KIBER JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA ELEKTRON DALILLARNI SAQLASH (MUHOFAZA QILISH) MUAMMOLARI

Annotasiya

mazkur tezisda elektron dalillar tushunchasi, ularning jinoyat ishlarida isbot vositasi sifatida ahamiyati, shuningdek, ularni saqlash (muhofaza qilish) jarayonidagi dolzarb muammolar yoritilgan. Xususan, elektron dalillar bilan ishlashda yuzaga kelayotgan texnik, huquqiy va tashkiliy muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba misolida muammoni bartaraf etish yo‘llari hamda taklif va tavsiyal alit arga alohida e’tibor berildi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Tulanboyeva, A. (2025). KIBER JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA ELEKTRON DALILLARNI SAQLASH (MUHOFAZA QILISH) MUAMMOLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(6), 318–320. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/104344
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

mazkur tezisda elektron dalillar tushunchasi, ularning jinoyat ishlarida isbot vositasi sifatida ahamiyati, shuningdek, ularni saqlash (muhofaza qilish) jarayonidagi dolzarb muammolar yoritilgan. Xususan, elektron dalillar bilan ishlashda yuzaga kelayotgan texnik, huquqiy va tashkiliy muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba misolida muammoni bartaraf etish yo‘llari hamda taklif va tavsiyal alit arga alohida e’tibor berildi.


background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

318

KIBER JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA ELEKTRON DALILLARNI SAQLASH

(MUHOFAZA QILISH) MUAMMOLARI

Tulanboyeva Adiba Alijon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti 1-talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15637312

Annotatsiya.

mazkur tezisda elektron dalillar tushunchasi, ularning jinoyat ishlarida

isbot vositasi sifatida ahamiyati, shuningdek, ularni saqlash (muhofaza qilish) jarayonidagi
dolzarb muammolar yoritilgan. Xususan, elektron dalillar bilan ishlashda yuzaga kelayotgan
texnik, huquqiy va tashkiliy muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba misolida
muammoni bartaraf etish yo‘llari hamda taklif va tavsiyal alit arga alohida e’tibor berildi.

Kalit so‘zlar:

Elektron dalillar, axborot texnologiyalari, kiberjinoyatlar, hash-kod,

raqamli ma’lumot, protsessual asos, texnik muammolar, huquqiy muammolar,tashkiliy
muammolar, raqamli xavfsizlik.

Axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda jinoyatlarning shakli va

usullari ham o‘zgarib bormoqda. Kiberjinoyatlar, moliyaviy firibgarliklar, axborot o‘g‘riligi va
boshqa shu kabi jinoyatlar soni ortib bormoqda. Bunday jinoyatlarni tergov qilishda an’anaviy
dalillar bilan bir qatorda elektron dalillar ham muhim isbot vositasi sifatida qaraladi. Ushbu
turdagi dalillarni to‘plash, saqlash va muhofaza qilish, shuningdek, sudda ishonchli isbot sifatida
taqdim etish jarayonida turli huquqiy, texnik va tashkiliy muammolar yuzaga kelmoqda. Shu
sababli elektron dalillarni muhofaza qilish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni bartaraf
etish masalasi bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir.

“Elektron dalil” atamasi faqat ta’limot bilan belgilanadi. M.V.Gorelov elektron dalillarni

“raqamli, ovozli va videoyozuv shaklida bajarilgan ish uchun muhim bo'lgan holatlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek sud majlislari bayonnomalari, elektron hisoblash vositalari
yordamida qayd etilgan protsessual harakatlar bayonnomalari” deb ta’rif bergan.

1

Elektron dalillar - bu kompyuter, mobil telefon, planshet, server, tarmoq qurilmalari yoki

raqamli media vositalarida saqlanuvchi ma’lumotlar bo‘lib, jinoyat ishi doirasida muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan axborotlarni o‘z ichiga oladi.

2

Misol uchun quyidagilar elektron

dalillarga misol bo‘lishi mumkin: elektron pochta yozishmalari, audio va video yozuvlar, log
fayllar, internet sahifalaridan skrinshotlar, ma’lumotlar bazasidagi yozuvlar va h.k.

Elektron dalil deganda qurilmalarda saqlanayotgan, ish bo‘yicha faktlarni isbotlashda

foydalanilishi mumkin bo‘lgan elektron ma’lumot shaklidagi materiallar tushuniladi. Elektron
ma’lumot esa - bu kompyuter tizimlari yoki saqlash qurilmalaridagi elektron yoki optik signallar
kabi jismoniy shakllarda saqlanadigan ma’lumotlar va axborotdir; ular asosan matn, belgilar,
raqamlar, harflar va shunga o‘xshash shakllardan iborat bo‘ladi.

3

1

Горелов М. В. Электронные доказательства в гражданском судопроизводстве России (вопросы теории и

практики). Дис. … канд. юрид. наук: 12.00.15 / Горелов М.В. - Екатеринбург, 2005. – С. 3-8.

2

Jones, N., George, E., Merida, F. I., Ramussen, U., & Volzow, V. (2014). Electronic evidence guide-A basic guide

for police officers, prosecutors and judges.

3

Chen, Y., Li, M., & Qiu, Y. (2024). A Study on The Current Status of Electronic Evidence Preservation in Internet

Crime. Journal of Education, Humanities and Social Sciences, 28, 541-548.


background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

319

Elektron dalillar an’anaviy hujjat yoki moddiy dalillardan farqli ravishda raqamli

formatda mavjud bo‘ladi. Bu turdagi dalillar oson ko‘paytirilishi, tahrir qilinishi yoki o‘chirilishi
mumkinligi sababli ularning haqiqiyligi va yaxlitligi maxsus ekspertiza asosida aniqlanadi.
Ayniqsa, ularning haqiqiyligini tasdiqlashda hash-kodlar, log fayllar, metama’lumotlar
(metadata) kabi texnik vositalar qo‘llaniladi. Elektron dalilning yana bir xususiyati shundaki, u
o‘chirilgan taqdirda ham maxsus dasturlar orqali tiklanishi mumkin, bu esa tergov va sud
amaliyotida uni qayta tiklashga imkon yaratadi. Elektron dalillar bilan ishlashda ularni to‘g‘ri
yig‘ish, saqlash va rasmiylashtirish tartiblariga qat’iy rioya etish talab etiladi. Protsessual
normalar buzilgan holda olingan elektron ma’lumotlar isbot kuchiga ega bo‘lmasligi mumkin.
Ushbu xususiyatlari bois, elektron dalillar jinoyatning sodir bo‘lganligini, ishtirokchilarini va
voqea tafsilotlarini aniqlashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

Elektron dalillar bilan ishlashda ularni to‘g‘ri yig‘ish, rasmiylashtirish va ayniqsa, saqlash

jarayonida ko‘plab muammolar yuzaga kelmoqda. Bu muammolarni shartli ravishda texnik,
huquqiy va tashkiliy toifadagi qiyinchiliklarga ajratish mumkin.

Birinchidan, texnik muammolar elektron dalillarni saqlash tizimlarining zamonaviy

talabga javob bermasligi bilan bog‘liq. Amaldagi tergov va sud organlarida raqamli
ma’lumotlarni saqlash uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar – maxsus serverlar, xavfsiz
ma’lumotlar bazasi, zahira (backup) tizimlari yetarli darajada ta’minlanmagan. Bundan tashqari,
zamonaviy dasturiy ta’minotlar – dalillarni raqamli tarzda tasniflash, himoyalash va tiklash
uchun mo‘ljallangan texnologiyalar ham keng joriy qilinmagan. Bu holat o‘z vaqtida elektron
dalilni saqlab qolmaslikka, ularning yo‘qolishi yoki buzilishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa,
dalillar vaqtinchalik qurilmalarda yoki himoyasiz tashuvchilarda saqlanayotgan bo‘lsa, ularning
xavfsizligi jiddiy xavf ostida qoladi.

Ikkinchidan, huquqiy muammolar elektron dalillar bilan ishlashda protsessual asoslarning

yetarlicha ishlab chiqilmaganligi bilan bog‘liq. Elektron dalillarni aniqlash, musodara qilish,
ularning haqiqiyligini baholash va sudda isbot sifatida taqdim etish bo‘yicha aniq va mustahkam
normativ hujjatlar mavjud emas. Bu esa amaliyotda dalillarni noqonuniy yo‘l bilan yig‘ish,
ulardan noto‘g‘ri foydalanish va dalillarning maqbullik shartlari buzilishiga olib kelmoqda.
Shuningdek, sud-huquq tizimida elektron dalilning huquqiy maqomi haqida yagona yondashuv
mavjud emas.

Uchinchidan, tashkiliy muammolar esa mutaxassis kadrlar va ularning malakasi bilan

bog‘liq. Ayni paytda tergovchilar va sud organlarining ko‘pchiligi raqamli texnologiyalar bilan
ishlash bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega emas. Elektron dalillarni to‘g‘ri yig‘ish,
saqlash, tahlil qilish va himoyalash uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan IT-mutaxassislar
yetishmaydi. Bundan tashqari, dalillarni saqlash tartibining standartlashtirilmagani, ya’ni yagona
reglament yoki ko‘rsatmalarning yo‘qligi natijasida har bir holatda turlicha yondashuv
kuzatiladi. Bu esa dalilning protsessual kuchini susayishiga olib kelmoqda.

Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun elektron dalillar bilan ishlashga oid alohida

normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash,
tergovchilar va mutaxassislar malakasini oshirish kabi kompleks yondashuv zarurdir.



background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

320

REFERENCES

1.

Горелов М. В. Электронные доказательства в гражданском судопроизводстве
России (вопросы теории и практики). Дис. канд. юрид. наук: 12.00.15 / Горелов
М.В. - Екатеринбург, 2005. – С. 3-8.

2.

Jones, N., George, E., Merida, F. I., Ramussen, U., & Volzow, V. (2014). Electronic
evidence guide-A basic guide for police officers, prosecutors and judges.

3.

Chen, Y., Li, M., & Qiu, Y. (2024). A Study on The Current Status of Electronic
Evidence Preservation in Internet Crime. Journal of Education, Humanities and Social
Sciences, 28, 541-548.

Bibliografik manbalar

Горелов М. В. Электронные доказательства в гражданском судопроизводстве России (вопросы теории и практики). Дис. канд. юрид. наук: 12.00.15 / Горелов М.В. - Екатеринбург, 2005. – С. 3-8.

Jones, N., George, E., Merida, F. I., Ramussen, U., & Volzow, V. (2014). Electronic evidence guide-A basic guide for police officers, prosecutors and judges.

Chen, Y., Li, M., & Qiu, Y. (2024). A Study on The Current Status of Electronic Evidence Preservation in Internet Crime. Journal of Education, Humanities and Social Sciences, 28, 541-548.