Authors

  • Asilabonu Alisherova
  • Norkulova Shaxnoza

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136667

Keywords:

Abdulla Qodiriy “Baxtsiz kuyov” “Padarkush” majburiy nikoh ijtimoiy tengsizlik muhabbat fojiasi eski urf-odatlar drammatik asar adabiy tahlil.

Abstract

Ushbu maqolada A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” asari va unda ta’kidlangan ta’limiy-axloqiy masalalar haqida fikr yuritiladi. Asarda muhabbat, ijtimoiy tengsizlik va adolatsizlik kabi dolzarb mavzular tilga olinadi. Asosiy qahramon Solih va Rahima o‘rtasidagi fojiaviy muhabbat hikoyasi orqali eski urf-odatlar qoralanadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

381

ABDULLA QODIRIY DRAMMALARINING G’OYAVIY

-BADIIY XUSUSIYATLARI

(“BAXTSIZ KUYOV” ASARI MISOLIDA)

Alisherova Asilabonu Absalomovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabasi.

Shaxnoza Norkulova

Ilmiy rahbar. TISU dotsenti.

Termez (Uzbekistan) Phone: +99890-519-96-33.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17167115

Annotatsiya.

Ushbu maqolada A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” asari va unda

ta’kidlangan ta’limiy

-axloqiy masalalar haqida fikr yuritiladi. Asarda muhabbat, ijtimoiy

tengsizlik va adolatsizlik kabi dolzarb mavzular tilga olinadi. Asosiy qahramon Solih va Rahima

o‘rtasidagi fojiaviy muhabbat hikoyasi orqali eski urf

-odatlar qoralanadi.

Kalit so‘zlar:

Abdulla Qodiriy, “Baxtsiz kuyov”, “Padarkush”, majburiy nikoh, ijtimoiy

tengsizlik, muhabbat fojiasi, eski urf-odatlar, drammatik asar, adabiy tahlil.

Abdulla Qodiriy tarjimai holida adabiy faoliyatining boshlanishi shunday xotirlaydi; “Shu

miyanalardan bozor vositasi bilan tatarlardan chiqadurg‘on, gazetalarni o‘qib, dunyoda gazeta
degan gap borlig‘iga imon keltirdim

1

. 1913-

yilda o‘zbekcha “Sadoi Turkiston” gazetasining

1914-yili 1-

aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan “Yangi masjid va madrasa” nomli xabari

bo‘ladi. Adibning 1917

-

Oktabr to‘ntarishlaridan keying faoliyati asosan matbuot ya’ni

publisistika bilan bog‘liq. U 1919

-1925-

yillar oralig‘ida 300 ta turli maqolalar, publisistik asarlar

yaratgan. Abdulla Qodiriy jurnalistik faoliyati haqida: “Xulosa boshqalarning xizmat daftari
bilan sobit bo‘lsa, menim xizmatlarim matbuot bilan ravshandir” deydi. Bu jumla orqali Abdulla
Qodiriy o‘z ijodini faqat shaxsiy manfaat emas balki xalq uchun xizmat sifatida ko‘rganini
takidlaydi. Bu orqali esa o‘z jurnalistik faoliyatini millatparvarlikga, ma’naviy uyg‘onishga,

xalqni ilm-

marifatga chorlashga bag‘ishlaydi. U o‘zini matbuot orqali xalq xizmatiga safarbar

qilgan ijodkor sifatida ko‘rdi. Uning bu so‘zlari ham, qalam orqali qilgan xizmatlari ham hech

qachon unitilmasligini, matbuotda qoldirgan izlari esa doimiy ravishda xalq ongida yashashini
anglatadi. Abdulla Qodiriy adib va shoir sifatida 1912-

yillarda o‘z faoliyatini boshlagan. “To‘y”,

“Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi she’rlari “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz”

hikoyasi uning ilk asarlaridir.

Abdulla Qodiriy shunday xotirlaydi: “1913

-

yilda chiqqan “Padarkush” dramasi ta’sirida

“Baxtsiz kuyov” degan teatr kitobini yozib yuborg‘animni o‘zim ham payqamay qoldim (1915

-

yilda) yana shu yilda teatrlarda chiqib turg‘on hikoya va ro’monlarga taqlidan “Juvonboz” otliq
hikoyachani yozib noshir topilmag‘onidan, o‘zim nashr qilib yubordim. Nikolay taxtdan
yiqilgandan keyin oddiy xalq militsiyasiga ko‘ngilli bo‘lib yozildim” deya xotirlaydi. Bu yozgan

kichik hikoyalari va dramalari orqali Abdulla Qodiriy katta saboq bera oladi. Adibning 1916-

yilda yozilgan “Uloqda” hikoyasi o‘zbek realistik hikoyasining eng yaxshi namunalaridan biri
hisoblanadi. Bundan so‘ng adib birin

-

ketin “Kalvak mahzumning xotira daftaridan”, “Toshpo‘lat

1

Sobir Mirvaliyev. O‘zbek adiblari. O‘zbekiston fanlar akademiyasining “Fan” nashriyoti. –

Toshkent: 1993. 9-b


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

382

tajang nima deydi?” “Obid ketmon” kabi nasriy asarlarini yaratadi. 1926

-

yili “Mushtum”

jurnalida Qodiriyning “Yig‘indi gaplar” nomli hikoyasi bosilib chiqadi. “Baxtsiz kuyov” 1914

-

1915-

yillarda yozilgan bo‘lib, bu davr jadidchilik va milliy uyg‘onish g‘oyalarining faol

tarqalgan davriga to‘g‘ri keladi. Abdulla Qodiriy o‘sha paytda jamiyatdagi an’anaviy nikoh va
oilaviy amaliyotlarini tanqid qilib, yangi ma’rifat va ta’lim g‘oyalarini ilgari surgan

yozuvchilardan hisoblanadi.

To‘ylar, turli marosimlar bilan bog’liq muammolar, isrofgarchilik va dil xiraliklar hamma

vaqt asosiy muammo bo‘lib kelgan. Bunga asosiy sabab, insonlarning tor dunyoqarashi,

atrofdagi odamlarning gapiga qarab ish qilishi va albatta haddan ortiq orzu-havasga berilishidir,

Bunday insonlar nafaqat o‘zini balki, boshqalarni ham qiyin vaziyatda qoldirishi, hattoki
hayotiga zomin bo‘lishi ham mumkin. Jadidchilik harakatining yirik namoyondasi bo‘lgan
Abdulla Qodiriy o‘zining “Baxtsiz kuyov” nomli dramasida aynan shu kabi muammolarni
ko‘targan. Muallif qoloq odatlardan biri

-

hashamatli to‘y ortiqcha sarf

-xarajatlar va ularning

ko‘ngilsiz oqibatlarini yoritib bergan.

Drama 4 pardadan iborat, birinchi pardasi asosiy “konflikt

2

ni

Solihning uylanish

masalasi va uning moddiy ahvoli o‘rtasidagi to‘qnashuvni ochadi. Qodiriy realizmga tayangan
holda o‘z davridagi o‘zbek jamiyatining turmush tarzini, urf

-

odatlarni va kambag‘al yoshlarning

fojiasini ko‘rsatadi. Ikkinchi pardada muallif konfliktni yanada kengaytirib, Solihning fojiaviy

taqdirini namoyon qiladi. Ellikboshi

haqiqat, Fayziboy

urf-odat, domla

diniy niqob ostidagi

bid’at, Abdurahim esa zaif irodani ifodalaydi. Bu to‘qnashuv orqali Qodiriy davridagi o‘zbek
jamiyatidagi isrofgarchilik, bid’at va “xalqdan uyalish” illatini fosh etadi. Uchinchi pardada
Solihning ichki hayqirig‘i, boyning shafqatsiz shartlari va Abdurahimning irodasizligi
jamiyatdagi muammolarni ochib beradi. To‘rtinchi parda esa asarning eng fojiali va eng
ta’sirchan qismidir. Solih va Rahimaning o‘limi jamiyatdagi adolatsizlik va bid’atlarning qurboni
sifatida ko‘rsatiladi. Fayziboy va boy —

fojianing tashabbuskor sababchilari, elikboshi esa

muallifning og‘zaki xulosachisi. Shu tariqa Abdulla Qodiriy jamiyatni o‘zini isloh qilishga,

shariat va adolatga qaytishga chaqiradi.

Dramada tarbiyaviy jihat kuchli talqin etilgan. Yoshlarning mustaqil fikrlashi , o‘z hayoti

uchun o‘zi javob berishi, kattalar esa farzandlarning fikrini hurmat qilishi lozimligi haqida
chuqur xulosa qilamiz. Bu asar o‘quvchilarni qadimiy

-

urf odatlarga ko‘r ko‘rona ergashmasdan,

adolat, insof va shaxsiy huquqlarga asoslangan holda hayot tarzini tanlashga undaydi. Bu asar

bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Nikoh masalalarida majburiylik,

moddiy

manfaatga asoslanish kabi illatlar jamiyatimizda hanuz uchramoqda. Abdulla Qodiriyning ushbu

asari har bir kitobxonni oilaviy hayotning poydevori bo‘lgan muhabbatdan, o‘zaro hurmat va
kelajak uchun ma’suliyatli qarorlar haqida chuqur mushohada qilishga undaydi. Shu bois
“Baxtsiz kuyov” dramasi o‘zbek adabiyotida faqat tarixiy qadriyat sifatida emas, balki bugungi

kunda ham dolzarb pand-u nasihat manbai sifatida qadrlanadi. Bu drama orqali bir shaxsning

fojiasi emas balki butun bir davrning fojiasi ko‘rsatiladi.

2

"Konflikt (lot. contlictue

ixtilof, toʻqnashish) —

1) qarshi tomonlar, fikrlar, kuchlar toʻqnashuvi; 2) adabiyot va

sanʼatda —

badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, personajlarning oʻzaro toʻqnashishi"


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

383

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sobir Mirvaliyev. O‘zbek adiblari. O‘zbekiston fanlar akademiyasining “Fan” nashriyoti.

Toshkent: 1993.

2.

Abdulla Qodiriy. Baxtsiz kuyov. Cho‘lpon nashriyoti. –

Toshkent: 2004.

References

Sobir Mirvaliyev. O‘zbek adiblari. O‘zbekiston fanlar akademiyasining “Fan” nashriyoti. – Toshkent: 1993.

Abdulla Qodiriy. Baxtsiz kuyov. Cho‘lpon nashriyoti. – Toshkent: 2004.