“Alpomish” dostonining o‘rganilishi

CC BY f
117-128
251
45
Поделиться
Кодиров, У. (2023). “Alpomish” dostonining o‘rganilishi. Узбекистан: язык и культура, 2(2), 117–128. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol2-iss2-y2023-pp117-128
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada “Alpomish” dostonining o‘rganilish tarixi xususida so‘z boradi. Shuningdek, ushbu dostonning turli xalq baxshilaridan yozib olingan variantlari, ulardagi umumiy va o‘ziga xos jihatlar tadqiq qilingan. Ushbu dostonning, Bulung‘ur dostonchilik maktabining atoqli namoyandasi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan varianti eng mukammal va eng badiiy jihatdan barkamoli ekanligi, binobarin, ushbu variant bo‘yicha olib borilgan ko‘plab tadqiqotlarga asos bo‘lganligi xususida fikrlar bayon qilingan. Shuningdek, maqolada ushbu doston bo‘yicha mashhur rus olimi V.M.Jirmunskiyning tadqiqotlari ham tahlil qilingan. “Alpomish” dostoni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar uch yo‘nalishga bo‘lib tekshirilgan. Birinchi bosqichda dostonning xalq baxshilaridan yozib olinish jarayoni, qachon, qaysi baxshidan, kim tomonidan yozib olinganligi, shu yozib olingan nusxa nashr qilingan bo‘lsa, kim tomonidan nashrga tayyorlanganligi, nashr qilinmagan bo‘lsa, qo‘lyozmasi qaysi xazinada saqlanayotganligi xususida ma’lumotlar berilgan.


background image

ISSN 2181-922X

117

128

“Alpomish” dostonining o‘rganilishi

Umarjon Qodirov

1

Abstrakt

Maqolada “Alpomish” dostonining o‘rganilish tarixi xususida

so‘z boradi. Shuningdek, ushbu dostonning turli xalq baxshilaridan

yozib olingan variantlari, ulardagi umumiy va o‘ziga xos jihatlar tadqiq

qilingan. Ushbu dostonning, Bulung‘ur dostonchilik maktabining atoqli

namoyandasi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan varianti eng mukammal

va eng badiiy jihatdan barkamoli ekanligi, binobarin, ushbu variant

bo‘yicha olib borilgan ko‘plab tadqiqotlarga asos bo‘lganligi xususida

fikrlar bayon qilingan. Shuningdek, maqolada ushbu doston bo‘yicha

mashhur rus olimi V.M.Jirmunskiyning tadqiqotlari ham tahlil qilingan.

“Alpomish” dostoni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar uch yo‘nalishga bo‘lib

tekshirilgan. Birinchi bosqichda dostonning xalq baxshilaridan yozib

olinish jarayoni, qachon, qaysi baxshidan, kim tomonidan yozib olinganligi,

shu yozib olingan nusxa nashr qilingan bo‘lsa, kim tomonidan nashrga

tayyorlanganligi, nashr qilinmagan bo‘lsa, qo‘lyozmasi qaysi xazinada

saqlanayotganligi xususida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

“Alpomish”, doston, og‘zaki ijod, baxshi, Fozil Yo‘ldosh

o‘g‘li, variant, versiya,

Hodi Zarif, Bulung‘ur maktabi.

“Alpomish” dostoni o‘zbek xalq og‘zaki ijodining noyob

obidalaridan biri. Doston asrlar davomida og‘zaki tarzda avloddan

avlodga o‘tib kelgan. Bu jarayonlarda, tabiiyki, u tarixiy sharoit

tufayli turli o‘zgarishlarga uchragan. Dostonda o‘zbek xalqining

milliy urf-odatlari, turmush tarzi, odob-axloq mezonlari, oilaviy

rasm-rusumlari, til-sheva xususiyatlari o‘z ifodasini topgan.

“Alpomish” dostoni shu tarzda og‘izdan og‘izga ko‘chib, asrlar

oralab, XX asrning 20-yillarigacha yetib keldi. Bu davrda o‘zbek

xalqining boshqaruvi Chor Rossiyasi qo‘lidan Sovetlar qo‘liga o‘tgan,

zulmning bir turi ikkinchisiga almashgan edi. Lekin hayot o‘z yo‘lida

davom etadi. Millat fidoyilari hamma vaqt, hamma sohada topiladi.

1

Qodirov Umarjon Akramjon o‘g‘li

– o‘qituvchi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent

davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-pochta

: umarqodirov6669@gmail.com

ORCID ID

: 0000-0002-6869-4315

Iqtibos uchun

: Qodirov, U. 2023. “Alpomish” dostonining o‘rganilishi”.

O‘zbekiston:

til va madaniyat

.

Adabiyotshunoslik

2(2):

117-128.

117

Uzbekistan: Language and Culture 2023/2(2)


background image

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlarini, xususan, dostonlarini

baxshilardan yozib olish 1920-yillarning dastlabki davrlaridan

boshlandi. 1922-yilning yoz oylarida professori G‘ozi Olim Yunusov

Turkiston Maorif komissariati Davlat ilmiy kengashining yo‘llanmasi

bilan Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida ilmiy safarda bo‘ladi.

Shu safari davomida u Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li va Hamroqul baxshidan

“Alpomish” dostonining bir qismini yozib oladi. G‘ozi Olim dostonning

mana shu yozib olingan qismidan bir parchani 1923-yilda “Bilim

o‘chog‘i” jurnalining 2-3-sonlarida kichik bir so‘zboshi bilan nashr

ettiradi. Keyinchalik Abdurauf Fitrat 1928-yilda nashr etilgan

“O‘zbek adabiyoti namunalari” kitobida ham G‘ozi Olim nashr

ettirgan parchani qayta chop qilgan.

“Alpomish” dostoni bo‘yicha olib borilgan ishlarni shartli

ravishda uch bosqichga ajratish mumkin:

1. Dostonni xalq baxshilari og‘zidan yozib olish bosqichi.

2. Baxshilardan yozib olingan doston matnlarini nashrga

tayyorlash va nashr etish bosqichi.

3. Dostonni ilmiy asosda o‘rganish bosqichi.

1.

Dostonni xalq baxshilaridan yozib olish bosqichi.

“Alpomish”

dostonining xalq baxshilaridan yozib olinishi o‘ziga xos tarixga ega.

Bu ish, yuqorida aytganimizdek, 1922-yilda G‘ozi Olim Yunusov

tomonidan boshlab berildi. 1926-yildan boshlab xalq baxshilaridan

to‘liq holda yozib olishga kirishildi. Mazkur jarayonga O‘zbekiston

Maorif komissarligi Ilmiy kengashining O‘zbeklarni o‘rganish

qo‘mitasi boshchilik qildi. 1926-yilda Xatirchi tumani Qatag‘on

qishlog‘ida yashovchi Po‘lkan shoirdan hamqishlog‘i sud kotibi

Muhammadisa Ernazar o‘g‘li “Alpomish” dostonining bir variantini

yozib oladi. Folklorshunos Hodi Zarifning ma’lumot berishicha,

dostonni yozib olish jarayonida Ergash Jumanbulbul o‘g‘li ham

ishtirok etgan va dostonning ayrim o‘rinlarini o‘zi yozib bergan

[Мирзаев 1999, 3-11]. Shuning uchun bu nusxa fanga “Po‘lkan va

Ergash Jumanbulbul o‘g‘li varianti” sifatida kiritilgan.

1926-yilda shoir Abdulla Alaviy Toshkent viloyatidagi Evalak

qishlog‘ida (Piskent tumani) yashovchi Berdi baxshidan “Alpomish”

dostonining bir variantini yozib oladi.

Baxshilarning doston matnini kuylamasdan, uning maz-

munini ertak qilib aytib berish usuli ham mavjud. “Alpomish”

dostoni baxshilardan ana shunday shaklda ham yozib olingan.

Rus olimi professor A.K.Borovkov 1928-yilda Shahriston tumani,

Qayirma qishlog‘ida yashovchi Mavlon Pirmat o‘g‘lidan dostonning

mana shunday bayonini yozib olgan edi. Dostonning shu tarzdagi

118

Umarjon QODIROV


background image

nasriy bayonlarini yozib olish ishlari keyin ham davom etdi. Oxunjon

Sobirov 1951-yilda narpaylik Islom shoirdan, To‘ra Mirzayev

esa 1962-yilda yangiyerlik Iso Yangiboy o‘g‘lidan va 1963-yilda

Tojikistonning Dang‘ara tumani, Jorubqo‘l qishlog‘ida yashovchi

To‘la Haybat o‘g‘lidan dostonning nasriy bayonlarini yozib oldi.

“Alpomish” dostonining barcha jihatdan eng to‘liq va

mukammal varianti 1928-yilda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib

olingan variant hisoblanadi. Uni folklorshunos Mahmud Zarifov

Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining Loyqa qishlog‘idagi uyida baxshining

ijrosi jarayonida yozib olgan. Bu yozib olish ikki oy davom etgan.

“Alpomish” dostonining keyinchalik amalga oshirilgan to‘liq

nashrlariga mana shu variant asos bo‘lgan.

Dostonni yozib olish ishlari 1930-1940-yillarda ham davom

etdi. O‘zbekistonning turli hududlarida turli variantlar yozib olindi.

1937-yilda Qo‘qonning Beshkapa qishlog‘ida yashovchi Bo‘ri Sodiq

o‘g‘lidan Yusuf Sultonov yana bir variantni yozib oldi. 1938-yilda

qiziltepalik dostonchi Saidmurod Panoh o‘g‘lidan Shamsi Murodov

dostonning to‘liq variantini yozib oladi. 1960-yilda G‘ijduvon tumani

Zahkash qishlog‘ida yashovchi Amin Malik o‘g‘lidan folklorshunos

Malik Murodov dostonning yana bir variantini yozib oldi.

1944-yilda folklorshunos Mansur Afzalov Nurota tumanining

Qo‘tir qishlog‘ida yashovchi baxshi Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘lidan

“Alpomish” dostonining yana bir variantini yozib oladi. 1945-yilda

Sherobod tumanining Chig‘atoy qishlog‘ida yashovchi baxshi

Mardonaqul Avliyo o‘g‘lidan Qosim Muhammedov “Alpomish”

dostonining ikkinchi qismini yozib olgan.

1955-yilda folklorshunos Zubayda Husainova Kitob

tumani Qaynarbuloq qishlog‘ida yashovchi Abdulla shoirdan

doston variantlaridan birini yozib oldi. Shu yili folklorshunos

Mansur Afzalov shahrisabzlik baxshi Zohir Qo‘chqor o‘g‘lidan

yana bir doston variantini yozib oldi. 1956-yilda Oxunjon Sobirov

Dehqonobod tumani Qorashina qishlog‘ida yashovchi Umir

shoirdan, Mansur Afzalov esa 1958-yilda Jarqo‘rg‘on tumani Jaloyir

qishlog‘ida yashovchi Mamadrayim baxshidan doston variantlarini

yozib olishgan. 1963-yilda Tojikistonning Kolxozobod tumani,

Paxtaorol qishlog‘ida yashovchi Bo‘riboy Ahmedovdan ham bir

variant yozib olingan. 1954-yilda Yangiqo‘rg‘on tumani, G‘ovozon

qishlog‘ida yashovchi Haydar Boycha o‘g‘lidan Fathulla Abdullayev

doston variantini yozib oldi. 1958-yilda Guliston tumani Qo‘ybotgan

qishlog‘ida yashovchi Murod Otaboy o‘g‘lidan Arslonqul Mirzayev,

1962-yilda Xatirchi tumani Yonbosh qishlog‘ida yashovchi Egamberdi

119

“Alpomish” dostonining o‘rganilishi


background image

Ollomurod o‘g‘lidan Malik Murodov va To‘ra Mirzayevlar, 1964-yilda

Yangiqo‘rg‘on tumani, Oraariq qishlog‘ida yashovchi Razzoq Qozoq

o‘g‘lidan doston variantlarini yozib oldilar. 1968-yilda mashhur

shoir-qissaxon Rahmatulla Yusuf o‘g‘li “Alpomish”ning o‘zi ijro etgan

variantini yozib topshirdi.

“Alpomish” dostoni variantlarini xalq ijrochilaridan yozib

olish ishlari 1980-yillarning o‘rtalarigacha davom etib keldi.

2.

“Alpomish” dostoni matnlarini nashrga tayyorlash va

nashr etish bosqichi.

Birinchi o‘zbek professori G‘ozi Olim Yunusov

“Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalining 1925-yil 4-sonida e’lon qilingan

“Adabiyot to‘g‘risida xato nazariyalar” nomli maqolasida “Holbuki,

bir xalqning yozma adabiyotining xususiyatlarini bilish, ul adabiyot-

ning qonunlarini belgilash uchun ul yozma adabiyotning tomiri

bo‘lgan el adabiyotini butun xususiyatlari va qonunlarini bilish kerak

bo‘ladir...” deb yozgan edi. Bu yerda aytilgan “...el adabiyoti...”dan

ko‘zlangan maqsad – o‘sha xalqning folklor asarlaridir.

G‘ozi Olim Yunusov o‘zining gapiga o‘zi amal qilgan edi. U

1922-yildayoq Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida ilmiy safarda

bo‘lib, Hamroqul baxshi va Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan “Alpomish”

dostonining bir qismini yozib olib, uni 1923-yilda “Bilim o‘chog‘i”

jurnalida nashr ettirgan edi. Bu ishi bilan G‘ozi Olim Yunusov

“Alpomish” dostonini o‘rganishga tamal toshini qo‘ydi. 1926-yilda

shoir Abdulla Alaviy Berdi baxshidan yozib olgan variantidan bir

parchani Abdurauf Fitrat 1928-yilda chop etilgan “O‘zbek adabiyoti

namunalari” kitobida nashr ettirgan. Shu variantdan yana bir

kattaroq parcha Miyonbuzruk Solihovning 1935-yilda nashr etilgan

“Oktabrgacha bo‘lgan o‘zbek og‘zaki adabiyoti (folklor)” to‘plamida

chop etilgan.

Professor A.K.Borovkov 1928-yilda Shahriston tumani

Qayirma qishlog‘ida yashovchi Mavlon Pirmat o‘g‘lidan yozib olgan

“Alpomish” dostonining nasriy bayonini 1956-yilda “O‘zbekiston

Respublikasi Fanlar akademiyasi xabarnomasi”ning 11-sonida

nashr ettirdi.

Dostonning 1928-yilda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan Mahmud

Zarifov yozib olgan variantining birinchi qismi ayrim qisqartirishlar

bilan Hodi Zarifning “O‘zbek folklori” xrestomatiyasida nashr qilindi.

“Alpomish” dostonining Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li variantini

qisqartirilgan, lekin syujet qurilishini to‘liq saqlagan holda birinchi

marta 1939-yilda Hamid Olimjon nashr ettirdi. Hamid Olimjon

nashrga tayyorlagan bu variant 1957- va 1958-yillarda yana

qaytadan chop etildi.

120

Umarjon QODIROV


background image

Dostonning Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li varianti keyinchalik ham

(1979, 1985, 1987, 1992-1993-yillarda) qayta-qayta nashr etildi.

Lekin bu nashrlarning barchasida u yoki bu darajada qisqartirishlar

mavjud edi. Dostonning Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan varianti

to‘liq holda birinchi marta 1969-yilda nashr qilindi. Bu variant

folklorshunos To‘ra Mirzayev tomonidan nashrga tayyorlangan va

mufassal so‘zboshi yozilgan. Ushbu kitob 1999-yilda yana qayta

nashr etildi. 2015-yilda chop etilgan “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari”

yuz jildligining birinchi jildida ham aynan “Alpomish” dostonining

Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan varianti joy olgan. Ushbu

nashrga akademik To‘ra Mirzayev mukammal so‘zboshi yozgan.

Dostonni rus tiliga tarjima qilish va rus tilida nashr etish

bo‘yicha ham anchagina ishlar amalga oshirilgan. 1943-yilda

“Alpomish”ning ayrim parchalari rus tilida kitob holida chop etildi.

1944-yilda dostonning birinchi qismi akademik V.M.Jirmunskiyning

so‘zboshisi bilan rus tilida Toshkentda nashr qilindi. Bu tarjimalarni

shoir L.M.Penkovskiy amalga oshirgan. Ushbu tarjimon “Alpomish”

dostoni tarjimasi ustidagi ishlarini davom ettirdi va asarning

nisbatan mukammal bo‘lgan ruscha tarjimasini yuzaga chiqardi.

L.M.Penkovskiyning ushbu tarjimasi 1949-yilda Maqsud Shayxzoda

so‘zboshisi bilan Toshkentda va akademik V.M.Jirmunskiyning

izohlari bilan Moskvada nashr etildi. L.M.Penkovskiy amalga

oshirgan mana shu tarjima keyinchalik yana Toshkentda (1958,

1974, 1998-yillarda), Moskvada (1950, 1958) va Leningradda

(1982-yilda) qayta-qayta chop qilindi.

“Alpomish” dostonining Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li varianti ustida

Germaniyaning Bonn universiteti professori Karl Rayxl uzoq yillar

ish olib bordi. U 1984-yilda “Alpomish” dostoni Leningrad nashri-

ning so‘zboshisini rus tilidan nemis tiliga tarjima qilib nashr ettirgan

edi.

“Alpomish” dostonining Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan boshqa

baxshilardan yozib olingan bir necha variantlari ham mavjud.

Folklorshunos Mansur Afzalov 1944-yilning yozida Nurota tumani,

Qo‘tir qishlog‘ida yashovchi dostonchi Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘lidan

“Alpomish” dostonining yana bir variantini yozib oladi. Dostonning

bu variantini folklorshunos To‘ra Mirzayev nashrga tayyorlagan

va u 1999-yilda chop etilgan. 1998-yilda folklorshunos Toshtemir

Turdiyev dostonchi Xushboq Mardonaqulovdan yozib olgan yana bir

variantni nashr ettirdi.

3.

“Alpomish” dostonini ilmiy asosda o‘rganish bosqichi.

“Alpomish” dostonini ilmiy asosda o‘rganish ishlariga doston dastlab

121

“Alpomish” dostonining o‘rganilishi


background image

yozib olingan 1920-yillarning boshlaridanoq kirishilgan. G‘ozi

Olim Yunusov “Turkiston” gazetasining 1922-yil 18-dekabr sonida

“O‘zbeklarda el tanish ishi” nomli maqola e’lon qilgan edi. G‘ozi Olim

bu maqolasida asosan “Alpomish” dostoni haqida so‘z yuritgan va bu

dostonni Gomerning “Odisseya” asari bilan qiyoslagan.

“Alpomish” dostonining 1939-yilda amalga oshirilgan birinchi

nashriga Hamid Olimjon yozgan so‘zboshi ham ushbu sohadagi

jiddiy ilmiy tadqiqot sifatida baholansa arziydi. Hamid Olimjon bu

maqolasida “Alpomish” dostoni yolg‘iz o‘zbek xalqininggina emas,

balki boshqa turkiy millatlar – qozoqlar, qirg‘izlar, turkman va

qoraqalpoqlarning ham sevimli asari ekanini alohida ta’kidlab o‘tadi.

Hamid Olimjon o‘zbek xalq baxshilari uchun “Alpomish” dostonini

kuylash juda katta sharaf ekanini, baxshining darajasi uning ushbu

dostonni qay darajada ijro etishi bilan o‘lchanishini ham aytib o‘tadi.

Shuningdek, maqolada “Alpomish” dostonining Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li

ijodiy merosida qanday o‘rin tutgani xususida to‘xtab o‘tilgan: “Fozil

shoir Yo‘ldosh o‘g‘li “Alpomish”ni umr bo‘yi aytib kelgan. “Alpomish”

uning eng yaxshi ko‘rgan dostoni sanaladi. “Alpomish” uning shoirlik

beshigi bo‘lgan. U bu dostonda o‘zida bo‘lgan butun talantni juda

erkinlik bilan ishga sola olgan” [Ҳамид Олимжон 1999, 82-96].

Hamid Olimjon “Alpomish” dostonining badiiyatiga, undagi

betakror o‘xshatishlarga, mubolag‘alarga, unda qo‘llangan afo-

rizmlar, hikmatli so‘z va maqollarga ham to‘xtab o‘tadi, ulardan

chiroyli va o‘rinli misollar keltirib, o‘z fikrini dalillaydi.

Hamid Olimjon maqola oxirida folklor asarlarining muayyan

adiblar va shoirlar ijodiga ko‘rsatgan ta’siri xususida ham to‘xtalib

o‘tadi. Jahon adabiyotida Pushkin ijodiga nafaqat rus folklori, balki

G‘arbiy Yevropa folklori ham beqiyos darajada ta’sir ko‘rsatganini

ta’kidlaydi. Gomerning “Iliada” va “Odisseya” asarlarining poydevori

ham yunon folkloriga borib tutashajagini ko‘rsatadi. Buyuk Alisher

Navoiy ham o‘z “Xamsa”sining “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”

dostonlari syujetini xalq folkloridan olib qayta ishlaganligini aytib

o‘tadi.

Aslida Hamid Olimjon she’riyatini umrboqiy she’riyatga

aylantirgan omillarning eng asosiysi ham uning xalq og‘zaki ijodidan

oziqlanganidir. Hamid Olimjon ijodini, uning ertaklarini, doston-

larini xalqqa suyukli qilgan ham xalq ijodi bilan, folklor bilan

chambarchas bog‘langanidir.

“Alpomish” dostoni bo‘yicha amalga oshirilgan fundamental

ilmiy tadqiqotlar qatoriga akademik V.M.Jirmunskiyning o‘zbek

folklorshunosligi asoschisi Hodi Zarif bilan hamkorlikda yozilgan

122

Umarjon QODIROV


background image

“O‘zbek xalq qahramonlik eposi” (1947-yil) kitobini kiritish mumkin.

Kitobda “Alpomish” dostonining yaratilish davri, g‘oyaviy-badiiy

xususiyatlari, syujet, obrazlar tizimi, milliy versiya va variantlari-

ning o‘ziga xosliklari tahlil qilingan. Kitobda “Alpomish” dostoni

dunyo miqyosidagi buyuk bir epos ekani isbotlab berilgan.

“Alpomish” dostoni haqidagi muhim tadqiqotlardan yana biri

rus olimi Viktor Maksimovich Jirmunskiyning “Alpomish haqida epik

doston va Gomerning “Odisseya”si” nomli yirik maqolasidir. Ushbu

maqola 1957-yilda yozilgan. Muallif maqolada dostondagi syujet

liniyasini sinchiklab tahlil qiladi, obrazlarning har biriga alohida-

alohida xarakteristika beradi. Dostondagi voqealarni asarning

boshqa turkiy versiyalaridagi o‘xshash voqealarga qiyoslaydi.

Alpomish va Barchin obrazlarining genezisi masalalariga ham

batafsil to‘xtalib o‘tadi [Жирмунский 1999, 61-82]. Shuningdek,

maqolada “Alpomish” dostonining ikkinchi qismidagi qahramon-

ning qaytishi hikoyatini Gomerning “Odisseya”sidagi Odisseyning

qaytishiga qiyoslaydi. Yana doston syujetidagi ayrim epizodlarni

Yevropa xalqlari folklorida shunga o‘xshash o‘rinlarga solishtiradi

(masalan, qahramonning o‘z xotinining to‘yi ustidan chiqib qolishi).

“Alpomish” dostoni sinchiklab tahlil qilingan tadqiqotlardan

yana biri o‘zbek folklorshunosligining asoschisi Hodi Zarifning

(1905-1972) “Alpomish” dostonining asosiy motivlari” deb nom-

langan maqolasidir. Bu maqola Hodi Zarifning “Sharq yulduzi”

jurnalining 1957-yil 1-sonida va 1959-yilda nashr etilgan “Об

эпосе “Алпамыш” to‘plamida e’lon qilingan maqolalari asosida

tayyorlanib, 1999-yilda chop qilingan “Alpomish” – o‘zbek xalq

qahramonlik eposi” to‘plamida e’lon qilingan.

Hodi Zarif maqolada, avvalo, dostonning yuzaga kelish davri

haqidagi fikrlarga oydinlik kiritishga harakat qilgan. U, avvalo,

“Alpomish” dostoni O‘rta Osiyoga qalmoq bosqinchilari bostirib

kirgan davrga, ya’ni XVII XVIII asrlarga tegishlidir, degan farazlar-

ning mutlaqo asossiz ekanini isbotlaydi. Hodi Zarif dostonning

yuzaga kelish davrini O‘rta Osiyoga mo‘g‘ul bosqini yetib kelishidan

oldin, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. Shuningdek, maqola muallifi

“Alpomish” dostonida islomgacha bo‘lgan inonch va tasavvurlar

ham mavjudligi ushbu asarning asoslari juda qadimiy ekanligidan

dalolat berishini ta’kidlaydi. Hodi Zarif “Alpomish” so‘zining

etimologiyasi xususida ham qimmatli mulohazalar bildiradi

[Зарифов 1999, 24-46].

Folklorshunos olim “Alpomish” dostonining yaratilgan joyi

masalasida ham o‘z fikrini bayon qilib o‘tadi. Hodi Zarif doston

123

“Alpomish” dostonining o‘rganilishi


background image

versiya va variantlarida Alpomish va Barchinning vatani sifatida

turli joylar zikr qilinganini, xususan, Boysun, Boysun-Qo‘ng‘irot,

Jiydali Boysin, Boysun-Sherobod kabi joy noylari kelishini aytadi.

Keyin “Boysun”ning aynan qaysi hududda joylashgani xususida

bahs yuritadi.

Hodi Zarif turli manbalardagi xilma-xil faktlarni keltirib,

ularni tahlil qilgach, Boysun qadimgi Xorazmdagi joy nomidir, degan

xulosaga keladi.

Albatta, Hodi Zarifning ushbu xulosasi munozarali va bu

masala yana-da jiddiy tadqiqotlarni talab qiladi.

Hodi Zarif bu maqolada ancha salmoqli o‘rinni 1952-yilda

“Alpomish” dostoniga jiddiy ayblovlar qo‘ygan A.Abdunabiyev va

A.Stepanovlarning fikrlariga raddiya bildirishga ajratgan. Ma’lumki,

bu ikki muallif dastlab 1952-yilda “Pravda Vostoka” gazetasining

29-yanvar sonida, “Literaturnaya gazeta”ning 1952-yil 14-fevral

sonida, “Zvezda Vostoka” jurnalining 1952-yil 2-sonida “Alpomish”

dostonini hokim sinflar manfaatini yoqlovchi reaksion asar sifatida

qoralab maqolalar yozgan edilar. Shu tariqa “Alpomish” dostoni ikki

yilga yaqin qatag‘on qilingan asar sifatida “badarg‘a” qilindi.

Lekin bu uzoqqa bormadi. 1954-yildayoq Moskvada

o‘tkazilgan kengashda Hodi Zarif va Mansur Afzalovlar “Alpomish”

dostoni asl xalqchil milliy epos ekanligini aytib, uni o‘rganish uchun

maxsus ilmiy konferensiya o‘tkazish lozimligini aytdilar.

Hodi Zarif dostondan keltirilgan jonli misollar yordamida

A.Abdunabiyev va A.Stepanovlarning ayblovlari mutlaqo asossiz

ekanligini isbotlaydi. Maqolada xulosa sifatida “Alpomish” dostoni

chinakam xalq qahramonlik eposi, u o‘zbek xalqining eng buyuk

adabiy obidalaridan biri ekanligi aytilgan, ta’kidlangan.

Professor Bahodir Sarimsoqovning “Alpomish” eposi

haqida uch etyud” maqolasi ushbu doston haqida qirq yilga yaqin

vaqt davomida shakllanib qolgan ko‘pgina qarashlarni o‘zgartirib

yubordi. Folklorshunos olim 1950-yillarning oxirida akademik

V.M.Jirmunskiyning “Alpomish” haqidagi rivoya va bahodirlik

ertagi” nomli asarida ilgari surilgan ilmiy gipoteza (taxmin)

ga raddiya bildiradi. Akademik V.M.Jirmunskiyning bu ilmiy

taxminiga ko‘ra, “Alpomish” eposining asosida bahodirlik ertaklari

yotadi. B.Sarimsoqovning fikricha, qahramonlik eposining tarixiy

asoslarini bahodirlik ertaklariga olib borib bog‘lash mohiyatan

eposni xalq tarixidan, real voqelikdan ayricha olib qarashga olib

boradi. Maqola muallifi o‘z fikrini davom ettirib, qahramonlik

eposi hamma vaqt urug‘, qabila yoki xalqning nisbatan aniq tarixiy

124

Umarjon QODIROV


background image

voqealarini ertak orqali emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri, o‘ziga xos

sinkretik shaklda aks ettirishini ta’kidlaydi. B.Sarimsoqovning e’tirof

etishicha, qahramonlik eposi bahodirlik ertaklari asosida emas,

aksincha, bahodirlik ertaklari qahramonlik eposi asosida yuzaga

keladi.

Umuman, professor B.Sarimsoqovning ushbu maqoladagi

fikrlari “Alpomish” dostoni haqida uzoq yillar davomida shakllanib

qolgan qarashlarni ma’lum darajada o‘zgartirishga erishgan.

Maqoladagi ayrim qarashlar munozarali.

Folklorshunos olim, akademik To‘ra Mirzayevning

“Alpomish” dostoni, uning versiya va variantlari” nomli maqolasida

ushbu eposning qisqacha tarixi yoritilgan. Olimning ta’kidlashicha,

“Alpomish” dostoni xalq orasida og‘zaki ijroda asrlar davomida

kuylab kelingan bo‘lsa-da, ilmiy doiralarga 1890-yildagina ma’lum

bo‘lgan. Rus sharqshunosi Y.F.Kal o‘z kundaligida 1890-yilning

oktabr oyida Termiz shahri yaqinidagi Solihobod qishlog‘ida

Omonnazar ismli baxshidan uch soat davomida doston tinglaganini

yozib qoldirgan. Rus olimining bu tinglagan dostoni “Alpomish”

bo‘lishi ehtimolga yaqinligini yozadi T.Mirzayev.

Maqolada “Alpomish” dostonining qoraqalpoq, qozoq, tatar,

boshqird, oltoy, tojik versiyalarining o‘rganilishi xususida ham

fikrlar bayon etilgan. So‘ng T.Mirzayev doston o‘zbek versiyalarining

o‘rganilish tarixi xususida batafsil to‘xtalib o‘tadi. Dostonning

turli xalq baxshilari ijrosida turli mutaxassislar tomonidan yozib

olinishi, bu yozib olingan variantlarning kimlar tomonidan nashrga

tayyorlangani kabi ma’lumotlarni ham batafsil keltirib o‘tadi.

Akademik

To‘ra

Mirzayevning

ushbu

maqolasini

“Alpomish” dostoni o‘rganilishining tarixini yorituvchi tadqiqot

sifatida baholash mumkin.

Adabiyotlar

Ёрматов И.Т. 1994.

Ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси поэтикаси.

ДДA.

Тошкент.

Жирмунский В.М. 1960.

“Сказание об Алпамыше” и богатырская сказ

-

ка.

Москва: Восточная литература.

Жирмунский В.М. 1999.

Алпомиш ҳақида эпик достон ва Гомернинг

“Одиссея”си

. “Алпомиш” – ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси.

Тошкент: Фан.

Жирмунский В.М., Зарифов Ҳ.Т. 1947.

Узбекский народный героический

эпос.

М.: ГИХЛ.

Жуманазарова Г.У. 2017.

Фозил Йўлдош ўғли достонлари тилининг

лингвопоэтикаси.

АДД. Тошкент.

Зарифов Ҳ.Т. 1959.

Основные мотивы эпоса Алпамыш

. Об эпосе

125

“Alpomish” dostonining o‘rganilishi


background image

Алпамыш”. Ташкент: Фан. – B. 6-25.

Зарифов Ҳ.Т. 1999.

“Алпомиш” достонининг асосий мотивлари

. “Алпо

-

миш” – ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси. Тошкент: Фан. B.

24-46.

Ингёнг О. 2014.

“Алпомиш” ва “Жумўнг” достонларининг қиёсий типо

-

логик таҳлили.

ДД. Тошкент.

Мирзаев Т. 1999.

“Алпомиш” достони, унинг версия ва вариантлари.

“Алпомиш” – ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси. Тoшкент:

Фан. – B. 3-11.

Расулов Р. 1975.

Синтаксические связи между словами в дастане

“Алпамыш”.

АКД. Ташкент.

Турсунов С. 1990.

Лексические особенности дастана “Алпамыш”.

АКД.

Ташкент. С. 19.

Ходжиев Ю.Н. 2020.

“Алпомиш” достонидаги шахс маънавий сифатла

-

рини ифода этувчи атов бирликларнинг семантик-струк

-

тур, концептуал ва лексикографик хусусиятлари.

Ф.ф.ф.

доктори (PhD) диссертацияси. Тошкент.

Юлдашева С.Н. 1984.

Поэтика узбекского народного героического

эпоса “Алпамыш”.

АКД. Ташкент.

Ҳамид Олимжон. 1999.

Сўз боши ўрнида. “Алпомиш” достонининг

биринчи нашрига ёзилган сўз боши

. Алпомиш – ўзбек халқ

қаҳрамонлик эпоси. Тошкент: Фан.

Мадиримова, С. М. (2018). О СЮЖЕТЕ ПОЭМЫ «АШИК ГАРИБ И ШАХ

-

САНАМ».

Редакционная коллегия

, 109.

Madirimova, S. (2023). “SHOHSANAM VA G ‘ARIB” DOSTONI MANBALARI

HAQIDA.

Current approaches and new research in modern sci-

ences

,

2

(5), 37-42.

Журакузиев, Н. И. “Model of the world order in the literature and folklore of the

ancient Turkic peoples.” BULLETIN of the L.N. Gumilyov Eurasian

National University. Philology Series 134, no. 1 (2021): 23–36.

CАЙИТҚУЛОВ, И. А. (2019). STYLISTIC AND ARTISTIC FEATURES OF THE

WORK TEMUR-NAME. Иностранные языки в Узбекистане,

(4), 165-173.

Sayitkulov, I. A. (2019). USAGE OF TERM FOLKLORE BOOKS IN FOLKLORE

STUDIES AND DEVELOPMENT OF TEMURNOMA (“ LIFE OF

TIMUR”). Theoretical & Applied Science, (8), 7-10.

126

Umarjon QODIROV


background image

Study of the epic “Alpomish”

Umarjon Kodirov

1

Abstract

The article talks about the history of the study of the

«Alpomish» epic. Also, the versions of this saga recorded from

various folk traditions, their common and unique aspects were

studied. The version of this epic recorded by the son of Fazil Yuldosh,

a famous epic poet and representative of Bulungur epic school,

which is the most perfect and artistically perfect copy, therefore,

this copy is the basis of many studies on the epic. Opinions have

been expressed. The article also analyzes the research of the famous

Russian scientist V.M. Zhirmunsky on this poem. The work carried

out on the “Alpomish” poem was investigated in three directions. In

the first stage, information is given about the process of recording

the epic from the folk dances, when, from which dance, by whom it

was recorded, if the recorded copy was published, by whom was it

prepared for publication, if it was not published, in which treasure is

the manuscript kept.

Key words:

«Alpomish», epic, folklore, bakhshi, son of Fazil

Yuldosh, variant, version, Hodi Zarif, Bulungur school.

References

Hamid Olimjon. 1999.

So‘zboshi o‘rnida. “Alpomish” dostonining birinchi

nashriga yozilgan so‘zboshi

. Alpomish – o‘zbek xalq

qahramonlik eposi. Toshkent: Fan.

Hodi Zarif. 1999.

“Alpomish” dostonining asosiy motivlari

. “Alpomish” –

o‘zbek xalq qahramonlik eposi. Toshkent: Fan.

Ingyong O. 2014.

“Alpomish” va “Jumo‘ng” dostonlarining qiyosiy tipologik

tahlili.

DD. Toshkent.

Jirmunskiy V.M. 1960.

“Skazaniye ob Alpamishe” i bogatirskaya skazka.

Moskva: Vostochnaya literatura.

Jirmunskiy V.M. 1999.

Alpomish haqida epik doston va Gomerning

“Odisseya”si

. “Alpomish” – o‘zbek xalq qahramonlik eposi.

1

Kodirov Umarjon Akramjon o‘g‘li

– teacher, Tashkent State University of Uzbek

Language and Literature named after Alisher Navo’i.

E-pochta

: umarqodirov6669@gmail.com

ORCID ID

: 0000-0002-6869-4315

Iqtibos uchun

: Kodirov, U. 2023. “Study of the epic “Alpomish”.

Uzbekistan:

language and culture. Literature

2 (2)

:

117-128.

127

“Alpomish” dostonining o‘rganilishi


background image

Toshkent: Fan. B. 61-82.

Jirmunskiy V.M., Zarifov H.T. 1947.

Uzbekskiy narodniy geroicheskiy epos.

M.: GIXL.

Jumanazarova G.U. 2017.

Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li dostonlari tilining

lingvopoetikasi.

ADD. Toshkent.

Mirzayev T. 1999. “Alpomish” dostoni, uning versiya va variantlari.

“Alpomish” – o‘zbek xalq qahramonlik eposi. Toshkent: Fan.

Rasulov R. 1975.

Sintaksicheskiye svyazi mejdu slovami v dastane

“Alpamish”.

AKD. Tashkent.

Tursunov S. 1990.

Leksicheskiye osobennosti dastana “Alpamish”.

AKD.

Tashkent.

Xodjiyev Y.N. 2020.

“Alpomish” dostonidagi shaxs ma’naviy sifatlarini ifoda

etuvchi atov birliklarning semantik-struktur, konseptual va

leksikografik xususiyatlari.

f.f.f.doktori (PhD) dissertatsiyasi.

Toshkent.

Yormatov I.T. 1994.

O‘zbek xalq qahramonlik eposi poetikasi.

DDA. Toshkent.

– B. 53.

Yuldasheva S.N. 1984.

Poetika uzbekskogo narodnogo geroicheskogo eposa

“Alpamish”.

AKD. Toshkent.

Zarifov H.T. 1959.

Osnovniye motivi eposa Alpamish

. Ob epose Alpamish”.

Tashkent: Fan.

Мадиримова, С. М. (2018). О СЮЖЕТЕ ПОЭМЫ «АШИК ГАРИБ И ШАХ

-

САНАМ».

Редакционная коллегия

, 109.

Madirimova, S. (2023). “SHOHSANAM VA G ‘ARIB” DOSTONI MANBALARI

HAQIDA.

Current approaches and new research in modern sci-

ences

,

2

(5), 37-42.

Журакузиев, Н. И. “Model of the world order in the literature and folklore of the

ancient Turkic peoples.” BULLETIN of the L.N. Gumilyov Eurasian

National University. Philology Series 134, no. 1 (2021): 23–36.

CАЙИТҚУЛОВ, И. А. (2019). STYLISTIC AND ARTISTIC FEATURES OF THE

WORK TEMUR-NAME. Иностранные языки в Узбекистане,

(4), 165-173.

Sayitkulov, I. A. (2019). USAGE OF TERM FOLKLORE BOOKS IN FOLKLORE

STUDIES AND DEVELOPMENT OF TEMURNOMA (“ LIFE OF

TIMUR”). Theoretical & Applied Science, (8), 7-10.

128

Umarjon QODIROV

Библиографические ссылки

Ёрматов И.Т. 1994. Ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси поэтикаси. ДДA. Тошкент.

Жирмунский В.М. 1960. “Сказание об Алпамыше” и богатырская сказка. Москва: Восточная литература.

Жирмунский В.М. 1999. Алпомиш ҳақида эпик достон ва Гомернинг “Одиссея”си. “Алпомиш” – ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси. Тошкент: Фан.

Жирмунский В.М., Зарифов Ҳ.Т. 1947. Узбекский народный героический эпос. М.: ГИХЛ.

Жуманазарова Г.У. 2017. Фозил Йўлдош ўғли достонлари тилининг лингвопоэтикаси. АДД. Тошкент.

Зарифов Ҳ.Т. 1959. Основные мотивы эпоса Алпамыш. Об эпосе Алпамыш”. Ташкент: Фан. – B. 6-25.

Зарифов Ҳ.Т. 1999. “Алпомиш” достонининг асосий мотивлари. “Алпомиш” – ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси. Тошкент: Фан. B.

-46.

Ингёнг О. 2014. “Алпомиш” ва “Жумўнг” достонларининг қиёсий типологик таҳлили. ДД. Тошкент.

Мирзаев Т. 1999. “Алпомиш” достони, унинг версия ва вариантлари. “Алпомиш” – ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси. Тoшкент: Фан. – B. 3-11.

Расулов Р. 1975. Синтаксические связи между словами в дастане “Алпамыш”. АКД. Ташкент.

Турсунов С. 1990. Лексические особенности дастана “Алпамыш”. АКД. Ташкент. С. 19.

Ходжиев Ю.Н. 2020. “Алпомиш” достонидаги шахс маънавий сифатларини ифода этувчи атов бирликларнинг семантик-струк-тур, концептуал ва лексикографик хусусиятлари. Ф.ф.ф.

доктори (PhD) диссертацияси. Тошкент.

Юлдашева С.Н. 1984. Поэтика узбекского народного героического эпоса “Алпамыш”. АКД. Ташкент.

Ҳамид Олимжон. 1999. Сўз боши ўрнида. “Алпомиш” достонининг биринчи нашрига ёзилган сўз боши. Алпомиш – ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси. Тошкент: Фан.

Мадиримова, С. М. (2018). О СЮЖЕТЕ ПОЭМЫ «АШИК ГАРИБ И ШАХСАНАМ». Редакционная коллегия, 109.

Madirimova, S. (2023). “SHOHSANAM VA G ‘ARIB” DOSTONI MANBALARI HAQIDA. Current approaches and new research in modern sci-

ences, 2(5), 37-42.

Журакузиев, Н. И. “Model of the world order in the literature and folklore of the ancient Turkic peoples.” BULLETIN of the L.N. Gumilyov Eurasian National University. Philology Series 134, no. 1 (2021): 23–36.CАЙИТҚУЛОВ, И. А. (2019). STYLISTIC AND ARTISTIC FEATURES OF THE WORK TEMUR-NAME. Иностранные языки в Узбекистане,

(4), 165-173.

Sayitkulov, I. A. (2019). USAGE OF TERM FOLKLORE BOOKS IN FOLKLORE

STUDIES AND DEVELOPMENT OF TEMURNOMA (“ LIFE OF TIMUR”). Theoretical & Applied Science, (8), 7-10.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов