Folklorshunoslik tadqiqi

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
76-91
15
28
Поделиться
Тилавов, А. . (2023). Folklorshunoslik tadqiqi. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 76–91. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2022-pp76-91
Абдумурод Тилавов, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

кандидат филологических наук, доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada dostonlardagi epik ot obrazining badiiy jihatdan mukammal tasviriga sabab bo‘lgan tarixiy asarlar tadrijiy tarzda beriladi. Otning turkiy xalqlar tarixida tutgan o‘rni, bu borada tarixchilarning e’tiroflari, qadimiy qo‘lyozma manbalarda ot bilan bog‘liq topilmalar, xullas, turkiy xalqlar mafkurasi dostonlardagi jangovar ot obrazi bilan qiyoslanadi.
Xalq dostonlarida tasvirlangan jangovar otlarga xos xususiyatlar sifatida ularning tabiiy otlar orasidagi eng mukammali, ayni paytda mifologik va totemistik e’tiqodiy tasavvurlarda ifodalangan ot xususiyatlar- iga ham ega ekanligida ko‘rinmoqda. Shu jihatdan dostonlardagi jangovar otlar chinakam tulpor bo‘lishlari uchun bevosita yoki bilvosita suv otlari hamda samoviy otlarga bog‘liq bo‘lishligi shart deb anglangan.
Biz ushbu maqolada xalq dostonlarida epik ot obrazining yaratilishiga asos bo‘lgan tabiiy, diniy e’tiqodiy tayanchlarni va qarashlarni botartib ravishda bir-bir qarab chiqamiz.
Shuningdek, maqolada “zotli ko‘chmanchi mavaniyer”, “hayvon – ona” an’ana va ishonchlari, “Devonu lug‘otut-turk” va ot bilan bog‘liq turkiy so‘zlar izohi, qarvosh xalq dostonlaridagi ot obrazi borasidagi tahlil va talqinlar o‘rin olgan.

Похожие статьи


background image

76

ISSN 2181-922X

76

91

FOLKLORSHUNOSLIK TADQIQI

Epik ot obrazining tarixiy asoslari

Abdumurod Tilavov

1

Abstrakt

Maqolada dostonlardagi epik ot obrazining badiiy jihatdan mukam-

mal tasviriga sabab bo‘lgan tarixiy asarlar tadrijiy tarzda beriladi. Otning

turkiy xalqlar tarixida tutgan o‘rni, bu borada tarixchilarning e’tiroflari,

qadimiy qo‘lyozma manbalarda ot bilan bog‘liq topilmalar, xullas, turkiy

xalqlar mafkurasi dostonlardagi jangovar ot obrazi bilan qiyoslanadi.

Xalq dostonlarida tasvirlangan jangovar otlarga xos xususiyatlar

sifatida ularning tabiiy otlar orasidagi eng mukammali, ayni paytda mi-

fologik va totemistik e’tiqodiy tasavvurlarda ifodalangan ot xususiyatlar-

iga ham ega ekanligida ko‘rinmoqda. Shu jihatdan dostonlardagi jangovar

otlar chinakam tulpor bo‘lishlari uchun bevosita yoki bilvosita suv otlari

hamda samoviy otlarga bog‘liq bo‘lishligi shart deb anglangan.

Biz ushbu maqolada xalq dostonlarida epik ot obrazining yarat-

ilishiga asos bo‘lgan tabiiy, diniy-e’tiqodiy tayanchlarni va qarashlarni

botartib ravishda bir-bir qarab chiqamiz.

Shuningdek, maqolada “zotli ko‘chmanchi mavaniyer”, “hayvon – ona”

an’ana va ishonchlari, “Devonu lug‘otut-turk” va ot bilan bog‘liq turkiy

so‘zlar izohi, qarvosh xalq dostonlaridagi ot obrazi borasidagi tahlil va

talqinlar o‘rin olgan.

Kalit so‘zlar:

Epik ot obrazi, turkiy mifologiya, tarix, yozma yodgor-

liklar.

Kirish

Otning o‘zbek xalqi hayotida tutgan o‘rni beqiyos. Ayniqsa,

ot asosiy ulov vositasi bo‘lgan o‘tgan asrlarda uning bahosi yanada

ortgan. Otning O‘zbekiston tuprog‘ida juda qadim zamonlardan

qo‘lga o‘rgatilib, undan keng foydalanganligini arxeologik va et-

nografik adabiyotlar tasdiqlaydi. O‘zbek xalqining ot bilan bog‘liq

e’tiqodiy, hayotiy va badiiy-estetik qarashlarini xalq dostonlarida

1Tilavov Abdumurod Xolmurotovich

– filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Alisher

Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Е-pochta:

a.tilavov@mail.ru

ORCID ID:

0000-0003-2428-7547

Iqtibos uchun:

Tilavov A.X. 2022. “Epik ot obrazining tarixiy asoslari”.

O‘zbekiston:

til va madaniyat

1 (2): 76-91.

Uzbekistan: Language and Culture 2022/1(2)


background image

Epik ot obrazining tarixiy asoslari

77

keng kuylangan ot obrazi yanada mukammalroq tasavvur etish im-

konini yaratadi.

“Dostonlarda ot juda muhim o‘rin egallaydi. U qahramon-

ning muvaffaqiyatga erishuvi yo‘lida xizmat qilib, g‘oyat mushkul

vazifalarni bajaradi, qahramonga katta yordam beradi. Qahramon

otga ega bo‘lganligi tufayli istagiga erishadi. Shu narsa xarakterliki,

epik ot qatnashmagan bironta qahramonlik dostonini topish qiyin.

Ot qahramonning safari va kurashlarida doimiy yo‘ldoshi, ishonchli

qo‘ldoshi va yaqin do‘stidir” [ Zarifov 1967, 65].

O‘zbek xalq dostonlarida epik ot obrazining o‘ta mukam-

mal darajada ishlanganligi o‘z vaqtida folklorshunoslarimiz

[Zari-

fov 1968, 70] tomonidan qayd etilgan va bu O‘rta Osiyoning tabiiy

sharoiti, bu yerda yashagan xalqlarning hayoti, tarixi bilan bog‘liq

deb to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Chindan ham bizning xalqlarimiz xo‘jaligi,

turmushida otning o‘rni, xizmati kattadir. Ayni paytda otga bo‘lgan

e’tiqod uni totem sifatida qadrlash, alohida sifat va fazilatga ega

otlarni g‘ayritabiiy shajaraga egaligi haqidagi qarashlar ham epik

ot obrazining mukammal ishlanishida muhim o‘rin egallagan. Pro-

fessor Hodi Zarif o‘zining mashhur “Jangovar ot obrazining qadimiy

asoslariga doir” maqolasida haqli ko‘rsatib o‘tganidek, “doston va er-

taklarda epik otlarning tabiiy otlardan farq qiladigan alohida xususi-

yatlari ham bor. Bunday xususiyatlar, bir tomondan, tabiiy naslli ot-

larda mavjud sifat va xarakterlarni bo‘rttirib, badiiy bo‘yoqlar bilan

bezab ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, miflarda mavjud xususiyatlar

bilan bezalgan holda namoyon bo‘ladi, uchinchidan, ularda totem-

izm elementlari ham uchrab turadi” [Zarifov 1968, 69].

Asosiy qism

Turkiy xalqlar tarixiy obidalarida, otning muqaddas hayvon

sifatida tan olinishini tasdiqlovchi daliliy ma’lumotlar, udumlar biz-

gacha yetib kelgan. Bu ma’lumotlarni alohida-alohida qayd etish,

ularda xalq ishonchlarining qaysi jihati namoyon bo‘lishini o‘rga-

nish, geografik nuqtai nazardan tarqalishini kuzatishsiz ot obrazi

tarixiy ildizlarini tahlil etish mumkin emas.

Turkiy xalqlar tarixini otsiz tasavvur qilish mumkin emas.

Chunonchi, ota-bobolarimiz ilohiy mo‘jiza sanalmish bu hayvonning

inson hayotidagi ahamiyatini birinchilardan bo‘lib juda yaxshi bilgan

va uni ardoqlash, tarbiyalash, undan foydalanish borasida boshqa

ko‘plab xalqlarga o‘rnak bo‘lgan xalqdir. Bu xususiyat nafaqat bizning

tarixchilarimiz, balki g‘arb olimlari tomonidan ham e’tirof etilgan.

Masalan, U.V.Shmidt bu borada olib borgan tadqiqotlari natijasida


background image

78

quyidagi xulosaga keladi: “O‘rta Osiyoda yerlashib olgan va yov-

voyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishni boshlagan ilk qavm turkiy qavm

bo‘lgan. Ot birinchi marta turkiylar tomonidan qo‘lga o‘rgatilgan va

ular otga mingan birinchi insonlar edilar” [ Kafeso‘g‘li 1988, 102]. Aj-

dodlarimiz otni dunyoga tanitgan, bu bilan insoniyat tarixida muhim

burilish va o‘zgarish yasagan millatdir. Tarixchilar “otli cho‘pon” yoki

“ko‘chmanchi otli madaniyat” deb ataluvchi madaniyatning o‘rta-

ga chiqishini va otning qo‘lga o‘rgatilishini bevosita qadimgi turkiy

xalqlarga bog‘lash mumkinligini, insoniyat tarixida erishilgan bu

muvaffaqiyat boshqa qavmlar va madaniyatlarning rivojlanishida

katta ta’sir ko‘rsatganligini qayd etishadi. V.Eberxard xitoyliklar otga

minish san’atini faqatgina miloddan avvalgi 300 yillarda Osiyo xun-

laridan o‘rganganligini aytadi [“Ulku” jurnali 1975, 2].

IV-VI asr G‘arb manbalari (A.Marjellinus, Sh.Gladianus,

A.Sidonius, Zosimos)ga ko‘ra, “Endigina oyoqqa turgan xun bolasi-

ning yonida egarlangan ot tayyor turardi... Xunlar ot ustida yeyishar,

ichishar, savdo-sotiq qilishar, suhbatlashar va uxlashar edi. Ot va

boshqa qavmlarni faqatgina ustida olib yurar, lekin xunlar otning us-

tida hayot kechirishardi”

[Древные авторы о Средней Азии 1940,

75].

“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonida go‘rda tug‘ilgan chaqaloq-

ning jinsini aniqlash uchun egardan foydalaniladi. “Sinab bilayin,

shu bola o‘g‘ilmikin, qizmikin”, deb egar bilan uch oshiqni bir yoqqa

qo‘ydi. Ikki qo‘g‘irchoq bilan ro‘molni go‘rning bir yog‘iga qo‘ydi. Poy-

lab yotdi. Go‘ro‘g‘li... egarni minib, “chuv-ha, chuv-ha, ot qo‘y, qayt-

ma, boxabar bo‘linglar”, – deb egarni asta-asta qimirlatib, go‘rdan

ancha uzoqlab ketdi” [Po‘lkan shoir 1967, 54].

Ot ota-bobolarimizning to‘yida ham, azasida ham birga

bo‘lgan. Kelinni chiroyli qilib bezatilgan otda olib kelish, ot hadya

qilish odati hali hanuz yo‘qolgani yo‘q. Janoza marosimida bir otni

dumi kesilgan yo bog‘langan holatda olib kelinishi, hatto jangchi

o‘lsa, uni egar-jabduqli oti bilan birga ko‘mish udumi ajdodlarimiz

o‘tmishida mavjud bo‘lgan. Binobarin, Bo‘zqir-turk qavmlariga oid

qabristonlardan, Osiyo-Xun imperatorligiga oid qo‘rg‘onlardan, O‘rta

Osiyoda olib borilgan qazilma ishlari davomida juda ko‘p ot suyakla-

rining topilishi ham bejiz emas. Umuman, ot boshqa hayvonlardan

egasiga sodiqligi, aqlliligi va nihoyat, o‘zining noyob xislatlari bi-

lan ajralib turadi. Masalan, ot ko‘z qorachig‘ining naqadar qimmat-

li ekanligini usta xattotlargina bilishadi. Gap shundaki, otning ko‘z

qorachig‘i solib tayyorlangan bo‘yoq bilan yozilgan yozuv yaltiro-

qligi, ko‘rimliligi va nafisligi bilan ajralib turadi. Bunday yozuv uzoq

Abdumurod TILAVOV


background image

Epik ot obrazining tarixiy asoslari

79

muddat aslini yo‘qotmaydi. Umar Hayyom “Navro‘znoma”sida yoza-

di: “Aytadilarki, to‘rt oyoqlilar ichida otdan yaxshisi yo‘q, u o‘tlovchi

to‘rt oyoqlilarning podshohidir. Rasul alayhissalom: “Xayr yilqining

peshonasiga yozilgan”, deganlar. Kayxusrav: “Mening podshohligim-

da otdan qimmatliroq narsa yo‘q”. Nasr bin Sayyor “Ot jang taxti va

qurolining gulidir”, – degan” [Umar Xayyom 1989, 18].

Qadimdan O‘rta Osiyo eng ko‘p ot yetishtirilgan hudud

bo‘lgan. 1246-yili O‘rta Osiyoni kezib chiqqan sayyoh Plano Garpi-

ni quyidagilarni e’tirof etadi: “Hayvonlarning ko‘pligi jihatidan ular

(O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar. – A.T.) nihoyatda boy insonlardir;

tuya, sigir va echkilari bor. Otlarga kelsak, shu qadar ko‘pki, dunyo-

ning qolgan qismida shunchalar ot bo‘lmasa kerak” [Kafeso‘g‘li 1988:

40]. Miloddan oldingi 49-yilda bir xun oilasining o‘n ming bosh hay-

voni va yetti ming oti, milodiy 83-yilda boshqa bir oilaning yuz o‘n

mingta qo‘y va sigirlariga muqobil yigirma ming oti bo‘lgan. Ko‘k

turklar va beklarning yilqilari esa, hadsiz-hisobsiz edi, deya qayd eti-

ladi tarixiy manbalarda. Bu otlar sonlarining ko‘pligi bilangina emas,

asosan, nasldorligi, tez yugurishi va chidamliligi bilan ham mashhur

bo‘lgan. Chunonchi, ot ajdodlarimizning iqtisodini ta'minlovchi aso-

siy tijorat moli ham hisoblangan. Ular qo‘shni davlatlarga, chet el-

larga ot yetkazib turishgan. Xorijda tarqalgan O‘rta Osiyo naslli otlar

turkiylarning shuhratini dunyoga tanitgan. 1800-yilda Xivaga kel-

gan bir rus sayyohi o‘z xotiralarida quyidagilarni yozadi: “Xivadalik

davrimda menga u yerdagi arg‘umoqlar juda ham yoqib qolgan edi.

Ularning asosiy yemishlari jo‘xori bo‘lib, nisbatan kamtomoq va to‘rt

kunlik yo‘lni oziqlanmasdan bosishlari mumkin. Ular faqat minishga

moslashgan bo‘lib, bo‘yi basti katta otday, ingichka, tik qomatli, iyak-

dor, yengil... Bir pud jo‘xori arg‘umoqning o‘n kunlik yemishi bo‘lib,

uning bahosi 70 tiyin. Arg‘umoqlarni Xivaga turkmanlar yetkazib

turishadi va ularni faqat turkman egarlari bilan minadilar. Qirg‘iz

va bizning kazak egarlari to‘g‘ri kelmaydi. Arg‘umoq tez yugurganda

xuddi quyonga o‘xshab bor gavdasi bilan cho‘ziladi. Va bizning eng

chopag‘on rus otlaridan ikki marta tez yuguradi; ular yuvosh va aqlli

bo‘lib, daryolardan dadil suzib o‘tadilar, vafodor va uyurlarda qo‘lga

tez o‘rganadilar. Bu yerlarda bir arg‘umoq uchun yuz so‘m va undan

ham ortiq haq to‘laydilar” [Поездка торговца Абрасимова в Хиву

.

1860, 96].

Ma’lumki, bizning turkiy xalqlar har qanday sharoitda ham

o‘zining azaliy, nodir san’ati, hunari, an’analarini saqlab qolishga

intilgan va ko‘pincha bunga erishgan ham. Jumladan, ajdodlarimiz

ot tarbiyalash san’ati yalovini hech qachon qo‘lidan tushirgan emas.


background image

80

Abbosiy xalifalaridan Mu’tasim, Vosiq va Mutavakkil zamonlarida

(840-860) arab davlati idorasidagi turk qo‘shinlarining soni ham

ko‘pchilikni tashkil etardi. Xalifalar ayni paytda otlarni tarbiyalash

ishini turklarga topshirib qo‘yishgan. Ota-bobolarimiz Islom dinini

qabul qilgandan keyin o‘zlari ot minish, tarbiyalash san'atini ham

Yaqin Sharqqa olib kirdilar. Bu davrda “Aspi turk” (Turk oti) juda

mashhur bo‘lgan. Muarrix Usmon Turon “turk ot madaniyati” bilan

birga ig‘dig‘ (bichish), yalg‘iz (qorato‘riq), uloq, yom, yombi, yilqi

kabi so‘zlarning arab va fors tillariga o‘tganligini qayd etadi

[Turkiy

xalqlar mafkurasi 1997, 92].

Shu o‘rinda otning bizning lug‘at boyligimizga ham katta “his-

sa qo‘shganligini” alohida ta’kidlash joiz. Darhaqiqat, tilimizda ot bi-

lan bog‘liq ko‘plab so‘zlar mavjud. Ularning ma’nosi faqat ayrim gu-

ruh orasidagina ma’lum. Buyuk tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariy

“Devonu lug‘otit turk” asarida otga aloqador yuzdan oshiq so‘zlar-

ning izohini beradi [Tilavov 2021, 15-21].

Shu o‘rinda “ot” so‘zining etimologiyasi haqida. “Ot so‘zi” ba’zi

mo‘g‘ulshunos olimlar tomonidan mo‘g‘ulcha deya aytiladi va bu fikr

ancha e’tirozlarga yo‘l ochdi.

Ibrohim Kafeso‘g‘li “O‘rxun yodnomalari”da Kultegin mingan

otlar nomlari bilan berilganligi va o‘sha paytlardan beri tilimizda

“OT” deb aytib kelayotganimiz so‘zning asli Osiyo xunlarining qo‘lga

o‘rgatilgan hayvon jinsidan bahs etgan; miloddan avvalgi Xitoy man-

basi “Shichti”da aytib o‘tilgan “khit-ti” yoki “Khiai-thi” bo‘lishi kerak-

li va manba bu x u n ch a (ta’kid bizdan – A.T.) bo‘lib, “hamisha kat-

ta bir kuch bilan sapchishga, otilishga xohishli” (fuul of mettle with

a great power leaping) degan ma’noni anglatishini aytadi. Tarixchi

olim o‘z fikrini quyidagicha asoslashga harakat qiladi: “Turkchada

“ot” so‘zidan yasaluvchi otim (atim), hatlamoq (atlamak), otmoq (at-

mak) va boshqa so‘zlarda ayni ma’no hozirgacha saqlanib qolgan.

“Ot” so‘zining mo‘g‘ulcha “akhta” (akxta) so‘zi bilan aloqasi yo‘q...”.

Olimning fikrlari mantiqan to‘g‘ri va voqyelikdan uzoq emas,

bizningcha. Chunki, ot (hayvon – A.T.) ko‘pincha sapchishga, otilish-

ga shay holatda ko‘rinadi. Otlarning bu holati, ayniqsa, dostonlarda

zo‘r badiiy mahorat bilan tasvirlangan; “yulduzni ko‘zlagan”, “ko‘kka

qarab intilgan”, “uchishga shay qush” deya ta'riflanishi otlardagi

o‘sha tabiiy xususiyatlarni namoyon etadi. Qolaversa, o‘zbek tilida-

gi “otmoq”, “otilmoq”, “hatlamoq” so‘zlarida ham yuqoridagi ma’no

saqlangan.

“Yont” – “yo‘nt” so‘zi ham qadimgi turkchada bir ot jinsi va

ot suruvlarini ifoda etgan so‘zdir. Bu so‘z Onado‘lida joy nomlari-

Abdumurod TILAVOV


background image

Epik ot obrazining tarixiy asoslari

81

ga nisbatan qo‘llanilganda “yunt” shaklini olgan. O‘g‘iz qabilalari-

dan birining nomi “Ala yo‘ntlыg‘” bo‘lgan. M.Koshg‘ariyda bu nom

biroz o‘zgargan shaklda, ya’ni “Ula-yo‘ndlug‘” tarzda keladi. Tad-

qiqotchi B.O‘gal devonda bu nomning yanglish yozilganligini aytadi.

“Koshg‘ariy davrida, – deydi olim, – bu so‘zning “Ala yo‘ndlug‘ / Ala

yuntlug‘” shaklda qo‘llanilganiga hech shubha yo‘q” [Ўгал 347-348].

Bizningcha, B.O‘galning bu mulohazasi bir muncha izohtalabdir.

Ko‘k turk va uyg‘urlardagi “o‘n ikki hayvonli” turk taqvimida

bir yilning “ot” ma’nosidagi “yo‘nd” bo‘lishi xarakterlidir. Bundan

tashqari, Onado‘lidagi bir necha joy nomlarida ham ayni ma’noni

ifodalagan so‘zning saqlab qolinganiga guvoh bo‘ldik: Yo‘nd tog‘i

(Koniya), “Yo‘nd qishlog‘i” (Edirna).

Ma’lumki, tilimizda ot suruviga nisbatan “yilqi” so‘zi

qo‘llaniladi. Dostonlarimizda ham bu so‘z ana shu ma’noda keladi:

Yilqi ichinda o‘zi kelgan sinlidir,

To‘bishqon tuyoqli, marol bellidir.

(“Alpomish”dostonidan).

Radlov “yilqi” so‘zining asl ma’nosining “jonli hayvon” ekan-

ligini qayd etadi. Ko‘k turk yozuv yodnomalarida ham yilqining,

umuman hayvonlar uchun ishlatilganligini ko‘ramiz. Ba’zan “to‘rt

adaqliq – yilqim” deyish bilan suruvning hayvon bo‘lganligi aytmoq-

chi bo‘lingan. Qadimgi turkiylar o‘z mulki hisoblangan hayvonlarga

tamg‘a urishgan. Shu sababdan bo‘lsa kerak, Ko‘k turk yodnomalar-

ida “tamg‘aliq yilqi” ifodasini uchratamiz. “Dada Qo‘rqut kitobi”da

ham “ыlqi” so‘zi faqatgina ot suruvi uchun qo‘llanilgan: “... yurib-yu

-

rib kofirning ыlqisiga duch keldi. Bir ot topsam tutib minayin, – dedi”.

“Otli ko‘chmanchilik madaniyati”, jumladan, ko‘pincha ot usti-

da yurish, doimiy harakat ot eti va sutini iste’mol qilish, O‘rta Osiyo

aholisining sog‘ligiga ham ijobiy ta’sir etgan. O‘tgan asrning o‘rtala-

rida bu “otli ko‘chmanchi”larning orasida kezgan V.Radlov, afyunning

ularga deyarli zarar ko‘rsatmasligini ko‘rib hayratga tushgan. “Afyun

chekkan xitoyliklar o‘sha zahoti turgan joyida cho‘kib o‘larkan, ko‘ch-

manchilarda afyundan o‘lgan kishi yo‘q edi”, deydi olim [Bahouddin

1991, 71]. Ot ajdodlarimiz tarixida faqatgina oddiy ulov emas, eng

yaxshi jang quroli ham edi. Ot tufayli turk xoqonlari hududlarini

kengaytirdilar, zafarlarga erishdilar. Zero, azaldan ajdodlarimizning

siyosiy tashkiloti va qo‘shin qobiliyati boshqa qavmlardan ustun edi.

Chunki ular birinchi bo‘lib otdan muhoraba (jang) vositasi o‘laroq

foydalandilar va hatto jahon hokimiyati da'vosida bo‘ldilar. Ot ustida

jang qilish, “chavandoz qiyofati” deb nom olgan kiyimlar ham ajdod-


background image

82

larimizning ijodidir. Tarixiy manbalar O‘rta Osiyo ayollarining otda

jang qilish san'atini yaxshi egallaganliklaridan xabar bermoqda.

Otning ajdodlarimiz uchun muhim jang quroli, eng yaqin

yo‘ldosh bo‘lganligini, turkiy xalqlarning qadimgi yozma yodgor-

liklari ham isbotlamoqda. Bu yodnomalarda ot boqish, uning tarbi-

yasi, turk xoqonlarining zafar qozonishlarida otning yordami ta’kid-

lanadi. Jumladan, turk xoqoni Eltarishning kichik o‘g‘li Kultegin

qabriga qo‘yilgan bitikda (“O‘rxun bitiklaridan) mingan otlar sifat-

lari, nomlari alohida aytib o‘tiladi. “(Kultegin – A.T.) eng avval Tad-

qan Churning Bo‘z otini minib hujum qildi. U ot o‘shanda o‘ldi. Ikkin-

chi bor, Ishbara Yamtarning Bo‘z otini minib hujum qildi, ot o‘shanda

o‘ldi. Uchinchi bor yegan Selig bekning to‘riq otini minib hujum qildi,

u ot o‘shanda o‘ldi” [Qadimgi hikmatlar. 1987: 28].

Bu kabi harbiy yurishlarda Kulteginning Bayirqun, Al Shal-

chin, Azman, Ugsizlarning oq otini, Azning kulrang otini minganligi

hikoya qilinadi.

E’tiborli tomoni shundaki, vafot etgan shaxs tilidan, yaqin

qarindoshlarining keyingi avlodga iztirob, achinish bilan aytgan

gaplarida o‘sha shaxs otlaridan ayrilganligi eslatiladi:

Menga qaraydigan Aguk Qatun

yerimdan

ayrildim.

Tangrili davlatimdan, o‘g‘illarimdan,

qizlarimdan,

olti ming yilqimdan ayrildim.

Xoqonimning tulpori, qora xalqi,

mashhur

qahramonlarim,

...qiz-kelinlarim (dan) ayrildim.

(Uyuq

Turan

yodnomasi,

41).

Qadimgi turklar mashhur otlarda qanot borligi, binobarin

bunday otlarning uchishiga ishonishgan. Eligeshdan topilgan yod-

nomada ham (yenisey bitiklari):

Uchar otlarimdan ayrilib,

Qora xalqimni yo‘qotdim, yo‘qolib

ketdim men, – deyiladi (42-bet).

Qadimgi turk davriga oid qog‘ozga yozilgan yagona, nodir

yodgorlik hisoblangan “Irq bitigi” (Ta’birnoma)da ot bilan bog‘liq

ishonch-e’tiqodlarning, mifologik tushunchalarning ifodasini

ko‘ramiz. Bir misol:

Men chavkar

1

otli taqdir

2

tangrisiman,

1Ya'ni ola otli.

2Ayn. yo'l.

Abdumurod TILAVOV


background image

Epik ot obrazining tarixiy asoslari

83

Kunduz va kechqurun

(otni) yeldiraman.

U ikki oy oldin

Odam o‘g‘lini

1

uchratdi.

Odam qo‘rqdi,

“Qo‘rqma”, dedi u.

Bilib qo‘ying: bu – yaxshi.

(47-bet)

Turkiylar Ko‘k – Tangrisining ham bir oti borligiga ishonish-

gan. Keltirilgan parchada ana shu qadimiy, botil e’tiqodning ta’siri

sezilib turibdi.

Bitikda ot inson qadar aqlli jonzot, his-tuyg‘uli tarzda tasvir-

lanadi:

So‘qir toycha ayg‘irlar orasida

Shifo izladi.

Kun o‘rtasigacha bo‘zladi,

Tun o‘rtasigacha qon yig‘ladi

Oq ot dushmanini

Uch avloddan ajratib

tavba qilishga va o‘tinishga

majbur qildi, deyishadi...

Bilib qo‘ying: bu – yaxshi. (50-bet).

Otning magik qudratga egaligi va uning qushlar bilan bog‘liq

holda tilga olinishini ot haqidagi qadimiy tushunchalarning bitikdagi

ifodasi o‘laroq qabul qilish kerak.

Men uyur uchun kuch beruvchi ayg‘irman,

Yong‘oq daraxti (bor manzil) – yozlik (joy)im,

Qushlar ko‘p joy qishlik (joy)imdir,

O‘sha yerda turib shodlanaman, – deydi,

Bilib qo‘ying: bu – yaxshi. (52-bet).

Quyidagi parchalarda esa ajdodlarimizning nodir san’ati – ot

tarbiyasiga o‘ta hassoslik bilan e’tibor berish lozimligi uqtiriladi:

Otni noto‘g‘ri tushovladi,

Yurishga majoli yo‘q deyishadi.

Bilib qo‘ying: bu – yomon. (53-bet)

Semiz ot og‘zi qattiq bo‘ldi

2

,

Egasi uni parvarish qilishni

uddalay olmadi, der,

1Inson.

1 Ya'ni yeyishdan qoladi


background image

84

Bilib qo‘ying: bu – yomon. (58-bet).

Ajdodlarimiz tarixida otning tutgan o‘rni, bu hayvonning tur-

kiy xalqlar madaniyatiga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri haqidagi muhim

ma'lumotlarni XI asrning buyuk filologi Mahmud Koshg‘ariy “Devonu

lug‘otit turk” asarida beradi. V.M.Jirmunskiy va H.Zarifovlar to‘g‘ri

ta'kidlaganlaridek, dasht xalqlari, jumladan, turkiy tilli xalqlarning

tili otning turlari, yoshi, ranglari va hokazolarini ifodalovchi so‘zlar-

ga boy [Жирмунский, Зарифов 1947, 353].

Chunonchi, M.Koshg‘ariy bu asarida ot bilan bog‘liq turkiy

so‘zlar izohini berar ekan, tilimizning boyligini, shu bilan birga lug‘at

xazinamizga otning qo‘shgan “hissasi”ni isbotlab beradi. Olim “

Ot

turkning qanotidir”, “Qush qanoti bilan, er oti bilan”

1

, “Yayov

kishining qiymati yo‘qdir

” kabi maqollarni keltirib turk va otning

bir-biriga naqadar yaqinligini va ota-bobolarimizning haqli g‘urur va

tuyg‘ularini ko‘rsatadi.

Mahmud Koshg‘ariyning ma’lumot berishicha, ota-bobolar-

imiz otlarni maxsus joylarda tarbiyalashgan [Девону луғотит турк.

1967:]. Olim ajdodlarimizning otni tarbiyalashda yalang‘och holati-

da ham minish mashqlari o‘tkazilishini qayd etadi

2

. Natijada, bunday

otlar yugruk yoxud yugurgan, yorig‘a, eshkin, erik kabi yugurish si-

fatlariga ega bo‘ladi

3

.

Ot tanlashda avvalo uning zoti surishtiriladi. Devonda bu xu-

sus ham e’tibordan chetda qolmagan.

Yugurdi kevel at,

Chaqildi qizil ot.

Kuyirgu arug at,

Sagrap anыn o‘rtenur

4

.

“Zotdor ot yugurganda tuyoqlari ostidan chiqarayotgan qizil

olovdan quruq o‘tgan yonadi).

Devonda ot bilan bog‘liq she’riy parchalar ko‘p uchraydi:

Qancha bo‘lsang ey o‘g‘ul,

Erding munda tinch va mo‘l.

Otdin endi uz ko‘ngil,

Noloyiq ish aylading. T. 1, 104)

Uchqur otim sho‘xliq qildi,

Sho‘xlik qilar yerni ko‘rdi.

2 Qarang: Ot bo‘ldi er yigitning qanoati,

Yugruk, minsa kimning kuchi yetadi (“Хоldorxon” dostonidan).

1Devonu lug‘otit turk, mundi.

2

Qarang: “DLT”. Jугрук, jорiға, эшкiн, эрiқ.

3

“DLT”. “Чакылды”.

Abdumurod TILAVOV


background image

Epik ot obrazining tarixiy asoslari

85

Ko‘kni bosib bulut keldi,

Bahor seli o‘ynab yog‘di. (T. 1, 157)

Mahmud Koshg‘ariy ot bilan bog‘liq hikmatli so‘zlarni ham

keltiradi:

yetkur mening so‘zimni olimlarga, hoy,

Baytal tinar otlarga

qo‘shilganda toy. (T. 1, 214)

yetkar mening so‘zimni olimlarga, hoy,

Tinar biya minilsa, ot bo‘lganda toy. [T. III, 173)

Ot hadya etish – turkiy xalqlardagi juda qadimiy odatlardan-

dir. Otni bir xonlik yo beklik ikkinchisiga eng maqbul sovg‘a sifati-

da bergan. Masalan, Abbosiy xalifasi o‘zining elchisi Ibn Attor orqali

Xorazm shohi Jaloliddinga yuborgan hadyalari ichida butun anjom-

lari oltin bilan bezatilgan, tuyoqlariga qiymati 100 dinor bo‘lgan

qimmatbaho halqalar osilgan ikki ot, bundan tashqari ustida Rum

(Vizantiya) yoping‘ichi va zirxli yoping‘ichlari bo‘lgan o‘ttiz ot, o‘ttiz

sayis bor edi. Olovuddin Kayqubodning esa Jaloliddinga yuz ot va el-

lik xachir yuborganligi ma'lum. “Dada Qo‘rqut kitobi”da ham bu odat

bilan bog‘liq bir lavha bor [Абдуллаев 1995, 45] “Devonu lug‘otit

turk”da ajdodlarimizda mavjud bu odat “sing‘ut”, “yag‘rilandi”, “idx-

ti”, “artut” so‘zlariga izoh berishda tilga olingan.

Ushbu asarda ot xastaliklarining nomi va ularni davolash

yo‘llari haqida qimmatli tavsiyalar berilgan. Devonda xastaliklar,

jumladan, otda ko‘ringan xastaliklarga nisbatan “ig” so‘zi (T. 1, 48)

qo‘llanilgan. Keksa chavandozlar bilan suhbatlarda otdagi kasal-

liklarni ko‘pincha dog‘lash, qon olish, turli tog‘ giyohlari qo‘yish bi-

lan davolashganiga guvoh bo‘lgan edik. Ayni davolash yo‘llari haqi-

da “Devon”da ham “dog‘”, “tog‘ladi”, “tog‘latti”, “chekdi”, “chekturdi”,

“ang‘do‘z” so‘zlarining izohida ma’lumot beriladi.

Ajdodlarimizning ot bilan bog‘liq mifik tushunchalari “turk

va ot” mavzuining muhim sahifasini tashkil etadi. Bu ma’lumotlar

dostonlarimizdagi mifik ot obrazining ko‘p jihatlarini yoritishda,

mohiyatini tushuntirishda yaxshi yordam beradi.

Masalan, qabilasining otdan tarqalganligiga

1

, qabilani shu

hayvon qo‘riqlashiga ishonganlar otning go‘shtini yeyishmas, hatto

uni cho‘chitishmas, ozor berishmas, ardoqlashardi. Ularning ishon-

chiga ko‘ra, kimki qabilasi uchun muqaddas sanalgan hayvonni hur-

mat qilmasa, o‘ldirsa, uning boshiga katta falokatlar keladi

2

.

1Boshqird eposida bosh qahramon – Buzans botirni ot tuqqanligi haqida o‘sha

xalq rivoyati mavjud.

2Qiyoslang: “Mendan senga nasihat shuki, qayerda bo‘lmagin: jangda bo‘lasanmi,


background image

86

Ma’lumki, qadim odatlarga ko‘ra, qavmlar o‘zlarini totemning

nomi bilan atashgan, uning tunj, marmar va oddiy toshdan haykalla-

rini yasashgan. Jumladan, turk qavmlaridan bo‘lmish yoqutlar ham

totem deb qabul qilgan hayvonni ism-sharif o‘laroq qabul qilganlar.

Binobarin, kimning qaysi qabiladan ekanligini osonlikcha ajratish

mumkin bo‘lgan.

Hodi Zarifov eramizdan ilgarigi ba’zi shaxslarning (masalan,

Vishtasp – jangovar yoki asov ot sohibi, Aspanja – otboz) nomlarida

“asp” (ot) so‘zining borligini qayd etadilarki [Зарифов 77], fikrimiz

-

cha, bu ham ajdodlarimizdagi ot totemining izlaridandir. Shu o‘rinda

jumhuriyatimizdagi ba’zi joy nomlarida ham “ot” yoki “asp” so‘zlar-

ining borligini ta’kidlamoqchimiz:

Olot (aslida ola ot, Buxoro viloyatida)

Qo‘ng‘irot (qo‘ng‘ir ot, Surxondaryo vohasida, Qoraqalpog‘is-

ton Respublikasida)

Samandarak (Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumanidagi bir qish-

loq nomi)

Xazorasp (forscha “xazor” – ming, “asp” – ot, Xorazm viloyat-

idagi bir tuman)

To‘rtayg‘ir (Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi qishloq

nomi

).

O‘rta Osiyo va Sibirda yashagan turkiylar totem deb bilganlari

hayvonlarning, jumladan otning insonlarga yaxshilik keltirish bilan

birga yomonlik ham keltirishi mumkinligiga ishongan, ya’ni ma’lum

ma’noda otdan cho‘chishgan ham. Shu sababli, ot kabi muqaddas

sanalgan hayvonlarning suyaklari yoxud shakllari bir joyga to‘pla-

nib, ulardan “yaxshilik” va shafqat so‘ralgan. Biz kuzatishlarimiz

davomida xalqimiz orasida “Otning o‘ligiga ham ishonma, qochib

ketadi”, “ot asli janoza uchun yaratilgan, shuning uchun qachon bir

janoza chiqarkan-u, xabarini yetkazar ekanman, deb kutib turadi”

1

,

“ot o‘lsa hamki, uning kalla suyagini bog‘lab qo‘y” kabi ot haqidagi

o‘limda bo‘lasanmi, qirq kunlik ochlikda qolasanmi, istasang chanqoqlikdan

o‘lib qol, uyqusizlikdan oyoqda turolmaydigan bo‘l, ammo o‘sha paytda o‘zingni

o‘ylamasdan, o‘zingga qaramasdan G‘irotingga qaragin, uning har bir hojatini

chiqar. Shundan keyingina o‘zingga qaraysan. Nozikkina chaqaloqqa qaragan

kabi qaragin unga, toki G‘irot senga uka bo‘lsin, seni dunyo torliklaridan, azob-

uqubatlaridan, hamma-hammasidan cening o‘rtog‘ing, aka-ukang emas, mana shu

G‘irotng qutqarajak. Buni hech qachon esingdan chiqarma. Va yana shuni bilib

qo‘yingki, G‘irotni esingdan chiqarganing, unga e‘tibor bermay qo‘ygan kuning,

unga bo‘lgan sevging kamaygan kuni boshingga balo-оfatlarning eng kattasi

keladi”. Go‘ro‘g‘lining maydonga chiqiqshi / turk xalq dostoni. – Istanbul, 1990. –

B. 48.

1Otning xabarlashuv vositasi sifatida ham ahamiyati katta bo‘lgan.

Abdumurod TILAVOV


background image

Epik ot obrazining tarixiy asoslari

87

salbiy iboralar ham mavjudligiga guvoh bo‘ldik. Ayni animistik tush-

unchani ifodalovchi bir sav (maqol)ni esa Mahmud Koshg‘ariy ham

keltiradi: “jung bashin jularlab kenilgi” – otning boshini qaynatgan-

dan keyin yemoqchi bo‘lsang, qochmasligi uchun unga avval no‘xta

solib bog‘la, keyin yegin [Девону луғотит турк, 16-17].

“HAYVON – ONA” ishonchi ham ota-bobolarimiz orasida keng

tarqalgan. Professor Abdulqodir Inon “Shomonizm” nomli asarda

(Anqara, 1995) bu ishonchga “arvoh ishonchi” deya nom beradi. Ona

– hayvon butun boshli qabilaning emas, bir kishining (shomonning

– A.T.) ruhi edi. Bu ishonchga ko‘ra, ruh – Ona – hayvon shomonga

butun hayoti davomida yordam beradi. Bu ruh – hayvon “iye kыil”

deb atalgan. Kimning Ona – hayvoni kichik, kuchsiz bo‘lsa, bu kishin-

ing qabiladagi obro‘si ham ancha past bo‘lgan. Bir shomon katta

bo‘lgach, boshqa bir hayvonni Ona-hayvon o‘laroq qabul qilardi. Bir-

oq bu “o‘zgarish” hayoti davomida uch martagina sodir etilishi mum-

kin edi.

Eng maqbul sanalgan “ko‘rinmas Ona-hayvon ruhlar”

ayg‘ir

(ta'kid bizdan – A.T.), buqa, kiyik va ayiq, yomonlari esa bo‘ri va it edi

[Мифы народов мира

.

1980: 300]. Turk mifologiyasida kichik ayiq

burji ikki ot, buyuk ayiq burji esa ularni quvgan yetti bo‘ridir. Umuman,

“конь играет важную роль во многих мифологических системах

Евразии. Является атрибутом (или образом) ряда божеств. На

коню передвигаются (по небу и из одной стихии или мира в

другой), боги и герои. В индоевропейском близнецовом мифе

в виде двух коней представлялись божественные Близнецы

и связанные с ними – два мифологических представителя

– родоначальники племени. Общим для индо-европейских

народов является образ бога солнца на боевой колеснице,

запряженной конями, причем само Солнце представляется в

виде колеса” [Мифы народов мира 1980, 143].

Xulosa

Jumhuriyatimiz mustaqillikka erishgach, xalq qadriyatlariga

bo‘lgan munosabat, qolaversa “xalq hayotini qamrab olgan jonli, ha-

yotiy bo‘yoqlar bilan yoritilgan haqiqiy xalq tarixi”ni tuzib uni keng

jamoatchilikka yetkazish masalasi davlat siyosati maqomida hal

etilmoqda. Bunday tarix kitobining yuzaga kelishi uchun esa, tabiiy-

ki, bir necha manbalarga ehtiyoj seziladi. Boy va qimmatli ma'naviy

xazinamiz – o‘zbek xalq ijodiyoti, ana shunday muhim, aytish mum-

kinki, birlamchi manbalardandir. Chunki bu asarlardagi “har bir jum-

la va tarixiy fakt tarix kitoblari sahifalarida ta’kidlanmagan u yoki


background image

88

bu voqealarni eslatishi, ularni qayta tiklashga yordam berishi va eng

muhimi ijodkor xalqning mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumga bo‘lgan

real munosabatini, dunyoqarashi va estetik ideallarini haqqoniy

ochiq-oydin ko‘rsatib berishi shubhasizdir”. Chunonchi, bu ijod na-

munalarida xalqimizning ishonch-e’tiqodlari, rasm-rusumlari, dun-

yoqarashi bilan mantiqan bog‘lanib ketgan qadriyatlar o‘z ifodasini

topgan. Faqat ana shu javohirotni tizimli tarzda tadqiq etib keng ja-

moatchilikka ko‘rsatish – ilmdagi, xususan, folklorshunoslikdagi dol-

zarb vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Maqolamizning yakunlovchi

eng muhim xulosalarini quyidagicha bayon etishni ma’qul ko‘rdik:

1. Turkiy xalqlar tarixini otsiz tasavvur qilish mumkin emas.

Chunonchi, tarixchilar “otli cho‘pon” yoki “ko‘chmanchi otli madani-

yat” deb ataluvchi madaniyatning paydo bo‘lishi va otning ilk bora

qo‘lga o‘rgatilishini bizning ajdodlarimizga bog‘lash mumkinligini

e’tirof etishmoqda.

2. Ot bilan bog‘liq to‘plaganimiz ashyoviy dalillar – qabrtosh-

lardagi ot suratlari, ot haykallari, qoya toshlardagi ot rasmlari, Oltoy

hududidan topilgan; turkiylarga oid eng qadimiy ashyo deb hisobla-

nayotgan gilamdagi ot tasvirlari, xalqimiz orasida hozirgacha ya-

shab kelayotgan ot bilan bog‘liq inonchlar otning totem hayvon sifa-

tida alohida o‘rni borligini tasdiqlaydi. Yana ma’lum bo‘ldiki, birorta

totem hayvon tushunchasi xalq hayotidan tasodifan o‘rin olmaydi.

Totem sifatida ulug‘langan hayvonlar albatta o‘zidagi bir necha xis-

latlari bilan insondan ustun yoxud insonning eng yaqin yordamchi-

si hisoblangan. Binobarin, otning aqlliligi, sezgirligi, uzoq masofani

yaqin qilishi kabi xislatlari ota-bobolarimiz tomonidan bu hayvon-

ning muqaddaslashtirilishiga va e’zozlanishiga asos bo‘lgan. Ot bilan

bog‘liq topilmalar ajdodlarimizning otga bo‘lgan ana shu hurmat va

e’zozini tasdiqlash barobarida, ularning yuksak madaniyat va nafis

san’at sohibi bo‘lganliklarini namoyon qilmoqda.

3. O‘zbek xalq dostonlaridagi ot obrazining tarixiy va hayotiy

asoslarini tahlil etish, bu obrazning badiiy jihatdan mukammal ish-

laganligini aniqlashtirish uchun ot bilan bog‘liq topilmalar, shu bilan

birga turkiylar tarixida otning tutgan o‘rni, mifologik dunyoqarash

va ot, qadimiy bitiklarda ot, ot haqida ajdodlarimiz yozib qoldirgan

asarlar – “baytarnoma”larda ot kabi masalalarga imkon doirasida

oydinlik kiritildi.

4. Tarixiy obidalarda totem o‘laroq madh etilgan ot ko‘p jihat-

dan hayotiy zaminga ega bo‘lgan, bu hayvon bilan bog‘liq hikoya, ri-

voyat va afsonalar bilan tasdiqlanishi lozim edi. Chunonchi, mavzu

yuzasidan yaqin o‘n yil davomida o‘lkamizning turli viloyatlaridan

Abdumurod TILAVOV


background image

89

Epik ot obrazining tarixiy asoslari

va qardosh xalqlardan yiqqanimiz ot bilan bog‘liq ilk qarashda afso-

nanamo, biroq hayotiy hikoyalarning, termalarning ayni paytda ham

ommaviy tarzda yashab kelayotganligini tabiiy hodisa deb qabul qi-

lish lozim.

5. Yuqorida qayd etilgan xulosalar otning xalq baxshisi to-

monidan sevib kuylanishi, dostonga kirishi uchun tarixiy zarurat va

hayotiy zaminni yuzaga keltirgandir.

Adabiyotlar

Зарифов Ҳ.Т. 1967. “Ўзбек халқ достонларининг тарихий асослари

бўйича текширишлар: Жанговар отнинг қадимий

асосларига доир”.

Ўзбек халқ оғзаки ижоди бўйича

тадқиқотлар

.

4-китоб Пўлкан шоир.

Тошкент: Фан.

Мирзаев T. 1968.

“Алпомиш” достонининг ўзбек вариантлари

. Тош

-

кент: Фан.

Саидов М. 1970.

Ўзбек халқ достончилигида бадиий маҳорат

. Тош

-

кент: Фан.

Саримсоқов Б. 1982. “Эпик жанрлар диффузияси”.

Ўзбек фольклори

-

нинг эпик жанрлари

. Тошкент: Фан.

Древные авторы о Средней Азии

. 1940. Ташкент: Фан.

Гўрўғлининг туғилиши

. 1967. Айтувчи: Пўлкан шоир. Ташкент: Фан.

Умар, Ҳайём. 1989.

Наврўзнома

. Ташкент: Меҳнат.

Кафесўғли Й. 1988.

Турк миллий маданияти

. Йстанбул.

Поездка торговца Абрасимова в Хиву. 1860. Санкт-Петербург.

Тилавов А. 2021.

От образи: тарих, таҳлил ва талқин

. Тошкент: Sano-

standart.

Баҳоуддин Ўгал. 1991.

Турк маданияти тарихига кириш.

1-жилд.

Анқара.

Қадимги ҳикматлар.

1987. Тошкент: Фан.

Жирмунский В.М., Зарифов Х. 1947.

Узбекский народный героический

эпос.

Москва: Наука.

Девону луғотит турк

. 1967. Йндекс-луғат. Тошкент: Фан.

Абдуллаев Р. 1995. “Асл тулпорлар”.

Ўзбекистон адабиёти ва санъати

.

1 сентябрь.

Аҳмедов Б. 1992.

Ўзбек улуси

. Тошкент: Фан.

Мифы народов мира.

1980. Москва: Наука.


background image

90

Historical foundations of the epic horse

image

Abdumurod Tilavov

1

Abstract

The article provides a gradual presentation of the historical works

that led to the artistically perfect depiction of the epic horse in the epics.

The place of the horse in the history of the Turkic peoples, the confessions

of historians in this regard, the findings of the horse in ancient manuscript

sources, in short, the ideology of the Turkic peoples is compared with the

image of a war horse in the epics.

As characteristic of the war horses described in folk epics, they

appear to be the most perfect of the natural horses, as well as the horse

features expressed in mythological and totemistic beliefs. In this respect it

was understood that the war horses in the epics must be directly or indi-

rectly dependent on water horses and celestial horses in order to be true

tulpars.

In this article, we will take a closer look at the natural, religious

beliefs and views that underlie the creation of the epic horse image in folk

epics.

The article also includes “nomadic mavaniyer”, “animal-mother”

traditions and beliefs, “Devonu lug'otut-turk” and commentary on Turkish

words related to the horse, analysis of the image of the horse in the Kar-

vash folk epics and interpretations took place.

Key words:

epic horse image, Turkish mythology, history, written

monuments.

References

Zarifov H.T. 1967. “O‘zbek xalq dostonlarining tarixiy asoslari bo‘yicha

tekshirishlar: Jangovar otning qadimiy asoslariga doir”.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi bo‘yicha tadqiqotlar

.

4-kitob

Po‘lkan shoir.

Toshkent: Fan.

Mirzaev T. 1968.

“Alpomish” dostonining o‘zbek variantlari

. Toshkent: Fan.

Saidov M. 1970.

O‘zbek xalq dostonchiligida badiiy mahorat

. Toshkent: Fan.

Sarimsoqov B. 1982. “Epik janrlar diffuziyasi”.

O‘zbek folklorining epik

1

Abdumurod X. Tilavov

– Candidate of Philological Sciences, Associate Professor,

Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature.

E-mail:

a.tilavov@mail.ru

ORCID ID:

0000-0003-2428-7547

For citation:

Tilavov, A.X. 2022. “Historical foundations of the epic horse image”.

Uzbekistan: Language and Culture

1 (2): 76-91.

Abdumurod TILAVOV


background image

Epik ot obrazining tarixiy asoslari

91

janrlari

. Toshkent: Fan.

Drevnie avtori o Sredney Azii

. 1940. Tashkent: Fan.

Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi

. 1967. Aytuvchi: Po‘lkan shoir. Tashkent: Fan.

Umar, Hayyom. 1989.

Navro‘znoma

. Tashkent: Mehnat.

Kafeso‘g‘li I. 1988.

Turk milliy madaniyati

. Istanbul.

Poezdka torgovsa Abrasimova v Xivu.

1860. Sankt-Peterburg.

Tilavov A. 2021.

Ot obrazi: tarix, tahlil va talqin

. Toshkent: Sano-standart.

Bahouddin O‘gal. 1991.

Turk madaniyati tarixiga kirish.

1-jild. Anqara.

Qadimgi hikmatlar.

1987. Toshkent: Fan.

Jirmunskiy V.M., Zarifov X. 1947.

Uzbekskiy narodnыy geroicheskiy epos.

Moskva: Nauka.

Devonu lug‘otit turk

. 1967. Indeks-lug‘at. Toshkent: Fan.

Abdullaev R. 1995. “Asl tulporlar”.

O‘zbekiston adabiyoti va san’ati

. 1 sen-

tyabr.

Ahmedov B. 1992.

O‘zbek ulusi

. Toshkent: Fan.

Mifы narodov mira.

1980. Moskva: Nauka.

Библиографические ссылки

Зарифов Ҳ.Т. 1967. “Ўзбек халқ достонларининг тарихий асослари бўйича текширишлар: Жанговар отнинг қадимий асосларига доир”. Ўзбек халқ оғзаки ижоди бўйича тадқиқотлар. 4-китоб Пўлкан шоир. Тошкент: Фан.

Мирзаев T. 1968. “Алпомиш” достонининг ўзбек вариантлари. Тошкент: Фан.

Саидов М. 1970. Ўзбек халқ достончилигида бадиий маҳорат. Тошкент: Фан.

Саримсоқов Б. 1982. “Эпик жанрлар диффузияси”. Ўзбек фольклорининг эпик жанрлари. Тошкент: Фан.

Древные авторы о Средней Азии. 1940. Ташкент: Фан.

Гўрўғлининг туғилиши. 1967. Айтувчи: Пўлкан шоир. Ташкент: Фан.

Умар, Ҳайём. 1989. Наврўзнома. Ташкент: Меҳнат.

Кафесўғли Й. 1988. Турк миллий маданияти. Йстанбул.

Поездка торговца Абрасимова в Хиву. 1860. Санкт-Петербург.

Тилавов А. 2021. От образи: тарих, таҳлил ва талқин. Тошкент: Sanostandart.

Баҳоуддин Ўгал. 1991. Турк маданияти тарихига кириш. 1-жилд. Анқара.

Қадимги ҳикматлар. 1987. Тошкент: Фан.

Жирмунский В.М., Зарифов Х. 1947. Узбекский народный героический эпос. Москва: Наука.

Девону луғотит турк. 1967. Йндекс-луғат. Тошкент: Фан.

Абдуллаев Р. 1995. “Асл тулпорлар”. Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 1 сентябрь.

Аҳмедов Б. 1992. Ўзбек улуси. Тошкент: Фан.

Мифы народов мира. 1980. Москва: Наука

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов