ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
428
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING ILMIY VA ADABIY MEROSI
Alisherova Asilabonu Absalomovna
Tisu talabasi.
Norkulova Shahnoza To‘lqinovna
Ilmiy rahbar. Tisu dotsenti. (PHD).
https://doi.org/10.5281/zenodo.15648237
Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili sanalgan
Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘li, boshqa davlatlarga qilgan yurishi, Boburning
avlodi, uning asl ismi ijodi va tarjimashunosliga beqiyos urg‘u beriladi.
Kalit so‘zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, “Topmadim”, “Boburnoma”, “Kobul”
devoni va “Hind” devoni, “Mubayyin”.
Buyuk sarkarda, davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-
fevral Andijonda Farg‘ona ulusining hokimi Umarshayx Mirzo hamda Chingiziylar avlodidan
bo‘lgan Qutlug‘ Nigorxonim oilasida dunyoga keladi. Bobur 1503-1504-yillarda Afg‘onistonni
egallaydi. 1519-1525-yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. III asrdan ortiq davom etgan
Boburiylar saltanatiga asos solgan. Boburning otasi Umarshayx Mirzo Sohibqiron Amir Temur
avlodidan bo‘lgan. Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzoning nevarasi bo‘lgan.
Boburning onasi Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘ul xonlaridan biri Yunusxonning qizi
bo‘lgan. Endi uning asl ismi to‘grisida so‘z yuritadigan bo‘lsak Zahiriddin Muhammad uning asl
ismi, Bobur esa taxallusi deb o‘ylaymiz, aslida esa Mirzo Olim Mushrifning “Sultonlar
nasablari” va “Xoqonlar tarixi” asarida va Boburning o‘z ruboiysida keltirilishicha uchalasi ham
uning asl ismi ekan. Boburning quyidagi ruboiysida shoh va shoirning asl ismi quyidagicha
keltiriladi:
Tuz oh Zahiriddin Muhammad Bobir,
Yuz oh Zahiriddin Muhammad Bobir,
Sarishtai ayshdin ko‘ngulni zinhor,
Uz oh Zahiriddin Muhammad Bobir.
Lekin Mirzo Olim Mushrif “Sultonlar nasablari” va “Xoqonlar tarixi” da aynan ismning
ma’nosini tushuntirish maqsadida bu ko‘rinishda taqdim etadi.
Tuz oh Zahiridddin Muhammad Bobur,
Yuz oh Zahiriddin Muhammad Bobur,
Sarishtai ayshdin ko‘ngulni zinhor,
Uz oh zahiriddin Muhammad Bobur.
Mirzo Olim Mushrifning ushbu asarida Umarshayx Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘liga Xo‘ja
Ubaydulloh Ahrorning ism qo‘yganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. Boburning quyidagi
ruboiysini
Tuz oh Zahiri dini Muhammad Bobur,
Yuz oh Zahiri dini Muhammad Bobur,
Sarishtayi ayshdin ko‘ngulni zinxor,
Uz oh Zahiri dini Muhammad Bobur
ruboiysini “Sultonlar nasablari” va “Xoqonlar tarixi” asarida shu holatda keltiriladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
429
Sababi ism so‘zlarining sharhini tushuntirmoqchi bo‘ladi.
Zahiri dini Muhammad ya’ni Muhammad dinining tayanchi, posboni demakdir. Bunda
aynan biz uning asl ismi ma’nosini bilishimiz uchun shu holatda yozib qoldiryapdi. Bobur esa
babr she’r – she’rdek degan ma’noni anglatadi. U juda ham mardligi, jasurligi uchun aynan shu
taxallusni olgan. Boburning onasi o‘qimishli va oqila ayol bo‘lgan. Unga hokimyatni boshqarish
ishlarida va harbiy yurishlarda ko‘maklashgan. Boburning yoshligi Andijonda o‘tgan. U
otasining izidan boradi. Xo‘ja ahrorga ixlos qo‘yadi va uning tariqatida voyaga yetadi.
Keyinchalik “Boburnoma” da Xo‘ja Ahror haqida shunday ma’lumotlar keltiriladi: Uning
ruhi ko‘p chorasizlikda unga rahnomalik qilgani, bir necha falokatlardan uni asrab qolgani va uni
og‘ir damlarda doim ruhlantirgani haqida ta’kidlaydi. Boburning otasi bevaqt 39 yoshida vafot
etadi. Uning 12 yoshli o‘g‘li Bobur taxtga o‘tiradi. Bobur 18-19- yoshlarida ruboiy va g‘azallar
yoza boshlagan. Uning “Topmadim” radifli g‘azali:
Yod etmas kishini g‘urbatda kishi ruboiysi aynan ana shu vaqtlarda yozilgan. Bobur
she’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortiq. Shulardan 119 tasi g‘azal, 231 tasi ruboiy
hisoblanadi.
Boburning tuyuq, qit’a, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari bor. Devoni
tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat, 8 masnaviy ham o‘rin olgan.
Bobur o‘z she’larini to‘plab devon holiga keltirilgan sanani ko‘rsatuvchi tarixiy
ma’lumotlar mavjud emas. Ammo “Boburnoma” dagi 1518-1519-yillarda bayon etuvchi
ma’lumotlarda Kobul devoni Samarqandga jo‘natganligi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tadi va
shu yillarda devonga tartib berilgan. Ushbu devon movarrounnahrda ham tarqalgan. Boburning
barcha nazmiy asarlari avval “Kobul” devoni so‘ng “Hind” devoniga jamlangan. U 1521-yil
Hindistonga yurish davrida “Mubayyin” asarini yaratgan. Ushbu asar masnaviy shaklida
yozilgan. Valiahd Humoyun va Kamron Mirzolarga dastur-ul amal sifatida mo‘ljallab yozilgan.
“Mubayyin” asarida ayni zamondagi namoz, zakot, haj-safari to‘g‘risidagi shariy mezonlar aytib
o‘tilgan. Lirikasining o‘zig xosligi shundaki Bobur she’riyatini hammaga tushunarli, sodda,
samimiy va ravon tilda yozishga harakat qilgan. G‘azal va ruboiylarda balandparvoz so‘zlar va
mukammal iboralarni qo‘llamagan. Bu haqida o‘zining “Boburnoma” asarida ham to‘xtalib
o‘tgan:
“Ravshan va toza shaplar yordamida soddaroq yoz:
va senga ham, seni xatingni o‘qug‘anga ham oson bo‘ladi”.
Bobur nafaqat shoh va shoir hattoki tarjimashunoslik bilan ham shug‘ullangan. Xoji
Ahror Valining “Volidiya” ya’ni “Ota-onalar risolasi” ni she’riy shaklda tarjima qilgan. Bobur
o‘z yozuvini kashf etadi. Arab grafikasidan foydalanib Xatti Boburiyni tuzadi. Ushbu grafika
asosida Qur’oni Karim hamda Boburning asarlari qayta ko‘chirilgan. Xatti Boburiyni tuzishdan
maqsad Boburiy arab alifbosidagi qiyinchilikni yengib o‘tib u harflarni soddalashtirgan va turkiy
talaffuz me’yorlariga moslashtirgan. Bobur haqida qiziqarli ma’lumotlarni e’tirof etadigan
bo‘lsak Hind olimlarining e’tirof etishicha Bobur Hindistonda pochta tizimini yo‘lga qo‘ygan.
Bobur yo‘lida uchragan har qanday daryoni suzib o‘tar edi, hattoki Ganga daryosini ikki
marta suzib o‘tgan ekan. Sulola asosan forsiy va turkiy tilni davlat tiliga ko‘targan. Keyinchalik
fors, turk va arab tillari qorishmasdan urdu tili paydo bo‘lgan.
O‘zbekistonda adabiy shaxlar ichida birinchi bo‘lib Bobur ensiklopediyasi yaratildi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
430
Bobur haqida Yevropaliklarning fikri va e’tirofi:
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida G‘arb dunyosida 28 ta roman yozilgan. Buyuk
tarixiy siymo sifatida Bobur shaxsi Yevropa va AQSH Sharqshunos tarixchi olimlari diqqat
e’tiborini o‘ziga jalb etgan. Ingliz tarixchisi Eduard Holden avvalo Boburni mashhur Yuliy Sezar
bilan qiyoslashni lozim topadi va shunday fikrlarni aytib o‘tadi: “Bobur fe’l atvoriga ko‘ra
Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib
qo‘yilgan” deb e’tirof etadi. Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik va o‘smirlik yillari haqida
roman yozgan “Boburnoma” ning ingliz tarjimoni Uilyam Erskin Boburni Osiyo podshohlariga
qiyosan shunday baholaydi: “Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, sa’natga muhabbati va ular
bilan muvaffaqqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng
keladigan birorta podshoh topilmaydi” deya e’tirofga sazovar bo‘lgan buyuk siymo sanaladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur — nafaqat buyuk sarkarda va davlat arbobi, balki betakror
shoir, ilm va san’at homiysi, o‘z davrining ma’rifatparvar siymolaridan biridir. Uning shaxsiyati
ko‘p qirrali bo‘lib, u siyosiy maydonda jasorat va donishmandlik bilan tanilgan, adabiy
maydonda esa o‘zining nafis, samimiy va sodda tilda yozilgan she’rlari, tarixiy va badiiy asarlari
bilan o‘zbek hamda jahon adabiyotining oltin sahifalaridan joy olgan.
Boburning asl ismi va taxallusi borasidagi ilmiy ma’lumotlar ham uning o‘z davrida juda
katta e’tibor qozongan shaxs bo‘lganini ko‘rsatadi. Bobur o‘z asarlarida yuksak insoniy
fazilatlarni ulug‘lagan, xalqona va tushunarli uslubni afzal ko‘rgan. Ayniqsa, uning
“Boburnoma” asari o‘zining tarixiy, adabiy va tilshunoslik nuqtai nazaridan beqiyos manba
bo‘lib xizmat qilmoqda. Bobur o‘zining harbiy yurishlari bilan Hindistonda Boburiylar
sulolasiga asos solgan bo‘lsa, ilmiy-ma’rifiy faoliyati orqali xalqlar o‘rtasida madaniy ko‘priklar
barpo etgan. U yaratgan Xatti Boburiy ham bu yo‘ldagi muhim innovatsion qadamlardan biri
bo‘lgan.
G‘arb olimlarining e’tirof etishicha, Bobur o‘zining shaxsiy fazilatlari — saxiyligi,
mardligi, adolatparvarligi bilan Sezardan ham afzal ko‘rilgan shoh sifatida tarixda o‘chmas iz
qoldirgan. Shuningdek, Bobur she’riyatining umumxalq tilida yozilishi uning ijodini keng
ommaga yaqinlashtirgan va yillar o‘tishi bilan yanada qadrlanishiga sabab bo‘lgan.
Bugungi kunda ham Bobur shaxsi va ijodi butun dunyoda chuqur o‘rganilib, e’tirof
etilmoqda. Uning merosi yosh avlodni ezgulikka, bilimga, mehnatsevarlikka va yurtparvarlikka
undovchi bebaho boylikdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Zahiriddin Muhammad Bobur- “Boburnoma” Toshkent-2024
2.
Pirimqul Qodirov- Yulduzli tunlar –Toshkent-2024
3.
Pirimqul Qodirov- Avlodlar dovoni- “Oltin qalam” nashriyoti 2023
