MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
71
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM TIZIMIDAGI
ISLOHOTLAR
Xakimova Gulchehra Sayrixonovna
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi
Jabborova O’g’iloy Husan qizi
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti matematika va informatika
yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Asadova Shaxina Halim qizi
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti matematika va informatika
yo’nalishi 2-bosqich talabasi
E-mail :asadovashaxina3@gmail.com
Anatatsiya. Ushbu maqolada mustaqillik yillarida mamlakatda taʼlim
sohasini rivojlantirish, zamonaviy taʼlim tamoyillarini joriy etish, taʼlim
muassasalarini modernizatsiya qilish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga
oshirilgan. Xususan, maktabgacha taʼlimdan oliy taʼlimgacha boʻlgan barcha
bosqichlar bosqichma-bosqich takomillashtirish masalalari haqida so‘z boradi.
Prezident qarorlari va davlat dasturlari asosida taʼlim sifati va qulayligi
oshirilmoqda, xususiy taʼlim muassasalariga keng yoʻl ochilib, raqobatbardosh
muhit shakllanmoqda. Shuningdek, xalqaro hamkorlik asosida xorijiy universitetlar
filiallari ochilmoqda va akademik almashinuv dasturlari faol yoʻlga qoʻyilmoqda.
Taʼlim tizimida raqamlashtirish, innovatsion yondashuvlar va pedagogik kadrlar
salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kalit so’zlar. Taʼlim tizimi. Bosqichli ta’lim , Maktabgacha taʼlim , Umumiy
oʻrta taʼlim , Oʻrta maxsus taʼlim , Kasb-hunar taʼlimi , Oliy taʼlim , Innovatsion
taʼlim , Raqamli taʼlim , Pedagogik kadrlar , Davlat taʼlim standartlari , Taʼlim
islohotlari.Xalqaro hamkorlik , Uzluksiz taʼlim , Masofaviy taʼlim
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
72
Kirish.
Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni
qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir.
Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorugʻ istiqboli, birinchi navbatda, taʼlim tizimi va
farzandlarimizga
berayotgan
tarbiyamiz
bilan
chambarchas
bogʻliq.
https://xs.uz/uz/post/talim-tizimi-islohotlari-ozbekistonda-yangi-ujgonish-davri-
Prezident qarorlari va davlat dasturlari asosida taʼlim sifati va qulayligi
oshirilmoqda, xususiy taʼlim muassasalariga keng yoʻl ochilib, raqobatbardosh muhit
shakllanmoqda. Shuningdek, xalqaro hamkorlik asosida xorijiy universitetlar filiallari
ochilmoqda va akademik almashinuv dasturlari faol yoʻlga qoʻyilmoqda. Taʼlim
tizimida raqamlashtirish, innovatsion yondashuvlar va pedagogik kadrlar salohiyatini
oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda taʼlim berish jarayoni yana-da takomillashtirilib,
xalqimizning asrlar davomida shakllangan qadriyatlari, insoniylik, ilmga intilish
fazilati yana bir bor namoyon boʻlmoqda. Yoshlarimiz sogʻlom hamda goʻzal
turmush kechirish, egallagan kasbi boʻyicha yetuk mutaxasis qilib, tarbiyalash,
doimiy ish oʻrniga ega boʻlish, masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish, insoniy qadr-
qimmatini kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish
uchun harakat qilyapti va bu jarayonda taʼlim olishni eng asosiy shart sifatida
koʻrmoqda. Mamlakatimizda 2019-yilning oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy
taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga
intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va
innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni
mustahkamlash maqsadida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini
rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz
oliy taʼlim tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi. Unda oliy
oʻquv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish,
raqamli texnologiyalar va taʼlim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga
jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini
tijoratlashtirish, xalqaro eʼtirofga erishish hamda boshqa koʻplab aniq yoʻnalishlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
73
belgilab berilgan. Bularning barchasi taʼlim jarayonini yangi sifat bosqichiga
koʻtarish uchun xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METADOLOGIYASI
Yurtimiz azal-
azaldan ilm o‘chog‘i, jahon sivilizatsiyasi markazlaridan beri deb e’tirof etib kelingan.
O‘rta asrlardan, xalqimiz ta’lim sohasida yuksak marralarga erishgan bo‘lib, jahon
sivilizatsiyasi hamda fan sohasiga ulkan hissa qo‘shishgan. Misol tariqasida, IX-XII
asrlarda Movarounnahrda ko’plab o‘quv maskanlari bo‘lib, ulardan chinakam olimlar,
ulamolar yetishib chiqqan. Xusasan, Xorazm Ma’mun akademiyasi ham shu davrdagi
yirik tadqiqot markazlaridan biri hisoblangan. Algebra fani bobakalonimiz
Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan atalganligi, bu azal-azaldan bizning qonimizda
yaratuvchanlik, o‘qishga bo‘lgan qiziqishdan dalolatdir. Bundan tashqari, yana bir
buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino o‘sha olis XI asrda tibbiy jarrohlik
operatsiyasiyalarini amalga oshirgani bilan dunyoga mashhur. Uning “Tib qonunlari”
asari Yevropada “Injil” kitobidan keyin eng ko‘p nashr etilgan kitoblardan biri bo‘lib,
500 yil davomida dunyoning ko‘plab nufuzli oliy o‘quv yurtlarida barcha talabalar
uchun darslik sifatida o‘rganib kelingan. Buyuk mutafakkir Al-Farg’oniy astronomiya
fanida birinchi bo’lib, geliosetrik nazariyani asoschisi bo’lgan ya’ni Yerni Quyosh
atrofida aylanishini aniq hisob — kitoblar bilan isbotlab bergan. XV asrdayoq
Samarqandda Mirzo Ulug’bek observatoriya barpo etib, yulduzlar xaritasini tuzgan. U
yulduzlar joylashuvini shu qadar aniq hisoblanganki, hozirgi fan-texnika bu
ma’lumotlarni atiga bir necha daqiqalarga farq qilishini isbotlagan. Bundan ko’rinib
turibdiki, bizning ota-bobolarimiz jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shgan.
Mustaqillik yillarida ma`naviy poklanish haqida gap ketganda O’zbek tiliga Davlat tili
maqomi berilishining ahamiyati kattadir. 1989-yil 21-oktyabrda qabul qilingan
O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonun milliy ongning
rivojlanishida, mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning
tiklanishi va jamiyatning ma’naviy yangilanishida muhim rol o’ynadi.
‘‘Yurtimizda aholining qariyb 60 foizini 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil
etishini hisobga oladigan bo’lsak, ayni ularning 72 foizi maktabgacha ta’lim, umumiy
o’rta ta’lim, litsey, kollej va universitetlarda taqsil olmoqdalar. Bu esa ta’lim sohasida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
74
amalga oshirilayotgan islohotlarning roli va ahamiyati o’z-o’zidan tushunarli va
ravshan bo’ladi. Yurtimizda ta’lim sohasida bosqichma-bosqich amalga
oshirilayotgan islohotlar 2012 yil 16–17 fevralda Toshkentda o’tkazilgan «Yuksak
bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash — mamlakatni barqaror taraqqiy
ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzusidagi xalqaro
anjumanda dunyoning eng ilg’or ta’lim tizimlari va muassasalari vakillari tomonidan
chuqur e’tirof etildi. Konferensiyada O’zbekistonning ta’lim tizimi, jumladan,
qishloqlarda ham bolalar va yoshlarning barcha bosqichlarda bepul umumiy ta’limi va
o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi olish joriy etilganligi xorijiy mutahassislar tomonidan
yuksak baholandi.’’[1]
Dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan kelgan vakillar ham miliy
ta’lim tizimimizni namuna sifatida tan oldi va bir qator davlatlar uchun o’rnak bo’la
olishini ta’kidlandi. Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi islohotlarga berilgan bunday
yuksak baho, albatta, O’zbekistonda yashovchi har bir insonni qalbida g’urur
uyg’otadi va shu bilan birga, zimmamizga katta mas’uliyatni ham yuklaydi. Oldimizda
turgan eng muhim masala — erishilgan yutuqlarni yanada mustahkamlash, yaratilgan
shart-sharoitga mos ravishda ta’limning sifati, tizimning samaradorligi va «ta’lim —
fan — ishlab chiqarish» zanjirining mustahkamligiga erishishdan iboratdir.
MUHOKAMALAR VA NATIJALAR
Yurtimizda barkamol xotin-qizlar
avlodini voyaga yetkazish, ularni iqdidorlarini namoyon qilish va muntazam
rag’batlantirib turish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-
iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-
quvvatlash to’g’risida»gi farmoniga muvofiq 2015-yilda akademik litsey va kasb-
hunar kollejlarining 14 nafar o’quvchisi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor
bo’ldi. Umuman, 2000-yildan buyon tizimdagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan
jami 95 nafar o’quvchi qiz ushbu nufuzli mukofotni qo’lga kiritdi. Zamonaviy bilim
maskanlarida jahon standartlari asosida ta’lim-tarbiya olayotgan xalqaro miqyosda
tashkil etilayotgan nufuzli tanlovlar, fan olimpiadalari, musobaqa va festivallarda
muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak intellektual salohiyati, keng tafakkuri va zehni
bilan dunyo ahli havasini uyg’otmoqda. Jumladan, 2013-yil aprel oyida Toshkent
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
75
shahrida ilk bor o’tkazilgan 47-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida o’zbekistonlik
yoshlari ham qatnashib 2 ta oltin, 5 ta kumush, 8 ta bronza medalni qo’lga kiritdi va
17 davlat ichida O’zbekiston bayrog’ining baland ko’tarilgani barchamizga faxr-
iftixor bag’ishlaydi. 2016-yil 1–6-mart kunlari Kiprning Protaras shahrida matematika
fani bo’yicha “SEEMOUS” 10-xalqaro olimpiada bo’lib o’tdi. Kipr ta’lim va
madaniyat Vazirligi, Matematika jamiyati hamda Janubi-Sharqiy Yevropa
Matematika jamiyati tomonidan tashkil etilgan mazkur intellektual bellashuvda
yigirmadan ortiq mamlakatdan 43 universitet jamoasining 150 dan ziyod iqtidorli
talabalari ishtirok etdi. Tanlovda O’zbekiston yoshlari ham shohsuppa qatoridan joy
olishdi. O’zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakulteti 2-kurs
talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibrohimov bittadan oltin medal,
Mirmuhsin Mahmudov maxsus diplom bilan taqdirlandi.
Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam
ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha
davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda
amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda
mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Umumiy o'rta ta'lim hamda o'quvchilarning bilim ko‘nikma malakalarini
shakllantitish fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilimlarni
o'zlashtirish ehtiyojini, asosiy o'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat
ko'nikmalarini, ijtimoiy fikrlash va atrof-muhitga Ongli munosabatda bo'lishni va
kasb tushunchalarni shakliantiradi.
Akademik litseylarda ham davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'rta maxsus
ta'lim beradi. O'quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan
holdaularningjadal
intellektual
rivojlanishi,
chuqur,
sohalashtirilgan,
tabaqalashtirilgan, kasbga yo'naltirilgan ta'lim olishini ta'minlaydi. Akademik
litseylarda o'quvchilar o'zlari tanlagan ta'lim yo'-nalishi bo'yicha ijtimoiy, texnika,
agrar va boshqa sohalar bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o'rganishga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
76
qaratilgan maxsus kasb-hunar ko'nikmalarini o'zlarida shakllantirish imko-niyatiga
ega bo'ladilar. Bu ko'nikmalarni o'qishni muayyan oliy ta'lim muassasalarida davom
ettirish yoki mehnat faoliyati jarayonida ro'yobga chiqarishlari mumkin.
Hozirgi kunda maktabdan tashqari ta'lim. Bolalar va o'smirlarning ta'limga
bo'lgan yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo'sh
vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari,
shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy,
sport va boshqa yo'nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta'lim
muassasalarini tashkil etadilar. Maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish, ularning
tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun
quyidagilarni amalga oshirish kerak: Maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish,
ularning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish
uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: Maktabdan tashqari ta'limni
rivojlantirish, ularning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish
vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
XULOSA.
Yurtimizda uzluksiz va uzviylik tamoyillariga tayangan ta’lim
tizimi yaratilgan bo’lib, uning asosiy maqsadi jamiyatda ma’naviy va intellektual
salohiyatga ega bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalash, davlatimizning ijtimoiy va
ilmiy-texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning
barqaror rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Bugungi kunda yangi-yangi oliy
oʻquv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol
uchun, soʻnggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy taʼlim muassasasi, jumladan,
xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy oʻquv yurtlarining soni 125 taga
yetdi. Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy taʼlim muassasalari
faoliyati yoʻlga qoʻyilyapti. Aholi fikrini oʻrgangan holda, sirtqi va kechki taʼlim
shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilyapti. Maktab bitiruvchilarini oliy
taʼlimga qamrab olish darajasi 2016-yilgi 9 foizdan 2020-yilda 25 foizga yetdi.
Professor-oʻqituvchilarning xorijdagi oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida
malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini taʼminlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning
oylik ish haqi miqdori. 2018-yilga nisbatan oʻrtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
77
boshlab 10 ta oliy taʼlim muassasasi oʻzini-oʻzi moliyalashtirish tizimiga
oʻtkazildi.Oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga
oshirilganligi, oliy oʻquv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun
grantlar sonini 2 barobarga koʻpaytirib, 2 mingtaga yetkazilishi oliy taʼlimga qamrab
olish koʻlamini yana-da kengaytirdi. Taʼlim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri
oliygohlar va taʼlim tizimining quyi boʻgʻinlari oʻrtasidagi uzviylikni kuchaytirish
maqsadida 65 ta akademik litsey oliy oʻquv yurtlari tasarrufiga oʻtkazilishi,
shuningdek, 187 ta texnikum ham oʻz yoʻnalishi boʻyicha turdosh oliygoh va tarmoq
korxonalariga biriktirilishi boʻldi. Demak, xulosa qiladigan boʻlsak, taʼlim sohasidagi
islohotlar ham bugungi kunda oʻzining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan
boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi
islohotlarni yana-da keng koʻlamda davom ettirish davr talabidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida yohud Sho’ralarning so’ngi
talvasasi. Islom Karimov so’zlagan nutqi. 1991.
2.
Xodjayev.B.X. Umumiy pedagogika . ,,Sano-standart,, nashriyoti 2017y 6- bet
3.
O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat mafkura. T. 1996y, 82-bet.5.
O’zbekistonda ta’lim statistikasi. 2015y
4.
O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. Karimov I.A. T, 1992y, 13 bet.
5.
Hakimova,
Gulchehra,
and
Gulandom
Raxmatova.
"RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM TIZIMINI ISLOH QILISHDAGI O'RNI HAMDA
YANGI
TEXNOGIYALARNI
TA'LIM
JARAYONLARI
BILAN
INTEGRATSIYALASHUVI." Молодые ученые 3.18 (2025): 102-105.
6.
Xakimova,
Gulchehra.
"ZAMONAVIY
JAMIYATDA
INNOVATSION
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM TURIZMINING ROLI." YANGI
O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
7.
Muzaffarovna, Jalolova Pokiza, Turayev Ziyavutdin Oʻktamxonovich, and
Norova Dilobar Baxromovna. "TALIS TOPSHIRIQLAR DORASIDA TUZILGAN
TOPSHIRIQLARDAN NAMUNALAR." Pedagogs 82.1 (2025): 193-197.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
78
8.
Kodirov, Farrukh, Dilobar Norova, and Akbar Kodirov. "SOFTWARE
ENGINEERING: BASIC CONCEPTS." Журнал академических исследований
нового Узбекистана 2.5, 2-qism (2025): 154-157.
9.
Qodirov,
Farrux,
and
Dilobar
Norova.
"AXBOROTLASHGAN
JAMIYATNING O ‘ZIGA XOS JIHATLARI, AXBOROTLASHGAN
JAMIYATDA INSONNING TUTGAN O ‘RNI." Журнал академических
исследований нового Узбекистана 1.15 (2024): 16-19
10.
Kodirov, Farrukh, Sherquzi Rakhmatov, and Dilobar Norova. "IOT
(INTERNET OF THINGS) NETWORKS AND THEIR ADVANTAGES." Central
Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies 2.5-3 (2025):
58-61.
11.
Turayev Ziyavutdin O‘ktamxonovich, Norova Dilobar.Baxromovna. “OCHIQ
DARSNI OʻTKAZISH TAFSILOTLARI VA MATEMATIKA FANIDA OCHIQ
DARS OʻTISH METODLARI.” International Journal of Education, Social Science
& Humanities. Finland Academic Research Science Publishers. 13. 2. (2025): 428-
432.
12.
Baxromovna, Norova Dilobar. "CHIZMA GEOMETRIYASI. MARKAZIY
VA PARALLEL PROYEKSIYALAR VA ULARNING XOSSALARI." IMRAS 8.3
(2025): 91-95.
13.
Baxromovna, Norova Dilobar. "YEVKLIDNING “NEGIZLAR ASARI”.
NOEVKLIDIY
GEOMETRIYANING
VUJUDGA
KELISHI.
NI
LOBACHEVSKIY
VA
LOBACHEVSKIY
AKSIOMASIDAN
KELIB
CHIQADIGAN HULOSA." AMERICAN JOURNAL OF APPLIED MEDICAL
SCIENCE3.2 (2025): 181-185.
14.
Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat, and Norova Dilobar Baxromovna. "APP
GYVER PLATFORMA IMKONIYATLARINI OʻRGANISH." Modern education
and development 17 (2025): 152-159.
15.
DILOBAR BAKHROMOVNA, [01.03.2025 11:38]
16.
Jabborov Maksud Bahriddinovich; Khakimova Gulchekhra Sayrikhonovnaa;
Norova Dilobar Bakhromovna. “PROBLEMS OF TEACHING AND EDUCATING
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
79
CHILDREN WITH DISABILITIES IN INCLUSIVE EDUCATION.” EDUCATION
SCIENCE AND INNOVATIVE IDEAS IN THE WOR. 2.1 (2025): 306-310.