir Aliak-

bar Sobir ijodi, shuningdek, uning Jalil Mamatqulizoda bilan tanishi-

shi katta ta’sir ko‘rsatgan.

Ajziy 1901-yilning oxirida uzoq va ta’sirli sayohatdan Samar-

qandga qaytib keladi va o‘z yurtida Yevropa madaniyati, adabiyoti,

ilm-fan, texnikasi va rus tilini targ‘ib etishga kirishadi. Barcha qoloq-

liklarning bosh omili ilmsizlik deb bilgan shoir

usuli jadid makta-


background image

32

Tilovmurod SHAYMARDONOV

bi ochib, millat bolalariga ilm-u ma’rifat tarqatishga kirishgan. U

1901-yildan boshlab, Halvoyi qishlog‘ida Ovrupo usulida maktab bi-

nosini qurdirdi. Jadidshunos Ulug‘bek Dolimovning yozishicha: “Bu

jadid pedagoglari tomonidan ochilgan maktab uchun birinchi ovru-

pocha bino edi. Unda ikkita katta xona bo‘lib, taxta polli, shiftli, har

ikki xonada golland pechkasi bor edi. Xonalari keng, yorug‘, havosi

toza, derazalari ko‘chaga qaragan. Maktab ochilgan yiliyoq butunlay

yangi jihozlar: parta, doska, o‘qituvchi uchun stol-stul; ko‘rgazmali

vositalar: kurrayi arz (globus), turli xaritalar, rasmlar, kitoblar bi-

lan ta’minlangan” [Dolimov 2012, 174]. Bino qirq nafar o‘quvchiga

mo‘ljallangan bo‘lib, maktab o‘z faoliyatini 1903-yilda boshlagan.

Siddiqiy darslarni o‘zi tuzgan dastur, o‘quv qo‘llanmalari asosida

o‘tgan. Davomatni qayd etish va o‘quvchilar bilimini baholash uchun

maxsus jurnal yurtilishi yo‘lga qo‘ygan. Shuhrati butun Turkiston-

ga yoyilgan ushbu maktab millat ma’rifatiga munosib xizmat qildi.

Siddiqiy insonni jaholat va nodonlik zindonining torligidan iymon

va ma’rifat kengligiga olib chiquvchi asosiy najotkor maktab, deb

hisobladi. Ana shu g‘oyani amalga oshirishga astoydil harakat qildi.

Siddiqiy-Ajziyning maktab haqidagi ma’rifiy qarashlari mu

-

kammal aks etgan asari bu – “Dar ta’rifi maktab” (“Maktab ta’rifida”)

deb nomlangan forscha g‘azalidir. Bu g‘azal shoirning 1914-yilda

nashr etilgan “Ganjinayi hikmat”[Saidahmadxo‘ja 1333, 33] (“Hik-

mat xazinasi”) deb nomlangan fors tilidagi she’rlar to‘plamiga kiritil-

gan. Asarda ijodkor maktabni

nigori jannati rizvon, quti jon, quvvati

dil, ravnaqi iymon

, deya ta’riflaydi. Agar maktab bo‘lmaganda, jaho

-

lat va nodonlik insonni halokat chuqurligiga tortgan bo‘lar edi, deb

hisoblaydi. Shoir fikricha, maktab bamisoli Nuh kemasi kabi gunoh

to‘fonining halokatidan omonlikka olib chiquvchidir. Yomon xulqlar-

ni tuzatguvchi ham, inson qalbini oy singari pok va munavvar etguv-

chi ham maktabdir. She’r nihoyasida shoir maktabni “...inson olami-

ning tarbiyachisi”, deya ta’riflaydi.

Siddiqiy-Ajziy ma’rifatparvarlik faoliyatining muhim qismi bu

– usuli jadid maktabi ochib, millat bolalariga ilm-u ma’rifat tarqatish

bo‘lgan. Siddiqiy maktabi butunlay yangi tipdagi zamonaviy maktab

edi. U yerda barcha dindagi, barcha millatdagi bolalar o‘qishi mum-

kin edi. Samarqand tibbiyot institutining sobiq professori G.N.Alek-

sandrov Saidahmadxo‘ja Siddiqiy-Ajziyning sevimli shogirdlaridan

biri bo‘lgan. U Halvoyidagi Saidahmadxo‘ja Siddiqiy-Ajziy ochgan

maktabda ta’lim olgan. G. N. Aleksandrov bu maktab va ustozi haqida

shunday xotirlaydi: “U yerda barcha fanlar – arifmetikadan tortib as-

tronomiyagacha, arab tilidan rus tiligacha o‘qitilardi. Ayniqsa, shoir


background image

33

Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodining o‘rganilishi

rus adabiyotini o‘rgatishga katta e’tibor berardi. Siddiqiy 1914-yil-

da “Zarafshon” nomli maktab kutubxonasi tashkil qilib, ma’rifatpar-

varlik ruhidagi matbuot va adabiyotni yoyishda jonbozlik ko‘rsat-

di”. Uning kutubxonasida “Sho‘ro” jurnalidan “Hablul matiyn”gacha,

Tavfiq Fikrat asarlaridan I.A.Krilov masallarigacha, Ibn Sinoning

“Al-Qonun”idan Bedilning “Chor unsur”igacha bor edi. Shu yillari u

“Mulla Nasriddin” jurnali bilan juda yaqin munosabatda bo‘ldi. Uning

ko‘magi bilan chor senzurasi O‘rta Osiyoda bosishga ruxsat etmagan

bir qancha asarlarini Tiflisda nashr ettirdi. Shuningdek, Peterburg,

Moskva, Orenburg, Boku, Qozon, Toshkentda chiqadigan gazeta va

jurnallarning ko‘pchilligiga yozilgan bo‘lib, shu matbuot sahifalarida

o‘zbek, tojik, ozarboyjon tillarida yozilgan she’rlarini chop ettirib tu-

rardi” [Shakuriy 2006, 458].

Siddiqiy-Ajziy Gogol, Turgenev, Lermontov, Tolstoy asarlarini

ko‘p mutolaa qilgan. Gogolning “Shinel”, Turgenevning “Ov” asarla-

rini tarjima qilib, Halvoyi maktabi darsliklariga kiritgan. Shu bilan

birga, Turgenevning “Ov” asariga taqlid qilib, O‘rta Osiyoda mash-

hur bo‘lgan “Ov” nomli qissa yozadi. Shoir bu asarlarni nashr etish-

ning uddasidan chiqa olmagan, shu sababli ular bugun bizda yo‘q.

Siddiqiy-Ajziyning “Mukolamayi fajoiya” asari ham bizgacha yetib

kelmagan. “Serb xalqining muborizasi” dostonining 48 misrasigina

yetib kelgan, xolos[Shakuriy 2006, 99-102].

Ajziy she’riyatining asosiy mavzusi o‘rta asrlar ta’lim uslubla-

rini isloh qilish, soxta shayxlar va riyokor so‘filarning badxulqlarini

ochib berish, dunyoviy bilimlarni targ‘ib qilish, rus tili va rus madani-

yatini o‘rganish va o‘rgatishdir.

1909-yilda shoir “Mir’oti ibrat” dostoni ustida ish olib bo-

rayotgan bir paytda Sadriddin Ayniy Samarqandga keladi. Sadriddin

Ayniy suhbat chog‘ida Buxoro xalqining vaziyati, amir, amaldorlar

va ruhoniylarning kirdikorlari borasidagi Ajziyning ma’lumotlari-

ni to‘ldirib shoirga bu mavzuda bir asar yozishni maslahat beradi.

