Authors

  • Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich
  • Norqobilova Durdona Mahmathakim qizi

Author Biographies

  • Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich

    Qarshi davlat texnika universiteti

    dotsent

  • Norqobilova Durdona Mahmathakim qizi

    Qarshi Davlat Texnika Universiteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118090

Keywords:

Fermentlar metabolizm biokimyoviy reaksiya katalizator organizm faoliyati hazm jarayoni energiya ishlab chiqarish enzim amilaza pepsin lipaza kraxmal biosintez reaksiyasi.

Abstract

Ushbu maqolada fermentlarning barcha tirik organizmda o’ynaydigan ahamiyatini ko’rib chiqadi. Fermentlar biologik katalizatorlar bo’lib, ular organizmdagi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, metabolizm, oziq moddalarni  hazm qilish, energiya ishlab chiqarish, oqsillar va nuklein kislatalar sintezi, shuning dek, toksinlar va infeksiyalarga qarshi himoya qilishda muhim ro’l o’ynaydi. Shunindek maqolada fermentlarning hujayra bo’linishi va genetik materialning  uzatilishi kabi hayotiy jarayonlardagi ahamiyati ham tahlil qilinadi.  Fermentlar organizmning hayotiy faoliyatini saqlash va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan asosiy omil ekanligi ta’kidlanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

88

FERMENTLARNING TIRIK ORGANIZMDAGI AHAMIYATI

Qarshi davlat texnika universiteti

dotsent Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich

Qarshi Davlat Texnika Universiteti 2-kurs talabasi

Norqobilova Durdona Mahmathakim qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada fermentlarning barcha tirik organizmda

o’ynaydigan ahamiyatini ko’rib chiqadi. Fermentlar biologik katalizatorlar bo’lib,

ular organizmdagi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, metabolizm, oziq moddalarni

hazm qilish, energiya ishlab chiqarish, oqsillar va nuklein kislatalar sintezi, shuning

dek, toksinlar va infeksiyalarga qarshi himoya qilishda muhim ro’l o’ynaydi.

Shunindek maqolada fermentlarning hujayra bo’linishi va genetik materialning

uzatilishi kabi hayotiy jarayonlardagi ahamiyati ham tahlil qilinadi. Fermentlar

organizmning hayotiy faoliyatini saqlash va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan asosiy

omil ekanligi ta’kidlanadi.

Kalit so’zlar: Fermentlar, metabolizm, biokimyoviy reaksiya, katalizator,

organizm faoliyati, hazm jarayoni, energiya ishlab chiqarish, enzim, amilaza, pepsin,

lipaza, kraxmal, biosintez reaksiyasi.

ЗНАЧЕНИЕ ФЕРМЕНТОВ В ЖИВЫХ ОРГАНИЗМАХ.

Аннотация: В данной статье рассматривается роль ферментов во всех

живых организмах. Ферменты - это биологические катализаторы, которые

ускоряют химические реакции в организме, играя важную роль в обмене

веществ, усвоении питательных веществ, выработке энергии, синтезе белков и

нуклеиновых кислот, а также защите от токсинов и инфекций. В статье

также анализируется значение ферментов в таких жизненно важных

процессах, как деление клеток и передача генетического материала.

Подчеркивается, что ферменты являются важнейшим фактором,

необходимым для поддержания и развития жизнедеятельности организма.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

89

Ключевые слова: Ферменты, метаболизм, биохимическая реакция,

катализатор, жизнедеятельность организма, пищеварительный процесс,

выработка энергии, фермент, амилаза, пепсин, липаза, крахмал, реакция

биосинтеза.

THE IMPORTANCE OF ENZYMES IN LIVING ORGANISMS.

Abstract: This article examines the role of enzymes in all living organisms.

Enzymes are biological catalysts that speed up chemical reactions in the div, playing

an important role in metabolism, nutrient absorption, energy production, protein and

nucleic acid synthesis, and protection against toxins and infections. The article also

examines the importance of enzymes in such vital processes as cell division and the

transfer of genetic material. It is emphasized that enzymes are the most important

factor necessary for the maintenance and development of the div's vital functions.

Keywords: Enzymes, metabolism, biochemical reaction, catalyst, div activity,

digestive process, energy production, enzyme, amylase, pepsin, lipase, starch,

biosynthesis reaction.

Kirish.

Fermentlar (lotincha fermentum-achitqi) enzimlar-hayvon, o’simlik va

bakteriyalarning tirik hujayralardagi oqsilli katalizatorlar. Fermentlar bu - maxsus

oqsillar bo’lib, ular biologik reaksiyalarni tezlashtiruvchi katalizator sifatida ishlaydi.

Tirik organizmlarda ular juda muxim ro’l o’ynaydi, chunki fermentlar metabolitik

jarayonlarni boshqaradi, oziq moddalarning hazm qilishini ta’minlaydi energiya ishlab

chiqarishda ishtirok etadi va organizmni zararli moddalar va infeksiyalardan himoya

qiladi. Ko’pchilik fermentlar a’zo va to’qimalarda shu darajada kamki, hatto ularning

absolyut miqdorini (milligrammlarda) bilish qiyin. Shu sababli Fermentlarning istalgan

a’zodagi miqdorini, ularning faolligiga qarab aniqlanadi. Fermentlarning faollik birligi

uchunbir minutda ma’lum miqdoriga substraktning o’zgarishini katalizlashga ketgan

Fermentlar miqdori qabul qilingan. Fermentlar tirik organizmdagi biosintez

reaksiyalarida faol qatnashadi va ularning normal kechishini taminlaydi. XX asr

boshlariga kelib nemis kimyogari R.Vilshtetter xodimlari bilan Fermentlarni ajratish

va tozalashda adsorbsiya usulidan keng foydalandi. Fermentlar biosintezi genetik kod

tomonidan nazorat etiladi. Ular ichki va tashqi omillar; mutatsiyalar, ionlovchi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

90

radiatsiya, ovqatlanish sharoiti va boshqa ta’sirida o’zgarishi mumkin. Oziq

moddalarning hazm qilinishi bu - fermentlarning hayotiy funksiyalaridan biri hazm

qilish tizimi organizmga kirgan oziq moddalarni kichik molekularga bo’lib, ular orqali

ozuqalar so’riladi va organizmni kerakli energiya bilan ta’minlaydi. Amilaza, pepsin,

lipaza kabi fermentlar oziq moddalarni, masalan, kraxmalni, oqsillarni va yog’larni

tarkibiy qismlarga ajratib organizm tomonidan oson hazm qilinadigan holatga

keltiriladi. Tirik organizmlarda barcha kimyoviy jarayonlar bir- biriga bog’liq bo’lib,

ular metabolizmni tashkil etadi. Metabolizm- organizmdagi oziq moddalarni

energiyaga aylantirish, hujayralarning qurilish materiallarini ishlab chiqarish va

chiqindilarni yo’qotish kabi jarayonlar to’plami. Fermentlar bu jarayonlarning

tezligini oshiradi, shuningdek har bir reaksiyaning o’z vaqtida va muvozanatda

bo’lishini ta’minlaydi. Misol uchun glikoliz jarayonida glyukoza molekulalari energiya

ishlab chiqarish uchun parchalanadi, va bu jarayon fermentlarning faoliyati yordamida

tezlashadi.

Fermentlarning taʼsir etishi bir qator omillarga, xususan, temperatura va muhit

pH ga (pH - vodorod koʻrsatkich) bogʻliq. Fermentlarning taʼsir etish optimum

temperaturasi(o’simliklarda) 38-60°, temperatura bundan yuqori boʻlsa, Fermentlar

odatda, denaturatsiyalanib oʻz faolligini yoʻqotadi. Lekin baʼzi Fermentlar

(ribonukleaza, miokinaza) 100° issiqlikka ham chidaydi. Odam va issiq qonli

hayvonlar fermenti 37-38°da, yaʼni tana haroratida taʼsir koʻrsatadi. Fermentlar

faolligining tempuraturaga bogʻliqligidan tibbiyot amaliyotida, jumladan, jarrohlikda

foydalaniladi.

Xulosa:

Fermentlar tirik organizmlar uchun hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan

biologik katalizatorlardir. Ular organizmdagi barcha kimyoviy reaksiyalarni

boshqarib, metabolizmni tezlashtiradi, oziq moddalarni hazm qiladi, energiya ishlab

chiqaradi, oqsillar va nuklein kislatalarning sintezini ta’minlaydi hamda organizmni

zararli moddalar va infeksiyalardan himoya qiladi. Inson hayotida, shuningdek, yengil,

oziq-ovqat va kimyo sanoatlarida fermentlardan keng foydalaniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

1.Xamidov X, Raximov A, Jo’rayev Sh. Biokimyo


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

91

2.Karimova N.S “Fermentlarning metabolitik jarayonlardagi o’rni”

3.Rasulova M.Z “ Fermentlar va ularning fiziologik jarayonlardagi ahamiyati”

4. Xodjiahmedov A.X Tibbiy biokimyo- Toshkent.

5. E.O.Hamroev./ Determining the ratio of sunflower seed kernels and husks when

preparing the mixture for roasting./ JOURNAL OF NEW CENTURY

INNOVATIONS./ Volume–73_Issue-2_March-2025.

6. E.O.Hamroev./ Ekologiya o‘zgarishidan kelib chiqqan xolda, oziq-ovqat

mahsulotlari ishlab chiqarishda innovasion texnologiyalarni qullash./ JOURNAL OF

NEW CENTURY INNOVATIONS./ Volume–73_Issue-2_March-2025.

7. E.O.Hamroev./ Donning o'rim-yig'imdan keyingi pishishi va saqlashdagi

biokimyoviy jarayonlari. MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT./ №-23,

Mart-2025./ Google Scholar.

8. E.O.Hamroev./ Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi biokimyoviy va

fermentativ jarayonlar./ MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT./ №-23,

Mart-2025./ Google Scholar.

9. E.O.Hamroev, X.Sodiqova./

Golubika o’simligining shifobaxshlik

xususiyatlari./

TA'LIM INNOVATSIYASI VA INTEGRATSIYASI./ 43-son_3-

to’plam_Aprel -2025. https://scientific-jl.com/.

10. E.O.Hamroev, L.Saidova./

O’simliklar tanasida oqsillarning parchalanishini

katalizlovchi fermentlar./

TA'LIM INNOVATSIYASI VA INTEGRATSIYASI./ 43-

son_3-to’plam_Aprel -2025. https://scientific-jl.com/.