Ширина территории, отведенной под автодороги

CC BY f
45-47
0
0
Поделиться
Махмудова, Д., & Холикова, М. (2023). Ширина территории, отведенной под автодороги. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 45–47. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27231
Д Махмудова, Ташкентский Государственный Транспортный Университет
к.т.н., доцент
М Холикова, Ташкентский Государственный Транспортный Университет
magistrant
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассмотрены требования и условия назначения ширины полосы отвода для автомобильных дорог общего пользования на территории Республики Узбекистан, методы обоснования ширины полосы отвода, представлено определение ширины полосы отвода в нормативных документах и анализ ее фактического применения..

Похожие статьи


background image

AVTOMOBIL YO’LLARI UCHUN AJRATILGAN MINTAQA KENGLIGINI ASOSLASH

PhD., dotsent MAXMUDOVA D.A., magistrant XOLIQOVA M.A.

Toshkent Davlat Transport Universiteti

Annotatsiya.

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasi hududida umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llari

uchun ajratilgan mintaqa qo’llanilishi, ajratilgan mintaqa kengligini asoslash usullari, hamda ajratilgan mintaqa
kengligining me’yyoriy hujjatlarda belgilanishi va amaldagi tadbig’ini tahlili keltirilgan.

Аннотация:

В данной статье рассмотрены требования и условия назначения ширины полосы отвода

для автомобильных дорог общего пользования на территории Республики Узбекистан, методы обоснования
ширины полосы отвода, представлено определение ширины полосы отвода в нормативных документах и
анализ ее фактического применения..

Abstract:

This article presents the reasons and conditions for introducing the width of the designated area for

public highways in the territory of the Republic of Uzbekistan, the methods of justifying the width of the designated area,
as well as the analysis of the definition of the width of the designated area in regulatory documents and its practical
implementation.

Kalit so‘zlar:

ajratilgan mintaqa, avtomobil yo’li, xalqaro ahamiyatdagi, Respublika ahamiyatidagi

yo’llar,harakat tasmasi, ko’ndalang kesim, xizmat ko’rsatish inshootlari, yo’l poyi.

Ключевые слова:

полоса отвода, автомобильная дорога, дороги международного значения,

республиканского значения,полоса движения, поперечный профиль, сооружения обслуживания, земляное
полотно.

Keywords:

isolated region, highway, roads of international significance, national significance, local

significance, cross-section, road footing, traffic lane.

Kirish qismi:

O’zbekiston Respublikasi “Avtomobil yo’llari to’g’risida”gi qonuniga ko’ra

Ajratilgan mintaqa

deb avtomobil yo‘li, uning tegishli konstruktiv elementlari va muhandislik

inshootlari, shuningdek avtomobil yo‘lidan foydalanish uchun zarur bo‘lgan binolar, inshootlarni
joylashtirish, ihota va manzarali daraxtzorlar barpo etish uchun doimiy foydalanishga qonunchilikda
belgilangan tartibda beriladigan yer uchastkasiga,

yo‘l bo‘yi mintaqasi

esa ajratilgan mintaqaga

tutashgan, chegaralarida aholi xavfsizligini va transportning harakatlanish xavfsizligini ta’minlash
uchun yerdan foydalanishning alohida shartlari belgilanadigan yer uchastkasiga aytiladi [1].

Hozirgi kunda Respublikamizda avtomobil yo’llarida ko’plab tirbandliklar kuzatilmoqda va

bu holatda ko’pincha mavjud yo’llarning qatnov qismini kengaytirish yagona yechim bo’lib
qolmoqda. Shu sababli avtomobil yo’li uchun ajratilgan mintaqa muhim ahamiyat egallamoqda.
Ammo yo’l bo’yi inshootlarining to’g’ri joylashtirilmaganligi va yo’l uchun ajratilgan mintaqaning
to’liq raqamli tizimda kadastr qilinmaganligi avtomobil yo’llari va unga xizmat qiluvchi inshootlarni
to’gri joylashtirish va foydalanishda bir qator kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda.Avtomobil yo’llari
uchun ajratilgan mintaqa kengligi O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2021-yil 28-
apreldagi 96-sonli buyrug’idagi ilovaga ko’ra SHNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yo’llari” shaharsozlik
normalari va qoidalariga kiritilgan 4-son o’zgartirishiga asosan belgilangan. Unga ko’ra
umumfoydalanuvdagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo’llarida harakat xavfsizligini
taminlashga taalluqli bo’lmagan boshqa bino va inshootlarni qurish chegarasigacha bo’lgan masofa
yo’l o’qidan har tomonga 57,5 metrdan kam bo’lmasligi lozim deb belgilab qo’yilgan [2]. Tahlillarga
ko’ra Respublikamiz hududidagi ko’plab umumfoydalanuv avtomobil yo’llari uchun ajratilgan
mintaqa bu ko’rsatgichlar asosida belgilangan deb aytaolmaymiz.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10.2023 yildagi PQ-330 son “Yo’l xo’jaligi

sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi [3] Qarorida “umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo’llari ,shahar va boshqa aholi punktlari ko’chalarining ajratilgan yo’l
bo’yi mintaqalarida noqonuniy qurilgan bino- inshootlarning 2024-yil yakuniga qadar o’rnatilgan
tartibda bosqichma-bosqich ko’chirilishini hamda ajratilgan yo’l bo’yi mintaqalari tariqasida
joylashgan bino-inshootlarga kirib-chiqish yo’llarining shaharsozlik normalariga mos ravishda qayta
qurilishi ta’minlanishi alohida ta’kidlab o’tilgan.

Asosiy qism.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari xalqaro, davlat va mahalliy

ahamiyatga molik avtomobil yo‘llariga bo‘linadi:

Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari – O‘zbekiston Respublikasining xalqaro


background image

shartnomalariga muvofiq xalqaro avtomobil yo‘llari tarmog‘iga kiradigan yo‘llardir;

Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari – O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va

tumanlarining ma'muriy markazlari, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar, madaniyat hamda sanoat
markazlari o‘rtasida transport qatnovini ta'minlaydigan, mazkur markazlarni esa, xalqaro ahamiyatga
molik yo‘llar bilan, aeroportlar, temir yo‘l stansiyalari, portlar va kema to‘xtash joylari, shuningdek
qo‘shni davlatlar bilan bog‘laydigan yo‘llardir;

Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari – tumanlarning ma'muriy markazlarini

shaharchalar, qishloqlar va ovullar bilan, shuningdek davlat ahamiyatiga molik yo‘llar bilan
bog‘laydigan yo‘llardir.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ularga ajratilgan mintaqalarda harakat xavfsizligining
ta'minlanganligi va to‘g‘ri tashkil etilganligi, harakat xavfsizligi talablariga zid kamchiliklar va
noqonuniy qurilishlar bo‘lmasligi, mahalliy hokimliklar, Qurilish vazirligi va uning hududiy
bo‘linmalari, yo‘l tashkilotlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l
harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari Qo‘mita tarkibidagi viloyat yo‘l tashkilotlari va
korxonalari ixtiyorida bo‘lib, ularni ta'mirlash va saqlash ushbu yo‘l tashkilotlari va korxonalari
tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi 2023-yil holatiga ko’ra jami avtomobil yo’llari 209496 km ni tashkil
etadi. Shundan umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llari umumiy uzunligi 42869 km bo’lib,
viloyatlar

kesimida

ularning

uzunligi

1-rasmda

keltirilgan.

1-rasm. O’zbekiston Respublikasi hududidagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo’llari

viloyatlar kesimida.

Avtomobil yo’llari uchun ajratilgan mintaqa yo’l toifasiga, harakat tasmalari soniga,

ko’tarma balandligi yoki o’ymaning chuqurligiga, gruntlar turiga, sun’iy inshootlar mavjudligiga
bog’liq.


background image

2-rasm Avtomobil yo’llari uchun ajratilgan mintaqa yo’lning ko’ndalang kesimini joylashuvi.

Yo’l poyi trapetsiya ko’rinishida bo’lib, uning asosi B

0

gorizantal yo’l bo’lagi uchun

quyidagicha aniqlanadi [6].

B

0

=B+2mH ,

bu yerda: B-yo’l poyi kengligi, m;
H-ko’tarma balandligi yoki o’yma chuqurligi, m;
m-yonbag’ir nishabligi koeffitsienti .
Agar yo’l poyi tik qiya yonbag’irda joylashsa, u holda quyidagi formula orqali hisoblab topiladi:

𝐵

0

= (

𝐵

2

+ 𝑚𝐻) (

𝑛

𝑛 + 𝑚

+

𝑛

𝑛 − 𝑚

),

bu yerda: n-joyning yonbag’ri nishabligi.

Xulosa:

Avtomobil yo’llari uchun ajratilgan mintaqa kengligini belgilashda va uni qonun

hujjatlari asosida kadastr qilish jarayonida ushbu hududdan avtomobil yo’li va unga xizmat qiluvchi
inshootlarni joylashtirish hamda rivoylantirish uchun faol foydalanilishini hisobga olish kerak. Bu o'z
navbatida, yo’l infratuzilmasini rivojlanishida hududlarning iqtisodiy rivojlanishini, avtomobil
yo’llarining tasmalar sonini belgilab beruvchi asosiy ko’rsatgich bo’lgan harakat miqdorini tez
suratlarda ortib borishini qidiruv va loyihalash ishlarida yetarli darajada asoslash lozimligini taqazo
qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O’zbekiston Respublikasi “Avtomobil yo’llari to’g’risida”gi qonuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
10.10.2023 yildagi PQ-330 son “Yo’l xo’jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori.

2.

SHNQ 2.05.02-05 “Avtomobil yo’llarini loyihalash”

3.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10.2023 yildagi PQ-330 son “Yo’l xo’jaligi sohasini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori.

4.

Бабков В.Ф. Дорожные условия и безопасност движения / Бабков.В.Ф.-М Транспорт,1993.-271 стр.

5.

Б.Б. Каримов, А.М. Алиев “Автомобильные дороги в условиях гор и жаркого климата Том 1:Учебное
пособие/-М.:ООО “Интрансдорнаука” с 2014.-334.

6.

F.Babkov, O.V.Andreyev “Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash” I-qism. Toshkent – 2014 yil. 526 b.
С.И.Булдаков A.A.Чиков “Особенности организации полосы отвода на автомобилных дорогах” с115-119
Лесной вестник 2/2005

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi “Avtomobil yo’llari to’g’risida”gi qonuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10.2023 yildagi PQ-330 son “Yo’l xo’jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori.

SHNQ 2.05.02-05 “Avtomobil yo’llarini loyihalash”

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10.2023 yildagi PQ-330 son “Yo’l xo’jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori.

Бабков В.Ф. Дорожные условия и безопасност движения / Бабков.В.Ф.-М Транспорт,1993.-271 стр.

Б.Б. Каримов, А.М. Алиев “Автомобильные дороги в условиях гор и жаркого климата Том 1:Учебное пособие/-М.:ООО “Интрансдорнаука” с 2014.-334.

F.Babkov, O.V.Andreyev “Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash” I-qism. Toshkent – 2014 yil. 526 b. С.И.Булдаков A.A.Чиков “Особенности организации полосы отвода на автомобилных дорогах” с115-119 Лесной вестник 2/2005

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов