Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan foydalanish mahorati

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
60-75
27
41
Поделиться
Боятов, О. . (2023). Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan foydalanish mahorati. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 60–75. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2022-pp60-75
Ойбек Боятов, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

магистр

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Buyuk so‘z san’atkorlari badiiy asarlarining mazmunan rangbarang bo‘lishi uchun turli poetik san’atlardan unumli va mohirona foyda- langanlar. Bu esa asarning badiiy jihatdan tiniq, uslubiy ravon va shaklan jozibador bo‘lishida olib kelgan.
Ushbu maqola Namangan adabiy muhiti vakili, Naqshbandiya tariqati namayondalaridan biri Abdulaziz Majzub Namangoniy ijodida badiiy san’atlarning o‘rni haqida yozilgan. Ijodkor asarlarida badiiy san’atlarning ikki turi: lafziy va ma’naviy san’atlardan foydalanganligi, ularga chiroyli dalillar berilganligi haqida.
Ma’naviy san’atlar baytdagi ayrim so‘z yoki butun baytning ma’nosi bilan aloqador badiiy vositalar bo‘lib, ularning miqdori, Atoulloh Husayniyning "Badoyi’u-s-sanoyi’" asarida keltirilishicha, ellikdan ortiq. Mubolag‘a, tashbih, tamsil, husni ta’lil, tajohuli orifona, tashxis, talmih, laff va nashr, ruju’, istiora, kinoya, irsoli masal, tazod, tanosub va boshqalar ma’naviy san’atlarning eng mashhurlaridir.
Lafziy san’atlar bayt yoki undagi ayrim so‘zlarning shakli - talaffuz va yozilishiga asoslangan bo‘lib, «Badoyi’u-s-sanoyi’»da tarsi’, tajnis, ishtiqoq, raddul ajz, radd ul-matla’, tardu aks, takrir, mukarrar, kitobat, talmi’, tarix kabi ellikdan ortiq lafziy san’at namunalari keltirilgan.


background image

60

ISSN 2181-922X 60

75

Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan

foydalanish mahorati

Oybek Boyatov

1

Abstrakt

Buyuk so‘z san’atkorlari badiiy asarlarining mazmunan rang-

barang bo‘lishi uchun turli poetik san’atlardan unumli va mohirona foyda-

langanlar. Bu esa asarning badiiy jihatdan tiniq, uslubiy ravon va shaklan

jozibador bo‘lishida olib kelgan.

Ushbu maqola Namangan adabiy muhiti vakili, Naqshbandiya

tariqati namayondalaridan biri Abdulaziz Majzub Namangoniy ijodi-

da badiiy san’atlarning o‘rni haqida yozilgan. Ijodkor asarlarida badiiy

san’atlarning ikki turi: lafziy va ma’naviy san’atlardan foydalanganligi,

ularga chiroyli dalillar berilganligi haqida.

Ma’naviy san’atlar baytdagi ayrim so‘z yoki butun baytning ma’no-

si bilan aloqador badiiy vositalar bo‘lib, ularning miqdori, Atoulloh

Husayniyning "Badoyi’u-s-sanoyi’" asarida keltirilishicha, ellikdan ortiq.

Mubolag‘a, tashbih, tamsil, husni ta’lil, tajohuli orifona, tashxis, talmih, laff

va nashr, ruju’, istiora, kinoya, irsoli masal, tazod, tanosub va boshqalar

ma’naviy san’atlarning eng mashhurlaridir.

Lafziy san’atlar bayt yoki undagi ayrim so‘zlarning shakli - talaf-

fuz va yozilishiga asoslangan bo‘lib, «Badoyi’u-s-sanoyi’»da tarsi’, tajnis,

ishtiqoq, raddul ajz, radd ul-matla’, tardu aks, takrir, mukarrar, kitobat, tal-

mi’, tarix kabi ellikdan ortiq lafziy san’at namunalari keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Majzub, talmeh, tazod, Alloh, tashbih, oriy manam,

tadrij.

Kirish

O‘zbek adabiyotshunosligida mumtoz she’riy san’atlarni

o‘rganish, asosan, 1960-yillardan keyingi davrga to‘g‘ri keladi. O‘zbek

adabiyoti vakillari ijodiga bag‘ishlangan tadqiqot va ilmiy maqolalar-

da she’riy san’atlar haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Ularning

ko‘pchiligi Alisher Navoiy asarlari bilan bog‘liq holda bayon qilingan.

1Boyatov Oybek Maxmudjon o'g‘li

- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistri.

E-pochta:

oybekboyatov151@gmail.com

Iqtibos uchun:

Boyatov, O. 2022. “Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan

foydalanish mahorati

”.

O'zbekiston: til va madaniyat

1(2): 60-75.

Uzbekistan: Language and Culture 2022/1(2)


background image

61

Jumladan, Yo.Is’hoqovning «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnali sahifala-

rida «Mumtoz adabiyot poetikasidan ma’lumotlar» rukni ostida e’lon

qilingan 10 dan ortiq she’riy san’atlar haqidagi maqolalari fikrimiz-

ning dalilidir [Йсоқов 1970, 90]. Chuqur ilmiy saviyada yozilgan bu

maqolalar o‘zbek adabiyotida va adabiyotshunosligida bade’shunos-

likni o‘rganish va rivojlantirishda muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.

Badiiy san’atlar haqida gap ketar ekan, albatta, ko‘z oldimizga

ajdodlarimiz yaratgan mumtoz asarlar keladi. So‘nggi yillarda mumtoz

badiiy asarlar va ularda qo‘llanilgan badiiy san’atlarning ayrimlarini

umumfilologik tarzda o‘rganishga oid bir qator ilmiy ishlar yaratil

-

di. Keyinchalik esa muhim badiiy san’atlarga bag‘ishlangan qo‘llanma

xarakterdagi asarlar nashr etildi [Husayniy 1981].

Badiiy san’atlarning ba’zilari haqida hozirgi zamon filologik

lug‘atlarida ham keng ma’lumotlar qayd etilgan.

Ma’lumki, o‘tmish davrlarda «ilmi adab» deb atalgan adabiy-

otshunoslik fani «ilmlar uchligi» deb atalgan quyidagi uch sohani o‘z

ichiga olgan: 1) ilmi aruz - she’rdagi vaznlar va ularning qonun-qoi-

dalari haqida bahs yurituvchi bo‘lim; 2) ilmi qofiya - qofiya qonuni

-

yatlari hamda turlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi bo‘lim; 3) ilmiy

bade’ (bade’ - arabcha ajoyib, nodir) - fikrni ravon va nafis ifodalash

yo‘llari va vositalari, badiiy san’atlarning turlari hamda xususiyatlari

kabi masalalarni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim.

Ilmi bade’ga doir asarlarda nasr va nazmda qo‘llanadigan ba-

diiy san’atlarning yuzdan ortig‘i haqida mu’lumot berilgan bo‘lib, ana

shu san’atlar so‘zning ikki tomoni: ma’nosi yoki shakli bilan bog‘liq

holda yuzaga chiqishiga ko‘ra uch guruhga bo‘lingan:

1.

Lafziy san’atlar.

2.

Ma’naviy san’atlar.

3.

Mushtarak, ya’ni ham lafziy, ham ma’naviylik xususi-

yatiga ega bo‘lgan san’atlar.

Ma’naviy san’atlar baytdagi ayrim so‘z yoki butun baytning

ma’nosi bilan aloqador badiiy vositalar bo‘lib, ularning miqdori,

Atoulloh Husayniyning «Badoyi’u-s-sanoyi’» asarida keltirilishicha,

ellikdan ortiq. Mubolag‘a, tashbih, tamsil, husni ta’lil, tajohuli orifo-

na, tashxis, talmih, laff va nashr, ruju’, istiora, kinoya, irsoli masal,

tazod, tanosub va boshqalar ma’naviy san’atlarning eng mashhurla-

ridir.

Lafziy san’atlar bayt yoki undagi ayrim so‘zlarning shakli - ta-

laffuz va yozilishiga asoslangan bo‘lib, «Badoyi’u-s-sanoyi’»da tarsi’,

tajnis, ishtiqoq, raddul ajz, radd ul-matla’, tardu aks, takrir, mukar-

rar, kitobat, talmi’, tarix kabi ellikdan ortiq lafziy san’at namunalari

Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan foydalan

ish mahorati


background image

62

keltirilgan. (Husayniy, 1981)

Ma’naviy-lafziy san’atlar so‘zning ham ma’nosi, ham shak-

li bilan aloqador san’atlardir, ularning miqdori unchalik ko‘p emas.

Ma’naviy-lafziy san’atlarning namunasi sifatida tavfif, ta’dil, iqti

-

bos, tazmin, baroati istihlol kabilarni ko‘rsatish mumkin. G‘oyaviy

mazmunning yorqin va ta’sirchan ifodasiga xizmat qiluvchi lafziy,

ma’naviy va mushtarak san’atlar badiiy asarda xilma-xil uslub va

vazifalarda qo‘llanishi mumkin. Agar jiddiyroq e’tibor berilsa, turli

guruhlarga mansub san’atlarning mazmun-mohiyat, shakl yoki bosh-

qa biror jihatdan bir-biriga yaqinligi seziladi. Shuning uchun atoqli

adabiyotshunos olim Y.Is’hoqov bu uch guruhga mansub san’atlar-

ning uslubiy xususiyatlarini yanada aniqlashtirib, ularni quyidagi o‘n

guruhga ajratadi:

1. Istioraviy-ramziy tasvir usullari: majoz, istiora, kinoya,

baroati istehlol, ranglar ramzi.

2. Qiyosiy-assotsiativ usullar: tashbeh, talmeh, tansiq us-sifot,

tamsil ko‘rinishlari, laffu nashr, muroati nazir.

3. Fikrni dalillash yo‘llari: husni ta’lil, tamsil, irsoli masal.

4. Emotsional-mubolag‘ali tasvir usullari: mubolag‘a, tash-

behning ayrim turlari, ruju’, murojaat, savolu javob, ritorik so‘roq.

5. Sintaktik-stilistik usullar: tarse’, tardi aks, radd ul-ajz

ilas-sadr, tashobehul atrof (tasbe’), murabba’, mudavvar, muzdavoj,

mumosila, tashtir, tajziya, tasre’, tazmin, tasme, tardid, takror, rad-

dul-matla’, tajdidi matla’ kabi.

6. a) so‘zning ichki, tashqi formasi bilan aloqador san’atlar:

tajnis, iyhom, ittifoq, ishtiqoq, qalb, mutazalzil;

b) ayrim so‘z emas, umuman tugal tekst (misra’, bayt) bilan

aloqador stilistik usullar: tavjeh, ta’kid ul-madh bimo yashbahuz-

zam, idmoj, ta’liq, tajohuli orif, hazlun murodu bihil-jidd.

7. Kontrast (tazod) san’ati.

8. Murakkab san’atlar: muammo, ta’rix, hijoi huruf, harf bilan

bog‘liq usullar.

9. Stilistik mutanosiblik: jam, tafriq, taqsim, jamu tafriq, jamu

taqsim va boshqalar.

10. Qofiya bilan aloqador san’atlar: e’not, iyto (raddul qofiya),

hojib, tajnisli qofiya, zulqofiyatayn, musajja’, tasmit kabi.

Navoiyshunos olimning mazkur tasnifidan ma’lum bo‘ladiki, u

takrorga asoslangan tasviriy vositalarni alohida guruhga ajratib, sin-

taktik-stilistik usullar (tasnifda 5-guruh) deb nomlagan. Bu san’atlar

uchun umumiy jihat shuki, ularning hammasi ham so‘z yoki so‘zlar

guruhining bayt yoki asar doirasida qaysidir shaklda takrorlanishi-

Oybek BOYATOV


background image

Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan foydalan

ish mahorati

63

ga asoslangan san’atlardir.

Asosiy qism

Xudoyi taborak, Xudoyi taolo,

Uzung Hodiy, yo‘l ochg‘il Haq taolo (Majzub, 2020 qolgan bay-

tlar ham shu manbadan olingan).

Ey, bandalarning xojatlarini qondirguvchi barakot sohibi

ulug‘ Robbimiz, Sen o‘zing To‘g‘ri yo‘lga boshlaguvchi Haqiqiy Par-

vardigorimizsan. Bizlarni o‘zingning haq yo‘lingga yo‘llab, hidoya-

ting tarafga yo‘l ochgil.

Yuqoridagi baytda “Xudoyo” so‘zining bir misrada takrorlan-

ishini kuzatish mumkin. Bu so‘z bir o‘rinda Allohga murojaat shak-

lida kelsa, yana bir o‘rinda yaratganning buyukligi hadida so‘zlaydi.

Ma’lumki, adabiy asarda ayrim so‘z, so‘z birikmalari va hatto

misralar muayyan maqsad bilan takror holda qo‘llanishi mumkin. Ba-

diiy asarda g‘oyaviy-badiiy mukammallikka xizmat qiluvchi bunday

takrorlar oddiy takrordan farqli o‘laroq, badiiy takror deyiladi. Ba-

diiy takrorlar she’rda ifodaviyliklikni oshirib, so‘z yoki misra bag‘riga

jo bo‘lgan muayyan mazmun yoki fikrni alohida ta’kidlashga xizmat

qiladi. Badiiy takrorlar rang-barang ko‘rinishga ega. Ular misra, bayt

yoki she’rning xilma-xil o‘rinlarida xilma-xil tarzda takrorlanib keli-

shi mumkin. O‘tmish mumtoz badiiyat ilmida takrorning o‘ziga xos

xususiyatlaridan kelib chiqib, ularga turlicha nom berilgan: tarse’,

tardi aks, radd ul-ajuz ilas-sadr, tashobehul atrof (tasbe’), murabba’,

mudavvar, muzdavoj, mumosila, tashtir, tajziya, tasre’, tazmin, tasme,

tardid, takror, raddul-matla’ va tajdidi matla’. Har bir so‘z san’atkori

o‘z poetik iqtidoriga yarasha badiiy takror san’atlaridan foydalanish,

o‘z asarining g‘oyaviy va badiiy quvvatini oshirishga intilgan.

Shayx hazratlarini qo‘lyozma asarlarini, lirikasini o‘qir ekan-

miz, unda turli xil badiiy- she’riy san’atlardan unumli foydalanganlig-

ini kuzatishimiz mumkin. Lirikani tahlil qilish davomida shoir asar-

larida eng ko‘p badiiy san’atlarning: talmeh, tanosub, tazod, ishtiqoq

san’atlari tashkil etishini kuzatdik.

Talmeh (nazar solmoq) she’r yoki nasrda mashhur tarixiy vo-

qealar, afsonalar, adabiy asarlar, maqollar va tarixiy, mashhur shax-

slarga ishora qilmoq san’atidir. (Hojiahmedov, 1999, 41)

Abdulaziz Majzub Namongoniy asarlarida yaratgan Alloh va

payg‘ambarlar, sahobalar, tobeinlar va din ulamolarining nomlarini

keltirish orqali badiiy san’atni yuzaga keltirgan.

Tufayli Muhammad alayhissalom,

Aning oli, as’hobig‘a ham salom.


background image

64

Ey Robbimiz, bizlar uchun eng sevimli, gozal xulq li bo‘lgan,

O‘zingni habibing bo‘lmish Muhammad alayhissalomni vasila qilib,

o‘rtaga qo‘yub suraymiz, Bu oliyjanob do‘sting tufayli ya’ni sabablari

va hurmatlaridan bizlarni to‘g‘ri haq yo‘lga yo‘llagin. Payg‘ambarimiz

alayhissalomga doimo ko‘makdosh bo‘lib fidokorlik ko‘rsatgan oila

a’zolariga, sahobalariga salomlar bo‘lsin.

Eshoni Majzub rahmatulohi alayh o‘zlarining ushbu avvalgi

g‘azallarida bizlarga ta’lim uchun duo qilish va duo qilishda esa ni-

malarni so‘rashimiz, kimlar tufayli duolarimiz ijobatga yaqin bo‘lishi-

ni ko‘rsatib beradilar.

Tufayli Abu Bakrkim, yori g‘or,

Tufayli Umar adlda nomdor.

Payg‘ambarlarning buyugi bo‘lmish Rasul akram alayhissa-

lom bilan uch kecha-yu kunduz Savr g‘orida birga bo‘lgan inson-

larning eng yaxshisi va ulug‘i bo‘lmish Abu Bakr Siddiq raziyallohu

taolo anhu hamda tarixda adolat timsoli bo‘lib kelayotgan Umaru

odil raziyallohu taolo anhu hurmatlaridan so‘rayman...

Tufayli uchunchi xalifaki Usmon,

Shinovari g‘avvosi daryoi Qur’on.

Qur’oni karim ma’naviy ilohiy daryo bo‘lsa, unda suzuvchi va

g‘avvos bo‘lib sho‘ng‘uchi bo‘lmish uchinchi xalifa Usmon raziyallo-

hu taolo anhu sabablari va hurmatlaridan surayman...

Tufayli xalifa Ali shohi mardon,

Saxo ma’dani, maxzani judu ehson.

Saxiylikning koni, in’omu-ehson xazinasi, mard-u maydonlar

shohi xalifa Ali raziyallohu taolo anhu hurmatlaridan surayman...

Tufayli ikki sarvi bo‘stoni jannat,

Ikki shohzodai javononi jannat.

Nabiyzodalar ham valiyzodalar,

Sahi bog‘i sabr ichra ozodalar.

Muhtaram Nabiyimiz alayhissalom nabiralari nabiyzoda-

lar, Aliyu valiyyulloh raziyallohu anhuning farzandlari valiyzodalar,

jannat bo‘stoni yigitlarining shaxzodalari, sabr bog‘ining ozodalari,

qomatlari kelishgan barvasta imomi Ha san va imomi Husayn razi-

yallohu taolo anhumo hurmatlaridan so‘rayman...

Ijodkor yuqorida keltirilganlardan tashqari yana bir qancha

shaxslarni keltirib din yo‘lida fidokorona mehnat qilganlarini kuzat

-

amiz. Masalan,

Oybek BOYATOV


background image

65

Zaynul – Obiddin – imomi Husaynning o‘g‘illari;

Tufayli o‘shal Zaynul-ubbodi imom,

Ki maydoni irfonda uluvvi xirom.

Imomi Boqir - hamma ilmda mohir bo‘lgan beshinchi imom;

Tufayli imomiyki Boqir edi,

Hama ilmu fan ichra mohir edi.

Salmon – zuhdu-taqvo (zohidlik va parhezkorlik, taqvodor-

lik) yo‘lini mahkam tutgan sahoba;

Tufayli sahobaki Salmoni fors,

Tutar zuhdu taqvo tariqiyni pos.

Qosim – Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning nabiralari,

qaddi-qomati toat-ibodatda nun kabi egilgan;

Tufayli o‘shal Qosimi zufunun,

Ki toat bila qomati hamchu nun.

Ja’fari Sodiq – bandachilikni o‘z joyiga muofiq o‘rnatib qo‘ya

olgan, pokiza zot;

Tufayli o‘shal pok, Sodiq imom,

Ishi bandalikda muofiq imom.

Taqvoli va pokiza imomlar – dinimizning shamchirog‘i bo‘lib,

din ravnaqi va rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shgan zotlar;

Imomi taqiyyu, imomi naqiy,

Tufayli ikki sham’idin ravnaqi.

Xoja Abdul Xoliq G‘ijduvoniy – Xojagon tariqatining sarhalqa-

sidan, Xojai jahon maqomini olgan ulug‘ peshvo.

Tufayli o‘shal Xojai G‘ijduvon,

Chu anga laqab bo‘ldi “Xojai jahon”.

Tashbih – Sharq adabiyotida keng tarqalgan san’atlardan biri

bo‘lib, “o‘xshatish” ma’nosini ifodalaydi. Ikki narsa yoki tushunchani

ular o‘rtasidagi haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga ko‘ra o‘xshatish

san’atidir. Tashbih san’ati tasvirlanayotgan shaxs, buyum yoki tu-

shunchani o‘quvchi ko‘z o‘ngida aniqroq, jozibaliroq gavdalantirish-

ga xizmat qilib, asar timsollari ma’naviy qiyofasini yorqinroq ochish,

binobarin, shoir g‘oyasini o‘quvchi ongiga to‘laroq yetkazishga im-

kon beradi.

Ishq dashtida adashdim, yo‘q mango yor-u rafiq,

Chunki ketdi ilgari bu vodiyda yo‘ldoshlar.

Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan foydalan

ish mahorati


background image

66

Alloh ga bo‘lgan ishq dashtida ya’ni ishqning bepayon yo‘lida

menga yor va hamroh yo‘qligidan adashdim. Bu yo‘ldagi din pesh-

volari mendan avval ketgan deb o‘zidan ilgari yashagan din ulam-

olariga va shoir Mashrabga ishora qilmoqda. Ushbu baytda “ishq

dashti” deya o‘xshatish orqali tashbeh san’atini vujudga keltirgan.

Bundan tashqari “yor-u rafiq” so‘zlari yordamida tanosub san’atini

ham yorqin namunasini izohlagan.

Abdulaziz Majzub Namongoniy lirikasida din yo‘lida peshvo

xizmat qilgan shaxslarni qiyoslab tashbih san’atidan unumli foyda-

langanligini kuzatamiz.

Xalifa Umar raziyallohu anhuni – adolat peshvosi deb ta’rif-

laydi. Unga nisbatan adolat hamrohi deydi.

Xalifa Ali raziyallohu anhuni – sahiylik va in’om-ehson xazi-

nasiga qiyoslaydi.

Abul Qosim Ko‘ragoniyni – Xojalar shamiga qiyoslaydi.

Tufayli Abulqosim Ko‘ragoniy,

O‘shal xoja sham’i xayli ma’ofiy.

Tazod bu so‘z “zid qo‘yish”, “qarshilantirish” degan ma’nolarni

ifodalaydi. Shu so‘z bilan ataluvchi sheriy san’at esa baytda ma’no ji-

hatidan o‘zaro zid, qarama-qarshi bo‘lgan so‘zlarni qo‘llab ta’sirchan

badiiy timsollar, lavhalar yaratishni nazarda tutadi.

Yaxshilarni qildi paydo ham yomonlarni bino,

Dema mundog‘ nega qildi, Hikmatullohdin gapur.

Yaxshi insonlarni paydo qildi, shu bilan birgalikda yomonlar-

ni ham dunyoda bino qildi. Yaxshi va yomon insonlarni nega yaratdi

dema, uning o‘rniga Allohning hikmatidan gapir. Ushbu baytda in-

songa nisbatan yaxshi va yomon sifatlarini kelishi bu tazod san’atini

vujudga keltirmoqda. Shoirning baytlarida, asosan, g‘iybatdan yiroq-

da bo‘lish va Yaratganning bizga bergan ne’matlaridan unumli foyda-

lanishga chorlash ma’nolarini kuzatish mumkin. Yuqoridagi baytda

yana talmeh san’atidan foydalanilgan: Hikmatulloh – Allohning biz

insonlarga buyurgan yo‘l-yo‘riqlariga to‘la amal qilgan, o‘zining hay-

otini Allohning roziligi uchun bag‘ishlagan diniy ulamo.

Hama dardmang‘a shifo qil,

Ki solik eliga safo lutf qil,

Ki Majzublarg‘a vafo lutf qil,

Giriftorlardur, giriftorlar.

Umidvorlardir, umidvorlar.

Hamma dardi borlarga shifoi komil ato et, So‘fiylik tariqati

-

Oybek BOYATOV


background image

Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan foydalan

ish mahorati

67

ga mansublarga ya’ni tariqat ahliga iymonli rahmatingdan bergin.

Majzublarga ya’ni o‘zining hayotini Alloh roziligi uchun bag‘ishlag-

anlarga vafoli rahmatingdan bergin. Ular sening yo‘lingga va him-

matingga yo‘liqqanlardir va umidvorlardir . Usbu baytda “dard” va

“shifo” so‘zlari o‘zaro zid ma’nolarni ifodalashi bu tazod san’atini vu-

judga ketiradi. Bundan tashqari yana baytda “shifo” va “safo” so‘zlari

yordamida tanosub san’atidan mohirona foydalanilgan. Shifo bu

darddan forig‘ bo‘lib, poklanish ma’nosini ifodalasa, safo so‘zi ham

poklanib, iymonli bo‘lish ma’nosini ifodalaydi. Ijodkor baytda takror

so‘zlarni qo‘llab she’rning badiiyligini oshirishga harakat qilgan. Bu

esa takrir san’atini vujudga keltirgan. Takrir san’ati bu she’riy misra-

da u yoki bu so‘zni takror qo‘llash nazarda tushuniladi. So‘z ma’nosi-

ni, uning mohiyatini ta’kidlab ko‘rsatadi.

Shohg‘a yokim gadog‘a rutbai ishq tengdur,

Ham tafovut yo‘q bu ishda ko‘hna solu yoshlar.

Bu o‘tkinchi dunyoda shoh va gadoning Allohga bo‘lgan

ishq darajasi tengdir. Bu ishqda yoshlarimizning tafovuti ya’ni farq-

li jihatlari yo‘q. Yaratganga ergashish va uning buyurgan ishlarida

insonlarning tabaqalanishi yo‘qligini, buni bugungi yoshlar bilib

olishini ta’kidlagan holda, shoh va gado, teng va tafovut kabi so‘zlar-

ni baytda qo‘llab tazod san’atining yorqin namunasini keltirgan.

Mavti do‘zax birla jannat tutsa tutg‘uch bermagon,

Loyiqi o‘z vasli bo‘lg‘on e’tibor ahli keling.

O‘lim har bir insonga do‘zax va jannatni tutsa, har kim qilgan

amallari orqali bu yo‘llarni bosib o‘tadi. Bu dunyoda hamma o‘tkin-

chi ekanligini va har kim qilgan amallari orqali jannat yoki do‘zaxga

borishi, shuning uchun ham har kim o‘z amallarini yaxshi bajarib,

loyiq holda borishi kerakligini ta’kidlaydi. Ushbu baytda “do‘zax”

hamda ‘jannat” so‘zlari o‘zaro zid ma’noni ifodalashi va shuning bi-

lan tazod san’atini vujudaga keltirgan.

Savobing ko‘p bolib, gunohing kamir,

Ki aytsang alarga salovotu salom.

Yaratgan Alloh ga va uning rasuli Muhammad sallallohu alay-

hi vasallamga salovotu salomni qancha ko‘p aytsang, savobing shun-

cha ko‘payib, gunohing shuncha kamayadi. Inson bu foniy dunyoda

Yaratganga va Payg‘ambarga salovoti salomlar aytishini shoir ushbu

baytda bildirgan. Yuqoridagi ikki misrada “savob” va “gunoh”, “ko‘p”

hamda “kam” so‘zlari o‘zaro qarama-qarshi ma’nolarda ifodalanishi

bu baytda tazod san’atini yuzaga keltiradi.


background image

68

Tanosub she’r baytlarida ma’no jihatidan bir-biriga yaqin

tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llab, ular vositasida obraz-

li ifodalar, lavhalar yaratish san’atidir. Majzub Namangoniy ijodida

tanosub san’atining yorqin namunalarini juda ko‘p uchratishimiz

mumkin:

Zavq bozoridag‘i sarroflar der naqdi jon.

Vera durri shavq olg‘uch savdogar ahli keling.

Ushbu baytda sarrof va savdogar so‘zlari o‘zaro ma’no ji-

hatidan bir-biriga yaqin ma’nolarda ifodalanishi badiiylikni os-

hirishga xizmat qilgan. Bozorda pul maydalovchi sarrof uchun naqdi

jonday aziz bo‘lsa, huddi shunday lazzatdan din yo‘lida foydalanadi-

gan savdogarlar keling deya murojaat orqali baytning jozibaliligini

ta’minlagan.

Dayr piri derki, eshik el supuron yuz bila,

Xasdin o‘zni kam yiqitg‘on, xor-u zor ahli keling.

Xonaqoh piri deydiki, eshik va elni yuzi bilan supuradigan,

o‘zini hammadan kam biladigan xor-u zor ahli keling. Ushbu misrada

“xor-u zor” so‘zlari orqali tanosub san’atini qo‘llanishi, baytda ken-

groq ma’noda ishlatilishini ta’minlaydi.

Abdulaziz Majzub Nanamgoniy o‘zining devonidan joy olgan

“oriy manam, manam manam” radifli g‘azalida boshdan oyoq tano

-

sub san’atining yorqin namunalarini ifodalagan.

Soqiy manam, sog‘ar manam, oriy manam, manam manam,

Hojiy manam, muhrim manam, oriy manam, manam manam

.

Soqiy – mumtoz adabiyotimizda ko‘plab so‘z sohibkorlari ijo-

dida uchraydigan so‘z bo‘lib, may quyuvchi degan manoni anglatadi.

Sog‘ar esa - may, qadah ma’nolarida ishlatiladi. Yuqoridagi baytda

esa – may idishi ma’nosida ishlatilgan. Oriy- aslida keluvchi, kelgan

ma’nolarni angltsa, baytda rost ma’nosida ishlatilgan. May quyuvchi

ham men, mayning idishi ham menman, oriy- rosti ham menman.

Hojiy ya’ni haj qiluvchi ham, muhrim – ehrom kiygan ham menman.

Oriy – rosti ham, shundayi ham menman. Baytda soqiy, sog‘ar, oriy,

hojiy, muhram kabi so‘zlar tanosub san’atini vujudga kelishi uchun

asos vazifasini bajarmoqda.

Zohid manam, obid manam, oriy manam, manam manam,

Oshiq manam, orif manam, oriy manam, manam manam.

Zohid – zuhd qiluvchi, dunyo ishlarini tashlab, toat va ibodat

bilan mashg‘ul inson, lekin ibodatni jannat uchun qilganliklari uchun

so‘filar buni ta’ma deb bilishadi. Baytda esa - dunyodan yuz o‘girib,

Oybek BOYATOV


background image

Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan foydalan

ish mahorati

69

faqatgina toat-ibodat bilan mashg‘ul ma’nosida ishlatilgan. Obid –

ibodat qiluvchi, Oshiq – ishq-u muhabbatga giriftor bo‘lgan, Orif – bi-

luvchi, tanuvchi, ma’rifatli, dono ma’nolarini anglatadi. Demak, bayt-

da dunyo ishlaridan voz kechib, toat va ibodat bilan shug‘ullanuvchi

ham, Alloh ishqiga giriftor bo‘lgan ham, bularni hammasini ko‘ngil-

da his qilgan, biluvchi ham menman. Baytda tanosub san’ati bevosita

zohid, obid, oshiq, orif kabi so‘zlar bilan ifodalangan.

Sufiy manam, sofiy manam, oriy manam, manam manam,

Xodim manam, nodim manam, oriy manam, manam manam.

Sufiy – tasavvuf tariqatidagi inson, sofiy – pok, ozoda ki

-

shi, Xodim- xizmat qiluvchi, Nodim – nadomat qiluvchi ma’nolarini

anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, shoir o‘zini tasavvuf tariqatida

ya’ni Yassaviya tariqatiga amal qilganligiga ishora qiladi. Yassaviya

tariqatida tarkidunyochilik, bu dunyo noz- ne’matlaridan voz kechib,

faqatgina toat –ibodatda bo‘lishlikka ishora bor. Inson qachonki pok

bo‘lsa, shundagina tasavvufga tayyor holda kirishi mumkinligi haqi-

da fikr yuritilgan. Baytdagi sufiy, sofiy, xodim va nodim so‘zlari o‘zaro

ma’nosi bir-biriga yaqinligi bilan badiiy san’atni vujudga keltirgan.

Pok ozoda holatda xizmat qiluvchi ham, nadomat qiluvchi

ham menman. Shunday insonman demoqchiday.

Vola manam, shaydo manam, oriy manam, manam manam,

Bulbul manam, ham gul manam, oriy manam, manam manam.

Rayhon manam, sunbul manam, oriy manam, manam manam,

Zokir manam, shokir manam, oriy manam, manam manam.

Vola – berilgan, hayratda qolgan, maftun, oshiq, shaydo; Shay-

do – oshiq-u beqaror; Zokir – zikr qiluvchi; Shokir – shukr qiluvchi.

Yaratgan Alloh yo‘lida oshig‘-u beqaror ham, Yaratganni kuylovchi

bulbul ham, Alloh ismini salovotlar ila bezatgan gul ham menman.

Rayhon va sunbul kabi hushbo‘y hid taratuvchi ham menman. Yo-

qimli hid taratib zikr aytuvchi ham, shukr qilguvchi ham menman.

Xoif manam, sobir manam, oriy manam, manam manam,

Tolib manam, sodiq manam, oriy manam, manam manam.

Xoif – qo‘rquvchi, xavflanuvchi; Sobir – sabr qiluvchi; Tolib –

talab qiluvchi; Sodiq – sadoqatli, rostgo‘y. Baytda ijodkor o‘zini Alloh

dan qo‘rquvchi, ya’ni Alloh buyurgan yo‘ldan yuruvchi sifatida ham,

bu yo‘lda doimo sabr-bardosh bilan turuvchi ham, Allohning rozili-

gini izlovchi, talab qiluvchi ham, bu yo‘lda sadoqat bilan xizmat qilu-

vchi ham menman.

Fosiq manam, fojir manam, oriy manam, manam manam,


background image

70

Osiy manam, rasvo manam, oriy manam, manam manam.

Fosiq – axloqsiz, yomon ishlar qiluvchi; Fojir – buzg‘unchi;

Osiy – gunohkor; Rasvo – sharmanda bo‘lgan. Baytda shoir shun-

day ma’noni ko‘zlaganki, bu dunyoda har kim gunohkor hisoblanadi.

Shunday ekan yomon ish qiluvchi ham, buzg‘unchi ham, gunohkor

bo‘lib sharmanda bo‘lgan ham menman deya murojaat qiladi.

Xolis manam, muxlis manam, oriy manam, manam manam,

Qone’ manam, tome’ manam, oriy manam, manam manam.

Xolis – toza, sof, qorishmasiz; Muxlis – samimiy, ochiq ko‘ngil,

ixlosmand, sadoqatli; Qone’ – qanoatli; Tome’ – tama’ qiluvchi. Bayt-

da Allohga sof va samimiy ixlos bilan qanoat qiluvchi va tama’ qiluv-

chi ham menman.

Majnun manam, mahzun manam, oriy manam, manam

manam,

Sokin manam, soyir manam, oriy manam, manam manam.

Majnun – aqldan ozgan, ishq yo‘lida telba bo‘lgan; mahzun –

xafa, g‘amgin;

Sokin – harakatsiz, bir joyda istiqomat qiluvchi; Soyir – sayr

etuvchi. Baytda aqldan ozib, g‘amgin holatda bir joyda yashovchi

ham, sayr qilib yurguvchi ham menman.

Shoir g‘azalini tahlil qilar ekanmiz, har bir baytida tazod,

tashbeh, tanosub kabi badiiy san’atlardan unumli foydalanganligini

kuzatishimiz mumkin.

Tazod – zid qo‘yish, qarshilantirish ma’nolarini ifodalaydi.

She’rda ma’no jihatidan o‘zaro zid, qarama- qarshi bo‘lgan so‘zlarni

qo‘llab, ta’sirchan badiiy timsollar, lavhalar yaratishni nazarda tuta-

di.

Majnun manam, mahzun manam, oriy manam, manam

manam,

Sokin manam, soyir manam, oriy manam, manam manam.

Ushbu baytda, Sokin – bir joyda turuvchi va Soyir - sayr etuv-

chi mazmun jihatidan tazod san’atini vujudga keltirgan. Yana bir

misrasida esa – qone’ va tome’ so‘zlarini tazod san’atida ifodalagani-

ni kuzatishimiz mumkin.

Tanosub – she’r baytlarida ma’no jihatidan bir-biriga yaqin

tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llab ular asosida obrazli

ifodalar, lavhalar yaratish san’ati. She’rda so‘zlar asosan ma’no ji-

hatidan bir turkumga kirishi kerak.

Vola manam, shaydo manam, oriy manam, manam manam,

Oybek BOYATOV


background image

Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan foydalan

ish mahorati

71

Bulbul manam, ham gul manam, oriy manam, manam manam.

Rayhon manam, sunbul manam, oriy manam, manam manam,

Zokir manam, shokir manam, oriy manam, manam manam.

Ushbu baytda Vola va Shaydo; Rayhon va Sunbul; Zokir va

Shokir kabi so‘zlar ma’no jihatidan bir turga kirishi va she’rda tano-

sub san’atini vujudaga kelishini bildirgan.

Tashbih – Sharq adabiyotida keng tarqalgan san’atlardan biri

bo‘lib, o‘xshatish ma’nolarini ifodalaydi. Ikki narsa yoki tushunchani

ular o‘rtasida haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga ko‘ra o‘xshatish

san’atidir.

Shoir ijodini o‘rganish borasida tashbih san’atidan keng

va unumli foydalanganligini kuzatishimiz mumkin. Masalan, ijod-

kor o‘zini soqiy, sog‘ar, oriy, hojiy, muhrim, zohid, obid, oshiq, orif,

sufiy, sofiy, xodim, nodim, vola, shaydo, bulbul, gul, rayhon, sunbul,

zokir va shokir kabi ko‘plab unsurlarga mengzaganini kuzatishimiz

mumkin.

Shoir she’rlarida uchraydigan badiiy san’atlardan yana biri

bu takrir san’atidir.

Takrir “takrorlash” ma’nosini ifodalovchi lafziy san’at bo‘lib,

she’rda u yoki bu so‘zni takror qo‘llashni nazarda tutadi. Takrorlash

vosiotasida so‘z ma’nosini, uning mohiyatini ta’kidlab ko‘rsatish ush-

bu san’atning asosiy xususiyati sanaladi. Abdulaziz Majzub Naman-

goniyning quyidagi bir muhammasi takror so‘zlar bilan yakunlanib

takrir san’atini vujudga keltirgan.

Qadam yo‘liga qo‘yg‘on talabgorlar,

Muhabbat o‘tidin dilafgorlar,

Qachon g‘ofil o‘ldi ul bedorlar,

Ki hushyorlardurki, hushyorlar,

Xabardorlardur, xabardorlar.

Alloh taoloning rizoligi yo‘lida qadam bosgan toliblar-

ning ya’ni ilm ahlining dillari ishq-muhabbat o‘tida o‘rtan-

gandur. Bu dillari uyg‘ongan, ogohlik ganjinasidan nasibalan-

gan zotlar qachon g‘aflatda qolgan bo‘lur edilar? Albatta g‘ofil

bo‘lmaslar, chunki ular hamma narsaga hushyorlardan va

xabardorlardandur.

O‘zini muqimi dari dayr etar,

Guliston asrorini sayr etar,

Qachon dilni moyil suyi g‘ayr etar,

Ajab yorlardur, ajab yorlar,

Neku korlardur, neku korlar.


background image

72

O‘zlarini piyri komil xonaqohining eshigida muqim tut-

gan, doimo pirlarini go‘zal suhbatlaridan bahramand bo‘lub,

sir-asrorlar gulistoniga sayr etib turib mastona bo‘lsalar, endi

qachon dillarini Alloh taolodan boshqa tarafga moyil etadilar?

Albatta, moyil etmaslar, chunki ular ajoyib yaxshi ish qilguvchi

do‘st-u yorlardur.

Guruhiy qilur mug‘bacha xizmatin,

Tutor pos piyri mug‘on hurmatin,

Ki izlar xudojo‘y kishi suhbatin,

Xaridorlardur, xaridorlar.

Vafodorlardur, vafodorlar.

Yana bir guruhlariki, piyri komillar va ularning xalifalari

xizmatlarini va bergan vazifalarini bajon-u dil bajaradilar.

Piyri mug‘onlarni xurmatlarini mahkam tutarlar. Xudoning

do‘stlarini suhbatlarini izlab bo‘lsa-da, toparlar. Chunki, ular

Alloh taoloning diydori jamoliga xaridor va bergan va’dalariga

vafodorlardur.

Talab xaylini joyi ma’vosi yo‘q,

Jahon naqdiga zarra parvosi yo‘q,

Ki Haqdin digar xech tamannosi yo‘q,

Sabukborlardur, sabukborlar.

Xudo yorlardur, Xudo yorlar.

Alloh taoloning talabi yo‘liga kirgan bir guruhlariki bor-

lar, ularning turar joylari ham yo‘q, naqdi dunyodan qo‘liga

bersangiz zarra parvosi ham yo‘q, ularda Haq Subhanahu va

taoloning vasliga yetishlikdan o‘zga orzulari ham yo‘q. Ular

dunyo matosidan yuz o‘girib yuklarini yengil qilgan, Xudo yor

bo‘lgan zotlardur.

O‘shal karamro‘larni xoki rahi,

G‘ubori alar xodimi dargahi,

Qiling ko‘zga to‘tiyo, iqlim shahi,

Xush osorlardur, xush osorlar.

Safodorlardur, safodorlar.

O‘shal dargohning saxovat chehralarini yo‘lining tuprog‘i

bo‘lib, xizmatidagilarni oyog‘ gardini ey iqlim shohlari, ko‘zga

to‘tiyo qilib surkang! Chunki ular yuqorilardan qolgan eng

yaxshi azmandi nishona tabarruk, hamda o‘zlarini eng pokiza

tutgan zotdurlar.

Ki ajzi niyoz hama inkisor,

Ki mehr tobidin zarradek beqaror,

Oybek BOYATOV


background image

Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan foydalan

ish mahorati

73

Alar soyai rahmati Kirdigor,

Nadamvorlardur, nadamvorlar.

Xush abrorlardur, xush abrorlar.

Alloh taoloning yerdagi soyasi va rahmati, ishq-muhab-

bat tobidan doimo zarra kabi beqaror bo‘lmish zotlar, fazilatda

hammadan ustun bo‘lsalarda, o‘zlarini ojiz-u ehtiyojmand deb

bilib, siniqlik bilan nadomat etguvchilardan bo‘ldilar. Bular bu-

tun umrlarini insoniylik, insonsevarlik xizmatiga bag‘ishlash-

gan sof dil, ajoyib xush abrordurlar.

Suyur Haqni darvesh, ani Haq suyar,

Ki pok ishqidin ayladi bahravar,

Umid ulki, oxir o‘zin k

o‘

rsatar,

Sazovorlardur, sazovorlar.

Talabgorlardur, talabgorlar.

Darveshlar Haq taoloni yaxshi ko‘rishadi, chunki Haq

taolo o‘zi ularni yaxshi ko‘rgandur, shuning uchun O‘ziga

bo‘lgan ishq-muhabbatdan ularni bahramand etgandur. Endi

umidimiz shulki, oxiri sazovor bo‘lganlarga va talabgorlarga

O‘zining diydori ja molini ko‘rsatur.

Birov tolibi rohi Mavlo esa,

Yo‘lin tobg‘on erlarga shaydo esa,

Tuzog‘i xavasdin kerakvor esa,

Sharardorlardurlar, sharardorlar.

Na ahrorlardur, na ahrorlar.

Birov Robbi Parvardigorimiz rizoligi yo‘liga talabgorlar-

dan bo‘lsa va bu yo‘lni topgan mardlarga shaydoligi ham bo‘lsa-

yu, lekin hoyi-havas tuzog‘idan qutulmay nafsining zararli xo-

hishotlari ortidan qolmay bajarib yurgan bo‘lsa, endi bu kishi

qandayin oliyjanob, pokiza himmatli zotlardan deb aytishimiz

mumkin?

Hama dardmandga shifo lutf qil,

Ki solik eliga safo lutf qil,

Ki Majzublarga vafo lutf qil,

Giriftorlardur, giriftorlar.

Umidvorlardur, umidvorlar.

Ey mehribon Robbimiz, O‘z lutf-u marhamating bilan

barcha ishq-muhabbat dardiga mubtalo bo‘lgan bemorlarga

shifo bergin. Tariqat yo‘liga kirgan solik devonalarga O‘z lutf-u

marhamating bi lan qalb safoligini nasib qilgin. Majzublarga

esa O‘z lutf-u marhamating bilan vafodorlikni ber gin, chun-

ki bularning barchalari Senga bog‘langan va Sendan umidvor


background image

74

bo‘lgan zotlardur.

Xulosa

XIX asr boshlari Namangan adabiy muhiti namoyandasi

Majzub Namangoniy ijodida tasavvufona g‘oyalar, diniy timsollar

talqini mavjudligi sabab, mustaqillikka erishilgunga qadar ular

adabiy merosini mukammal o‘rganish imkoni bo‘lmagan. Madrasa

ta’limini olgan, arab, fors tilini chuqur o‘rgangan, diniy hamda

dunyoviy ilmlarni egallagan ushbu shoir buyuk salaflari ijodi bilan

yaqindan tanishib, zamondoshlariga nisbatan har sohada ilg‘or

dunyoqarashga ega bo‘lgan.

XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida yashab ijod etgan

namanganlik shoir fiqh ilmining yetuk bilimdoni ekanini anglatadi.

Bu borada Qur’on oyatlari va hadislar mazmunini she’rga singdirish,

talmeh san’ati vositasida diniy timsollar talqinini yaratish, asosan,

Xizr, Muhammad (s.a.v), Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali sifatlarini ta’rifu

tavsif etish Majzub Namangoniy ijodida o‘ziga xos o‘rin tutgan.

Shoir ijodida ishq motivi yangilandi. Asarlarida millat ishqi,

ma’rifat ishqi talqini yetakchilik qildi. Ijodkor ijodida, ayniqsa,

axloqiy-ta’limiy mavzudagi she’rlar salmog‘i oshdi. Ularning badiiy

ijod va axloqiy qarashlaridagi uyg‘unlik fidoyilik, millatparvarlik,

kurashchanlik kabi xislatlarini namoyon etdi.

Asarlarida ham

mumtoz adabiyot an’analarining davom etishi, ham yangi davr

adabiyotiga xos xususiyatlar bo‘y ko‘rsatishi – bir vaqtning o‘zida

bu ikki jarayon yonma-yon kechgani ular ijodining serqirra ekanini

anglatadi.

Adabiyotlar

Йсҳоқов, Ёқубжон. 1970. "Шеърий санъатлар. Ййҳом".

Ўзбек тили ва

адабиёти

1.

Маҳмуд, Атоуллоҳ Ҳусайний. 1981.

Бадоеъ ус-саноеъ,

Тошкент.

Мақсуд, Шайхзода. 1972. Асарлар. 6, 4-том. Тошкент.

Маҳмуд, Атоуллоҳ Ҳусайний. 1985.

Бадойиъу-с-саноъйи

. Тошкент:

Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти.

Йсҳоқов, Ёқубжон. 2006.

Сўз санъати сўзлиги

. Тошкент: Зарқалам.

Majzub, Abdulaziz. 2000.

Devoni Majzub

. Namangan.

Анвар, Ҳожиахмедов. 1999.

Мумтоз бадиият малоҳати

. Тошкент:

Шарқ.

Majzub, Abdulaziz. 2020.

Oshiq manam

. Toshkent: Hilol nashr.

Oybek BOYATOV


background image

75

Majzub Namangani's mastery of the arts

Oybek Boyatov

1

Abstract

The great poets have used various poetic arts effectively and skill-

fully to enrich the content of their works of art. This made the work artisti-

cally clear, stylistically fluent, and attractive in form.

This article is about the role of art in the work of Abdulaziz Majzub

Namangani, a representative of the Namangan literary community and one

of the representatives of the Naqshbandi sect. There are two types of art

in the works of the artist: the use of verbal and spiritual arts, and they are

given beautiful evidence.

Spiritual arts are artistic means related to the meaning of an indi-

vidual word or an entire verse in a byte, and their number, according to

Atoullah Husseini’s Badoyi’u-s-sanoyi, is more than fifty. Rhetoric, allego

-

ry, parable, beautiful analysis, tajahuli orifona, diagnosis, talmih, laff and

publication, ruju, istiora, satire, parable, tazad, tanosub and others are the

most popular of the spiritual arts.

Vocabulary is based on the pronunciation and spelling of a byte or

some of the words in it, takrir, mukarrar, kitabat, talmi ', history, more than

fifty examples of verbal art are given.

Key words

:

Majzub, talmeh, tazad, Allah, tashbih, oriy manam,

gradual.

References

Yoqubjon, I. 1970. "She’riy san’atlar. Iyhom".

O‘zbek tili va adabiyoti,

1.

Mahmud, Atoulloh Husayniy. 1981.

Badoe’ us-sanoe’,

Toshkent.

Maqsud, Shayxzoda. 1972. Asarlar. 6, 4-tom. Toshkent.

Atoulloh Husayniy. 1985.

Badoyi’u-s-sano’yi

. Toshkent: G‘afur G‘ulom

nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.

Yoqubjon, Is’hoqov. 2006.

So‘z san’ati so‘zligi

. Toshkent: Zarqalam.

Majzub, Abdulaziz. 2000.

Devoni majzub

. Namangan.

Anvar, Hojiaxmedov. 1999.

Mumtoz badiiyat malohati

. Toshkent: Sharq.

Majzub, Abdulaziz. 2020.

Oshiq manam

. Toshkent: Hilol nashr.

1

Boyatov Oybek Mahmudjon ogli

- Master of Tashkent State University of Uzbek

Language and Literature named after Alisher Navo'i.

E-mail:

oybekboyatov151@gmail.com

For citation:

Boyatov, O

.

2022.

Majzub Namangan’s mastery of the arts

”.

Uzbekistan: Language and Culture

1(2): 60-75.

Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan foydalan

ish mahorati

Библиографические ссылки

Йсҳоқов, Ёқубжон. 1970. "Шеърий санъатлар. Ййҳом". Ўзбек тили ва адабиёти 1.

Маҳмуд, Атоуллоҳ Ҳусайний. 1981. Бадоеъ ус-саноеъ, Тошкент.

Мақсуд, Шайхзода. 1972. Асарлар. 6, 4-том. Тошкент.

Маҳмуд, Атоуллоҳ Ҳусайний. 1985. Бадойиъу-с-саноъйи. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти.

Йсҳоқов, Ёқубжон. 2006. Сўз санъати сўзлиги. Тошкент: Зарқалам.

Majzub, Abdulaziz. 2000. Devoni Majzub. Namangan.

Анвар, Ҳожиахмедов. 1999. Мумтоз бадиият малоҳати. Тошкент: Шарқ.

Majzub, Abdulaziz. 2020. Oshiq manam. Toshkent: Hilol nashr.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов