Authors

  • Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich
  • Jumayeva Obida Yo’lchiyevna

Author Biographies

  • Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich

    Qarshi davlat texnika universiteti

    dotsent

  • Jumayeva Obida Yo’lchiyevna

    Qarshi Davlat texnika universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118091

Keywords:

Aminokislotalar oqsil oziq-ovqat zarur aminokislotalar organizm sog‘liq oqsil sintezi.

Abstract

Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydigan aminokislotalar, ularning turlari, inson organizmidagi biologik roli hamda salomatlikdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, aminokislotalarning asosiy manbalari va har birining organizm uchun zarurligi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

83

OZIQ-OVQAT TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALAR VA ULARNING

INSON ORGANIZMIDAGI AHAMIYATI

Qarshi davlat texnika universiteti

dotsent Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich

Qarshi Davlat texnika universiteti talabasi

Jumayeva Obida Yo’lchiyevna

Annotasiya: Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydigan

aminokislotalar, ularning turlari, inson organizmidagi biologik roli hamda

salomatlikdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, aminokislotalarning asosiy

manbalari va har birining organizm uchun zarurligi haqida batafsil maʼlumotlar

berilgan.

Kalit soʻzlar: Aminokislotalar, oqsil, oziq-ovqat, zarur aminokislotalar,

organizm, sog‘liq, oqsil sintezi.

АМИНОКИСЛОТЫ В ПИЩЕ И ИХ ЗНАЧЕНИЕ В

ЧЕЛОВЕЧЕСКОМ ОРГАНИЗМЕ.

Аннотация: В этой статье в этой статье содержатся аминокислоты,

обнаруженные в пище, их типах, биологическую роль в организме человека и

здоровье. Основные источники аминокислот также предоставляются

подробной информацией о необходимых источниках каждого и необходимости

в организме.

Ключевые слова: аминокислоты, белки, пища, нуждающиеся, синтез

организма, здоровья, белка.

AMINO ACIDS IN FOOD AND THEIR SIGNIFICANCE IN THE

HUMAN BODY.

Annotation: This article contains amino acids found in food, their types, a

biological role in the human div and health. The main sources of amino acids are

also provided by detailed information about the necessary sources of each and the need

for the div.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

84

Keywords: amino acids, proteins, food, needy, synthesis of the div, health,

protein.

Kirish:

Inson salomatligini saqlash va normal hayot faoliyatini taʼminlashda

oziq-ovqatning o‘rni beqiyosdir. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida ko‘plab muhim

bioaktiv moddalardan biri bu aminokislotalardir. Aminokislotalar oqsillarning qurilish

birliklari bo‘lib, ular organizmda ko‘plab fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda

ishtirok etadi. Hozirgi kunda sog‘lom ovqatlanish, sportchilar uchun ratsion tuzish va

parhezlashda aminokislotalarning roli nihoyatda muhim hisoblanadi. Oqsil va

aminokislotalar yetishmovchiligi ko‘plab sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin.

Shu sababli, aminokislotalarning oziq-ovqatdagi turlari va ularning ahamiyatini

chuqurroq o‘rganish dolzarbdir. Zamonaviy ilm-fan va tibbiyot oziq-ovqatning nafaqat

energiya manbai, balki inson organizmining hujayraviy darajadagi hayotiy faoliyatida

ishtirok etuvchi bioaktiv moddalarning muhim manbai ekanini isbotlab bermoqda.

Shunday moddalar orasida aminokislotalar alohida o‘rin egallaydi. Ular organizmda

oqsillarni shakllantiruvchi asosiy tarkibiy birliklar bo‘lib, har bir tirik organizmning

o‘sishi, rivojlanishi, hujayra yangilanishi va moddalar almashinuvida beqiyos

ahamiyatga ega.

Aminokislotalar -

molekulasida

amin

va

karboksil

guruhi

boʻlgan organik

birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementi hisoblanadi.

Aminokislotalar - rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy

Aminokislotalar ma'lum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning

2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Aminokislotalarning D-

yoki L-qatorga tegishligini N va NH

2

guruhning uglerod atomida qanday

joylashganligi koʻrsatadi. Deyarli barcha tabiiy aminokislotalar L-qatoriga kiradi. D-

qatorga mansub aminokislotalar tabiatda kamdan-kam boʻlib, mikroorganizmlar

tarkibida topilgan. Aning L-formasi oʻsimliklar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi va u

moddalar almashinuvining barcha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini

oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydi, baʼzan ular moddalar almashinuvi jarayonlarini

toʻxtatib qoʻyadi. Bu organizmning fermentativ sistemasi aminokislotalarning L-

qatoriga moslashganligidan darak beradi. Aminokislotalar organizmda erkin holda va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

85

oqsillar yoki boshqa birikmalar tarkibida uchraydi. Inson tanasida mavjud bo‘lgan

barcha oqsillar 20 xil aminokislotadan tashkil topgan. Ushbu aminokislotalar ikki

toifaga bo‘linadi: organizm tomonidan sintezlanmaydigan va faqat tashqi manbadan,

yaʼni oziq-ovqatdan olinadigan

zarur

(

essensial

) aminokislotalar, hamda tananing o‘zi

tomonidan ishlab chiqariladigan

zarur

bo‘lmagan

aminokislotalar. Zarur

aminokislotalarni yetarli miqdorda isteʼmol qilmaslik oqibatida mushaklarning

zaiflashuvi, immunitetning pasayishi, moddalar almashinuvi buzilishi, ruhiy holatdagi

o‘zgarishlar va boshqa ko‘plab salbiy oqibatlar yuzaga keladi.

Bugungi kunda to‘g‘ri va balanslangan ovqatlanish prinsiplariga rioya qilish,

ayniqsa sportchilar, bolalar, homilador ayollar va keksalar uchun nihoyatda muhim

hisoblanadi. Ularning organizmi ko‘proq protein va aminokislotalarga ehtiyoj sezadi.

Shu sababli, oziq-ovqat tarkibidagi aminokislotalarning biologik ahamiyati, ularning

manbalari va organizmda bajaradigan funksiyalarini chuqur o‘rganish hamda

amaliyotda qo‘llash – zamonaviy ovqatlanish gigiyenasining asosiy yo‘nalishlaridan

biridir.

Aminokislotalarning turlari:

Aminokislotalar umumiy hisobda 20 turga

bo‘linadi. Ulardan 9 tasi zarur (essensial) bo‘lib, organizm tomonidan ishlab

chiqarilmaydi va faqat oziq-ovqat orqali olinadi. Qolganlari organizmda sintezlanadi

va nisbatan zarur deb hisoblanadi.

Zarur aminokislotalar:

Leysin

– mushak to‘qimalarining qurilishi uchun zarur.

Lizin

– immunitet va suyak sog‘lig‘iga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

Triptofan

– serotonin ishlab chiqarishda ishtirok etadi.

Valin, izoleysin

– energiya manbai, mushaklarni tiklaydi.

Fenilalanin

– neyrotransmitterlarning hosil bo‘lishida muhim.

Metionin

– antioksidant vazifasini bajaradi.

Treonin

– jigar funksiyasi uchun kerakli.

Histidin

– bolalar o‘sishida ahamiyatli.

Aminokislotalarning biologik ahamiyati.

Aminokislotalar tanada:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

86

Yangi hujayralarni yaratadi.

Fermentlar, gormonlar va antitanachalar ishlab chiqarishga yordam beradi.

Energiya manbai sifatida xizmat qiladi.

Asab tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Imunitetni kuchaytiradi.

Aminokislotaga boy oziq-ovqatlar mahsulotlari.

Hayvon manbali:

go‘sht, baliq, tuxum, sut mahsulotlari.

O‘simlik manbali:

soya, yasmiq, no‘xat, quinoa, pista, yong‘oqlar.

Hayvon manbali oziq-ovqatlar to‘liq oqsil manbai hisoblanadi, yaʼni barcha

zarur aminokislotalarni o‘z ichiga oladi. O‘simlik manbali mahsulotlar esa ayrim

hollarda baʼzi aminokislotalarni yetarli miqdorda taʼminlay olmaydi, ammo ularni

kombinatsiya qilib isteʼmol qilish orqali bu muammoni bartaraf etish mumkin.

Xulosa

: Aminokislotalar organizm hayot faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib,

ularni yetarli darajada oziq-ovqat orqali qabul qilish sog‘liqni saqlashda muhim

ahamiyatga ega. Har bir aminokislotaning o‘ziga xos fiziologik funksiyasi mavjud

bo‘lib, ularning organizmdagi balansini saqlash inson salomatligi uchun zarurdir.

To‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanish orqali barcha zarur aminokislotalarni olish

mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Nelson, D.L., Cox, M.M. Lehninger Principles of Biochemistry, 7th edition, W.H.

Freeman, 2017.

2. Food and Nutrition Board, Institute of Medicine. Dietary Reference Intakes for

Energy, Carbohydrate, Fiber, Fat, Fatty Acids, Cholesterol, Protein, and Amino Acids,

National Academies Press, 2005.

3. FAO. Protein and Amino Acid Requirements in Human Nutrition, WHO Technical

Report Series, 2007.

4. E.O.Hamroev./ Determining the ratio of sunflower seed kernels and husks when

preparing the mixture for roasting./ JOURNAL OF NEW CENTURY

INNOVATIONS./ Volume–73_Issue-2_March-2025.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

87

5. E.O.Hamroev./ Ekologiya o‘zgarishidan kelib chiqqan xolda, oziq-ovqat

mahsulotlari ishlab chiqarishda innovasion texnologiyalarni qullash./ JOURNAL OF

NEW CENTURY INNOVATIONS./ Volume–73_Issue-2_March-2025.

6. E.O.Hamroev./ Donning o'rim-yig'imdan keyingi pishishi va saqlashdagi

biokimyoviy jarayonlari. MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT./ №-23,

Mart-2025./ Google Scholar.

7. E.O.Hamroev./ Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi biokimyoviy va

fermentativ jarayonlar./ MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT./ №-23,

Mart-2025./ Google Scholar.

8. E.O.Hamroev, X.Sodiqova./ Golubika o’simligining shifobaxshlik

xususiyatlari./ TA'LIM INNOVATSIYASI VA INTEGRATSIYASI./ 43-son_3-

to’plam_Aprel -2025. https://scientific-jl.com/.

9. E.O.Hamroev, L.Saidova./ O’simliklar tanasida oqsillarning parchalanishini

katalizlovchi fermentlar./ TA'LIM INNOVATSIYASI VA INTEGRATSIYASI./ 43-

son_3-to’plam_Aprel -2025. https://scientific-jl.com/.