Authors

  • Asilabonu Alisherova
  • Shaxnoza Norkulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136683

Keywords:

Ahmad Yassaviy tariqat “Devoni hikmat” Sulton Ahmad Haziniy Amir Temur “Ilmi laduniy” Turkiston madaniy hayoti.

Abstract

Mazkur maqolada turkiy xalqlarning buyuk mutasavvuf shoiri Ahmad Yassaviy faoliyati, ilmiy va adabiy merosi, “Devoni hikmat” asari xususida fikr yuritiladi.

background image

320

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

AHMAD YASSAVIYNING TURKISTON MADANIY HAYOTIDAGI O‘RNI

Alisherova Asilabonu Absalomovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabasi.

Shaxnoza Norkulova

Ilmiy rahbar: TISU dotsenti.

Termez (Uzbekistan) Phone: +99890-519-96-33.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17171391

Annotatsiya.

Mazkur maqolada turkiy xalqlarning buyuk mutasavvuf shoiri Ahmad

Yassaviy faoliyati, ilmiy va adabiy merosi, “Devoni hikmat” asari xususida fikr yuritiladi.

Tayanch so‘z va iboralar:

Ahmad Yassaviy, tariqat, “Devoni hikmat”

, Sulton Ahmad

Haziniy, Amir Temur, “Ilmi laduniy”, Turkiston madaniy hayoti.


Turkiy xalqlarning mutasavvuf shoiri XI asrda Sayramda, Shayx Ibrohim xonadonida

tavallud topgan. Xoja Ahmad Yassaviy o‘z ona yurtini asarlarida “Ul muborak Turkiston”

1

deb

tilga olgan. Yassaviy nuqtai nazarida hikmat

“Ilmi laduniy” ya’ni ilmi g‘aybu haqoyiq va

ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ham ega. Yassaviyning o‘zi “Devoni hikmat” nomi bilan

biror bir kitob yaratmagan. Ushbu nodir asar murid va izdoshlari tomonidan tartib berilgan.

Lekin bu narsa hikmat majmuasining Yassaviyga aloqasi yo‘q degan da’voni ilgari

surishga asos bo‘la olmaydi.

“Devoni hikmat”dagi barcha she’rlar ham Yassaviyga mansub emas deyiladi ayrim

manbalarda, unga Yassaviy izdoshlarining ham ijod namunalari kiritilgan. Ammo Yassaviyning

o‘nlab izdoshlaridan hech biri ustozlari boshlagan g‘oyaviy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy va
mafkuraviy yo‘nalishni o‘zgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotida bahs
tariqasida yuritilgan o‘nlab qadimiy manbalar, ayniqsa Sulton Ahmad Haziniyning “Javohir ul
abror min amvojil bihor” asari ham to‘la tasdiqlaydi.

Mustaqillik

arafasida

xususan,

O‘zbekiston

istiqlolga

erishgandan

so‘ng

Yassaviyshunoslikda yangi davr boshlandi. Dastlab turli gazeta va jurnallarda “Devoni hikmat”
dan namunalar e’lon qilingan bo‘lsa, 1990

-1992-yillarda uning 2 ta mustaqil nashri chop etildi.

Ushbu nashrlar nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa turkiy davlatlarda ham nashr qilindi.

“Devoni hikmat” ning 20 dan ortiq nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
Sharqshunoslik Instituti jamg‘armasida saqlanadi. Asar qo‘lyozmalaridan eng qadimgisi XVII
asrga tegishlidir. Yassaviy chig‘atoy tilida ham ijod qilgan.

“Yassaviya” tariqatidan keyin ikki yirik tariqat paydo bo‘lgan; birinchisi

-

“Naqshbandiya“ va ikkinchisi “Bektoshiya” tariqatlari hisoblanadi. Tasavvufdagi boshqa
tariqatlarda bo‘lgani kabi “Yassaviya” tariqatida o‘z qoidalari ya’ni odoblari yaqqol bayon

etiladi.

2

Rivoyatlarga ko‘ra, Ahmad Yassaviy 63 yoshga yetgach “Chilla”ga kirgan, qolgan

umrini esa toat ibodat qilib, qimmatli hikmatlar yozib, riyozatlar chekib, yer ostida o‘tkazgan.

Bu rivoyatga ko‘ra 125 yil yana boshqa rivoyatlarda qaraganda 133 yil umr ko‘rib, hijriy

562-

yilda vafot etgan. Ahmad Yassaviy O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ilk turkiyzabon shoir

sifatida barchaga ma’lum va mashhurdir

3

.

Uning tasavvufni targ‘ib etuvchi turkiyda yozilgan she’rlari tilining xalqqa yaqinligi,

ohangdorligi bilan ham ajralib turadi.

1

И.Ҳаққулов, Н.Ҳасан, А.Бектош. Хожа Аҳмад Яссавий ҳаёти, ижоди ва анъаналари.

-

Тошкент

: 2001. 10-15

б

2

Turar Usmon. Tasavvuf tarixi.

Toshkent: Istiqlol, 1999.

106 b

3

И

.

Ҳаққулов

.

Аҳмад

Яссавий

ҳикматлари

.

Тошкент

: 110-

б


background image

321

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Yassaviyga “Qul Xoja Ahmad”, “Xoja Ahmad Yassaviy “, “Ahmad Ibn Ibrohim”,

“Sulton Xoja Ahmad Yassaviy”, “Yassaviy miskin Ahmad”, “Miskin Yassaviy”, “Xoja Ahmad”,
“Ahmad”, “Ahmadiy”, “Qul Ahmad”, “Miskin Ahmad” kabi taxalluslar qo‘yilgan.

4

“Yassaviya” tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”ida

mufassal bayon etilgan. Unda “Yassaviya” ta’limotidagi poklik, halollik, to’g‘rilik,

mehr-

shafqat, o‘z qo‘l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taola visoliga
yetishish yo‘lida insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg‘or

umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan.

Ahmad Yassaviy nafaqat O‘rta asrlar Turkistonning, balki butun musulmon sharqining

ma’naviy

-

ma’rifiy hayotida muhim o‘rin egallagan buyuk allomadir. Uning ilmiy merosi va

tasavvufiy falsafasi inson kamoloti, ruhiy tarbiya va komil insonni voyaga yetkazish g‘oyalari

bilan ajralib turadi.

Ayniqsa “Devoni hikmat” asari Ahmad Yassaviy ijodining eng yorqin namunasi bo‘lib,

unda zamonasining ijtimoiy-

ma’naviy, diniy va axloqiy hayoti, xalqning turmush tarzi, urf

-

odatlari va qadriyatlari aks etgan. Ushbu maqolada Ahmad Yassaviyning ilmiy-

ma’naviy merosi

hamda “Devoni hikmat” asarining O‘rta asrlar Turkiston madaniy hayotdagi o‘rni atroflicha

tahlil qilindi.

Dastlab, Ahmad Yassaviy hayoti, uning ilm olamidagi o‘rni, Yassaviya tariqat va

tasavvuf maktabi asoschisi sifatidagi faoliyati haqida ilmiy ma’lumotlar berildi. Keyinchalik,
“Devoni hikmat” asari mazmuni, badiiy va falsafiy qimmati, xalq ongini yuksaltirishdagi o‘rni
insonparvarlik va axloqiy g‘oyalarni targ‘ib etishdagi ahamiyati keng yoritib berildi.

Bu asar o‘z davrida diniy

-

ma’rifiy, axloqiy ta’limiy va badiiy

-adabiy manbaa sifatida

qadr topgan bo‘lsa bugungi kunda ham o‘z ma’naviy qadriyatini yo‘qotgani yo‘q. Ahmad
Yassaviyning hikmatlari o‘zining sodda va xalqona tili, ravon uslubi, falsafiy mazmuni bilan
keng xalq ommasiga tushunarli bo‘lgani bois, Turkiston va unga tutash hududlarda keng
tarqalgan va xalq ma’naviyatini shakllantirishga katta hissa qo‘shgan. Maqola davomida
“Devoni hikmat”

asarining O‘rta asrlar madaniy hayotidagi tutgan mavqei, uning xalq og‘zaki

ijodi va tasavvufiy an’analari bilan bog‘liqligi, diniy

-

ta’limiy faoliyatdagi o‘rni atroflicha ochib

berildi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

И.Ҳаққулов, Н.Ҳасан, А.Бектош. Хожа Аҳмад Яссавий ҳаёти, ижоди ва анъаналари.

Тошкент: 2001.

2.

Turar Usmon. Tasavvuf tarixi.

Toshkent: Istiqlol, 1999.

180 b.

3.

И. Ҳаққулов. Аҳмад Яссавий ҳикматлари. –Тошкент: 1991.

4.

Ф.Ашрафхўжаев, М.Хўжаев, З.Жўраев. Хожа Аҳмад Яссавий ва Яссавийлар

тарихи. –

Тошкент: 2021.

4

И.Ҳаққулов, Н.Ҳасан, А.Бектош. Хожа Аҳмад Яссавий ҳаёти, ижоди ва анъаналари.

Тошкент

: 2001. 9-15

б

References

И.Ҳаққулов, Н.Ҳасан, А.Бектош. Хожа Аҳмад Яссавий ҳаёти, ижоди ва анъаналари. – Тошкент: 2001.

Turar Usmon. Tasavvuf tarixi. — Toshkent: Istiqlol, 1999. — 180 b.

И. Ҳаққулов. Аҳмад Яссавий ҳикматлари. –Тошкент: 1991.

Ф.Ашрафхўжаев, М.Хўжаев, З.Жўраев. Хожа Аҳмад Яссавий ва Яссавийлар тарихи. – Тошкент: 2021.

Most read articles by the same author(s)

Xurshida Karshiyeva, Shaxnoza Norkulova, “MABDAI NUR”DA TA’LIMIY-AXLOQIY MASALALAR TALQINI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Asilabonu Alisherova , Norkulova Shaxnoza, ABDULLA QODIRIY DRAMMALARINING G’OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI (“BAXTSIZ KUYOV” ASARI MISOLIDA) , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

Farangiz Xurramova, Shaxnoza Norkulova, FITRATNING ILMIY ADABIY QARASHLARI XUSUSIDA , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Marjona Bozorova, Shaxnoza Norkulova, O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA SULAYMON BOQIRG’ONIYNING O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Shaxnoza Norkulova, “ALLA” RADIATES MATERNAL KINDNESS, LYRICAL AND SOOTHING MELODIES. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

Munisa Jabborova, Shaxnoza Norkulova , O‘ZBEK ADABIYOTIDA AYOL OBRAZI TALQINLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

Shaxnoza Norkulova , THE INTERPRETATION OF A DIVINE DREAM IN MAHTUMQULI'S POETRY , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

Munisa Jabborova, Shaxnoza Norkulova , O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA ZAMAXSHARIYNING O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Asilabonu Alisherova, Shahnoza Norkulova , ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING ILMIY VA ADABIY MEROSI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 6 (2025): Modern science and research

Asilabonu Alisherova, Shaxnoza Norkulova , “HUMOYUNNOMA” ORQALI BOBUR SIYMOSI VA TEMURIYLAR DAVRI MANZARALARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 6 (2025): Modern science and research