Sadriddin Ayniy hattoki asarning taxminiy rejasini Ajziyga ishora

qiladi. Shu tariqa “Mir’oti ibrat”dan keyin “Anjumani arvoh” vujudga

keladi. Shu yillarda mamlakatda matbuot va ilg‘or adabiyotga qattiq

senzura qo‘yilgan edi. Garchi shoir bir necha bor ularni chop etishga

harakat qilsa-da, Turkiston senzurasidan qat’iy ravishda rad javo-

bini oladi. Shunga binoan “Mir’oti ibrat” va “Anjumani arvoh” 1912

– 1913-yillarda Tiflisda chop etildi. Bu masnaviylarni ozarboyjon

-

lik do‘stlari, jumladan, Jalil Mamatqulizoda o‘sha “Mulla Nasiriddin”

jurnali chop etiladigan joyda nashr qildilar. Muallifning o‘zi “Mir’oti

ibrat”ni o‘zbek tiliga tajima qilgan va 1914 yilda Samarqandda chop


background image

34

Tilovmurod SHAYMARDONOV

ettirgan.

Ajziy “Mir’oti ibrat” va “Anjumani arvoh” dostonlarini nashr

ettirgach, shoirga ta’qiblar kuchayadi. Bu ikki asar Turkiston va

Buxoro bo‘ylab katta ta’sir ko‘rsatdi va tezda keng tarqaldi. Buxoro

va Samarqandda “Anjumani arvoh”ni o‘qish rasman va qat’iyan man

etilgan bo‘lsa-da, bu ish tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatlanayotgan edi.

Shoirning bu ikki dostoni Samarqandni zabt etdi. O‘sha paytda Shaku-

riyning maktabida o‘qigan Vadud Mahmud aytadi: “Mir’oti ibrat” va

“Anjumani arvoh” o‘sha kunlarda qo‘lma-qo‘l bo‘lar edi. Hujralarda

Bedil, Soyib va Nozimxonliklarning o‘rnini egalladi”[Vadud 1990, 8,

28].

“Mir’oti ibrat” va “Anjumani arvoh” asarlarining nashr etilishi

Ajziyga shuhrat keltirdi va uni yangicha fikrli shoir sifatida tanitdi.

1914-1915-yillarda Samarqandda nashr etilgan Ajziyning

ikki kitobi – “Aynu-l-adab” va “Ganjinayi hikmat” ham vatanparvar-

lik ruhidagi tarbiyaviy asarlar sifatida mashhur bo‘ldi. Vadud Mah-

mudning ma’lumot berishicha, Shakuriy domlaning buyrug‘i bilan

shoir Ajziy maxsus to‘plamlar tuzgan va bu to‘plamlar maktabda

darslik sifatida o‘qitilgan.

Zolim ruhoniylarning nafrat va zug‘umlari podshohlik mus-

tamlakachilari va mahalliy hukmdorlarning dushmanligidan kam

bo‘lmagan. Bu dushmanlardan shoir ba’zan zarbalar ko‘rgan. Vadud

Mahmud ana shunday dahshatli zarbalardan birini shunday hi-

koya qiladi: “Ajziyning onasi vafot etganda uning janozasini mahalla

imomi o‘qimagan, o‘tkinchilar tobutini olishmagan. Shakuriy domla

shogird va tanishlarini yig‘ib, jasadni Xoja Abdo‘h (Xoja Abdulloh)

qabristoniga olib ketdi” [Vadud 1990, 8, 21].

Halvoyidagi Siddiqiy-Ajziy maktabi va Rajabamindagi Ab-

dulqodir Shakuriy maktablari haqida 1914-yil 3-yanvar kuni Jum’a

namozi o‘qib bo‘lingach, Ulug‘bek madrasasi ichidagi jome’da 5-6

ming musulmonning huzurida Abbosxon ismli muazzin jadidlarning

va ruscha o‘qishni targ‘ib qiladiganlarning kofirligini va har kim bo

-

lasini usuli jadid maktabiga bersa, o‘zi kofir, xotini taloq bo‘lishini

forsiy til bilan uzun va baland bir nutqda xaloyiqqa bildiradi.

“Oyna” jurnalida Siddiqiy-Ajziy o‘zini kofir deguvchilaraga

qarata quyidagi baytini e’lon qiladi:

Az haqgo‘yi zabon kashidan kufrast,

To jon doram, kalomi haq mexonam

[Siddiqiy-Ajziy 1914, 32-

33]

(Haqiqatni so‘zlash kufr bo‘ladigan bo‘lsa, toki jonim bor

ekan, haq so‘zni aytaman) degan satrlar bor edi.


background image

35

Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodining o‘rganilishi

Siddiqiy-Ajziyning har bir harakati qattiq nazoratga olinadi.

Mutaassib ulamolar Rossiyaga sayohat qilgani, bolalarga rus tili-

ni o‘rgatgani uchun shoirga iymonsiz, shubhali shaxs sifatida qa-

raydilar. Boshqa tomondan Halvoyi maktabiga har ikki haftada bir

inspektor kelib turgan. Shoirning viloyat inspeksiyasida tarjimon

tanishi bo‘lib, u inspektorlar kelishidan yashirincha xabardor qilib

borgan. Shoir bir qancha qo‘lyozmalarni, bir qancha o‘quvchilarning

daftarlarini yashirgan. Inspektorlar tomonidan maktabni tekshirish

politsiyaning tintuviga o‘xshagan. Ular hamma shkaflarni, stollarni,

barcha joylarni ko‘rib chiqishgan, kitoblarni tekshirishgan, bolalarn-

ing daftarlarini o‘qishgan va keyin ularni olib ketishgan. Qolaversa,

Ajziyning o‘zi ham viloyat inspeksiyasiga taklif etilib, undan dars

uslubi, har bir mavzu bo‘yicha qo‘llagan asosiy va qo‘shimcha mate-

riallari haqida batafsil ma’lumotlar olingan.

Quvg‘inlar shu darajaga yetadiki, natijada shoir maktabda

faoliyatini davom ettira olmay qoladi. 1910-yil 18-yanvarda Hal-

voyi maktabiga direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Ajziy

1911-yil 15-iyulda ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ariza beradi. O‘z

qo‘li bilan rus tilida yozilgan bu ariza O‘zbekiston Milliy davlat arx-

ivida saqlanadi [O‘zbekiston 181, 134, 73].

1914-yil may oyida Ajziyning sa’y-harakati bilan Samar-

qandning Polvonariq qishlog‘ida 24 o‘quvchi ta’lim oladigan yan-

gi uslubdagi maktab ochiladi va bu Samarqand atrofidagi birinchi

yangi uslubdagi maktab edi [Oyna 1914, 31, 609]. Taxminlarga ko‘ra,

u may oyida Samarqandda “Zarafshon” nomli kitob do‘koni ochgani

uchun Polvonariq maktabini ochishga yordam bergan, biroq o‘zi

dars bermagan [Oyna 1914, 30, 591]. Do‘konda eski va yangi kitob-

lar, o‘quv qurollari sotilgan. Shuningdek, gazeta-jurnallar ham sotil-

gan va ularga obuna qilingan.

Siddiqiy 1917-yil fevral inqilobidan keyin ijtimoiy harakatlar-

da qatnashgan. Ishchi bolsheviklar tashkiloti “Ittifoq”ning faol a’zo-

si bo‘lgan. 1918-yil 8-mayda “Ittifoq” Samarqand musulmon ishchi

va dehqonlari Kengashiga aylantiriladi va Ajziy shu Kengash Ijroiya

qo‘mitasi a’zosi va Adliya komissari etib saylanadi [Hurriyat 1917-

1918].

1920-yillarning boshlarida Siddiqiyda kasallik paydo bo‘ladi

va shu yilning oxirlariga kelib shoirning kasalligi og‘irlashib, davlat

xizmatidan ketishga majbur bo‘ladi. U taxminan 1920-yil noyabrda

Adliya vazirligidan ishdan bo‘shagan.

20-yillarda Samarqandda nashr etila boshlagan o‘zbekcha va

tojikcha hajviy jurnallar “Mashrab”, “Mulla Mushfiqiy” hamda “Zaraf

-


background image

shon” gazetasini tashkil qilishda faol ishtirok etgan. U “Mayna”, “Gi-

na-Gina”, “Shashpar”, “Nayza”, “Tir”, “Gumnom”, “Olmos” kabi imzolar

bilan satirik va yumoristik asarlar yozib turgan. Shoir “Aynu-l-adab”

asaridagi she’rlariga Ajziy taxallusini qo‘llagan..

Siddiqiy-Ajziy 1922-yilda yana sevimli kasbi muallimlikka

qaytdi. 1925-yilda O‘zbekiston hukumati o‘qituvchilik va ma’rifiy

faoliyatning 25 yilligi munosabati bilan Ajziyga “Respublikada

xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi” faxriy unvonini beradi va bir umrlik

nafaqa bilan ta’minlaydi.

1925-yil iyul oyida Halvoyi maktabini butunlay tashlab, Ja-

lolobod dam olish oromgohiga davolanish uchun ketadi. Tabibning

buyrug‘iga ko‘ra shoir bu yerda bir oy qolib, har kuni cho‘milishi

kerak edi, lekin shoir ikki kun ketma-ket suvda o‘tirib cho‘miladi va

15 kundan so‘ng Samarqandga qaytadi. Tabiblarning ko‘rsatmalari-

ga bo‘ysunmaslik shoirning kasalligini yanada kuchaytiradi va uzoq

xastalikdan so‘ng Siddiqiy 1927-yil 15-iyunda Halvoyi qishlog‘ida

vafot etadi.

Xulosa

XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida O‘zbekistonda ij-

timoiy fikr taraqqiyotida Siddiqiy-Ajziy va uning zamondoshlari

haqidagi qimmatli fikrlar Ibragim Muminovich Muminov[Muminov

1949] hamda Alautdin Maxmudovich Bаgoutdinovlarning mono

-

grafik tadqiqotlarida uchraydi [Bogoutdinov 1951].

Shunindek, Siddiqiy-Ajziy hayoti va faoliyatiga oid ma’lumo-

tlarni Vadud Mahmud, Rahim Hoshim (Tursunqul), Sadriddin Ayniy,

Zarif Rajabov, Iosif Samuilovich Braginskiy, Rustam Aslonov, Sharif

Husaynzoda, Muhammadjon Shakuriy, Hamid Olimjon, Begali Qosi-

mov, Ulug‘bek Dolimov, Bahodir Karimov va boshqa tadqiqotchilarn-

ing tadqiqotlarida ham uchratish mumkin.

Sharif Husaynzoda o‘ttizinchi yillarning boshlarida Ajziy ijodi

bilan shug‘ullangan, xususan, shoirning nashr etilmagan she’rlarini

to‘plashga harakat qilgan. U Hoji Muin Mehridan bir necha tarqoq

misralarni va serblar kurashi haqidagi hikoyasini olishga muvaf-

faq bo‘lgan. Biroq, keyinchalik Sharif Husaynzoda Ajziy asarlarini

o‘rganishni davom ettirmagan.

Siddiqiy-Ajziy XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning birinchi

choragi o‘zbek xalqi ma’naviy hayoti rivojida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan

fidoyi va jonkuyar ma’rifatparvar adiblardan biri edi. U siyosiy jihat

-

dan nihoyatda murakkab bo‘lgan bir davrda faoliyat olib bordi. Nima

bo‘lganda ham, Siddiqiy-Ajziyning ijodida, ta’lim sohasida olib bor-

Tilovmurod SHAYMARDONOV

36


background image

Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodining o‘rganilishi

37

gan faoliyatida niyat xolisligi, millat taraqqiyoti uchun jon kuydirish

etakchilik qilar edi. U millat va Vatan taraqqiyotini ma’rifatda, ta’lim-

da, ilm-fanda deb bildi va shu yo‘lda butun umrini sarfladi. Shoir hay

-

oti va ijodini sinchiklab o‘rganish, uning o‘sha davr ijtimoiy, madaniy

hayotidagi o‘rnini belgilash bugungi adabiyotshunosligimiz oldidagi

vazifalardan biridir.

Adabiyotlar

Раҳим, Ҳошим (Турсунқул). 1928. “Сиддиқий тўғрисида мулоҳазалар”.

Маориф ва ўқитғувчи

, 3.

Қориев, Боис (Олтой). 1967. “Адабий тахаллуслар ҳақида”.

Ўзбек

тили ва адабиёти

, 1.

Ибрат, Ажзий, Сўфизода.

1999. Тўпловчи, нашрга тайёрловчи, сўз

боши ва луғат муаллифлари: Қосимов Бегали, Ахмедов

Суннат, Долимов Улуғбек. Тoshkent: Маънавият.

Маҳмуд, Вадуд. 1926. “Турк шоири Ажзий”.

Инқилоб

, 11 – 12.

Раҳим, Ҳошим (Турсунқул). 1928. “Сиддиқий тўғрисида мулоҳазалар”.

Маориф ва ўқитғувчи

, 3.

Қосимов, Бегали. 2002.

Миллий уйғониш: жасорат, маърифат,

фидойилик

. Тошкент: Маънавият.

Гумном. 1914. “Орзу ёки хаёл”.

Ойна,

34.

Долимов, Улуғбек. 2012.

Миллий уйғониш педагогикаси

. Тошкент:

Ношир.

Саидаҳмадхўжа Сиддиқий-Ажзий. 1333.

Ганжинаи ҳикмат ёхуд ада

-

биёти жадида

. Ношир муаллим Мулло Абдулқодир Шаку

-

рий. Табъи аввал (Биринчи табб).

Шакурий М. 2006.

Нигоҳе ба адабиёти таджики садаии бист

, Душан

-

бе: Пайванд.

Вадуд Маҳмудӣ. 1990. “Муаллим Абдуқодири Шакурӣ”.

Садои Шарқ

, 8.

Саидаҳмадхўжа Сиддиқий-Ажзий. 1914.

Айну-л-адаб

. Самарқанд.

Ўзбекистон Миллий давлат архиви фонди. 181-жилд,

134-папка, 73-варақ.

Ойна

1914, 31.

Ойна

1914, 30.

Ҳуррият

1917.

Муминов, Йбрагим. 1949.

Из истории общественной и политической

мысли Узбекистана конца XIX и начало XX века,

Самарканд,

УзГУ.

Багоутдинов, Алаутдин. 1951.

Из истории общественной и философ

-

ской мысли Таджикского народа второй половины XIX и

начало XX вв.,

Москва.


background image

38

Tilovmurod SHAYMARDONOV

Siddiqi-Ajz’s life and work and its organization

Shaymardonov Tilovmurod

1

Abstract

The article discusses the life and career of Siddiqi-Ajzi, an enligh-

tened writer and educator who lived and worked in the second half of the

19th century and the first quarter of the 20th century, which was extremely

difficult and controversial for the peoples of Turkestan. Comments on the

selflessness, perseverance and hard work of this writer in the development

of the enlightenment of our people, the development of social conscious-

ness. The article also comments on almost all the work done in the nearly

one hundred years since Siddiqi-Ajzi's death to study the writer's life and

work. Their strengths and weaknesses are analyzed. Siddiqui-Ajzi was one

of the most active representatives of the social, cultural, intellectual and

national revival movement in Turkestan in the second half of the 19th cen-

tury and the beginning of the 20th century.

Key words:

Siddiqi-Ajzi, National Awakening, Enlightenment, Teach-

er, Writer, Enthusiast, Turkestan, Halvai Village.

References

Rahim, Hoshim (Tursunqul). 1928. “Siddiqiy to‘g‘risida mulohazalar”.

Maorif va o‘qitg‘uvchi

, 3.

Qoriev, Bois (Oltoy). 1967. “Adabiy taxalluslar haqida”.

O‘zbek tili va

adabiyoti

, 1.

Ibrat, Ajziy, So‘fizoda.

1999. To‘plovchi, nashrga tayyorlovchi, so‘z boshi va

lug‘at mualliflari: Qosimov Begali, Axmedov Sunnat, Dolimov

Ulug‘bek. Toshkent: Ma’naviyat.

Mahmud, Vadud. 1926. “Turk shoiri Ajziy”.

Inqilob

, 11 – 12.

Rahim, Hoshim (Tursunqul). 1928. “Siddiqiy to‘g‘risida mulohazalar”.

Maorif va o‘qitg‘uvchi

, 3.

Qosimov, Begali. 2002.

Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik

.

Toshkent: Ma’naviyat.

Gumnom. 1914. “Orzu yoki xayol”.

Oyna,

34.

Dolimov, Ulug‘bek. 2012.

Milliy uyg‘onish pedagogikasi

. Toshkent: Noshir.

Saidahmadxo‘ja Siddiqiy-Ajziy. 1333.

Ganjinai hikmat yoxud adabiyoti

jadida

. Noshir muallim Mullo Abdulqodir Shakuriy. Tab’i avval

1

Shaymardonov Tilovmurod Abilayevich is basic doctoral student at the Alisher

Navoi State Museum of Literature

.

E-mail:

tshaymardonov@mail.ru

For citation:

Shaymardonov, T.A. 2022. “Life and work of Siddiqi-Adjzi and his

study”.

Uzbekistan: language and culture

1 (2): 27-39.


background image

39

Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodining o‘rganilishi

(Birinchi tabb).

Shakuriy M. 2006.

Nigohe ba adabiyoti tadjiki sadaii bist

, Dushanbe:

Payvand.

Vadud Mahmudӣ. 1990. “Muallim Abduqodiri Shakurӣ”.

Sadoi Sharq

, 8.

Saidahmadxo‘ja Siddiqiy-Ajziy. 1914.

Aynu-l-adab

. Samarqand. O‘zbekiston

Milliy davlat arxivi fondi. 181-jild, 134-papka, 73-varaq.

Oyna

1914, 31.

Oyna

1914, 30.

Hurriyat

1917.

Muminov, Ibragim. 1949.

Iz istorii obщestvennoy i politicheskoy mыsli

Uzbekistana konsa XIX i nachalo XX veka,

Samarkand, UzGU.

Bagoutdinov, Alautdin. 1951.

Iz istorii obщestvennoy i filosofskoy mыsli

Tadjikskogo naroda vtoroy polovinы XIX i nachalo XX vv.,

Moskva.

Библиографические ссылки

Раҳим, Ҳошим (Турсунқул). 1928. “Сиддиқий тўғрисида мулоҳазалар”. Маориф ва ўқитғувчи, 3.

Қориев, Боис (Олтой). 1967. “Адабий тахаллуслар ҳақида”. Ўзбек тили ва адабиёти, 1.

Ибрат, Ажзий, Сўфизода. 1999. Тўпловчи, нашрга тайёрловчи, сўз боши ва луғат муаллифлари: Қосимов Бегали, Ахмедов Суннат, Долимов Улуғбек. Тoshkent: Маънавият.

Маҳмуд, Вадуд. 1926. “Турк шоири Ажзий”. Инқилоб, 11 – 12.

Раҳим, Ҳошим (Турсунқул). 1928. “Сиддиқий тўғрисида мулоҳазалар”. Маориф ва ўқитғувчи, 3.

Қосимов, Бегали. 2002. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик. Тошкент: Маънавият.

Гумном. 1914. “Орзу ёки хаёл”. Ойна, 34.

Долимов, Улуғбек. 2012. Миллий уйғониш педагогикаси. Тошкент: Ношир.

Саидаҳмадхўжа Сиддиқий-Ажзий. 1333. Ганжинаи ҳикмат ёхуд адабиёти жадида. Ношир муаллим Мулло Абдулқодир Шакурий. Табъи аввал (Биринчи табб).

Шакурий М. 2006. Нигоҳе ба адабиёти таджики садаии бист, Душанбе: Пайванд.

Вадуд Маҳмудӣ. 1990. “Муаллим Абдуқодири Шакурӣ”. Садои Шарқ, 8.

Саидаҳмадхўжа Сиддиқий-Ажзий. 1914. Айну-л-адаб. Самарқанд. Ўзбекистон Миллий давлат архиви фонди. 181 жилд, 134-папка, 73-варақ.

Ойна 1914, 31.

Ойна 1914, 30.

Ҳуррият 1917.

Муминов, Йбрагим. 1949. Из истории общественной и политической мысли Узбекистана конца XIX и начало XX века, Самарканд, УзГУ.

Багоутдинов, Алаутдин. 1951. Из истории общественной и философской мысли Таджикского народа второй половины XIX и начало XX вв., Москва.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов