Shoir, she’r va so‘z uchligining badiiy-estetik, liro-publitsistik talqinlari

CC BY f
25-36
23
32
Поделиться
Абдулхакимова, О. (2023). Shoir, she’r va so‘z uchligining badiiy-estetik, liro-publitsistik talqinlari . Узбекистан: язык и культура, 2(2), 25–36. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol2-iss2-y2023-pp25-36
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Abdulla Oripovning adabiy-estetik qarashlari falsafasi zamirida so‘zning qimmati, she’rning ahamiyati, adabiyotning
ma’naviy-tarbiyaviy vazifasi katta ahamiyat kasb etishi tahlil etildi. Shoir, she’r va so‘z uchligi Abdulla Oripov adabiy-estetik qarashlarining asosini tashkil etishi, “Ehtiyoj farzandi” maqolasida shoir ijodkor shakllanishining uch bosqichini ajratib ko‘rsatishi, shoir, she’r va so‘z uchligi bilan bog‘liq fikrlari Abdulla Oripovning adabiy-estetik konsepsiyasi yuksak talablarga asoslanganini ko‘rsatishi barobarida, ijod ahlini o‘z-o‘zini taftish qilishga, ijodiy kamolot yo‘lida muttasil izlanishga da’vat etishi jihatidan hech bir zamonda o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligi yoritildi.


background image

ISSN 2181-922X

25

36

Shoir, she’r va so‘z uchligining badiiy-estetik,

liro-publitsistik talqinlari

(Abdulla Oripov ijodi misolida)

Oybarchin Abdulhakimova

1

Abstrakt

Ushbu maqolada

Abdulla Oripovning adabiy-estetik qarashlari

falsafasi zamirida so‘zning qimmati, she’rning ahamiyati, adabiyotning

ma’naviy-tarbiyaviy vazifasi katta ahamiyat kasb etishi tahlil etildi.

Shoir,

she’r va so‘z uchligi Abdulla Oripov adabiy-estetik qarashlarining asosini

tashkil etishi, “Ehtiyoj farzandi” maqolasida shoir ijodkor shakllanishining

uch bosqichini ajratib ko‘rsatishi, shoir, she’r va so‘z uchligi bilan bog‘liq

fikrlari Abdulla Oripovning adabiy-estetik konsepsiyasi yuksak talablarga

asoslanganini ko‘rsatishi barobarida, ijod ahlini o‘z-o‘zini taftish qilishga,

ijodiy kamolot yo‘lida muttasil izlanishga da’vat etishi jihatidan hech bir

zamonda o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligi yoritildi.

Kalit so‘zlar:

shoir, she’r, so‘z, adabiy-estetik mezon, konseptual

fikrlar, ijodiy-intelektual, badiiy konteks, ijodiy niyat, kechinma, obrazlilik.

Kirish

Shoir, she’r va so‘z uchligi badiiy ijod jarayonining asos-

mohiyatini tashkil etadigan tushunchalardir. Abdulla Oripov ushbu

uchlikni bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda idrok etgan. Uning

uchun so‘z - hamma narsa degani. “To‘g‘ri, odam bolasi adabiyotsiz

ham o‘lmay yashashi, aniqrog‘i, kun kechirishi mumkin. Biroq bunday

tirikchilikka havas qilib bo‘larmikan?!” – deb yozadi shoir [Oripov

2013, 261]. Ma’lum bo‘ladiki, ijodkor so‘z san’atini tiriklikning

mazmuni deb biladi. Adabiyotsiz hayotda ma’no ko‘rmaydi. Ta’kid-

lash kerakki, Abdulla Oripov bu o‘rinda ijodkorni emas, umuman,

insonni nazarda tutgan. Modomiki, so‘z san’ati bilan oshno bo‘lish,

uni idrok etish jamiyatning har bir a’zosi uchun shu qadar zarur

1

Abdulhakimova Oybarchin Nurboy qizi

– filologiya fanlari bo‘yicha falsafa

doktori (PhD), Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

universiteti.

E-mail:

abdulhakimovaoybarchin@gmail.com

ORCID ID:

0000-0003-2428-7547

Iqtibos uchun:

Abdulhakimova, O. 2023. “Shoir, she’r va so‘z uchligining, badiiy-

estetik, liro-publitsistik talqinlari (Abdulla Oripov ijodi misolida)”.

O‘zbekiston: til

va madaniyat. Adabiyotshunoslik

2(2): 25-36.

25

Uzbekistan: Language and Culture 2023/2(2)


background image

ekan, shoir uchun hayot-mamot masalasiga aylanadi.

Asosiy qism

Shoir, she’r va so‘z birligining asosi nimada? So‘z she’rga

aylanar ekan, shoir nimalarga e’tibor qaratishi zarur? Abdulla Oripov

fikricha: “Umr qisqa, uni tajribalar uchungina isrof qilib qo‘ymaslik

kerak. Adabiyotdagi muvaffaqiyatni faqat shakliy izlanishlargina

ta’minlamaydi. Ular nechog‘li zamonaviy va ilg‘or bo‘lmasin, she’rda

ruh va mazmun muhimdir” [Oripov 2013, 211]. Bu fikrda shoirning

so‘z va she’rga munosabati, boshqacha aytganda, ijodkorning

adabiy-estetik mezoni aks etgan. Shoir she’rga va uni tashkil

etuvchi har bir so‘zga katta mas’uliyat bilan yondashmog‘i zarur.

Chunki uning ijod qilishi uchun belgilangan muddat o‘lchovli va bu

shoirning ixtiyoridan tashqaridagi voqelik. Shunday ekan, ijodiy

umrni faqat shakliy izlanishlargagina sarflash ma’qul emas. Abdulla

Oripov nazdida: “...she’rda ruh va mazmun muhimdir”. To‘rt so‘z va

bir bog‘lovchidan iborat ushbu fikr barcha davrlar ijodkorlari uchun

adabiy-estetik mezon bo‘la oladi. Abdulla Oripov she’riyati ana shu

mezonga to‘liq va mukammal javob bera oladi. Ushbu muxtasar va

yuksak talabga javob bera oladigan shoir ko‘pmi? Ana shu mezonga

muvofiq kela oluvchi she’rlar qancha miqdorni tashkil etadi? Agar

shu kabi savollar o‘rtaga qo‘yilsa, shoir, she’r va so‘z uchligining

nechog‘lik bir-birini taqozo etishi, agar ulardan birortasi ishtirok

etmasa, haqiqiy badiiyat namunasi yaratilishi mumkin emasligi ayon

bo‘ladi.

Ijodkorning shoir, she’r va so‘z uchligiga doir konseptual

fikrlari “Onajonim, she’riyat” sarlavhali she’rida, ayniqsa, mukammal

aks etgan:

Har qismatga har kimning

Davroni sabab bo‘lgay,

She’r un cheksa shoirning

Armoni sabab bo‘lgay,

Men faxr etsam, umrimning

Har oni sabab bo‘lgay,

Eng oliy baxtim mening,

Onajonim, she’riyat,

Topgan toj-taxtim mening,

Jonajonim, she’riyat.

She’r so‘zlardan tarkib topadi va shoirning “men”ini ifoda

26

Oybarchin ABDULHAKIMOVA


background image

27

Shoir, she’r va so‘z uchligining badiiy-estetik, liro-publitsistik talqinlari (Abdulla Oripov ijodi misolida)

etadi. Birorta she’r yo‘qki, unda shoirning dunyoqarashi, adabiy-

estetik mezonlari, ijodiy-intellektual darajasi aks etmagan bo‘lsin.

Yuksak iste’dod bilan yaratilgan she’rda shoir timsolida millatning

orzu-umidlari, armon-hasratlari, yuksak ideallari tajassum topadi.

“She’r un cheksa shoirning Armoni sabab bo‘lgay” degan satr

shundan dalolat beradi.

Abdulla Oripov yuksak iste’dod egasi bo‘lishiga qaramay,

she’r ustida, zarur bo‘lsa, har bir so‘z ustida tinimsiz zahmat

chekkan ijodkordir. “Abdulla Oripov she’riyat bilan birga o‘sdi,

ulg‘aydi. Xuddi tuyg‘ulari kamol topib, cho‘nglashib borgani kabi

adabiyotga qarashi, uning masalalariga muayyan munosabati ham

shakllanib bordi. Har bir odam o‘ziga xos individual qobiliyat

va intellekt sohibi. Lekin buning o‘zi yetarli emas. Odam ma’lum

sohada muayyan natijaga erishishi uchun, albatta, ilmiy va amaliy

maktablarni o‘tamog‘i lozim” [Davlatova 2022, 16]

Shoir fikricha, haqiqiy ijodkor o‘z-o‘zini tanqid qilib turishi,

so‘zni isrof qilmasligi, she’rni muqaddas bilishi zarur. “Ehtiyoj

farzandi” kitobiga kirgan “Ustozlar sabog‘i” maqolasida: “Yosh

shoirlarimiz o‘z-o‘zlarining iste’dod darajalarini bilishlari uchun

ularga faqat buyuk salaflarninggina emas, balki zamondosh

ustozlarning ijodlari ham mezon bo‘la oladi” degan fikrlari har bir

yetishib chiqayotgan yosh ijodkorlar uchun birdek ahamiyatlidir.

Shoir o‘zi ham ijod jarayoniga kirib kelar ekan, ustozlari ijodini

chuqur o‘rganib, ulardan olgan bilimlaridan foydalangan holda ko‘p

va xo‘b ijod qildi. Abdulla Oripov yoshlarning ijodi mavzu jihatdan

salmoqdor bo‘lishini, shakl jihatidan pishiq bo‘lishini juda ham

istaydi va shunday fikrlarni o‘z maqolasida quyidagicha keltiradi:

“Lekin shogird-shogird bo‘lishi uchun ustozning san’atini egallagan,

unga yangilik qo‘shgan bo‘lishi lozim-ku!” [Oripov 2011, 88]. Abdulla

Oripov ustozlarining ijodini chuqur o‘rgangan, ularning ijodidan

ta’sirlangan o‘rinlari bo‘lsa-da, o‘zining asarlari bilan adabiyotga

o‘zgacha ohang bo‘lib kirib kela olgan shoirlardan biri.

Abdulla Oripov “Ehtiyoj farzandi” maqolasida: “Doimiy boyib

boradigan bilim, mudom o‘sib, yuksaladigan did va saviya, muntazam

mehnat bo‘lmasa, ijodkor zamon bilan barobar yurolmay, yana

oqsab qoladi” [Oripov 2011, 22], degan fikrlarni bildiradi. Bu o‘rinda

tilga olingan bilim, did va saviya, muntazam mehnatdan murod

aynan so‘zni sevish, uni nozik his etish, yuksak darajada qadrlashdir.

Chunki ijodkor so‘z bilan ishlaydi. Uning iste’dodi darajasini ham,

asarining badiiyat talablariga qanchalik javob berishini ham so‘zga

bo‘lgan mas’uliyat belgilaydi. Abdulla Oripovning: “Ma’lum did va


background image

28

Oybarchin ABDULHAKIMOVA

saviyaga ega bo‘lmagan ijodkor adabiyotning birinchi elementi

bo‘lmish tilning o‘zidayoq kimligini bildirib qo‘yadi”, degan fikri

ham buning isbotidir. Shoir asarlarining tili shu qadar mukammalki,

she’rlariga biror so‘zni qo‘shish ham, biror jumlani qisqartirish ham

imkonsizdir.

She’r, shoir va so‘z uchligining badiiy-estetik asosini

Abdulla Oripov quyidagicha ifodalaydi: “She’rning ta’sirchanligini

ta’minlaydigan komponentlarni sanab o‘tirishning ham hojati yo‘q.

Bunga samimiylik ham, har bir so‘zning yelkasiga mos kayfiyatlar,

turfa xil ohanglari yuklay bilish ham, nihoyat, she’rning loyini

nihoyasiga yetkazib qora bilish, ya’ni uni tugallangan, mukammal

bir asarga aylantira bilish san’ati ham kiradi” [Oripov 2001, 19].

Ayon bo‘lyaptiki, ijodkor she’r yuksak talablarga javob berishi uchun

so‘z shoir ruhiyatini to‘laqonli ifodalashi

(har bir so‘zning yelkasiga

mos kayfiyatlar yuklash)

, har bir so‘zga va shoir ruhiyatiga munosib

ohangda jaranglashi

(turfa xil ohanglari yuklay bilish)

, shoir, she’r va

so‘z bir vujudga aylanishi natijasi sifatida har bir so‘z, har bir jumlani

tanlash ustida zahmat chekish

(she’rning loyini nihoyasiga yetkazib

qora bilish)

zarur bo‘ladi. Shundagina she’r tugallangan, mukammal

asarga aylanadi va shoirga sharaf keltiradi. Ijodkor bu o‘rinda shoir,

she’r va so‘z uchligining o‘zaro nechog‘lik aloqador ekani, biri

ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmasligini mukammal ifodalagan.

She’riyat – inson ko‘nglini yoritguvchi quyosh kabidir. U

insonning hissiyotlarini, dardlarini, quvonch-u g‘amlarini o‘zida aks

ettiradi. “She’r ko‘pincha dard ifodasidir. U kamdan kam hollarda

quvonchdan tug‘iladi. She’r – qayg‘uning o‘z, quvonchning esa o‘gay

bolasi” [Yo‘ldoshev 2018, 245]. Shoirlar she’riyat va badiiy so‘zga

doir qarashlari bilan bir-biridan farq qiladi. Abdulla Oripov inson-

ning ko‘nglini, uning tuyg‘ularini erkin ifoda eta olgan shoirlardan

edi. Abdulla Oripov she’rlarining mavzu ko‘lami keng, asarlaridan

qay bir mavzuni izlamang, unga tegishli she’r albatta topiladi. Bu

haqida Qozoqboy Yo‘ldoshev ham: “Abdulla Oripov o‘zbek she’riya-

ti osmonida daf’atan mitti yulduzday charaqlab chiqdi, tor doira-

larda siqila boshlagan milliy she’riyatimizga kenglik, toza nafas,

dilgir navolar olib kirdi” [G‘aniyev 2021, 59], deya shoir ijodini

yuqori baholagan. Abdulla Oripovning she’riyatga doir maqolalari

va albatta, ushbu mavzuga bag‘ishlangan she’rlari ham talaygina.

Bu yaratiqlar adabiyot rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Abdulla Oripov she’r va shoirlikka oid o‘ttizga yaqin she’rlar

bitdi. Bu mavzuga doir fikr-mulohazlarini o‘z maqolalarida yoritdi.

Abdulla Oripovning “She’riyat” (1964), “Shoir” (1967), “Onajonim


background image

29

Shoir, she’r va so‘z uchligining badiiy-estetik, liro-publitsistik talqinlari (Abdulla Oripov ijodi misolida)

she’riyat” (1979), “Shoir” (2007), “Shoirning yaratilishi” (2008),

“…She’r yozish tengdir” (2013) g‘azali, “Ko‘ngil mulki” (2013), “Shoir”

(2015) nomli asarlari ayni shu mavzuga bag‘ishlangan.

Abdulla Oripov “Ehtiyoj farzandi” maqolasida badiiy so‘zga

doir qarashlari aniq tasvirlanadi, bu maqolada shoir ijodkorning

shakllanishini uch bosqichga ajratadi:

1) she’riyat – ko‘ngil ishi, bu bosqichda shoirda samimiylik,

ya’ni bolalikning toza, beg‘ubor, osuda, sho‘xchan tuyg‘ulari yuqori

o‘rinda turadi, deb hisoblaydi.

2) ikkinchi bosqichda endi inson va ijodkor shakllanadi – asli-

da ijodkor shaxsning shakllanishi insoniyat uchun asrlar davomida

odat tusiga kirgan an’anaviy qonun qoidalarga nisbatan birmuncha

ayricha – o‘ziga xosdir. Bunday shaxslarda hissiyot goho birinchi

o‘ringa chiqib ketadi, ammo endi shoirni bu bosqichda murakkab

borliq o‘rab oladi. A. Oripovning fikricha, shoirning qimmatini- chi

-

nakam hissiyot, samimiyat, yuksak mahorat belgilab beradi.

3) mahoratni yetarlicha egallay olmagan qalamkash adabiyot-

da o‘ralashib yurish yo‘liga o‘tadi. Unda mukofotlar bilan o‘zini ovu-

tish kabi san’atkorga nomunosib xatti-harakatlar ko‘rina boshlaydi.

Qusurini ko‘rsatgan tanqidchilikka qarshi sintetik qilichini o‘qtaydi.

Doimiy boyib boradigan bilim, mudom o‘sib yuksaladigan did va sa-

viya, muntazam mehnat bo‘lmasa, ijodkor zamon bilan barobar

yurolmay, yana oqsab qoladi, degan xulosalarga keladi.

Abdulla Oripovning ijodkor shakllanishidagi bu fikrlari ada-

biyotshunoslik uchun muhim fikrlar hisoblanadi. Chinakam ijod

-

korlargina ikki bosqichni go‘zal tarzda bosib o‘tadi. Abdulla Oripov

“Ehtiyoj farzandi” asarida Gegel va Gyotening shunday fikrlarini

keltiradi: “Gegel tabiat va jamiyat qonunlarini tushuntirish uchun

triada (uchlik) terminini qo‘llagan. Uning ta’kidlashicha, taraqqi-

yot uch bosqichni bosib o‘tadi. Gyote bo‘lsa, she’riyat ham ana

shu bosqichdan o‘tadi, degan. Uning triadiasi bosqichlari – sodda-

lik, murakkablik va tag‘in soddalik. Pushkin, Lermontov, Yesenin,

Hamid Olimjon she’rlari ana shu so‘nggi bosqichning mahsulidir,

ular yaratgan she’rlar bir qarashda oddiy tuyuladi. Ammo bu jo‘nlik

zamirida katta hayotiy tajriba, umumlashma, teran mavzu, burch

yotadi. Ayrimlar birinchi, ba’zilar esa ikkinchi bosqichda qolib keta-

di, uchinchi bosqichga ko‘tarilish – shoirning kamoloti, kuchli talan-

tidan nishonadir. Shu so‘nggi nuqtaga yetib olib ijod qilgan shoir-

lar juda-juda kam” [Oripov 1988, 107]. Aslida, Abdulla Oripovning

o‘zi ham shu shoirlar qatorida, uning she’rlarida ham katta hayotiy

tajriba poydevor vazifasini o‘tagan. Abdulla Oripov “dastlab tabiiy


background image

30

Oybarchin ABDULHAKIMOVA

ravishda bolalik, o‘smirlik shuurini egallagan xalq ijodiyoti asosida

shakllangan ijodiy jarayon keyinchalik oliy ta’lim, hayotiy va ijodiy

tajribalar natijasida kattalashib ulkan she’riyatga aylana bordi”

[Davlatova 2022, 20].

Abdulla Oripov badiiy so‘zni qo‘llash mahorati nihoyatda

keng. “Badiiy so‘z qamrovi nihoyatda keng bo‘lib, uning tarkibi-

ga lug‘at boyligimizdagi barcha so‘zlar, nutq jihatidan yondashilsa,

tarixiy, ilmiy, shevaga aloqador, shuningdek, turli ijtimoiy tabaqa

yoki qatlamga mansub so‘zlar kiradi. Binobarin, har bir so‘z ijod-

korning his-tuyg‘ularini, ideallarini hayotga munosabatini ifoda-

lab, uning ijodiy niyatlariga xizmat qila oladigan tarzda tanlanib,

badiiy konteksda qo‘llanilgandagina badiiy so‘zga aylanadi. Buning

uchun badiiy asardagi so‘z ijodkorning his-tuyg‘ulari, kechinmalari

bilan to‘yingan va o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lmog‘i lozim”

[Sarimsoqov 2004, 5]. Shu jihatdan Bahodir Sarimsoqov ta’biri bilan

aytganda, Abdulla Oripov she’riyati his-tuyg‘ular va kechinmalar

bilan to‘yingan she’riyatdir. Buni shoir she’riyatini o‘qigan har bir

o‘quvchi aniq his eta oladi. Shoir har bir so‘z ustida qattiq mehnat

qiladi. Birgina so‘zning ruhiyatiga va kayfiyatiga mos tushadigan eng

ma’qul variantini tanlay biladi va shoirning tanlovi butun millat-

ning tanloviga aylanadi. “Adabiyot, she’riyat obrazlilik bilan tirikdir.

“Ey yor, men seni sevaman”. Ana shu gapni Mirzo G‘olib “Ey yor, os

-

tonang oldida yotgan toshni nima qilarding nariga surib qo‘yib, axir,

u mening peshonamga urilaverib, o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketardi-ku!”

deb berishida juda kuchli obrazlilik barq urib turibdi”. Misol uchun,

Abdulla Oripov ijodida qo‘llangan “olomon” so‘ziga e’tibor qaratay-

lik. “Xalq”, “el”, “millat” kabi tushunchalar orasidan she’r uchun eng

maqbul bo‘lgan olomon so‘zining tanlanishi shoirning so‘z qo‘llash

mahorati g‘oyatda ideal ekanligidan dalolat beradi. Hatto aytish joiz-

ki, “olomon” so‘zini she’riyatga Abdulla Oripov olib kirdi. Undan ke-

yin hech kim bu so‘zdan uning kabi mahorat bilan foydalana olmadi,

obrazli qilib aytganda, “olomon” so‘zining qo‘llanish "litsenziya"si

faqat Abdulla Oripovga tegishli bo‘lib qoldi.

Abdulla Oripov ijodida uning so‘z qo‘llash mahorati falsafiylik

va satiriklikda o‘ziga xos namoyon bo‘ladi. Abdulla Oripov ijodining

ilk lahzalaridan boshlab, shoirlik va she’rni a’mol sifatida anglar

ekan, ulug‘ ne’mat mashaqqatini, mas’uliyatini unutmaslikni ulkan

vazifa o‘laroq qabul qildi. “Men – shoirman, istasangiz - shu” degan

konseptual g‘oyani ayta olish uchun ijodkor ham ruhan, ham ma’nan

tayyor, iste’dodini his eta olish salohiyati, taqdir izmidan keta bilish

jasorati yuksak bo‘lishi darkor. Biz bu kabi fazilatlarni ijodkorning


background image

31

Shoir, she’r va so‘z uchligining badiiy-estetik, liro-publitsistik talqinlari (Abdulla Oripov ijodi misolida)

ilk she’rlaridayoq yaqqol ko‘ramiz. “Shoirning tug‘ilishi” deb

nomlangan she’rda lirik qahramon o‘ta darajada istayotgan, lekin

qidirgani nima ekanligi mubham tuyg‘ularga cho‘madi.

Kuylay dedim, kuylayin dedim,

Kuylay dedim, ammo nimani?!

Umr yo‘lin o‘ylayin dedim,

Hislarimning qayda maskani?!

Shoir izlayotgan eng tansiq narsa bu so‘z, hislarining maskani

esa she’riyat edi. Agar “Shoirning tug‘ilishi” to‘plamida nashr

qilingan she’rlar to Abdulla Oripovning ilk to‘plami “Mitti yulduz”ga

qadar yozilganini e’tiborga oladigan bo‘lsak, 17-20 yoshlar davrida

bitilgani ma’lum bo‘ladi. Shoirning adabiyotshunoslikda deyarli

o‘rganilmagan “She’rimga” asari ham ana shu yillarga oiddir.

O‘y-u fikrim sen bilan yashar,

Sen bilandir shodligim, borim.

Tikilganda ko‘zim qamashar,

Ey o‘zimning she’rim – iqbolim.

Lirik qahramon va shoir shaxsiyati ayni bir nuqtada

birlashadi. Shu nuqtayi nazardan ham ushbu she’r avtopsixologik

xarakterga ega. Mitti asardagi katta niyat, farah, umid bir umr shoir

she’riyatining mayog‘i vazifasini o‘tagani rost. Shoir nainki shodlik,

balki yo‘g‘u borini ham she’riyat deb bildi. Xuddi usta musavvir shoh

asarini yaratib maftun bo‘lgani kabi haykaltarosh mahobatli obrazi

qoshida sururga to‘lganidek, mo‘jaz she’rlar shoir ko‘zlariga cheksiz

quvonch, yuragiga yoqimli epkin bag‘ishlaydi. Asarning yakunida

shoir niyatlari, iqrorlari yanada oydinlashib boradi. Agar “Shoirning

tug‘ilishi” she’rida izlayotgan narsasi neligini topa olmayotgan lirik

qahramonni ko‘rsak, bu asarga kelib, ijodkor bezovta qalbiga oromni

aynan she’riyat olamidan topganini ochiq yozadi. Hayotining ma’nosi

so‘z, adabiyot, she’riyat bilan chambarchas bog‘liqligini teran his

etadi.

Men hayotni senda tanidim,

Sendan topdim qalbning oromin.

Seni sevdim, Sevganim kabi

Shu elimning yomg‘irin, qorin.

Abdulla Oripov uslubining, she’r yozish texnikasining


background image

32

Oybarchin ABDULHAKIMOVA

o‘ziga xos jihati shundaki, qaysi mavzudagi asar bo‘lmasin, joiz

bo‘lsa Vatan, xalqni ham she’r mazmuniga mahorat bilan singdira

oladi. “Seni sevdim, Sevganim kabi” misrasida bir necha ma’nolarni

anglash mumkin. Birinchidan, shoir she’riga murojaat qilar ekan,

uni sevgilisi qadar sevishini yozsa, ikkinchidan esa she’ri unga elu

yurtining har zarrasi qadar qadrli ekanligiga nozik ishoralar bor.

Abdulla Oripovning ilk ijodidan o‘rin olgan yana bir she’r

“Baxt” deb nomlangan bo‘lib, shoirning asardan asarga, she’rdan

she’rga niyatlari cho‘nglashib, ulg‘ayib borayotganini kuzatish

mumkin:

She’r yozaman, qalbim daryosi,

Ilhom suvi bilan limmo-lim.

Qaysin yozay...o‘yga tolaman,

Qahramonlar qurshovida jim...

Endi u asarlari mazmuniga xalq idroki, orzu-umidi, serqirra

hayot madhini olib kirishni baxt deb biladi.

Abdulla Oripovning “She’r va shoirlik” to‘g‘risidagi yana bir

asari “G‘am-anduhdan yiroq turgin” deb nomlangan.

Hoy, sen hayot shov-shuv, bemazmun,

Toptading-ku sodda idrokni.

Yig‘la, she’rim yupatolmassan

Shoiringni, mangu g‘amnokni.

Asarda lirik qahramon kechinmalari yolg‘izlik, alam, ko‘z

yosh, yorug‘lik va saodatning tanqisligi motivlari bilan uyg‘un keladi.

Ijodkor o‘z davrining chinakam hodisasi edi, shuning uchun ijodi-

ning tonggida uni to‘laqonli anglovchilar, fikrlari, hatti-harakatlarini

daho iste’dod o‘laroq baholay oladiganlar sanoqli edi. Shuning uchun

shoirda yuqoridagi kabi yolg‘izlanish kayfiyati paydo bo‘laveradi,

yagona najot qal’asi sifatida “Onajon she’riyat” bag‘ridan orom

topaveradi. “Javob” she’rida esa yana so‘zning abadiyligi, ijodning

boqiyligini tarannum etadi. She’r mazmuni qisqacha shunday: lirik

qahramon ijodxonasiga kirsa, shamollar qo‘lyozmalarini har yonga

sochib yuboribdi, uchirib ketibdi. Shoir shamolga yuzlanar ekan,

“sen-ku qog‘ozlarni uchiribsan xolos, lekin har qancha urinma

undagi biror satrni joyidan ko‘chirolmaysan”, deydi.

Ko‘zimdan nur ketsa, yillar shamoli,

Uchirib ketsalar kipriklarimni...

Yo‘q, yo‘q! Ezgu ishning yo‘qdir maloli,

She’rim! Senga berdim tirik borimni.


background image

33

Shoir, she’r va so‘z uchligining badiiy-estetik, liro-publitsistik talqinlari (Abdulla Oripov ijodi misolida)

Shoir bir inson sifatida umrning o‘tkinchiligini inkor

etmaydi, kun kelib, beshafqat yillarning shamoli undagi kipriklar

qadar tiriklikni ham uchirib ketishini yaxshi his etadi. Lekin

she’rdagi finalning mantiqiy xulosasi, lirik qahramonning yaxshi

umidi shundaki, u hali hayotligidayoq o‘zini, o‘zligini, “men”ini

she’rlariga singdira borishidadir. Shuning uchun ijodkor o‘tkinchi

yillardan qo‘rqmaydi, chunki uning borlig‘i she’riyatiga jo bo‘lgan.

Abdulla Oripov dahosining buyukligi ham shunda, to odamzod bor

ekan adabiyotga, she’riyatga ehtiyoj sezaveradi. Bunda esa Abdulla

Oripov kabi har nafasda uyg‘oq ijodkorlarning adabiy merosi ruhiy

quvvat berishi tayin.

“Abdulla Oripov lirikasida hazrat Navoiyga ma’nan izdosh-

likka misol bo‘ladigan bu kabi jihatlar, misralar ko‘plab topiladi.

Masalan, o‘zbek mumtoz adabiyotida, jumladan Alisher Navoiy

ijodida so‘zni ulug‘lash, so‘zning qudrati va ta’sir kuchi, ilohiyligi

borasida islom falsafasi bilan sug‘orilgan qarashlar mavjud. “Xamsa”

dostonlarining muqaddimasida so‘z ta’rifiga maxsus alohida boblar

ajratilgan. Mutafakkir shoir Qur’oni Karim va Hadisi sharifga tayanib,

olam va odamning bunyod bo‘lishida

SO‘Z

vosita bo‘lganini badiiy

ifoda etadi” [Davlatova 2022, 34]. Mumtoz ijodkorlar kabi Abdulla

Oripov ham so‘z haqida fikr bildirar ekan, uni ilohiydan kelgan

mujda deb biladi. So‘zga ta’rif berib, uni payg‘ambar deb ataydi.

Bir qaraganda, o‘quvchida o‘zgacha taassurot qoldirishi mumkin.

Negaki payg‘ambarlar tarixi, anbiyolar haqidagi manbalarda asosan

insonlar nazarda tutiladi. To‘g‘ri, lekin Abdulla Oripov she’rda

mantiqiy fikrlash yo‘lidan boradi. Olamda faqatgina U va so‘z bor

edi, degan hikmatlar mavjud. Shunday ekan, Yaratganning ilk

payg‘ambari nega SO‘Z bo‘lmasin?!

So‘z asli payg‘ambar,

U bois balki

Odamzod tanigan o‘z Xudoyini.

Erigan temirning tomchisi kabi

O‘rtab yuborar u tekkan joyini.

“Men shoir she’rlarining eng muhim jihati – zabtkorligi

ularda teran idrokdan tug‘ilgan mungning beqiyos badiiyat bilan

ifodalanganida deb bilaman. Chiltor qillariday taralayotgan yomg‘ir,

xayolday yorishgan osmon, o‘chgan xotiralar chirog‘ini yoqqan

bahor, shamol shovillayotgan qadim bog‘lar, adir ortidagi yolg‘izoyoq

yo‘l, avgustning xazonli oqshomi, oqshom tumanida to‘ngan


background image

34

Oybarchin ABDULHAKIMOVA

yulduzlar – bularning bari ulug‘vor olamning sirli go‘zalligi, cheksiz

romantikasi bilan inson umrining foniyligidan tug‘iladigan mungni

mislsiz uyg‘unlikni mujassamlashtirgan” [Afoqova 2005, 19]. Shoir

she’rlaridagi butunlikning asl sababi ham so‘zga mas’uliyatning

hosilasidir. So‘zning moddiy quvvatga egaligi ham fanda allaqachon

o‘z isbotini topgan. Qaynoq haroratda suvday erib oqqan temirning

bir tomchisi ham har qanday metinni teshib yuborganidek, yomon

so‘z jarohatga, yaxshisi esa qanoatga sabab bo‘lishi tabiiy. Lekin

shoir zamonning zayli, turli qorishiq madaniyatlardan paydo

bo‘layotgan “qadriyatlar”dan ba’zan xavotirga tushadi. So‘z va she’rni

ilohiy deb bilgan, tom-tom kitoblarni bag‘riga bosib yod olgan avlod

o‘rnini biroz boshqacharoq avlodlar egallay boshladi. Abdulla Oripov

davrining uyg‘oq ijodkori sifatida o‘tmish va bugunni taqqoslaydi.

Xuddi o‘zining joniga achingani, o‘z taqdiriga kuyungani singari

asarlari kelajagiga ham befarq qaray olmaydi. Aytayotgan, aytgan

so‘zlari turli iqtisodiy masalalar, ijtimoiy tarmoqlaru gadjetlar bilan

to‘lgan avlod qalbidan nechog‘lik o‘rin olishini tasavvur qiladi.

She’rim, aytgan so‘zim, ba hukmi zamon,

Tarqalib ketdilar hammasi har yon,

Qalblarda tinch-totuv yasharmi ular,

Bozor iqtisodi bilan yonma-yon.

Xulosa

Abdulla Oripovning adabiy-estetik qarashlari, falsafasi

zamirida so‘zning qimmati, she’rning ahamiyati, adabiyotning

ma’naviy-tarbiyaviy vazifasi muammosi doimo dolzarb bo‘lgan.

Dastlabki she’riy mashqlaridan tortib, to‘rtliklari, dostonlari,

balladalari, g‘azallarida yuksak badiiyat, adabiyot va she’riyat

oldidagi mas’uliyat, ijodkorlik pozitsiyasi yaqqol namoyon bo‘ladi.

Shuning uchun ham shoir she’rlari o‘zbekning o‘zligi, millatning

vijdoni sifatida ruhiy tarbiyaga xizmat qilaveradi.

Adabiyotlar

Афоқова, Нодира. 2005. Оламни англаш саодати. Тошкент

Орипов, Абдулла. 2019. Танланган асарлар. Тошкент.

Орипов, Абдулла. 2021. Шоирнинг туғилиши. Toshkent.

Орипов, Абдулла. 1988. Эҳтиёж фарзанди. Тошкент.

Давлатова, Адиба. Абдулла Орипов шеъриятида поэтик тафаккур

тадрижи. Филол. фан. док-ри.... дисс. 2022. Тошкент.

Исҳоқов, Ёқубжон. 2014. Сўз санъати сўзлиги. Тошкент.

Саримсоқов, Баҳодир. 2004. Бадиийлик асослари ва мезонлари. Тил


background image

35

Shoir, she’r va so‘z uchligining badiiy-estetik, liro-publitsistik talqinlari (Abdulla Oripov ijodi misolida)

ва адабиёт институти. Тошкент.

Йўлдош, Қозоқбой. 2018. Сўз ёлқини. Тошкент.

Jabborov, N. A., & qizi Ikromova, N. H. (2021). ABDULLA ORIPOVNING

“HIKMAT SADOLARI” TURKUM SHE’RLARIDA PAYG’AMBAR

OBRAZINING IFODALANISHI. Academic research in

educational sciences, 2(2), 279-283.

Ғаниев, Илҳом. Афоқова, Нодира. 2021. Абдулла Ориф фалсафаси.

Тошкент.

Artistic-aesthetic, lyrical-publicist of the

three poets, poems and words interpretations

(as an example of Abdulla Oripov’s work)

Oybarchin Abdulhakimova

1

Abstract

In this article, it was analyzed that the value of the word, the im-

portance of poetry and the spiritual and educational function of literature

are of great importance in the basis of the philosophy of Abdulla Aripov’s

literary and aesthetic views. The trinity of poet, poem and words forms the

basis of Abdulla Aripov’s literary- aesthetic views, in this article “Ehtiyoj

farzandi” he distinguishes three strages of the poet’s creative formation,

his thoughts on the trinity of poet, poem and wordsshow that Abdulla Ar-

ipov’s literary- aesthetic concept is based on high requirements. It was

highlighted that it does not lose its importance in any age in terms of call-

ing people of creativity to self-examination and constant search for cre-

ative perfection.

Key words:

poet, poem, word, literary- aesthetic criterion, concep-

tual thoughts, creative-intellectual, artistic contex, creative intention, expe-

rience, imagery.

References

Afoqova, Nodira. 2005.

Olamni anglash saodati.

Toshkent

Oripov, Abdulla. 2019.

Tanlangan asarlar.

Toshkent.

Oripov, Abdulla. 2021. Shoirning tug‘ilishi. Toshkent.

Oripov, Abdulla. 1988. Ehtiyoj farzandi. Toshkent.

Davlatova, Adiba. Abdulla Oripov she’riyatida poetik tafakkur tadriji. Filol.

1

Abdulkhakimova, Oybarchin

– Doctor of Philosophy (PhD) in Philology, Tashkent

State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navo’i.

E-mail:

abdulhakimovaoybarchin@gmail.com

ORCID ID:

0000-0003-2428-7547

For citation:

Abdulkhakimova, O. 2023. “Artistic-aesthetic, lyrical-publicist of the

three poets, poems and words interpretations”.

U

zbekistan: Language and Culture.

Literature

2(2): 25-36

.


background image

Oybarchin ABDULHAKIMOVA

36

fan. dok-ri.... diss. 2022. Toshkent.

Is’hoqov, Yoqubjon. 2014. So‘z san’ati so‘zligi. Toshkent.

Sarimsoqov, Bahodir. 2004. Badiiylik asoslari va mezonlari. Til va adabiyot

instituti. Toshkent.

Yo‘ldosh, Qozoqboy. 2018. So‘z yolqini. G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU.

Toshkent.

Jabborov, N. A., & qizi Ikromova, N. H. (2021). ABDULLA ORIPOVNING

“HIKMAT SADOLARI” TURKUM SHE’RLARIDA PAYG’AMBAR

OBRAZINING IFODALANISHI. Academic research in

educational sciences, 2(2), 279-283.

G‘aniev, Ilhom. Afoqova, Nodira. 2021. Abdulla Orif falsafasi. Toshkent.

Библиографические ссылки

Афоқова, Нодира. 2005. Оламни англаш саодати. Тошкент

Орипов, Абдулла. 2019. Танланган асарлар. Тошкент.

Орипов, Абдулла. 2021. Шоирнинг туғилиши. Toshkent.

Орипов, Абдулла. 1988. Эҳтиёж фарзанди. Тошкент.

Давлатова, Адиба. Абдулла Орипов шеъриятида поэтик тафаккур тадрижи. Филол. фан. док-ри.... дисс. 2022. Тошкент.

Исҳоқов, Ёқубжон. 2014. Сўз санъати сўзлиги. Тошкент.

Саримсоқов, Баҳодир. 2004. Бадиийлик асослари ва мезонлари. Тилва адабиёт институти. Тошкент.Йўлдош, Қозоқбой. 2018. Сўз ёлқини. Тошкент.

Jabborov, N. A., & qizi Ikromova, N. H. (2021). ABDULLA ORIPOVNING “HIKMAT SADOLARI” TURKUM SHE’RLARIDA PAYG’AMBAR OBRAZINING IFODALANISHI. Academic research in educational sciences, 2(2), 279-283.

Ғаниев, Илҳом. Афоқова, Нодира. 2021. Абдулла Ориф фалсафаси. Тошкент.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов