Beda nav-namunalarini boshpoya balandligi boʻyicha oʻrganish va tanlash

  • 1Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqqiqot instituti, 2Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, 3Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali
  • 1Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqqiqot instituti, 2Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, 3Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali
  • 1Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqqiqot instituti, 2Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, 3Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali
CC BY f
254-256
12
2
Поделиться
Худойбердев, Н., Аллашов, Б., & Бекназаров, У. (2023). Beda nav-namunalarini boshpoya balandligi boʻyicha oʻrganish va tanlash. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 254–256. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/25258
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Beda ekin turi qishloq xo’jaligida va chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlashda, tuproq strukturasini mustaxkamlashda asosiy ekinlardan biri bo’lib hisoblanadi. Har bir hudud tuproq-iqlim sharoitlariga mos bedaning yangi navlarini yaratishda kolleksiya namunalarni o’rganish va tanlash juda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada beda kolleksiyasi namunalarining ikkinchi yilgi bosh poya balandligini o’rganish va tanlash natijalari keltirilgan.


background image

254

3. Методические указания по геоботаническому обследованию естественных

кормовых угодий Узбекистана, 1980. -170 с.


UO’K: 633.31

BEDA NAV-NAMUNALARINI BOSHPOYA BALANDLIGI BO’YICHA

O’RGANISH VA TANLASH

1

N.X.Xudoyberdiyev,

2

B.D.Allashov,

3

U.A.Beknayev

1

Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqqiqot instituti,

2

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti,

3

Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali

Annotasiya.

Beda ekin turi qishloq xo’jaligida va chorvachilikda ozuqa bazasini

mustahkamlashda, tuproq strukturasini mustaxkamlashda asosiy ekinlardan biri bo’lib
hisoblanadi. Har bir hudud tuproq-iqlim sharoitlariga mos bedaning yangi navlarini
yaratishda kolleksiya namunalarni o’rganish va tanlash juda muhim ahamiyatga ega. Ushbu
maqolada beda kolleksiyasi namunalarining ikkinchi yilgi bosh poya balandligini o’rganish va
tanlash natijalari keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Beda, ko’k massa, kolleksiya, namuna, pichan, hosildorlik, ozuqa bazasi,

tuproq strukturasi, ozuqabop ekinlar, nav, duragay, seleksiya.

Summary.

Alfalfa is one of the main crops in agriculture and livestock production for

strengthening the food supply and strengthening the soil structure. The study and selection of
collection samples is of great importance when creating new varieties of alfalfa suitable for the
soil and climatic conditions of each region. This article presents the results of the study and
selection of collection samples of alfalfa according to the height of the main stem of the second
year.

Key words

:

Alfalfa, green mass, collection, sample, hay, productivity, food supply, soil

structure, forage crops, variety, hybrid, selection.

Kirish.

Respublikamiz qishloq xo’jaligini rivojlantirishda paxtachilik va g’allachilik bilan

bir qatorda yem-hashak ekinlari, jumladan ko’p yillik dukkakli o’t ekini - beda maydonlarini

kengaytirish muhim ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tavsiyasiga ko’ra,

Qoraqalpog’iston Respublikasi (10000 ga) va Sirdaryo viloyatida (5000 ga) beda urug’chiligi

agrofirmalari tashkil etib, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash va eksportbop beda urug’ini

yetishtirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda beda ekinidan qishloq xo’jaligida nafaqat chorva

mollari uchun ozuqabop yuqori pichan va ko’k massa hosiliga ega navlarni, balki yuqori urug’

hosiliga ega bo’lgan beda navlarini yaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki qishloq xo’jaligi

ishlab chiqarishida agroklaster va fermer xo’jaliklari tuprog’ining meliorativ holatini yaxshilash

va almashlab ekish maqsadida ekin maydonlarining 10% ga beda ekinini joriy etish, bu

ekinning urug’chiligini takomillashtirish hamda yuqori urug’ hosiliga ega navlar yaratish

hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biridir. Shuning uchun biz olib borayotgan

tadqiqotlarimizda kolleksiya materiallarining bir qancha katta ahamiyatli ko’rsatkichlari bilan

birgalikda bosh poya balandligiga ham katta ahamiyat berdik. K.Isakova va S.Egamberdiyeva

tadqiqotlarida aniqlandiki, bedani bahorgi va kuzgi muddatlarda urug’larni 10 kg/ga ekilganda,

andoza variantida yuqoriroq me’yorda ekilganiga (20 kg/ga) nisbatan, bedaning rivojlanish

fazalari bir oz tezlashadi, generativ poya va gul shingillari ko’proq paydo bo’ladi, ildiz

sistemasi yaxshiroq rivojlanadi, o’simliklarning nobud bo’lishi kamayadi, urug’ hosildorligi
yuqori bo’ladi. (Isakov, Egamberdiyeva, 2009) Bedaning seleksiya jarayoni ishlari bo’yicha

tadqiqotlar o’tkazish bir qator mualliflarning ilmiy ishlarida keltirilgan (Rashidov va boshq.,


background image

255

2010). Tadqiqotlarning ko’pchiligi bir qator xorijiy mamlakatlardan keltirilgan bedaning

seleksiya navlari va yovvoyi namunalarini o’rganib va ularning orasidan ba’zi qimmatli xo’jalik

belgilari bo’yicha eng yaxshi shakllarini ajratib olib yangi navlar yaratilgan (Kozlov va

Piskovaskiy, 2005). Ma’lumki, ozuqa birligi ekinlarning tarkibidagi oqsil moddasi barglarning

ma’lum darajada poyadagi nisbatiga bog’liq. Bedaning bargida oqsil, vitaminlar, mineral

moddalar o’simliklarning poyasiga nisbatan ko’proq miqdorda bo’ladi, ya’ni ozuqasi sifatliroq

bo’ladi. Tadqiqotchilar ko’pgina tahlillar o’tkazish natijasida aniqlashicha, beda barglarida

poyalarga nisbatan oqsil miqdori 1,5-2 marta ko’p bo’ladi (Jo’rayev va boshq., 2007;

Piskovaskiy va boshq., 2007; Tkachenko va boshq., 2006). Chatishtirish va tanlash usullari

bilan o’simliklarning duragay avlodlariga eng qimmatli xo’jalik belgi va xususiyatlarini

o’tkazib, seleksiya usuli bilan ya’ni tanlash orqali istalgan belgilarga ega yangi navlarni yaratish

mumkin (Bashkirova, 2007; Dyulgerov va boshq., 2005).

Tadqiqot maqsadi.

Kolleksiyada mavjud beda namunalarini ekib o’rganish, boshpoya

balandligi bo’yicha tahlil qilish, yaxshi ko’rsatkichlarga ega bo’lganlarini tanlab olish.

Tadqiqot usullari.

Tajribalar “Don va dukkakli ekinlardan elita va superelita urug’larini

olish” (1982), uslubi asosida amalga oshirildi.

Tadqiqot natijalari.

Kolleksiyadagi beda namunalari Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va

yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tajriba dalasida ekildi. Ikkinchi yilgi
beda namunalari uchta o’rimi bo’yicha bosh poya balandligi o’lchandi. O’rtacha bitta
o’simlikning bo’yi bo’yicha o’lchash ishlari aniqlandi. Bunda har bir o’simlikning yer
yuzasidagi pastki qismidan eng yuqori nuqtasigacha bo’lgan balandligi o’lchandi. Jadvalda
ko’rinib turganidek daladagi barcha o’simlik ya’ni 45 xil namuna va 1 ta andoza Toshkent-1
navi o’rganilgan. O’rganilayotgan 45 xil nav va namunalarni andoza nav bilan taqqoslab ularni
baholadik va quyidagi natijalarga erishdik. Andoza Toshkent-1 navining o’rtacha birinchi
o’rimdan oldingi bo’yi 83 sm.ni tashkil etdi.

Tadqiqotlarda 1 metrdan oshgan holda 115 sm. bilan kolleksiyadagi raqami k-6660

bo’lgan namuna eng yaxshi natija qayd etdi. Undan keyin esa 90 sm.dan oshganlar esa
quyidagilar bo’ldi: k-6171-98 sm., k-6224-93 sm., k-6650-96 sm., va undan balandlar esa k-
6105-88 sm., kolleksiyadan raqamsiz olingan Mahalliy 4 namuna esa 88 sm., k-6629-89 sm., k-
6640- 89 sm., Mahalliy 1 88 sm., Mahalliy 2 88 sm., k-6656 85 sm., ni tashkil etib andoza
navdan yuqori ko’rsatkichlarni ko’rsatdi.

1-jadval

Beda namunalari bosh poya balandligi, sm (2023 y).

Tartib nomeri

Namuna nomi yoki

kolleksiya nomeri

Ikkinchi yilgi 3 o’rimdagi bitta

o’simlikning o’rtacha bo’yi (sm)

1

Mahalliy 1

82

2

Mahalliy 2

83

3

Mahalliy 3

79

4

Barenburg

78

5

Banat

79

6

Yemilyana

82,5

7

k-6194

78

8

k-6220

73

9

k-6105

88

10

k-6197

79

11

k-6804

81

12

k-6719

78

13

k-6682

34

14

k-6204

69

15

k-6571

77,5


background image

256

16

k-6100

96

17

k-6171

98

18

k-6735

81,3

19

k-6218

76

20

k-6172

71

21

k-6637

59

22

k-6163

69

23

k-6186

63

24

k-6224

93

25

k-6200

70

26

k-6750

79

27

k-6771

46

28

k-6660

115

29

k-6227

79

30

MAHALLIY 4

88

31

k-6181

68

32

k-6649

76

33

k-6629

89

34

k-6650

96

35

k-6219

78

36

k-6535

63

37

k-6662

67

38

k-6638

56

39

k-6643

77

40

k-6656

85

41

k-6633

79

42

k-6640

89

43

k-6756

59

44

k-6753

79

45

k-6757

80

46

Toshkent 1

83

Andoza Toshkent-1 navi 83 sm. bosh poya balandligini ko’rsatgan bo’lsa quyidagi

namunalar past natijalarga ega bo’ldi. k-6771 46 sm., k-6227 79 sm., k-6181 68 sm., k-6649 76
sm., k-6219 78 sm., k-6535 63 sm., k-6662 67 sm., k-6638 56 sm., k-6643 77 sm., k-6633 79
sm., k-6756 59 sm., k-6753 79 sm., bosh poya balandligiga erishdi va andozadan past
ko’rsatkichga ega bo’ldi.

Xulosa.

Bosh poya balandligi bo’yicha andoza Toshkent 1 navida bosh poya balandligi 83

sm.ni tashkil yetdi. Namunalar orasida k-6660 namunasi 32 sm., k-6100 namunasi 13 sm., k-
6650 namunasi 13 sm., k-6171 namunasi 15 sm. andozadan bosh poya balandligi bo’yicha
yuqori natijalar ko’rsatdi

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Башкирова Н.В. 2007. Комбинационная способность инбредных линий люцерны

посевной. Генетические ресурсы культурных растений в ХХИ веке: состояние,
проблемы, перспективы. Тезисы докладов 2- ой Вавиловской международной
конференции, Санкт-Петербург, 26-30 ноябрь, 2007.

2. Исаков К., Эгамбердиев С. 2009. Семенная и фуражная продуктивность люцерны

в зависимости от сроков сева и нормы высева. Агро Илм, 4(12) с.19.

3. Козлов Н.Н., Писковацкий Ю.М. Схема селекции люцерны с использованием

фенотипических маркеров. Селекция и семеноводство, №2 –2005. С. 5-7.

Библиографические ссылки

Башкирова Н.В. 2007. Комбинационная способность инбредных линий люцерны посевной. Генетические ресурсы культурных растений в ХХИ веке: состояние, проблемы, перспективы. Тезисы докладов 2- ой Вавиловской международной конференции, Санкт-Петербург, 26-30 ноябрь, 2007.

Исаков К., Эгамбердиев С. 2009. Семенная и фуражная продуктивность люцерны в зависимости от сроков сева и нормы высева. Агро Илм, 4(12) с.19.

Козлов Н.Н., Писковацкий Ю.М. Схема селекции люцерны с использованием фенотипических маркеров. Селекция и семеноводство, №2 –2005. С. 5-7.

Котов П.Ф., Иванов Н.Н. и Кондаков Н.А. Многолетние травы. В кн.: Резервы укрепления кормовой базы. Воронеж. 1966.

Лукина Н.И. Образцы люцерны, перспективные для селекции на качество. Ж. Селекция и семеноводство. Москва, № 1, 1992: с.40-42.

Рашидов Т.Р., Сыдык-Ходжаев Р.Т., Аллакулиев Б.Ж. Беда селекцияси ва уруғчилиги. ЎзР “Фан” нашриёти, Тошкент, 2010: 150 в. (монография).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов