Ozuqabop ekinlarda ayrim xoʻjalik belgilari bo‟yicha olib borilgan seleksiya ishlari

CC BY f
227-230
3
1 1
Поделиться
Аллашов, Б., & Жамолов, С. (2023). Ozuqabop ekinlarda ayrim xoʻjalik belgilari bo‟yicha olib borilgan seleksiya ishlari. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 227–230. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/25211
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Keyingi yillarda yerlardan samarali foydalanish, bir maydondan ikki marta hosil olish hisobiga har bir gektar yerdan yetishtirib olinadigan ozuqa birligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumki tritikale va suli ekinlari kuzgi oraliq ekinlarining asosiy komponentlaridan hisoblanadi. Shu sababli tritikale va suli ekinlarida seleksiya ishlarini olib borish, yangi navlarini yaratish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu maqolada suli va tritikaleda olib borilgan seleksiya ishlari natijalari keltirilgan.


background image

227

ochilishini A.N. Ponomaryevlar taklif etgan usullar yordamida o‟rganildi. Chang
donachalarining hayotchanligi va fertilligi I.P. Diakonning yodli asetokarmin usulida o‟rganildi.
Ko‟p yillik o‟simliklarda urug‟ mahsuldorligi T.A. Rabotnov, O.A. Ashurmetov usullarida
aniqlandi. Kuzgi ekish oldidan tajriba maydonining 1 m² qismiga 70-80 gr fosfor o`g`iti
solinadi. Kuzda Tirnoqgul urug`larini chuqur ekilmasdan ustini 1-2 sm tuproq bilan ko`mib
qo`yiladi. Tirnoqgul kuzda ekilganda aprel oylarida maysalari unib chiqadi. Baxorda tajriba
maydonining 1 m² qismiga 10-20 kg maxalliy o`g`it solinadi. Tuproq harorati 20-22

bo`lganda qator oralari 60 sm qilib 2-3 sm chuqurlikda o`simlik urug`lari ekib chiqiladi va
urug`lar 7-8 kundan keyin unib chiqishni boshlaydi. Tirnoqgul unub chiqqandan keyin,
paykallar o`toq va yagona qilinib, tuplar orasi 15-20 sm masofada har bir uyaga 1-2 tadan
o`simlik qoldiriladi.

Xulosa.

Kalendula asosidagi dorilar juda samarali va kuchli bo'lgani sababli, o'z-o'zini

davolashni butunlay bekor qilish kerak. Bunday terapiyani faqat malakali shifokor
buyurishi mumkin. Masalan ayollar homiladorlik paytida ko'plab davolovchilar homiladorlikni
qo'zg'atmaslik uchun ushbu o'simlikni butunlay yo'q qilishni tavsiya qiladilar. Emizishda,
kalendula asosidagi preparatlardan (spirtli ichimliklarsiz) foydalanishga ruxsat beriladi:
emizikli onada turli xil nafas olish kasalliklarini davolashda: sinusit, bronxit, tonzillit,
yo'tal va burun oqishi, shamollash, faringit va sinusit. Laksatif sifatida gullarni tayyorlash
ham mashhur. To„pgullaridan har xil tabletkalar tayyorlanadi. Chet ellarda gultojbarglaridan
bo„yoq olinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Xojimatov K.X., Xojimatov O.K “ O‟simliklar hom-ashyosi resurslari ” O‟quv

qo‟llanma. Guliston 2007.- 54b.

2.

Xamidov A., Nabiyev M., Odilov T. “O‟zbekiston o‟simliklar aniqlagichi”. Toshkent

“O‟qituvchi” 1987. -328b

3.

Xamidov Gʻ.H., Mahsudova R.S., Mahmudov M.H “O‟zbekiston o‟somliklari”

Toshkent “O‟qituvchi”. 1992 -244b


UO‟K: 633.13.19

OZUQABOP EKINLARDA AYRIM XOʻJALIK BELGILARI BO’YICHA OLIB

BORILGAN SELEKSIYA ISHLARI

B.D.Allashov-

ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, q.x.f.n., K.I.X.,

S.Gʻ.Jamolov-

boʻlim boshligʻi

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti, allashev-b@mail.ru

Annotasiya.

Keyingi yillarda yerlardan samarali foydalanish, bir maydondan ikki marta

hosil olish hisobiga har bir gektar yerdan yetishtirib olinadigan ozuqa birligini oshirishga katta
e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumki tritikale va suli ekinlari kuzgi oraliq ekinlarining asosiy
komponentlaridan hisoblanadi. Shu sababli tritikale va suli ekinlarida seleksiya ishlarini olib
borish, yangi navlarini yaratish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu maqolada suli va tritikaleda
olib borilgan seleksiya ishlari natijalari keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

Chorvachilik, ozuqa bazasi, ozuqabop ekinlar, kuzgi oraliq ekinlar, nav,

tanlash,suli, tritikale, urugʻ.

Summary.

In recent years, much attention has been given to increasing the amount of

feed grown per hectare of land through efficient land use and double harvesting from the same
area. It is known that triticale and oats are the main components of autumn intercrops.
Therefore, it is important to carry out breeding work in triticale and oat crops and create new
varieties. This article presents the results of breeding work on triticale and oats.


background image

228

Key words:

Livestock breeding, forage base, forage crops, autumn catch crops, variety,

selection, oats, triticale, seeds.

Kirish.

Respublikamiz qishloq xo‟jaligining yalpi mahsulotlari ulushida chorvachilik

sohasi ham alohida o‟rin egallab, u xalqimizni qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta‟minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli chorvachilikni yanada rivojlantirish,
qishloq xo‟jalik hayvonlari mahsuldorligini oshirish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish
hajmini sezilarli darajada oshirib borish muhim vazifalardan biri bo‟lib turibdi. Buning uchun
esa sohada mustahkam ozuqa bazasini yaratish, mollarni to‟la qiymatli oziqlantirish bilan
ta‟minlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Ozuqabop ekinlar qimmatli xo‟jalik belgilari bo‟yicha tahlil qilinganda ko‟k massa

hosildorligi tritikalening Prag serebristiy navida – 482,3 s/ga, raygrasning Kowinmaster navida
– 427,7 s/ga, sulining O‟zbekisto keng bargli navida – 387,7 s/ga va arpaning Bolg‟ali navida –
387,7 s/ga bo‟lganligi kuzatilgan [2].

Respublikada 2019 yilda ozuqa bazasini rivojlantirish maqsadida barcha toifa

xo‟jaliklaridagi jami 342,7 ming gektar (shundan 208 ming gektar chorvachilik subyektlarida)
asosiy maydonlarga jumladan, 161,2 ming gektar beda, 50,5 ming gektar don uchun
makkajo‟xori, 123,1 ming gektar silos uchun makkajo‟xori va 7,9 ming gektar xashaki lavlagi
ekinlari ekilgan. Shuningdek, mamlakatimizda 2 marta hosil olishni imkoniyati bo‟lganligi
sababli iyun-iyul oylarida takroriy ekin sifatida 230 ming gektar maydonga makkajo‟xori
ekilgan [4].

Tadqiqot maqsadi.

Ozuqabop ekinlardan suli va tritikale ekinlarida seleksiya ishlarini

olib borish. Tritikale va sulining yangi liniyalari bo‟yicha ayrim qimmatli xo‟jalik belgilari
bo‟yicha o‟rganish.

Tadqiqot usullari.

Ushbu tadqiqotda umumiy agrotexnikaviy usullardan foydalanilgan.

Tadqiqot masalalarini o‟rganishda umum agrotexnikaviy usullardan: urug‟, suv, dorilar xarajati,
hosildorlik, va uning sifati o‟rganildi.

Tadqiqot natijalari.

Hozirgi kunda yer yuzida suli ekini taxminan 17 mln gektar atrofida

maydonda ekiladi va bu ekin ko‟proq G‟arbiy Yevropa, AQSh va Kanada davlatlarida keng
tarqalgan ekin turlaridan hisoblanadi. Sulining jahon bo‟yicha o‟rtacha don hosildorligi 19,5
s/ga ni tashkil etadi. Suli ham qadimiy ekinlardan hisoblanib, Yevropada eramizdan 1500-1700
yillar ilgari ham ma‟lumligi haqida tarixiy ma‟lumotlar mavjud. Suli otlar, yosh mollar va
parrandalar uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi.

Sulining somoni va poxoli boshqa donli ekinlarnikiga qaraganda chorvachilikda yaxshi

oziqliligi bilan qimmatlidir. Sulining doni, somoni yoki ko‟k massasi chorva mollari uchun
to‟yimli ozuqa sifatida ko‟p ishlatiladi. Sulini turli muddatlarda ekib, mo‟l hosil olish mumkin.
Bu esa chorva mollarini to‟yimli ozuqa bilan ta‟minlash imkonini beradi.

Hozirgi kunda sulining 70 ga yaqin turi mavjud bo‟lib, ular orasida ko‟p yillik va bir

yillik, madaniy va yovvoyilari bor. Mavjud 70 yaqin turlardan faqat 11 tasi amaliy ahamiyatga
ega. O‟zbekistonda ekiladigan sulilar ikkita turga mansub: ekma suli (Avena sativa L.) va
Vizantiya sulisi (Avena vizantina Koch.). Undan tashqari qum suli (Avena strigosa Shreb.) va
yovvoyi suli (Avena fatua L.) lar begona o‟t sifatida g‟alla ekinlar orasida uchraydi. Yovvoyi
sulilarda don asosi yo‟g‟onligi sababli urug‟lar erta to‟kiladi. Ularda gul qipig‟i qalin tuklar
bilan qoplangan va unda dag‟al rivojlangan qiltiq bor va u namlikka tegsa buralib tuproqqa kirib
ketadi.

Institut tajriba xo‟jaligida sulining yangi tizmasi sinash ko‟chatzori tashkil etildi va ayrim

qimmatli xo‟jalik belgilari bo‟yicha o‟rganildi. Ushbu ko‟chatzorda agrotexnik tadbirlar o‟z
vaqtida olib borildi, 100 ta o‟simlik bosh poya balandligi bo‟yicha o‟rganildi (1-jadval).



background image

229

1-jadval

Sulining yangi tizmasi boshpoya badandligi bo’yicha ko’rsatkichlari

Ekin turi

k=10 sm

n

X

±

Sx

δ

Cv

%

151-160

161-170

171-180

Sulining yangi

tizmasi

10

76

14

100

165,4±0,5

4,9

2,9

Yangi tizma boshpoya balandligi bo‟yicha o‟rganilganda 1,5 m dan 1,8 m gacha bo‟lgan

o‟simliklar uchradi. Ularda o‟rtacha ko‟rsatkich 165,4 sm ni tashkil qildi.

Tritikale birinchi marta insoniyat tomonidan 1875 yilda bug‟doy va javdarni chatishtirish

natijasida olingan boshoqli don ekinidir. Shundan uzoq yillar davomida olimlarni asosiy
qiziqtirgan ekinlardan biri bo‟lib qoldi va yuqori darajada rivojlanmoqda. Seleksiya jarayonlari
yaxshi yo‟lga qo‟yilgan ilmiy tadqiqot institutlari yangi navlar yaratib ushbu navlar hosildorligi
va bir qator belgilari bo‟yicha bug‟doy navlaridan ustunligi bilan ajralib turadi.

Polshaning sovuqroq va Yevropaning namgarchilik mintaqalarida ekilayotgan kuzgi

yuqori hosilli tritikale navlari keng maydonlarda g‟alla bilan almashlab ekishda asosiy o‟rinni
egallab kelmoqda (FAO report).

Hozirgi kunda dunyo bo‟yicha 3 mln gektardan ortiq maydonlarda tritikale

yetishtirilmoqda. Tritikale dunyoning ko‟pgina mamlakatlarida yetishtirilishiga qaramasdan
asosiy ishlab chiqaruvchi mamlakatlar bu Yevropadadir. 2002 yilda taxminan 88 foiz tritikale
Yevropada, 9 foiz Osiyoda va 3 foiz Okean orti mamlakatlariga to‟g‟ri keladi (FAO 2003).

Tritikale – oraliq ekinlar ichida eng ko‟p ozuqaviy qiymatga ega ekin sanaladi. Tritikale

urug‟i 6–12

o

C da yaxshi ko‟karib chiqadi, yaxshi qishlaydi, sovuqqa chidamli, ildiz tizimi

yaxshi rivojlanadi. Suvga eng talabchan davri – naychalashdan boshoq chiqarishgacha. Bu
davrda nam yetarli bo‟lmasa, boshog‟i kichik va kam hosilli bo‟lib qoladi. Tritikale bug‟doyga
o‟xshab o‟z-o‟zidan changlanuvchi hisoblanadi. O‟sib rivojlanishida bug‟doy, javdar, arpa va
boshqa boshoqli ekinlar singari unib chiqish, tuplash, naychalash, boshoqlash, gullash, sut
pishish, mum pishish va to‟liq pishish fazalarini o‟taydi. Urug‟lari 3–4

o

C da una boshlaydi.

Unib chiqishi uchun o‟rtacha maqbul havo harorati 20–22

o

C hisoblanib, 6–8 kunda unib

chiqadi. Nihollar unib chiqqandan so‟ng, 34–37 kunda tuplanish sodir bo‟ladi. O‟zbekistonda
tritikale asosan kuzda tuplaydi va bir tup o‟simlikda 2–6 ta poya hosil bo‟ladi. O‟simlik tup soni
kam bo‟lganda tuplanish kuchayadi. Kuzgi tritikale -18–20°C sovuqqa bardosh beradi.

Unib chiqqandan keyin 140–145 kunda naychalash davriga o‟tadi. O‟simlikning namlikka

eng talabchan davri naychalash davridan boshlanadi. Tritikale 154–163 kunda boshoqlab, 161–
176 kunda gullaydi. Boshoqlarida sut pishish 184–202 kunda amalga oshadi. Ko‟k massaga
o‟rish uchun mutaxassis tomonidan o‟rganiladi va o‟rishga ruxsat beriladi. O‟simlik unib
chiqqandan 196–218 kunda mum pishish davriga o‟tadi. Pishish davriga kirganligi tekshirib
boriladi. To‟liq pishib-yetilishi uchun 206–225 kun kerak bo‟ladi.

Tritikale bo‟yicha seleksiya ishlari ko‟p yillardan beri olib boriladi. Institut tajriba

dalasida tritikalenining yangi tizmasi bo‟yicha sinash ko‟chatzori tashkil etildi. Sinash
ko‟chatzorida 100 ta o‟simlik bosh poya balandligi bo‟yicha o‟rganildi (2-jadval).

2-jadval

Tritikalening yangi tizmasi boshpoya badandligi bo’yicha ko’rsatkichlari

Ekin turi

k=10 sm

n

X

±

Sx

δ

Cv

%

171-180

181-190

191-200

Tritikale yangi

tizmasi

7

84

9

100

185,2±0,4

4,1

2,1

Boshpoya balandligi bo‟yicha o‟rganilganda 1,5 m dan 2,0 m gacha bo‟lgan o‟simliklar

uchradi. Ularda o‟rtacha ko‟rsatkich 151,2 sm ni tashkil qildi, variasiya koeffisiyenti 2,1 foizga
teng bo‟ldi.


background image

230

Xulosa.

Institutda olib borilgan ko‟p yillik seleksiya ishlari natijasida yangi sulining bitta

va tritikalening bitta tizmalari yaratildi. Yaratilgan ushbu tizmalar joriy yidan Qishloq xo‟jaligi
ekinlari navlarini sinash markaziga sinov uchun taqdim etildi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. Abdukarimov D.T., Gorelov Ye.P., Botirov X.F. O‟zbekistonda oraliq ekinlar / Ozuqa

yetishtirish (darslik), -Samarqand, 1995. -126-135 b.

2. Boboyev F.G., Elmurodov A.B.

Tritikale – muhim oraliq va ozuqa ekini.

“Respublikada chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Chorvachilik va
parrandachilik ilmi-tadqiqot instituti Respublika ilmiy-amalaiy konferensiya materiallari
to‟plami. Toshkent 2019 yil. 278-280 betlar.

3. Горбунов В.Н., Шевченко В.Е. Селекционные достижения по тритикале в начных

центрах России и ближайшего зарубежья ж.Земледелие и растениводство. 2015 Т.29 № 4
стр.24

4. Zulfiqarov M.X.

Chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlash, ozuqa ekin

maydonlaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish. “Respublikada chorvachilikni
rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Chorvachilik va parrandachilik ilmi-tadqiqot instituti
Respublika ilmiy-amalaiy konferensiya materiallari to‟plami. Toshkent 2019 yil. 229-231
betlar.

5. Iminov A.A., Umarova Z.T., Aliqulova U.

Takroriy, oraliq va siderat ekinlarning

tuproq unumdorligi va g‟o‟za hosildorligiga ta‟siri. / Agrar sohani barqaror rivojlantirishda fan,
ta‟lim va ishlab chiqarish integrasiyasi. II ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‟plami. 21
may 2018 yil. 21-23 betlar.


UOʻK: 633.33.31/37

OZUQABOP EKINLARNING ISSIQQA VA SUV TANQISLIGIGA BARDOSHLI NAV,

NAMUNALARINI TANLASH

B.D.Allashov-

ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, q.x.f.n., K.I.X.,

S.Gʻ.Jamolov-

boʻlim boshligʻi

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti, allashev-b@mail.ru

Annotasiya.

Keyingi yillarda anomal issiq, suv tanqisligi kabi dolzarb muammolar

uchramoqda. Bunday sharoitlarda tabiiyki, ozuqabop ekinlar hosildorlik imkoniyatlari pasayib
ketadi, har bir gektar yerdan yetishtirib olinadigan ozuqa birligi kamayib ketadi. Bu esa o’z
navbatida chorva molari ozuqa bazasi uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday vaziyatlarda suv
tanqisligiga va issiqqa bardoshli ozuqabop ekinlarning nav yoki namunalarini sinash va
tanlash dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu maqolada issiqqa va suvsizlikka bardoshli
bo’lgan ozuqabop ekinlarni ekib o’rganish, tanlash bo’yicha natijalar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Chorvachilik, ozuqa bazasi, ozuqabop ekinlar, suv tanqisligi, issiq iqlim

sharoiti, xorijiy nav, tanlash, urug’.

Summary.

In subsequyent years, pressing problems will arise, such as hyeat waves and

water shortages. Naturally, under such conditions thye productivity of forage crops decreases
and thye number of fodder unis grown per hyectare of land decreases. This, in turn, negatively
affecs thye food supply of animals. In such situations, it is important to test and select
variyetiyes or accyessions of forage crops that are resistant to water stress and hyeat. This
article presens thye resuls of thye study and selection of forage crops that are resistant to hyeat
and drought.

Key words:

Animal husbandry, forage supply, forage crops, water deficit, hot climatic

conditions, foreign variyety, selection, seyeds.

Библиографические ссылки

Abdukarimov D.T., Gorelov Ye.P., Botirov X.F. O’zbekistonda oraliq ekinlar / Ozuqa yetishtirish (darslik), -Samarqand, 1995. -126-135 b.

Boboyev F.G., Elmurodov A.B. Tritikale – muhim oraliq va ozuqa ekini. “Respublikada chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Chorvachilik va parrandachilik ilmi-tadqiqot instituti Respublika ilmiy-amalaiy konferensiya materiallari to’plami. Toshkent 2019 yil. 278-280 betlar.

Горбунов В.Н., Шевченко В.Е. Селекционные достижения по тритикале в начных центрах России и ближайшего зарубежья ж.Земледелие и растениводство. 2015 Т.29 № 4 стр.24

Zulfiqarov M.X. Chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlash, ozuqa ekin maydonlaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish. “Respublikada chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Chorvachilik va parrandachilik ilmi-tadqiqot instituti Respublika ilmiy-amalaiy konferensiya materiallari to’plami. Toshkent 2019 yil. 229-231 betlar.

Iminov A.A., Umarova Z.T., Aliqulova U. Takroriy, oraliq va siderat ekinlarning tuproq unumdorligi va g’o’za hosildorligiga ta’siri. / Agrar sohani barqaror rivojlantirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasi. II ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to’plami. 21 may 2018 yil. 21-23 betlar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов