Authors

  • Xakimova Gulchehra Sayrixonovna
  • Rustamov Ozodbek Otabekovich

Author Biographies

  • Xakimova Gulchehra Sayrixonovna

    Shahrisabz Davlat Pedagogika  Instituti

    Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

    xakimovagulcehra557@gmail.com

  • Rustamov Ozodbek Otabekovich

    Shahrisabz davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika yo‘nalishi 2-kurs 2-23-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116462

Keywords:

inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar O‘zbekiston ta’lim tizimi maxsus pedagogika ta’limda tenglik psixologik-pedagogik yondashuv defektologiya ta’lim islohotlari ta’lim huquqi ijtimoiy inklyuziya

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar uchun inkluziv ta’lim tizimini shakllantirish va rivojlantirish masalalari chuqur tahlil qilingan. Inkluziv ta’lim – bu barcha bolalarga, shu jumladan, jismoniy, aqliy yoki ruhiy imkoniyati cheklangan bolalarga ham, umumiy ta’lim muassasalarida bir xil imkoniyatlarni yaratish tamoyiliga asoslanadi. Maqolada ushbu ta’lim yondashuvining nazariy-metodologik asoslari, uning xalqaro tajribalardagi ko‘rinishlari va O‘zbekiston sharoitidagi o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan.Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishini ta’minlashda duch kelinayotgan muammolar — maktablarning jismoniy moslashuvchanligi, maxsus pedagoglar yetishmasligi, ota-onalar va jamiyatning tayyorgarlik darajasi kabi omillar ko‘rib chiqilgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

380

O’ZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN

INKLUZIV TA’LIM

Xakimova Gulchehra Sayrixonovna

Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti

Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

xakimovagulcehra557@gmail.com

Rustamov Ozodbek Otabekovich

Shahrisabz davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika

yo‘nalishi 2-kurs 2-23-guruh talabasi

Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan

bolalar uchun inkluziv ta’lim tizimini shakllantirish va rivojlantirish masalalari chuqur

tahlil qilingan. Inkluziv ta’lim – bu barcha bolalarga, shu jumladan, jismoniy, aqliy yoki

ruhiy imkoniyati cheklangan bolalarga ham, umumiy ta’lim muassasalarida bir xil

imkoniyatlarni yaratish tamoyiliga asoslanadi. Maqolada ushbu ta’lim yondashuvining

nazariy-metodologik asoslari, uning xalqaro tajribalardagi ko‘rinishlari va O‘zbekiston

sharoitidagi o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan.Shuningdek, imkoniyati cheklangan

bolalarning ta’lim olishini ta’minlashda duch kelinayotgan muammolar —

maktablarning jismoniy moslashuvchanligi, maxsus pedagoglar yetishmasligi, ota-

onalar va jamiyatning tayyorgarlik darajasi kabi omillar ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan bolalar, O‘zbekiston

ta’lim tizimi, maxsus pedagogika, ta’limda tenglik, psixologik-pedagogik yondashuv,

defektologiya, ta’lim islohotlari, ta’lim huquqi, ijtimoiy inklyuziya

Abstract: This scientific article provides an in-depth analysis of the development

and implementation of an inclusive education system for children with disabilities in

Uzbekistan. Inclusive education refers to an approach that ensures equal learning

opportunities for all children, including those with physical, intellectual, or

psychological disabilities, within mainstream educational institutions. The article

explores the theoretical and methodological foundations of inclusive education,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

381

examines international experiences, and analyzes the specific features of its application

in the context of Uzbekistan.Furthermore, the study addresses the key challenges faced

in ensuring access to education for children with disabilities, such as the lack of physical

accessibility in schools, a shortage of specially trained pedagogical staff, and

insufficient preparedness of parents and society at large.

Keywords: inclusive education, children with disabilities, special pedagogy,

educational reforms, social inclusion, education system in Uzbekistan, defectology

Аннотация: В данной научной статье представлен углублённый анализ

формирования и развития инклюзивной системы образования для детей с

ограниченными возможностями в Узбекистане. Инклюзивное образование

представляет собой подход, направленный на обеспечение равных возможностей

получения качественного образования для всех детей, включая детей с

физическими, интеллектуальными и психическими нарушениями, в рамках

общеобразовательных учреждений. В статье рассмотрены теоретико-

методологические основы инклюзивного образования, проанализирован

международный опыт и изучены особенности внедрения данной системы в

условиях Узбекистана.Особое внимание уделяется актуальным проблемам,

возникающим на пути обеспечения права детей с ограниченными

возможностями на образование: несоответствие школьной инфраструктуры

физическим

потребностям

учащихся,

нехватка

квалифицированных

специалистов в области специальной педагогики, а также недостаточная

осведомлённость и готовность родителей и общества в целом.

Ключевые слова: инклюзивное образование, дети с ограниченными

возможностями,

специальная

педагогика,

образовательные

реформы,

социальная инклюзия, система образования Узбекистана, дефектология

Kirish.

Bugungi kunda ta’lim sohasida har bir bolaning teng huquqli ishtirokini

ta’minlash, ularning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda rivojlanishini qo‘llab-

quvvatlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xususan, imkoniyati cheklangan

bolalar uchun inklyuziv ta’limni joriy etish va rivojlantirish O‘zbekistonda amalga

oshirilayotgan

ta’lim

islohotlarining

muhim

yo‘nalishlaridan

biri

bo‘lib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

382

qolmoqda.Inkluziv ta’lim – bu barcha bolalarning, jumladan, jismoniy, aqliy yoki ruhiy

cheklovlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarning umumiy ta’lim tizimida birgalikda o‘qish va

rivojlanishiga zamin yaratadigan yondashuvdir. Ushbu ta’lim shakli orqali imkoniyati

cheklangan bolalarning ijtimoiy moslashuvi, teng huquqli ishtiroki hamda to‘laqonli

rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, jamiyatda bag‘rikenglik va inklyuziya

madaniyati shakllanadi.Maqolada O‘zbekiston Respublikasida inkluziv ta’lim

tizimining mavjud holati, qonunchilik asoslari, amaliy tajribalari va bu yo‘nalishda

mavjud muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida milliy ta’lim

tizimiga mos konseptual yechimlar va takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqotning

dolzarbligi aynan ushbu yo‘nalishdagi ilmiy-amaliy izlanishlar va tizimli .

Adabiyotlar taxlili va metadologiyasi.

Inkluziv ta’lim zamonaviy pedagogik

paradigmalardan biri bo‘lib, har bir bolaning individual imkoniyatlarini e’tiborga olgan

holda, umumiy ta’lim muhitida ta’lim olish huquqini kafolatlaydi. UNESCO va

BMTning Inson huquqlari deklaratsiyasida har bir shaxsning ta’lim olish huquqi alohida

ta’kidlangan. Inkluziv ta’lim – bu nafaqat o‘quvchilarning bir joyda bo‘lishi, balki

ularning to‘laqonli ishtiroki va sifatli ta’lim olishini ta’minlaydigan tizimdir. Bu

yondashuv maxsus pedagogika, defektologiya, psixologiya, ijtimoiy ish kabi

sohalarning o‘zaro integratsiyasi orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimini shakllantirishga qaratilgan

huquqiy asoslar so‘nggi yillarda sezilarli darajada takomillashdi. Xususan, “Ta’lim

to‘g‘risida”gi Qonun, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun

va Prezident qarorlarida barcha bolalar uchun ta’limda teng imkoniyatlar yaratish

zarurati qayd etilgan.

Amaliyotda esa bu borada hali bir qator muammolar mavjud. Jumladan: Maktab

binolarining jismoniy moslashuvchan emasligi (panduslar, liftlar, maxsus hojatxonalar

yetishmasligi); Maxsus pedagog (defektolog, logoped, psixolog) kadrlar taqchilligi;

Ota-onalar va jamoatchilikda inklyuziv ta’lim haqida yetarli darajada tushuncha va

tayyorgarlik yo‘qligi; O‘qituvchilarning ushbu toifadagi bolalar bilan ishlash

ko‘nikmalarining yetarli emasligi.Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda

imkoniyati cheklangan bolalarning ko‘pchiligi alohida (maxsus) maktablar yoki uyda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

383

ta’lim shakllarida o‘qitilmoqda. Biroq bu ularning jamiyatga integratsiyalashuviga to‘liq

xizmat qilmaydi.Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda (masalan, Finlyandiya, Italiya,

Yaponiya) inkluziv ta’lim siyosati allaqachon muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo‘lib,

bu tizimda asosiy e’tibor bolani alohida emas, balki butun sinf jamoasining bir qismi

sifatida ko‘rib chiqishga qaratiladi. Ta’lim muassasalarining infratuzilmasi,

o‘qituvchilarning malakasi va maxsus xizmatlarning mavjudligi asosiy omillardan

hisoblanadi. O‘zbekiston uchun bu tajribalar muhim metodologik asos bo‘lib xizmat

qilishi mumkin.

Muhokamalar va natijalar.

O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni samarali

rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda tizimli ishlar olib borilishi zarur:

O‘qituvchilar va maxsus mutaxassislar (defektolog, psixolog)ni tayyorlash va ularning

malakasini

oshirish;

Maktab

infratuzilmasini

universal

dizayn

talablariga

moslashtirish.Ta’lim jarayonida moslashtirilgan o‘quv rejalari va baholash tizimlarini

joriy etish; Ota-onalar va jamoatchilikni jalb qilish orqali inklyuziv madaniyatni

shakllantirish; Inklyuziv ta’lim monitoring tizimini yaratish.

Xulosa.

O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’limni

rivojlantirish — zamonaviy ta’lim tizimining eng muhim va dolzarb yo‘nalishlaridan

biridir. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mamlakatda inklyuziv ta’limni huquqiy

jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi normativ-huquqiy baza mavjud bo‘lsa-da, amaliyotda hali

bir qator tizimli muammolar mavjud. Bu muammolar qatoriga maktab

infratuzilmasining moslashmaganligi, maxsus kadrlar yetishmasligi, jamoatchilikning

yetarli darajada xabardor emasligi kabi omillar kiradi.Inkluziv ta’limni samarali joriy

etish uchun kompleks yondashuv zarur: bu – pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini

takomillashtirish, ta’lim muassasalarini jismoniy va metodik jihatdan moslashtirish, ota-

onalar va jamiyat bilan faol ishlash, shuningdek, xalqaro tajribalarni tahlil asosida milliy

sharoitga moslashtirishni talab etadi.Maqolada ilgari surilgan ilmiy-nazariy asoslar va

amaliy tavsiyalar inklyuziv ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, imkoniyati

cheklangan bolalar uchun adolatli va qamrovli ta’lim muhitini yaratishga xizmat qilishi

mumkin. Bu esa nafaqat ta’lim sohasida, balki umuman jamiyatda ijtimoiy inklyuziya

va insonparvarlik tamoyillarining mustahkamlanishiga olib keladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

384

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: Adolat,

2020.

2.

O‘zbekiston Respublikasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari

to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: 2021.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-iyundagi PQ–5141-son

qarori “Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

4.

Xakimova, Gulchehra. "ZAMONAVIY JAMIYATDA INNOVATSION

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM TURIZMINING ROLI." YANGI

O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).

5.

Hakimova,

Gulchehra,

and

Gulandom

Raxmatova.

"RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM TIZIMINI ISLOH QILISHDAGI O'RNI HAMDA

YANGI

TEXNOGIYALARNI

TA'LIM

JARAYONLARI

BILAN

INTEGRATSIYALASHUVI." Молодые ученые 3.18 (2025): 102-105.

6.

Khidirov, A. (2019). "O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim: holati va istiqbollari".

Pedagogik mahorat jurnali, №2, 45–50.

7.

Safarova, M. (2021). "Maxsus pedagogikaning zamonaviy yo‘nalishlari va

O‘zbekiston tajribasi". Ta’lim va innovatsiya ilmiy-amaliy jurnali, №4, 33–37.

8.

Vygotsky, L. S. (1993). Defectology: Essays on Special Education. Moscow:

Pedagogika.

9.

Qodirov,

Farrux,

and

Dilobar

Norova.

"AXBOROTLASHGAN

JAMIYATNING O ‘ZIGA XOS JIHATLARI, AXBOROTLASHGAN

JAMIYATDA INSONNING TUTGAN O ‘RNI." Журнал академических

исследований нового Узбекистана 1.15 (2024): 16-19

10.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat, and Norova Dilobar Baxromovna. "APP

GYVER PLATFORMA IMKONIYATLARINI OʻRGANISH." Modern education

and development 17 (2025): 152-159


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

385

11.

Kodirov, Farrukh, Dilobar Norova, and Akbar Kodirov. "SOFTWARE

ENGINEERING: BASIC CONCEPTS." Журнал академических исследований

нового Узбекистана 2.5, 2-qism (2025): 154-157

12.

Kodirov, Farrukh, Sherquzi Rakhmatov, and Dilobar Norova. "IOT

(INTERNET OF THINGS) NETWORKS AND THEIR ADVANTAGES." Central

Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies 2.5-3 (2025):

58-61.

13.

Muzaffarovna, Jalolova Pokiza, Turayev Ziyavutdin Oʻktamxonovich, and

Norova Dilobar Baxromovna. "TALIS TOPSHIRIQLAR DORASIDA TUZILGAN

TOPSHIRIQLARDAN NAMUNALAR." Pedagogs 82.1 (2025): 193-197.

14.

Jabborov Maksud Bahriddinovich, Khakimova Gulchekhra Sayrikhonovna,

Norova Dilobar Bakhromovna. “PROBLEMS OF TEACHING AND EDUCATING

CHILDREN WITH DISABILITIES IN INCLUSIVE EDUCATION.” Education

science and innovative ideas in the word. 2.1 (2025): 306-310.

15.

Xoshimova, D., and D. Norova. "Trigonometriyani vujudg kelishi, rivojlanishi

va trigonometrik ifodalarni hisoblash." XALQ TA’LIMI” ilmiy–metodik jurnali

(2024).

16.

Baxromovna, Norova Dilobar. "CHIZMA GEOMETRIYASI. MARKAZIY

VA PARALLEL PROYEKSIYALAR VA ULARNING XOSSALARI." IMRAS 8.3

(2025): 91-95.

17.

Baxromovna, Norova Dilobar. "YEVKLIDNING “NEGIZLAR ASARI”.

NOEVKLIDIY

GEOMETRIYANING

VUJUDGA

KELISHI.

NI

LOBACHEVSKIY

VA

LOBACHEVSKIY

AKSIOMASIDAN

KELIB

CHIQADIGAN HULOSA." AMERICAN JOURNAL OF APPLIED MEDICAL

SCIENCE3.2 (2025): 181-185.

18.

Turayev Ziyavutdin O‘ktamxonovich, Norova Dilobar.Baxromovna. “OCHIQ

DARSNI OʻTKAZISH TAFSILOTLARI VA MATEMATIKA FANIDA OCHIQ

DARS OʻTISH METODLARI.” International Journal of Education, Social Science

& Humanities. Finland Academic Research Science Publishers.13.2. (2025): 428-

432.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

386

19.

Sardor Ziyadullaev, Dilobar Norova. “THE COMPLEX NUMBERS AND

OPERATIONS ON THEM.” TRANSFORMING EDUCATION THROUGH

SCIENTIFIC DISCOVERY. 1.1 (2025): 113-116.

Most read articles by the same author(s)

Xakimova Gulchehra Sayrixonovna, Ganjiyev Jo’rabek Hojimuqon o’g’li, Norova Dilobar Baxromovna, KORREKSION PEDAGOGIKANING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY YO’NALISHLARI , Modern education and development: Vol. 28 No. 1 (2025)

Xakimova Gulchehra Sayrixonovna, Jabborova O’g’iloy Husan qizi, Asadova Shaxina Halim qizi, O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR , Modern education and development: Vol. 28 No. 1 (2025)

Xakimova Gulchehra Sayrixonovna, Eshquvvatova Sevinch Abror qizi, INKLYUZIV SINFLARDA AKT VOSITALARNING TA’LIM JARAYONIDAGI INTEGRATSIYASI , Modern education and development: Vol. 28 No. 1 (2025)

Xakimova Gulchehra Sayrixonovna, Safarova Mohinabonu Ilhomjon qizi, Norova Dilobar Baxromovna, TALABALARDA KREATIV FIKRLASHDA O‘YINLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI” , Modern education and development: Vol. 28 No. 1 (2025)