Authors

  • Asilabonu Alisherova
  • Shaxnoza Norkulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.104481

Keywords:

Zahiriddin Muhammad Bobur maqollar Balx Temuriylar Hindiston Boburnoma Humoyunnoma Gulbadanbegim Shayboniyxon.

Abstract

Ushbu maqolada buyuk sarkarda, davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va qizi Gulbadadanbegimning otasiga atab yozgan asari “Humoyunnoma” haqida mulohazalar yuritiladi. Asarda XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi Movarounnahr, Afg‘oniston, Hindistonning siyosiy, tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayoti haqida so‘z borgan.

background image

531

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

“HUMOYUNNOMA” ORQALI BOBUR SIYMOSI VA TEMURIYLAR DAVRI

MANZARALARI

Alisherova Asilabonu Absalomovna

Tisu talabasi

Norkulova Shaxnoza Tulkinovna

Ilmiy rahbar.

Tisu dotsenti (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.15662087

Annotatsiya.

Ushbu maqolada buyuk sarkarda, davlat arbobi va shoir Zahiriddin

Muhammad Bobur hayoti va qizi Gulbadadanbegimning otasiga atab yozgan asari

“Humoyunnoma” haqida mulohazalar yuritiladi. Asarda XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi
Movarounnahr, Afg‘oniston, Hindistonning siyosiy, tarixiy, ijtimoiy,

iqtisodiy hayoti haqida so‘z

borgan.

Kalit so‘zlar:

Zahiriddin Muhammad Bobur, maqollar, Balx, Temuriylar, Hindiston,

Boburnoma, Humoyunnoma, Gulbadanbegim, Shayboniyxon.


Buyuk sarkarda, davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon shahrida

tavallud topgan. Temuriylar sulolasiga mansub bo‘lgan Bobur 12 yoshida taxtga o‘tiradi.

Yoshligidan buyuk orzular bilan katta bo‘lgan ayniqsa, bobosi Amir Temurdek

Hindistonni zabt etishni maqsad qilgan. Uning eng mashhur asari “Boburnoma” bo‘lib, Bobur
unda o‘z hayoti, yurishlari,

janglari, tabiati va odamlar haqida yozib qoldirgan. Bobur

she’riyatga ham juda qiziqqan, fors va turkey tilda g‘azallar va ruboiylar yozgaan. Bobur
Hindistonni zabt etibgina qolmay, u yerda madaniyat va adabiyot rivojiga ham hissa qo‘shgan. U
tabiatni juda sevgan va “Boburnoma” da gular, daraxtlar, daryolar haqida ajoyib ta’riflar

qoldirgan.

“Humoyunnoma” Boburning qizi Gulbadanbegim tomonidan yozilgan. “Humoyunnoma”

asari o‘z mohiyatiga ko‘ra tarixchilar va temuriylar sulolasining taqdiri bilan qiziquvchilar uchun
muhim va qimmatli manba hisoblanib uning muallifi Gulbadanbegimning ta’kidlashiga ko‘ra bu
kitobda o‘zining shaxsiy kuzatuvlari va atrofdagilarning ko‘rgan bilganlari haqida yozib

qoldirgan. Bu kitobning boshida Boburning boshdan kechirganlari haqida yozib qoldirgan.

Garchi bu ma’lumotlar “Boburnoma” da keltirilgan bo‘lsa ham, Gulbadanbegim uning

tabarruk va saodatli xotirasiga xurmat-izzat yuzasidan yozadi. Bu kitobda Boburning qilgan
yurishlari,

boshidan kechirganlari, mardligi va sabr toqatligi haqida aytib o‘tilgan. Amir Temur

zamonidan to Bobur zamonigacha hech bir podsho ularga teng kelolmagan. Bundan tashqari

asarda Xonzodabegimning o‘z inisiga sadoqati va shijoatliliga ham guvoh bo‘lamiz. Asarda
Shayboniyxon Boburdan Xonzodabegimning qo‘lini so‘raydi. Xonzodabegim Shayboniyxonga
turmushga chiqsagina o‘rtadagi nizolar bartaraf etilishi mumkin edi. Ammo Bobur bunga rozi
bo‘lmaydi. Xonzodabegim esa inisining kelajagi, yurt tinchligi uchun bunga rozi bo‘ladi va

Shayboniyxonga turmushga chiqadi.

Bobur mard, shijoatli, samimiy inson edi. Unga yomonlikni ravo ko‘rganlarga ham u

parvo qilmaydi. Masalan, Bobur yurtidan olisda qochib yurgan paytlarda Xusravshox uni

beandishalik va dag‘allik bilan viloyatidan chiqarib yuradi. Mardlik, insoniylik va muruvvat
namunasi bo‘lgan Bobur undan qasos olish payida bo‘lmaydi, aksincha, javohir va tilla
buyumlarni qancha ko‘ngli tilasa olsin deb buyuradi.


background image

532

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Boburning farzandlari ko‘p edi. U 17 yoshga kirganida Sulton Ahmad mirzoning qizi

Oysha Sulton begimdan bir qiz farzandli bo‘ladi. Lekin chaqaloq bir oy ham yashamaydi. Bobur
Kobulni bosib olgandan so‘ng esa 18 farzandli bo‘ladi.

Avval Mohimbegimdan Xumoyun podshoh, Borbo‘l mirzo, Mehrjonbegim, Eshon Davlat

begim va Forux mirzolar dunyoga kelishadi. Undan so‘ng Sulton Ahmad mirzoning qizi
Ma’sumabegimdan bir qizaloq tug‘iladi, ammo tug‘ruq vaqti onasi vafot etib, qizaloqqa uning
ismi qo‘yiladi. So‘ng Dildorbegimdan Gulrangbegim, Gulchehrabegim, Xindol Mirzo,
Gulbadanbegim va Olur Mirzolar tug‘iladi. Xulosa shuki Kobulning olinishini yaxshilikga
yo‘yishgandi. Hamma farzandlar Kobulda tug‘ildilar. Xo‘stda Mohimbegimdan Mehrjonbegim
va Dildorbegimdan dunyoga kelgan Gulrangbegimlardan boshqasi Kobulda tug‘ilgan edi.

Asarda ajoyib ruboiy keltirilgan, ya’ni Sherxonga javob tariqasida;

Garchi oynada o‘zingni ko‘rursen,

Lek ayriliqni o‘zingdan ko‘rursen.

O‘zingni go‘yo begonadek ko‘rish ajibdur,

Bu ajoyibot faqat Xudoning ishi.

Bunda Bobur inson oyna qarshisida o‘zini ochiq oydin ko‘rishini va o‘zligini oson anglab

olishini ta’kidlaydi. Ruboiyning ikkinchi satrida keltirilgan, “ayriliq” –

hayotdagi g‘am tashvish ,

jismoniy yoki ma’naviy ayriliq, dunyo tashvishlari va muammolardir. Bobur bunda odam bularni
tashqaridan izlamasdan, o‘z qalbidan, o‘zining ichki holatidan izlashi kerakligini aytadi.

Uchinchi satrida esa, odam ba’zan o‘zini

-

o‘zi tanimay qolishi, o‘zligini yo‘qotib

begonalashishi, hayotda notanish bo‘lib qolishi mumkinligi ta’kidlangan. To‘rtinchi satrda esa
inson hayotdagi bu g‘ayrioddiy holatlardan o‘ziga begonalishish, ayriliq, o‘zini oynada ko‘rib
turib, ichki dunyoda boshqa holatda bo‘lish

- bu Xudoning hikmati, imtihoni, sinovi ekanligi

ta’kidlangan.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak ruboiy insonning ichki kechinmalari, o‘z

-

o‘zini anglash

va hayotdagi sinovlar haqida. Shoir bunda, inson tashqi dunyoni emas, ichki dunyoni tozalashi,

ayriliq va g‘amni o‘zidan izlab, o‘zini anglash orqali ruhiy halovat topishi haqida bayon etadi.

Ey darig‘o,ey darig‘o,ey darig‘,

Oftob Nixon bo‘ldi ortida tig‘.

Bu satrlar voqeaga lirizm va falsafiy ma’no bag‘ishlaydi. Inson umrining foniyligi va aziz

insonning ketishi naqadar og‘ir kechishini obrazli ifodalaydi. Gulbadanbegim yuragidagi armon
va afsus so‘zlar orasidagi g‘oyib bo‘lgan oftob misoli qadrdon insonni yo‘qotish amalini birgina

parcha orqali tasvirlab beradi. Ushbu kichik parchada tarixiy voqelik aks etishi, inson
ruhiyatining nozik qirralarini ochib beradi. Jasorat, sadoqat va insoniy fojia badiiy mujassam

etilgan bu asar bugungi kunda kitobxon o‘quvchi uchun ibrat maktabi desak mubolag‘a
bo‘lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Gulbadanbegim “Humoyunnoma” O‘zbekiston

- 2016

2.

Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” Toshkent

- 2024

References

Gulbadanbegim “Humoyunnoma” O‘zbekiston- 2016

Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” Toshkent - 2024

Most read articles by the same author(s)

Xurshida Karshiyeva, Shaxnoza Norkulova, “MABDAI NUR”DA TA’LIMIY-AXLOQIY MASALALAR TALQINI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Asilabonu Alisherova , Norkulova Shaxnoza, ABDULLA QODIRIY DRAMMALARINING G’OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI (“BAXTSIZ KUYOV” ASARI MISOLIDA) , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

Farangiz Xurramova, Shaxnoza Norkulova, FITRATNING ILMIY ADABIY QARASHLARI XUSUSIDA , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Marjona Bozorova, Shaxnoza Norkulova, O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA SULAYMON BOQIRG’ONIYNING O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Shaxnoza Norkulova, “ALLA” RADIATES MATERNAL KINDNESS, LYRICAL AND SOOTHING MELODIES. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

Munisa Jabborova, Shaxnoza Norkulova , O‘ZBEK ADABIYOTIDA AYOL OBRAZI TALQINLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

Shaxnoza Norkulova , THE INTERPRETATION OF A DIVINE DREAM IN MAHTUMQULI'S POETRY , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

Munisa Jabborova, Shaxnoza Norkulova , O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA ZAMAXSHARIYNING O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Asilabonu Alisherova , Shaxnoza Norkulova, AHMAD YASSAVIYNING TURKISTON MADANIY HAYOTIDAGI O‘RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

Asilabonu Alisherova, Shahnoza Norkulova , ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING ILMIY VA ADABIY MEROSI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 6 (2025): Modern science and research