Роль современных строительных материалов в строительстве

CC BY f
454-455
3
1
Поделиться
Аблаева, О. (2023). Роль современных строительных материалов в строительстве. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 454–455. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27476
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В нашей стране производство строительных материалов развито в соответствии с требованиями современности в части энергоэффуктивности, обоснования возможности использования их для различных целей при сохранении их технических свойств, энерго и ресурс осбережения в производстве.

Похожие статьи


background image

ZAMONAVIY QURILISH MATERIALLARINING QURILISHDAGI O‘RNI.

ABLAYEVA O‘G‘ILOY SHODIQULOVNA

Jizzax Politexnika instituti

Annotatsiya

. Mamlakatimizda

qurilish materiallarini ishlab chiqarishda hozirgi zamon talabiga ko‘ra energiya

samaradorlik nuqtai nazaridan takomillashtirish, ularni turli maqsadlar uchun ishlatish mumkinligini asoslash, texnik
xossalarini saqlagan holda, ishlab chiqarishda energiya va resurs tejamkorligi bo‘yicha ishlab chiqildi.

Kalit so‘zlar

:

qurilish materiallari, issiqlik izolyasiya, mineral paxta, issiqlik o‘tkazuvchan, polimer

materiallari, bazalt tolasi

Аннотация.

В нашей стране производство строительных материалов развито в соответствии с

требованиями современности в части энергоэффуктивности, обоснования возможности использования их для
различных целей при сохранении их технических свойств, энерго и ресурс осбережения в производстве.

Ключевые слова

:

строительные материалы, теплоизоляция, минеральная вата, теплопроводящий,

полимерные материалы, базальтовое волокно.

Abstract.

In our country, the production of building materials has been developed in terms of energy efficiency

improvement in accordance with modern requirements, justification of the possibility of using them for various purposes,
saving of energy and resources in production while maintaining their technical properties

Keywords:

Building materials, thermal insulation, mineral wool, heat conductive, polymer materials, basalt

fiber.

Kirish.

Respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida

raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish sur'atlarini
ta'minlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga
qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish uchun
“O‘

zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashkil etildi.

Mamlakatimizda

issiqlik izolyasiyasi materiallari turar joy va madaniy-maishiy binolarni,

texnologik uskunalarni, quvurlarni, sovutish va isitish xonalari va jihozlarini issiqlik va sovuqlik
ta'siridan izolyasiyalashda ishlatiladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,175Vt/(m°S)dan yuqori
bo‘lmagan qurilish materiallari issiqlik izolyasiyasi materiallari deyiladi. Issiqlik va sovuqdan
izolyasiyalash, ayniqsa, quruq issiq iqlim sharoitli Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston hududida
katta ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda hududimizda ishlab chiqariladigan issiqlik izolyasiyasi
materiallari

asosiy xom ashyoning turi, strukturasi, shakli, bog‘lovchining mavjudligi,

yonuvchanligi, o‘rtacha zichligi va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti

bo‘yicha

klassifikatsiyalanadi.

Mineral paxta oson eriydigan tog‘ jinslari metallurgiya va yoqilg‘i shlaklari asosida olingan

shishasimon tolali uning diametri 5-15 mm, uzunligi 2-40 mm bo‘

ladi.Mineral paxta

matlar list yoki

o‘rama material bo‘lib, bitta yoki ikkala matni pishiq iplar bilan tikiladi va bitum shimdirilgan
qog‘ozga o‘raladi va matlar uzunligi 3000-5000 mm, eni 500 va 1000mm va qalinligi 50-100 mm
o‘lchamlarda bo‘ladi.Mineral paxta qattiq plitalar yuqori darajada bikr bo‘lib, fenol- formaldegid
yoki karbamid-formaldegid va boshqa polimer bog‘lovchilar asosida ishlab chiqariladi. An'anaviy
texnologiyaga binoan qattiq plitalar vakuum presslarda 150-180°S

haroratda olinadi.

Mineral paxta

bikr plitalar va fason buyumlar polimer, bitum va mineral bog‘lovchilar asosida

ishlab chiqariladi, mustahkamligini ortirish maqsadida bikr plitalar tarkibiga kalta tolali asbest kukuni
kiritiladi. Plitalarning o‘rtacha zichligi 100-400kg/m

3

, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,051-0,135Vt,

qalinligi 40-100 mm bo‘ladi. Mineral paxta yarim bikr va yumshoq plitalar polimer, bitum va kraxmal
bog‘lovchilar asosida ishlab chiqariladi. Polimer bog‘lovchilar asosidagi buyumlar mustahkamligi
yuqori va ko‘rinishi chiroyli bo‘ladi. Plitalarning o‘rtacha zichligi 35-250kg/m

3

, issiqlik

o‘tkazuvchanligi 0,041-0,07Vt/(m°C). Ular cherdaksiz yopmalar va cherdak orayopmalarini isitish,
grajdan va sanoat binolarining devorlarini hamda texnologik uskunalar sirtini issiklik izolyasiyasi
uchun

ishlatiladi.

Bazalt tolasi asosan

Jizzax viloyati Forish tumanida bazalt toshini eritib tolaga aylantirib

tayyorlanadi. Bazalt tolali paxta olovbardosh matolar, lentalar, plitalar olishda ishlatiladi. Ular
agressiv muhitlarga chidamli bo‘ladi. Bazalt tolali paxta 130 kg/m

3

o‘rtacha zichlikda bo‘lganda

issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,35Vt/(m °C) tashkil etadi.

Joriy yilda Afg‘oniston, Ozarbayjon, Turkiya,


background image

Rossiya va Ukraina kabi davlatlarga 300 million dollirlik bazalt rovinglar, polisterol plitalar, pol
qoplamalari, lok-bo‘yoq uchun pigmentlar, yengil metall konstruksiyalar kabi yangi turdagi
mahsulotlar eksport qilindi. Hozirgi davrda issiqlik izolyasiyasi materiallari termoplastik va
termoreaktiv polimerlar asosida tarkibiga gaz yoki ko‘pik hosil qiluvchi komponentlar, pigmentlar,
qotiruvchilar, plastifikatorlar va modifikatorlar kiritib tayyorlanmoqda.

Energiya samarali polimer materiallari turar joy - kommunal xo‘jaligida energiyatejamkor

chora-tadbirlar ko‘rilishi energiya sarfini 70% gacha tejaydi. Ushbu chora-tadbirlarga fasadlar, eshik
va deraza tirqishlari, pollar, balkonlar va truboprovodlarni polimerlar asosidagi materiallar bilan
issiqlik izolyasiyalovchi qoplamalar barpo etiladi. Binoning tashqi devorini issiqlik izolyasiyasi
uchun 1m

2

ga 0,64m

3

pishiq g‘isht yoki 0,32m

3

keramzit betoni, 0,14m

3

fibrolit, 0,1 m

3

mineral paxta

plitalari va 0,04m

3

poroplastlar talab etiladi.

Qurilish materiallarini

ishlab chiqarishda hom ashyo va buyum xillarini hozirgi zamon talabiga

ko‘ra energiya samaradorlik nuqtai nazaridan takomillashtirish, ularni turli maqsadlar uchun ishlatish
mumkinligini asoslash, texnik xossalarini saqlagan holda, ularning massasini yengillashtirish va
ishlab chiqarishda energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni ta'minlash bo‘yicha ko‘nikma va
tajribaga ega bo‘lishi va

amaliyotga joriy etilishi va qo‘llanilishini

ta'minlash.

Hozirgi kunda aholini arzon turar joy bilan ta'minlash, ijtimoiy soha ob'ektlari, noturar va aholi

turar joylari uchun sifatli, arzon, yangi turdagi qurilish materiallariga talab va taklif tobora ortib
bormoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Aблаева, Ў. Ш., & Норматова, Н. А. (2021). Ўзбекистондаги мавжуд биноларнинг энергия тежамкор
шамоллатиладиган тизимлари асосий системалари. Science and Education, 2(5), 193-205.

2.

Аблаева, Ў. Ш., & Норматова, Н. А. (2021). Тошкент: лойиҳалашнинг анъанавийликдан хозирги
кунигача. Science and Education, 2(5), 206-216.

3.

Аблаева, У. Ш. (2020). Технологические методы улучшения долговечности бетонов в условиях сухого
жаркого климата узбекистана. Вестник науки и образования, (21-3 (99)), 34-38.

4.

Ablayeva, U., & Normatova, N. (2019). Energy saving issues in the design of modern social buildings. Problems of
Architecture and Construction, 2(1), 59-62.

Библиографические ссылки

Aблаева, Ў. Ш., & Норматова, Н. А. (2021). Ўзбекистондаги мавжуд биноларнинг энергия тежамкор шамоллатиладиган тизимлари асосий системалари. Science and Education, 2(5), 193-205.

Аблаева, Ў. Ш., & Норматова, Н. А. (2021). Тошкент: лойиҳалашнинг анъанавийликдан хозирги кунигача. Science and Education, 2(5), 206-216.

Аблаева, У. Ш. (2020). Технологические методы улучшения долговечности бетонов в условиях сухого жаркого климата узбекистана. Вестник науки и образования, (21-3 (99)), 34-38.

Ablayeva, U., & Normatova, N. (2019). Energy saving issues in the design of modern social buildings. Problems of Architecture and Construction, 2(1), 59-62.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов