Authors

  • Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich
  • O’ktamjonova Nilufar Abdurahmon qizi

Author Biographies

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116674

Keywords:

Constructor object attribute class method object programming python attribute creation object creation object state constructor role class structure functional programming encapsulation object-oriented programming customization code structure automation attribute value methods in class object manipulation attribute modification private attributes shared attributes program modularity class-specific features data storage object differences parameter passing.

Abstract

Ushbu maqolada Python dasturlash tilida obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning muhim elementi bo‘lgan konstruktor va obyekt atributlari tushunchasi keng yoritilgan. Konstruktor yordamida klassdan obyekt yaratilganda avtomatik tarzda atributlarga qiymat biriktirish, atributlar orqali obyektning individual holatini shakllantirish va ular ustida amallar bajarish jarayonlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, atributlarning turlari, ularning o‘zgaruvchanligi, kod tuzilmasida tutgan o‘rni hamda konstruktor orqali dastur modulliligini ta’minlashdagi roli izohlangan. Maqola o‘quvchilarga obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy tamoyillarini tushunishga yordam beradi va Python tilida samarali kod yozish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

192

KONSTRUKTUR. OBYEKT ATRIBUTINI HOSIL QILISH

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich

Farg‘ona davlat universiteti

israiltojimamatov@gmail.com

O‘ktamjonova Nilufar Abdurahmon qizi

Fargʻona davlat universiteti

karimberdiyevanilufar625@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada Python dasturlash tilida obyektga

yo‘naltirilgan dasturlashning muhim elementi bo‘lgan konstruktor va obyekt

atributlari tushunchasi keng yoritilgan. Konstruktor yordamida klassdan obyekt

yaratilganda avtomatik tarzda atributlarga qiymat biriktirish, atributlar orqali

obyektning individual holatini shakllantirish va ular ustida amallar bajarish

jarayonlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, atributlarning

turlari, ularning o‘zgaruvchanligi, kod tuzilmasida tutgan o‘rni hamda konstruktor

orqali dastur modulliligini ta’minlashdagi roli izohlangan. Maqola o‘quvchilarga

obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy tamoyillarini tushunishga yordam

beradi va Python tilida samarali kod yozish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat

qiladi.

Аннотация. В данной статье подробно рассматриваются понятия

конструктора и атрибутов объекта как важнейшие элементы объектно-

ориентированного программирования на языке Python. Раскрывается

механизм автоматического присваивания значений атрибутам при создании

объекта с помощью конструктора, а также их роль в формировании

индивидуального состояния объекта и выполнении над ним операций.

Освещаются типы атрибутов, их изменяемость, значение в структуре кода и

роль конструктора в обеспечении модульности программы. Статья помогает

читателям лучше понять основные принципы объектно-ориентированного


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

193

программирования и развить навыки эффективного написания кода на языке

Python.

Abstract.This article provides a detailed overview of constructors and object

attributes as fundamental components of object-oriented programming in the Python

language. It explains how constructors automatically assign values to attributes

during object creation, how these attributes define the state of an object, and how

they are used in various operations. The paper also discusses types of attributes, their

mutability, their role in code structure, and how constructors contribute to program

modularity. This article helps readers gain a clearer understanding of core object-

oriented programming principles and supports the development of effective Python

coding skills.

Kalit so’zlar. Konstruktor, obyekt atributi, klass, metod, obyekt, dasturlash,

python, atribut yaratish, obyekt yaratish, obyekt holati, konstruktor vazifasi, sinf

tuzilmasi, funksional dasturlash, inkapsulyatsiya, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash,

moslashtirish, kod strukturasi, avtomatlashtirish, atribut qiymati, klass ichidagi

metod, obyekt ustida amallar, atributlarni o‘zgartirish, xususiy atributlar, umumiy

atributlar, dastur modulliligi, sinfga xos xususiyat, ma’lumotlar saqlash, obyekt

farqlari, parametr uzatish.

Ключевые слова. Конструктор, атрибут объекта, класс, метод,

объект, программирование, python, создание атрибутов, создание объекта,

состояние объекта, роль конструктора, структура класса, функциональное

программирование,

инкапсуляция,

объектно-ориентированное

программирование, настройка, структура кода, автоматизация, значение

атрибута, методы в классе, действия над объектом, изменение атрибутов,

приватные атрибуты, общие атрибуты, модульность программы,

особенности класса, хранение данных, различие объектов, передача

параметров.

Keywords. Constructor, object attribute, class, method, object, programming,

python, attribute creation, object creation, object state, constructor role, class

structure, functional programming, encapsulation, object-oriented programming,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

194

customization, code structure, automation, attribute value, methods in class, object

manipulation, attribute modification, private attributes, shared attributes, program

modularity, class-specific features, data storage, object differences, parameter

passing.

Kirish.

Hozirgi kunda axborot texnologiyalari hayotimizning deyarli barcha

jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Zamonaviy jamiyatda turli sohalar — ta’lim,

tibbiyot, sanoat, moliya, biznes, aloqa, hatto san’at ham — raqamlashtirilmoqda va

avtomatlashtirilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, zamonaviy va qulay dasturlash tillariga

bo‘lgan talabni keskin oshiradi. Ana shunday tillardan biri bu — Python dasturlash

tilidir.

Python — bu yuqori darajadagi, umumiy maqsadli, soddaligi bilan mashhur

bo‘lgan dasturlash tili bo‘lib, u dastlab 1989-yilda Niderlandiyalik dasturchi Guido

van Rossum tomonidan ishlab chiqilgan va 1991-yilda ommaga taqdim etilgan.

Python tilining asosiy g‘oyasi — kodni inson tomonidan o‘qilishi va tushunilishi oson

bo‘lishidir. Boshqacha qilib aytganda, Python dasturchiga murakkab algoritmlarni

sodda va tushunarli sintaksis yordamida ifoda etish imkonini beradi.

Pythonning o‘ziga xos jihati shundaki, u interpreter til hisoblanadi, ya’ni

dasturchi yozgan kod to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajariladi, uni alohida kompilyatsiya qilishga

hojat yo‘q. Bu esa dasturlash jarayonini tezlashtiradi va soddalashtiradi. Python tili

turli operatsion tizimlarda (Windows, Linux, MacOS) ishlaydi va platformadan

mustaqil bo‘lib, undan istalgan qurilmada foydalanish mumkin.

Bugungi kunda Python nafaqat tajribali dasturchilar, balki yangi

o‘rganayotgan talabalar orasida ham keng tarqalgan. Bu til yordamida quyidagi

yo‘nalishlarda samarali dasturlar tuzish mumkin:

Veb ilovalar (Django, Flask),

Ma’lumotlar tahlili (NumPy, Pandas),

Sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish (TensorFlow, Scikit-learn),

Avtomatlashtirish va skript yozish (Selenium),

O‘yinlar yaratish (Pygame),

Grafik interfeyslar yaratish (Tkinter, PyQt).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

195

Shuningdek, Python tili keng va faol dasturchilar hamjamiyatiga ega bo‘lib,

muntazam ravishda yangilanib, yangi kutubxonalar, vositalar va imkoniyatlar bilan

boyitib borilmoqda. Bu esa uni boshqa dasturlash tillaridan ajratib turadi.

Konstruktor tushunchasi

Python dasturlash tilida konstruktor – bu sinfdan (klassdan) obyekt

yaratilganda avtomatik ishga tushadigan maxsus metoddir. Konstruktor yordamida

obyektga kerakli boshlang‘ich atributlar beriladi va ularning qiymatlari aniqlanadi.

Konstruktor init nomi bilan belgilanadi va klass ichida e’lon qilinadi.

class Talaba:

def init(self, ism, yosh):

self.ism = ism

self.yosh = yosh

Bu yerda init konstruktor metodi hisoblanadi. self parametri obyektning o‘zini

bildiradi, ism va yosh esa obyektga uzatiladigan tashqi qiymatlardir.

Obyekt atributlarini hosil qilish

Konstruktor orqali obyektning atributlari (xususiyatlari) yaratiladi. Bu

atributlar obyektga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni saqlaydi. Har bir obyekt uchun

ushbu atributlar alohida qiymatga ega bo‘ladi.

# Obyekt yaratish

t1 = Talaba("Ali", 21)

t2 = Talaba("Gulbahor", 19)

print(t1.ism) # Natija: Ali

print(t2.yosh) # Natija: 19

Bu yerda t1 va t2 nomli ikki obyekt yaratildi. Ular o‘ziga xos ism va yosh

atributlariga ega bo‘ldi.

Konstruktorning afzalliklari

Kodning soddaligi va strukturasi: Konstruktor obyekt yaratilishi bilan birga

atributlarni aniqlash imkonini beradi.

Avtomatlashtirish: Har safar obyekt yaratishda ma’lumotlar avtomatik

tayinlanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

196

Modullik: Har bir klass o‘z atributlari va konstruktoriga ega bo‘ladi.

Moslashtirish: Turli parametrlar orqali har xil obyektlar yaratiladi.

Argumentlarsiz konstruktor (default)

Agar konstruktor hech qanday tashqi ma’lumot qabul qilmasa, unga default

qiymatlar beriladi.

class Avtomobil:

def init(self):

self.rang = "Qora"

self.model = "Malibu"

a1 = Avtomobil()

print(a1.rang) # Qora

print(a1.model) # Malibu

Bunday hollarda konstruktor har doim bir xil qiymatlar bilan obyektni

yaratadi.

Konstruktor va metodlar bilan ishlash

Konstruktor yordamida yaratilgan atributlar klassdagi boshqa metodlarda ham

ishlatiladi.

class Talaba:

def init(self, ism, kurs):

self.ism = ism

self.kurs = kurs

def info(self):

print(f"Talaba: {self.ism}, {self.kurs}-kurs")

t1 = Talaba("Javohir", 3)

t1.info()

Natija:

Talaba: Javohir, 3-kurs

Bir nechta obyektlar bilan ishlash

Konstruktor yordamida bir klassdan istalgancha obyekt yaratish mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

197

t1 = Talaba("Aziza", 2)

t2 = Talaba("Sardor", 4)

t3 = Talaba("Xurshid", 1)

t1.info()

t2.info()

t3.info()

Har bir obyekt o‘z atributlariga ega bo‘ladi va ular mustaqil ishlaydi.

Obyekt atributini hosil qilish

Python dasturlash tilida obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tamoyillariga

ko‘ra, har bir obyekt o‘zining xususiy ma’lumotlariga ega bo‘ladi. Bu ma’lumotlar

obyekt atributlari deb ataladi. Obyekt atributlari — obyekt yaratilganida unga

biriktiriladigan qiymatlar bo‘lib, ular obyektning holatini belgilaydi. Boshqacha

aytganda, atributlar – obyekt haqida ma’lumot saqlovchi belgilar hisoblanadi.

Obyekt atributlari odatda klass ichida aniqlanadi va ular obyekt yaratilganda

unga tayinlanadi. Har bir obyekt o‘z atributlariga ega bo‘ladi va ular boshqa

obyektlardan mustaqil holda ishlaydi. Masalan, “Talaba” nomli klass bo‘lsa, uning

atributlari “ism”, “yosh”, “kurs” kabi bo‘lishi mumkin. Har bir talaba (obyekt) bu

atributlarga individual qiymatlar ega qiladi.

Obyekt atributlarini yaratish uchun avvalo klass tuziladi, so‘ngra klass ichida

maxsus metod orqali atributlar aniqlanadi. Odatda bu metod konstruktor deb ataladi

va u obyekt yaratilganda avtomatik ishlaydi. Konstruktor yordamida atributlarga

boshlang‘ich qiymatlar beriladi. Atributlarning nomlari odatda obyektga xos

belgilarni bildiradi. Masalan, avtomobil obyektining atributlari “model”, “rang”,

“tezlik” bo‘lishi mumkin.

Python dasturlash tilida atributlar ikki xil bo‘ladi:

1. Obyekt atributlari – faqat bitta obyektga tegishli bo‘lgan xususiyatlar.

2. Klass atributlari – barcha obyektlar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlar.

Obyekt atributlari o‘zgaruvchan bo‘ladi, ya’ni har bir obyekt uchun har xil

qiymatlar saqlanishi mumkin. Bu esa dasturda moslashuvchanlik va aniqlikni

ta’minlaydi. Obyektlar orasidagi farqlar atributlar orqali ajratiladi. Misol uchun, ikki


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

198

xil talabani tasvirlashda ular bir xil klassga tegishli bo‘lsa ham, ism va yosh kabi

atributlari orqali farqlanadi.

Obyekt atributlari dasturda ma’lumotlar tartibini saqlash, obyektlar holatini

boshqarish, va metodlar orqali ular ustida amallar bajarishda muhim rol o‘ynaydi.

Dasturchilar atributlardan foydalangan holda har bir obyektga xos ma’lumotlarni

aniqlaydi va ularga osongina murojaat qiladi.

Shuningdek, atributlar dasturdagi har bir obyektni to‘liq ifodalashga yordam

beradi. Ular orqali obyektni tanish, uni tahlil qilish, boshqa obyektlar bilan solishtirish

mumkin. Bu esa dastur tuzilmasini aniq va tizimli qiladi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, Python dasturlash tilida konstruktor va obyekt

atributlari obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy poydevorini tashkil etadi.

Konstruktor orqali obyektlar yaratish jarayoni soddalashadi va har bir obyektga

o‘ziga xos atributlar biriktirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu atributlar obyektning

holatini aniqlaydi, ularning ustida amallar bajarish esa dastur funksionalligini

ta’minlaydi.

Atributlarning to‘g‘ri tashkil etilishi kodni strukturaviy, tushunarli va qayta

ishlashga yaroqli qiladi. Shuningdek, konstruktorlar yordamida dasturchi har bir

obyekt uchun individual qiymatlar belgilash orqali ma’lumotlar yaxlitligini saqlaydi

va dasturda moslashuvchanlikka erishadi.

Umuman olganda, konstruktor va obyekt atributlarini chuqur tushunish –

Python tilida samarali va professional dasturlar yaratish uchun zarur bilimlardan

biridir. Bu mavzuni o‘zlashtirish orqali o‘quvchilar va dasturchilar obyektga

yo‘naltirilgan yondashuv asosida mustahkam bilimga ega bo‘ladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Абрамян М.Э. "Практикум по программированию на языке Python" — М.:

Бином, 2021.

2. Шабалин Д. "Объектно-ориентированное программирование на Python",

СПб: Питер, 2020.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

199

3. Zelle, J. "Python Programming: An Introduction to Computer Science", Franklin,

Beedle & Associates, 2016.

4. Lutz, M. "Learning Python", 5th Edition, O'Reilly Media, 2013.

5. Tadjibayeva D.S., Yusupova D.O. "Python dasturlash asoslari", Toshkent:

Innovatsiya nashriyoti, 2022.

6. G‘ulomov S., Qurbonov B. "Python dasturlash tili va amaliyot", Toshkent: Fan va

texnologiya, 2021.

7. https://docs.python.org/3/ — Python dasturlash tilining rasmiy hujjatlari va OOP

bo‘yicha ma’lumotlar (ingliz tilida).

8. https://habr.com/ru/articles/443200/ — "Конструкторы и атрибуты объектов в

Python" maqolasi (rus tilida, Habr platformasi).

Most read articles by the same author(s)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Daminova Shohsanam Davlatjon qizi, SHARTLI OPERATORLAR ASOSIDA MASALALAR YECHISH , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Muxsinova Sevinchxon Ikromjon qizi, PYTHON DASTURLASH TILIDA LAMBDA IFODALARI, KONVERTATSIYA VA O’ZGARUVCHILAR DOIRASI , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Zokirjonova Xushnozaxon Ulug’bek qizi, MAʼLUMOTLARNI SAQLASH JOYLARI , Modern education and development: Vol. 28 No. 2 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Abdusamadova Vasila Elyorjon qizi, PYTHON DASTURIDA SONLAR USTIDA ARIFMETIK AMALLAR , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Muxsinova Sevinchxon Ikromjon qizi, PYTHON DASTURLASH TILIDA LAMBDA IFODALARI, KONVERTATSIYA VA O’ZGARUVCHILAR DOIRASI , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Qaxramonova Muxlisa Jumaxo’ja qizi, INKAPSULYATSIYA, ATRIBUTLAR VA XUSUSIYATLAR. VORISIYLIK , Modern education and development: Vol. 27 No. 5 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Qo’shaqova Dilshoda Robiljon qizi, PYTHON DASTURLASH TILIDA VORISLIK , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Qo’shaqova Dilshoda Robiljon qizi, PYTHON DASTURLASH TILIDA VORISLIK , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

O’ktamjonova Nilufar Abdurahmon qizi, Tilavoldiyeva Muharramoy Abdullajon qizi, TESKARI MASALALAR UCHUN TIXONOV REGULYARIZATSIYASI USULIDAN FOYDALANIB YER OSTI SUV ZAXIRALARINI ANIQLASH MASALASINING YECHIMI , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Daminova Shohsanam Davlatjon qizi, SHARTLI OPERATORLAR ASOSIDA MASALALAR YECHISH , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

1 2 > >>