MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
387
INKLYUZIV SINFLARDA AKT VOSITALARNING TA’LIM
JARAYONIDAGI INTEGRATSIYASI
Xakimova Gulchehra Sayrixonovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti oʻqituvchisi
e-mail:
xakimovagulcehra557@gmail.com
Eshquvvatova Sevinch Abror qizi
Shahrisabz davlat pedagogika
instituti Matematika va informatika
yo’nalishi 2-bosqich talabasi.
Annotatsiya:
O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish davlat, jamiyat
va imkoniyati cheklangan bolalar hamda ularning ota-onalari manfaatlariga xizmat
qiladi, deb hisoblayman. Maktab, kollej, litsey yoki oliy o'quv yurtlaridagi o'quv
jarayoni nafaqat bilim olish, balki muloqot qilish, ijtimoiy ko'nikmalarni
shakllantirish va natijada ijtimoiy hayot bilan tanishtirishdan iboratdir. Bu butun
jamiyatning nogiron bolalar va kattalarga nisbatan ijobiy munosabatini
o'zgartirishda muhim omil bo'lib hizmat qiladi. Ushbu maqolada shu shunga doir
ko'plab kerakli fikrlar keltirilgan.
Kalit
so’zlar:
Inklyuzif
ta’lim,maxsus
ehtiyoji
o’quvchilar,teng
imkoniyatlar,global
tajriba,o’zbekiston
inklyuzif
ta’lim,pedagogik
yordam,
o’qituvchilarni tayyorlash,jamiyatda barqarorlik,me’yoriy-huquqiy asoslar,ta’lim
tizimi
Kirish
:
Inklyuziv ta’lim har qanday ta’lim oluvchining o‘z xususiyatlari,
qobiliyatlari, vaxususiy muhitiga mos ravishda ta’lim olishiga imkoniyat
yaratadigan ta’lim tizimi
hisoblanadi. Bu, o‘quvchilarni ajralmaslik va bir-birlariga
qo‘llab-quvvat berishga
qaratilgan o‘zgarmaydigan qanday bo‘lishi, har bir
o‘quvchining o‘zining eng yuqori
potentsialini oshirishi uchun, imkoniyat yaratish
uchun mo‘ljallangan. Inklyuziv
ta’lim, har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
388
va talablari hisobida o‘qitish
usullarini o‘rganishni va qo‘llashni talab qiladi. Bu,
o‘quvchilarning har biri uchun mos
ravishda ta’lim olishlarini ta’minlashda yordam
beradi. Inklyuziv ta’lim, jamiyatni o‘z
ichiga olgan, ajralmas va birgalikda
o‘zlashtirilishni ta’minlovchi, har bir o‘quvchining
o‘ziga mos ravishda ta’lim
olishiga imkoniyat yaratadigan bir ta’lim tizimidir.Ma’lumki inklyuziv ta’lim
sharoitida bola sog‘lom tengdoshlari orasida bo‘lib oiladanajralmagan xolda ta’lim-
tarbiya olishga muyassar bo‘ladi.
Inklyuziv ta’lim mazmuni va mohiyati.
Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan
olingan bo‘lib, inclusive, inclusion– uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab
olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi
tusiqlarni (diskriminasiyani) bartaraf etish, maxsus ta’limga muxtoj bolalar, (ayrim
sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar
yoki iktisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga
yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.
Inklyuziv ta’limning siyosati turlixil extiyojli bolalarni ta’lim olishini qo‘llpaydi,
va yutuqga erishishiga yordam beradi hamda yaxshi xayot qurishiga imkon
yaratadi. Inklyuziv ta’lim bu davlat siyosati bo‘lib nogironligi yoki boshqa sabablar
tufayli maxsus yordamga muxtoj, tarbiyasi og‘ir, еtim bolalar, og‘ir kasallangan
bolalar va yoshlar uchun moslashuvchan va individuallashgan yordam tizimidir va
barcha bolalarni teng ko‘rishni ko‘zda tutadigan ta’lim. Ya’ni millati, irqi,
tanasining rangi, ijtimoi kelib chiqishi, oilasining jamiyatda tutgan o‘rni, manbai,
moddiy va ma’naviy axvoli, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchiligi
bo‘lishidan qatiy nazar barcha bolalarni teng ko‘rish, ulardagi har qanday
imkoniyatni qadrlash, rivojlantirishni ko‘zda tutadigan ta’limdir.
Adabiyotlar taxlili va metodologiyasi.
Inklyuziv ta’lim turli extiyojlarni
qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan ta’limni
ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda inklyuziv ta’limni tadbiq etishda dars
berish, o‘qitish bir muncha samarali va unumli bo‘lsa unda nafaqat imkoniyati
cheklangan bolalar balki barcha bolalar yutadi. Inklyuziv ta’lim maktablari
bolalarning bilim olish uchun shaxsiy huquqlarini himoyalaydi (vaxolangki ular
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
389
uqitilmasaham). Bunday yondashuv diskriminasiyani bartaraf etadi, kamaytiradi
chunki bolalar bir-birlari bilan muloqot qilish jarayonida uzlarining o‘qitilish
jarayonida turli extiyojlarga ega individum ekanliklarini anglaydilar. Sharqning
mashxur allomalari Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy,
Abdulla Avloniylarning tarbiyaning maqsadlari har bir bola shaxsining
rivojlanishiga ta’limning ta’siri to‘g‘risidagi qarashlari inklyuziv talim
rivojlanishining metodologik bazasi xisoblanadi. Juda uzoq vaqt davomida maxsus
yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga nisbatan maxsus
segregasion ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya berish samarali deb hisoblanib
kelindi. 1970-1980 yillarga kelib jahon miqiyosida insonparvarlik va
kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik g‘oyasining ilgari surilishi maxsus ehtiyojli
bolalarga e’tiborning yanada yaxshilanishiga olib keldi. Imkoniyati cheklangan
bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga
aylanib bormoqda. Maxsus ta’lim, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim
tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning
extiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bo‘lmaydi degan taxminlar
asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida,
shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo‘lmagan qismlari sifatida faoliyat
yuritadi. Imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ta’lim tizimida o‘qitilishi
ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga
moslashib ketishlarini
qiyinlashtiradi. Shuningdek, ularning o‘z oilasidan uzoqda bo‘lishga majbur qiladi.
Bu toifa bolalar boqimandalikka o‘rganib qoladilar, o‘z- o‘ziga xizmat qilishlarida
qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus extiyojli
bolalar ta’limdan chetda qolib ketmokdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda
alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson
xususiyatlari va qobiliyatlariga kura maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim
olishini amalga oshirish maqsadida inkyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda.
Inklyuziv ta’lim madaniyati
.
“Salamanka deklarasiyasiga muvofiq xar bir
o‘quvchining tafovut, xususiyatlarini qo‘llab quvvatlovchi va ma’qullovchi isloxot
sifatida qarashadi. Uning maqsadlari, jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
390
individual imkoniyat va qobiliyatidagi tafovutlar oqibatida yuzaga keladigan
ijtimoiy segregassiyaga yo‘l qo‘ymaslik. Biroq bu konsepsiya universal
foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib chiqdi. Dunyo bo‘yicha maktablarda inklyuzivga
ko‘pincha umumta’lim maktablarida nogironlarni o‘zlarining tengdoshlari bilan
birga ta’lim olish deb qaraladi” (Judi Kugelmas) Biroq inklyuziv ta’limning
mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda еtarli emas.
«Inklyuziv» va «integrasiyalashgan» atamalari ko‘pincha bir xil ma’noda
ishlatiladi. Biroq shunga qaramasdan falsafada ushbu tushunchalar orasida juda
katta farq bor. Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integrasiyaga qarab
qo‘yilgan birinchi qadamdir. Imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim
muassasalari tarkibiga qamrab olinishi jahon miqyosida “inklyuziv” yoki
“integrasion” ta’lim atamalari bilan ataladi. “Integrasiya” atamasini aniqlash
maqsadida
ushbu
tushunchaning ta’rifini bergan G.M.Kajdasparovning
“Pedagogicheskiy slovar” lug‘atiga murojaat qilamiz. Unda “guruxlar
integrasiyasiga”, “guruxda shaxslararo munosabatlarni tartibga solish” sifatida
qaraladi shuningdek, jamoada faqatgina insonparvrlik munosabatlarni va mazkur
guruxda ijobiy jamoatchilik fikrini yaratilishi bilan integrasiyani amalga tadbiq
etish mumkin deb ta’kidlanadi. Keyingi yillarda imkoniyati cheklangan bolalarni
barcha tengdoshlari katori umumta’lim tizimida ta’lim olishiga jiddiy etibor
berilmokda va inklyuziv ta’lim matbuot axborot vositalari orqali ommaga keng
targ‘ibot qilinmoqda. Bu borada ota-onalar xam farzandlarini umumta’lim
tizimidagi integrasiyalashgan va inklyuziv guruh va sinflarda ta’lim - tarbiya
olishiga o‘z istaklarini bildirishmoqda. Integrasiyalashgan ta’lim bu-diqqat
markazida bolaning aynan maktabga kelib- ketish muammosi turgan, maxsus
ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir. Integrasiyalashgan ta’limda
bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta’lim tizimining quyidagicha shakllari
mavjud:
Jismoniy integrasiya. Integrasiyaning bu shakli nogiron va nogiron
bulmagan bolalar urtasidagi jismoniy farkni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy
maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo‘lim yoki sinf
tashkil qilish mumkin. Funksional integrasiya. Bu shakl nogiron va nogiron
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
391
bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi funksional muammolarni kamaytirishga qaratilgan.
Ijtimoiy integrasiya. Itegrasiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni kamaytirishga
qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani
qo‘llab – quvvatlaydi. Jamiyatga integrasiya qilish kabilar. Inkyuziv ta’limning
maqsad va vazifalari:Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning
hal etilishi talab etiladi:
ta’lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va
usmirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologo - pedagogik, korreksion
sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yunaltirilgan umumta’lim dasturlari va
korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruxiy rivojlanishi, ijtimoiy
moslashtirishni amalga oshirish;o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini
kafolatlash; jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va saglom bolalarning
extiyojlarini qondirish, ijtimoiy xayotga erta moslashtirish; imkoniyati cheklangan
bolalar va usmirlarni oilalardan ajramagan xolda yashash xuquqini ro‘yobga
chiqarish; jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan
do‘stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirishdir. Yuqoridagi vazifalarni
to‘laqonli amalga oshirishda eng birinchi galda quyidagilarga e’tibor qaratish
lozim:Imkoniyati cheklangan bola ham barcha bolalardek bola hisoblanadi va u tan
olinishi, hurmatga sazovor bo‘lishiga haqli, shuning uchun ularni nuqsoni bilan
atalishi nomaqbul hisoblanadi. Bola, u qanday xolatda va qanday imkoniyatga ega
bulishidan qat’iy nazar xar doim kattalar yordamiga muxtojdir. Uni ajratish yoki
aloxida nom bilan atash insonparvarlik nuqtai nazariga tugri kelmaydi. Agar
imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan «anomal bolalar», «nogiron bolalar»,
«ko‘r bolalar», «kar bolalar», «aqli zaif bolalar», «harakat tayanch a’zolari
falajlangan bolalar» va x. k. tushunchalar ishlatilib Imkoniyati cheklangan bolalar
normal rivojlanishdagi bolalar kabi topshiriq va vazifalarni tezlik bilan mukammal
amalga oshira olmasalarda, ammo imkoniyat darajasida bajara oladilar. Bolaning
huquqlarini ximoya qilish, ularga ijobiy munosabatda bo‘lish tarbiyalashning
muxim usulidir. Shuning uchun xam tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslik talab
etiladi.kelindi. Ammo ushbu tushunchalar mkoniyati cheklangan bolalarni
huquqlarini
poymol qiladi. Ota-onalarga xam salbiy ta’sir etadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
392
Muxokamalar va natijalar.
Ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta’limni joriy
etish bo‘yicha davlat normativ xujjatlarida qayd qilinmaganligi; Nogiron bolalarga
nisbattan salbiy munosabat;
Imkoniyati cheklangan bolalarning hamjamiyatda ko‘rinmaslik muammosi;
Imkoniyati cheklangan bolalarning maktabda ko‘rinmaslik muammosi Moddiy
mablag‘ muammolari; Ta’lim muassasalarini moslashtirish; Sinfda o‘quvchilar
sonining ko‘pligi; Kambag‘allik; Jinsiy tafovutlarga qarab kamsitish; Imkoniyati
cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi; Favqulodda vaziyatlar , mojarolar,
qochoqlar; Kadrlar masalasidagi muammolar.
Haqli savol tug‘iladi, nima uchun imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv
ta’lim tizimiga jalb etish kerak? Yuqorida keltirilgan dalillarni hal etib inklyuziv
ta’lim tizimiga o‘tishga qanday zaruriyat bor? Darhaqiqat, bu ta’lim tizimi oldidagi
muammolarni hal etish oson kechmaydi. Ammo bu ta’lim tizimining nafli jixati
juda ko‘p ular sirasiga qo‘yidagilar kiradi:
Inklyuziv ta’lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi;
Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi;
Kamsitishlarni oldini oladi;
Inklyuziv ta’lim yanada inklyuzivlikka olib keladi.
Inklyuziv ta’limning prinsiplari:
Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va yutug‘iga bog‘liq emas.
Har bir inson o‘ylash va xis qilish qobiliyatiga ega.
Har bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega.
Har bir kishi bir-biriga muxtoj.
Shaxsning to‘liq va haqiqiy ta’lim olishi faqat real hamkorlikda amalga
oshadi.
Hamma kishilar o‘z tengdoshlarini qo‘llab quvvatlashga muxtoj.
Hamma ta’lim oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning nimadir qila
olmasligi emas, balki nimanidir qila olishidir.
Hamkorlik qilish kishi hayotini har tomonlama ko‘chaytiradi.
Inklyuziv ta’lim tizimi qo‘yidagi ta’lim muassasalarni o‘z ichiga oladi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
393
maktabgacha umuta’lim, umu o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb\xunar va oliy
ta’lim. Bu ta’lim muassasalarning maqsadi bolalarning ta’lim olishi va kasb xunarga
tayyorlashda ularning o‘rtasidagi to‘siqlikni bartaraf etib ochiq ta’lim muxitini
yaratishdan iborat.
Inklyuziv ta’lim texnologiyalari:Imkoniyati cheklangan bolalar, ularning
ota-onalari va pedagoglar o‘rtasidagi munosabatlar Odatda ko‘pchilik ota-onalar va
pedagoglar bolalar tarbiyasi, bilan munosabatlarda eng muhim didaktik talablarni
bilmaydilar yoki talablarga rioya qilmaydilar. Shuning uchun ham ko‘p xollarda
bola xulq-atvorida ko‘plab salbiy xususiyatlar yuzaga keladi. Ayniqsa imkoniyati
cheklangan bolalar ta’lim tarbiyasi yanada ko‘proq murakkablik tug‘diradi.
Boladagi psixofizik buzilishlarni aniqlash, maxsus pedagogikaning zamonaviy
tendensiyasi sifatida ilk korreksion pedagogik ishda mutaxassis-defektolog hamda
oilaning rolini to‘g‘ri anglashni talab etadi. Rivojlanishida muammolari bo‘lgan
bolalar va ularning ota-onalariga psixologik, metodik maslahat nazariyasini ishlab
chiqishda juda yuqori darajada zaruriyat mavjud. Shuning uchun xam so‘nggi
yillarda psixolog va defektologlar xizmatiga talab ortib bormoqda. Imkoniyati
cheklangan
bolalarning
ota-onalarini
qo‘llab-quvvatlash,
rivojlanishida
muammolari bo‘lgan bolalar bilan o‘zaro munosabat usullarini yaxshilash, bu
usullarni to‘g‘ri anglash va boshqa bir qator masalalarni ham hal etish dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.
Xulosa:
Inklyuziv ta'lim – bu barcha o‘quvchilarga, shu jumladan, maxsus
ehtiyojlari bo‘lganlarga teng imkoniyatlar yaratishni maqsad qilgan ta'lim yondashuvi
bo‘lib, uning asosiy vazifasi ijtimoiy tenglikni ta'minlashdir. Global tajriba inklyuziv
ta'limning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun davlat va jamiyatning hamkorligi,
maxsus yondashuvlar va resurslarni talab qiladi. Barcha o‘quvchilarga teng
imkoniyatlar yaratish orqali inklyuziv ta'lim jamiyatda barqarorlik, ijtimoiy
hamjihatlikni rivojlantirishga, shuningdek, maxsus ehtiyojlari bo‘lgan ham inklyuziv
ta'limni rivojlantirish bo‘yicha ijobiy qadamlar tashlanib, ta'lim tizimida zarur
infratuzilma yaratilmoqda, o'qituvchilarni tayyorlash va maxsus resurslar bilan
ta'minlash amaliyoti davom etmoqda. Inklyuziv ta'limning afzalliklari, shuningdek,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
394
ijtimoiy ko‘nikmalar,tenglik va shaxsiy rivojlanishga bo‘lgan ta'siri jamiyatdagi
barqarorlikni oshiradi va jamiyatning barcha a'zolari uchun yaxshilangan
imkoniyatlar yaratadi. Inklyuziv ta'limni yanada rivojlantirish uchun davlat, ta'lim
muassasalari va jamiyatning umumiy sa'y-harakatlari muhim ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
"O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risidagi” qonuni 23.09. 2020.
2.
Mustafayeva, S. (2019). "Inkluziv ta'lim: O'zbekiston tajribasi va rivojlanish
istiqbollari."Ta'lim va jamiyat jurnali, 12(2), 34-40.
3.
Sharipov, A. (2021). "O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish: Haqiqiy
imkoniyatlar va muammolar." Ta'limda innovatsiyalar, 6(3), 58-65.
4.
Jabborova, G. (2020). "Inklyuziv ta'limda davlat tomonidan ko'rsatiladigan
yordamlar: O'zbekistonning holati." Ta'lim va rivojlanish, 8(1), 12-18.
5.
Xakimova, Gulchehra. "ZAMONAVIY JAMIYATDA INNOVATSION
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM TURIZMINING ROLI."
YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
6.
Hakimova,
Gulchehra,
and
Gulandom
Raxmatova.
"RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM TIZIMINI ISLOH QILISHDAGI O'RNI
HAMDA YANGI TEXNOGIYALARNI TA'LIM JARAYONLARI BILAN
INTEGRATSIYALASHUVI." Молодые ученые 3.18 (2025): 102-105.
7.
Qodirov,
Farrux,
and
Dilobar
Norova.
"AXBOROTLASHGAN
JAMIYATNING O ‘ZIGA XOS JIHATLARI, AXBOROTLASHGAN
JAMIYATDA INSONNING TUTGAN O ‘RNI." Журнал академических
исследований нового Узбекистана 1.15 (2024): 16-19
8.
Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat, and Norova Dilobar Baxromovna. "APP
GYVER PLATFORMA IMKONIYATLARINI OʻRGANISH." Modern education
and development 17 (2025): 152-159
9.
Kodirov, Farrukh, Dilobar Norova, and Akbar Kodirov. "SOFTWARE
ENGINEERING: BASIC CONCEPTS." Журнал академических исследований
нового Узбекистана 2.5, 2-qism (2025): 154-157
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
395
10.
Kodirov, Farrukh, Sherquzi Rakhmatov, and Dilobar Norova. "IOT
(INTERNET OF THINGS) NETWORKS AND THEIR ADVANTAGES." Central
Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies 2.5-3 (2025):
58-61.
11.
Muzaffarovna, Jalolova Pokiza, Turayev Ziyavutdin Oʻktamxonovich, and
Norova Dilobar Baxromovna. "TALIS TOPSHIRIQLAR DORASIDA TUZILGAN
TOPSHIRIQLARDAN NAMUNALAR." Pedagogs 82.1 (2025): 193-197.
12.
Jabborov Maksud Bahriddinovich, Khakimova Gulchekhra Sayrikhonovna,
Norova Dilobar Bakhromovna. “PROBLEMS OF TEACHING AND EDUCATING
CHILDREN WITH DISABILITIES IN INCLUSIVE EDUCATION.” Education
science and innovative ideas in the word. 2.1 (2025): 306-310.
13.
Xoshimova, D., and D. Norova. "Trigonometriyani vujudg kelishi, rivojlanishi
va trigonometrik ifodalarni hisoblash." XALQ TA’LIMI” ilmiy–metodik jurnali
(2024).
14.
Baxromovna, Norova Dilobar. "CHIZMA GEOMETRIYASI. MARKAZIY
VA PARALLEL PROYEKSIYALAR VA ULARNING XOSSALARI." IMRAS 8.3
(2025): 91-95.
15.
Baxromovna, Norova Dilobar. "YEVKLIDNING “NEGIZLAR ASARI”.
NOEVKLIDIY
GEOMETRIYANING
VUJUDGA
KELISHI.
NI
LOBACHEVSKIY
VA
LOBACHEVSKIY
AKSIOMASIDAN
KELIB
CHIQADIGAN HULOSA." AMERICAN JOURNAL OF APPLIED MEDICAL
SCIENCE3.2 (2025): 181-185.
16.
Turayev Ziyavutdin O‘ktamxonovich, Norova Dilobar.Baxromovna. “OCHIQ
DARSNI OʻTKAZISH TAFSILOTLARI VA MATEMATIKA FANIDA OCHIQ
DARS OʻTISH METODLARI.” International Journal of Education, Social Science
& Humanities. Finland Academic Research Science Publishers.13.2. (2025): 428-
432.
17.
Sardor Ziyadullaev, Dilobar Norova. “THE COMPLEX NUMBERS AND
OPERATIONS ON THEM.” TRANSFORMING EDUCATION THROUGH
SCIENTIFIC DISCOVERY. 1.1 (2025): 113-116.