Rijik (camelina) ekinini ayrim qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha oʻrganish

CC BY f
242-244
4
2
Поделиться
Жамолов, С., Аллашов, Б., & Аллашов, Б. (2023). Rijik (camelina) ekinini ayrim qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha oʻrganish. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 242–244. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/25255
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Keyingi yillarda anomal issiq, suv tanqisligi kabi muammolar yuzaga kelmoqda. Bunday sharoitlarda ekib yetishtirib kelinayotgan ozuqabop ekin turlari va navlari potensial hosildorligi kamayib ketadi, har bir gektar yerdan yetishtirib olinadigan ozuqa birligi kamayib ketadi. Bu oʻz navbatida chorva mollari ozuqa bazasini mustahkamlashda oʻzining salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Bunday muammolar yechimida issiqqa, suv tanqisligiga bardoshli bo’lgan ozuqabop ekin turlari va navlarini sinash, seleksiya ishlarini olib borish, qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha oʻrganish, yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlganlarni tanlash va ularda keyinchalik ilmiy asosda birlamchi urugʻchilik ishlarini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga ega vazifalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada rijik ekinini ayrim qimmatli xoʻjalik belgilarini oʻrganish natijalari keltirilgan.


background image

242

UOʻK: 633.2

RIJIK (CAMELINA) EKININI AYRIM QIMMATLI XOʻJALIK BELGILARI

BOʻYICHA OʻRGANISH

S.Gʻ.Jamolov-

boʻlim boshligʻi,

B.D.Allashov-

ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, q.x.f.n., K.I.X.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti, allashev-b@mail.ru

Annotasiya.

Keyingi yillarda anomal issiq, suv tanqisligi kabi muammolar yuzaga

kelmoqda. Bunday sharoitlarda ekib yetishtirib kelinayotgan ozuqabop ekin turlari va navlari
potensial hosildorligi kamayib ketadi, har bir gektar yerdan yetishtirib olinadigan ozuqa birligi
kamayib ketadi. Bu oʻz navbatida chorva mollari ozuqa bazasini mustahkamlashda oʻzining
salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Bunday muammolar yechimida issiqqa, suv tanqisligiga bardoshli
bo’lgan ozuqabop ekin turlari va navlarini sinash, seleksiya ishlarini olib borish, qimmatli
xoʻjalik belgilari boʻyicha oʻrganish, yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlganlarni tanlash va
ularda keyinchalik ilmiy asosda birlamchi urugʻchilik ishlarini yoʻlga qoʻyish muhim
ahamiyatga ega vazifalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada rijik ekinini ayrim qimmatli
xoʻjalik belgilarini oʻrganish natijalari keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

chorvachilik, ozuqabop ekinlar, ozuqa bazasi, rijik, nav, tanlash, qimmatli

xoʻjalik belgilar.

Summary.

In recent years, problems such as heat waves and water shortages have

arisen. Under such conditions, the potential productivity of cultivated species and varieties of
forage crops decreases, and the number of fodder units grown per hectare of land decreases.
This, in turn, negatively affects the strengthening of the livestock feed supply. When solving
such similar problems, it is important to test types and varieties of forage crops that are
resistant to heat and water deficiency, carry out breeding work, study valuable economic traits,
select those that have good performance, and then begin primary seed production on a
scientific basis. This article presents the results of a study of valuable economic traits of the
camelina culture.

Key words:

Animal husbandry, forage crops, forage base, camelina, variety, breeding,

selection, economically valuable traits.

Kirish.

Keyingi yillarda anomal issiq, suv tanqisligi kabi muammolar yuzaga kelmoqda.

Bunday sharoitlarda ekib yetishtirib kelinayotgan ozuqabop ekin turlari va navlari potensial
hosildorligi kamayib ketadi, har bir gektar yerdan yetishtirib olinadigan ozuqa birligi kamayib
ketadi. Bu oʻz navbatida chorva mollari ozuqa bazasini mustahkamlashda oʻzining salbiy
ta’sirini koʻrsatadi. Bunday muammolar yechimida issiqqa, suv tanqisligiga bardoshli boʻlgan
ozuqabop ekin turlari va navlarini sinash, seleksiya ishlarini olib borish, qimmatli xoʻjalik
belgilari boʻyicha oʻrganish, yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlganlarni tanlash va ularda
keyinchalik ilmiy asosda birlamchi urugʻchilik ishlarini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga ega
vazifalardan hisoblanadi.

Urugʻlari Erondan keltirilgan issiqqa va suv tanqisligiga bardoshli boʻlgan rijik ekinini

sinash, qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha oʻrganish yuqorida keltirilgan muammolar
yechimida dolzarb hsioblanadi. Mutaxassislar keyingi yillarda yer yuzida choʻllanish darajasi
ortib borayotganini, suv resurslarini yanada samarali boshqarish zarurligini ta’kidlamoqda.
Dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismi – 2,3 milliardga yaqin kishi suv tanqisligi boʻlgan
mamlakatlarda, 10 foizi yoki 733 million kishi suv tanqisligi keskin boʻlgan mamlakatlarda
yashaydi. FAO hisobotida global isish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tizimlarini suv bilan
ta’minlashga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda, deyiladi.

Suv bilan kam ta’minlangan maydonlarga qurgʻoqchilikka oʻta chidamli boʻlgan oziq-

ovqat ekinlarini tanlash va uni ekin maydonini kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Ana shunday


background image

243

ekinlardan biri – rijik oʻsimligidir. Rijik - Karamdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon
oʻsimlik. Oʻsimlikning ikkinchi nomi - Camelina. Bu oʻsimlik oddiy, qurgʻoqchilik va
issiqlikka chidamli, zamburugʻ kasalliklariga moyil emas, har xil iqlim sharoitiga va tuproq
tarkibiga osongina moslashadi. Rijik, bu yangi qishloq xoʻjaligi ekinlaridan biri boʻlib, uning
soʻnggi yillarda yuqori mashhurligi uning qurgʻoqchilikka chidamliligi va yuqori sifatli moy
olish imkoniyati bilan bogʻliq. Darhaqiqat, rijik yetishtirish juda foydali, lekin faqat toʻgʻri
yondashuv va bu hosilni yetishtirish uchun zamonaviy texnologiyaning barcha talablariga rioya
qilish bilan. Rijik (Camelina sativa), eng qurgʻoqchilikka chidamli va shuning uchun qishloq
xoʻjaligi ekinlari bozorini eng dinamik egallaganlardan biri boʻlib, yuqori sifatli rijik urugʻiga
talab yuqori, shuning uchun yer yuzida bu ekinning yetishtiriladigan maydoni yildan yilga ortib
bormoqda. Shuning uchun rijikni qanday qilib toʻgʻri yetishtirishni bilish amaliy jihatdan
muhimdir, chunki har doim yuqori sifatli rijik urugʻiga talab mavjud. Odatda kamelina, zavqli
oltin yoki soxta zigʻir deb ham nomlanadi, lekin ba’zida yovvoyi zigʻir, zigʻir urugʻi, nemis
kunjuti yoki Sibir moyli o’simlik sifatida ham tanilgan.

Tadqiqot maqsadi.

Urugʻlari Erondan keltirilgan rijik ekinini kuzgi va bahorgi

muddatlarda ekib oʻrganish. Ularni ayrim qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha tahlil qilish.

Tadqiqot usullari.

Tajribalar ―Don va dukkakli ekinlardan elita va superelita urug’larini

olish‖ (1982), uslubi asosida amalga oshirildi.

Tadqiqot natijalari.

Ushbu ekinning kuzgi va bahorgi shakllari mavjud. Mavjud namuna

urugʻlari qaysi shaklga mansubligini aniqlash va ekib oʻrganish maqsadida institut tajriba
dalasida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Kuzgi muddatda ekib oʻrganish uchun 2022 yilning 26-oktyabr kuni yer tayyorlash

ishlariga kirishildi. 27-oktyabr kuni yer ekishga tayyorlandi. 28-oktyabr kuni ekish ishlari
amalga oshirildi. Ekishda qator oraligʻi 70 sm qilib sochma usulda ekildi. 29-oktyabr kuni
sugʻorildi. 5-6 noyabr kuni unib chiqish boshlandi, 10 –noyabrga kelib ya’ni 12 kunda to’liq
undirib olindi. 20-noyabrga kelib chinbarg chiqara boshlandi. Shu bilan ekinlar qishlovga ketdi.
Bahorda ekinlar to’liq rivojlanishda davom etdi. Mart oyining boshida ya’ni 2023 yilning 5-
mart sanasida naychalash, ya’ni boshpoya chiqarish fazasi boshlandi. May oyining oxiriga
kelib, ya’ni 3-aprel sanasidan gullash fazasi boshlandi. Iyun oyi oxirida pishish boshlandi, 25-
iyun kuni toʻliq pishib yetildi.

Bahorgi muddatda ekib oʻrganish uchun 2023 yilning 9-mart kuni yer tayyorlash ishlariga

kirishildi. 10-mart kuni yer ekishga tayyorlandi. 10-mart kuni ekish ishlari amalga oshirildi.
Ekishda qator oralig’i 70 sm qilib sochma usulda ekildi. 13-mart kuni sug’orildi. 23-mart kuni
unib chiqish boshlandi, 25 –martga kelib ya’ni 15 kunda to’liq undirib olindi. 5-aprelga kelib
chinbarg chiqara boshladi. May oyining boshida ya’ni 2023 yilning 1-may sanasida naychalash,
ya’ni boshpoya chiqarish fazasi boshlandi. Iyun oyining 1-sanasidan gullash fazasi boshlandi.
Iyul oyining 7-sanasida urug’lari to’liq pishib yetildi.

Kuzgi va bahorgi muddatlarda ekilgan rijik ekini boshpoya balandligi va pichan

hosildorligi kabi qimmatli xo’jalik belgilari bo’yicha oʻrganildi. Boshpoya balandligini
o’rganish maqsadida har bir qatordan 50 tadan jami 100 ta oʻsimlik boshpoya balandligi o’lchab
chiqildi. Kuzgi muddatda ekilgan rijik ekini boshpoya balandigi ko’rsatkichlari quyidagi 1-
jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Kuzgi muddatda ekilgan rijik ekini boshpoya badandligi bo’yicha ko’rsatkichlari

Ekin turi

k=5 sm

n

X

±

Sx

Cv

%

65-70

76-80

81-85

Rijik

10

76

14

100

77,6±0,3

3,6

Kuzgi muddatda ekilgan rijik ekini boshpoya balandliklari oʻlchab chiqilganda oʻsimliklar

boshpoya balandligi 65 sm dan 85 sm gacha bo’lganligi kuzatildi. Boshpoya balandligi
bo’yicha o’rtacha ko’rsatkich 77,6 sm ni tashkil etdi.


background image

244

Bahorgi muddatda ekilgan rijik ekini boshpoya balandligi ham o’rganildi. Bunda ham har

bir qatordan 50 tadan jami 100 ta o’simliklar boshpoya balandliklari o’lchab chiqildi va undan
olingan natijalar quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.

2-jadval

Bahorgi muddatda ekilgan rijik ekini boshpoya badandligi bo’yicha ko’rsatkichlari

Ekin turi

k=5 sm

n

X

±

Sx

Cv

%

65-70

76-80

81-85

Rijik

67

25

8

100

70,0±0,3

4,5

Jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki bahorgi muddatda ekilgan rijik ekini

boshpoya balandligi bo’yicha o’lchab chiqilganda bunda ham o’simliklar boshpoya balandligi
65 sm dan 85 sm gacha oraliqda bo’ldi. Bahorgi muddatda ekilgan rijik ekinida boshpoya
balandligi bo’yicha o’rtacha ko’rsatkich 70,0 sm bo’lganligi kuzatildi.

Shuningdek, kuzgi va bahorgi muddatlarda ekilgan rijik ekini pichan hosildorligi bo’yicha

ham o’rganildi.

Pichan hosildorligini o’rganishda har bir qatordan 2 ta, jami 4 ta namuna olib o’rganildi.

Bunda har bir namuna 1 pogonometr joydan, ya’ni 1,43 m joydan o’rib olinib tarozida tortish
orqali aniqlandi. Kuzgi muddatda ekilgan rijik ekini pichan hosildorligi bo’yicha o’rganish
natijalari quyida 3-jadvalda keltirilgan.

Namunalar bo’yicha pichan hosildorligi ko’rsatkichlari 21 s/ga dan 30 s/ga gacha oraliqda

bo’lganligi, o’rtacha ko’rsatkich esa 26,0 s/ga tashkil etganligi kuzatildi.

3-jadval

Kuzgi muddatda ekilgan rijik ekini pichan hosildorligi bo’yicha ko’rsatkichlari (s/ga)

Ekin turi

1-namuna

2-namuna

3-namuna

4-namuna

Jami

Oʻrtacha

Rijik

26

30

27

21

104

26

Pichan hosildorligi bo’yicha bahorgi muddatda ekilgan rijik ekini ham o’rganidi. Bunda

ham xuddi oldingidek, har bir qatordan 2 tadan jami 4 ta namuna o’rganildi. Bundan olingan
natijalar quyidagi 4-jadvalda keltirilgan.

4-jadval

Bahorgi muddatda ekilgan rijik ekini pichan hosildorligi bo’yicha ko’rsatkichlari (s/ga)

Ekin turi

1-namuna

2-namuna

3-namuna

4-namuna

Jami

O’rtacha

Rijik

22

18

17

19

76

19

Bahorgi muddatda ekilgan rijik ekini pichan hosildorligi bo’yicha o’rganilganda

namunalarda hosildorlik ko’rsatkichlari 17 s/ga dan 22 s/ga gacha bo’lganligi, o’rtacha
ko’rsatkich esa 19,0 s/ga ni tashkil etganligi kuzatildi.

Xulosa.

Rijik ekini kuzgi muddatda ekilgandaboshpoya balandligi 77,6 sm, bahorda

ekilganda 70 sm, pichan hosildorligi ham tegishli tartibda 26 s/ga, hamda 19 s/ga bo’ldi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, rijik ekinini kuzgi muddatda ekish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. Буянкин, В. И. Рыжик масличный (CamelinaSP.)/ В. И. Буянкин, Т. Я. Прахова. —

Волгоград: ООО «СФЕРА», 2016. — 116 с.

2. Вавилов П.П., Гриценко В.В., Кузнецов В.С. и др.; Растениеводство/Под ред. П.П.

Вавилова. – 5-е изд., перераб. и доп. – М.: Агропромиздат, 1986. — 512 с.: ил. —
(Учебник и учеб. пособия для высш. учеб. заведений).

3. Зубков В.В. Рекомендации по возделыванию перспективной масличной культуры

рыжика посевного / Зубков В.В., Терентьев О.В., Буянкин В.И.. - Самара: Самара-AРИС,
2014. – 16 с.

4. Коломейченко В.В. Растениеводство/Учебник. — М.: Агробизнесцентр, 2007. —

600 с. ISBN 978-5-902792-11-6.

Библиографические ссылки

Keyingi yillarda anomal issiq, suv tanqisligi kabi muammolar yuzaga kelmoqda. Bunday sharoitlarda ekib yetishtirib kelinayotgan ozuqabop ekin turlari va navlari potensial hosildorligi kamayib ketadi, har bir gektar yerdan yetishtirib olinadigan ozuqa birligi kamayib ketadi. Bu oʻz navbatida chorva mollari ozuqa bazasini mustahkamlashda oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatadi. Bunday muammolar yechimida issiqqa, suv tanqisligiga bardoshli boʻlgan ozuqabop ekin turlari va navlarini sinash, seleksiya ishlarini olib borish, qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha oʻrganish, yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlganlarni tanlash va ularda keyinchalik ilmiy asosda birlamchi urugʻchilik ishlarini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga ega vazifalardan hisoblanadi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов